Научная статья на тему 'O`ZBEK TILIDAGI O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI'

O`ZBEK TILIDAGI O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
229
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEK TILIDAGI O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023 .

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O ZBEK TILIDAGI O ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI

Bekberganova Munira Shokir qizi

UrDU, Lingvistika (ingliz tili) 2-kurs magistri

Annotasiya: Ushbu maqolada pul, hisob-kitob asosida amalga oshiriladigan moliyaviy munosabatlar, moliya-byudjet, grazna sohalariga oid terminlarning o^zbek tilida tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishi osz tarixiy taraqqiyotyo lini bosib otganligi togrisida ma lumot berilgan. Iqtisodiyot terminologik tizimining shakllanishi va rivojlanishida o'zlashgan iqtisod terminlarining o^ziga xoslik kasb etib, tarkib topib, taraqqiy etishi misollar yordamida yoritilgan.

Kalit so^zlar: termin, terminologiya, derivatsiya, moliya-byudjet, vositachi til, sosz ozlashtirish.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7730136

Qardosh va qardosh bolmagan tillar terminosistemalarining chog'ishtirma-tipologik tadqiqi, yani tillararo chog'ishtirish taraqqiyotining zamonaviy bosqichi lingvistika bilan chambatchas bog'liq. So'nngi yillardagi izlanishlar ingliz tilidagi terminologik tizimlarni chuqur tadqiq qilish bilan cheklanib qolmay, roman-german tillarini, shuningdek, turli tuzilishga ega slavyan, turkey tillarni ham chog'ishtirma tahlilga jalb qilmoqda. Bu esa etnik xususiyatga ega bo'lgan til hodisalarini va terminosistemalar terkibini hamda ularda mavjud bolgan ortiqcha termin elementlarini tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qiladi.

Mutaxasis tomonidan terminologiya sohasidagi bilimlarning to'g'ri ozlashtirilishi va savodli qollanishi tilshunoslikni rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ingliz va rus tillaridagi iqtisodiyot sohasida qo'llaniluvchi maxsus bazaviy terminlarning chog'ishtirib o rganilishi, o zaro qardosh bo lmagan xalqlarning tafakkur mahsulini ochib beradi. Bu zamonaviy ingliz tilida o' ifodasini topgan qiziq bir oziga xoslik belgisini aniqlashtiradi.

"Kazna" (g'azna) leksemasi interlingval iqtisodiyot terminlariga qiziqarli misol bola oladi. Lingvistik nuqtai nazardan rus tilida "kaznacheystvo" sozidan kelib chiqish tarixi qiziq: u "kazna" sozidan yasalgan bo'lib, M.Fasmerning etimologik lug'atida uning turkey tillardan o'zlashtirilgani aytiladi.

Etiborlisi shundaki, qadimgi ingliz tilida ham, qadimgi rus tilida ham treasure-kazna terminlari ozlashma bolib (ingliz tiliga eski fransuz tili orqali lotin tilidan, rus tiliga turkey tillar vositasida arab tiliga o'zlashgan), ozining konseptual va semantic manosini saqlagan.

Xorijlik hamkorlar bilan doimiy aloqalar, O zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy terminologiyaning tarqoqlashuviga olib keladi. Ayniqsa, so'nnggi on yillikda yangi so'zlarning faol kirib kelishi va joriy qilinishi ushbu fikrni tasdiqlaydi.

.IOlRSAl.-RESKARCHS.COM

245

MARCH, 2023

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023 .

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ozbek tilida "shaxs" tushunchalar kategoriyasini ifodalovchi va -er, -or qo'shimchalari orqali iqtisodiyot sohasidagi shxsni anglatuvchi ko'plab nomlar o'zlashgan so'zlardir:

a) lotin tilidan rus tili orqali (ayni vaqtda mazkur terminlar rus tilining o'zi uchun ham yevropa tillari orqali o'zlashgan bo'lib, rus tilining fonetik, grafik, morfologik xususiyatlariga moslashgan): auditor (auditor);

b) bevosita roman-german tillaridan, xususan, ingliz tilidan o'zlashgan. Masalan: sponsor (sponsor); diler (dealer); menejer (manager);

Ma'lumki, iqtisodiyot sohasiga G'arbiy Yevropa tillaridan o'zlashgan terminlarning katta qismi o'zbek tiliga vositachi rus tili orqali kirib kelgan. Bu uchinchi til sifatida o'zbek tiliga-iqtisod sohasi terminologik birliklarning fonetik, grafik jihatdan barqarorlashgan natijalarini o'zlashtirish yo'li bilan jahonga integratsiyalashuv jarayonida yuz beradi. Bunga deyarli tarkima hamda semantic kalka usullari xizmat qiladi.

O'zbek tilida terminlarning hosil bo'lishi va iqtisodiyot terminologik tizimining, xususan, iqtisodiyot sohasining shakllanishi rus va ingliz tilidagi termin hosil bo'lishidan farq qiluvchi o'ziga xoslikka ega. Bular:

1. Vositachi til-odatda rus tili orqali lotin, qadimgi grek, roman-german, rus tillaridan o'zlashgan yoki mustaqillik davridan keying to'g'ridan-to' g'ri o'zlashgan terminlar. Masalan: import (import), inflation (inflyatsiya), option (opsiya), pension (pensiya), subvention (subventsiya). Rus, arab yoki fors tillaridan o'zlashgan terminlar: masalan: finans, finansist, ekonomika, economist, dezinflyatsiya.

2. Tarjima terminlar. Masalan ingliz tilidan o'zbek tiliga, bunda:

a) faqat o'zbek tiliga oid terminlar amal qiladi; mahalliy byudjet, aylanma kassa, byudjetlarning darajasi, maxsus g^azna hisobraqami.

b) o'zlashgan termin va iqtisodiyotga oid o'zbekcha termin birgalikda sinonim sifatida amal qiladi; budget deficit-byudjet taqchilligi, finance-moliya, treasure account-g^azna hisob raqami.

O'zlashgan tushuncha deganda o'zbek tiliga avvaldan arab yoki fors tillaridan o'zlashgan va ayni vaqtda retsipient tilning fonetik, grafik, morfologik xususiyatlariga moslashgan holda o'zbek tilining lug'at tizimidan barqaror o'rin egallagan terminlar nazarda tutiladi. Property-mulk; price-narx; shaotage-kamomad.

3. Yevropa tillaridan terminlar tarjimasi ko'pincha so'z birikma shaklida, ya'ni so'zni izohlash orqali amalga oshiriladi. Bunday ko'p tarkibli birliklar bir tarkibli birliklar singari o'zbek tilida faol qo'llaniladi.

XX asrda o'zbek iqtisodiyot terminologiyasi tadqiqi bo'yicha sezilarli ishlar olib borilgan bo'lib, binobarin bu ishlar o'zbek terminologiyasining shakllanishiga aynan rus tilining ta'siri sezilarli darajada yuqori ekanligini ko'rishimiz mumkin. Chunonchi, ko'rib chiqilayotgan faoliyat sohalarida anologik terminologik tushunchalar mavjud emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Тасев С.Б. Терминология консервной промышленности: Автореф. дисс. ...канд.

филол. наук. - Л., 1975. -С. 22.; Сперанская Н.Н. Лесохозяйственная

терминология: Дисс. ...канд. филол. наук. - Л., 1984. - 197 с.

JOURNAL-KESEARCHS.COM

246

MARCH, 2023

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

2. Кутарева Л.В. Лексико-семантический способ образования научно-технических терминов // Вопросы общего и славянского языкознания. - Днепропетровск, 1976. - С.124-129.

3. Сербиновская Н.В. Формирование и развитие терминологического поля "маркетинг" в русском языке: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук.-Ростов-на-Дону, 2008.-25с.

4. Sapaeva, D. (2020). Linguistic peculiarities of medical terminology.

5. Сапаева, Д. Н. (2021). ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК ТИЛИ ДЕРМАТОВЕНЕРОЛОГИК ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА МЕТОФОРИК КУЧИМ. 1п КУЛЬТУРОЛОГИЯ, ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ И ФИЛОЛОГИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ И НА УЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ (рр. 41 -45).

JOURNAURESEARCHS.COM

247

MARCH, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.