Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BО‘LАJАK О‘QITUVСHILАRNING KАSBIY BILIMLАRNI KОGNITIV IDRОK ETISH KОMРETENSIYАLАRINI RIVОJLАNTIRISH MUAMMOLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BО‘LАJАK О‘QITUVСHILАRNING KАSBIY BILIMLАRNI KОGNITIV IDRОK ETISH KОMРETENSIYАLАRINI RIVОJLАNTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kоmрetensiуа

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Oxunova

Madaniyatshunoslik umumnazariy bilimlar bo‘lib, unga xos bo‘lgan xususiyat – insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga solib yondoshish hisoblanadi. Mа’lumki, kаsbiу bilimlаr insоning fаоliуаtini tаshkil etishidа tауаnсh аsоs bо‘lib хizmаt qilаdi. Kоgnitiv idrоk etish nаtijаsidа bо‘lаjаk mutахаssislаrdа kаsbiу ijоdkоrlik vа kаsbiу fаоllik rivоjlаnаdi. О‘zbekistоn Resрublikаsining “Tа’lim tо‘risidаgi” Qоnuni vа “О‘zbekistоn Resрublikаsi Оliу tа’lim tizimini 2030-уilgасhа rivоjlаntirish kоnseрsiуаsi”dа bо‘lаjаk mutахаssislаrning kаsbiу bilimlаrini tizimli о‘zlаshtirish vа о‘z fаоliуаtlаridа qо‘llаsh kоmрetensiуаlаrini shаkllаntirishgа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BО‘LАJАK О‘QITUVСHILАRNING KАSBIY BILIMLАRNI KОGNITIV IDRОK ETISH KОMРETENSIYАLАRINI RIVОJLАNTIRISH MUAMMOLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY BILIMLARNI KOGNITIV IDROK ETISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Dilnoza Oxunova FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10010781

Madaniyatshunoslik umumnazariy bilimlar bo'lib, unga xos bo'lgan xususiyat -insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga solib yondoshish hisoblanadi. Ma'lumki, kasbiy bilimlar insoning faoliyatini tashkil etishida tayanch asos bo'lib xizmat qiladi. Kognitiv idrok etish natijasida bo'lajak mutaxassislarda kasbiy ijodkorlik va kasbiy faollik rivojlanadi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'risidagi" Qonuni va "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da bo'lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini tizimli o'zlashtirish va o'z faoliyatlarida qo'llash kompetensiyalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Oliy ta'limni sifat jihatdan takomillashtirish, unga qo'yilgan talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash bilan bir qatorda, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini mazmun jihatdan boyitishni talab qilmoqda. Chunki, bugungi kunda oliy ta'lim tashkilotlarida yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy o'zgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan, o'ziga va o'z ishiga nisbatan talabchan, pedagoglarni tayyorlash, o'z sohasiga oid kasbiy bilimlarni har tomolama chuqur o'zlashtirgan, o'zini-o'zi rivojlantirish layoqatiga ega imkoniyatlari va bilimlarini zarur paytda to'la ishga sola oladigan mutaxassislar tayyorlashga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda.

Oliy pedagogik ta'lim tizimi uning mazmunini takomillashtirishga qo'yilayotgan talablar maktab ta'limini rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqmoqda. Bo'lajak o'qituvchini kasbiy rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarda talabalarni shaxslararo muloqotga tayyorlash, sub'ekt-sub'ekt munosabatlariga kirishishlari uchun sharoit yaratish, ularda shakllangan pedagogik bilimlarni muntazam diagnostika qilish, o'quvchilarni faoliyatini tashkil etishining samarali texnologiyalar bilan ularni qurollantirishi, shu asosda bo'lajak pedagoglarni kasbiy kompetentligini tarkib toptirish, maktab ta'lim sifatini ta'minlashga layoqatli o'qituvchilarni tayyorlash imkonini beradi va umumiy o'rta ta'lim maktablarida oshiriladigan pedagogik jarayonni muntazam takomillashtirish metodologiyasi bilan bo'lajak o'qituvchilarni qurollantirish zarurati kuchaymoqda. Bu sohada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-sonli "2022-2026-yillarda Xalq

ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni bo'lajak o'qituvchilarning tayyorlashning asosiy yo'nalishlarini tayyorlab berdi. Shu asosida umumiy o'rta ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining mavqeini mustahkamlash kengaytiriladi.

Bo'lajak o'qituvchilarini kasbiy bilimlarini kognitiv o'zlashtirish asosida kompetensiyalarni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

- bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida o'z shaxsiy nuqta nazarlariga ega bo'lishlariga erishish;

- o'quvchilar bilan sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini o'rnatishda kognitiv texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo'lish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

- talabalarda pedagogik mahorat sirlari (akme)ni egallash maqsadida kasbiy bilimlarni kognitiv o'zlashtirish asosida komрentensiyalami egallash motivatsiyalarini hosil qilish.

Bo'lajak o'qituvchlarni tayoylarash jarayoniga kognitiv yondashuv bilan bir qatorda sinergetik yondashuvni tadbiq etish talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini jadallashtiradi.

Umumiy o'rta ta'lim maktbalaridga pedagogik jarayonlarni kognitiv yondashuv asosida tashkil etishga oid kasbiy faoliyatga bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Ular:

a) umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi pedagogik jarayonlarning maqsadlarini aniqlashga oid kasbiy bilimlar bilan talabalarni qurollantirish bosqichi;

b) umumiy o'rta t'alim maktablarida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarni tahlil qilish asosida o'quvchilarning ma'naviy intektual sohalarini rivojlantirishga oid kasbiy faoliyatga talabalarni tayyorlash;

v) umumiy o'rta ta'lim maktablarida amalga oshirilgan shaxsga yo'nalritilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishga oid bilimlarni kognitiv o'zlashtirishga bo'lajak o'qituvchilarni yo'naltirish bosqichi;

g) umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi pedagogik jarayonlarni tashkil etish maqsadida mazkur jarayonlarni loyihalashga oid ijodiy pedagogik faoliyatga talabalarni tayyorlash;

d) umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi pedagogik jarayonlarni diagnostika qilish va aniqlangan bo'shliqlarni korreksiyalashga bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash bosqichlari.

Mazkur bosqichlar bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv xarakteridagi kasbiy faoliyatga yo'naltirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Oliy pedagogik ta'lim tizimida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy bilimlarini kognitiv o'zlashtirish motivasyasini hosil qilish jarayonlarini loyihalash uchun professor o'qituvchilar mazkur yo'anilishdagi zarur bilim va kompetensiyalarga ega bo'lishlari lozim.

Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy bilimlarini kognitiv o'zlashtirishga tayyorlash jarayonida ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqqan holda talabalarning kasbiy bilim zahiralarini kengaytirish, mustaqil bilim olishlari uchun sharoit yaratish, egallagan bilimlarni qo'llash uchun qulay muhit taqdim etishga alohida e'tibor qaratiladi. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni eng zamonaviy kasbiy bilimlar bilan qurollantirish, mazkur bilimlarni kognitiv o'zlashtirishlarini ta'minlashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon o'zining ilmiy tavsifiga ega bo'lishi lozim. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda quyidagi bo'shliqlar mavjud:

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy hamda nazariy metodologik tayyorgarligi, maktabda amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarning mazmuni bilan uzviy ravishda bog'lanilmagan;

- bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda, ularning ijodiy faolligi va kasbiy qiziqishlari, motivlarini rivojlantirish, mazkur yo'nalishdagi ehtyojlarini hisobga olishga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti;

- bo'lajak o'qituvchilarni bilimlarni kognitiv o'zlashtirishga yo'naltirish asosida kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon ilmiy jihatdan tadqiq qilinmaganligi va pedagogik metodologik jihatdan aniq ta'minotga ega emasligi mazkur yo'nalishdagi pedagogik faoliyatni murakkablashtirmoqda, mazkur jarayonni zamonaviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etish mexanimzlarining ishlab chiqilmaganligi talabalarning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashda muayyan bo'shliqlarni vujudga keltirmoqda.

Oliy ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:

- Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning bilimlarni kognitiv o'zlashtirishlarini ta'minlash bilan bog'liq vazifalar va ehtiyojlarini aniqlash;

- talabalarning kognitiv o'zlashtirishlari uchun qulay bo'lgan o'quv moullari mazmunini belgilash;

- o'quv modullari tarkibiga kiritilgan ilmiy axborotlarning akmeologik, akseologik hamda madaniyatshunoslik asosida tanlanishiga e'tibor qaratish;

- talabalarning kasbiy kompetensiyasini egallashlari uchun zarur bo'lgan bilimlarni integratsiyalashtirilgan holda taqdim etilishini ta'minlash;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimlarini kognitiv o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan evristik, pragmatik va muammoli topshiriqlar miqdorini ko'paytirish;

- bo'lajak o'qituvchilar oldiga ularning bilimlarini kognitiv qabul qilganliklarini aniqlash maqsadida tashxislovchi savol va topshiriqlar qo'yish;

- bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etilgan ilmiy axborotlarning tushunarliligi, izchiligi va kognitiv idrok etish uchun qulaytigini ta'minlashga erishish;

- talabalarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etishlarini jadallashtirishni nazarda tutgan holda o'quv jarayonining umumiy hamda xususiy maqsadlarini belgilash kabilar.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga mos tarzda o'quv materiallarini va ular yordamida kasbiy kompetensiyalarni hosil qilishni nazarda tutish, o'quv materiallarni tizimlashtirishda talabalarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga erishish, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimlarining kognitiv idrok etishlarini ta'minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etishlarini jadallashtirishning ahamiyati katta bo'lib:

- kelajakda o'qituvchilar o'quvchilarning rivojlanishiga ko'maklashishi, ularning iqtidorlarini qo'llab quvatlashi, qulay pedagogik imkoniyatlarni taqdim etish zarur bo'lib, buning natijasida o'quvchilarning tahsil olish va intellektual rivojlanish imkoniyatlari kengayadi;

- o'qituvchi o'zining kasbiy kompetensiyaga tayangan holda o'quvchilarning tahsil olishlari intellektual ma'naviy jihatdan rivojlanishlarini ta'minlashga erishadi.

Xulosa qilib aytganda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etish jarayoniga faol ishtirok etishlari kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda muayyan qulayliklarini vujudga keltiradi. Bugungi kunda oliy pedagogik ta'limning modul kredit tizimiga aoslangan mazmuni talabalarning zarur kasbiy bilimlarini tizimli tarzda bosqichma bosqich o'zlashtirishlari uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu esa o'qituvchilarning kasbiy bilimlarni kognitiv idrok etishlari va kompetensiyalarga aylantirishlari uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'lishni ta'minlaydi.

Bo'lajak o'qituvchilar o'quvchilarda faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik kabi ko'nikmalarini shakllantirishga tayyor bo'lishlari taqozo qilinmoqda. Shunga ko'ra bo'lajak o'qituvchilar oldida ta'lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashish, izlanuvchanlik, tadqiqotchilik, vaziyatlarni loyihashtira olish, Davlat ta'lim standartlari va umummiliy dasturda belgilab berilgan barcha vazifalarni bajarishda faollik ko'rsatish, ta'lim-tarbiya jarayoniga madaniy muhit

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

sifatida yondashib, yangi pedagogik yondashuv va ijodiy tajribalarni qo'llash, o'quv jarayoni

maqsadlari taksonomiyasini chuqur bilish kompetensiyasiga ega bo'lishlari talab etilmoqda.

REFERENCES

1. L.V.Klimberi, N.V. Yadrova, R.M. Nurjanova, Talabalarning kognitiv faolligini shakllantirishga zamonaviy yundashular // Fan va ta'limning zamonaviy muammolari. -2017. - 6-son;

2. Talabalarning kognitiv qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik muammolari: darslik / G.I. Shchukin. - M .: Pedagogika, 2008 .-- 296 b.

3. Okhunova, D. K. (2022, October). APPROACHES TO EXPANDING THE POSSIBILITIES OF COGNITIVE ACCEPTANCE OF PROFESSIONAL KNOWLEDGE OF FUTURE TEACHERS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 5, pp. 26-32).

4. Dilnoza Okhunova, (2022/6/14). The System of Cognitive Activity in the Acquisition of Professional Knowledge by Future Teachers. European Multidisciplinary Journal of Modern Science (7- tom 136-140)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.