Научная статья на тему 'AJDODLARIMIZ MEROSI TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING MA’NAVIY ASOSI SIFATIDA'

AJDODLARIMIZ MEROSI TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING MA’NAVIY ASOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

103
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pozitiv dunyoqarashni / kitobxonlik / bilim / ko‘nikma / malaka va kompetensiyalar / Alisher Navoiy / Mirzo Ulug‘bek / bunyodkorlik / fuqarolik / vatanparvarlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxnoza Erkinbayevna Yakubova

Ushbu maqolada talabalar pozitiv dunyoqarishini shakllantirishda ajdodlarimiz tomonidan foydalanilgan usul, metod, vosita va yo‘llardan samarali foydalanish orqali ularda ijodiy motivasiyani paydo bo‘lishi hamda o‘quv va kasbiy bilim faoliyatini jadallashtirish yo‘llari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AJDODLARIMIZ MEROSI TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING MA’NAVIY ASOSI SIFATIDA»

AJDODLARIMIZ MEROSI TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING MA'NAVIY ASOSI SIFATIDA

Ushbu maqolada talabalar pozitiv dunyoqarishini shakllantirishda ajdodlarimiz tomonidan foydalanilgan usul, metod, vosita va yo'llardan samarali foydalanish orqali ularda ijodiy motivasiyani paydo bo'lishi hamda o'quv va kasbiy bilim faoliyatini jadallashtirish yo'llari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Pozitiv dunyoqarashni, kitobxonlik, bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, bunyodkorlik, fuqarolik, vatanparvarlik.

Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda ajdodlarimiz rang-barang vositalar, usul va metodlardan foydalanganlar. Bunday vositalar, usul va metodlarni qo'llash natijasida talabalarda pozitiv dunyoqarashnin shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlar, vaziyatlarning imkoniyatlari kengaytiriladi.

Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda muktafakkir ajdodlarimiz merosidan foydalangan holda aniq pedagogik vaziyatlarni yaratish ushbu sohada samaradorlikni ta'minlash imkonini beradi.

- o'z qarashlarini bayon etish va uni qat'iy himoyalash fikrini, mazkur vaziyatda hadislar, hikmatlardan foydalanishga talabalarni odatlantirish muhim ahamiyatga ega;

- turli holatlar, vaziyatlarning muhokamasida qatnashib bahs- munozaralarda faollik ko'rsatish, o'z nuqtai nazarini aniq bayon qilish;

munosabatga kirishib o'z qarashlari, nuqtai nazarlarining qo'llab quvvatlanishiga erishishlari;

- o'z guruhdoshlarining qarashlari, nuqtai nazarlariga hurmat bilan qaraganda munosabat bildirishlari va munosib baholay olishlari;

- muammoli savollar, evristik topshiriqlarning ko'p

Shaxnoza Erkinbayevna Yakubova

UrDU mustaqil tadqiqodchisi

ANNOTASIYA

Kirish

guruhdoshlari va professor-o'qituvchilar bilan shaxslararo ijobiy

variantli yechimlarini taklif qilishlari;

June 3

- o'z xatti-harakatlarini muntazam nazorat qilish, baholash va xulq-atvordagi mavjud bo'shliqlarni ma'naviy-madaniy bilimlar bilan to'ldirish;

- intellektual xarakterdagi topshiriqlarni yechishda ma'naviy- axloqiy mazmundagi bilimlardan foydalanish kabilar.

Mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan samarali qo'llanilgan ijodiy faoliyat ko'rsatish motivlarni rivojlantirishga xizmat qilgandagina texnologiyalar talabalarning poztiv dunyoqarashlarini boyitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiyalar talabalarning ma'naviy intellektual jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi. O'z imkoniyatlarini aniq baholash, dunyoqarashini muntazam yangi bilimlar hisobiga boyitib borish bo'lajak mutaxassisning shaxsiy-kasbiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda ular uchun ahamiyatli bo'lgan muvaffaqiyatga erishish vaziyatlarini tashkil etish alohida pedagogik qimmatga ega. Bunday vaziyatlar ularning ijodiy sifatlar va hayotiy ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan bilimlarni puxta egallashlariga ko'maklashadi. Mutafakkir ajdodlari biz yosh avlodda pozitiv dunyoqarashni faollashtirishga erishish uchun ularni ijodkorlikka izlanishga ezgu amallarni bajarishga nisbatan rag'bat uyg'otishga xarakat qilganlar. Buning uchun ular ta'lim oluvchilarning ehtiyojlari intilishlari ular tayanadigan qadriyatlarni aniqlash zarurligiga e'tibor qaratganlar.

Asosiy kism.

Talabalarda bilimlarni o'zlashtirish, bu yo'lda qiyinchiliklarni yengib o'tishga nisbatan qat'iyatlilik va irodani tarbiyalash zarurligini anglab yetganlar. Ushbu maqsad yo'lida toliblarning harakat qilishlari uchun qulay vaziyat va muhit yaratganlar. Natijada talabalarda pozitiv dunyoqarashning asosini tashkil etgan bilim olish, ezgu amallarni bajarish, qiyinchiliklarni o'z kuchiga tayangan holda bartaraf etish kabi irodaviy sifatlar shakllantirilgan. Ilm o'ragnishga ehtiyoji baland bo'lgan toliblar o'z maqsadalari sari qat'iyatlilik bilan intilganlar. O'zlari mo'ljallagan natijaga erishish yo'lida chekinmasdan harakat qilganlar. Bu esa o'z navbatida talabalarning bilish imkoniyatlarini kengaytirib intellektual faolliklarini ta'minlashga xizmat qilgan. Madrasalarda faollik talabaning asosiy irodaviy sifatiga aylanishi uchun ustoz va shogird birgalikda harakat qilgan. Har qanday ilmni egallashdan ko'zlangan asosiy maqsad ezgulikka erishish imkoniyati sifatida baholangan. Bugungi kunda ham talabalarda shakllanadigan pozitiv dunyoqarash ichki ya'ni pedagogik, tashqi ma'naviy yuksalishga intilishdan iborat. Pozitiv dunyoqarashga ega bo'lgan ichki - pedagogik yo'nalishi hayotiy va kasbiy bilimlarni faol o'zlashtirishdan iborat bo'lib, quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:

June 3

61

'ondashuvlar: muammo va vechimlar

- hayotiy bilimlami o'zlashtirishga nisbatan ehtiyoj va qiziqish;

- o'quv tashabbuskorligiga ega bo'lish;

- bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga intilish;

- kasbiy tajribani egallash uchun intellektual quvvatlarni safarbar etish kabilar.

Pozitiv dunyoqarashga ega bo'lish natijasida talaba faoliyatida

yuqoridagilarning namoyon bo'lishi ta'minlanadi. Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishning tashqi ma'naviy yuksalishga undovchi yo'nalishi ma'naviy-madaniy bilimlarni o'zlashtirishga ta'lim oluvchilarning intilishlarida o'z ifodasini topadi. Shu maqsadda talabalar bilan individual ishlash, guruhli faoliyatni amalga oshirish, mutafakkir ajdodlarmizning asarlarini mustaqil o'qib o'rganishga ularni undash kabi pedagogik chora-tadbirlarni qo'llash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, kitobxonlik sport tadbirlarini o'tkazish, an'anaviy bayramlarni tashkil etish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, ular haqidagi ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lish orqali talabalarning ma'naviyatini yuksaltirish imkoniyatlari kengaytiriladi. Talabalarning o'zlashtiradigan kasbiy bilimlarining sifatiga ham ulardagi pozitiv dunyoqarash sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Mazkur dunyoqarash mahsuli sifatida ularda ijobiy motivlar vujudga keladi. Ushbu motivlar talabalarning o'quv harakatlarini faollashtiradi. Bu o'z navbatida talabalarning kasbiy faoliyatiga oid bilimlar va tajribalarni egallashlarini jaddallashtiradi. Ular o'z ustilarida ko'proq ishlash, shaxsiy-kasbiy takomillashishga intilish imkoniyatiga ega bo'ladidar. Ta'lim jarayonida talabalar bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni alohida qiziqish bilan o'zlashtirib ijodiy qo'llashgan muvaffaq bo'ladilar. Bilimlarni o'zlashtirish jarayoni talabalar uchun rivojlantiruvchi kasb etganda ularning harakatlari ijobiy harakatlarni amalga oshiradilar. Talabalarning o'quv jarayoniga nisbatan munosabatlari ulardagi pozitiv yoki negativ qarashlarning mahsuli hisoblanadi.

Pozitiv dunyoqarash talabalarning o'z kasbiga bo'lgan munosabatini ham ifodalaydi. Pozitiv dunyoqarash quyidagilarni o'zida mujassamlashtiradi:

- bilimlarning o'zlashtirishga alohida qiziqish va mas'uliyat bilan yondashish;

- mustaqil bilim olish va uni ijodiy qo'llashga intilish;

- o'quv topshiriqlarini ongli tarzda bajarish, ularning o'z shaxsiy kamolotlari uchun ahamiyatliligini anglab yetish;

- o'qish va o'rganish faoliyatiga ijodiy mehnat sifatida yondashish;

- o'zining istiqboldagi kamolotini ta'minlash yo'lida uzluksiz xarakat qilish kabilar.

Pozitiv dunyoqarash talabalarning o'quv motivasiyalarida

ham o'z ifodasini topadi. Pozitiv dunyoqarash talabalarni mustaqil

June 3

bilim olish, rivojlanish sari undaydi. Shuning uchun ham mutafakkir ajdodlarimiz madrasalarda talabalarni mustaqil bilim olishga ruhlantirib, muntazam rag'batlanganlar. Talabalarning mustaqil bilim olish va mustaqil faoliyatlari natijalarini qo'llab-quvvatlash ularning ijodiy faoliyat ko'rsatkichlariga samarali ta'sir qilgan. Bunday qo'llab-quvvatlash natijasida talabalarda ijodiy faollik, kashfiyotlar qilishga intilish kuzatilgan. Talabalarning faolligini mahsuli sifatida IX-XIV-asrlarda ilm-fan rivojlanib ustoz- shogird munosabatlari o'z taraqqiyotining yuksak cho'qqisiga ko'tarilgan. Mazkur munosabatlar yangi talantlarni izlab topish va qo'llab quvvatlashga xizmat qilgan. Masalan, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek va ularning shogirdlari orasidagi munosabatlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Pozitiv dunyoqarash talabalarning intellektual faolliklarini rag'batlantiradi. Ulardagi loqaydlik, sustkashlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Pozitiv dunyoqarash talabalarni qo'yilgan maqsad sari undash, ulardagi ijodiy faollikni rag'batlantirishga ko'maklashadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta'lim jarayonida talabalarni mutafakkir ajdodlarimizning pozitiv dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan merosi bilan yaqindan tanishtirish alohida ahamitga ega.

Xulosa

Talabalarda pozitiv dinuyoqarashni shakllantirishda muayyan metodlardan foydalanish ham talab qilinadi. O'zlarining pozitiv dunyoqarashlarini rivojlantirish maqsadida talabalar qiziqishlaridan kelib chiqqan holda badiiy asarlar yoki faoliyat usullarini tanlaydilar. Talabalardan pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda ham reproduktiv ham maxsuldor usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirish uchun bir qator metodlardan foydalanish talab etiladi. Bunday metodlar sirasiga badiiy asarda ifodalangan voqelikka talabalarni ishontirish, hayotiy vaziyatlarni tushuntirish, ularni tarixiy voqelik haqidagi ilmiy ma'lumotlar bilan qurollantirish kabilarni kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda talabalarning pozitiv dunyoqarashlarini shakllantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

Pozitiv dunyoqarashga ega bo'lgan talabalarda o'z ma'naviy faoliyatlari natijasidan qoniqish, tarixiy-madaniy bilimlarni o'zlashtirishga intilish, o'zlikni anglash hissi rivojlanadi. Natijada talabalarda bunyodkorlik, fuqarolik, vatanparvarlik, o'z mehnati natijalaridan quvonish tuyg'usi kuchayadi. Natijada talabalarning intellektual faoliyat ko'rsatish ko'lami kengayadi. Ularda atrofdagi voqea hodisalar ma'naviy tushunchalar va mutafakkir ajdodlarimizning shaxs kamolotini ta'minlashga

June 3

63

qaratilgan g'oyalarini o'ragnishga bo'lgan intilishi kuchayadi. Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda ajdodlarimiz merosiga tayangan holda evristik suhbatlar tashkil etish, mutafakkirlar tomonidan yaratilgan badiiy va ilmiy asarlarni tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda badiiy va ilmiy asarlar ustida mustaqil bajariladigan topshiriqlar, tarixiy-madaniy voqelik bilan bugungi kunda mavjud bo'lgan voqelikni o'zaro qiyoslash, mutafakkir ajdodlarmizning jahonshumul kashfiyotlari mohiyatini o'rganish va undan faxrlanish, o'zlarining ma'naviy rivojlanishlarini aniq belgilab olish, o'z xatti-harakatlarini refleksiyalash, o'zlarining g'oyalarini ma'naviy jihatdan tahlil qilish va himoyalash muhim ahamiyatga ega. Talabalarda pozitiv dunyoqarashni shakllantirishda ajdodlarimiz bir qator metodlardan foydalanganlar. Shunday metodlardan biri talaba oldiga muammo qo'yish va muammoli vaziyatlarni yaratib undan chiqish yo'llarini izlashlari uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Muammoli vaziyatlardan chiqish uchun talabalar o'qib o'rganish, mantiqiy fikrlash kabi didaktik harakatlarni tizimli tarzda amalga oshirganlar. Natijada ularning fikrlash faoliyati jadallashib, mummoli vaziyatlardan chiqishning turli yo'llari va usullarini taklif qilganlar. Madrasa toliblari muntazam tarzda tadqiqotlar o'tkazish va kitob mutolaasi bilan shug'ullanib, o'z dunyoqarashlarini kegaytirilgan. Ular bahs-munozaralar, evristik suhbatlar, tadqiqotlar o'tkazish bilan muntazam shug'ullanganlar. Har bir talaba o'z bilim darajasi mantiqiy fikrlash imkoniyatidan kelib chiqqan holda muammolarni yechishning turli yo'llarini izlagan va kashf qilgan. Bu jarayonda ular ustozlarining bilim va tajribalarini vorisiy asosida o'rganisha muvaffaq bo'lganlar. Kitob mutolaasi har bir talabaning muntazam faoliyatiga aylanib, dunyoqarashini boyitishning asosiy omili hisoblangan. Shu asosda ta'lim oluvchilar o'z bilimlarini mustaqil boyitib dunuyoqarao'larini kengaytirishga muvaffaq bo'lganlar. Natijada ular tengdoshlari va ustozlari bilan bahs-munozaraga kirishganlar, mushoiralarda ishtirok etganlar. Ta'lim oluvchilar ko'proq tinglab chuqur mulohaza qilgan holda o'z fikrlari qarashlarini bayon qilishga intilganlar. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, talabalardan pozitiv dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qiladigan didaktik materiallarni tanlashda bevosita mutafakkir ajdodlarimiz merosi, etnopedagogik qadriyatlar va jahon madaniyatining ilg'or vakillari merosiga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ayniqsa, sharq mutafakkirlarining pedagogik ta'limotlari, tasavvuf ta'limoti namoyondalarining asarlari, shaxs pozitiv dunyoqarashini kengaytiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Pozitiv dunyoqarashga ega bo'lgan talabalar bilimlarni izlab topish, qo'llash, ulardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

June 3

64

Kokand State Pedagogical Institute Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023

Innovative Approaches in Teaching Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion

pedagogicalSçiences^proMems^nd

REFERENCES

1. Malikova D.M. Improving student's expressive reading and artistic word performance skills // Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446. PaGES:37656 - 37668 www.turkjphysiotherrehabil.org

2. Машарипова Н.Р. Укувчиларда маънавий сифатларни ривожлантиришнинг педагогик имкониятлари. Science and Innovation International scientific journal Volume 1 issue 6. Uif. 2022: 8.2 Issn: 2181- 3337.P.62-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.7105342

3. Safarova R.G. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi ta'lim oluvchilarni intellektual ma'naviy va madaniy jihatdan rivojlantirish manbai // Pedagogika.- Toshkent. 2022 yil 5-son. - B. 6-12

4. Abu Mansur Moturidiy. Pandnoma & Al-Moturidiy hayoti va merosi | Xurshid Davron kutubxonasi (kh-davron.uz)

5.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

6. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

7. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

8. Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

9. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

10. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

June 3

65

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.