Научная статья на тему 'INFОRMATIKA VA AXBОRОT TEXNОLОGIYALARI FANIDAN INTERAKTIV О‘QUV MAJMUALARNING MAZMUNINI TANLASH VA YARATISH BОSQICHLARI'

INFОRMATIKA VA AXBОRОT TEXNОLОGIYALARI FANIDAN INTERAKTIV О‘QUV MAJMUALARNING MAZMUNINI TANLASH VA YARATISH BОSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

111
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Interaktiv / оnglilik / faоllikni оshirish / kо„rgazmaviy / multimedia. / Interactive / awareness / activity increase / exhibition / multimedia

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sherquzi Urоlоvich Azimоv, Ulug’bek Olimjonovich Ne’matov

Interaktiv о„quv majmualar kо„рrоq рrоfessоr-о„qituvchilardan mehnat talab qilib, an‟anaviy ta‟limdan vоz kechib, mavzularga mоs interaktiv usullardan fоydalanib darslarni tashkil qilishni taqоzо qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Interactive educational complexes require more work from blind professorseducators, abandon traditional education and organize lessons in interactive methods that are relevant to the topic.

Текст научной работы на тему «INFОRMATIKA VA AXBОRОT TEXNОLОGIYALARI FANIDAN INTERAKTIV О‘QUV MAJMUALARNING MAZMUNINI TANLASH VA YARATISH BОSQICHLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN INTERAKTIV O'QUV MAJMUALARNING MAZMUNINI TANLASH VA

YARATISH BOSQICHLARI

Sherquzi Urolovich Azimov

Toshkent davlat agrar Universiteti Samarqand filiali RTTM boshlig'i

Ulug'bek Olimjonovich Ne'matov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabasi

Interaktiv o'quv majmualar ko'proq professor-o'qituvchilardan mehnat talab qilib, an'anaviy ta'limdan voz kechib, mavzularga mos interaktiv usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishni taqozo qiladi.

Kalit so'zlar: Interaktiv, onglilik, faollikni oshirish, ko'rgazmaviy, multimedia.

Interactive educational complexes require more work from blind professors-educators, abandon traditional education and organize lessons in interactive methods that are relevant to the topic.

Keywords: Interactive, awareness, activity increase, exhibition, multimedia.

Kirish. O'quv-tarbiya jarayonini didaktik ta'minlashning muhim shartlaridan biri o'quv materiallarini talabalarga interaktiv usullar yordamida chuqur o'rgatish hisoblanadi.Interaktiv o'quv majmualar yordamida darsni tashkil etish an'anaviy dars shaklidan farqli o'laroq, talabalar faolligini oshiradi va o'z navbatida natija yuqori bo'lishiga zamin yaratadi.

«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini interaktiv o'quv majmuasidan foydalangan holda o'qitish talabalarning kursga oid ta'lim-tarbiya olishlarini, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonida talabalar bilim oladilar, kompyuterda ishlash mahoratiga ega bo'ladilar, shu bilan birga, ularni komil inson qilib tarbiyalash jarayonlari ham uzviy davom etadi. Oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan hamma predmetlar uchun umumiy bo'lgan didaktik tamoyillar o'qitishning ilmiy,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

muntazam va izchil bo'lishi, nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi, fan bo'limlari orasidagi o'zaro bog'lanish, onglilik, faollikni oshirish, ko'rgazmaviy qurollardan foydalanish, o'qitishning talabalar saviyasiga mos bo'lishi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, talabalarga individual munosabatda bo'lish usullarini o'z ichiga oladi. Bu tamoyillarni bir-biridan ajratib bo'lmaydi, ular bir-birini to'ldiradi. Interaktiv darsning bir qismi (faollik) talaba faoliyatiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi qismi (ko'rgazmalilik, izchillik) professor-o'qituvchilarga bog'liqdir. Interaktiv o'quv majmua mazmuniga mos harakatlanuvchi tasvirlar va ovoz berish jarayonlari darsning ko'rgazmaliligini ta'minlaydi.

O'qitishning ilmiylik tamoyili professor-o'qituvchilarning hamisha ziyrak bo'lishini, fan yangiliklaridan xabardor bo'lib turishini talab qiladi. U butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi kerak.

Izchillilik tamoyili informatikani o'qitishda alohida o'rin tutadi. Mazkur tamoyil interaktiv o'quv majmualar oldiga ham muayyan talablar qo'yadi: professor-o'qituvchilar har xil usul yordamida yangi mavzuni o'tilgan mavzuga bog'lab izohlaydi. Talabalar esa, ko'proq kompyuterda ishlashga qiziqadilar. Nazariya bilan amaliyotni o'zaro bog'lash informatikadan interaktiv o'quv majmualar yaratishda juda muhimdir.

«Informatika va axborot texnologiyalari» interaktiv o'quv majmualarning maqsadi, mazmuni, usullari va uni o'tish vositalari pedagogika, psixologiya qonunlari hamda didaktik umumiy prinsiplardan qisman chetlashgan holda qiziqtiruvchanlik asosida ochib beriladi. Oliy ta'lim muassasalarda informatikani o'qitish mazmuni ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy maqsad bilan belgilanadi. Qolaversa, hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, informatika fanida ta'lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi:

a) o'qitish (professor-o'qituvchilarning faoliyati);

b) o'rganish (talabaning faoliyati).

An'anaviy ta'limda professor-o'qituvchilar 80 daqiqa davomida yetakchilik qiladi. Mavzuni professor-o'qituvchilar to'liq o'zi tushuntirib berar edi. Bu talabalarni mustaqil ishlashiga halaqit qiladi. Bu jarayonni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun professor-o'qituvchilar faqat yo'naltiruvchi kuch bo'lib, yangi mavzuga doir fikrlatuvchi ketma-ket savollar berib ko'proq talabalarning o'zlarini izlanishga, mustaqil fikrlashga yo'naltirish lozim. Mantiqiy savollar ketma-ketligi asosida talabalarda tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Interaktiv o'quv majmualar ko'proq professor-o'qituvchilardan mehnat talab qilib, an'anaviy ta'limdan voz kechib, mavzularga mos interaktiv usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishni taqozo qiladi. Tajribalar ham mavzu materiallarini har xil metodlar yordamida talabalarga o'rgatish maqsadga muvofiqligini ko'rsatmoqda.

Ta'lim mazmunini yaxshilashda interaktiv o'quv majmualarni qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo'l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish, chet el tajribalarini o'rganish ayni muddaodir. Bu esa, professor-o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasi orqali ifodalanadi. Professor-o'qituvchilarning mahorat uslubi ta'lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yangi mahorat uslubi - yangi pedagogik jarayon bo'lib, professor-o'qituvchilar maxsus kasbiy yo'nalishning eng yuqori pog'onasi-pedagogik mahoratni belgilaydi. Pedagogik mahorat professor-o'qituvchilar ijodkorligining oliy namunasi, bu mahorat professor-o'qituvchilarda yillar davomida shakllanadi. Mahoratli professor-o'qituvchilar doim ilg'or tajriba sohibi bo'la oladi. Shuning uchun texnologiya so'zi o'z tarkibiga yangicha, ilg'or, novator, ijodkor, kasb tafakkuri kabi tushunchalarni qamrab oladi. Bularning rivoji yuqorida aytib o'tilgandek, pedagogik mahoratda ko'rinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiya asosida interaktiv o'quv majmualardan ta'lim jarayonida foydalanish uchun professor-o'qituvchilarning o'zi tayyor bo'lishi kerak. Yangi mavzuni bayon qilish uchun professor-o'qituvchilar darsda faqat ma'ruza qilmasdan interaktiv o'quv majmualardan foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

IO'Mning mazmuni bilim oluvchilarning mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta'lim olish, yangi bilimlarni izlab topish ko'nikmalarini hosil qilishni ta'minlashi kerak. Uzluksiz ta'lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez o'zgaruvchan, chuqurlashtirib o'qitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar bo'yicha IO'M tayyorlanadi. IO'M qanday bosqichlarda tayyorlanadi, mazmuni, bilimlarni taqdim etish, nazorat qilish qay yo'sinda amalga oshiriladi? Endi ana shu savollarga to'xtalib o'tamiz.

IO'M - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan manbadir.

Interaktiv o'quv majmualar kompyuter texnologiyasiga asoslangan o'quv uslubini qo'llashga, mustaqil ta'lim olishga

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hamda fanlarga oid ma'lumotlarning har tomonlama samarador o'zlashtirishga mo'ljallangan bo'lib u:

• o'quv ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

• o'quv materiallar verbal (matn) va ikki o'lchamli grafik shaklda;

• multimediali (multimedia - ko'p axborotli) qo'llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o'lchamli grafik ko'rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal(matn) shaklda;

• taktil (his qiluvchi, seziladigan) xususiyatli, talabani «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi obyektlarga nisbatan harakatlanish tassavurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki fanlar kesimida ta'lim muassasalarida interaktiv o'quv majmualarni (IO'M) larni to'liq yaratish, bir tizimga solish va dars jarayonida qo'llash metodikasini ishlab chiqish muhim masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Interaktiv o'quv majmualar yaratishga doir ijtimoiy, psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlarni ilmiy nazariy jihatdan o'rganish va tahlil etish IO'Mni yaratishga qo'yiladigan pedagogik talablar, mezonlar, ularning tuzilishi, shakllari va turlarini bir butun yaxlit tizim sifatida tadqiq etish lozimligini belgiladi.

REFERENCES

1. Алламбергешва М. Mcnonb3oBaH^ интерактивных учебных гамплекшв в npo^cce высшего oбразoвания как cрeдcтвo фoрмирoвания твoрчecкoй атмocфeры // Образoваниe. - Алмата, 2010. - № 6. - С. 132-134.

2. Абдуллаев Э.Т. Абдуманшшв А.А., Саидахмeдoв А.У., Халатов Д.А. Диcтанциoннoe oбразoваниe с иcпoльзoваниeм инфoрмациoнных тeхнoлoгий //Ахбoрoт-кoммуникациoн тeхнoлoгиялар укув жараёнида: муаммoлар, ечимлар ва иcтик;бoллар: Республика илмий-мeтoдик ганференцияси материаллари. -Самарканд, 2007. - Б. 100.

3. Тай^а^в У.К. Инфoрмащиoнныe oбразoватeльныe тeхнoлoгии в штле республики Узбекистан//Труды мeхдурoднoй нoучнo-практeчиcкoй ганференции "Прoфeccиoнализим пeдагoга: eoмпeтeнтнocтный пoдхoд в" приурoчeннoй к 80-летию дoктoра педагогических наук, прoфeccoра Иргаша Тураевича Чариева . - Шымкент, 2019. - С. 192-195.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.