RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
OLIY TA'LIMDA MUSTAQIL TA'LIMNI DASTURIY MAXSULOTLAR ORQALI TASHKIL ETISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH Muratov Xusan Xolmuratovich
CHDPU, Tasviriy san'at kafedrasi dotsent v.b. [email protected] +998994773984 https://doi.org/10.5281/zenodo.7994092
Annotatsiya. Tasviriy san'atfanlaridan talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va boshqarish mehanizmini ishlab chiqish. Elektron darsliklar, dasturiy maxsulotlar orqali tasviriy san'at fanlaridan talabalar mustaqil ta'limini tashkil etish va boshqarish samaradorligiga erishish. Oliy ta'lim muassalarida tasviriy san'at ta'lim tizimidagi me 'yoriy-huquqiy hujjatlar, fan dasturlarini qayta ko'rib chiqish, o'quv dasturlari mazmuniga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini singdirish, fanlararo aloqadorlikning nazariy-metodologik asoslarni rivojlantirish hamda ta'lim oluvchilar amaliy va mustaqilfaoliyatlarini takomillashtirish haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompetensiya, elektron ta'lim, elektron ta'lim resurslari, multimedia, multimediali o'qitish, interaktiv.
Ta'lim sohasidagi islohotlar jamiyat ravnaqi va taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning intellektual salohiyatini oshirish davlat ta'limi standarti, malaka talablarida qo'yilgan talablarga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. O'qitish samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining joriy qilinishi ta'limda istiqbolli vazifalar yechimini ta'minlashga nisbatan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro talablar asosida yuqori malakali, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash strategik maqsad sifatida belgilab olindi. Talabalarni mustaqil va ijodiy faoliyatga yo'naltirish, ularni zarur bilim va ko'nikmalarni egallashga bo'lgan mas'uliyatini oshirish, oliy ta'limda belgilangan ma'lum bir me'yorlarni qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi. Bu borada zarur qadamlar qo'yildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 824-son Qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risida nizom"da mustaqil ishlarga ajratiladigan soatlar miqdori oshirilib, uning ulushi bakalavriatda umumiy o'quv yuklamasining 50-60 foiz, magistraturada esa 60-70 foizni tashkil etishi belgilab qo'yildi. Xususan, pedagogika oliy o'quv yurtlarining 60111200-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishida o'quv auditoriya soatlari 1870 soatga qisqarib, mustaqil ta'lim soatlari 16,3% ga ortgan.
Belgilangan mazkur tartib oliy ta'lim muassasalarida talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini tubdan takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Dunyoning yetakchi ilmiy ta'lim muassasalarida innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni mustaqil ta'lim olishga o'rgatish, mustaqil ta'limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish zarurligi, mustaqil ta'limning amaldagi mexanizmlaridagi bo'shliqlar, tizimdagi nomuvofiqlik kabi bir qancha muammolar bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu o'z navbatida talabalarda mustaqil ta'lim olish faoliyati xususiuatlari, uning mohiyati, tashkil qilish tamoyillari, mazmuni va metodlari bo'yicha mavjud yondashuvlarni yanada chuqur tadqiq
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
qilishni taqozo qiladi. Bunda axborot komunikatsiya texnologiyalari orqali mustaqil ta'limni tashkil etish, boshqarish o'qitish samaradorligini oshirish hamda bo'lajak kadrlarni iste'molchilar talabiga muvofiq maqsadli tayyorlash pedagogik jarayonning barcha subektlari kompetensiyalarini rivojlantirish zaruratini belgilamoqda.
Resrublikamizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish intagratsiyasiga mos ravishda talaba shaxsini kompetensiyaviy imkoniyatlarini mustaqil ta'lim orqali yanada takomillashtirish, kompetentli kadrlarning innovatsion faoliyatini dasturiy maxsulotlar, mediatalim, interaktiv ta'lim texnologiyalarida amalga oshirish zarurati kuchaymoqda. Bu esa, oliy ta'lim muassalarida tasviriy san'at ta'lim tizimidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, fan dasturlarini qayta ko'rib chiqishni, o'quv dasturlari mazmuniga zamonaviy ta'lim texnologiyalarini singdirish, fanlararo aloqadorlikning nazariy-metodologik asoslarni rivojlantirish hamda ta'lim oluvchilar amaliy va mustaqil faoliyatlarini takomillashtirishda uning tatbig'ini oshirish muammosini har tomonlama chuqur tadqiq qilishni taqozo qilmoqda.
Muammoga doir ko'plab ilmiy va pedagogik tadqiqotlar amalga oshirilganiga qaramay, talabalarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni jahon standartlariga javob beradigan mutaxassis kadr qilib tayyorlashda mustaqil ta'limni takomillashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda baholashga ahamiyat berilmagan, mehanizmlari ishlab chiqilmagan.
Tasviriy san'at fanlaridan talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va boshqarishga munosabatni aniqlash maqsadida turli hududlardagi uchta OTMning 6011200-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi kunduzgi ta'lim shakli 2 va 3 kurs talabalari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. Mazkur so'rovnomada umumiy 402 nafar respondent ishtrok etdi. Mazkur so'rovnomadan quyidagi xulosalarga kelindi:
- Talabalar mustaqil ishini nazorat qilishga ijodiy asosda yondashilmayapti. O'quv rejalarida auditoriya soatlariga nisbatan auditoriyadan tashqari mustaqil ta'limga ko'proq vaqt ajratilayotganiga qaramasdan, ko'pincha bu vaqt talabalar tomonidan o'quv faoliyatidan tashqaridagi "bo'sh vaqt" sifatida qabul qilinmoqda. Bunda auditoriyadan tashqari mustaqil ta'limning soatlari haftalik kesimda rejalashtirilmayotgani va nazorat qilmasligi, rag'batlantirish choralarining yetarli emasligi asosiy o'rin tutyapti. So'rovda ishtirok etgan talabalarning aksariyati mustaqil ishlar bahosining umumiy bahoga qo'shilmayotgani, ba'zi o'qituvchilargina umumiy ballga qo'shayotganini ta'kidlagani ham mustaqil ishlarni rag'batlantirish sust darajada ekanini ko'rsatadi;
- auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishda talabalar tomonidan plagiat va o'zlashtirish holatlari keng tarqalgan hodisa bo'lib qolmoqda. Talabalar akademik halollik qoidasini buzishini tan olmoqda. Mazkur holat OTMlarda professor-o'qituvchilar tomonidan talabalarga akademik halollik borasida yetarlicha tushuntirish ishlari olib borilmayotgani hamda mustaqil ishlarni antiplagiat dasturlari orqali tekshirish amaliyotining mavjud emasligi bilan bog'liq. Mustaqil ishlarni hanuzgacha qo'lyozma shaklda qabul qilish amaliyotining saqlanib qolganligi ham mazkur muammoni yanada chuqurlashtirmoqda;
- talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkil qilishda "oddiydan murakkabga" tamoyiliga amal qilinmayapti. Shu bilan birga, mustaqil ish mavzusi hamda usulini tanlashda talabaning qobiliyatlari va qiziqishlari hisobga olinmayapti;
- professor-o'qituvchilarning yarmidan ko'pi mustaqil ishlarni o'quv kursining faqat nazariy masalalari bilan cheklangan holda tashkil etmoqda. Nazariy bilimlarni amaliyot bilan
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
bog'lash, talabada real amaliy muammolar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish qoniqarli holatda emas;
- professor-o'qituvchilarning yangi ilmiy manbalar bilan ishlash faolligi past darajada qolmoqda. Bu ham, o'z navbatida, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ilmiy va innovatsion bo'shliqlarni yuzaga keltiradi;
- Mustaqil ta'limni tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish hamda baholashda deyarli innovatsion, interaktiv o'yinli dasturiy ta'minotlardan, axborot kammunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmasligi ma'lum bo'ldi.
Rivojangan xorijiy OTMlarda Talaba bir hafta davomida o'rtacha 10-15 soat auditoriya darslarida, 25-30 soat auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar bilan band bo'ladi. Professor-o'qituvchilar faoliyatini "o'qitish"dan ko'ra ko'proq "o'rgatish"ga tomon yo'naltiradi, bu esa talabalarning kasbiy o'zini o'zi takomillashtirishga bo'lgan mas'uliyatining ortishiga turtki beradi. Talabalarning mustaqil ijodiy ishlari antiplagiat orqali originalligi tekshirilib undan so'ng baholanadi. Mustaqil ta'lim topshiriqlari xususiyatiga ko'ra moslashuvchan bo'lib, ayrimlari onlayn tashkil etiladi hamda boshqariladi va bu yuqori samara beradi. Mustaqil ta'limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish va baholashda o'yinli platformalar, raqamli va mediata'lim vositalaridan faol foydalanadi.
Oliy ta'limda mustaqil ta'limni yuqori saviyada tashkil etish, talabalarni mustaqil ta'limga faol ongli yo'naltirish, qiziqtirish juda ko'plab omillarga bog'liq ekanligi uqoridagi fikrlarimiz tahlillaridan ma'lum bo'lib turibdi. Xususan, OTM moddiy texnik bazasi, laboratoriyasi, professor-o'qituvchining kompitensiyasiga, ilg'or pedagogik texnologiyalarga, o'quv yuklamasiga, axborot ta'minotiga, akademik xizmat ko'rsatish salohiyatiga, nazorat qilish mexanizmlari va boshqa jihatlarga ham bog'liq masala. Shu sababdan bo'lajak kadrlarning zamon talablariga doimiy moslashib borishi, yangi O'zbekistonning yangi pedagogik kadrlariga aylanishi, oliy ta'lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish hamda nazorat qilishga kompleks yondashishni, bu borada xorijiy tajribaning ilg'or yutuqlaridan ijodiy foydalanishni talab etadi.
REFERENCES
1. Novak, P. The Growing Digital Divide: Implications for an Open Research Agenda. Understanding the Digital Economy: Data, Tools and Research. Ed. B. Kahin and E. Brynjolffson. Cambridge, MA: The MIT Press., 2000.
2. Measuring the Information Society (MIS). Executive Summary. ITU edition, 2015.
3. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.
4. Portal Internet-obucheniya E-education.ru - http://www.e-education.ru.
5. Muratov Khusan Holmuratovich. Implementation of independent educational activities of students. European journal of research and reflection in educational sciences. vol. 7 no. 12, 2019. issn 2056-5852. 25-25.
6. Muratov Khusan Kholmuratovich; Abdulkhamidov Sardor Mardanaqulovich; Jabbarov Rustam Ravshanovich; Khudaynazarova Ugiloy Sharifovna and Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna. Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Psychosocial Rehabilitation ISSN:1475-7192. March 2020. Volume 24 - Issue 5. -pp. 20432048.
7. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29.Vol. 63 № 2 (2020). 224-231.
8. X.Muratov. Tasviriy san'at fanidan mustaqil ta'limni tashkil etish va boshqarishda "ISPRING" dasturiy ta'minotining ahamiyati. Academic Research in Educational Sciences. 2020. Vol. 1 No. 2, 2020.
9. X.X.Muratov, Sh.A.Yusupova. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars mashg'ulotlarini autoplay media studio dasturi orqali integratsiyalash. Academic Research in Educational Sciences . Volume 1 | Issue 3 | 2020.
10. Seyyed Ali Delbari, Siew Imm Ng, Yuhanis Abdul Aziz, Jo Ann Ho. Measuring the influence and impact of competitiveness research: a Web of Science approach. Scientometrics. Springer Niderlandiya. 2015/11. 105. 773-788. European Online Journal of Natural and Social Sciences 2015; Vol.4, No.1 Special Issue on New Dimensions in Economics, Accounting and Management www.european-science.com ISSN 1805.
11. Gavhar Dilmurod kizi Isometova. Ta'lim tizimidagi muammolar va ulaning yechimlari. Academic research in educational sciences. Volume 2. Special issue 3. 2021. ISSN: 21811385. 149-151.
12. Л. Зарипов, Н. Хайитов, З. Тохиров. Талабалар мустакил таълимини ташкил этиш [Матн]: методик кулланма /- Тошкент: "Sano-Standart", 2023. - 32 б.
13. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.
14. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.
15. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.
16. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.
17. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.
18. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.
19. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.
20. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).