METALLURGIYA SOHASIGA OID TERMINLARNING TASNIFI VA
TAVSIFI
Muhayyo Pulatjonovna Azimova Shohida Norqulovna Abdullayeva
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti
kafedrasi o'qituvchilari
ANNOTATSIYA
Terminlarning tasniflanishi va tavsifi turli olimlarning nuqtayi nazari boyicha o'rganilgan. Har bir sohaning o'z terminlarining tasnifi mavjud bo'lib, metallurgiya sohasiga oid terminlarning tasniflanishi ifodalangan. Og'ir metallar metallurgiyasi terminlari turlarga ajratilgan. Metallarning tasnifi va tavsifiga ko'ra, ular ishlab chiqarilishi va ishlatilishida bir guruhdan boshqasiga o'tadi.
Kalit so'zlar: metallurgiya, terminlarning tasnifi, metall, og'ir metallurgiya, metallurgiya terminlari, oltin, kumush, mis,bronza
CLASSIFICATION AND DESCRIPTION OF TERMS IN THE FIELD OF
METALLURGY
ABSTRACT
The classification and description of terms have been studied from the point of view of various scholars. Each industry has its own classification of terms, and the classification of terms related to the field of metallurgy is expressed. The terms metallurgy of heavy metals are divided into types. According to the classification and description of metals, they pass from one group to another in production and use.
Keywords: metallurgy, classification of terms, metal, heavy metallurgy, metallurgical terms, gold, silver, bronze, copper.
KIRISH: Fan va texnika taraqqiyoti, turli sohalarning ravnaq topib borayotgani terminologiyaga ham katta vazifalar yuklamoqda. Unda o'rganilishi va tadqiq etilishi kerak bo'lgan ko'plab soha terminlarini tasniflash va turlarga ajratish vazifasi dolzarbligicha qolmoqda. Terminologiyada o'z ifodasini topgan tushunchalarni tasniflash imkoniyati va zaruriyati terminologik leksikaning umumxalq tiliga nisbatan farqli xususiyati sifatida ko'rib chiqiladi. Chunki terminlar ilmiy konsepsiya bilan bog'liq, ularda ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar hamda nazariy va amaliy natijalari o'z ifodasini topadi. Terminlar maxsus kasbiy sohalardagi kommunikatsiya, u yoki bu kasbiy sohada yuzaga kelayotgan xodisalar, konsepsiyalar, fenomenlarni tavsiflash vositasi sanaladi. Bu tabiiy ravishda Vatanimiz, xorijiy olimlarni terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish va tizimlashtirish uchun urinishlariga olib keladi. Terminlarni
maxsus sohalar bo'yicha tasniflash va tavsiflash muhim ahamiyatga ega: u ilm-fan, ijtimoiy sohalarning ma'lum davrdagi tadrijiy rivojlanish darajasini aks ettiradi.[1-2] Masalan, "metallurgiya" so'zi " kon" "pirometallurgiya", "rudalar bilan ishlash", "quymakorlik" va boshqa sohalarda qo'llanganda o'ziga xoslik kasb etadi va maxsus soha terminiga aylanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi kundagi to'liq tasnif V.M.Leychik tomonidan ishlab chiqilgan va u tushunchalarni ifodalashda 15 ta jadvalni tuzgan. Shular asosida qo'llanilgan tasniflarning 10 ta turi shakllantirilgan. Ularni bu yerda ko'rishimiz mumkin:
1) Ifodalanayotgan tushuncha turiga (terminlar tipologiyasi) ko'ra - umummilliy va umumtexnik terminlar, sohalararo terminlar, tor ixtisoslikka oid terminlar;
2) Muayyan bilim sohasiga ko'ra (nomlash(nominatsiya) obyekti bo'yicha tasnif) -ilmiy terminlar, texnik terminlar, ma'muriy-siyosiy terminlar, ijtimoiy-madaniy terminlar;
3) Mantiqiy kategoriyalarga ko'ra (mantiqiy tasnif)- obyektlarni ifodalovchi terminlar, jarayonlarni ifodalovchi terminlar, muayyan belgilarni ifodalovchi terminlar,o'lchov-hajmlarni ifodalovchi terminlar;
4) Abstraksiya (mavhumlashtirish) darajasiga ko'ra (falsafiy tasnif) - ilmiy-nazariy terminlar, kuzatuv jarayoniga oid maxsus terminlar;
5) Muallifga xos - ijtimoiy sohalarda qo'llaniladigan terminlar, individuallikka xos terminlar;
6) Qo'llanish xususiyatiga ko'ra - universal terminlar, kam qo'llanuvchi terminlar; V.M. Leychikning ta'kidlashicha, 5 va 6 raqam ostidagi tasniflar sotsiologik tasnif
uchun asos bo'ladi.
7) funksional-vazifasiga ko'ra - muayyan bilimlarni ifoda etuvchi terminlar, muayyan soha asbob-anjomlari va jihozlarini ifoda etuvchi terminlar, ilm-fanga oid terminlar; Keyingilar esa lingvistik tasniflash uchun asos bo'ladi:
8) grammatik strukturasiga ko'ra - termin-so'zlar/leksemalar, termin-so'z birikmalar, termin-abbreviaturalar/akronimlar, simvol-so'zli terminlar va hokazolar;
9) semantik jihatiga ko'ra - bir manoli terminlar, ko'p ma'noli terminlar, erkin so'z birikmalari shaklidagi terminlar, turg'un so'z birikmalari (jumladan, frazeologizmlar) shaklidagi terminlar;
10) motivatsiyalanganligiga ko'ra - to'liq motivatsiyalangan terminlar, qisman motivatsiyalangan terminlar, soxta motivatsiyalangan terminlar;
11) manba tiliga ko'ra - "asos bo'lib hisoblanadigan til", ya'ni milliy til asosida yaratilgan terminlar, o'zlashma terminlar, baynalminal terminlar, gibrid terminlar;
12) muayyan so'z turkumiga mansubligiga ko'ra - ot so'z turkumiga oid terminlar (substantivatsiyalangan so'z birikma shaklidagi terminlar) , termin-fe'llar, termin-sifatlar, termin-ravishlar;
Bugungi kunda tasniflarning xilma-xilligi terminshunoslarga ularni turli tiplarini birlashtirish, terminologik maydonlarni tadqiq qilish borasida o'zining gibrid tasniflarini yaratadi.
NATIJALAR: Hozirgi o'zbek tilining metallurgiya terminologiyasini tadqiq qilish, tasniflash, ingliz va o'zbek tillarida shu sohaga oid terminologiyasini tadqiq etish zaruriyati mavjud. Metallurgiya terminlarini, xususan og'ir metallar metallurgiyasi sohasida faol qo'llaniladigan terminlarni o'zbek va ingliz tillari materiali asosida atroflicha tadqiq qilish nafaqat nazariy, ko'proq amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, u geologiya sohasi rivojlanayotgan, yurtimiz bu sohaga katta e'tibor berayotgan bir paytda metallurgiya terminlariga bo'lgan talabni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun ham ayni paytda ilmiy asoslangan, sifatli, mazmunan tushunarli, davr talabiga javob bera oladigan monolingval, bilingval va hatto trilingval (inglizcha-o'zbekcha, o'zbekcha-inglizcha, ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o'zbekcha) terminologik lug'atlarni yaratish va takomillashtirish muammosi dolzarb bo'lib turibdi.
Shunday qilib, terminlarning juda ko'plab tasnif va tavsiflari mavjuddir. Bu tasniflarning barchasi terminlarni xosil qilish xususiyatlari, ularni tizimlashtirish, muayyan turlarga ajratish asosida lisoniy xususiyatlarini o'rganishga yo'naltirilgan.Quyida metallurgiya sohasining tasniflanishi berilgan.(1.1 - rasmga qarang)
Ishlatilish funksiyasiga ko'ra esa:
a) Qazishma metallurgiyasi terminlari
b) Mexanik metallurgiya terminlari
c) Fizik metallurgiya terminlari (1.2- jadvalga qarang)
»Rangli metallurgiya terminlari
• Gidrometallurgiya terminlari
• Pirometallurgiya terminlari
• Elektrometallurgiya terminlari • Qora metallurgiya terminlari
r
sification of metallurgy
I
Extractive Metallurgy
Mechanical Metallurgy
Mendeleyev davriy sistemasida keltirilgan hamma metallarni ikkita katta
guruhga bo'lish mumkin: qora ferrous) va rangli (nonferrous) metallar.[6]
Qora metallarga: temir-iron, marganes-manganese, vanadiy-vanadium, xrom-chromium va shu metallar asosida olingan har xil quymalar va qotishmalar-alloy kiradi. Qolgan hamma metallar ranglidir. Xususiyatlariga ko'ra rangli metallarni o'zi bir necha nim guruhlarga bo'linadi:
1. Og'ir rangli metallar - heavy metals: mis-copper, qo'rg'oshin-lead, kadmiy-cadmium, nikel-nickel, kobalt-cobalt, rux-zinc;
2. Nodir (qimmatbaho) metallar - unique metals: oltin-gold, kumush-silver, platina-platinum, osmiy-osmium, iridiy-iridium, ruteniy-ruthenium, rodiy-rhodium, palladiy-palladium;
3. Noyob rangli metallar-rare metals:
a) Yengil metallar - litiy-lithium, natriy-natrium, kaliy-potassium, kalsiy-calcium, aluminiy-aluminum, magniy-magnium, titan-titanium;
b) Qiyin eruvchi metallar - volfram-tungsten, molibden-molybdenum);
d) Tarqoq metallar (galley-gallium, indiy-indium, talliy-thallium, germaniy-germanium, selen-selenium, tellur-tellurium, reniy-rhenium);
e) Kamyob yer metallari (skandiy-scandium, ittriy-yttrium, lantan-lanthanum va lantanoidlar);
f) Radioaktiv metallar (uran-uranium, tooriy-thorium, poloniy-polonium, radiy-radium, plutoniy-plutonium). [7]
Metallurgiya terminlarining konotativ va denotativ ma'nolari mavjud. Masalan: l.gold-oltin metal : The pirates were searching for gold.
2.medal ma 'nosida: France has won three golds and five silvers.
3. maqtash ma'nosidaThat food mixer you gave me is absolute gold, mate! Silver-kumush terminini ham denotative va konotativ ma'nolari mavjud:
l.kumush metali: 2.rang ma'nosida: "The man's hair silvered very attractively"
3. idish ma'nosida: silver dish4. Idiomatic shaklda: Born with a silver spoon in your mouth - If you are born with a silver spoon in your mouth, you are born into a rich family.
Bronze - bronza; 2) jigarrang metalsifat rang "The sun bronzed his face". They make the finest bronzes in the world; a little pair of vases wuz fifteen hundred dollars and you couldn't get 'em for less.
"Around the World with Josiah Allen's Wife" by Marietta Holley
Mis- copper termini lotin tilidan "cyprium aes"-cyprus metal so'zidan kirib kelgan bo'lib, eski ingliz tilida "copor,coper" deb atalgan. Cyprus so'zi Kipr shahrini bildiradi va u yerda mis qazib olingan. Lotin tilida "aes" "cash,coin,debt,wages" ya'ni tanga, pul, qarz leksemalari bilan ifodalanadi. 1580-yildan "a copper coin", 1660-yildan "a vessel made of copper", sifat holatida "of or resembling copper" 1570-yildan, fe'l shaklida "to cover with copper" terminlari 1520-yillardan boshlab muomalaga kirdi. Misga quyidagicha defenitsiya beriladi:"copper- a red-brown metal, the chemical element of atomic number 29". Mis - qizil-jigarrang metal bo 'lib, davriy jadvaldagi 21-raqamli elementdir. []
Kumush - silver termini esa ingliz tiliga nemis tilidagi silber so'zidan kirib kelgan bo'lib, lotin tilida "argentums" elementar belgisi ^gni lotin tilidan olgan, hind-yevropa tillaridan "shiny, white" ma'nosida keladi. Qadimiy ingliz tilida seolfor "silver;money" deb ishlatila boshlangan.15-asrdan rang nomi sifatida ishlatila boshlanib, "silver-tongued, silver age" so'z birikmalari grek va rim shoirlari tomonidan foydalanildi. "Silver -a lustrous, white,metallic element,atomic number 47, symbol Ag" ya'ni "Kumush yorqin, oq rangli metal hisoblanib, elementlar davriy jadvalidagi 47-elementdir."
Gold - oltin so'zi nemis tilidagi gulpa (ma'nosi oltin) so'zidan kirib kelgan bo'lib, qadimiy ingliz tilida geolu-yellow deb yuritilgan. Lotin tilida aurum deyilib, belgisi Au hisoblanadi.[] Oltin davrlar osha boylik va qudrat belgisi sanalgan. Afsonalarga ko'ra, 1-bo'lib oltinni pul birligi sifatida qirol Krezus eramizdan avvalgi 6-asrda ishlata boshlagan. Geolog Devid Bressenning ta'rifiga ko'ra, gold so'zi hind-yevropa tilidagi "ghel" ya'ni "yellow" so'zidan kirib kelgan.[] Demak, "ghel" so'zi ildiz vazifasini o'tab, nemis tiliga "gulpa" holida, ingliz tiliga nemis tili orqali geolu bo'lib kirib kelgan.
1. Aurum (Italic branch)
2. Gold (Germanic branch)
3. Золото (zoloto) (Slavic branch)
4. Altin (Altaic languages)
5. Dhahab, zahav (Afro-Asiatic languages)
6. Amalama (Aromanian)
Quyidagi misolda gold so'zini ishlatilishini ko'rishimiz mumkin: "Nach Golde drängt, Am Golde hängt
Doch alles. Ach wir Armen!"-from Goethe's Faust - Eine Tragödie(1808)
Oltinning ta'rifiga keladigan bo'lsak: "gold-a yellow metallic element that occurs naturally in pure form and is used especially in coins, jewelry, and electronics". [] Demak oltin- sariq, tabiatda sof holatda uchrovchi metal elementi hisoblanib, asosan tangalar, taqinchoqlar va elektronikada ishlatiluvchi metalldir.
1200-yildan gold, golden so'zlari sifat so'z turkumi sifatida, 1859-yilda gold rush terminlari ishlatila boshlandi.
Metal - metal termini metallurgiya sohasi asosiy termini hisoblanib, grek tilidan kirib kelgan. Grekchada metallon-mine (qazimoq) ma'nosini anglatib, lotin tiliga metallum, fransuz tilida metal bo'lib, o'rta asr ingliz tiliga metal tarzida kirib keldi. "A metal is a material that, when freshly prepared, polished, or fractured, shows a lustrous appearance, and conducts electricity and heat relatively well" - "Metall- sof tayyor holda uchrovchi, bo'yoqdor, yaltiroq ko'rinishli, issiqlik va tokni yaxshi o'tkazuvchan xomashyodir".
Bronze - bronza fors tilidagi birinj-brass (jez) so'zidan italyan tiliga bronzo, undan fransuz tiliga bronze, bronzer holida ingliz tiliga 17-asr o'rtalaridan bronze sifatida o'zlashgan termin hisoblanadi. "Bronze - an alloy of copper and tin and sometimes ther elements" ya'ni, mis va qalay qorishmasi bronza deyiladi.
Keyingi metallurgiya terminlaridan biri ore - ruda qadimgi ingliz tilidagi ikki so'z: ora (unworked metal-ishlanmagan metal) va ar ( brass, copper, or bronze -qalay,mis yoki bronza) larning birikishidan hosil bo'lgan. Merriam-Webster lug'atida ruda quyidagicha ta'riflanadi: "ore- a naturally occurring mineral containing a valuable
constituent( such as metal) for which it is mined and worked". Tarjimasi :" ruda- qazib olinuvchi va ishlov beriluvchi qimmatbaxo ma 'dandir".
Temir - iron so'zi Anglo-sakson so'z "iron" yoki "iren" so'zlaridan kelib chiqqan.
"Right so as whil that Iren is hoot men sholden smyte. (Choucer, 1386)"
Kimyoviy belgisi Fe lotin tilidan ferrum-metal olingan.
XULOSA
Biz tadqiq olib borayotgan terminlar asosan og'ir metallar hisoblanadi. Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va texnologik ketma-ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda metall guruhlari nomlanishi ham ma'lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko'p hollarda u yoki bu metalning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o'sishi bilan metallarning sanoatlashgan tasnifi uning umumiy tamoyillariga zid holda metal bir guruhdan boshqa guruhga o'tishi mumkin. Tahliliga tortilgan misollardan ko'rinadiki, metallurgiya sohasiga oid terminlar aksariyatining kelib chiqishi aynan kimyoviy belgisi lotin tilidan kelib chiqqanligi bilan dalillanadi. Ingliz tilidagi metallurgiya sohasiga oid terminlar esa nemis va fransuz tillari orqali o'zlashgan.
REFERENCES
1. Д.С. Лотте. Основы построения научнотехнической терминологии. - М., 1961. 160 b.
2. Д.С. Лотте.Основы построения научно-технической терминологии. Вопросы теории и методики. М., 1961. - с. 29.
3. Лейчик В.М. Предмет, методы и структура терминоведения: Автореф,дис. ... докт. филол. наук. -М., 1989. -С.12-15.
4. Лейчик В.М. Основные положения сопоставительного терминоведения // Отраслевая терминология и ее структурно-типологическое описание. -Воронеж, 1988. - С. 3-10.