INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA TA'LIM SOHASIGA OID TERMINLARNING CHOG'ISHTIRMA TAHLILI
Jummayeva Maftuna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti "Xorijiy til va adabiyoti" (ingliz tili) yo'nalishi magistranti Tel: +998978067879 E-mail: maftuna.j umayeva@mail .ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarida ta'lim sohasiga aloqador bo'lgan termin va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid adabiyotlar va ularda keltirilgan ilmiy mulohazalar tadqiq qilingan.
Kalit so'zlar: ingliz tili, o'zbek tili, ta'lim, tarbiya, ilm, kitob, maktab, ta'lim muassasasi, o 'qituvchi.
ABSTRACT
In this article, terms and concepts related to the field of education in English and Uzbek are analyzed from a comparative point of view. Also, the literature related to the field and the scientific opinions presented in them were researched.
Key words: English language, Uzbek language, education, education, science, book, school, educational institution, teacher.
KIRISH
Bugungi kunga kelib yangilanayotgan O'zbekistonda xorijiy tillarni o'qitish tizimini har tomonlama isloh qilish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, ular soha rivoji uchun huquqiy asos vazifasini bajarib kelmoqda. Jumladan, 2022-yil 19-yanvarda mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror qabul qilinishi ham soha rivojga xizmat qilmoqda.
Qiyosiy tilshunoslik chet tilini o'qitishning lingvodidaktik asosidir. Shu sababli chet tillarini ona tiliga qiyoslab o'rganish va ularni tahlil qilish tilshunoslikning muhim masalalaridan biridir. Hozirgi zamon tilshunosligida, jumladan qiyosiy
172
tilshunoslik va xalq og'zaki ijodida qiyosiy tilshunoslikda terminlarni chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O'zbekiston jahon ta'lim makoniga kirishga intilmoqda, shu munosabat bilan ta'lim tizimini modernizatsiya qilish zarurati yuzaga keldi. Shu munosabat bilan qiyosiy tilshunoslikning ahamiyati ortib bormoqda, uning asosiy predmeti turli mamlakatlar ta'lim tizimining yutuqlari va xususiyatlarini o'rganish va ularni o'z tajribasini takomillashtirish maqsadida o'rganishdir. Qiyosiy tilshunoslik lingvistika fanining nisbatan yangi sohasi bo'lishiga qaramay, jadal rivojlanib, jahon ta'lim tizimini shakllantirishda muhim rol o'ynamoqda. Qiyosiy tadqiqotlar tufayli solishtirilgan mamlakatlar o'rganilayotgan sohalardagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jahon taraqqiyot tendensiyalariga yo'naltirilganlik va jahon ta'lim makoniga kirish ko'p tilli ta'lim sohasida alohida o'zgarishlarga olib keldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Tilshunoslikda qiyosiy yondashuv borasida birinchi marta Lev Vladimirovich Sherba 1940-yilda gapirdi. Tadqiqotchi ta'kidlaganidek, tillarni solishtirish va o'zaro qiyoslash orqaligina ularning o'xshash va farqli tomonlarini tushunish mumkin. Ta'lim jarayonida ham o'qituvchilar tomonidan tillarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashda chog'ishtirma tilshunoslikka xos bo'lgan metod va usullardan foydalaniladi.
Pedagogik terminologiya - pedagogik muloqotning dolzarb vositalaridan biri bo'lib, pedagogik tilning rivojiga ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim sohasiga oid termin tuzish va yaratish ushbu soha qarashlari, maqsadli izlanish asosida ifodalanadi. Tillar uchun terminologik ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi1. Pedagogik terminologiya ushbu sohada termin o'zlashtirish jarayoni ma'lum muddat davomida o'rganilgan. Shuni ta'kidlashimiz joizki, terminlar hamma tilda ham bir xil bo'lmaydi, chunki ularning kelib chiqish tarixi, foydalanish usullari va terminlarning yasalish qonun-qoidalari ham turlicha bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ingliz va o'zbek pedagogik terminologiyasida yangi atamalarning kelib chiqish hodisasi ancha ortdi. Pedagogik til leksikasida yangi pedagogik atamalarning paydo bo'lish jarayoni yuqori bo'lib kelmoqda.
Ingliz va o'zbek tillarida ta'lim sohasiga oid terminlarning chog'ishtirma tahliliga bag'ishlangan ushbu maqolada ilmiy tadqiqotning tilshunoslik sohasida qo'llaniladigan analiz, sintez, qiyosiy tahlil, germenevtik tahlil kabi br qator metod va usullardan samarali foydalanildi.
1 Alijonovich, A. R. Easy Ways to Learn English Language. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3,
98-100.
173
www.birunijournal .uz
TAHLIL VA NATIJALAR.
Shuni ta'kidlash joizki, ingliz tilida ta'lim sohasiga oid terminlarni tuzilishiga ko'ra beshta guruhga bo'lish mumkin. Ta'lim sohasiga oid atamalarni strukturasiga ko'ra tasniflashda, ular o'rtasida qo'shma atama va iboralar ko'plab tashkil etishining guvohi bo'ldik. Ma'lumki, qo'shma terminlar ilmiy-texnikaviy terminologiya tizimida eng dolzarb va munozarali masala bo'lib, tilshunoslarning qator ishlarida qo'shma terminlar umumiste'mol tildagi qo'shma so'zlarga qiyoslangan holda paydo bo'ladi, degan fikr ustuvor hisoblanadi.
Ingliz tilida ta'lim sohasiga oid qo'shma terminlarning strukturaviy-semantik tarkibini quyidagicha tasniflashni o'rinli deb bildik:
1. Motivlashgan qo'shma atamalar. Ta'lim sohasiga oid bunday qo'shma atamalar ma'nosini ularning tarkibidagi aniqlovchi komponentlarning ma'nosidan anglash mumkin. Masalan: classmate-sinfdosh, groupmate-guruhdosh. Ta'lim sohasiga oid motivlashmagan qo'shma atamalar. Bunday atamalarni ular komponentlarining ma'nosidan aniqlab bo'lmaydi, sababi ularning orasida semantik aloqani ko'rmaymiz, ularning ma'nosini faqat kontekst orqali tushunib olish mumkin. Masalan: self-consciousness, self-analysis of pedagogical activity, self-study bu kabi ta'limiy atamalar motivlashmagan va ularning ma'nosini komponentlaridan aniqlab bo'lmaydi.
Ingliz tilida oddiy ta'limiy atamalar juda ko'p uchraydi. Bilamizki, sodda terminlar bir komponentdan iborat bo'ladi va ular tarkibida hech qanday qo'shimcha olmaydigan terminlar mavjuddir: O'zbek tilida ta'lim sohasiga oid terminologik birikmalar tuzilish jihatiga ko'ra tasniflanganda, quyidagi turlarga ajratiladi:
1) ta'lim sohasiga oid sodda terminlar;
2) ta'lim sohasiga oid yasama terminlar;
3) ta'lim sohasiga oid qo'shma terminlar;
4) ta'lim sohasiga oid juft terminlar;
5) ta'lim sohasiga oid murakkab birikmali terminlar2.
1. Ta'lim sohasiga oid sodda terminlar: qalam, kitob, jurnal, hujjat, ruchka, doska, baho;
2. Ta'lim sohasiga oid yasama terminlar: o'qituvchi, tarbiyachi, navbatchi, partadosh, xonadosh, sinfdosh, o'qitish, rag'batlantirish, bahslashish, tarbiyalash, baholash, professionalizm;
3. Ta'lim sohasiga oid qo'shma terminlar: mo'yqalam, oraliq nazorat, psixodiagnostika, qayta o'zlashtirish, pedoxentrizm, tiflota'lim, oligofrenota'lim;
2 Alijonovich, A. R. Easy Ways to Learn English Language. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3,
98-100.
174
www.birunijournal .uz
4. Ta'lim sohasiga juft terminlar: o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini baholash, axloqiy ta'lim, pedagogik faoliyat, aqliy ta'lim, uzliksiz ta'lim;
5. Ta'lim sohasiga oid murakkab birikmali atamalar: davlat ta'lim standarti, o'qituvchining didaktik tizimi, ta'lim-tarbiya nazariyasi, o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish usullari, ijtimoiy madaniy tarbiya prinsiplari, ta'lim muassasasining tarbiya tizimi, bolaning shaxsiyatini hurmat qilish, unga qo'yiladigan oqilona talablar;
O'zbek tilida ta'limga oid terminlarlarning asosiy qismini ingliz tilidan o'zlashgan terminlar va ushbu terminlarning tarkibidan hosil bo'lgan ekvivalent pedagogik atamalar tashkil etishiga guvoh bo'ldik. Masalan: motivatsiya, trening, brifing, akkreditatsiya, aktiv3.
Terminologik birikma bir nechta komponentdan iborat bo'lib, ular sinonimlarga almashishlari mumkin.
Ingliz va o'zbek tillarida ta'limga oid yasama terminlar ta'lim sohasida keng qo'llanilib kelinmoqda. Ayni paytda, terminshunos olimlar va mutaxassislarning izlanishlari tobora ortib, bu sohaning integratsiyalashuv jarayonlari bo'yicha ilmiy oqimining kelib chiqishiga asos bo'ldi.
Ingliz va o'zbek tillarda ta'lim sohasiga oid birliklarni turli usullarda hosil qilish mumkin:
1)suffiksatsiya va affiksatsiya;
2) prefiksatsiya;
3) parasintetik;
4)pintaktik va abreviaturalar.
O.Axmedov tildagi affiks va qo'shimchalar haqida quyidagi fikrni bildirgan: "...affikslar orqali so'zlar yasaladi, qo'shimchalar orqali grammatik shakllar hosil qilinadi..
Suffiksatsiya usuli - asosan, termin asosini o'zak va yasovchi qo'shimchalar tashkil qiladi.
Terminlarning kelib chiqishini aniqlashdagi qiziqish, avvalambor, ularning affiksal tarkibini ko'rib chiqishdan iborat bo'lgan. Ko'p hollarda ularning yunon, lotin, fransuz va Yevropaning boshqa tillaridan o'zlashtirilganligiga guvoh bo'lamiz. Asosan, ingliz tilida quyidagilar: -er (worker, reader, teacher, writer, learner), -ing (writing, reading, speaking), -dom (wisdom), -ship (mastership),
Ta'limiy atamalarda sifat yasovchi suffikslarni ham uchratishimiz mumkin: -ish (English, Spanish).
3 To'xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. Methods of transformation of the Uzbek language. Tutorial. TSPU. 2009. (in Uzbek). - B.86.
175
Ta'lim sohasiga oid terminlar yasalishida lotin, fransuz, yunon va boshqa tillardan o'zlashtirilgan suffikslarni ham uchratishimiz mumkin. So'z turkumlari bo'yicha alohida ajratilgan lotin suffikslariga quyida misollar keltiramiz. Demak, ot yasovchi qo'shimchalarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: -ion (opinion), -age (language) va sifat yasovchi qo'shimchalarga esa: -able (understandable), -ate (accurate), -ent (absent), - or (major), -al (cordial), -tive (native)4.
Ingliz tilidagi yunoncha sifat yasovchi suffikslarga quyidagilar kiradi: -ic, (ethnic), -al (ethical), -ical (technical).
Prefikslar ham ta'lim sohasida terminlarini hosil qilishda juda muhim hisoblanadi: mis-, un-, be-, out-, up-, under-, over-, with-tub prefikslardir.dis-, de-, in, il-,ir-, non-, cor-, re- kabilar esa lotin va fransuz tilidan o'zlashtirilgan prefikslar hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, roman tillarining quyidagi prefikslari va yarim prefikslariga xos: extra , pre-, re-, sub-,ultra-, counter-, inter-, semi-, trans-, post-, super-,-upper; ushbu prefikslar ta'limga oid terminlarni yasashda juda faoldir5.
Hozirda o'zbek tilida ta'lim sohasiga oid atamalarni yasashda -lash affiksi faoldir. Ularning muhim jihati shundaki, ular o'zlashma terminlar singari tizimga singib ketgan. Masalan: baho+lash, ko'chir+ish, gaplash+ish, tekshi+ish va h.k6.
Ingliz tilidagi -tion, -ing, -ion affikslarning o'zbek tilidagi vaziyatga oid holatni ifodalovchi -sh (-ish), - ash affikslari faolligini guvohi bo'ldik.
Ingliz tilida ta'limga oid terminlarining hosil bo'lishida so'z turkumlaridan ot, sifat, fe'l va ravish sermahsul ekani aniqlandi. Bundan tashqari, soha terminlarining yasalishi (ot, sifat, fe'l va ravishdan tashkil topgan terminlar modellarining hosil bo'lishi)da quyidagi mahsuldor so'z yasovchi qo'shimchalarni ko'rib chiqishimiz mumkin:
ion: verbalization -artikulyatsion apparat yordamida so'zlarni, nutq tovushlarni keltirib chiqarish;
descalation -maktabsizlantirish, maktabni ijtimoiy institut sifatida tugatish va uni yoshlarni ijtimoiylashtirishning noan'anaviy shakllari bilan almashtirish konsepsiyasi; translation - tarjimaga oid;
articulation - fikrni aniq va ravon ifodalash. Artikulyatsiyaning buzilishi nuqsonlar (tovushlarni chiqarib tashlash), almashtirishlar (-tishll uchun -teefll), buzilishlar (uzish) yoki qo'shimchalarda (yugurish uchun -yugurish) ko'rsatiladi7.
4 Larsen-Freeman, D. Chaos / complexity science and second language acquisition. Applied Linguistics, 18 (2), 139-157.
5 Alijonovich, A. R. Easy Ways to Learn English Language. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3, 98-100.
6 To'xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. Methods of transformation of the Uzbek language. Tutorial. TSPU. 2009. (in Uzbek). - B.19.
176
XULOSA.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, ingliz va o'zbek tillarida ta'lim sohasiga oid terminlarni qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilish bugungi kun tilshunosligidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu biimchi navbatda ta'lim sohasida o'zaro tajriba almashish, erishilgan yutuqlarni o'rtoqlashish va ilg'or tajribalar bilan tanishishga yaqindan yordam beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. To'xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. Methods of transformation of the Uzbek language. Tutorial. TSPU. 2009.
2. Larsen-Freeman, D. Chaos / complexity science and second language acquisition. Applied Linguistics, 18 (2), 139-157.
3. Potapov L.P. Materials on the semantic-kinship system among the Uzbeks kungrad //zh. "Scientific Thought". - Tashkent, 2020.
4. Alijonovich, A. R. Easy Ways to Learn English Language. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3, 98-100.
5. Abdullaeva, N. R. (2020). THE PERFECT TEACHING METHOD: CASE OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (7), 10-15.
6. Абдуллаева, Н. Р. (2018). РАЗНЫЕ ВИДЫ ГЛАГОЛОВ ДВИЖЕНИЯ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Гуманитарный трактат, (37), 37-38.
7. Abdullayeva, N. (2021). THEMATIC CLASSIFICATION OF NAMES OF FRUIT TREES IN THE ASPECT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION (ON THE MATERIAL OF THE UZBEK, TAJIK AND ENGLISH LANGUAGES). InterConf.
8. Абдуллаева, Н. Р., & Шаймарданова, М. У. (2024). ТЕМАТИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ НАЗВАНИЙ ПЛОДОВЫХ ДЕРЕВЬЕВ И КУСТАРНИКОВ В АСПЕКТЕ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ (НА МАТЕРИАЛЕ УЗБЕКСКОГО, ТАДЖИКСКОГО И АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКОВ). European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 25, 86-89.
9. Ramazonovna, A. N. (2024). PROVERBS AND SAYINGS WITH PHYTONYMS AND THEIR ANALYSIS IN COMPARIED LANGUAGES.
10. Абдуллаева, Н. Р. (2024). Пословицы И Поговороки О Растениях В Сопоставляемых Языках. Open Herald: Periodical of Methodical Research, 2(1), 4-7.
7 Larsen-Freeman, D. Chaos / complexity science and second language acquisition. Applied Linguistics, 18 (2), 139-157.
177
11. Абдуллаева, Н. Р. (2024). КОНЦЕПТ "РАСТЕНИЕ" В НАУЧНЫХ ТРУДАХ. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 23, 3439.
12. Xamidov, M. (2023). ON SOME SIMILAR AND DIFFERENT ASPECTS OF PROVERBS AND SUBJECTS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 15, 66-68.
13. Abdumannobovich, X. M. (2023). TRANSFORMATION OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN SOUTHERN SURKHANDARYA UZBEK DIALECTS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 168-173.
14. Abdumannobovich, X. M. (2021). O'ZBEK TILI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARIDA SOMATIK SO'ZLAR SALMOG'I (Janubiy Surxondaryo o'zbek shevalari misolida): Xamidov Mansur Abdumannobovich Termiz davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, erkin tadqiqotchi. In Научно-практическая конференция.
15. Xamidov, M. (2023). BADIIY MATNLARDA UCHROVCHI O 'ZBEK SHEVA MAQOLLARINING TRANSFORMATSIYASI. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(25), 204-206.
16. Xamidov, M. A. (2022). Surxondaryo o 'zbek shevalariga doir ayrim paremalar tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 676-684.
178