TERMINOLOGIYA VA UNING ISLOM HUQUQIDA
RIVOJLANISHI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7461017
Saloxiddin QURBONOV,
TDSHU stajyor-o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998932583201; E-mail: qurbansalah@gmail .com
Annotatsiya: Ushbu maqolada terminologiya va uning islom huqiqida rivojiga bag'ishlangan bo'lib, avvalo termin tushunchasi va uning ko'lami, terminlarning shakllanishining davriy, simpoetik jihatlari, islom huquqiga oid terminlarning shakllanishi jarayoni va bosqichlari o 'rganligan.
Kalit so'zlar: fiqh, istiloh, nikoh, masala, shar 'iy hukm, ahkom, shari'at.
Аннотация: Данная статья посвящена терминологии и ее развитию в исламском праве, в первую очередь, понятию термина и его объему, периодическим, симпоэтическим аспектам образования терминов, процессу и этапам образования терминов, относящихся к исламскому праву. изучаются права.
Ключевые слова: юриспруденция, истилах, брак, спор, шариатское постановление, ахком, шариат.
Abstract: This article is devoted to terminology and its development in Islamic law, first of all, the concept of the term and its scope, periodic, sympoetic aspects of the formation of terms, the process and stages of the formation of terms related to Islamic law are studied.
Key words: jurisprudence, istilah, marriage, issue, Shariah ruling, ahkom, shari'at.
Hozirgi taraqqiy etgan adabiy tillarda terminologiya masalasi muhim rol o'ynaydi. Terminologiya odatda "ilmiy til" deb ataluvchi muhim qatlamni o'z ichiga oladi. Shuning uchun tilshunoslikda terminning til tizimidagi o'rni, uning umumiy til xususiyatlari, terminning ilm-fan taraqqiyotiga ta'siri, texnika ishlab chiqarish, ta'lim, boshqaruv sistemalaridagi ahamiyati, yangi terminlarning hosil bo'lishi kabi masalalar doim o'rganib kelinadi. Bu sohani sharhlashdan avval termin o'zi nima degan savolga javob topish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu
savolga ko'plab aniq va uncha aniq bo'lmagan javoblar berilgan. Termin so'ziga berilgan ta'riflar ichida quyidagi ta'riflar haqiqatga yaqinroqdir.
Termin - bu kasbiy (professional) ahamiyatga ega bo'lgan so'z yoki so'z birikmasi bo'lib, kasbiy tushunchani anglatadi, shakllantiradi va ma'lum bir ob'ektlar, ular orasidagi munosabatlarni, ma'lum bir soha nuqtai nazaridan bilish jarayonida ishlatiladi [1,105.].
2-ta'rif: Ilm-fan, texnika, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarga oid tushunchalarning aniq ifodasi bo'lgan so'z yoki so'z birikmasiga termin, deyiladi [2,12]. Har bir fan, soha yoki kasb o'z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikaga ega bo'ladi. Bunday maxsus leksika fanda terminologiya, deb ham yuritiladi. Ular huquq terminologiyasi, lingvistik terminologiya va boshqalar. Shu o'rinda termin va atama so'zlariga izoh berish bilan, ularning farqlari xususida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Ma'lumki, "termin" so'zi rus leksikasiga oid so'z bo'lib, uning muqobili sifatida o'zbek leksikasiga oid bo'lgan "atama" so'zini olish yoki olmaslik xususida tilshunos olimlar o'rtasida ko'plab bahs-munozaralar bo'lib o'tgan va termin so'zini atama so'ziga almashtirishni ma'qullab bo'lmaydi, degan xulosaga kelingan. Chunki, birinchidan, atama umuman "narsa-hodisa, belgi va harakat kabilarni atovchi so'z" degan ma'noga ega. Masalan: olma, katta, kelmoq so'zlari narsa, belgi va harakatning atovchisi (atamasi) hisoblanadi [3,23]. Termin so'ziga nisbatan bunday deya olmaymiz. Yuqorida aytib o'tganimizdek termin bu biror sohaga oid tushunchaning aniq va barqaror ifodasidir. Atama so'zi termin haqida aytilgan ta'rif va xususiyatga ega emas. Xuddi shuning uchun ham "termin" ma'nosida ilgari qo'llangan istiloh va atama so'zlari, vaqti kelib, terminga qo'yiladigan talablarga to'la javob bera oladigan shu so'z (termin so'zi) bilan almashtirilgan edi. Bundan tashqari, dunyoning deyarli barcha tillarida, jumladan turkiy tillarda terminga xos yuqorida keltirilgan ma'noda shu so'z (termin so'zi) qo'llanadi, ya'ni u haqiqiy ma'noda baynalminal so'z hisoblanadi. Atama so'zi umuman nom ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi dalillarga tayanib bu ilmiy ishimni yozishda ham termin so'zidan foydalanamiz. Terminlarning hosil bo'lishi nazariy bilimlarning o'sishi, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog'liq deb o'ylash xatodir. O'tmishda ham, hozirgi vaqtda ham har qanday soha o'z terminologiyasiga ega bo'lgan. Ko'pgina odatiy nutqda ishlatiladigan
so'zlar kasbiy nutqda termin bo'lishi mumkin. Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so'zlar bo'lsada, lekin bu so'zlarning qo'llanilishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo'lishi shart emas. Bunda ikki xil holatni kuzatish mumkin.
1. Ayrim terminlarning ma'nosi shu sohaga aloqasi bo'lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo'ladi va ko'pchiilik tomonidan foydalanilaveradi. Masalan, botanikaga oid terminlar: g'o'za, bug'doy, o'rik; san'atshunoslikka oid terminlar: sahna, afisha, aktyor, nikoh masalasiga oid terminlar: bolig', bolig'a, nikoh; meditsinaga oid: ukol, narkoz va boshqalar.
2. Ayrim terminlar faqat shu sohaga oid kishilar uchungina tushunarli bo'ladi va shu soha kishilari nutqidagina qo'llanladi. Masalan, tilshunoslikka oid: fonema, morfema, o'zak, urg'u; kimyoga oid: oksid, indikator; islom huquqi nikoh masalasiga oid: kafoat, ishg'or nikoh, mut'a nikoh. Shuni aytish kerakki, umumiste'moldagi so'zlar ma'lum bir sohaga oid tushunchani ifodalaydigan so'z sifatida qo'llanilib, terminga aylanishi mumkin. Bunday hollarda u dastlabki ma'nosi bilan umumiste'moldagi leksikaga, maxsus (terminologik) ma'nosi bilan esa terminologik leksikaga oid bo'ladi. Masalan, kundalik nutqda ishlatiladigan "tom", "devor", "shift" kabi oddiy so'zlar quruvchilar va arxitektorlar nutqida termin hisoblanadi. Bir soha odamlari orasida ishlatiladigan terminlar o'zaro faoliyat jarayonida munosabat-aloqani ta'minlab beradi va o'sha ishning samaradorligiga ta'sir etadi. Shunday qilib lug'at tarkibidagi ma'lum bir so'z umumiste'moldagi so'z ham, termin ham bo'lishi mumkin ekan [2,12]. Terminologiya masalasining shu kunga qadar murakkabligi va hal qilinmagan tomonlari mavjudligiga qaramay shuni ta'kidlash mumkinki, termin bu kasbiy tafakkurning quroli va natijasidir. Shuning uchun ham bu soha mutaxassislari termin so'z yoki so'z birikmasi bilan ifodalangan bo'lishidan qat'iy nazar, u ochiq oydin ma'noga ega bo'lishi va yagona tushunchani ifodalashi kerakligini ta'kidlaydilar. Termin bu til birligini belgilab va nomlab beruvchi leksik birlikdir. Terminning ma'nosi umumiy ishlatiladigan so'zlar ma'nosiga qaraganda, o'ta aniq bo'ladi, unda qo'shimcha ma'nolar bo'lmaydi. Ma'lum bir sohaga oid terminlar o'zaro so'z yasovchilik va tushuncha munosabatlari jihatidan bog'liq bo'ladi. Masalan, "grammatika", "morfologiya", "sintaksis" kabi tilshunoslik
terminlari o'zaro so'z yasovchilik jihatidan bir-biriga tobe, bog'liq bo'lmasada, ma'no, tushuncha jihatidan o'zaro bog'liqdir. Lekin buning aksi, ya'ni so'z yasalish jihatidan bog'lanish bo'lib, tushuncha bog'liqligi yo'q bo'lishi mumkin emas. "Morfema", "morfologiya", "morf" kabi terminlar so'z yasalishi nuqtai nazaridan bog'liq bo'lsalarda, ularda tushuncha bog'liqligi ham mavjud [ 4, 92.]. Terminlar qo'llanilishi sohasiga ko'ra ikki katta guruhga bo'linadi:
1. Ilmiy terminlar - ilm-fanga oid terminlardir.
a) Tilshunoslikka oid: fonema, fonetika, leksika semantika, frazeologiya, morfologiya, sintaksis va hokazo.
b) Adabiyotshunoslikka oid: sifatlash, o'xshatish, mubolag'a, tajnis, talmeh, roman, hikoya.
v) Tarixga oid: kapitalizm, feodalizm, kommunizm.
Shu va shu kabi boshqa ko'plab ilm-fan sohalariga oid terminlar ilmiy terminlar deb ataladi.
2. Professional terminlar. Ma'lum kasb-hunarga va mutaxassislikka oid monosemantik so'zlar professional terminlardir.
a) kulolchilik kasbiga oid: angob, taqsir (sopol idishlarning yuziga beriladigan bo'yoq), gulbo'ta (tog'dan chiqadigan ko'kimtir oq tusli loy);
b) Poyabzaldo'zlik kasbiga oid: bigiz, qolip, beshlik, dastak, giocho'p;
v) Tikuvchilikka oid: igna, mato, bichim, andoza, chok, ip.
Endi fiqhiy terminologiya haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, u tarixan rivojlanishning ikki bosqichini o'z ichiga oladi.
1. Klassik davr;
2. Zamonaviy davr.
O'rta asrlarda diniy ilm hisoblangan islom huquqi, arab tilshunosligi, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa fanlarga oid manbalar an'anaviy arab tilida yozilgan. Ularda o'ziga xos mazmunga ega bo'lgan terminlarning ko'pligi shu davrda arab tilshunosligida terminologiya sohasi ancha taraqqiy etganligini ko'rsatadi [3, 75.].
Islom huquqi (fiqh)ga oid terminlar va ularni tarjima qilish masalasi: Shariat - eng avvalo, Qur'on va Sunnatda mustahkamlanib qo'yilgan, musulmonlarning e'tiqodini belgilaydigan, ularning ma'naviy qadriyatlarini shakllantiradigan, shuningdek ularning xulq-atvorini tartibga soluvchi muayyan normalar manbai sifatida amal qiladigan qoidalar
majmuidir. Shariat, deganda ko'pchilik insonlar musulmoncha turmush tarzini, shu turmushning barcha normalarini, ya'ni diniy, axloqiy, yuridik, maishiy va boshqa odatlarni o'z ichiga olgan xulq-atvor qoidalari sifatidagi ma'lum normalarni tushunadilar. Lekin Qur'on va Sunnatda musulmonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni belgilovchi muayyan qoidalar ko'p emas. Shu sabab ko'plab ijtimoiy va huquqiy normalarni diniy aqidalarga moslashtirish va yangi rivojlanib borayotgan jamiyatdagi munosabatlarni islom ta'limoti qoidalari asosida tartibga solish ehtiyoji fiqh ilmining shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qildi. VIII asr oxiri IX asrning birinchi yarmiga kelib, huquqshunoslikning o'z tushunchalari, o'ziga xos tili va uslubi shakllandi [12, 124.].
Bu fanning alohida fan sifatida shakllanishiga islom olamining kengayishi, fath etilgan o'lkalar sonining jadal sur'atda o'sishi, turli millatlarning islom dinini qabul qilishi kabi omillar sabab bo'lgan. Taxminan X asrlarga kelib fiqh-huquqshunoslik fani diniy ilmlar sirasiga kiruvchi mustaqil fan sifatida uzil-kesil tarkib topdi [12, 124.]. VII asrda boshlangan fath yurishlari natijasida arab xalqlari zabt etilgan mamlakatlarning madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu davrda islom madaniyatining keng ommaga tarqalishi qanchalik shiddat bilan amalga oshgan bo'lsa, yangi terminlarga bo'lgan ehtiyoj shu qadar kuchaydi. Shu fan sohalari ichida dinshunoslik tarkibiga kiruvchi huquqshunoslik "fihq ilmi" nomi bilan mustaqil fan sifatida shakllandi. Turgan gapki, fiqh ilmining rivojlanishi unga oid yangi terminlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Bizga ma'lumki, arab tilida bir so'z bir necha ma'nolarda qo'llaniladi, shu sabab islom huquqiga oid terminlarga ta'rif berilayotganda, mana shu so'z asli qaysi o'zakdan olingan, u lug'atda qanday ma'noni angladi-yu, istilohda qanday ishlatiladi va hatto, bu termin nima sababdan shu ma'noda qo'llanilayotganligiga ham sharh berib ketiladi. Masalan, "fiqh" terminining o'zini oladigan bo'lsak, unga shunday ta'rif berilgan: "Fiqh" so'zi ^ o'zagidan olingan bo'lib, lug'atda "anglamoq", "tushunmoq", "fahmlamoq" kabi ma'nolarni anglatadi. Shariat istilohida esa,ya'ni termin sifatida "-&!!" "al-fiqh" "islom huquqi" deb yuritiladi [13,51-52].
Fiqh ilmi musulmon shaxsi butun umri davomida va kundalik hayotida to'qnash kelishi mumkin bo'lgan vaziyatlardagi ixtilofli masalalar, har bir vaziyatga doir xos hukmlarni o'rganadi.
Islom huquqiga oid fiqhiy masalalar, ya'ni zamonaviy termin bilan aytadigan bo'lsak islom huquqi institutlaridir. Mazkur umum mazmunga ega mavzulashtirilgan terminlarni tahlil qilsak, ular odatda izofiy birikma shaklida beriladi. Endi "fiqhiy masala" terminining o'ziga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, o'zbek tiliga o'girilgan ba'zi manbalarda ular asl arab tilidagi kabi "masala" tarzida, transliteratsiya usulida berilsa, ba'zilarida "fiqhiy institut" deb "masala" terminini o'rnini bosuvchi "institut" termini orqali berilgan. Masalan: "Nikoh, ajralish, qarindoshlik, savdo-sotiq, oilani moddiy ta'minlash, bolalar tarbiyasi bo'yicha majburiyatlar, qonun bo'yicha vorislik, huquqiy layoqatlikni cheklash, vasiylik va homiylik va hokazolar mazkur huquqning institutlaridir" [16, 584.]. Yuqorida keltirilgan parchadan shuni aytishimiz mumkinki, bu yerda fiqhiy masalalar nomlarini o'zbek tilida berishda "nikoh", "vasiylik" kabi ham transliteratsiya usulidan foydalangan holda, ham ona tilimizda mavjud, "ajralish" (taloq so'zining tarjimasi), "qarindoshlik" (vala'un so'zining tarjimasi), "savdo-sotiq" (kitobu-l-bay' so'zining tarjimasi) kabi bu so'zlarning tarjimasi orqali berilganining guvohi bo'lamiz.
FOYDALANILGAN VA ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Кодуков М. Общее языкознание. -М., 1974. - Б..105.
2. Шоабдурахмонов Ш., Аскарова М. Хрзирги узбек адабий тили. -Т.: Ук;итувчи, 1980. - Б.12.
3. Хожиев А. Термин танлаш мезонлари. -Т.: Фан, 1996. - Б.23.
4. Мусаев Таржима назарияси. -Т.: Фан, 2005. - Б.92.
5. Абдужабборов А. Араб тили. -Т.: Тошкент ислом унив-ти, 2007.
6. Абдурахмонов Г.А., Шоабдурахмонов Ш.Ш., Х,ожиев А.П. Узбек тили грамматикаси. -Т.: Фан, 1976.
7. Абдурахмонов Х. ва бош;алар. Узбек тилининг амалий грамматикаси. -Т.: У;итувчи, 1992.
8. Аскарова М., Шоабдурахмонова Ш. Хрзирги узбек адабий тили. -Т.: Узбекистон, 1980.
9. Бурхониддин Маргиноний. Хддоя. I жилд (Салохиддин Мухиддин рахбарлигидаги таржимонлар гурухи). -Т.: Адолат, 2000.
10. Жузжоний А.Ш. Ислом хукукшунослиги. -Т.: ТИУ, 2002.
11. Каримов А., Еаффоров З. Давлат ва хукук асослари. Дарслик. -Т.: Укитувчи,
12. Рахмонов А. Ислом хукуки. -Т.: Адолат, 2007. - Б.124.
13. Бегматова Б. Шаркшунослик масалалари илмий маколалар туплами. Ислом хукукига оид терминларнинг лугавий ва истилохий маънолари. -Т., 2009. -
14. Бурхониддин Ал-Маргиноний. Хддоя. I жилд. (Салохиддин Мухиддин рах.даги таржимонлар гурухи). -Т.: Адолат, 2000. - Б.24/
15. Бурхониддин Ал-Маргиноний. Хддоя. I жилд. (Салохиддин Мухиддин рах.даги таржимонлар гурухи). -Т.: Адолат, 2000. - Б.24.
16. О.Каримов, З.Еаффоров. Давлат ва хукук асослари: Дарслик. -Т.: Укитувчи, 1995. - Б .584.
17. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.
18. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.
19. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.
20. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).
21. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.
1995.
Б.51-52.