Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hamkorlik pedagogikasi / talabalar / bo‘lajak mutaxassis / kasbiy faoliyat / o‘quv topshiriqlari / mashg‘ulot turlari / nuqtai nazar / pedagogik ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulyamova Aziza Otabekovna

Ushbu maqolada talabalarni hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, o‘ziga xos jixatlari haqida fikr yuritilgan. Tayanch so‘zlar: hamkorlik pedagogikasi, talabalar, bo‘lajak mutaxassis, kasbiy faoliyat, o‘quv topshiriqlari, mashg‘ulot turlari, nuqtai nazar, pedagogik ta’lim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH»

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH Gulyamova Aziza Otabekovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10113242

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, o'ziga xos jixatlari haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so'zlar: hamkorlik pedagogikasi, talabalar, bo'lajak mutaxassis, kasbiy faoliyat, o'quv topshiriqlari, mashg'ulot turlari, nuqtai nazar, pedagogik ta'lim.

Аннотация. В данной статье рассматриваются содержание и особенности подготовки студентов к профессиональной деятельности на основе кооперативной педагогики.

Ключевые слова: кооперативная педагогика, студенты, будущий специалист, профессиональная деятельность, образовательные задачи, виды обучения, перспектива, педагогическое образование.

Abstract. This article discusses the content and specific aspects of preparing students for professional activities based on cooperative pedagogy.

Keywords: cooperative pedagogy, students, future specialist, professional activity, educational tasks, types of training, perspective, pedagogical education.

Ma'lumki, XX asrning oxiri, XXI asrning boshiga kelib, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatiga nisbatan yangicha yondashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvning ahamiyati shundaki, shaxslararo munosabatlar o'zaro hamkorlik jarayonida yangi sifat ko'rsatkichlariga ega bo'ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatida yangicha sifat o'zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo'lishiga ko'maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg'unlashtirishga xizmat qiladi[1].

Pedagogik hamkorlik ta'lim jarayoni sub'ektlari rivojlanishining tadrijiy yo'lini namoyon qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyati uyg'unlashadi va ko'proq ijodiy xarakter kasb eta boshlaydi. U ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatidagi o'ziga xos jihatlarni hisobga olishni taqozo qiladi.

Pedagogik hamkorlik o'quv-tarbiya jarayonidagi muntazam hamda nomuntazam holatlar, muvozanatsizlik bilan muvozanatlilikka oid qonuniyatlar, tartiblilik bilan tartibsizlik, izchillik bilan noizchillik orasidagi aloqadorlikning mazmuniga tayanadi.

Ta'lim insonning jamiyatda faol hayot kechirishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik hodisadir. Shuning uchun ham u jamiyatni rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida o'quvchini rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo'llash ehtiyoji kuchaymoqda. Xuddi shunday rivojlangan yoshlargina jamiyat hayotini yangi bosqichga ko'tara oladi. Chunki inson hayotni mustaqil o'zgartirishga tayyor bo'lishi uchun yetarli tarzda ta'lim-tarbiya olishi, bu jarayon esa uning o'zini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Faqat shunday sharoitdagina jamiyat a'zolari yangi ilmiy g'oyalarni qabul qilishga tayyor bo'ladi. Bunday g'oyalarning tadbiq etilishi va keng yoyilishi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.

Ta'limning alohida imtiyozga egaligi, fanni rivojlantirish omili sifatida xizmat qilishi, yutuqlarga erishishning zaruriy shartidir.

Mazkur strategiyaning tadbiq etilishi ta'lim tizimiga xalqaro tajribalarni olib kirish orqali jadallashadi. Ko'plab xorijlik tadqiqotchilar o'qituvchining professional tayyorgarligi, shaxsiy quvvatlarining rivojlanishi mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Bunda ayniqsa yosh o'qituvchilar uchun pedagogik faoliyatni egallash jarayoni ularning mehnat faoliyati bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Amerikalik olim professor L.Sprintolning ta'biricha, shaxsning turli bosqichlarda rivojlanishining g'oyaviy negizi turli nazariyalarda o'z ifodasini topgan, degan fikrni ilgari suradi. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib o'qituvchilarning professional tayyorgarligini oshirishning turli darajadagi dasturlari yaratilgan.

Ilm-fanning tezkor taraqqiyoti, pedagogika hamda ijtimoiy sohalarda jadal ro'y berayotgan o'zgarishlar bo'lajak mutaxassislar tayyorlashda davriy o'zgarishlarni inobatga olish, fan yangiliklarini ta'lim mazmuniga singdirish lozimligini taqozo etmoqda. Bu esa o'z navbatida, bo'lajak o'qituvchilarning professional tayyorgarligini aniqlash asosida talabalarda o'z tanlagan kasbiga nisbatan mas'uliyatli munosabat tajribasiga ega bo'lishlariga erishish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatmoqda. Mazkur vazifalarni hal etishda bo'lajak o'qituvchilarning professional tayyorgarligini tashxislash va pedagogik monitoring qilish tizimini takomillashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, bu yo'nalishni tatqiq etishning zaruriy shartlari ta'lim jarayonining shaxsga yo'nalganligi va individuallashtirilishi, ta'lim muassasalarining xilma-xilligi va ijtimoiy buyurtmalarning yangiligi, innovatsion jarayonlarni faol qo'llab-quvvatlash va jamiyatning ta'limni rivojlantirishda faol ishtiroki sanaladi [2].

Bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, ta'lim sohasiga sezilarli o'zgarishlar, yangiliklar va o'qitishning innovatsion texnologiyalarini olib kirish imkoniyatini yaratdi. Bunday yangiliklarning o'quv jarayoniga kirib kelishi uning mazmunini ham boyitishni taqozo qilmoqda. Oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.

Ushbu konsepsiyani amaliyotga tadbiq etish asosida bo'lajak o'qituvchilarni kasyuiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish, uning samaradorligini ta'minlash, ta'limdagi islohotlar mohiyatini tushunishlari, anglab yetishlari va o'z faoliyatlarida undan foydalanishlari uchun qulay pedagogik muhit yaratish talab qilinmoqda.

Bugungi kunda pedagogik amaliyotning asosiy vazifasi an'anaviy ta'lim paradigmasining ob'ektiv asoslari va ularning rivojini ta'minlovchi qonuniyatlarni modernizatsiyalashdan iborat. Bo'lajak o'qituvchilarning ilg'or bilimlarni o'zlashtirish, ijodiy faollik ko'rsatish hamda fikrlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda professional tayyorgarligini pedagogik tashxislash va monitoring qilish zaruriyati kuchaymoqda. Bunda oliy pedagogik ta'lim mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilishi nazarda tutiladi[3].

Shuningdek, davlat va jamiyat tomonidan bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga yangi ijtimoiy talablar qo'yilmoqda. Bu talablar, avvalambor, uzluksiz ta'lim tizimida shaxs

rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlash masalasiga aloqadordir.

Bugungi kunda oliy pedagogik ta'lim jarayoni sub'ektlarini yangi bilimlarni egallashga yo'naltirish, ularda tashabbuskorlikni hosil qilish, pedagogik tafakkurni rivojlantirish, o'quv hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni o'zaro uyg'unlashtirishga xizmat qiladigan o'quv topshiriqlari, mashg'ulot turlarini loyihalash ehtiyoji kuchaymoqda. Taqdim etiladigan yangi bilimlar oliy pedagogik ta'lim jarayoni sub'ektlarining o'z pedagogik faoliyatlarini mustaqil boshqarish, uni mustaqil tarzda tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kerak. Ushbu imkoniyatlardan qulay tarzda foydalanish oliy pedagogik ta'lim jarayoni sub'ektlariga taqdim etiladigan bilimlar ko'lamini kengaytirishni taqozo qiladi. Oliy pedagogik ta'lim jarayoni sub'ektlarida pedagogikaning ko'plab xususiy tarmoqlari va sohalari haqida bilimlarni hosil qilish, ularning ilmiy dunyoqarashi va tasavvurini kengaytirish istiqboldagi pedagogik faoliyat mazmunini boyitishga xizmat qiladi.

O'tgan asrning 60 yillaridan boshlab Amerikada hamkorlik pedagogikasiga asoslangan holda o'quv variantlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o'tkazishga kirishildi.

Hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish o'zida quyidagi asosiy holatlarni mujassamlashtiradi:

1) dastlabki muammoning qo'yilishi;

2) muammolarning tahlili va zarur axborotlar haqida ma'lumotlar berish. Bu jarayonda ekspert vazifasini o'qituvchilar hamda o'quvchilarning o'zlari bajaradilar. Buning uchun ular muayyan tayyorgarlikka ham ega bo'lishlari lozim;

3) muammoni yechish imkoniyatlarini aniqlash;

4) har bir o'quvchi o'z shaxsiy tushunchasi doirasida muammolarni qayta shakllantirishiga erishish;

5) shakllantirilgan muammolardan qulay variantini tanlash;

6) hamkorlik uchun asosiy bo'lgan bosqich tomon siljish;

7) qo'yilgan muammo tarkibida ifodalangan talablarga asoslangan holda yondashuvlar yoki tayyor yechimlarni bayon qilish.

Bizningcha, pedagogik hamkorlik universal metodologik paradigma tarkibiga kiradi. U ijtimoiy pedagogik hodisa sifatida o'quv jarayonining tarkibiy qismini tashkil etadi. Hamkorlik predmeti ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini uyg'un tarzda tashkil etish mexanizmidir. Shuning uchun ham, pedagogik hamkorlik ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini uyg'un tarzda tashkil etish imkoniyati sifatida talqin etiladi.

REFERENCES

1. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika (darslik). - T., "Sahhof', 2023, 416 bet.

2. Ma'murov B.B. Bo'lajak o'qituvchilarda akmeologik yondashuv asosida ta'lim jarayonini loyihalash ko'nikmalarini rivojlantirish tizimi. Monografiya.- T.: Fan va texnologiya, 2017.128 b.

3. Xalikov A.A. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratini rivojlantirish. // Monografiya. Iqtisod Moliya.- Toshkent. - 2015. 435 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.