Научная статья на тему 'O'ZBEK TILIDA FIZIKA SOHASIGA TEGISHLI TARKIBLI TERMINLARNING TUZILISH XUSUSIYATLARIGA DOIR'

O'ZBEK TILIDA FIZIKA SOHASIGA TEGISHLI TARKIBLI TERMINLARNING TUZILISH XUSUSIYATLARIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

518
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / terminologiya / terminosistema / tarkibli terminlar / sintaktik usul. / term / terminology / term system / compound terms / syntactic method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odil Toxtamishovich Begimov

Ma’lumki, komponentlarning murakkab nisbati bilan birikishi orqali so'zlarni shakllantirish usuli o'zbek tili fizika terminologiyasida juda keng tarqalgan. Asosan, bu usul ikki yoki undan ortiq komponentli terminlar hosil qilishda qo'llaniladi. Komponentlarning murakkab munosabati bilan birikishi asosida ham murakkab, ham qo'shma terminlar hosil bo'ladi. Maqolada shunday xususiyatga ega bo’lgan terminlarning tuzulish va yasalish xususiyatlari tadqiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

It is known that in the Uzbek physical terminology the method of forming words by combining components with a complex ratio is very common. Basically, this method is used to form terms with two or more components. Both complex and compound terms are formed on the basis of a combination of components in complex relationships. The article explores the features of the structure and formation of terms with such features.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILIDA FIZIKA SOHASIGA TEGISHLI TARKIBLI TERMINLARNING TUZILISH XUSUSIYATLARIGA DOIR»

O'ZBEK TILIDA FIZIKA SOHASIGA TEGISHLI TARKIBLI TERMINLARNING TUZILISH XUSUSIYATLARIGA DOIR

Odil To'xtamishovich Begimov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari doktori [email protected]

ANNOTATSIYA

Ma'lumki, komponentlarning murakkab nisbati bilan birikishi orqali so'zlarni shakllantirish usuli o'zbek tili fizika terminologiyasida juda keng tarqalgan. Asosan, bu usul ikki yoki undan ortiq komponentli terminlar hosil qilishda qo'llaniladi. Komponentlarning murakkab munosabati bilan birikishi asosida ham murakkab, ham qo'shma terminlar hosil bo'ladi. Maqolada shunday xususiyatga ega bo'lgan terminlarning tuzulish va yasalish xususiyatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: termin, terminologiya, terminosistema, tarkibli terminlar, sintaktik usul.

ABSTRACT

It is known that in the Uzbek physical terminology the method of forming words by combining components with a complex ratio is very common. Basically, this method is used to form terms with two or more components. Both complex and compound terms are formed on the basis of a combination of components in complex relationships. The article explores the features of the structure and formation of terms with such features.

Keywords: term, terminology, term system, compound terms, syntactic method.

KIRISH

Ma'lumki, terminlarni shakliy jihatdan turlarga ajratganda, birdan ortiq o'zakdan tashkil topgan birliklarga nisbatan qo'shma,juft, murakkab, tarkibli, birikmali,birikma terminlari qo'llanishi kuzatiladi.

Shuni ham aytish lozimki, terminologik tamoyillarga ko'ra termin shaklan qisqa va ixcham bo'lishi kerak [5,13]. Hatto tarkibli terminlar ham bundan istisno emas. 1990-yilda Moskvada chop etilgan "Лингвистический энциклопедический словарь" da termin so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: "Слово или словосочетание, обозначающее

October, 2022

602

понятие специальной области знания или деятельности" [6, 508].

Akademik V.V.Radlov "turkiy tillardagi ba'zi otlar va fe'l o'zaklarning qo'shilib bir tushunchani ifodalashi umumiy hodisadir", deb hisoblagan. Endi ko'plab olimlar bu hodisa dunyoning aksariyat tillari uchun xos va qadimgi davrlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelishmoqda. Demak, mutaxassislarning fikricha, kompozitsiya usulida so'z yasalishi, ya'ni ikki yoki uch komponentdan iborat so'zlar qadimgislavyan, qadimgi turkiy, umumiy oltoy va shumer tillarida mavjud bo'lgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, qo'shma so'zlarni barcha qadimgi turkiy yodgorliklarda uchratish mumkin. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, birgina "Qutadg'u bilig" asarida 2830 ga yaqin qo'shma so'z mavjud, shundan 268 tasini nomlar tashkil etadi. Turkiyshunoslikda qo'shma va murakkab tuzilishga ega bo'lgan so'zlarni o'rganish tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi [10,38].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek tili terminologiyasini o'rganishda katta hissa qo'shgan tilshunos olim R.Doniyorov tuzilishiga ko'ra birdan ortiq leksik komponentlardan tashkil topgan terminlarni sintaktik yo'l bilan hosil bo'lgan terminlar sirasiga kiritadi. O'zbek tilining texnik terminologiyasida sodda tarkibli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan hosil bo'lgan terminlar nisbatan salmoqli o'rinni egallaydi. Chunki sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo'lganidek, o'zbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi.

Olim sintaktik usul bilan hosil bo'lgan texnik terminlarni ot+ot, nisbiy sifat+ot, sifatdosh+ot, jarayon nomi+ot tipidagi ko'rinishlarga bo'ladi. Ot+ot tipidagi terminlarni I tip izofali, II tip izofali, III tip izofali turlarga ajratadi. Tilshunos bu terminlarni yasalish jihatidan sintaktik usul bilan yasalgan va tuzilish jihatdan qo'shma terminlar nomi bilan ataydi [4, 148].

R.Doniyorovning yuqoridagi tasniflarida ayrim e'tiborga molik jihatlar ko'zga tashlanadi. Birinchidan, u sintaktik usul bilan yasalgan terminlar sirasida fe'l turkumiga mansublarini ajratmaydi. Ikkinchidan, olim ayrim sintaktik usul bilan hosil bo'lgan terminlarning qoliplarini morfologik (masalan, ot+ot tipidagi), ba'zilarini semantik (jarayon nomi+ot) asosda belgilaydi [2,55].

Tilshunos N.Qosimov birdan ortiq komponentli terminlarni qo'shma, juft va gibrid turlarga ajratadi. "O'zbek tili leksikasida ilmiy-texnikaviy tushunchalarni ifodalovchi qo'shma terminlar salmoqli o'rin egallaydi... Umumtilshunoslikdagi "qo'shma so'zlar" (sobstvenno-slojntyu slova) terminiga qiyosan terminologik sistemalardagi xuddi shu tipdagi, ya'ni ikki va undan ortiq mustaqil termin yoki terminoelementlarning o'zaro qo'shilib

October, 2022

603

hosil qilingan yangi leksik birlik - yangi yaxlit terminga — qo'shma termin" birikmasini qo'llash maqsadga muvofiqdir"[11,47].

A.Hojiyevning — Lingvistik terminlarning izohli lug'atida termin so'ziga quyidagicha izoh beriladi: — (lot.terminus -chek, chegara belgisi). Fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so'z birikmasidir. Terminlar bir ma'noli bo'lishi, ekspressiya va emotsionallikka ega emasligi kabi belgilari bilan ham umumiste'mol so'zlardan farqlanadi [12, 88-89].

Har bir fanga, sohaga taalluqli bo'lgan terminlar tartibga solingan leksik sistemani tashkil etadi va ular bir-birlari bilan sistem munosabatda bo'ladi [9,15].

Termin yolg'iz so'z bilan yoki so'z birikmasi bilan ifodalanishi ham mumkin. N.Qosimovning fikricha, qo'shma terminlar qo'shma so'zlardan ayrim jihatlari bilan farqlanadi. Masalan, qo'shma so'zlar barcha mustaqil so'z turkumlari doirasida amal qilishi mumkin. Qo'shma terminlar esa asosan ot turkumi doirasida amal qiladi, qo'shma sifatlar faqat terminelement, ya'ni birikma terminning aniqlovchi komponenti sifatidagina qaraladi. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, otdan boshqa so'z turkumlarining termin bo'la olishi potentsial bo'lib, ular ayrim olingan holda termin bo'la olmaydi.

Ularning terminologik xarakteri kontekstda aniqlanadi, masalan, fe'llar birikmalar tarkibida ham termin bo'la olmaydi. Olim qo'shma terminlarning bir ko'rinishi sifatida gibrid terminlarni ajratadi [11, 48]. "Gibrid terminlar o'zbek ilmiy-texnikaviy terminologiyasida keyingi yillarda paydo bo'lgan yangi tipdagi qo'shma terminlardir. "Gibrid" so'zi keng ma'noda "turli til elementlaridan tuzilgan "duragay" so'zlardir [1, 98]. Masalan, fizikadagi kvazizarralar termini gibrid so'z bo'lib, u lotincha quasi (soxta, yolg'on) so'z formasi hamda o'zbek tilidagi zarra so'zining qo'shilishidan yasalgan. Demak, o'zbek terminologiyasidagi gibrid qo'shma terminlar, asosan, internatsional terminelementlar sifatida grekcha va lotincha prefiksal xarakterga bog'liq morfemalarda ishtirok etadi [2, 56].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Murakkab terminini qo'llash ma'qul emasligini bir necha sabablar bilan asoslash mumkin. Birinchidan, so'zlar kabi terminlar ham shakl va ma'no birligidan iborat. Shu boisdan murakkab atamasi qo'llanganda terminning shaklining ham, ma'nosining ham murakkabligi tushunilishi mumkin. Bu esa masala mohiyatining yaqqol ifodalanmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, murakkab atamasi so'zlarga nisbatan qo'llanganda, ularning o'zaklari mikdoriga asosiy e'tibor qaratiladi. Bu holda birdan ortiq

October, 2022

604

o'zakdan tashkil topgan, qo'shma so'z holidagi terminlar ham, so'z birikmasi shaklidagi terminlar ham anglashilishi mumkin. Holbuki, ko'p hollarda murakkab atamasi ostida birikma shaklidagi terminlar nazarda tutiladi. Shuningdek, birikmali termin atamasida ham ma'lum darajada mantiqiy xatolik bordek tuyuladi. Ma'lumki, -li qo'shimchasida "biror narsaga ega" ma'nosi ham mavjud bo'lib, birikmali termin deganda, o'z-o'zidan, termin biror-bir birikmaga ega degan ma'no uqiladi.Shuning uchun birikma termin atamasini qo'llash har jihatdan qulay [2, 56].

Hozirgi o'zbek terminologiyasi sistemasida fan va texnikaning turfa sohalarida voqelanayotgan qator qo'shma terminlar ikki tushunchani ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Moziydan o'zbek tili lug'at fondida faol qo'llanib kelayotgan tub (asl) hamda arab va fors-tojik so'zlaridan yasalgan qo'shma so'zlar o'zbek terminologiyasida muayyan salmoqqa ega. Internet va globallashuv davrida xorijiy tillarning o'zbek tili so'z boyligiga sezilarli ta'siri oqibatida terminlar sistemasi yangi tip va modellardagi qo'shma terminlar hisobiga yanada kengaydi. Qo'shma terminlar tarkibining genetik nuqtayi nazardan tavsifi ularning ikki, ya'ni muayyan tildagi qatlamga oid so'z birikmalaridan yasalgan qo'shma terminlar hamda turli tillarga taalluqli so'z birikmalaridan yuzaga chiqqan qo'shma terminlarga guruhlanishidan guvohlik beradi [3,139.]

Barcha terminosistemalarda birikmali terminlar miqdorining ustuvorligi kuzatiladi. Bu holat fizika sohasi terminosistemasiga ham birday daxldor deyish mumkin.

Birikma terminlar, boshqa murakkab leksemalar kabi birdan ortiq leksik birlik (o'zak) lardan tashkil topadi va ko'p hollarda birikma holatida bo'ladi. Birikmali terminlar tarkibiy tuzilishiga ko'ra ikki komponentli, uch komponentli, to'rt komponentli, besh komponentli bo'lishi mumkin.

O'zbek tili fizika terminologiyasida so'z yasalishining eng keng tarqalgan usullaridan biri tarkibiy qismlarning atributiv va tobe munosabati bilan birikishidir. Terminlarning birinchi usulida yasalishida birinchi komponent atribut, ya'ni ikkinchi komponentning aniqlovchisi bo'lib keladi. Komponentlarning atributiv bog'lanishi asosida o'zbek tilida ko'p sonli so'z birikmalari hosil bo'ladi. Komponentlarning murakkab munosabatlari asosida shakllangan ko'plab fizika terminlari mavjud.

Ikki komponentdan tashkil topgan birikma terminlar sodda so'z birikmasi shaklida bo'ladi. Ularda ma'noviy yaxlitlanish kuzatilsa-da, ammo shaklan hokim-tobelik munosabati sezilib turadi:

1. Ot + fe'l - gich(-kich/ -qich): elektr o'tkazgich (elektr simi), yorug'lik o'tkazgich, radio uzatgich, yashin o'tkazgich, radio qabul qilgich va boshqalar.

October, 2022

605

2. Ot + ot: radio aloqa, radio kuzatuv, radio uzatish, radio qabul qilish va boshqalar.

Fizika terminlari orasida fe'lli birikmalar ham mavjud bo'lib, ularda asosiy komponent fe'l, unga tobe komponent esa belgili yoki belgisiz shaklda qo'llangan qaratqich kelishigidagi ot hisoblanadi:

1) qaratqich kelishigidagi ot+fe'l: yorug'lik sochilishi, massa ko'chishi, magnit og'ish, bug' hosil bo'lishi, kuchlanishning oshishi, haroratning pasayishi, haroratning ko'tarilishi, yorug'lik nurlanishi, vaqt kengayishi, energiya sarflanishi, yonilg'i quyish, tasvir qurilishi va boshqalar;

2) qaratqich kelishigidagi ot + otlashgan fe'l: yorug'likning so'nishi, zarralarning to'qnashuvi, energiyaning saqlanishi, kuchlarning qo'shilishi, bug'ning qotishi, yorug'likning tarqalishi, molekulalarning o'zaro ta'siri va b.;

3) tushum kelishigidagi ot + fe'l (harakat nomi shakli): energiyani uzatish, tebranishlarni qo'zg'atish, zaryadlarni neytrallash, energiyani sarflash, kuchlarni birlashtirish va b.

Uch komponentli murakkab terminlar erkin so'z birikmasiga qiyoslaganda, uch mustaqil lug'aviy ma'noli birlikdan tashkil topgan bo'ladi. Boshqacha aytganda, uch komponentli so'z birikmasi zanjiri termin sifatida ma'no ifodalaydi va bir tushunchani anglatadi.

Fizikaga xos uch komponentli terminlar tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

a) sifat + ot + ot: optik kvant generatorlari, elementar elektr zaryadi, yagona vaqt tizimi, parallel kuchlar markazi, dinamik bosim kuchi, erkin harakat yo'li va boshqalar;

b) ot + ot + ot(qaratqich kelishigining belgisiz qo'llanishi): elektr toki generatori, elektr qarshiligi magazini, vodorod atomlari nazariyasi, nurlanish energiyasi zichligi, atom yadrosi kuchi, elektr dipol momenti, elektr toki chastotasi va boshqalar;

- ot + ot + ot(qaratqich kelishigining belgili qo'llanishi): elektr tokining yo'nalishi, atom yadrosining uzunligi, vaqt oraliqlarining nisbiyligi, kristall tarmog'ining nuqsonlari, Kuper bug'larining o'lchovlari, tortishish maydonining potensiali va boshqalar;

- ot (qaratqich kelishigining belgisiz qo'llanishi) + ot + ot: Yer magnit maydoni, atom magnit momentlari, Yer magnit meridiani, yadro bog'lanishi energiyasi, atom energiyasi darajalari va boshqalar;

- ot + ot -ning + fe'l: atom yadrosining bo'linishi, elektromagnit to'lqinlarning yutilishi, energiya darajalarining

October, 2022

606

bo'linishi, elektr tokining ochilishi, tok manbalarini ulash, atom yadrosining parchalanishi, magnit tokini kvantlash va boshqalar;

- ot -ning + sifat + ot -i (izafa III): jismning ichki energiyasi, atomning sayyoraviy modeli, Yerning sun'iy yo'ldoshi, kuchning elementar impulsi, molekulalarning kinetik nazariyasi, moddaning amorf holati va boshqalar;

- sifat + ot + ot: nurli issiqlik almashinuvi, foydalanilgan chiqindi gaz va boshqalar;

- son + sifatlovchi + ot: ikki tizzali turba, birinchi kosmik tezlik, ikki taktli dvigatel, ikkinchi kosmik tezlik va boshqalar.

O'zbek tili fizika terminologiyasida juftlashgan shakldigi uch komponentli terminlar ham uchraydi. Ularning dastlabki ikki komponenti juftlashgan holda qo'llaniladi. Ular tuzilishiga ko'ra, ot + ot + ot qolipiga ega bo'ladi: Stefan-Boltzman qonuni, Reley-Djins formulasi, volt-amper xarakteristikasi, Vavilov-Cherenkov effekti va boshqalar.

Misollardan ko'rinib turibdiki, bu atamalarning tarkibiy qismlarining aksariyati olimlar nomi bilan bog'liq bo'lgan xalqaro so'zlardir.

To'rt komponentli murakkab terminlar fizikaning terminlari tizimida nisbatan kamligi bilan xarakterlanadi. Ular tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

- sifat + ot + sifat + ot: faol zonaning kritik hajmi, qattiq jismlarning zonal nazariyasi, optik tizimning asosiy tekisliklari va boshqalar;

- sifat + ot -ning + ot + ot: kimyoviy elementning atom og'irligi, doimiy magnitning magnit maydoni, qattiq jismlarning issiqlik xossalari va boshqalar;

- ot -ning + sifat + ot + ot: mexanizmning foydali koyeffitsiyenti, atomning umumiy impuls momenti va boshqalar;

- ot + ot + ot + ot: issiqlik oqimi zichligi vektori, elektr tokining magnit maydoni va boshqalar;

- ot + ot + sifat + ot: harorat shkalasining doimiy nuqtalari, vodorod atomining chiziqli spektri, atom orbitallarining chiziqli birikmasi va boshqalar.

Fizikada besh komponentli terminlar ham mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: kristall zanjirining normal tebranishlari spektri, atomdagi elektronning umumiy impulsi, o'zgaruvchan tokning samarali qiymati, issiqlik dvigatelining foydali ish koyeffitsiyenti, o'zgaruvchan tokning lahzalik qiymati, oddiy mexanizmlarda bajariladigan ish tezligi va boshqalar.

Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, o'zbek tili fizika terminologiyasi tizimida olti va undan ortiq uzvli terminlar uchramaydi. Terminlar tizimida uchraydigan ko'p komponentli terminlarning aksariyati

umumnutqda so'z birikmasi sifatida ham ishlatiladi va ularning

October, 2022

tarkibidagi har bir mustaqil lug'aviy ma'noli birlik o'z semantik mustaqilligini to'la saqlab qoladi.

Terminologik tizimda ular, garchi erkin birikmalik xususiyatini ma'lum darajada saqlab qolgan bo'lsa-da (ya'ni birikma tarkibidagi birliklarning mustaqil urg'uga ega ekanliklari, bog'lanishning sintaktik qonuniyatlarga to'la mosligi, tarkibidagi birliklarning o'rni bilan o'z morfologik shakllarini o'zgartirib turishlari kabi belgilarga egaligi), faqat asosiy omillar, ya'ni bir ilmiy-texnikaviy tushunchani anglatishi, boshqa tillarga ba'zilarining bir so'z bilan tarjima qilinishi kabilar ularni termin-birikmalar sifatida qarash imkonini beradi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, komponentlarning murakkab nisbati bilan birikishi orqali so'zlarni shakllantirish usuli o'zbek tili fizika terminologiyasida juda keng tarqalgan. Asosan, bu usul ikki yoki undan ortiq komponentli terminlar hosil qilishda qo'llaniladi. Komponentlarning murakkab munosabati bilan birikishi asosida ham murakkab, ham qo'shma terminlar hosil bo'ladi, lekin bunday terminlarning asosiy qismini so'z yasalish modellariga ko'ra tuzilgan qo'shma so'zlar tashkil etadi. Birinchi komponentlar turli so'z turkumlaridan iborat bo'lib, ikkinchi komponenti, ko'pincha, ot, kamroq fe'llardan tashkil topgan bo'ladi. Shuningdek, tarkibli fizika terminlarining aksariyati uch, to'rt va besh komponentdan iborat ko'p komponentli so'zlardir. Murakkab yoki qo'shma terminlarning birinchi komponentlari ko'pincha termin elementlari yoki ko'p ishlatiladigan xalqaro so'zlardir.

REFERENCES

1. Axmanova O.S. Slovarb lingvisticheskix terminov. Izd. 2-e. - M.: Izd-vo «Sovetskaya entsiklopediya», 1969.

2. Valiyev T. Avtoyo'lsozlik terminlarining shakliy strukturasiga ko'ra turlari// Xorijiy filologiya. 2016, №1. -54 - 60.

3. Dadaboyev H. O'zbek terminologiyasi. O'quv qo'llanma, Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. - S.139.

4. Doniyorov R. O'zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -Toshkent: Fan, 1977. -B.97.

5. Leychik V.M.Terminovedeniye: predmet, metodbi,struktura. - M.: 2007. - S.13-15.

6. Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovarb. -Moskva: Sovetskaya entsiklopediya,1990. -S. 683.

7. Madaliyev B. Hozirgi o'zbek tilida qo'shma so'zlar. - Toshkent,

XULOSA

1966.

October, 2022

8. Mamatov N. O'zbek tilida qo'shma so'zlar. - Toshkent, 1982.

9. Maxkamov N. Terminlarni me'yorlashtirish muammolari // O'zbek tili va adabiyoti,2015, 15-bet.

10. Musina G. F.,. Satarova L. X. Obrazovaniye slojnbix i sostavnbix terminov fiziki v tatarskom yazbike putem slojeniya osnov s kompletivnbim otnosheniyem komponentov// Vestnik TGPU (TSPU Bulletin). 2018. 5 (194). -S. 38 - 41.

11. Qosimov N. O'zbek tili ilmiy-texnikaviy terminologiyasi masalalari (So'z o'zlashtirish va affiksatsiya masalalari). - Toshkent: Fan, 1985.-B. 47.

12. Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. -Toshkent: O'zbekiston milliy ensklopediyasi, 1985, -B. 88-89.

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.