Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI STANDARTLARIDA QAYT ETILGAN KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI STANDARTLARIDA QAYT ETILGAN KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
845
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo’lajak o’qituvchi / kompetensiya / kompetentlik / kasbiy kompetensiya / ijtimoiy-madaniy kompetentlik / korporativ tizim / malaka talablari / model. / future teacher / competence / competence / professional competence / sociocultural competence / corporate system / qualification requirements / model.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gofurjanova Nilufarxon Kodirjon Qizi

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari standartlarida qayt etilgan kompetensiyalarni rivojlantirish haqida so’z yuritilgan. Shuningdek muallif tomonidan bo’lajak o’qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF VOMITING COMPENSATION IN THE STANDARDS OF INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS FOR FUTURE TEACHERS

In this article, it is mentioned about the development of potential teachers ' compensation in the standards of international assessment programs. Also, the author presents proposals and recommendations on the development of the corporate system, stages and pedagogical model of the development of socio-cultural competence in future teachers.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI STANDARTLARIDA QAYT ETILGAN KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI STANDARTLARIDA QAYT ETILGAN KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Gofurjanova Nilufarxon Kodirjon qizi

Andijon Davlat universitetining pedagogika instituti ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi

boshlang'ich ta'lim 1-bosqich magistranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 6832562

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari standartlarida qayt etilgan kompetensiyalarni rivojlantirish haqida so'z yuritilgan. Shuningdek muallif tomonidan bo 'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'z: bo'lajak o'qituvchi, kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetensiya, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, korporativ tizim, malaka talablari, model.

РАЗРАБОТКА КОМПЕНСАЦИИ РВОТЫ В СТАНДАРТАХ МЕЖДУНАРОДНЫХ ПРОГРАММ ОЦЕНИВАНИЯ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация. В данной статье упоминается о развитии вознаграждения потенциальных учителей в стандартах международных программ оценивания. Также автором представлены предложения и рекомендации по разработке корпоративной системы, этапов и педагогической модели развития социокультурной компетентности будущих педагогов.

Ключевые слова: будущий педагог, компетентность, компетенция, профессиональная компетентность, социокультурная компетентность, корпоративная система, квалификационные требования, модель.

DEVELOPMENT OF VOMITING COMPENSATION IN THE STANDARDS OF

INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS FOR FUTURE TEACHERS

Abstract. In this article, it is mentioned about the development of potential teachers ' compensation in the standards of international assessment programs. Also, the author presents proposals and recommendations on the development of the corporate system, stages and pedagogical model of the development of socio-cultural competence in future teachers.

Key words: future teacher, competence, competence, professional competence, socio-cultural competence, corporate system, qualification requirements, model.

KIRISH

Xalqaro miqyosda bo'lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o'qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu borada aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o„sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma"naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o„rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev ta"kidlaganlaridek, "Dunyo shiddat bilan o„zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo„layotgan bugungi kunda, ma"naviyat va ma"rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e"tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir" deganlar.

Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo"nalishlari darajasiga ko"tariladi, strategik vazifalar belgilab berildi va ta"lim sifatini oshirishga alohida e"tibor qaratildi. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Kompetentlik tushunchasi ta'lim sohasiga pedagog - psixolog tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtainazardan, kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, hamkasblari bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni nazarda tutadi.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo'llay olinishi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, eng muhimi, ilmiy ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

O'qituvchilarni tashvishga solayotgan muammolardan biri - o'quvchida qanday qilib bilim olishga bo'lgan doimiy qiziqishni rivojlantirish va ularning mustaqil izlanishiga bo'lgan ehtiyoj, boshqacha qilib aytganda, o'quv jarayonida bilish faoliyatini qanday faollashtirish kerakligi. Maktab ta'limining davlat, jamiyat va oila oldiga qo'ygan maqsadlari, ma'lum bir bilim va ko'nikmalarni to'plashdan tashqari, o'quvchining salohiyatini ochib berish va rivojlantirish, uni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.

O'quvchilarda amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash jarayonlarini tashkil etish orqali o"quvchilarni hayotga tayyorlashga katta e"tibor qaratmoq lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o„qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun o'qituvchilarni ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta'minlash kerak.

Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta'lim sifatini oshirish bilan bog'liqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat O'zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida o'quvchilarning o'quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan, ularning kompetensiyalarni ya'ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o'tishda muhim vosita bo'lib hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Pisa xalqaro baholash dasturi o'quvchilarning ta'lim olishga bo'lga munosabati va motivatsiyasi haqida kerakli malimotlar to'playdi hamda ularning muammosini hal qila olish ko'nikmalarini, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi yoshlarning fikir-mulohazalari va ular bergan yechimlarni baholaydi.

MDH mamlakatlarining qator olimlari kompetentlik tushunchasini psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tadqiq etgan bo'lsada, so'ngi pedagogik tadqiqotlarda aynan mutaxassis - kadr kompetensiyasi masalasi o'z dolzarbligi, katta qiziqish uyg'otayotganligi va ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Ijtimoiy faol va harakatchan, tashabbus ko'rsatib, o'zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, yuksak madaniyatli, innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega va ta'limda yangiliklarni amalga oshirishga tayyor o'qituvchi shaxsini shakllantirish va ta'minlash oliy ta'lim muassasalarining muhim vazifasi hisoblanadi.

Kompetensiya - u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik. "Kompetensiya" (lot. competense -erishyapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat tashkiloti (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar majmui. Mazkur tushunchaning ijtimoiy mazmuni juda keng bo'lib, u ishlab chiqarishning qariyb barcha yo'nalishlarida qo'llaniladi. Kompetensiya turli soha mutaxassislari faoliyatiga qo'yiladigan zamonaviy talablar majmuiga teng bo'lib, uning kelib chiqish tarixi boshqaruv nazariyasi, ish jarayonini ishlab chiqarish maqsadiga adekvat va to'liq mos tarzda to'g'ri boshqarish asosida uning samaradorligini so'zsiz ta'minlash, menejmentlik amaliyoti, ishlab chiqarish jarayonidagi yuqori va pastki xodimlar mehnat faoliyatini qo'yilgan maqsad va samaradorlikka yo'naltirish bilan bog'liqdir.

Kompetensiyaga asoslangan shaxsni boshqarish yondashuvining asoschisi sifatida David Mc Clelland nomini qayd etish zarur. Olim ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining psixologik aspektlarini o'rgangan bo'lib, mutaxassis motivatsiyasini ishlab chiqarish jarayoni va maqsadlari bilan uzviy birlashtirish nazariyasining asoschisi sifatida taniladi.

Tarixiy jihatdan ta'lim tizimida "kompetentlik" tushunchasining kirib kelishi va uning ahamiyatining qabul qilinishiga nisbatan quyidagi bosqichlar ajratiladi: Birinchi bosqichda (1960-1970 yillar) — ilmiy doiralar va muomalaga «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari kirib keldi va ularning amal qilish qoidalari, qo'llanilish xususiyatlari belgilandi. Birinchi bor "kompetensiya" atamasi 1965 yilda Massachusets universiteti o'qituvchisi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

N.Xomskiy tomonidan ishlatiladi. Bu so'zning semantik chegarasi bugungi kunda juda keng bo'lib, aslida bu so'z "kelishuv", "kelishuvchanlik", "biror bir narsaga mos kelish", "mos bo'lish" ma'nolarini anglatadi. Bugungi kunda mazkur so'z ko'proq "faoliyat olib borishning universal, ya'ni hamma uchun mos bo'lgan umumiy xususiyatlari va talablari majmuini" anglatadi.

XULOSA

Xullas, kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta'lim nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, mutaxassisning nazariy bilimlari va uni amaliy qo'llash o'rtasidagi uzilishni yengishga intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o'quv jarayoni amaliyotda qo'llanilishi qiyin bo'lgan bilimlarni talabalarga berishdan iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilish uchun safarbar etish, shuningdek o'quv jarayonida bu kabi muammolarni talabalarning o'zlari mustaqil ravishda hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo'lishi kerak.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning barcha xususiyatlarini to'liq o'rganish uchun quyidagi qator jihatlarga e'tibor qaratish lozim:

- ta'lim-tarbiya jarayonida milliy, ma'naviy va tarbiyaviy qadriyatlarga talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida qarash;

- bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun ularda yuqori darajadagi kommunikativ va psixologik to'siqlarni kamaytirishga doir maxsus bilimlar tizimini shakllantirish;

- - bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash masalasini hal qilish;

- ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy pedagogik ta'lim sharoitida ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadga muvofiq.

1.

2.

3.

4.

5.

6.

REFERENCES

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 5111700 - Boshlang'ich ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishining malaka talablari. Toshkent. 2018.08.25. 40 b. (3 b.)

Richard E. Boyatzis. David C. McClelland: For The Wiley Encyclopedia of Personality and Individual Differences Volume IV: Clinical, Applied and Cross - Cultural Research. December 5, 2016

J.Raven (1984). Competence in modern society: Its Identification, Development and Release. - UK. P.220

Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Знание, 1996. - 340 c Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar - ta'lim samaradorligi omili. Monografiya. -T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 184 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.