Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
komillik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Manzura Kosimova

Bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz zamonaviy hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning kelgusidagi ravnaqi va taraqqiy etishida aynan ta’lim sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqligini inobatga olgan holda jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi eng ustivor vazifa sifatida belgilanishi bejiz emas. Hozirda ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiya jarayonidagi faoliyati yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Yoshlarimiz sog‘lom hamda go‘zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo‘yicha doimiy ish o‘rniga ega bo‘lish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta’lim olishni eng asosiy shart sifatida ko‘rmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASHGA

TAYYORLASH IMKONIYATLARI Manzura Kosimova

Buxoro davlat universiteti, maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10004996

Bugun ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz zamonaviy hayotni tasavvur etib bo'lmaydi. Har bir mamlakatning kelgusidagi ravnaqi va taraqqiy etishida aynan ta'lim sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqligini inobatga olgan holda jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi eng ustivor vazifa sifatida belgilanishi bejiz emas.

Hozirda ta'lim muassasalarining o'quv tarbiya jarayonidagi faoliyati yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo'lmoqda. Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lish, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta'lim olishni eng asosiy shart sifatida ko'rmoqda.

Boshlang'ich ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va uning uzluksizligini ta'minlash dolzarb masalalardan biridir. Zamonaviy talablar esa o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish orqali ularda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish va kompetensiyalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Turli interfaol usullar asosida tashkil etilagan ta'lim jarayoni ko'p jihatdan samarali bo'lib, shaxsning turli yo'nalishdagi layoqatlarini ochishga xizmat qiladi.Ushbu muammoni hal etishda o'qituvchi va o'quvchi hamkorligiga asoslanish zarurligini shu sohada o'tkazilgan uslubiy-amaliy hamda tashkiliy-pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.

Ayniqsa, boshlang'ich ta'lim jarayonida turli interfaol usullar yordamida o'qituvchi va o'quvchi hamkorligini tashkil etish orqali o'quvchilarida tayanch kopetensiyalarni rivojlantirishning o'ziga xos imkoniyatlari ko'zga tashlandi.

Bugungi talablar asosda o'quvchining qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda ta'limning turli shakl va usullaridan foydalanish ta'lim sifati natijadorligini ta'minlashga yordam beradi.

Boshlang'ich sinflarda hamkorlikda o'qitish ta'lim texnologiyasini qo'llash imkoniyatlari juda keng bo'lib, unda bolalar o'zlarini erkin his etishadi, yaxshi kayfiyat asosida do'stona muhitda bilimlarni egallashga harakat qilishadi.

Ta'limda madaniyatshunoslik yondashuvlariga asoslangan hamkorlikda o'qitish metodlari quyidagi xususiyatlar bilan alohida ajralib turadi:

1. O'quvchilar o'zaro birgalikda, ma'lum bir topshiriq yoki o'rganilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, guruhiy ish natijasida o'rganilayotgan mavzu puxta o'zlashtiriladi.

2. Ular o'z imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda 2-3 kishilik kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.

3. O'quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan o'zaro hurmat va odob-axloq mezonlariga rioya qilishadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

4. O'quvchilar erkin, mustaqil, ijodiy faoliyat yuritishadi. Birgalikda berilgan topshiriqqa yechim topishga erishadilar.

5. O'qituvchi o'rganish faoliyati bo'yicha ishlarni tashkil etadi, tayyorlaydi, ularni talab darajasida sifatli amalga oshirilishni ta'minlaydi, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qiladi.

6. Mavzuga mos mashg'ulot va topshiriqlar o'quvchilarning bir-birlariga ko'maklashishlarni talab etadigan holda tuziladi.

7. O'quvchilarning ta'lim olish jarayonidagi mas'uliyati oshadi. Madaniyatshunoslik yondashuvi asosida hamkorlikda o'qitish deganda: -guruhda har bir sherik bilan birgalikda harakat qilish;

-berilgan topshiriqlarga ma'suliyat bilan jiddiy qarab, faol ishlash; -sheriklar bilan muloyim va samimiy do'stona muloqotda bo'lish;

-butun guruh, jumladan sherik yutuqlarini o'z yutug'i singari qabul qilish va birgalikda quvonish kabilar nazarda tutiladi.

Mavzuni hamkorlikda o'rganish o'quvchiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: -o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi;

-o'quvchilarga kognitiv (atrof olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta'limi) axborot beradi;

-o'quvchilarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg'otadi;

-o'quvchilarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish imkoniyatlarni kengaytiridi;

-axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; -o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi; -turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni ilgari suradi;

Hamkorlikda o'qitish konsepsiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• o'quvchi bilan hamkorlik munosabati;

• o'quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish;

• maktab ta'limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

• muloqot va mehnat qilish ko'nikma va malakasini hosil qilish;

• o'quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontirish;

• o'quvchiga yordam berish g'oyasi;

• har bir o'quvchi sinf ishida erkin qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak;

• o'quvchilar ishini rag'batlantirish maqsadida baholash.

Boshlang'ich sinflarda madaniyatshunoslik yondashuvi asosida hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o'ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari bo'lib, ular quyidagicha tizimlashtiriladi:

1.tashkiliy-pedagogik asoslar - o'quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o'zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o'quv mashg'uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit imkoniyatlarini belgilash va amalga oshirish;

2. psixologik asoslari - o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish, o'quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, dars mazmunidagi tushuncha, atama va boshqa shartlarning o'quvchi uchun sodda va tushunarli bo'lishi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

3. uslubiy asoslari - mashg'ulot uchun zarur vositalarni oldindan tayyorlash, ularning talab darajasida, sifatli bo'lishni ta'minlash;

4.muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

Boshlang'ich sinflarda madaniyatshunoslik yondashuvi asosida ta'lim jarayonini hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanib olib borish o'quvchilarning kreativ (tadqiqotchilik xarakteriga ega, ijodiy tafakkurni jadal ravishda rivojlantirish ta'limi) qobiliyatlarini takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma'lum. O'quvchilarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishiga quyidagi fazilatlar katta ta'sir ko'rsatadi: ijodiy fikrlash;

o'quvchi qadr-qimmatini tan olish;

atrof-muhit ta'siriga bolalar sezgirligini rivojlantirish;

g'oyalar va obyektlarni erkin egallashga yo'naltirish;

ijodiy jarayonlar to'g'risida asoslangan axborot bera bilish ko'nikmasini shakllantirish; tanqidni to'g'ri asoslab bera bilishni rivojlantirish; o'zini hurmat qilishni rag'batlantirish;

baho olishda qo'rqish hissini jilovlashga o'rgatish. Hamkorlikda o'qitish jarayonidan kelib chiqib quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin: o'quvchilar dars mazmuniga ijodiy yondashadi;

dars jarayonidagi axborotni tahlil va tanqid qilib, o'z xulosalarni asoslaydi; bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llaydi;

hamkorlikda o'qiyotgan o'quvchilar muvaffaqiyatga erishish uchun bir-birlariga ko'maklashadilar.

Hamkorlikda o'qitishga asoslangan pedagogik jarayonda yuqorida qayd etilgan g'oyalar asosida shaxsga yo'naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta'lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta'lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish emas, balki unga o'z o'zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat bo'lishi lozim.

Kelajagimiz bo'lmish yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash xalqimiz uchun qadim zamonlardan beri eng muhim masalalardan biri bo'lib kelgan. Bularni biz o'rta asrlarda yashab o'tgan allomalarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy asarlardan bilishimiz, o'rganishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk mutafakkirlar o'zlarining turli fanlar sohasida yaratgan ta'limotlari bilan jahon fani va madaniyati xazinasiga ulkan boy meroslarni qoldirganlar. Hozirgi kunda yurtimizga bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, ijodkor, o'z ishining mohir ustalari ko'proq talab qilinmoqda. Bunday insonlarni jamiyatga yetkazib berish pedagoglar zimmasiga yuklatilar ekan, avvalo, biz boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining oldimizga qo'yilgan vazifa kichik yoshdagi o'quvchilarni savodli, zukko, nutqi ravon qilib tarbiyalshdan iborat.

O'qituvchilar o'quvchiga ta'lim berish bilan birga uzviy ravishda tarbiya ham berib boradi. Buni nafaqat dars jarayonida, balki, tadbirlarda ham amalga oshirish mumkin. Tadbirlarni namunali o'tkazishda avvalambor, o'quvchilar kiyinishi, sinf xonasining mavzuga mos bezatilishi, umuman olganda tashqi ko'rinish talab darajasida bo'lmog'i darkor. Undan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

keyin esa unda yangraydigan jumlalar, she'r, qo'shiqlar mavzuning to'laqonli ochilishiga xizmat qilishi kerak.

Dars va tadbirlarda amalga oshiriladigan faoliyatlarni hamkorlikda o'qitish ta'lim texnologiyasidan foydalanib, madaniyatshunoslik yondashuvi asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini hamkorlik texnologiyalarini qo'llashga tayyorlash imkoniyatlari juda keng bo'lib, ular har bir o'quvchi shaxsini kelajak hayotga tayyorlaydi. O'quvchilarning shaxsiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Xolmatov P., Shirinov M. Pedagogika. Darslik. - T.: «Navro'z», 2016.

2. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2008.

3. Safin D.V., Musina R.G. Ta'lim berish va o'qishning interaktiv usullari. O'quv qo'llanma. 5-modul, - T., 2007. -43-b.

4. O'quvchilarda madaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik tadbirlarning mazmuni "Globallashuv sharoitida O'zbekistonda innovatsion g'oyalarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-falsafiy, talimiy yo'nalishla-rining rivojlanish istiqbollari" mavzusida respublika miqyosida o'tkazilgan anjuman materiallari. O'zbekiston Milliy axborot agentligi. 2020-yil 7-may. B.32-35.

5. Safarova R.G. O'quvchilarni madaniy-ma'naviy rivojlantirishda pedagogik hamkorlikning imkoniyatlari Uzluksiz malaka oshirish tizimida innovatsion jarayon: pedagog xodimlarning moslashuvchan-lik ko'nikmalarini shakllantirish muammolari: respublika ilmiy-amaliy onlayn anjuman materiallari Nukus MOI. 2020-yil 22-may. B.132-133.

6. Safarova R.G. O'quvchi hamda talaba-yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik manbalari "Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Farg'ona, FDU 2020-yil 23-iyun. B.5-7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.