Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
SO'Z, TERMIN VA ATAMA TUSHUNCHALARI, ULARNING O'ZIGA XOS
SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mamatkulova Roxila
TerDU 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada terminologiyaning rivojlanish jarayoni jahon va o'zbek tilshunosligi misolida tahlil qilingan. Termin va atama leksemalarining birlashtiruvchi va farqli tomonlari yoritib o'tilgan. Sohaviy terminologiyaning o'ziga xos xususiyatlari olimlarning fikrlari orqali isbotlangan.
Kalit so'zlar: termin, atama, lug'at, sohaviy terminlar, terminologiya, terminolog olimlar.
ABSTRACT
The article analyzes the development process of terminology on the example of world and Uzbek linguistics. The unifying and different aspects of term and term lexemes are highlighted. Specific features of field terminology are proven by the opinions of scientists.
Key words: term, term, dictionary, field terms, terminology, terminologists.
KIRISH
Hozirgi tez sur'at bilan rivojlanayotgan davrda o'zbek tili terminolagiyasining rivoji, uning pirovardida turli fan tarmoqlarning sohaviy terminologik lug 'atlarini tuzish katta ahamiyat kasb etmoqda. Nafaqat lingvistika terminlari, balki, sohalar terminologiyasi tadqiqi zamonaviy jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Gapimizning isboti sifatida turli xil terminlar yig'ilib, fanlar kesimida maxsus lug'atlarni tuzilgani, shu yo'nalishning mazmun-mohiyatini yetarlicha anglash uchun zamin yaratilganini alohida ta'kidlashimiz mumkin.
Tilshunoslikda terminlarning o'ziga xos xususiyatga egaligi, ularning umumiy leksik tizimga kirmasligi, maxsus leksik tizim hosil qilishi qator olimlar tomonidan o'rganilgan. Terminologiya yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar o'tgan asrda "atama"ni maxsus so'z, muallifning ongli so'z yaratish mahsuli sifatida, "termin"ni esa til umumiy tizimidagi alohida, aniq belgilangan quyi tizim sifatida ko'rib chiqdilar. Tilshunoslikda ma'lum tushunchalarni ifodalovchi umumiy va maxsus terminlar, termin va atama yuzasidagi qarashlar olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Terminga qo'yiladigan talablar, atamaning xususiyatlari, undagi ko'p ma'nolilikni ifodalash jihatlari, terminologik birliklarda omonim, sinonim, antonim polisemiya hamda polifunksionalilik xususiyati mavjudligi, so'z birikmalari,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
shuningdek, turli xil so'zlar bilan yetkazilishi, ifodalanishi ko'plab tadqiqotlarda yoritilganiga guvohi bo'lyapmiz .
Chunki qayd etilgan va boshqa ko'plab sohalarda yo'nalish tilining maxsus leksik birliklarini tushunish qiyinchiliklar tug'dirishi yoki anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin.
Terminologiyaga oid muammolar jahon tilshunosligida ham atroflicha o'rganilgan. D.S.Lotte, V.P.Danilenko, T.L.Kandelaki, V.M.Leychikka tadqiqotlar olib borgan bo'lsa, o'zbek tilshunosligida S.Ibrohimov, S.Akobirov, S.Usmonov, R.Doniyorov, N.Mamatov, A.Hojiyev, H.Shamsiddinov, Z.Mirxoliqov, I.Pardayeva, N.Usmonov, A.Sh.Sobirov, I.Yuldashev, Z.Isaqova, G'.Ismailov, A.To'raxojayeva, A.Madvaliyev singari olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'zga tashlanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Terminologiya yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar terminni maxsus so'z, muallifning ongli so'z yaratish mahsuli sifatida, terminologiyani esa til umumiy tizimidagi alohida, aniq belgilangan quyi tizim sifatida ko'rib chiqdilar. "Termin leksemasi lotincha "terminus" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, oxiri, chek, chegara, tugash degan ma'nolarni bildiradi. "Termin - o'z lingvistik tabiatiga ko'ra, ilmiy-texnik yoki boshqa kasbiy tushunchalarni aniq, ixcham ifodalashi va axborotga boyligi bilan ajralib turadi".
Terminning aksariyat zamonaviy ta'riflarida uning tushuncha bilan bog'liqligi ilgari suriladi va bu xususiyat ko'rib chiqilayotgan lingvistik mohiyatni aniqlash uchun eng muhim deb e'tirof etiladi. Masalan, A.V.Superanskayaning "fanda termin va tushunchaning o'zaro bog'liqligi birinchi o'ringa chiqadi", fikriga e'tibor qarataylik. "Termin ortida doimo fikrlash obyekti turadi, lekin umumiy fikr emas, balki ma'lum bir soha bilan chegaralangan maxsus fikr. Bu termin bevosita ilmiy konsepsiya bilan bog'liq"1. "Terminlar maxsus tushunchalarning lingvistik ifodasi sifatida kasbiy, ilmiy(maxsus) bilimlarni qayta ko'rsatishning ma'lum usuli hisoblanadi. Obyektdagi umumiy va tabiiy narsani belgilaydigan maxsus tushunchani til belgisi orqali ifodalashda atama bilish vositasiga aylanadi"2
Hozirgi vaqtda termin semantikasi so'z semantikasidan farqlanib, A.A.Potebnyaning "Termin maxsus tushunchaning nomlanishi sifatida foydalanilganda tilning leksik birligi terminologik, konseptual ma'noga ega bo'lib, u o'ziga xos lug'aviy ma'no ustiga qo'yiladi"
1 Лингвис.илмий маколалар туплами,Тошкент "Akademnashr",200L-C69.
2Володина M.H. Когнитивно-информационная природа термина (на материале терминологии средств массовой
информации) / М.Н. Володина. - М.: Изд -во Моск. гос. ун-та, 2000. — C. 18.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Tilshunoslikda ma'lum tushunchalarni ifodalovchi umumiy va maxsus terminlar, termin va atama yuzasidagi qarashlar olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Terminga qo'yiladigan talablar, terminning xususiyatlari, undagi ko'p ma'nolilikni ifodalash jihatlari, terminologik birliklarda sinonimlar, antonimlarning mavjudligi, so'z birikmalari, shuningdek, turli xil so'zlar bilan yetkazilishi, ifodalanishi mumkin. Ammo yuqoridagi masalalar yuzasidan lingvistikada yaxlit xulosaga kelinmagan va olimlarning qarashlarida farqliliklar ko'zga tashlanadi. Leksikologiya bo'yicha ba'zi zamonaviy tadqiqotlarda ham so'zni atama yoki atama bo'lmagan birliklarga nisbatlash uchun aniq farqlash mavjud emas. Shu o'rinda qayd etish joizki, "terminologiya adabiy tilning quyi tizimi sifatida qaraladi, ya'ni atamashunoslik umumiy adabiy til doirasida, lekin mustaqil "sektor" hisoblanadi. Terminologiyaning bu "ma'muriy-hududiy" pozitsiyasi, bir tomondan, umumiy adabiy til taraqqiyotidagi tendensiyalarning majburiyligini, ikkinchi tomondan, atamashunoslik taraqqiyotida ma'lum bir erkinlik, mustaqillik va o'ziga xos xususiyatni belgilaydi. Adabiy til rivojiga ta'sir etish imkoniyatiga ega bo'ladi"3.
S. Usmonov, M. Mirhamidov, S. Hasanovlarning fikricha: " .... atama so'zining ma'nosi termin so'zining ma'nosiga nisbatan keng bo'lib, u barcha narsalarning nomi sifatida tushuniladi, termin esa muayyan bir tor sohada qo'llanuvchi rasmiylashgan so'zdir. Shu ma'noda, "termin" tushunchasi «atama» tushunchasining ichiga kiruvchi ilmiy-lug'aviy birlikdir"4.
Termin — bu ixtisoslashgan sohadagi ma'lum bir tushuncha uchun belgi. Termin tarkibida bitta so'z (oddiy atama) yoki ko'p so'z (murakkab atama) bo'lishi mumkin. Termin, shuningdek, belgi yoki formula holatda ham bo'lishi mumkin.
Аtаmаlаr umumiy tildagi so'zlarga o'xshash bo'lishi mumkin. Biroq, atamalarni umumiy tildagi so'zlardan farq qiladigan narsa, ularning kontekstida yoki ixtisoslashgan sohasida ega bo'lgan o'ziga xos va batafsil ma'nosidir.
Matnni tarjima qilishda asarning tabiati va maqsadli auditoriya umumiy tildagi atama yoki so'z asar kontekstiga to'g'ri keladimi yoki yo'qligini aniqlashga yordam berishi kerak.
Hozirgi kunda tilshunoslikda atama sohasida olib borilgan ko'plab izlanishlarga ko'ra, "termin" atamasini ta'riflash muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Terminning muhim xususiyatlarini o'rganish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lsa-da, tilshunoslikda hali ham "termin"ning mohiyatini aniqlashning universal va to'liq usullari ishlab chiqilmagan.
4 ycMoHoB C.Mnp^aMHgoB M., X,acaHoB C.ropncTHHHr HyTK; MagaHHHTH. - T.: 2007. -1176.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Tilshunoslikda termin atamasi bir-biriga o'xshash variantlarda talqin qilinadi. Sh.Qo'chqorovning fikricha, "termin kasbiy ma'no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar hamda ularning o'rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtayi nazaridan bilish, ularni o'zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so'z yoxud birikmalardir"5.
X.Narxodjayeva terminning quyudagi xususiyatlarini sanab o'tadi:
"1) termin - umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo'lgan ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik yoki birikmalardir;
2) termin - aniq narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsus nomidir;
3) termin uchun muayyan ta'rif zarur bo'lib, uning yordamida ma'lum atama mazmunini aniqroq ifodalash, ularning birini ikkinchisidan ajratish, ma'lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirish hamda ularning farqlovchi belgilarini ravshanroq ko'rsatish mumkin"6
Ma'lumki, terminologiya fani turli fanlarning rivojlanishi natijasida paydo bo'lgan. Hozirgi kunda har bir fan aspektida o'ziga xos terminologiya mavjud.
Ko'plab tilshunoslar atamashunoslikning mohiyatini, uning leksik-semantik, funksional-strukturaviy jihatlarini turlicha tadqiq qilgan. XIX asrgacha ular umumiy terminologiya masalalariga qiziqqan bo'lsalar, XX asrdan boshlab, har bir fan sohasi alohida terminologiyasiga oid tadqiqotlar olib borishgan. Terminologiyani standartlashtirish - bu atamalarning muayyan standartlarga mos kelishini ta'minlash jarayonidir. Asosan, ushbu asosiy mezonlarga asoslanishimiz mumkin:
-atama lingvistikjihatdan to 'g'ri bo 'lishi kerak;
-u ifodalagan tushunchaning xususiyatlarini imkon qadar aks ettirishi kerak;
-u qisqa bo 'lishi kerak; u boshqa shakllarni yaratish imkoniyatiga ega bo 'lishi kerak;
-bitta tushuncha uchun faqat bitta atama bo'lishi kerak.
O'zbek tilshunosligining hozirgi rivojlanish bosqichida turli atamalarni tadqiq etishga bag'ishlangan bir qancha monografiya va risolalar nashr etilgan. Bu borada olib borilgan tadqiqot ishlarining mazmuniga qarab, terminshunos olimlarni ikki guruhga ajratish mumkin: nazariyotchilar va amaliyotchilar. Ular terminshunoslik fanining obyekti va predmetini aniqlab berishga katta hissa qo'shganlar. Umumlashgan qoidani ma'qullovchilar atamalar tizimida nazariy tushunchani bilishni ta'kidlab o'tgan bo'lsa, kundalik tajriba egalari esa atamalarni tilga oid jihatlari bilan bir qatorda ulardan foydalanishni targ'ib qilganlar. Ikkala
5 Qo'chrorov Sh. Diplomatik til asoslari. - Toshkent; O'qituvchi, 2006.- 76 b.
6 Narxodjayeva X. Jarayon anglatuvchi terminlarning o'zbek tilida tutgan o'rni. - Toshkent: Fan, 2013- B.11
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
guruh terminshunos olimlari terminologiya fanining asosiy muammolarini belgilab berganlar.
Hozirgi zamon o'zbek tilshunosligida termin, terminologiya atamalarining ma'nolari hamda ular borasidagi fikrlarni ajratish eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Terminolog-tilshunoslar bu muammo ustida qilingan ishlari keng qamrovli bo'lsa-da, bu atamaning kelib chiqishi(ya'ni uning etimologiyasi)ni aniqlashda yaxlit fikrga kelisha olmagan.
Boshqa Yevropa tillaridagi "terminus"ning - chegara ma'nosidan tashqari, boshqa ma'nolarni anglatishi haqida bir necha fikrlar ma'lum qilingan. Masalan, bu leksik birlik fransuz tilida "term" so'zini, ya'ni to'g'ridan to'g'ri "termin" so'zining ma'nosini anglatadi. Ammo hozirda termin deganda turli sohalarga oid turg'un ma'noli so'zlar tushuniladi. Masalan, qishloq xo'jaligiga, texnikaga, san'atga, kasb-hunarga oid so'zlar.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'tgan asrdan boshlab terminologiya faniga oid qator ilmiy anjumanlar o'tkazildi, o'ntaga yaqin monografiya va 20 dan ortiq maqolalar to'plami tayyorlandi. Bundan tashqari mingdan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozirgi kunda terminlarni o'rganish jadal rivojlanib va ko'plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, terminologik va ensiklopedik lug'atlar, jumladan, politexnik, ilmiy va kasbiy terminlar lug'atlari chop etilishi, xorijiy davlatlardan qabul qilinayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar terminlarni bir tildan boshqa tilga o'girish muammosi atroflicha hal qilinmoqda.
REFERENCES
1. Qo'chqorov Sh. Diplomatik til asoslari. - Toshkent; O'qituvchi, 2006.- 76 b.
2. Narxodjayeva X. Jarayon anglatuvchi terminlarning o'zbek tilida tutgan o'rni. -Toshkent: Fan, 2013- B.11
3. ycMoHoB C.MnpxaMngoB M., X,acaHoB C.ropucTHHHr HyTK MagaHH^ra. - T.: 2007. -1176..