INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI MODULLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH
Elmira Kenesbayeva
Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10004463
Modulli o'qitish muammolariga bir qator rivojlangan mamlakatlarning olimlari tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Maksim Imeridze tomonidan "WEB of science" saytida "Science and Education" jurnali 2016 yil №1 nashrining 102-106-sahifalarida e'lon qilingan "Implementation of the Experimental Model of Future Teachers' Media Education Competence Formation" mavzusidagi maqolasida bo'lajak o'qituvchilarni modulli o'qitishda media texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish va shu asosda o'qitish samaradorligini oshirish xususidagi yondashuvlar, nazariy qarashlar bayon qilingan1.
Bugungi kunda ilmiy axborotlar intelektual jihatdan rivojlangan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan, kreativ fikrlovchi shaxsni shakllantiruvchi pedagogik vositaga aylanmoqda. Shuningdek, global axborot maydonida ularning aksariyati o'zining dolzarbligini yo'qotmoqda yoki muntazam yangilanib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri fan- texnika taraqqiyoti va madaniy ma'naviy riovjlanish tufayli axborotlar oqimining jadal tarzda yangilanib borayotganligidadir. Bu esa o'quv axborotlarini bo'lajak o'qituvchilarning intelektual rivojlantirish imkoniyatiga egaligini nazarda tutgan holda tanlash va taqdim etish ehtiyojini kuchaytirmoqda. Natijada ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning axborotlarni mustaqil izlab topish va o'zlashtirishlari uchun zarur bo'lgan motivatsiyani shakllantirishni talab qilmoqda. Bu, o'z navbatida, bo'lajak o'qituvchilar oldiga evrestik topshiriqlar qo'yish, ularni mustaqil bajarishlari uchun zarur izlanishlarni amalga oshirishlari uchun ko'maklashishni taqozo etadi. Ta'lim jarayonida o'quv faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lajak o'qituvchilarning zarur axborotlarni mustaqil izlab topishlari va intelektual jihatdan qabul qila olishlari, buning uchun zarur bo'lgan o'quv harakatlarini amalga oshirishlari nazarda tutiladi. Bu esa o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarning o'quv jarayoniga ma'suliyat bilan yondashish, muammolli topshiriqlarni hamkorlikda bajarish ko'nikmasiga ega bo'lishlarni talab qilmoqda. Ushbu jarayonida o'qitishning muammoli, evrestik shakllarini qo'llash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni modulli o'qitish texnologiyalari yordamida intektual rivojlantirish jarayoniga faoliyatli yondashuvni tatbiq etish, ularning o'zlashtirgan bilimlarni kompetensiyalarga aylantirish imkonini beradi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki ayni bir sinfda turlicha intelektual rivojlanish darajasiga ega bo'lgan o'quvchilar tahsil oladi. Shuning uchun ham o'qituvchilarni intelektual rivojlanish, bilimlarni o'zlashtirish darajalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. Intelektual jihatdan rivojlangan, o'quv materiallarni kreativ o'zlashtiradigan bo'lajak o'qituvchilar.
2. Intelektual jihatdan o'rtacha rivojlangan, o'quv materiallarni bir maromda o'zlashtiradigan o'qituvchining barcha topshiriqlarini so'zsiz bajaradigan bo'lajak o'qituvchilar.
3. Intelektual jihatdan etarlicha rivojlanmagan, o'quv materiallarni to'liq o'zlashtirmaydigan bo'lajak o'qituvchilar.
1HMepHg3e M. "Implementation of the Experimental Model of Future Teachers' Media Education Competence Formation" // "Science and Education" ^ypH&m 2016 hh^ N°1 HampH. - www."WEB of science", 102-106-6exnap.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Shuning uchun ham sinfdagi barcha bo'lajak o'qituvchilarning itelektual faolligini ta'minlash alohida pedagogik ahamiyatga ega. Bo'lajak o'qituvchilarning itelektual sohalarini faollashtirishda modulli texnologiyalari alohida pedagogik ahamiyatga ega. Mazkur texnologiyalar doirasida bo'lajak o'qituvchilar bilimlarni faol o'zlashtirish amaliy faoliyatlarga singdirish, ular yordamida yangi bilmlarni izlab topish va turli vaziyatlarda qo'llash ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Natijada ularda evrestik faollik ko'rsatish o'z imkoniyatlarini namoyon qilish kreativ faollik va faoliyat algoritmlaridan foydalanish imkoniyati kengayadi.
Modulli o'qitish texnologiyalari o'quv materiallarini bloklar tarkibida bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etishni ta'minlaydi. O'quv predmeti doirasida o'quv dasturi bilan bog'liq holda mavzuviy bloklar tanlanadi va ularning mazmuni boyitiladi. Ikkilamchi didaktik loyihalar yordamida mazkur bloklar mazmunini o'qituvchi ham boyitadi. Bunda o'qituvchilar o'zlarining ijodiy faoliyat tajribalari, bo'lajak o'qituvchilarning intelektual rijojlanish darajalariga tayanadilar. O'qituvchilar dars jarayonida bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan o'quv materiallarini muvofiqlashtirish, ular orasidagi aloqadorlikni ta'minlashi hamda ushbu o'quv materiallarining bo'lajak o'qituvchilarni itelektual jihatdan rivojlantirishga yo'naltira olishi muhim ahamiyatga ega. Modulli o'qitish texnologiyasi doirasida bo'lajak o'qituvchilar o'quv dasturidagi mavzularni o'zlashtirish bilan bir qatorda intelektaual sohalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv materiallarini mustaqil izlab topib o'zlashatirishga ham erishadilar. Bunday o'quv materiallari modul tarzda tizimlashgan bo'lishi lozim. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilarga bilim algoritmlarini taqdim etish talab qilinadi. Chunki modulli o'qitish texnologiyalari bo'lajak o'qituvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlab, o'quv materiallari mazmuni hamda o'quv jarayonini tadrijiy tarzda tashkil etishni nazarda tutadi. Har bir modul o'quv predmeti mazmunini uch darajada namoyon etadi:
a) to'liq;
b) qisqartirilgan;
s) chuqurlashtirilgan shakllarda.
O'quv materiallari ayni bir vaqtda uchala darajada ham taqdim etilishi mumkin. Bunda darslik mualliflari va o'qituvchilar quyidagi shakllardan foydalanishlari maqsadga muvofiq:
- O'quv materiallarini turli ramzlar, chizmalar, illyustatsiyalar shaklida bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etish;
- O'quv materiallarini verbal shaklida taqdim etish, mazkur jarayonda o'quv axborotlarni bo'lajak o'qituvchilarga ma'ruza shaklida taqdim etish nazarda tutiladi;
- O'quv materiallarni bo'lajak o'qituvchilarga turli modellar chizmalar, diagrammalar shaklida bayon etish nazarda tutiladi.
O'quv modullari o'quv materialining mustaqil tarkibiy qismini ifodalaydi. Shunga ko'ra o'quv modullari quyidagi qismlarni o'z ichiga oladi:
- Aniq shakllantirilgan o'quv maqsadlari, ya'ni o'quv maqsadllari majmui;
- Bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan o'quv axborotlar banki, bu o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarga taqdim etiladigan ikkilamchi didaktik loyihalarni o'z ichiga oladi;
- Bo'lajak o'qituvchilarning intelektual sohalari rivovojlanitirshga xizmat qiladigan didaktik instrumentariy;
- Bo'lajak o'qituvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan amaliy mashg'ulotlar va didaktik vaziyatlar;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
- Modulning bo'lajak o'qituvchilar tomonidan o'zlashtirilganini aniqlashga xizmat qiladigan nazorat ishlari kabilar.
Bo'lajak o'quvchilarning o'quv modullarini o'zlashtirlganliklari natijasida intelektual sohalarining rivojlanganligini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlar va indekator ko'rsatkichlar shular jumlasidandir. Bo'lajak o'quvchilarning o'quv modullarini o'zlashtirish natijasida intelektual rivojlanganliklarini joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat qilish maqsadida ular oldiga evrestik topshiriqlar qo'yiladi.
Modulli o'qitish texnologiyalarining muhim vazifalaridan biri bo'lajak o'qituvchilarning mustaqil izlanishlari ijodiy faoliyat ko'rsatishlari, intelektual imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Modulli o'qitish texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini tashkil etish natijasida o'quvchilarning intelektual sohalari rivojlanib o'quv maqsadlarini anglash imkoniyatlari kengayadi. Shuning uchun ham modulli o'qitish texnologiyalari yordamida tashkil etilgan ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning intelektual sohlari jadal rivojlanadi.
REFERENCES
1. Imeridze M. "Implementation of the Experimental Model of Future Teachers' Media Education Competence Formation" // "Science and Education" jurnali 2016 yil №1 nashri. - www."WEB of science", 102-106-betlar.
2. Safarova R.G. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida modulli o'qitish jarayonida qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarni fanlar kesimida tasniflash //Metodik qo'llanma - "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 11 b.t.
3. Safarova R.G Modulli texnologiyalardan o'quvchilarning kreativ qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlari. "Uzluksiz ta'lim tizimida modulli o'qitish texnologiyalarini qo'llash istiqbollari: muammo va echimlar" mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya materiallari - Toshkent, 2018 yil 18-19 oktyabr, - 10-13-betlar.
4. Третяков П.И. Сенновский И.Б. Технология модулного обучения в школе. Практико-ориентированная монография. - Москва.: 1997 г.
5. Жанпеисова М.М. Модулная технология как средство развития ученика.-Алматы 2001.