HAMKORLIK TEXNOLOGIYASIGA ASOSLANGAN TA'LIM JARAYONINI
TASHKIL ETISH
Zilola Durdimurotovna Rasulova
Buxoro davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi, Pedagogika fanlari
bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ANNOTATSIYA
Maqolada hamkorlikda o'qitishga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil eishning mazmuni, o'qituvchilar orasida, ma'muriyat bilan o'quvchilar va o'qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida hamkorlik munosabatlarini o'rnatish haqida so'z borgan. Hamkorlik texnologiyasidan foydalanib, o'quvchining ta'lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish hamda o'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta'minlashning omillari ko'rsatilgan
Tayanch tushunchalar: Hamkorlikda o'qitish, ijtimoiy-psixologik muhit, hamkorlik munosabatlari, ta'lim-tarbiya, komandada o'qitish, kichik guruhlarda o'qitish, mustaqil fikrlash.
ORGANIZATION OF EDUCATIONAL PROCESS BASED ON COOPERATION TECHNOLOGY
ABSTRACT
The article discusses the content of the organization of the educational process based on collaborative learning, the establishment of cooperative relations between teachers, administration and students and teachers' organizations, leaders, parents, the public. Went Factors for the development of student learning motivation using collaborative technology and the achievement of high results through the implementation of the principles of humanization of the educational process are identified.
Keywords: Collaborative learning, socio-psychological environment, collaborative relationships, education, team teaching, small group teaching, independent thinking.
KIRISH
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi etarli emas. O'quvchilar tom ma'nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay
ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas'uliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga intiladi.
Hamkorlik pedagogikasida esa o'quvchi o'z o'quv faoliyatining sub'yekti sifatida qaraladi. Bunda o'qituvchi va o'quvchi pedagogik jarayonning sub'yektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo'ladi. Ular o'zaro hamkor, hamdo'st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo'ladilar. Hamkorlik munosabatlari o'qituvchilar orasida, ma'muriyat bilan o'quvchilar va o'qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham o'rnatiladi.
ASOSIY QISM
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo'lib, u an'anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanadi: An'anaviy ta'limda o'qituvchi pedagogik jarayonning sub'yekti, o'quvchi esa ob'yekti deb qaraladi.
Hamkorlikda o'qitish o'quvchining ta'lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydi.
Hamkorlikda o'qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
- o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi:
- o'quvchilarga ular o'rtasida taqsim qilinib, o'zlashtirilgan kognitiv axborotlar to'plamini beradi;
- o'quvchilarda materialni o'rganishga ishtiyok uyg'otadi;
- o'quvchilarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
- axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
- o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
- turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni oldinga suradi.
Hamkorlikda ovqitish texnologiyasiga asoslaigan mashg'ulotlarni o'ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo'llash tizimi mavjud bo'lib, quyida shu mahg'ulotlardan ayrim namunalarni ko'rsatib o'tamiz: S uch pog'onali intervyu; S davra suxbati; S ro'yxat tuzish;
S muammolar yechishni tashkil qilish;
S bir daqiqalik ishlar;
S juftlik izohlari;
S muammoni jo'natish;
S baholash chizig'i;
S kam uchraydigan birlik j amoa kuzatuvi;
S ikki qismlli kundaliq o'zaro savol yo'llash.
Bu mahg'ulot turlarining ko'pida o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lish, ularga rollar va vazifalar taqsim qilish ko'zda tutiladi. Bunda qo'yidagilar hisobga olinadi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari pedarogik jarayonini takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltitirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shkllantirishga yo'naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi [1-30]. Hamkorlikda o'qitish mashg'ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani ko'rish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o'z ichiga oladi. Hamkorlikda o'qitish mahg'ulotlarini tashkil qilishda: o'qituvchi-sinf, o'qituvchi kichiq guruh. O'qituvchi-katta guruh, o'qituvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchi (juftlikda ishlash), kichik-guruh, guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo'llaniladi. Hamkorlikda o'qitish-bu o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka o'quvchi hamda butun sinf bilan o'zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o'quvchilarning ham o'zaro qo'llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. O'quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va o'zlariga hamda o'z guruhlaridagi o'rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.
Umuman, hamkorlikda o'qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega:
1. O'quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o'qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o'zlashtiriladi.
2. O'quvchilar 2-5 a'zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O'quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O'quvchilar ijobiy va mustaqil bo'lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyati bo'yicha ishlarni tashkil etish, o'quvchilarning bir-birlariga ko'maklashishlari talab etilishini qisobga olgan holla tuzilgan bo'ladi.
5. O'quvchilar o'z ishlari iatijasiga yoki boshqacha aytganda, o'qishga, ta'lim olishga, shaxsan mas'uliyatli va javobgardirdar.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari amalga oladigan ayrim noana'naviy
dars shakllari
Matbuot konferensiyasi darsi - dars mavzusini savol javoblar orqali o'zlashtirish mashqi.
Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi - qiziqarli savol-ularga javoblar topish orqali mustaqil fikrlashni o'rgatish mashqi.
Guruhlarda ishlash darsi - o'quvchilarning bir nechta guruhlarga bo'linib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqi.
O'zaro o'qitish darsi - o'quvchilarning dars mazmuni bo'yicha matnning ayrim abzaslari yoki shunga o'xshash kichiq bo'laklarini bir-birlariga tushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o'zlashtirish darsi.
O'quvchilar olib boradigan dars - dars mavzusini o'quvchilar tomonidan tushuntirib berilishini tashkil etish orqali o'quvchilar faolligini oshirish mashqi.
Tanlov darsi - sinfdagi o'quvchilarning bir yoki bir nechta mavzu bo'yicha oldindan tayyorgarlik ko'rgan holdagi tanlovini tashkil etish, g'oliblarni aniqlash darsi.
Juftlikda ishlash (binar) dars - o'quvchilarning juft bo'lib, dars mavzusini birgalikda o'zlashtirishi yoki bir-birining bilimlarini mustahkamlash darsi. Bunda zarur bo'lganda juftliklar dars davomida turlicha o'zgartirilishi mumkin.
Dialog darsi - o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va o'z fikrlarini bayon etish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida dars mavzusini o'quvchilar bilan dialoglar tashkil etish orqali tushuntirish va mustahkamlash mashqlaridan iborat.
Aylana bo'ylab mashq darsi - o'quvchilarning navbatma-navbat ishtiroki asosida yangi mavzuni o'zlashtirish yoki o'tilgan darsni takrorlab, mustahkamlash mashqlaridan iborat.
Innovasiyalar darsi - o'quv fani sohasidagi yoki maktab hayotiga tegishli yangiliklarni joriy qilish, shuningdek o'quvchilarning ijodiy faoliyatlari natijalarini amalda qo'llash bo'yicha taqlif va loyihalar bilan tanishirish darsi bo'lib, o'quvchilarning bilimlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi: o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qish o'rganishdir.
Hamkorlikda o'qitish o'quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko'zda tutadi :
■ Har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr
yuritishga o'rgatish;
■ shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash;
■ har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish;
■ o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash;
■ Tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirish.
■ Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi
muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va
sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga,
o'quv materialini puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro
yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasida o'quvchilarni hamkorlikda o'qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o'qitish(R.Slavin).
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish(R.Slavin, 1986).
3. Hamkorlikda o'qitishning "zigzag yoki arra" metodi (E.Aronson, 1978).
4. Hamkorlikda o'qitishning "Birgalikda o'qiymiz" metodi (Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson,1987).
5. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi (Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan1988 tomonidan ishlab chiqilgan).
Komandada o'qitish (R.Slavin)
Komandada o'qitishda ovquvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzuda ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga e'tibor qaratadi. R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom ma'nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas'uliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirishga intiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish
Bu metodda kichik guruhlar 4 nafar o'quvchidan iborat qilib tuziladi. O'qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi. O'quv topshiriqlari to'rt qismga ajratilib, har bir o'quvchi topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o'quvchi o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a'zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O'qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o'ziga xos pedagogik, psixologik va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan bo'lib, ular quyidagilar:
- tashkiliy-pedagogik asoslari - o'quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o'zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida
o'quv mashg'uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit, imkoniyatlarni belgilash va amalga oshirish;
- psixologik asoslari - o'quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olish, mashg'ulotda har bir o'quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qo'llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta'riflar, formulalar va boshqa shartlarning o'quvchilar uchun tushunarli bo'lishini ta'minlash;
- uslubiy asoslari - mashg'ulot uchun zarur vositalarni oldindan ishga tayyorlash, ularning talablar darajasida sifatli bo'lishini ta'minlash.
Muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish va boshqalar. Hamkorlikda o'qitish samaradorligini ta'minlovchi omillar: o'quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi, dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish, o'z xulosalarini asoslash, bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llash, amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko'proq ajratish, hamkorlikda o'qiyotgan o'quvchilarning birbiriga muvaffaqiyatga erishishlari uchun ko'maklashuvi va boshqalar. Pedagogika- psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Faoliyatga kirish.
2. Mustaqil harakatlar o'qituvchi bilan o'quvchi hamkorlikda bajaradilar.
3. O'qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o'quvchini jalb etadi.
4. Taqlid harakatlari (o'qituvchidan ibrat olgan o'quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi).
5. Madad harakatlari (o'qituvchi o'quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi).
6. O'zini - o'zi boshqarish harakatlari (o'qituvchi umumiy maqsadni ko'rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi).
7. O'zini - o'zi ko'rsatuvchi harakatlar.
8. O'zini - o'zi uyushtiruvchi harakatlar. XULOSA
Hamkorlikdagi o'quv faoliyatining maqsadi o'zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o'quvchilar ilgari surgan yangi g'oyalar va o'zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog'liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday hatti-harakat o'qituvchining o'quvchiga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi, o'quvchilarning faolligi asta-sekin o'sib borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
REFERENCES
1. Дилова H.F. (2017). Укувчи шахсини ривожлантиришда хдмкорлик педагогикасининг урни. Замонавий таълим. 1-сон.
2. Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socio-perceptive competence in learners. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8:1, pp. 30-34.
3. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Формирование профессионально-педагогической компетентности будущих специалистов на основе информационных технологий. Молодой учёный, №8 (112), С. 977-978.
4. Расулова З.Д. (2020). Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления. European science, vol. 51, no. 2-2, pp. 65-68.
5. Dilova N.G. (2015). Situation of cooperation and the problems solved in it. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. 2: 13, pp. 102-103.
6. Расулова З.Д. (2018). Значения обучающих технологий направленной личности на уроках трудового обучения. Ученые ХХ века, T. 47, № 12, С. 34-35.
7. Rasulova Z.D. (2020). Conditions and opportunities of organizing independent creative works of students of the direction Technology in Higher Education. International Journal of Scientific and Technology Research. 9:3, pp. 2552-2155.
8. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Инновационная деятельность педагога в образовании. Молодой учёный, № 8 (112), С. 978-979.
9. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2015). Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590.
10. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2015). Модель подготовки учителей профессионального образования на основе системного подхода. Молодой учёный, 93:13, С. 590-592.
11. Дилова Н.Г. (2014). Значение процесса педагогического сотрудничества в формировании личности учащихся начальных классов. Сборники конференций НИЦ Социосфера. № 26, С. 190-193.
12. Кулиева Ш.Х., Хамроева Х.Ю., Расулова З.Д. (2013). Учебный процесс как педагогическая система в процессе подготовки учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 56:9, С. 383-385.
13. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Роль дистанционного обучения а развитии творческих навыков студентов. Проблемы педагогики. 49:4, С. 26-29.
14. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Компьютерные технологии обучения как важный фактор для улучшения процесса преподавания. Современные инновации. 36:2, С. 44-46.
15. Kakhkhorov S.K., Rasulova Z.D. (2020). Methodology of improving the professional activity of the future teacher of technology on the basis of modern educational technologies. Universal J. of Educational Research. 8:12, pp. 7006-7014.
16. Расулова З.Д., Содикова А.Х. (2020). Возможности использования компьютерных технологий в технологическом образовании. Вестник науки и образования. 19 (97), часть 2, С. 68-71.
17. Дилова Н.Г. (2013). Требования к учителю по организации сотрудничества учащихся начальных классов в учебном процессе. Актуальные проблемы современной науки. № 4 (72). С. 55-57.
18. Расулова З.Д. (2020). Эффективность дистанционной организации процессов обучения в высшем образовании. Academy. 62:11, С. 31-34.
19. Каримова М.Н., Расулова З.Д. (2020). Использование учебных инструментов в развитии творческого мышления учащихся. Проблемы педагогики, № 5 (50), С. 19-22.
20. Расулова З.Д. (2020). Наука и образование в период пандемии. Наука, техника и образование. № 11 (75), С. 101-104.
21. Rasulov T.H., Rasulova Z.D. (2019). Organizing educational activities based on interactive methods on mathematics subject. Journal of Global Research in Mathematical Archives, 6:10, pp. 43-45.
22. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих способностей будущего учителя. Наука, техника и образование. 77:2-1, С. 34-37.
23. Расулова З.Д. (2021). Роль электронного учебно-методического комплекса в оптимизации учебных процессов. Academy. № 3 (66), С. 27-30.
24. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих качеств студентов. Наука и образования сегодня. 60:1, С. 34-37.
25. Расулова З.Д. (2020). Программные инструменты - важный фактор развития творчества учащихся. Вестник науки и образования. № 21 (99), часть 2, С. 37-40.
26. Rasulova Z.D. (2014). Investigations of the essential spectrum of a model operator associated to a system of three particles on a lattice. J. Pure andApp. Math.: Adv. Appl., 11:1, pp. 37-41.
27. Rasulova Z.D. (2014). On the spectrum of a three-particle model operator. Journal of Mathematical Sciences: Advances and Applications, 25, pp. 57-61.
28. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Числовой образ модели Фридрихса с одномерным возмущением. Молодой учёный. 61 (7), С. 27-29.
29. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Number and location of the eigenvalues of a 2x2 operator matrix. Молодой учёный. 66 (7), С. 7-9.
30. Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2:12, P. 190-196.