Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O`QITISH JARAYONIDA TRANSPORT SOHASIGA OID TERMINLARNI TADBIQ ETISH USULLARI'

INGLIZ TILINI O`QITISH JARAYONIDA TRANSPORT SOHASIGA OID TERMINLARNI TADBIQ ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Termin xususiyati / leksik birlik / metodika / didaktika / leksika / komponent / texnologiya / chet tili / ingliz tili.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — J. Turobov

Ushbu maqolada bo‘lg‘usi transport mutaxassislari tomonidan ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida temir yo‘l sohasiga oid terminlar bilan ishlash tartibi tahlil etilgan. Temir yo‘l sohasiga oid terminlarning tasnifi va uning qo‘llanilish tartibi yoritib berilgan. Ingliz tili temir yo‘l terminologiyasi lingvistik nuqtai nazardan til leksikasining bir qismini tashkil qilib mazmun va struktur xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chet tili o‘qitish metodikasi lingvodidaktikaning ajralmas qismi bo‘lib, terminlarni o‘qitishda ularning lingvistik xususiyatlarining ahamiyati borasida fikr yuritilgan. Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xorijda hamda O‘zbekistonda olib borilgan izlanishlar tahlilga tortilgan. Tahlil natijalari asosida yakuniy xulosalarga kelingan. Asosan, cohaviy terminlarning lingvistik tadqiqi O‘zbek olimlari H. Paluanova, O. Axmedov va D. Kadirbekova ishlarida chuqur o‘rganilgan bo‘lsa, Rus olimlaridan V. Leychik, L. Krыsin va G. Vinokurlarning tadqiqotlari ishda nazariy asos vazifasini bajargan. Ilmiy va nazariy jihatdan o‘rganilgan adabiyotlar tahlili asosida chiqarilgan xulosalar temir yo‘llari sohasiga oid terminlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi leksik variantlarini keltirish orqali asoslangan. Shuningdek, maqolada tyerminlarning morfologik tuzilishi va semantik ma’nolari jihatidan qo‘llanilishi hamda ularni umumiy yasalish qonuniyatlariga ko‘ra farqlash qonuniyatlari o‘z aksini topgan. Termin yasash usullariga ko‘ra, temir yo‘l sohasida qo‘llaniladigan terminlarni tasniflash muammosiga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, sohaga oid terminlarni tasniflashning asosiy mezonlari sanab o‘tilgan va bu ishning nazariy qiymatini oshirgan. Temir yo‘l sohasidagi bo‘lg‘usi mutaxassislarning kasbiy kompetansiyalari orasida muhum ahamiyat kasb etgan jihatlar eslatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O`QITISH JARAYONIDA TRANSPORT SOHASIGA OID TERMINLARNI TADBIQ ETISH USULLARI»

UZBEKISTAN STATE WORLD LANGUAGES UNIVERSITY

THEORY OF LITERATURE AND LANGUAGE

ISSN 3060-4559 _

UDK (UO'K, УДК): 372.881.111.1

INGLIZ TILINI O'QITISH JARAYONIDA TRANSPORT SOHASIGA OID TERMINLARNI TADBIQ ETISH USULLARI

Turobov Jaxongir Ravkat o'g'li

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O'zbekiston jahongirturobov@mail.ru 0009-0008-4619-2868

ANNOTATSIYA

KALIT SO'ZLAR

Ushbu maqolada bo'lg'usi transport mutaxassislari tomonidan ingliz tilini o'zlashtirish jarayonida temir yo'l sohasiga oid terminlar bilan ishlash tartibi tahlil etilgan. Temir yo'l sohasiga oid terminlarning tasnifi va uning qo'llanilish tartibi yoritib berilgan. Ingliz tili temir yo'l terminologiyasi lingvistik nuqtai nazardan til leksikasining bir qismini tashkil qilib mazmun va struktur xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chet tili o'qitish metodikasi lingvodidaktikaning ajralmas qismi bo'lib, terminlarni o'qitishda ularning lingvistik xususiyatlarining ahamiyati borasida fikr yuritilgan. Kasbga yo'naltirilgan ingliz tilini o'qitish bo'yicha xorijda hamda O'zbekistonda olib borilgan izlanishlar tahlilga tortilgan. Tahlil natijalari asosida yakuniy xulosalarga kelingan. Asosan, cohaviy terminlarning lingvistik tadqiqi O'zbek olimlari H. Paluanova, O. Axmedov va D. Kadirbekova ishlarida chuqur o'rganilgan bo'lsa, Rus olimlaridan V. Leychik, L. Krtisin va G. Vinokurlarning tadqiqotlari ishda nazariy asos vazifasini bajargan. Ilmiy va nazariy jihatdan o'rganilgan adabiyotlar tahlili asosida chiqarilgan xulosalar temir yo'llari sohasiga oid terminlarning o'zbek, rus va ingliz tillaridagi leksik variantlarini keltirish orqali asoslangan. Shuningdek, maqolada tyerminlarning morfologik tuzilishi va semantik ma'nolari jihatidan qo'llanilishi hamda ularni umumiy yasalish qonuniyatlariga ko'ra farqlash qonuniyatlari o'z aksini topgan. Termin yasash usullariga ko'ra, temir yo'l sohasida qo'llaniladigan terminlarni tasniflash muammosiga alohida to'xtalib o'tilgan bo'lib, sohaga oid terminlarni tasniflashning asosiy mezonlari sanab o'tilgan va bu ishning nazariy qiymatini oshirgan. Temir yo'l sohasidagi bo'lg'usi mutaxassislarning kasbiy kompetansiyalari orasida muhum ahamiyat kasb etgan jihatlar eslatib o'tilgan.

Termin xususiyati; leksik birlik; metodika; didaktika; leksika; komponent;

texnologiya; chet tili; ingliz tili.

ПРОБЛЕМЫ РЕАЛИЗАЦИИ ТЕРМИНОВ, СВЯЗАННЫХ С ТРАНСПОРТНЫМИ ПУТЯМИ, В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ

Туробов Жахонгир Равкат ^ли

Узбекского Государственного университета мировых языков Ташкент, Узбекистон jahongirturobov@mail.ru 0009-0008-4619-2868

АННОТАЦИЯ

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА

В следующей статье рассматриваются проблемы преподавания терминов, относящихся к сфере железных дорог, для будущих специалистов. Более того, классификация и применение терминов были предложены в статье. Железнодорожные термины отличаются от других лингвистических единиц из-за семантических и структурных особенностей. Методика преподавания иностранных языков считается частью лингводидактики. Статья дает читателю достаточную информацию о сущности языковой особенности термина в процессе занятий. Проанализированы исследования в области преподавания английского языка для конкретных целей, предпринимаемые за рубежом и в Узбекистане. По результатам анализа сделаны выводы. Лингвистическим исследованием отраслевых терминов занимались узбекские ученые, такие как работы Х. Палуанова, О. Ахмедов и Д. Кадырбекова глубоко изучены, исследования российских ученых, такие как В. Лейчика, Л. Крысина и Г. Винокура послужили теоретической основой для данного дела. Выводы, сделанные из анализа научной и теоретической литературы, основаны на лексических версиях терминов в железнодорожном секторе на узбекском, русском и английском языках. В статье также описывается морфологическая структура терминов и их смысловые значения, а также правила дифференциации по способам словообразования. Выделена проблема классификации терминов, используемых в железнодорожной отрасли, и перечислены основные критерии классификации терминов в железнодорожном секторе, что повышает теоретическую ценность работы. В статье упоминаются важные аспекты профессиональной компетентности будущих железнодорожников.

Особенности терминов; лексическая единица; методология; дидактика; лексика; компонент;

технология; иностранный язык; английский язык.

THE PROBLEMS OF IMPLEMENTATION OF TERMS RELATED TO THE TRANSPORT IN THE PROCESS OF TEACHING ENGLISH LANGUAGE

Turobov Jakhongir Ravkat o'g'li

Uzbek State World Languages University Tashkent, Uzbekistan jahongirturobov@mail.ru 0009-0008-4619-2868

ABSTRACT

KEYWORDS

The following article deals with the problems of teaching terms related to the sphere of railways for the future specialists. The content of the work includes the analyses of process of above mentioned ESP classes. Moreover, the classification and the application of the terms have been mentioned in the article. The railway terms differ from the other linguistics units due to the semantic and structural peculiarities. The methodology teaching foreign languages is considered to be a part of the lingvodidactics. The article provides the reader with the sufficient information about the essence of the linguistic feature of the term during the process of the classes. Analysis of the researches in the sphere of teaching English for the specific purposes undertaken in abroad and in Uzbekistan have been analyzed. Based on the results of the analysis, conclusions have been made. Linguistic research of branch terms was engaged in Uzbek scholars as H. Paluanova, O. Akhmedov and D. Kadyrbekova's works are studied deeply, and Russian scientists as V. Leichik, L. Krysin and G Vinokur's researches served as the theoretical basis in the case. The conclusions drawn from the analysis of the scientific and theoretical literature are based on the lexical versions of terms in the railway sector in Uzbek, Russian and English. The article also describes the morphological structure of the terms and their semantic meanings, as well as the rules of differentiation according to the ways of word-formation. The problem of classification of terms used in the railway industry is highlighted, and the main criteria for classifying terms in the railway sector are listed, which increases the theoretical value of the work. The important aspects of professional competence of future railroad professionals are mentioned in the article.

Peculiarities of terms; lexical unit; methodology; didactics; lexica;

component; technology; foreign language; English language.

KIRISH

Jahon tilshunosligida XIX asrda yuzaga kelgan ilmiy-falsafiy qiziqish maxsus terminologik ma'no kasb etgan o'ziga xos til birligi —terminni o'rganishga nisbatan e'tiborni oshirdi, buning sabablari terminlarning yasalishi va ekstralingvistik omillarning terminologiyaga ta'siri bilan uzviy bog'liqligi edi. Temir yo'l sohasi vakillari tillarning zamonaviy terminologik bazalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda bevosita temir yo'l sohasi uchun bir necha xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taqazo etadi. Shuning uchun temir yo'l sohasida qo'llaniladigan terminlarning ilmiy-nazariy jihatlarini o'rgatish muhim vazifa hisoblanadi. 20

Malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda o'quv jarayoni yetakchi o'ringa ega. O'qitishning mohiyati asli bo'lg'usi temir yo'l mutaxassislarining bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va muayyan dunyoqarashini xosil qilishga qaratilgan faol o'quv jarayonini samarali tashkillashtirishdan iborat. O'qitish jarayoni talaba va ta'lim beruvchining ta'lim maqsadlariga erishishga qaratilagan, tashkillashtirilgan hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, uning mohiyati talabalarning bilimlarni egallash, qobiliyatlarini rivojlantirish hamda qarashlarini shakllantirishni stimullash va tashkillashtirishga qaratilgan jadal o'quv faoliyatidan iborat.

Texnik taraqqiyotning jadal o'sishi natijaksida unga hamoxang tarzda sohaviy terminologiya ham o'ziga xos tarzda shakllanib bormoqda. Bu o'z navbatida s ohaviy terminologiya, uni chet tillarda o'qitish, turli tillardagi qiyosiy tatbiqi hamda mutaxassis tilini rivojlantirish tendensiyalarini o'rganishga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi.

Bugungi kunda mamlakatimiz sohaviy tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlar tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar oqimini jadallashtirmoqda. Bu hol soha egalarining o'z kasbiga oid termin va tushunchalarning asl mazmun-mohiyati to'g'risida yetarli bilimga ega bo'lishlarini taqazo etmoqda. Ayniqsa temir yo'l sohasiga oid terminlarni tarjima qilish texnikasi, temir yo'l sohasiga oid terminlarning semantik xususiyatlari, turli tillarda temir yo'l sohasiga oid terminologiyaning tipologik tasnifini qiyoslash, lingvistik tahlili va tarjima muammolarini o'qitish, affiks va prefikslar yordamida temir yo'l sohasiga oid terminlarni yasash va ulardan amaliyotda foydalanish bo'yicha ilmiy izlanishla r olib borish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Terminlar insonning fikrlash faoliyati mahsuli, tamoyillar, qoidalar, qonunlar, nazariyalar shakllanishiga xizmat qiluvchi vosita sifatida fan va texnika tilining muhim tarkibiy qismi. Terminlar nafaqat tilshunoslar, balki turli soha mutaxassislar uchun ham foydalanish manbaidir (Paluanova X. 2016, 12).

ASOSIY QISM

Terminologiya yo'nalishiga oid faoliyat natijalarini keng qo'llanishi

terminologik sohaning keyingi yo'nalishlarini ochadi, yangi maqsad va vazifalarni

belgilashga imkon beradi. Ilmiy adabiyotlarda termin so'ziga turlicha ta'riflar keltirib

o'tilgan masalan, L. Krysin terminga quyidagicha ta'rif beradi: "Termin" leksemasi

lotincha "terminus" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "oxiri", "chek", "chegara",

"tugash" degan ma'nolarni bildiradi" (Krysin L.P., 1998, 5). V.N. Shevchuk fikricha:

Tyermin bu — so'z bo'lib, o'rta asrlarda "aniqlash", "ifodalash" degan ma'nolarni

ifodalagan (Shevchuk V.N., 1983, 198). P. Nishonov, "Termin — tuzilishiga ko'ra

so'z yoki so'z birikmasi bo'lib, semantikasi jihatidan maxsus soha doirasi bilan

chegaralangan va shu sohaga oid tushunchani ifodalovchi leksik birlikdir" (Nishonov

21

P., 2009, 26) deya ta'kidlaydi. Terminlarning ko'plab ilmiy tasnif va tavsiflari mavjud bo'lib, ular tushunchalarni ta'riflashning turli aspektlar nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi. Bu tasniflara terminlarni hosil qilish xususiyatlari, ularni tizimlashtirish, muayyan turlarga ajratish asosida lisoniy xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan.

"Terminlar aslida leksik-semantik jihatdan umumadabiy qolipga ega bo'lib, ular umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali o'tadi. Zero, terminlar va umumiste'moldagi so'zlar bir-birini to'ldiradigan leksik birliklardir" (Ahmedov O.S., 2016, 21). Shunday qilib, terminshunoslik bu til leksikasini shakllantiruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Terminologik tizimlarning shakllanishi ya'ni temir yo'l sohasiga oid terminologiya tilning ichki imkoniyatlari va xorijiy tillar unsurlari asosida rivojlanib bormoqda. Boshqa soha terminlaridan tyemir yo'l sohasiga oid terminlar maxsus terminarga boyligi va qo'llanishdagi an'anaviylik, shuningdek, ayrim sintaktik iboralarni ishlatilishi bilan farqlanadi. Tyemir yo'l sohasiga oid terminlarning o'ziga xos xususiyatlari terminologik nominatsiyalar, lingvistik xususiyatlari, terminologik leksikaning talablari asosida aniqlandi.

Terminlarning tuzilishi va qo'llanilishi ularni umumiy yasalish qonuniyatlarini farqlash imkonini berib, tyermin yasash usullariga ko'ra, temir yo'l sohasida qo'llaniladigan terminlarni tasniflashda quyidagi asosiy mezonlar mavjud:

1) fan yoki jamiyatning ijtimoiy faoliyat sohalariga ko'ra tasniflash;

2) katta terminologik sistema ichidagi kichik sistemalarning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib tasniflash.

3) terminlar ifodalaydigan tushunchalarga ko'ra tasniflash;

4) termin strukturasiga ko'ra tasniflash;

5) termin yasash usullariga ko'ra tasniflash;

6) asl terminlarga ko'ra;

7) o'zlashma terminlarga ko'ra;

8) gibrid terminlarga ko'ra.

Tillarning zamonaviy terminologik bazalari asl milliy va o'zlashma terminlardan tarkib topadi. Qo'llanish chastotasiga ko'ra temir yo'l sohasida interterminlar asl milliy terminlar bilan parallel holda qo'llaniladi, aksariyat hollarda, bu terminlar hatto yetakchilik qilmoqda.

Zamonaviy ta'lim nazariyasida o'qitish jarayoning samarali amalga oshirilishi bo'lg'usi temir yo'l mutaxassislarining kasbiy kompetansiyasini takomillashtirishda asos bo'lib xizmat qilishi ta'kidlangan (Krysin L.P., 1998, 5).

Temir yo'l sohasidagi bo'lg'usi mutaxassislarning kasbiy kompetansiyalari orasida muhum ahamiyat kasb etgan jihatlar:

— tyemir yo'l sohasidagi terminlarni yoddan bilishi;

— tyemir yo'l sohasidagi terminlarning kontekstual ma'nosini tushunishi;

— tyemir yo'l sohasidagi terminlarni mohirlik bilan qo'llash usullarini o'rganishi;

— tyemir yo'l sohasidagi terminlarni qo'llashda yuqori nutq mahoratiga egaligi.

Bo'lg'usi temir yo'l mutaxassislarda ushbu xususiyatlarning shakllanishida

temir yo'l sohasidagi terminlarning gnoseologik tarkibini o'rganish yetakchi omil xisoblanadi. "Zamonamiz ta'lim tizimining asosida aynan rejalashtirilgan, hamkorlikdagi, natijaga qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat namoyon bo'ladi. Ta'limning asosiy vazifalaridan biri ta'lim oluvchilarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatlar vositasida rivojlanishiga shart-sharoit yaratib berish kiradi" (Leont'ev A.N., 2000, 4).

Til va nutq asosan to'rt yarus: fonetika-fonologiya, morfologiya, leksikologiya va sintaksisdan tashkil topadi. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda morfologiya va sintaksis yaruslari bir atama bilan —grammatika deb ataladi (1, 42).

Kasbiy nutq ko'nikmalarini shakllantirishning dastlabki bosqichida bo'lg'usi mutaxassislar temir yo'l sohasidagi terminlarning eng asosiy xususiyatlari bilan tanishtirilib, boshqa sohaviy terminlardan farqli jihatlari va o'zaro aloqadorligi o'rgatiladi. O'quv jarayonida tyemir yo'l sohasidagi terminlarning asosiy xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan izohli lug'atlarning qo'llanilishi kasbiy nutq ko'nikmalarini shakllantirishda yetakchi o'rin egallaydi. Temir yo'l sohasi terminlari terminologik tizim tarkibiga kirib, soha terminlari: aniq bir soha yo'nalishi va lingvistik kompetensiyalarini o'zida aks ettiradi.

Shuningdek, temir yo'l sohasiga oid terminlar tizimli xususiyatga ega bo'lib, iyerarxik munosabatlarni, ya'ni, murakkab elementlardan oddiy elementlar vujudga keltiradi, hamda paradigmatik-sintagmatik munosabatlarda boshqa soha terminlari bilan munosabatlarga kirishadi. Masalan: rejim, tizim, shpal, aravacha (telejka), signal, berma, konteyner, manyovr.

O'quv jarayonida temir yo'l sohasiga oid terminlarni to'g'ri talaffuz qilish qilish. Masalan: Bogie [böge] - arava, compartment [ksmpa:tm(9)nt] - kupe, freight [freit] - yuk , passenger [pasind39] - passajir, guard [ga:d] - provodnik, foreman [fo:m9n] - brigadir va shu kabi terminlarni eslab qolishga erishishda interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirib, sohaga oid terminlar talaffuzini o'zlashtirish mazkur terminlarni bilish, amalda qo'llash, to'g'ri tushunish va tahlil qilishni mustahkamlashga imkon beradi.

Hozirgi zamon metodikasida shaxsga yo'naltirilgan o'qitish keng targ'ib etilib unda, o'qitishning asosiy g'oyasi bu o'rganish usullari hisoblangan eshitib, ko'rib va

his qilib o'rganish (auditorial, vizual va kinestetik) turlarini inobatga olgan holda darslarni tashkillashtirish hisoblanadi. Darslarni rejalashtirishda barcha keltirilgan o'rganish usullarini qamrab oladigan mashqlar tizimidan foydalanish ko'zda tutiladi. Amaliy mashqlarni bajarish va vazifalar turlari, albatta, barcha usulga mansub o'rganuvchilar ehtiyojini qondirishi inobatga olinishi lozim.

Mashg'ulotlarda soha terminlarini talaffuz qilish ko'nikmasiga alohida e'tibor qaratish muhum sanalib bu — kasbiy muloqotda soha terminlarini qo'llash ko'nikmasini rivojlantirib terminlarni oson o'zlashtirishga imkon yaratadi. Soha tyermin tarkibidagi tovushning noto'g'ri talaffuzi tyermin ma'nosining o'zgarishiga olib kelib og'zaki kommunikatsiya jarayonini murakkablashtiradi va bu bevosita fonetik ko'nikmalarning ma'no farqlanish xususiyati borligini isbotlaydi. O'quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanish temir yo'l sohasiga oid terminlar talaffuzini bilish, o'zlashtirish, tushunish, tahlil qilish va amalda qo'llash imkonini takomillashtiradi.

Keyingi bosqichda bo'lg'usi mutaxassislarni tyemir yo'l sohasiga oid terminlarning ma'nosi, xususiyatlari shuningdek uning qo'llanish jarayoni bilan tanishadilar. Masalan: Car inspector - vagon nazoratchisi - obxodchik vagonov, open car - yarim vagon - poluvagon, carriage vagon - passajirlar vagoni - passajirskiy vagon, crew - jamoa - brigada, crossing - kesishma -pereyezd, driver's cab -xaydovchining xonasi - kabina mashinista, main line - magistral, route - katnov yo'l - marshrut, terminal - oxirigi bekat - konechnaya stansiya, waiting room - kutish zali - zal ojidaniya.

Dars samaradorligini oshirishda autentik materiallar talabaning o'rganish usuliga moslashtirilishidan avval uning amaliy jihatdan qo'llanilishiga moslashtirilishi lozim. Xorijiy tillarni o'qitish har doim amaliy shaklda bo'lishi va xozirgi kunda dolzarb bo'lgan amaliyotning o'quv jarayoni bilan integratsiyasi nuqtai nazaridan qaralganda talabalarga tilning real hayotda ko'rinishi o'rgatilishi va ularning kasbiy va kundalik hayotida kerak bo'ladigan ko'nikmalar bilan boyitish zarur. Ehtiyoj, qiziqish va qadriyatlarga mos o'quv maqsadlar o'rganilayotgan materialga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

O'quv jarayonida tyemir yo'l sohasiga oid terminlar ma'nosini tushuntirishdan oldin avvalo termin borasidagi fikrlarni shakllantirish lozim, "termin belgilangan til lug'atida odatda bir ma'noni anglatishi lozim" (Leychik, V. M., 1986, 6), "termin va uning tarkibiy qismlari texnik fanlar doirasida ko'pincha bir ma'noda qo'llaniladi" (Vinokur, G.O., 1939, 4). Dars jarayonida ko'rgazmalilik, materiallarning mavzuga mosligi va individual yondashuvlarga to'g'ri amal qilinishi bo'lg'usi temir yo'l mutaxassislarning tyerminlarni o'ziga xosligi va tizmlashtiruvchi xususiyatlarini o'rganishi, turli nuqtai nazarlarni taqqoslashi hamda baholash va xulosa chiqarish imkonini oshiradi.

24

O'qitishning keyingi bosqichida temir yo'l sohasiga oid terminlarning normativ birlik sifatidagi umume'tirof etilgan xususiyatlari aniqlanadi. Temir yo'l sohasiga oid terminlar umumiy til normalari asosida tuzilib, ba'zida maxsus leksika me'yorlarga emas balki tegishli tizm standartlarga asoslanadi. Shuningdek, temir yo'l sohasiga oid terminlar til belgisi va tegishli tushunchaning birligi asosida umumadabiy va sohaviy terminlar kabi ramziy xususiyatga ega. Masalan: vokzal, mashina, yadro, vagon, yer, ko 'mir.

Tahlillar natijasida ilmiy leksikada temir yo'l sohasiga oid terminologiya turli so'z birliklari va atamalaridan iboratligi aniqlandi. Shu ma'noda uning bazaviy asosini esa o'zga tillardan o'zlashgan nominatsiyalar, shuningdek, birlamchi konntaminatsiya orqali o'zlashgan terminlar tashkil qiladi. Bu holat temir yo'l sohasiga oid terminlarni talabalar tomonidan samarali o'zlashtirilishini ta'minlaydi, chunki xalqaro terminologiya barcha Yevropa va Osiyo tillariga o'zlashtirilgan. Masalan: nutatsiya — lotin tili orqali o'zlashgan nutatio - nutation; vagon — fransuz tili orqali o'zlashgan wagon - wagon; kabel — golland tili orqali o'zlashgan kabel - cable; vint — polyak tili orqali o'zlashgan gwint - screw,bolt; shurup — nemis tili orqali o'zlashgan schraube - screw.

So'zlarning bir tildan boshqa tilga kirishi va singishi lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog'liq qonuniyatdir. Tildan tilga so'z o'zlashishi uchun avvalo, real sharoit lozim. Bunday sharoit tillarning o'zaro hamkorligi, ya'ni tillar orasidagi aloqalardir (Kadirbekova D.X., 2016, 93).

Terminlarning o'zlashtirilishi va resipiyent tilning ichki qonuniyatlariga moslashishi, affiksatsiya usuli yordamida yasalgan yangi terminlarning hosil bo'lishi tilda temir yo'l sohasiga oid terminlarni sezilarli darajada oshishiga turtki bo'lmoqda. Masalan: elektrovoz - locomotive, electric locomotive - elektrovoz

Shuningdek, temir yo'l sohasiga oid ba'zi termin-leksemalar davr o'tishi bilan iste'moldan chiqib, hozirgi kunda arxaizmga aylanganligini quyidagi terminlar bilan izohlash mumkin: Masalan: parovoz - steam trai - parovoz.

Xulosa qilib aytganda, temir yo'l sohasiga oid terminlarni o'qitishda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo'lg'usi temir yo'l mutaxassislarning kasbiy kompetansiyasini takomillashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Sohada malakali kadrlarni tayyorlash va soha rivoji temir yo'l sohasiga oid terminlarning doimiy ravishda izchil o'rganib borishiga xizmat qiladi. Tyemir yo'l sohasiga oid terminlarni o'rganishning dolzarbligi, asosan, xalqaro aloqalarning rivojlanishi, mahalliy va xorijiy hamkorlikni kengayishi, shuningdek, ushbu sohada aloqaning oshib borishi bilan uzviy bog'liq bo'lib unda malakali kadrlar faoliyati yetakchi o'rin egallaydi.

Temir yo'l sohasiga oid terminlar quyidagicha keltiriladi:

S qulflash, to 'sish - Block - blok

S Ballast - ballast - Ballast

S bufer - buffer -bufer

S gayka - nut - gayka

S dispetcher - dispatcher - dispetcher

S mashinist - driver - mashinist

S doira - circle - krug

S dactak - handle, grip ruchka

S dizel - diesel - dizel

S kalit - key, switch - klyuch

S lokomotiv - locomotive - lokomotiv

S sisterna - tank - sisterna

S texnik xizmat - maintenance - texobslujivaniye;

S vagon - restoran^ vagon - restoran^ dining - car, reastaurant car

S tovarnbiy vagon ^tovarnuy vagon^ goods (box, freight) car, waggon

S yo'lovchi tashuvchi vagon ^passajirnuy vagon^ coach; carriage brit.; car amer.

S plaskart vagoni ^plaskartnuy vagon^carriage with numbered reserved seats

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

S vagoni kupyesi^kupeynbiy vagoni corridor car

S umumiy vagon ^ob^iy vagoni day coach

S MTN — markazlashtirilgan transport nazorati

S DM — dispetcher markazi

XULOSA

Keltirilgan misollar shuni ko'rsatadiki, temir yo'llar sohasiga oid terminlarning katta qismi rus tilidan o'zlashgan. Shuning uchun, ingliz tilini chet tili sifatida o'qitishga yo'naltirilgan darslar davomida talabalarga inglizcha terminlarni bir tilli izohlar orqali berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa til o'rganuvchilarning lug'at boyligini oshirishga, yangi so'zlarni yaxshi o'zlashtirishga ko'maklashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent:Yangi asr avlodi, 2009. - 104 b.

2. Kadirbekova D.X. Ingliz va o'zbek tillarida axborot texnologiyalari terminologiyasining lingvistik xususiyatlari. Monografiya. - Toshkent: fan va texnologiya, - 2016. - 128 b.

3. Axmedov O.S. Ingliz va o'zbek tillarida soliq va bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: Filol.fan.d-ri. ... diss. -T., 2016. - 234 b.

4. Vinokur, G. O. O nekotortix yavleniyax slovoobrazovaniya v russkoy texnicheskoy terminologii / Moskva,-1939. - T. 5. - S. 3-54.

5. Krtisin L.P. Tolkovtiy slovar inoyaztichnLix slov. - Moskva: 1998. - 503s.

6. Leychik, V. M. K voprosu o filosofskix osnovax terminovedeniya / Otraslevaya terminologiya i yeye ekstralingvisticheskaya obuslovlennost - Voronej, 1986. -S. 41-48.

7. Leontyev A.N. Leksii po ob^yey psixologii/ Pod.red. D.A.Leontyeva, Ye.Ye.Sokolovoy. Moskva: Smtisl. 2000. 511 s.

8. Nishonov P. Fransuz va o'zbek tillari yuridik terminologiyasining qiyosiy-tipologik tadqiqi: Filol. fan. nom. ... diss. avtoref. -Toshkent, 2009. - 26 b.

9. Paluanova Xalifa Daribayevna. Ekologik terminlarning derivasion-semantik xususiyatlari (o'zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillari misolida). Filol.fan d-ri diss. avtoref. Toshkent: 2016 y. 87 b.

10. Shevchuk V.N.Proizvodntiye voyenntiye terminbi v angliyskom yaztike. -Moskva: 1983.- 231 s.

REFERENCES

1. Irisqulov M.T. (2009) Tilshunoslikka kirish. (Introduction to the linguistics) Toshkent, Yangi asr avlodi,104 pp.

2. Kadirbekova D.X. (2016) Ingliz va o'zbek tillarida axborot texnologiyalari terminologiyasining lingvistik xususiyatlari. (The linguistic peculiarities of terms related to ICT in Uzbek and English languages) Monografiya. Toshkent, Fan va texnologiya, 128 pp.

3. Ahmedov O.S. (2016) Ingliz va uzbek tillarida soliq va bozhhona terminlarining lingvistik tahlili va tarzhima muammolari (Linguistics analyses and translation problems of terms related to the tax and customs office in Uzbek and English languages), Filol.fan.d-ri. ... diss. Tashkent, 234 pp.

4. Vinokur, G.O. (1939) O nekotoryh javlenijah slovoobrazovanija v russkoj tehnicheskoj terminologii (Several approaches to the word-formations in Russian technological terms) Moscow, P. 3-54.

5. Krysin L.P. (1998) Tolkovyj slovar' inojazychnyh slov. (Explanatory dictionary of borrowed words.) Moscow, 503 pp.

6. Lejchik, V. M. (1986) K voprosu o filosofskih osnovah terminovedenija. Otraslevaja terminologija i ee jekstralingvisticheskaja obuslovlennost'. (On the philosophical foundations of terminology. Industry terminology and its extralinguistic conditioning) Voronezh, P. 41-48.

7. Leont'ev A.N. (2000) Lekcii po obshhej psihologii/(Lectures on General Psychology) Pod.red. D.A.Leont'eva, E.E.Sokolovoj. Moscow: Smysl. 511 pp.

8. Nishonov P. (2009) Francuz va o 'zbek tillari juridik terminologijasining qijosij-tipologik tadqiqi: (Comparative-typological study of the legal terminology of French and Uzbek languages:) Filol. fan. nom. ... diss. avtoref. Tashkent, 26 pp.

9. Paluanova Halifa Daribaevna. (2016) Jekologik terminlarning derivacion-semantik hususijatlari (o'zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillari misolida). (Derivative and semantic features of ecological terms (for example, Uzbek, Karakalpak, English and Russian)). Filol.fan d-ri diss. avtoref. Tashkent, 87 pp.

10. Shevchuk V.N. (1983) Proizvodnye voennye terminy v anglijskom jazyke.(Derived military terms in English.) Moscow, 231 pp.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.