Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISDA EVRISTIK O‘QITISH USULLARIDAN FOYDALANISH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISDA EVRISTIK O‘QITISH USULLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
63
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
View of Cultural

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirov G‘ayrat O‘roqboyevich

Bo‘lajak o‘qituvchining evristik tafakkuri u tomonidan yaratilgan mahsulotning yangilik darajasi yuqoriligida namoyon bo‘ladi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan muammolarni mantiqiy tahlil qilish asosida еchishga intilish, motivlariga ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘qituvchilar o‘zlariga tanish bo‘lgan usul va metodlar yoramida muammolarni еchishga intilganlardagina ularda yangi bilimlarni izlab topish ehtiyoji vujudga keladi. Bu ehtiyoj bo‘lajak o‘qituvchilarga muammolarni еchish imkoniyatini ta’minlaydi. Mazkur ehtiyoj bo‘lajak o‘qituvchilarni muammolarni еchishda faollik ko‘rsatishga undaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISDA EVRISTIK O‘QITISH USULLARIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISDA EVRISTIK O'QITISH USULLARIDAN FOYDALANISH

Qodirov G'ayrat O'roqboyevich O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi, dotsent https://doi. org/10.5281/zenodo. 10001747

Bo'lajak o'qituvchining evristik tafakkuri u tomonidan yaratilgan mahsulotning yangilik darajasi yuqoriligida namoyon bo'ladi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar o'z oldilariga qo'yilgan muammolarni mantiqiy tahlil qilish asosida echishga intilish, motivlariga ega bo'lishlari talab etiladi. O'qituvchilar o'zlariga tanish bo'lgan usul va metodlar yoramida muammolarni echishga intilganlardagina ularda yangi bilimlarni izlab topish ehtiyoji vujudga keladi. Bu ehtiyoj bo'lajak o'qituvchilarga muammolarni echish imkoniyatini ta'minlaydi. Mazkur ehtiyoj bo'lajak o'qituvchilarni muammolarni echishda faollik ko'rsatishga undaydi.

Ijodkorlik muntazam muayyan faoliyat ko'lamidan tashqariga chiqish, mavjud bilimlarini boytish, tushunchalarining rivojlanishi, yangi mazmunni yaratishga intilish, o'quv dasturida nazarda tutilmagan bilimlarni o'zlashtirish kabi harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Talabalarda shakllangan evristik faoliyat natijalarini baholashning asosiy mezoni talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanishi, ta'limning muayyan davrida ularni o'z o'zi bilan qiyoslash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Talabalarning kasbiy ijodiy rivojlanish va evristik topshiriqlarni bajarishga oid faoliyatlarini, natijalarini nazorat qilish va baholash; a) bo'lajak o'qituvchilarning shaxsiy-kasbiy rivojlanishlari; b) pedagogika turkum fanlarini o'rganish jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning erishgan ijodiy yutuqlari; v) malaka talablariga mos tarzda o'quv modullarini o'zlashtirish va bu jarayonda ilgarilash imkoniyatlarini aniqlashni nazarda tutadi.

Bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan har bir topshiriq o'quv jarayonining ko'plab maqsadlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarning asosiy maqsadi talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni pedagogik jarayonlarga qiziqtirishdan iborat. Ushbu maqsadga standart topshiriqlar yordamida erishish imkonsiz, garchan standart topshiriqlar talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun foydali va zarur bo'lsada, bo'lajak o'qituvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun boshqa turdagi topshiriqlarga ham murojaat qilish talab etiladi. Agar evristik topshiriqlar bo'lajak o'qituvchilarga o'z vaqtida hamda etarli miqdorda taqdim etilsa, ularda ijodiy fikrlash va kreativ fikrlash tajribasi samarali rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda talabalarga standart topshiriqlarni ko'p miqdorda berishdan saqlanish lozim. Ularni nafaqat auditoriyadan balki auditoriyadan tashqari pedagogik jarayonlarda ham me'yorlashtirgan holda talabalarga taqdim etish lozim. Muntazam tarzda standart topshiriqlar ustida ishlash talabalarni bir tipdagi faoliyat usuli bilan qurollantirishga asos bo'ladi. Bunday vaziyatda ular notanish topshiriqlarni bajarish ko'nikmasiga ega bo'lmaydilar.

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, bugungi kunga kelib talabalarning o'quv materiallarni ijodiy o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishga bo'lgan intilish pedagogik jihatdan etarlicha qo'llab quvvatlanmayapti. Ba'zi bir professor-o'qituvchilar evristik metodlar va topshiriqlar yordamida o'quv jarayonini tashkil etishga intilayotgan bo'lsalarda, talabalarda kreativ faoliyat tajribasi etarlicha shakllanmagan. Buning asosiy sababi oliy pedagogik ta'lim muassasalarida qonun va qarorlarni bajarishga bo'lgan intilishning kuchliligidadir. Natijada umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qituvchilar o'quvchilar oldiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

ularning kreativligini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlarni etarlicha qo'ya olmayaptilar. O'quvchilar esa o'zlarining intilishlariga mos bo'lmagan, ular uchun begona bo'lgan o'quv harakatlarini bajarishga majbur bo'lmoqdalar. Talabalarning bilimini baholash usullarini qo'llash o'rniga ularning nimaga layoqatli ekanligini aniqlashga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Evristik topshiriqlar yordamida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga oid amaliy mag'ulotlar quyidagi mavzularda tashkil etilishi mumkin: talabalarga kreativ xarakterdagi pedagogik faoliyat haqida ma'lumot berish, bilim va tushunchalar hosil qilish, kreativ tafakkurning psixologik jihatlari haqida tasavvur hosil qilish, shaxs kreativ tafakkurining psixologik yo'nalishlari hamda uning ijodiy layoqatlari strukturasi haqidagi bilimlarni taqdim etish, evristikaning kreativ tafakkur haqidagi fan ekanligini tushuntirish, pedagogik evristikaning shakllanishi va taraqqiyot tendensiyalari haqida talabalarga zamonaviy bilimlar xorijiy hamda mahalliy tajribalar taqdim etish nazarda tutiladi. Ularning evristik izlanish haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, evristik topshiriqlar ustida ishlash hamda evristik savollar tuzishga oid kompetensiyalari rivojlantiriladi. Mashg'ulotlarda esa pedagogning evristik izlanuvchanligi hamda pedagogik echimlarni ta'minlashda uning o'rni va ahamiyati, muammoli pedagogik vaziyatlar, pedagogik echimlar, pedagogik echimlarning samaradorligini ta'minlovchi natijalar, qabul qilingan pedagogik echimlarni asoslashga oid ilmiy yondashuvlar, ushbu yo'nalishdagi xalqaro hamda tarixiy tajribalar, pedagogik vaziyatlar haqida qarorlar qabul qilishning turli bosqichlarida bo'lajak o'qituvchining pedagogik faoliyati, shuningdek topshiriqlar qo'yish, topshiriqlarni bajarish oldidan amalga oshiriladigan o'quv harakatlari, echimlarni chegaralash shakllari, echimlarni shakllantirish va uni baholash, echimni tanlash, echimlarni nazorat qilish va baholashni tashkil etish, pedagog faoliyatida evristik hamda mantiqiy izlanishlarning o'zaro munosabati haqida aniq bilimlar, innovatsion yondashuvlar, xalqaro hamda tarixiy tajribalar taqdim etiladi.

Pedagogika turkum fanlarni o'qitish jarayonida talabalar bilan bir qator mavzularda ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish nazarda tutilishi lozim. Jumladan: o'quv materialni strukturalash usullari va metodlari, pedagogik mazmundagi axborotlarni guruhlash va uyg'unlashtirish prinsiplari, bo'lajak o'qituvchilarda assotsiativ tafakkurni shakllantirish usullari va metodlari, pedagogik refleksiyaning evristik vazifalari, refleksiya metodi va o'qituvchining ijodiy izlanishlari mazmunini bashorat qilish, o'qituvchi pedagogik faoliyatining o'ziga xos yo'nalishlari va pedagogik refleksiyaning bu jarayonda tutgan o'rni kabilar.

Ma'lumki bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim jarayoni va ta'lim muassasalarini boshqarishga tayyorlashning ham innovatsion usullari va metodlari mavjud. Shunday usul va metodlar sirasiga pedagogik menedjementda jamoaviy evristika metodi, miyaga hujum va uning modifikasiyasi, sinektika, delfa metodi, disskusiya va uning turli ko'rinishlaridan pedagoglar jamoasida foydalanish usullari, pedagogik o'yinlarning evristik imkoniyatlari kabi mavzularda talabalarga aniq bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish talab qilinmoqda.

Bo'lajak o'qituvchilarning evristik faoliyatini kengaytirish ham pedagogik jarayonning asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi lozim. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilara quyidagi mavzularda aniq bilim, ko'nikma va kompetensiyalarning shakllantirilishi nazarda tutiladi: "Evristik samaradorlikka ega bo'lgan didaktik texnologiyalar ta'lim muassasasida ijodiy pedagogik muhitni vujudga keltirish omili sifatida", "To'g'ridan-to'g'ri va teskari aloqaga asoslangan dialog texnologiyasi", "O'quvchilarga ta'lim berishda o'quv topshiriqlari yordamida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

evristik usullardan foydalanish", "TRIZ texnologiyasidan foydalanishga oid tarxiy hamda zamonaviy yondashuvlar uyg'unligi", "Evristik ta'limga oid xalqaro yondashuvlar va tajribalar tahlili", "Bilish ob'ektlarini modellashtirish texnologiyasi", "Loyiha texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari", "Raqamli texnologiyalarning evristik imkoniyatlari", "Evristik xarakterdagi o'quv-metodik majmualar yaratish istiqbollari" kabilar. Ushbu mavzular bo'yicha ma'ruzalarni tinglagandan keyin bo'lajak o'qituvchilar bilan izlanishlarning natijalari asosida ilmiy anjuman tashkil etiladi.

Bugungi kunda bo'lajak o'qituvchini ijodkor shaxsga aylantirish uning kasbiy kompetensiyalarini jadal rivojlantirish strategiyalarini izlab topishga yo'naltirlgan tadqiqotlarni amalga oshirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Chunki ta'limning an'anaviy mazmunida bilimlar talabalarga o'quv materiali sifatida taqdim etilgan va uni o'zlashtirish talab qilingan. Evristik ta'lim jarayonida esa o'quv materiallari bo'lajak o'qituvchilarga tamoman yangi maqsadlarda taqdim etiladi. Ushbu materiallar bo'lajak o'qituvchi uchun uning ijodiy faolligini ta'minlovchi, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi ijod mahsuloti sifatida namoyon bo'ladi.

G.G. Vorobevning ta'biricha qachonki o'qituvchi o'zi uchun zarur bo'lgan javobni olishga ishonmas ekan g'oya berishga harakat qiladi. O'qituvchining g'oyasi o'quvchi uchun qiziqarli, jozibali bo'lishi va uni o'z o'zini namoyon qilishga undashi uchun pedagog kreativ faoliyat tajribasiga ega bo'lishi lozim.

Evristik metod o'qituvchining o'quvchilarga mustaqillik berishi va ularda kreativlikni rivojlantirishni ta'minlaydi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilar o'z oldiga qo'yiladigan evristik topshiriqlarni bajarishda fikriy mustaqilikka ega bo'lishlari lozim. Ularda evristik muammolarning o'ziga xosligini baholash ko'nikmasi shakllangan bo'lishi zarur.

Bo'lajak o'qituvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun induktiv, deduktiv hamda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, qiyoslash operatsiyalarini bajarish imkonini beradigan topshiriqlar ustida ishlashga jalb etish talab qilinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni. https://lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni. https://lex.uz

3. Armstrong G. Эвристический метод обучения или Искусство представлят детям самим доходит до познания предметов / Извлеч. и пер. А.П.Павлова. - М., 1999. - 23 с.

4. Gaipov D. Heuristic Training Important Factor Ensuring Initial Classes Pupils Educational Activity. Eastern European Scientific Journal. (Germaniya) 2019. - B. 245-249.

5. Gaipov D. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tafakkurini rivojlantirishda evristik metodning ahamyati. Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta'lim: muammo va еЛ^яг xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (Chirchiq.sh may 21-24, 2019) - B. 198-199.

6. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023

7. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Yeducational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Yeducational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl). 8. Masharipova N.R. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik asoslari va omillari. "Pedagogik fanlarni o'qitishda innovasion yondashuvlar: Muammo va echimlar" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. 299-302 b. Qo'qon - 2023-yil 3 iyun.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.