Научная статья на тему 'TERMINOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA UNING LEKSIKOGRAFIYADA TUTGAN O`RNI.'

TERMINOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA UNING LEKSIKOGRAFIYADA TUTGAN O`RNI. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
33
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug'at / terminologiya / terminlar / atamalar / turizm / semantika / foydalanish / hosil qilish / lingvokulturologiya / til / madaniyat / o‘zlashtirilgan so‘zlar / sohaga oid terminlar / terminologik sistema / leksika / leksikografik sath / gidrotexnik terminlar / lingvistik terminlar / adabiyotshunoslik terminlari / siyosiy terminlar / geografik terminlar / yuridik terminlar / harbiy terminlar. / vocabulary / terminology / terms / terms / tourism / semantics / use / production / linguo-culturalism / language / culture / acquired words / field terms / terminological system / lexicon / lexicographic level / hydraulic engineering terms / linguistic terms / literary terms / political terms / geographical terms / legal terms / military terms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xashimov Shoxjaxon Bobirovich

Mazkur maqola so'nggi paytlarda terminlar bo'yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining lug`aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o`zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqotchilarnig fikricha tilshunoslikda terminlarni qiyosiy jihatdan bilish va ularni tahlil qilib amaliyotda foydalanish har bir bo`lajak tilshunos uchun juda muhim va bu talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishda samaralilikni ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL UNDERSTANDING OF TERMINOLOGY AND ITS ROLE IN LEXICOGRAPHY.

This article presents important issues of recent research and theory on the term. In particular, issues such as the lexical study of terms in English and Uzbek languages, linguistic and cultural characteristics of terms, theoretical problems of translating terms, methods of using terms in English and Uzbek languages are covered. According to the researchers, it is very important for every future linguist to know the terms in linguistics in a comparative way and to analyze them and use them in practice, and this ensures the effectiveness in the development of students' lexical competence.

Текст научной работы на тему «TERMINOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA UNING LEKSIKOGRAFIYADA TUTGAN O`RNI.»

TERMINOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA UNING LEKSIKOGRAFIYADA TUTGAN O RNI.

Xashimov Shoxjaxon Bobirovich

Andijon davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7949320

Annotatsiya: Mazkur maqola so'nggi paytlarda terminlar bo'yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o zbek tillarida terminlarining lug'aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqotchilarnig fikricha tilshunoslikda terminlarni qiyosiy jihatdan bilish va ularni tahlil qilib amaliyotda foydalanish har bir bolajak tilshunos uchun juda muhim va bu talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishda samaralilikni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: lug'at, terminologiya, terminlar, atamalar, turizm, semantika, foydalanish, hosil qilish, lingvokulturologiya, til, madaniyat, o'zlashtirilgan so'zlar, sohaga oid terminlar, terminologik sistema, leksika, leksikografik sath, gidrotexnik terminlar, lingvistik terminlar, adabiyotshunoslik terminlari, siyosiy terminlar, geografik terminlar, yuridik terminlar, harbiy terminlar.

GENERAL UNDERSTANDING OF TERMINOLOGY AND ITS ROLE IN

LEXICOGRAPHY.

Abstract: This article presents important issues of recent research and theory on the term. In particular, issues such as the lexical study of terms in English and Uzbek languages, linguistic and cultural characteristics of terms, theoretical problems of translating terms, methods of using terms in English and Uzbek languages are covered. According to the researchers, it is very important for every future linguist to know the terms in linguistics in a comparative way and to analyze them and use them in practice, and this ensures the effectiveness in the development of students' lexical competence.

Keywords: vocabulary, terminology, terms, terms, tourism, semantics, use, production, linguo-culturalism, language, culture, acquired words, field terms, terminological system, lexicon, lexicographic level, hydraulic engineering terms, linguistic terms, literary terms, political terms, geographical terms, legal terms, military terms.

ОБЩЕЕ ПОНИМАНИЕ ТЕРМИНОЛОГИИ И ЕЕ РОЛИ В ЛЕКСИКОГРАФИИ.

Аннотация: В этой статье представлены важные вопросы последних исследований и теории термина. В частности, освещаются такие вопросы, как лексическое изучение терминов в английском и узбекском языках, лингвокультурологическая характеристика терминов, теоретические проблемы перевода терминов, приемы употребления терминов в английском и узбекском языках. По мнению исследователей, каждому будущему лингвисту очень важно знать термины в языкознании в сопоставительном ключе, анализировать их и использовать на практике, что обеспечивает эффективность в развитии лексической компетенции учащихся.

Ключевые слова: лексика, терминология, термины, термины, туризм, семантика, употребление, производство, лингвокультурализм, язык, культура, усваиваемые слова, полевые термины, терминосистема, лексика, лексикографический уровень, гидротехнические термины, лингвистические термины, литературоведческие термины ,

политические термины, географические термины, юридические термины, военные термины.

KIRISH

Ijtimoiy hayotning rivojlanishi tilning rivojlanishiga hamisha turtki berib turgan, bu tilning rivojlanishidagi yetakchi qonuniyatlardan biridir. Har bir milliy tilning leksikasi doim harakatda, o'zgarishda bo'ladi. Tilda yangi so'zlar paydo bo'lib, ular til leksikani to'ldiradi, boyitadi. Yangi so'z hayotning talabi bilan tug'iladi yoki aksincha tildagi mavjud so'zlar sekin astalik bilan muomaladan chiqib eskirgan so'zlar qatoridan o'rin egallaydi. Ayniqsa, terminologiyada bu jarayon ko'zga yaqqol tashlanadi. Hozirgi kunda termin so'zi bilan bir qatorda atama, istiloh so'zlari ham ayni ma'noda qo'llanilmoqda. Lekin ular termin so'zining hozirgi ma'nosini to'liq ifoda eta olmaydi. Atama terminning xususiyatlarini aniq ifodalay olmaydi. Termin atamaga nisbatan torroq tushuncha hisoblanadi.1 Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, termin bugungi kunda ilmiy tushunchalarga nisbatan qo'llaniladi. Terminni faqat leksikografik sathda tekshirish yetarli emas, deb o'ylaymiz, chunki termin ham keng ma'noda lug'aviy birlik hisoblanar ekan, u leksik va grammatik sathda ham ko'rib chiqilishi zarur. Shunga ko'ra termin bir qator lisoniy belgi-xususiyatlarga ega:

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

1. Terminlar fan va texnika, san'at, qishloq xo'jaligi, qo'yingki, ma'lum soha va fanga xoslangan bo'ladi. Masalan, gidrotexnik terminlar, lingvistik terminlar, adabiyotshunoslik terminlari, siyosiy terminlar, geografik terminlar, yuridik terminlar, harbiy terminlar va hokazo. Termin tushunchalarni aniq, konkret va lo'nda ifodalaydi, chunki uning aniq izohi, ta'rifi bor.

2. Terminlar monosemantik xarakterga ega, lekin bu qat'iy emas, chunki bunday qoidaning buzilish hollari ham uchraydi. Umumxalq tilidagi so'zlarning ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan terminlarda bunday holni kuzatish mumkin. Shuningdek, terminlar etimologiyasida sinekdoxa va metonimiya hodisalarini kuzatish mumkin. Lekin terminologik leksika ko'p ma'nolilikning barcha ko'rinishlarini qabul qilmaydi, hamda terminlar bir ma'noli bo'lishi shart.

3. Ayrim terminlar tarixiy-etimologik jihatdan asosan o'zlashma bo'ladi. Masalan, rus tili va u orqali boshqa tillardan: teatr, drama, muzika, roman, dialog kabi terminlar o'zbek tiliga o'zlashgani kabi.

4. Terminlar ilmiy uslubda keng qo'llaniladi, ya'ni ular ilmiylik uslubga xoslangan. Masalan, monolog-yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o'zgalar replikalari bilan bo'linmagan nutqi.

5. Terminlar iste'mol doirasi chegaralangan leksika sirasiga kiradi, chunki ular termin sifatida ma'lum sohadagina ishlatiladi.

6. Terminlar faqat nomlash vazifasini bajaradi. Ular emotsional-ekspressiv vazifada qo'llanish xususiyatiga ega emas. Ma'lumki, terminlar turli ilm-fan va tilning maxsus sohalarining yangi tushunchalarni kirib kelishiga bo'lgan ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Shu o'rinda terminologiya va leksikografiyaning bog'liqlik jihatlariga ham e'tibor qaratamiz. Hozirgi o 'zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o'rin va mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug'at tarkibidagi roli haqida ikki xil qarashlar mavjud. Birinchi g'oyaga ko'ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e'tirof etilsa, ikkinchi ta'limotga muvofiq u adabiy til so'z boyligi tarkibidan ajratiladi, "alohida turuvchi" obyekt tarzida

1 Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlami. -Toshkent: Fan, 1985.B-13-18

baholanadi va nutqning turlari (sheva, jargon, jonli so'zlashuv)ga tenglashtiriladi. V.P.Danilenkoning ta'kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil funksional turi, ya'ni an'anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda tutiladi. Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so'zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi yani leksikografiyasi, so'z yasalishi va grammatikasi tashkil qiladi. X. Xyuellning qayd etishiga ko'ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar yoki texnika sohasida qo'llanadigan so'zlar yig'indisidir. Biz terminlar ma'nosini qayd etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalarni ham qayd etamiz. Termin so'zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar) uchun termin bu aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig'indisini nazarda tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi so'z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so'z termin bo'lishi mumkin.2 Fan va texnikada termin sun'iy o'ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan maxsus so'z sanaladi. Bunday so'zlarning qo'llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umumtil terminlaridan farqli o'laroq, ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik birliklar sifatida terminologik sistemalarga birlashadi, ular o'z ma'nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga mantiqiy (tushunchaga oid) terminologik maydon mos keladi. Fandagi har qanday rivojlanish, taraqqiyot ilmiy terminlarning yuzaga chiqishi yoki oydinlashishidan darak beradi. Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur. Terminlarning qo'llanish, tarqalish ko'lami muayyan terminologik sistema bilan cheklangan bo'lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi, voqelanadi. Terminologik leksika o'z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko'chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo'llanadigan so'z va so'z birikmalarini qamrab oladi. Umumadabiy til doirasiga o'tgan termin o'z terminologiyasi, terminologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi. Termin ta'rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko'pdan ko'p mulohazalar bildirilgan. Deyarli barcha ta'riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so'z yoki so'z birikmasi tarzida tavsiflanadi. O.Vinokurning fikricha, termin har doim aniq va ravshan boladi. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi.3 Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo bo'lmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi. A.Gerdning mulohazasiga ko'ra, termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan bosqichida mavjud tushunchalarning asosiy xususiyatlarini aniq va to'laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma'noga ega tabiiy va sun'iy til birligi, ya'ni so'z yoki so'z birikmasidir.4 O. Axmanovaning ta'kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o'z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya'ni termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so'ng tan olinadi.5 Terminni notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta'riflashning mumkin emasligidadir. V.G.Gak terminning ta'rifini berish bilan birga, uning mohiyatini ochib bergan va

2Dadaboyev H. O'zbek Terminologiyasi: o'quv qo'llanma. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020.

3 Vinokur G.O. O nekotorih yavleniyah slovoobrazovaniya v russkoy texnicheskoy terminologii. Trudi MIFLI. T.%. Sbornik statey po yazikoznaniyu. - M., 1961. -B.3-10

4 Gerd A.S. Znachenie termina i nauchnoe znanie//Nauchno texnicheskaya informasiya. Seriya 2. -M.,1991. №10. -B.1-4.

5Axmanova O.S. Mkrtichyan S.A. Nauchnoe opredelenie kak lingvisticheskaya i semioticheskaya problema. Problematika opredeleniy terminov v slovaryax raznix tipov.-M.: Nauka,1976. -B.57-63.

uning fikricha termin biror bir til so'z boyligidagi malum o'rinni egallaydi.6 U ilmiy ishlarda terminga lug'aviy birliklarning alohida turi tarzida qaralishiga e'tiroz bildiradi hamda termin-funksiya, leksik birliklar qo'llanishining bir ko'rinishi, degan g'oyani ilgari suradi. V.P.Danilenkoning e'tirof etishicha, jamiyatda sodir bo'ladigan har qanday jarayonning in'ikosi dastavval terminologiyada o'z ifodasini topadi yoki muayyan terminlarning tranformatsion o'zgarishi oqibatida voqelanadi.7 D.Lottening ishlarida terminga alohida belgi sifatida emas, balki aniq sistemaning a'zosi shaklida qarash, munosabatda bo'lish zarurligi ta'kidlangan. Uning fikriga terminlarning terminlar sistemasidagi o'rni, mavqei muayyan tushunchaning tushunchalar sistemasidagi o'rni, mavqei bilan aniqlanadi.8 Terminologiya turli-tuman maktab, ilmiy yo'nalish va aniq fikrlarga xos kategorial apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan maxsus tushunchalar yig'indisi, majmui tarzida qaraladi. Imiy qarashlarni nazariy jihatdan ko'rib chiqqan holda terminlarni ingliz va o'zbek tillaridagi o'rniga nazar tashlaymiz. So'nggi yillarda tillarga jumladan ingliz tiliga bo'lgan e'tibor tobora kuchayib bormoqda, bu esa o'zbek tilida shuningdek ingliz tilida sohalarga oid atamalar ya'ni terminlar bilan ishlash ehtiyojini yuzaga keltirdi. Terminning ma'nosi, mohiyati, uning nomidan kelib chiqadi. Demak, "Terminus" lotincha "chegara, chek" so'zlaridan olingan bo'lib, bundan ko'rinib turibdiki termin chekli, chegaralangan yani, termin muayyan sohaga oid, aniqrog'i bir ma'noli so'zdir. Ma'lumki, har qanday so'z tug'ilishida bir ma'noli bo'ladi, lekin kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida u ko'p ma'noli so'zga aylanib boradi. Lingvistik terminologiyaga bag'ishlangan ilmiy ishlarda har qanday termin so'zdir, lekin har qanday so'z termin bo'lolmaydi, degan fikr ilgari suriladi. Termin cheklanganligi, ya'ni bir ma'noni ifodalaganligi tufayli maxsus kontekstda hamma vaqt o'z ma'nosini saqlaydi. U emotsionallik va ekspressivlik xususiyatlariga ega emas. Ohang yordamida terminning ma'nosi o'zgarmaydi. Demak termin ma'lum bir sohaga oid so'zlar majmuidir. Ma'lum bir sohaga oid bo'lgan termin ayni shu sohada faqat birgina ma'noga ega bo'lishi mumkin.

Demak, termin ma'lum bir sohada aniq bir ma'noga ega bo'lgan so'zdir. Fan rivojlanishi bilan atamalar tizimi ham rivojlanib boradi. Termin ma'lum bir sohaga oid so'z bo'lishi bilan bir qatorda shu so'z tilning boyligi hamdir va bu holat tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika til leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshidan kechiradi. Hozirgi kunda, O'zbekistonda sanoat, qishloq xo'jaligi, fan, texnika, madaniyat va sport kabi sohalarining rivojlanishi o'zbek tilida terminologik lug'at salmog'ini kundan kunga oshirmoqda. Ayni paytda o'zbek tilida fan va texnikaning deyarli barcha sohalariga oid termin va terminologik sistemalar vujudga keldi. Ular, asosan, tarjima va original asarlar yaratish jarayonida vujudga kelmoqda. Ular o'zlari ifodalagan tushuncha bilan birga qabul qilinadi, lekin o'zlashtirgan tilda lug'aviy ma'noga ega bo'lmaydi. Ingliz tili boshqa tillar kabi o'z leksik boyligiga ega. So'z boyligining ma'lum bir qismini atamalar tashkil qiladi. Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni ochiq ifoda etuvchi so'zlar bo'lsada, lekin u so'zlarning qo'llanishi shu soha kishilarigagina ma'lum va tushunarlidir.

6 Gak V.G. Asimmetriya lingvisticheskogo znaka i nekotorie obshie problemi terminologii (semanticheskie problemi yazika nauki). Materiali nauchnogo simpoziuma. - M.: MGU.1972. - B.68 -71.

7 Danilenko V.P. Ob osnovnix lingvisticheskix trebovaniyax k standartiziruemim terminam//Semioticheskie problemi yazikov nauki, terminologii i informatiki. - M.: MGU, 1971.-B. 135-137

8 Lotte D.S. Ocherednie zadachi texnicheskoy terminologii. T.1. -M.: Moskovskiy lisey, 1994.-B.38-41

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlami. -Toshkent: Fan, 1985. B.170

2. Dadaboyev H.O'zbek Terminologiyasi: o'quv qo'llanma.-Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020.-B.202

3. Gerd A.S. Znachenie termina i nauchnoe znanie//Nauchno texnicheskaya informasiya. Seriya 2. -M.,1991. №10. - B.124

4. Axmanova O.S. Mkrtichyan S.A. Nauchnoe opredelenie kak lingvisticheskaya i semioticheskaya problema. Problematika opredeleniy terminov v slovaryax raznix tipov.-M.: Nauka,1976. -B.85

5. Gak V.G. Asimmetriya lingvisticheskogo znaka i nekotorie obshie problemi terminologii (semanticheskie problemi yazika nauki). Materiali nauchnogo simpoziuma. - M.: MGU.1972. - B.163

6. Danilenko V.P. Ob osnovnix lingvisticheskix trebovaniyax k standartiziruemim terminam//Semioticheskie problemi yazikov nauki, terminologii i informatiki. - M.: MGU, 1971.-B.135

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.