Научная статья на тему 'MUTAFAKKIRLARIMIZ ILMIY FAOLIYATIDA YOSHLARNI ILMMA`RIFAT EGALLASHGA UNDASH MASALALAR'

MUTAFAKKIRLARIMIZ ILMIY FAOLIYATIDA YOSHLARNI ILMMA`RIFAT EGALLASHGA UNDASH MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ajdodlarimiz merosi / pedagogik qadriyatlar / o`quv-bilish faoliyati / pedagogik yondashuvlar / rivojlantiruvchi metodlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meruert Ermekbaevna Pazılova

Mazkur maqolada talabalarda haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish layoqatini shakllantirishda ajdodlarimiz merosining ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUTAFAKKIRLARIMIZ ILMIY FAOLIYATIDA YOSHLARNI ILMMA`RIFAT EGALLASHGA UNDASH MASALALAR»

MUTAFAKKIRLARIMIZ ILMIY FAOLIYATIDA YOSHLARNI ILM-MARIFAT EGALLASHGA UNDASH MASALALARI

Meruert Ermekbaevna Pazilova

Nukus davlat pedagogika instituti, Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari

doktori

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada talabalarda haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish layoqatini shakllantirishda ajdodlarimiz merosining ahamiyati ochib berilgan.

Tayanch so'zlar: ajdodlarimiz merosi, pedagogik qadriyatlar, o'quv-bilish faoliyati, pedagogik yondashuvlar, rivojlantiruvchi metodlar

Oliy pedagogik talim mazmunini tanlashda mazmun va jarayon yaxlitligini ta'minlashga e'tibor qaratish zaruriyati kuchaymoqda. Bu yaxlitlik nafaqat o'quv predmeti mazmunida bilimlarni birin-ketin ifodalashda, balki bolajak o'qituvchilarning o'quv-bilish faoliyatini rivojlantirish imkonini beradigan materiallarni tanlashda ham oz ifodasini topishi lozim. Talim mazmuniga ijtimoiy tajriba hamda ajdodlarimiz tomonidan taqdim etilgan pedagogik qadriyatlarni ham singdirish talab etiladi.

Talim mazmunini tanlashda ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan bir qator nazariyalarga tayanish maqsadga muvofiq.

Inson faoliyatini tahlil qilish nazariyasi shaxsda mavjud bolgan barcha imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish haqidagi talimotga tayanadi. Ushbu talimot ajdodlarimizning kundalik faoliyatida alohida o'rin egallagan. Talim mazmunini tanlash va tizimlashtirishda yondashuvlar o'ziga xos ahamiyatga ega. Ularning barchasi shaxsning dunyoqarashini rivojlantirishga oid yondashuvni ozida mujassamlashtirgan.

SHaxsga yo'naltirilgan talim nazariyasi ham ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan pedagogik yondashuvlar bilan uyg'unlashadi. Ushbu nazariya doirasida predmetli o'qitish g'oyasidan voz kechilib, shaxsga yo'naltirilgan kontsentrlashgan talim va modulli o'qitish kontseptsiyalariga tayanilgan holda talim mazmunini tanlash imkoniyati kengayadi. Didaktikaning muhim masalalaridan biri otmishda ham, bugungi kunda ham

June 3

52

ta lim metodlarini nazariy hamda amaliy jihatdan asoslashdir. CHunki o quv jarayonining sifati va samaradorligi, talabalar o'quv-bilish faoliyatining faollashuvi ushbu masalaning optimal echimi bilan bog'liq. Oliy ta'lim muassasalarida professor o'qituvchi bilan talaba faoliyati hamda talim natijasi yaxlit birlikni tashkil etadi.

Talabalar faoliyati xarakteridan kelib chiqqan holda ularning o'quv-bilish faoliyatini rivojlantiruvchi metodlar tasnifi ustida toxtalamiz. Ushbu metodlarning muayyan qismi mutafakkir ajdodlarimiz pedagogik faoliyatida oz o'rniga ega bo'lgan. Talimning samaradorligi talim oluvchilarning ichki faolligiga bevosita bog'liq. Metodlarni tanlashning asosiy mezoni sifatida talabalar faoliyatining xarakteriga bog'liq. Talabalar faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi metodlar turkumi mavjud.

1. Tushuntiruvchi-illyustrativ metod. Bunda talabalar turli texnik vositalar yordamida bilimlarni tayyor holda olib o'zlashtiradilar. Talabalarning muhokamalari, baholovchi fikrlari, reproduktiv tafakkur doirasida namoyon bo'ladi. Ushbu metod yordamida talabalarga keng kolamli, katta hajmli axborotlar taqdim etiladi.

2. Reproduktiv metod doirasida esa bilimlar namunaga asosan taqdim etiladi. Ushbu o'rinda talabalarning faoliyati algoritmik xarakter kasb etadi. Barcha o'quv harakatlari belgilab qo'yilgan o'zaro o'xshash namunalar asosida bajariladi.

3. Muammoli bayon metodi. Ushbu metoddan ajdodlarimiz madrasalardagi o'quv jarayonida talabalarni izlanishga undash maqsadida keng foydalanganlar. Professor-o'qituvchi o'quv materialini bayon qilish jarayonida juda ko'p metodlar va vositalarni qollaydi. Talabalar oldiga muammolar qo'yadi, muammoli topshiriqlarni shakllantiradi. SHundan keyin dalillar tizimini ochadi, nuqtai nazarlarni qiyoslaydi, bilish topshiriqlarini echish usullarini ko'rsatib beradi, turli yondashuvlarni qiyoslaydi. Natijada bolajak o'qituvchilar ilmiy izlanish jarayonining sub'ektlariga aylanadilar.

4. Qisman izlanuvchi yoki evristik metod. Ushbu metodga pedagogik talimotlar tarixida alohida e'tibor qaratilgan. Mazkur metod doirasida professor-o'qituvchi rahbarligida talabalar faol izlanish xarakatlarini amalga oshiradilar. Bunda evristik o'qitish dasturlari va ko'rsatmalarga tayanadilar. Natijada talabalarning tafakkur jarayonlari maxsuldor xarakterga ega bo'lib, o'quv-bilish harakatlari faollashadi, dastur mavzulari va o quv materiallari

ustida ishlash kolami kengayadi. Jarayon o'qituvchi tomonidan bosqichma-bosqich nazorat qilinadi. Bunday metod sirasiga

June 3

53

evristik suhbatlarni kiritish mumkin. Ushbu metod yordamida talabalarda ijodiy faoliyat va tafakkur qilishga nisbatan kuchli ishtiyoq paydo bo'ladi. Ular seminarlar, to'garak mashg'ulotlari va auditoriyadan tashqari ijodiy ish turlarida faol ishtirok etadilar.

5. Tadqiqotchilik metodi ham ajdodlarimiz tomonidan keng qo'llanilgan. Ayniqsa madrasa talabalari mustaqil ishlash jarayonida o'zlari qiziqqan yo'nalishlarda kichik-kichik tadqiqotlar o'tkazganlar. Bugungi kunda ham talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga jalb etish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Tadqiqot metodi doirasida talabalar materiallarni tahlil qilgach, muammoni qo'yadilar, topshiriqlar va ko'rsatmalarni belgilab oladilar. Ilmiy adabiyotlar va manbalarni mustaqil o'rganadilar, kuzatish ishlarini amalga oshiradilar. SHuningdek, izlanish xarakteridagi boshqa ishlarni ham amalga oshiradilar. Bunday mashg'ulotlarda bo'lajak o'qituvchilarning o'quv-bilish faoliyatlari rivojlanadi. Mustaqil izlanish tashabbusi tadqiqotchilik faoliyati jarayonida to'liq namoyon bo'ladi. O'quv ishi bilan bog'liq metodlar tadqiqotchilik metodlari sifatida rivojlanadi.

Mutafakkirlar yosh avlodga ta'lim-tarbiya beradigan ustozlarga ham alohida talablar qo'yganlar. Bu haqida Koshifiy o'zining "Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati" asarida quyidagilarni ko'rsatib o'tgan:

"Birinchidan, shayx komil ma'rifat egasi bo'lsin...

Ikkinchidan, o'tkir farosatli, odamshunos kishi bo'lib, bir nigoh tashlash bilan muridning qobiliyatini ilg'ab olsin.

Uchinchidan, etuk ruhiy-ma'naviy quvvati bo'lsin, toki agar murid tariqat yo'lidan adashsa, unga ma'naviy madad berib, mushkulini oson qilolsin, to'g'ri yo'lga solsin.

To'rtinchidan, etarli darajada erkin odam bo'lsin, ya'ni hech narsaga muhtojligi bo'lmasin.

Beshinchidan, ixlosi mustahkam bo'lib, riyo va ta'mani tark etsin, mol va mansab deb birovga sarg' aymasin, egilmasin.

Oltinchidan, rostlik va beg'araz do'stlikni shior qilsin, haq so'zni hap erda, hap qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda ikkiyuzlamachilik qilmasin.

Ettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaati va umummanfaatini oz manfaatidan ustun qo'ysin" [1.;12].

Ushbu talablar bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagoglar uchun ham alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularning yuksak saviyali, bilimdon,

June 3

54

zukko va ziyraklik bilan talabalarga yondashishlari kerakligini anglatadi.

Mutafakkir ajdodlarimiz yoshlarga hayotni qadrlash haqida ham qimmatli o'gitlar berganlar. Ular jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy mezon sifatida aql-zakovat, kuchli farosat, ruhiy ishorat, sahovat, halol mehnat qilish va ogohlikdan iborat ekanligini alohida ajratib ko'rsatganlar.

Mutafakkirlarimiz ilmiy faoliyatida yoshlarni ilm-marifat egallashga undash va bu yo4da faol harakatlanishga ustivor o'rin berilgan. Amaliy faoliyat tajribasi va bilimlarni egallash zarurligi mutafakkirlar tomonidan e4irof etilgan. Ular yoshlarni muntazam ogohlikka chaqirganlar.

Orta Osiyodagi madrasalarda hadislar, qiroat kitoblari, axloq-odobga oid asarlar va didaktik xarakterdagi asarlar darslik manbasini o4agan. Talimiy-didaktik xarakterdagi asarlarda insonni kamol toptirish yo'llari, vositalari, usullari batafsil ko'rsatilgan. Mutafakkirlar orasida sof pedagogik talimotlarni yaratganlari ham mavjud bo4gan. Ular shaxs kamolotini taminlashning xususiy didaktik hamda umumpedagogik yo'nalishlari va vositalarini ko'rsatib berganlar.

Mutafakkirlarimiz talabalarda xaqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish layoqatini shakllantirish zarurligini takidlagan. Bu fikrlar amaldagi oliy talim tizimi samaradorligini taminlashda ham muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Koshifiy X.V. Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati. (tarj. N.Komilov) -T.: A.Qodiriy nomli Xalq merosi nashr. 1994. -112 6.

2.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

3. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

June 3

55

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.