Научная статья на тему 'ZAMONAVIY QURILISH SOHASI TERMINOLOGIYASI'

ZAMONAVIY QURILISH SOHASI TERMINOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / terminolgiya / atama / leksema / qo‘shma so‘zlar / sodda so‘zlar / marfologik usul / sintaktik usul.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sag‘Dullayev Ma’Ruf Ilhom O‘G‘Li

Ushbu maqola zamonaviy qurilish sohasi terminologiyasi haqida yozilgan, ularning yasalishi, sodda yoki qo‘shma so‘z ekanligi haqida bayon etilgan. Bu terminlar misollar bilan asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY QURILISH SOHASI TERMINOLOGIYASI»

ZAMONAVIY QURILISH SOHASI TERMINOLOGIYASI Sag'dullayev Ma'ruf Ilhom o'g'li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Toshkent filiali assistenti marufsagdullayev@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10802478

Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy qurilish sohasi terminologiyasi haqida yozilgan, ularning yasalishi, sodda yoki qo 'shma so'z ekanligi haqida bayon etilgan. Bu terminlar misollar bilan asoslanadi.

Kalit so'zlari: termin, terminolgiya, atama, leksema, qo'shma so'zlar, sodda so'zlar, marfologik usul, sintaktik usul.

Аннотация. В данной статье рассказывается о терминологии современной строительной отрасли, поясняется, состоят ли они из простых или сложных слов. Эти термины подкреплены примерами.

Ключевые слова: термин, терминология, термин, лексема, сложные слова, простые слова, морфологический метод, синтаксический метод.

Abstract. This article is written about the terminology of the modern construction industry, it is explained whether they are made up, simple or compound words. These terms are supported by examples.

Keywords: term, terminology, lexeme, compound words, simple words, morphological method, syntactic method.

Kirish

Hozirgi davr terminologiya ancha taraqqiy etgan palla hisoblanadi, biroq ilm-fanda yangi kashfiyotlar bo'lishi natijasida yangi terminlar, atamalar va nomlar paydo bo'lmoqda. Shular natijasida qurilish, iqtisod, qishloq xo'jaligi va texnologiya sohasiga kirib kelgan yangi termin, atama, leksemalarni o'rganishni taqoza etadi. Qurilish sohasida ham anchagina yangi terminlar paydo bo'lmoqda, Shu sababli, ushbu maqolamizni qurilish sohasidagi yangi terminlarni qisman bo'lsa-da ta'riflashga harakat qildik.

Asosiy qism.

XX asr oxirlaridagi qurilish sohasi terminlari deyarli barchasi o'zbekcha terminlar hisoblangan. -chi, -kor qo'shimchalari juda faol qurilish terminlarini yasovchi qo'shimcha hisoblangan.

-chi qo'shimchasi, deyarli bilan bog'liq bo'lgan qo'shimchalar barcha tematik guruhlarga, ulardan faoliyati qurilish bilan bog'liq bo'lgan shaxslar ismlarining ma'nosi bilan atamalar hosil qiladi. Bular, masalan: payvand+chi=payvandchi, oyna+chi=oynachi, suvoq+chi=suvoqchi. -chi affiksi atama hosil qilishi mumkin: a) o'zak so'zlardan: loyiha+chi= loyihachi "dizayner", pardoz+chi+pardozchi, andava+chi=andavachi "devorni loy bilan tekislaydigan usta"; b) yasama asoslardan: buyurtma+chi=buyurtmachi "mijoz", bo'yoq+chi=bo'yoqchi. -chi affiksi rus va xalqaro so'zlardan unumli atama hosil qiladi: montaj+chi=montajchi "o'rnatuvchi", parket+chi=parketchi "uy ichining past qismiga parketni o'rnatuvchi usta". Bundan tashqari sodda tub paxsa, randa, arra kabi so'zlar ham mavjud bo'lgan. XX asrlarda o'zbek tilidan tashqari tojik tilidan o'zlashgan ayrim terminlar ham mavjud bo'lgan. Masalan, toshtarosh (to+tarosh tojik tilidan kirib kelgan bo'lib, tosh yo'nuvchi ma'nosini ifodalagan), najjor (tojikcha, taxta ustasi) va boshqalar.

XXI asrga kelib, fan-texnika sohasida turli xil ixtirolar qilinishi natijasida yangi terminlarga ehtiyoj sezila boshlaydi va shu asrdan boshlab terminologiya sohasi ancha rivoj topdi. Shu qatorda qurilish sohasi terminlari ham o'rganilishga muhtoj bo'lib bormoqda. Zamonaviy qurilish terminlari 2 xil usulda o'zbek tilida paydo bo'lmoqda:

1.Tashqi imkoniyatlar asosida. Rus va ingliz tillaridan kirib kelgan terminlar bunga misol bo'ladi. Masakan, mixer, drill, lazer, stabilizator, fiting, elektr lobzik, miller. Bu terminlarning bir nechtasini tahlil qilimiz.

Mixer ingliz tilidan kirib kelgan termin, mix- aralashtirmoq, -er shaxs va narsa yasovchi qo'shimcha sanaladi. Bu terminning tarjimasi "aralashtirgich" ma'nosini ifodalaydi. Mixer termini qurilish sohasidan tashqari qandolatchilik sohasida ham keng qo'llaniladi va ikkala sohada ham terminning tarjimasi "aralashtirgich" va "aralashtiruvchi" ma'nolarini ifodalaydi. Qurilish sohasida sement qorishmasini tayyorlab beradigan mashina va qandolatchilikda esa mahsulotlarni aralashtirib beradigan uskunani mixer termini qo'llaniladi. Sodda yasama termin bo'lib, mix asos, -er yasovchi, mixer yasalma.

Drill ingliz tilidan kirib kelgan sodda termin, drill "burg'u" bo'lib o'zbek tiliga tarjima qilinadi. Bu termin o'zbek tiliga to'g'ridan to'g'ri kirib kelgan va hozirgi kunda ingliz tilidagi nomi keng ommaga tanish. O'zbek tilidagi tarjimasi foydalanilmaydi.

Fiting ingliz tilidan kirib kelgan sodda termin, fiting "moslashish", "loyiq" ma'nolarini ifodalaydi. Bu termin o'zbek tilida juda kam qo'llaniladi. Bu terminning rus tilidagi tarjimasi "TpoHHbiK" termini ko'proq qo'llanadi, lekin "tpohhmk" termini bir nechta sohalarda uchraydi. Biz e'tibor berishimiz kerakki, faqatgina ushbu termin qurlish sohasida fiting terminini rus tilidagi qo'llanilshidir.

2.Ichki imkoniyatlar asosida. O'zbek tilidagi so'zlarga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish (morfologik usul) va ikki va undan asoslarni birlashtirish orqali (sintaktik usul) yangi termin hosil qilinadi. Masalan, plastik quvur payvandlagich, gazli pushka, qurilish feni, puflagich, havo compressor, kanalizatsiya nasosi, kuchaytiruvchi suv nasosi, qurilish changyutgichi.

Plastik quvur payvandlagich o'zbek tilidagi so'z birikmasi ko'rinishidagi termin va so'z yasovchi qo'shimcha yordamida yasalgan. Hozirgi kunda qurilish sohasida bu termin "yrroK" termini sifatida foydalaniladi. Payvandla+gich=payvandlagich ko'rinishida morfologik usulda yasalgan. Plastik quvurlarni bir-biriga eritib ulaydigan qurilma.

Qurilish changyutgichi o'zbek tilidagi qo'shma termin hisoblanadi, ham morfologik, ham sintaktik usulda yasalgan. Changyutgich so'zi quyigacha bo'ladi: chang (ot)+yut (fe'l)+gich(so'z yasovchi qo'shimcha)+changyutgich hosil bo'ladi. Qurilish (sodda) + yutgich (yasama) = qurilish changyutgichi termini hosil bo'lgan.

Qurilish fini o'zbek tilidagi qo'shma termin. Bu termin sintaktik usulda yasalgan, qurilish(sodda, harakat nomi)+fin (sodda, ot) = qurilish fini bo'lib yasalgan.

Puflagich o'zbek tilidagi sodda termin bo'lib, morfologik usulda yasalgan. Bu terminning asosi puf-puf taqlid so'zi va unga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shilib, devorlardagi changlar va boshqa narsalarni puflab uchiradigan qurilmaga nom qilib qo'yiladi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy qurilish sohasi terminlari o'rganilishga muhtoj. Yangi texnikalar kashf qilinaverar ekan, yangi terminlarga va ularning tadqiqiga muhtojlik sezaveramiz.

REFERENCES

1. 1.Ахлиддинов Р.Ш. Умумий урта таълим сифатини бошкаришнинг ижтимоий-педагогик асослари (Кадрлар тайёрлаш миллий дастури асосида). Пед.фан.док. ...дисс. - Т., 2002. -338-б

2. Сапаев Каландар, Строительная терминология узбекского языка. автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук - Тошкент, 1984,

3. Hamidulla Dadaboyev "O'zbek terminologiyasi" Toshkent - 2019.

4. Саидкодирова Д. Инглиз ва узбек тилларида интернет терминларининг лингвистик тадкики. Филол. фан.буйича фалс. докт.дисс. автореф. Тошкент, 2018.

5. Дадабоев X,., Х,амидов З., Холманова З. Узбек адабий тили лексикаси тарихи.- Тошкент: Фан, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.