INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
TALABALARNING ART-DIZAYNGA OID BILIMLARINI RIVOJLANTIRUVCHI
METODLAR Doniyorova Shahnoza Erkinovna
JDPU Texnologik ta'lim va tasviriy san'at fanlari kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10002802
Dizaynga oid maxsus tayanch bilimlarni o'rganish natijasida talabalarda ijodkorlik bilimlari rivojlanib boradi. Ta'lim jarayonida o'zbek xalqining milliy madaniyatiga mansub bo'lgan bilimlar talabalarga tizimli tarzda taqdim etiladi.
Dizaynerlik faoliyatida kreativlik nisbatan mustaqillikni talab qiladi. Bu mustaqillik aniq amalga oshirilgan funktsiyalar orqali namoyon bo'ladi. Ijodiy mustaqillik kasbiy faoliyat sohasi va shaxsiy qiziqishlar sohasi bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi.
Dizaynga oid o'quv materiallarining o'zlashtirishda quyidagi kreativ metodlardan foydalaniladi:
- giperbolizatsiyalash metodi. Bunda dizaynerlik loyihalarininng tarkibiy qismlari yiriklashtiriladi.
- minimizatsiya metodi. Bo'lajak dizayner-pedagoglarni tayyorlashda minimizaslashdan foydalanish muhim ahamityaga ega. Ushbu metod yordamida liboslarning tarkibiy qismalari kichraytirilib, ularning andazalari yaratiladi.
- perforatsiya. Bo'lajak-dizayner pedagoglarda kasbiy bilimlarni rivojlantirishda perforatsiya ya'ni sinab ko'rish metodi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda dizayner pedagog turli materiallardan libos maketini yasaydi va uni sinovdan o'tkazadi.
- imitatsiya. Imitatsiyalash ham liboslar dizaynida muhim funksiyani bajaradi. Bunda rusmlardan aynan nusxa olinib, dizayner uni o'z fantaziyasi yordamida yoritadi.
- loyiha dizaynidan tashqariga chiqish. Loyihaga turli o'zgartirishlar kiritish, aksessuarlar va shaxsiy fantaziya bilan loyihani boyitishni nazarda tutadi.
- tarixiy o'xshashliklar. Bunda bo'lajak-dizaynerlar liboslarning tarixiy ko'rinishlarini yaratadilar. Ularga o'z fantaziyalarinni ham qo'shadilar. Dizaynerlikda bu klassik uslubga mansub rusumlar sifatida baholanadi. Bunday rusumlar bo'lajak-dizayner o'qituvchilardan alohida e'tibor va qunt bilan ishlashni talab qiladi.
Talabalar ijodiy tafakkkuriga xos bo'lgan tarkibiy qismlarni aniqlash hamda uning natijalaridan o'quv jarayonida kreativ texnalogiyalar sifatida foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Talabalarning yangi g'oyalarini ro'yobga chiqarishga xizmat qiladigan texnalogiyalardan ta'lim jarayonida foydalanish o'quv jarayonini jadallashtirish bilan bir qatorda talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Talabalar o'zining ijodiy faoliyati jarayonida aniq metodlar va texnalogiyalardan foydalanganda kasbiy bilimlarning mahsuldorligi ortadi. Bu bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilariga ta'lim jarayonini samarali tashkil etish kompetentsiyasini egallash imkonini beradi.
Artdizayn kursining mazmunini ishlab chiqishda uning talabalar tomonidan o'zlashtirilishiga qulay bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi. Bo'lajak dizayner-pedagoglarga bilimlarni taqdim etishda eng samarali va qulay metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bugungi kunda talabalar olidiga qo'yiladigan talablardan biri taqdim etilgan bilimlarni o'zlashtirish va ularni pedagogik amaliyotda qo'llashdan iborat. Dizayner-pedagoglarni kasbiy tayyorlash jarayonida bir qator metodlarga tayaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
1. Talabalarning e'tiborini jalb qilish. Bunda bo'lajak dizayner-pedagoglarda ushbu yo'nalishdagi bilimlarni egallashga nisbatan motivatsiya hosil qilinadi. Shu bilan bir qatorda ularda muayyan mavzular va dizaynerlikka oid faoliyat usullariga nisbatan qiziqish uyg'otiladi.
2. Bo'lajak o'qituvchilarda dizaynerlik faoliyatiini shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonining maqsad va vazifalarni talabalarga tushuntirish.
Mazkur yo'nalishda jarayondan kutilayotgan natijalar, qo'yilgan savollarga berilgan javoblar professor-o'qituvchilar tomonidan chuqur tahlil qilinadi.
3. Bo'lajak dizayner-pedagoglarga yangi o'quv materialini taqdim qilish.
Talabalarga yangi o'quv materialini taqdim qilish o'quv jarayonining eng murakkab qismi hisoblanadi. har qanday yangi bilimlarni o'zida mujassamlashtirgan o'quv materiallari shaxs ruhiyatiga o'ziga xos tarzda ta'sir ko'rsatadi. Bu o'quv materialining muayyan qismini oldindan refleksiyalash zarurligini ko'rsatadi. Bu esa bo'lajak dizayner-pedagoglarga o'quv materiallarining muayyan tarkibiy qismlarini eng qulay usullar va shakllar yordamida etkazish va uning muhim jihatlarini angalatishni talab etadi.
4. O'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish. Mohiyatga ko'ra dizayner-pedagog faoliyatiga bunday rahbarlik qilish ta'lim oluvchilarning egallagan bilimlarini uzoq muddat davomida xotiralarida saqlab qolishga ko'maklashadi.
5. Bo'lajak dizayner-pedagoglarning egallagan bilimlarinei amaliyotda qo'lllash jarayoniga tayyorlash. Buning uchun yangi bilimlarni qulay usullar yordamida amaliyotga tadbiq etishlari uchun sharoitlar yaratiladi. Buning uchun talabalar o'zlashtirgan bilimlar ular tomonidan taqdim etilgan ijod namunalarini aniqligi va sifatini ta'minlaydi.
6. Bo'lajak dizayner-pedagoglarga yangi bilimlarni taqdim etish va ularning samarali qo'llanilishini ta'minlash maqsadida teskari aloqa usulidan foydalanish. Mazkur jarayonda o'qitishning tanlangan metodi va uning samaradorligini baholash uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi. Shuning uchun ham kurs mazmunini ishlab chiqishda mustahkam teskari aloqani amalga oshirishni nazarda tutish maqsadga muvofiq. Buning uchun professor-o'qituvchilar guruhdagi barcha talabalarning imkoniyatlarini aniq hisobga olishlari kerak.
7. Bo'lajak dizayner-pedagoglarning kasbiy-ijodiy faaoliyatlari natijalarini formativ baholash. O'quv kursi doirasida egallangan bilimlarni o'zalashtirish samaradorligi aniqlanib, bo'lajak dizayner-pedagoglarning shaxsiy-kasbiy faoliyati natijalari ular tomonidan yaratilgan ijodiy faoliyat mahsuliga ko'ra baholanadi.
8. Talabalarning bilimlarni o'zlashtirish jarayonidan amaliy faoliyat jarayoniga o'tishlari. Bunda bo'lajak dizayner-pedagoglarga kasbiy bilimlarni ijodiy o'zlashtirish va amaliy faoliyatlarga tadbiq etish uchun zarur bo'lgan kreativ muhit yaratiladi. Bo'lajak dizayner-pedagoglar o'zlashtirilgan amaliy bilimlarini yangi sharoitlarda qo'llashga muvaffaq bo'ladilar. Talabalarga berilgan topshiriqlar ularning o'quv kursi mazmunini chuqur o'zlashtirganliklarini aniqlash imkonini beradi.
Pedagogik dizayn kursi mazmuni bo'lajak o'qituvchilarni tayorlashda muhim ahamiyatga ega. Bunda o'quv materiallarining tadrijiy tarzda taqdim etilishi, uslubi, bayon qilinishi bo'lajak o'qituvchilarning o'zlashtirishlari uchun qulay bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan dizaynga oid bilimlar bir nechta darajaga ega ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Mazkur bilmlar bir tomondan ergonomik o'qitish modeli sifatida, ikkinchi tomondan esa o'qitishning o'quv faoliyatli modeli sifatida bo'lajak
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
o'qituvchilarga taqdim etiladi. Yana bir tomondan esa sifatli, ta'limiy imkoniyatlar va resurslarni taqdim etuvchi model sifatida nomoyon bo'ladi. pedagogik dizaynning mazkur darajasi mantiqiy topshiriqlarni talabalarning guruhli faoliyati jarayonida bajarishni nazarda tutitadi. Ushbu jarayonda ishlab chiiqladigan buyumlar va narsalarga nisbatan qat'iy yondashuv tadbiq etiladi. Ta'lim jarayoni esa tarkibiy elementlardan iborat bo'lgan barqaror darajada namoyon bo'ladi. Bu o'rinda bo'lajak o'qituvchilarga dizaynga oid bilimlarni taqdim etishning metodologiya va prinsiplarga tayanilgan holda tanlanishiga e'tibor qartiladi.
Dizayn kursining mazmuni uning tarkibiga kirgan bilimlarni o'zlashtirish jarayonida bo'lajak o'qituvchi kasbiy faoliyatining rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Agar dizayn kursining mazmuni tizimli xarakterga ega bo'lsa, bilimlar ierarxik uslubda taqdim etiladi. Agar dizayn kursi konstruktor sifatida namoyon bo'lsa, har bir model talabalarga alohida-alohida taqdim etiladi va ularning dizaynga oid bilmidlarini boyitishga xizmat qiladi. Bugungi kunda eng dolozarb masalalardan biri pedagogik dizaynga oid bilimlarni modul sifatida taqdim etish va bu jarayonda kompyuter texnalogiyalarini keng qamrovda qo'llash hisoblanadi. Pedagogik dizayn texnalogiyasi o'ziga xos bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarning ehtiyojlari va o'qitish maqsadlari yordamida aniqlanadi. Pedagogik dizayn kursi doirasida bo'lajak o'qituvchilarga bilimlar va axborotlarni jadal tarzda taqdim etish imkoniyati mavjud. Buning uchun dizayn pedagoglar tomonidan yaratilgan mahsulotlarning sifati va o'qitish maqsadlariga muvofiq tarzda yaratilishiga e'tibor qaratiladi. Bu o'z navbatida dizaynerlik faoliyatining rejali, maqsadga muvofiq tarzda bajarilishini ta'minlashga ko'maklashadi. Bu jarayonda bo'lajak pedagog-dizaynerning vazifalari quyidagicha keng qamrovli bo'lishi nazarda tutiladi. Ular:
- guruhdagi barcha talabalarning ehtiyojlarini tahlil qilish;
- ularning kompetensiyalarini va o'quv jarayoni natijalrini aniqlash;
- o'quv materiallarini o'zlashtirishdan ko'zlanadigan maqsad va vazifalarini oydinlashtirish;
- maqsad bilan bog'liq holda materiallarni tahlil qilish va tarkiblashtirish;
- o'quv ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash;
- o'ziga xos uslub bilan bog'liq jihatlarni aniqlash va dizayn kursi uslublarini belgilash;
- nazorat materiallarini ishlab chiqish;
- o'zaro muvofiq keladigan vositalar yordamida gurux a'zolariga muayyan tarkibiy qismlarni taqdim etish;
- dizaynga oid bilimlarni taqdim etish jarayonida o'quv kursi mazmunini zarur materiallar yordaimda boyitish;
- bo'lajak o'qituvchilarning bilimlarini istiqbolda rivojlantirish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish.
Aniq izchillik asosida dizaynga oid bilimlarni talabalarga taqdim e'tganda ta'lim samaradorligi ortadi. Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy topshiriqlarni echish jarayonida muammoli vaziyatlarga echim topish ko'nikmasini ham shakllantirish taqozo etiladi. Talabalardan o'zini mustaqil anglash, o'z-o'zini mustaqil boshqarish va refleksiyalash, tafakkurning moslashuvchanligi va ko'p variantliligi, axborot oqimlari sharoitida jadal moslashish layoqatiga ega bo'lish, bozor ehtiyojlariga moslashish, bilish qiziqishlarini qo'yilgan maqsad sari yo'naltirish, kasbiy motivatsiya, tashabbuskorlik, harakat algaritmlari va topshiriqlarini echish yo'llarini o'zlashtirish talab etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE
TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
_October 19-20, 2023_
REFERENCES
1. Safarova R.G'. Boshlang'ich ta'lim jarayoniga tatbiq etiladigan yangi yondashuvlar. "Boshlang'ich ta'limni modernizatsiyalash orqali o'quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish" mavzusidagi boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari Forumi materialari. - Toshkent, 2016 yil 13-14 iyul. 95-96-betlar.
2. Арт-педагогическое сопровождение профессионалной подготовки будущего учителя: автореф. дис. докт. пед. наук. - Чебоксары. 2010. - 43
3. Crutchfield, Richard S., "Conformity and Character," American Psychologist, X (May, 1955), 191-198.
4. Щербакова Е.Е. Педагогическая креативност как фактор профессионалного развития студентов: дис. д-ра пед. наук: 13.00.08. Чебоксары, 2006. - 548 с.
5. Safonova V.V., Sysoyev P.V. US Culture and Society, textbook on us Cultural Studies (Profile Level), Moscow: Yevroshkola, 2005.
6. Сметанина А. Ю. Арт-педагогическое сопровождение духовно-нравственного развития детей в условиях дополнителного образования : дис. канд. пед. наук / А. Ю. Сметанина. - Великий Новгород, 2008. - 201 с