Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MILLIY QAHRAMONLAR FAOLIYATI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLANTIRISHDA MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MILLIY QAHRAMONLAR FAOLIYATI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLANTIRISHDA MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
amaliy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasiba Masharipova

Tanqidiy fikrlashni pedagogikada shaxsni aqlan rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi atama sifatida izohlash mumkin. Chunki tanqidiy fikrlash jarayoni shaxsning egallagan bilimlari, intellektual qobiliyati, madaniyyatliligininng mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish ular uchun muhim ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash o’quvchilarga shaxslararo munosabatlarni o’rnatishda, jamiyat hayotida, tengdoshlari jamoasida faol bo’lishga va o’z pozitsiyasini egallashiga komaklashadi. Shuning tanqidiy fikrlash o’quvchilarga o’zi egallagan bilim, axborot va g'oyalarini ko’pchilikka ma’lum qila olish, tarkiban murakkab bo’lgan masalalarni tushunish, asosli va maqbul qarorlar qabul qilish, o'z nuqtai nazari bildirishning amaliy jarayonidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MILLIY QAHRAMONLAR FAOLIYATI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLANTIRISHDA MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI MILLIY QAHRAMONLAR FAOLIYATI VOSITASIDA O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLANTIRISHDA MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH

Nasiba Masharipova

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10013521

Tanqidiy fikrlashni pedagogikada shaxsni aqlan rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi atama sifatida izohlash mumkin. Chunki tanqidiy fikrlash jarayoni shaxsning egallagan bilimlari, intellektual qobiliyati, madaniyyatliligininng mahsuli sifatida namoyon bo'ladi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish ular uchun muhim ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash o'quvchilarga shaxslararo munosabatlarni o'rnatishda, jamiyat hayotida, tengdoshlari jamoasida faol bo'lishga va o'z pozitsiyasini egallashiga komaklashadi. Shuning tanqidiy fikrlash o'quvchilarga o'zi egallagan bilim, axborot va g'oyalarini ko'pchilikka ma'lum qila olish, tarkiban murakkab bo'lgan masalalarni tushunish, asosli va maqbul qarorlar qabul qilish, o'z nuqtai nazari bildirishning amaliy jarayonidir.

Tanqidiy fikrlash bir qator psixologik va pedagogik jarayonlarni o'z ichiga oladi. Idrok, intellekt, xotira, intuitsiya, hissiyot, sezgi, kabi psixologik jarayonlar tanqidiy fikrlashning ob'ektiv tuzulmasini shakllantiradi. Madaniyat, ma'naviyat, axloq, dunyoqarash, intellektual rivojlanganlik kabi pedagogik tushunchalarning mavjudligi tanqidiy fikrlashning sub'ektiv asoslari tashkil etadi.

Bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarni tanqidiy fikrlash jarayoniga olib kirish uchun shaxsga yo'nalitirilgan bir qancha rivojlantiruvchi pedagogik va psixologik jarayonlar amalga oshirishga tayyorlash lozim.

a) psixolog tomondan:

- o'quvchilarni olamni, jamiyatni, insonlarni, muammo va maqsadlarni idrok etishga;

- tushuncha, ma'lumot, bilim va tajribalarni xotirada saqlashga;

- so'zlash, fikr yuritish va bayon qilishga, oqilona qarorlar qabul qilish, anglab harakatlanishga oid intellekt sohasini rivojlantirishga;

- o'z ichki sezgi va intuitsiyasiga ishontirshga yo'naltirilgan jarayonlar.

b) pedagogik tomondan:

- o'quvchini umumiy madaniy saviyasini oshirishga, ijodiy-madaniy qobiliyatlarini shakllantirishga, davrning madaniy muhitini anglashga, o'zini madaniyatli shaxs sifatida shaklantirishga;

- odob axloq qoidalariga bo'ysunish, o'z xulq-atvorini tahlil etish, milliy qadriyatlarni hurmat qilish, shaxslararo munosabatldarda insonparvar bo'lish;

- o'z mustaqil fikriga ega bo'lish, o'z qarashlari va g'oyalarini ayta olish, o'z ustida ishlash, kitob o'qishga qiziqtirish, insoniy fazilatlar yoki yomon illatlarni farqlashga o'rgatish kabi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda milliy qahramonlar faoliyatidan foydalanish, milliy qahramonlar faoliyatining ibratli tomonlarini o'quv-tarbiyaviy material sifatida o'quvchilarga taqdim qilish natijasida o'quvchilarning avvalo madaniy dunyoqarashi shakllanib boradi. Madaniy merosga oid bilimlarni o'quvchilarga taqdim etish ularni ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga ko'maklashadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Pedagogika ensiklopediyasida madaniy meros quyidagicha izohlangan: MADANIY MEROS1 -avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma'naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma'naviy boyliklarni anglatuvchi tushuncha. Madaniy merosimizni ko'z qorachig'idek asrab- avaylash, boyitish, yosh avlod ongiga ular haqidagi ma'lumotlarni yetkazish, ulardan faxrlanish hissini tarbiyalash orqali milliy g'ururni shakllantirish katta pedagogik ahamiyatga ega.

Shu o'rinda ta'kidlash mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga tayyorlashda avvalo madaniy yondashuvning o'rni muhimdir. chunki shaxs faoliyati uning madaniyat ko'nikmalari bilan bevosita bog'liq bo'ladi. shu o'rinda madaniyasizlik tushunchasiga ham to'xtalib o'tsak. MADANIYATSIZ - madaniyati yo'q,

. .... 9

madaniyatdan orqada qolgan; ma'rifatsiz shaxs sifatini ifodalovchi atama . MADANIYATSIZLIK - insoniyatning moddiy va ma'naviy boyliklari, kashfiyot, yangilik, ijod namunalari, maishiy va ma'naviy sohalarda erishilgan yutuqlar, qadriyatlar, madaniyat va ma'naviyatdan bebahralik yoki madaniy boyliklarga bepisandlik, tarbiyasizlikni ifoda etadigan

3.

tushuncha . Shuning uchun avvalo o'quvchilarda madaniyat ko'nikmalarini shakllantirish maqsadga muvoiqdir. Chunki madaniyatli, jamoa va jamiyatda o'zini tutishni biladigan, o'zining axloqiy qiyofasiga, xulq madaniyatiga ega o'quvchigina bo'layotgan voqe-hodisalarga, shaxslararo munosabatlarga tanqidiy fikrlash asosida xulosalar chiqara oladi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda milliy qahramonlarning madaniyati, madaniy faoliyat yutuqlari bilan tanishtirib borishda tarixiy-madaniy yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Milliy qahramonlarimiz hisoblangan Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning madaniy faoliyati haqida ko'plab tarixiy manbalarda ma'lumot berilgan.

Amir Temur va Temuriylar davri madaniy rivojlanishning eng yuksak cho'qqisiga chiqqan. Milliy qahramon hisoblangan Amir Temur nafaqat buyuk sarkada, davlat arbobi, shu bilan bir qatorda yuksak axloq va madaniyat sohibi bo'lgan. O'zining ma'naviy-ma'rifiy hamda bunyodkorlik ishlari bilan ilmu fan va madaniyatning taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan. Amir Temurning ma'naviy-manadaniy yo'riqnomasi va tanqidiy fikrlar majmui sifatida e'tirof etilgan "Temur tuzuklari"da axloq qoidalariga, shariatga, amal qilish, shaxlararo muloqot va muomala madaniyati, olim va fuzalolarni, ziyo ahlini qadrlash, fahmu farosatli bo'lish borasida o'zining qimmatli ibratlarini taqdim qilgan.

Amir Temur o'z faoliyatida yurtni obod qilish, uning tabiatini go'zallashtirish, tuproqlarini unumdor qilish kabi ishlarni juda muhim hisoblab, bu sohada katta ishlarni amalga oshirgan. Shu bilan bir qatorda o'zining bunyodkorlik ishlari bilan ko'pchilikka ibrat bo'lgan. Amir Temur o'z tuzuklarida shunday deydi: "Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo'lovchilar uchun yo'l ustida rabotni bino qilishni, daryolar

1 Pedagogika: ensiklopediya. II jild/tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b. - 224 b

Pedagogika: ensiklopediya. II jild/tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b. - 228 b

Pedagogika: ensiklopediya. II jild/tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b. - 228 b

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

ustida ko'priklar qurishni buyurdim. Kimki biron sahroni obod qilsa yoki biron bog' ko'kartirsa yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchunchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'ilsin". Natijada ayni shu davrda madaniy yodgorlik ko'plab barpo etilgan.

Bo'lajak o'qituvchilarni o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda madaniyatshunoslik yondashuvidan foydalanishda quyidagi madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadga muvofiq hisobanadi:

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida hamda ota-onalar bilan bo'lgan munosabatda o'zaro hurmatga asoslangan muomala madaniyatini shakllantirish;

- ta'lim-tarbiya jarayoniga nisbatan mas'uliyatli bo'lish madaniyatini shakllantirish;

- sinf va sinfdan tashqari ma'naviy, ma'rifiy, ilmiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va unda ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'zini tutish, yurish, turish, gigiena va salomatlik qoidalariga rioya qilishi madaniyatini shakllantirish;

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'z hatti-harakatlarini tahlil qilish, maktabda, sinfda, oilada, jamiyatda bo'layotgan voqealarga o'z fikrini, tanqidiy tahlilini bayon etish madaniyatini shakllantirish kabilardan tarkib topadi.

Madaniyatshunoslik yondashuviga tayangan holda madaniy-ta'limiy muhitning shakllantirilishida pedagoglar va o'quvchilar birgalikda turli madaniy tashabbuslarni amalga oshirishlari nazarda tutiladi. Yuqorida ta'kidlangan o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'z hatti-harakatlarini tahlil qilish, maktabda, sinfda, oilada, jamiyatda bo'layotgan voqealarga o'z fikrini, tanqidiy tahlilini bayon etish madaniyatini shakllantirish yo'nalishining amalga oshirilishi natijasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi.

Ta'limni madaniyatshunoslik yondashuvi asosida tashkil etish o'quvchilarda yangi madaniy bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan milliy qahramonlar faoliyatini targ'ib etishga qaratilgan turli ma'rifiy tadbirlar, badiiy kechalar, tanlov va musobaqalar o'quvchilarda milliy qahramonlar faoliyatini o'rganishga, ular qilgan bunyodkorlik, ma'rifatparvarlik ishlaridan xabardor bo'lishga va tahlil qilishga ko'maklashadi. Masalan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud, Najmiddin Kubro kabi milliy qahramonlarning Vatani va xalqi faravonligi yo'lidagi bunyodkorlik ishlari, o'zlarining va xalqining ilmini oshirishga oid faoliyatlari, pedagogik qarashlari, ilgai surgan g'oyalari, hikmatlari dars va darsdan tashqari jarayonlarda madaniy muhitni rivojlantirish vositasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.

Tanqidiy fikr yurita oladigan o'quvchilarda o'z fikrini, munosabatini, qarashlarini bayon etish madaniyati shakllantirish ham muhim hisoblanadi. Muayyan munosabatning bildirilishida uning taqdim qilinish uslubi qanchalik madaniyatlil tarzda, kommunikativ yondashuvga tayangan holda ifoda etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunu alohida ta'kidlash kerakki, tanqidiy fikrlash aniq ma'lumotlarga, bilimlarga, tajribalarga asoslanadi. REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-yildagi 158-sonli "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidaGI Farmoni.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-son Qarori.

3. Amir Temur haqida hikoyalar. To'plovchi va nashrga tayyorlovchi To'lqin Hayit. - T.: "O'zbekiston", - 2009. - 49 b

4. Masharipova N.R. O'quvchilarda ma'naviy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. Science and Innovation International scientific journal Volume 1 issue 6. Uif. 2022: 8.2 Issn: 2181- 3337.P.62-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.7105342

5. Pedagogika: ensiklopediya. II jild/tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b.

6. Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly Changing World/ Sonoma State Uni. 1990

7. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.