| VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)
SAYYOHLIK SOHASIGA OID TERMINLARNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY
MUAMMOLARI Xashimova Zarinabonu Ixtiyorbek qizi
Andijon davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7949299
Annotatsiya: Mazkur maqola so'nggi paytlarda terminlar bo'yicha tadqiqotlar va nazariyalarning muhim masalalarini taqdim etadi. Jumladan, ingliz va o zbek tillarida terminlarining lug'aviy tadqiqi, atamalarining lingvokulturologik xususiyatlari, terminlarni tarjima qilishning nazariy muammolari, ingliz va o zbek tillarida terminlarining ishlatish metodikasi kabi masalalar yoritilgan.
Kalit so'zlar: lug'at, terminologiya, terminlar, atamalar, turizm, semantika, foydalanish, hosil qilish, lingvokulturologiya, til, madaniyat, o'zlashtirilgan so'zlar, sohaga oid terminlar, terminologik sistema, leksika, kalkalash.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ТЕРМИНОВ, ОТНОСЯЩИХСЯ К
СФЕРЕ ТУРИЗМА
Аннотация: В этой статье представлены важные вопросы последних исследований и теории термина. В частности, освещаются такие вопросы, как лексическое изучение терминов в английском и узбекском языках, лингвокультурологическая характеристика терминов, теоретические проблемы перевода терминов, приемы употребления терминов в английском и узбекском языках.
Ключевые слова: лексика, терминология, термины, термины, туризм, семантика, употребление, производство, лингвокультурализм, язык, культура, приобретенные слова, термины, относящиеся к сфере, терминосистема, лексика, калькирование.
THEORETICAL PROBLEMS OF TRANSLATION OF TERMS RELATED TO THE
FIELD OF TOURISM
Abstract: This article presents important issues of recent research and theory on the term. In particular, issues such as the lexical study of terms in English and Uzbek languages, linguistic and cultural characteristics of terms, theoretical problems of translating terms, methods of using terms in English and Uzbek languages are covered.
Keywords: vocabulary, terminology, terms, terms, tourism, semantics, use, production, linguo-culturalism, language, culture, acquired words, terms related to the field, terminological system, lexicon, calking.
KIRISH
Dunyoda turizm yo'nalishida ro'y berayotgan jarayonlarning globallashuvi va integratsiyasi mamlakatimizning turizm sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishga turtki bo'ldi. O'zbekiston turizim sohasida ulkan salohiyatgan ega bolgan davlatlar qatoridan orin egallamoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz betakror tabiati, go zal dam olish zonalari imkonlaridan foydalanib, yangi sayyohlik yo'nalishlari ziyorat turizimi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastranomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga va kadrlar masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Turizim sohasi - milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltirayotgan eng istiqbolli tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ'ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor
| VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)
vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bu o'z navbatida, sayyohlik sohasining taraqqiy etishi, mazkur sohada faol qo'llaniladigan turizm sohasiga oid terminlar tizimini ilmiy ham amaliy jihatdan yanada atroflicha tadqiq qilish zaruratini yuzaga chiqardi. Bugungi kunda mamlakatimizda sayyohlik sohasiga oid terminologiya rivojlanish bosqichida bo'lib, bu jarayonda xalqaro muloqotning butun dunyoda tan olingan vositasi sanalgan ingliz tili sayyohlik terminologiyasi muhim rol o'ynamoqda. Turizm sanoatining taraqqiyoti tarjima va madaniyatlararo muloqot bilan uzviy bog'liq.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Turizmning o'ziga xos xususiyati - bir qator sanoat yo'nalishlariningning birlashishi: mehmonxona sanoati, restoran biznesi, kredit va moliya tashkilotlari hamda ko'ngilochar sohalar shular jumlasidandir. Turizm nafaqat hududlarni o'rganish balki, uning yaralish va o'zgarish jarayonini aks ettiruvchi madaniy tizimdir. Bugungi kunda sayyohlik terminologiya tizimi turizm sohasiga oid tizimlar lingvistikasi yo'nalishini vujudga keltiradi. Mazkur tushunchalarning barcha sohalarga kirib kelishi terminologiya oldiga insoniyat ehtiyojlari uchun izohli va tarjima lug'atlarini yaratishni taqozo qiladi. Bunday lug'atlarda tarjima orqali so'z yasalishi va qiyosiy tarjima orqali turizm sohasiga oid terminologik birliklarinig turli tizimli tillardagi o'ziga xos lingvistik xususiyatlari aks ettiriladi. Terminlarning yildan yilga o'zgarishi va yangi terminlarning paydo bo'lishi fan, ta'lim, ishlab chiqarish va innovatsiya sohalarining taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Tabiiy holda sohalarning taraqqiyoti turli soha mutaxasislarining shu soha yutuqlaridan keng foydalanishi sababli terminlarga bo'lgan e'tibor ortmoqda va yangi terminlar paydo bo'lmoqda. Boshqa xorijiy tillardagi sayyohlik sohalarga doir terminlari mavjud bo'lgan ilmiy matnlarni o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yoki aksincha bo'lganda turli xil muommolar paydo bo'ladi. Bugungi kunda ilk muammolardan biri qaysi tildan tarjima qilinayotgan bo'lsa shu matndagi terminning ma'nosiga mos terminni boshqa tildan tarjima qilishda topib bo'lmay qolishidir va bu o'z navbatida katta qiyinchilik tug'diradi. Bundan avval kichik bir masalaga to'xtalib o'tish mumkin, o'zbek tiliga boshqa ingliz tilidan ilmiy ishlarda uchraydigan terminlarni tarjima qilish uchun o'zbek tilida yaratilgan sayyohlik terminlariga oid qo'llanmalar mavjud emas, bo'lsa ham to'liq emas, bu esa tarjimon va til o'rganuvchilar uchun terminlarni tarjima qilishda katta muammolarga sabab bo'ladi. Fikrimizcha, yuqoridagi masalalar orqali uchinchi muammo paydo bo'lmoqda, bu muammo shuki, boshqa tildan tarjima qilinayotgan termin ona tilimizda shu so'zga mos so'z topilmaganidan so'ng boshqa xorijiy so'zni o'z holicha (kalka) qabul qilinmoqda va o'sha so'zni tarjimasini ona tilida ko'rib chiqadigan bo'lsak noto'g'ri ma'no bermoqda. Bugungi kunda sohaga terminlarni tarjima qilishdagi muhim muammo deb hisoblash mumkin. So'zlarning bir tildan boshqa tilga kirishi va singishi, shunchaki oddiy jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog'liq qonuniyatdir.1 Tildan tilga so'z o'zlashishi uchun avvalo, real sharoit lozim. Bunday sharoit tillarning o'zaro hamkorligi, ya'ni tillar orasidagi aloqalardir. Turizm sohasiga oid terminlar yoki matnlarni o'zbek tilida ifodalashda quyidagi tarjima usullaridan foydalanilgan:2
- kalkalash: to'liq kalka va yarim kalka;
- ekvivalent tarjima;
- transliteratsiya;
1 https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6199
2 Musayev K. Tarjima nazariyasi. Toshkent.2003.-B. 48-55
| VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)
- izohli tarjima.
Kalkalash o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, unda asosan 3 ta hodisa kuzatiladi:
A) o'zga til ishtiroki;
B) o'z element ishtiroki;
D) o'zga til elementi ishtiroki.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Birinchi hodisaning mohiyati kalkalanuvchi materialning o'z til emas, o'zga tilniki ekanligidir. Ikkinchi hodisa o'zga materialning o'z qatlami imkoniyati asosida kalkalashdir. Uchinchi hodisa o'zga materialning o'zga til so'zlari bilan berilishidir. Kalkalash orqali qilingan misollarni korib chiqamiz.
Kalkalash usulida turizm sohasiga oid terminlarning tarjimasi (2 jadval)
2 jadval
To'liq kalkalash Yarim kalkalash
o'zlashma terminning ma'nosigina saqlanib qoladi, inglizcha tovush jihati butunlay yo'qoladi terminlar tarkibi o'zlashma va o'z materialdan iborat bo'ladi
Housekeeper - mexmonxona menejeri programme of excursions - ekskursiya dasturi
Transliteratsiya yo'li bilan tarjima qilis i - tarjima jarayonida terminning semantikasi,
strukturasi va shakli ham o'zlashtiriladi. Misollarga murojaaat qilamiz: camping - kemping, ratel - poTen.
Ingliz tilida "area" so'zi quydagi ma'nolarga ega: 1) a part of a country, town (qishloqning bir qismi yani shaxarcha); 2) a part of a house office, garden (hovlining bir qismi yani bog'cha); 3) a particular subject, range of activities(muayyan mavzu, faoliyat doirasi) - "catchment area" iborasida esa bu soz boshqa manoda ishlatiladi. Bu iborani "an area from which the majority of users of an attraction, facility or service are drawn - attraksion, ob'ekt yoki xizmatdan foydalanuvchilarning ko'pchiligi jalb qilingan hudud" tarzida tarjima qilinadi. Bu iborani gapda ishlatilishini korib chiqamiz. "If your airport is a destination for VFR, include data on the numbers of people, catchment area, where they are coming from or going to. - Agar sizning aeroportingiz VFR uchun mo'ljallangan manzil bo'lsa, odamlar soni, insonlarning toplanish hududi, ular qayerdan kelayotgani yoki ketayotgani haqidagi ma'lumotlarni kiriting". Ekvivalentli tarjimada tarjimaning muvofiq yoki mos ma'nolarini o'giriladi. Masalan: cancellation fee- bekor qilish to'lovi, affinity group- yaqinlik yoki aloqadorlik guruhi.
XULOSA
Turizm sohasiga oid tizimni mos kelmasligi natijasida muqobilsiz terminlar, ya'ni muqobilsiz termin birligiga o'zga davlat turizm sohasiga oid diskursida mavjud bo'lmagan realiyalarni kiritish mumkin. Izohli tarjima asliyatdagi biror so'z yoki so'z birikmaning tarjima qilinayotgan til leksikasida varianti yoki ekvivalenti mavjud bo'lmagan holatda, tarjima jarayonida uning izohi, ya'ni ushbu birlik ifoda etayotgan tushunchaning tasviri qo'llanilganda foydalaniladi.3 Sayyohlik terminologiyasini turli tillarga tarjima qilish masalalariga qiziqish turizm sohasiga oid
3 Isakova Ye.M. Diskurs turizma i yego sostavlyayushie // Inostrannie yaziki: lingvisticheskie i metodicheskie aspekti. 2016. -B. 278-284.
i VOLUME 2 I ISSUE 5 I 202Э ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S3)
terminlarining doimiy ravishda takomillashib borishiga xizmat qilmoqda. Terminlarning yildan yilga o'zgarishi va yangi terminlarning paydo bo'lishi fan, ta'lim, ishlab chiqarish va innovatsiya sohalarining taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Turizm sohasiga oid terminlarini tarjima qilish muammolarini o'rganishning dolzarbligi, asosan, xalqaro aloqalarning rivojlanishi, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ushbu sohada professional kadrlarni tayyorlash bilan bog'liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. - Toshkent, 2011.-B. 129
2. Isakova Ye.M. Diskurs turizma i yego sostavlyayushie // Inostrannie yaziki: lingvisticheskie i metodicheskie aspekti. 2016. -B. 310
3. Ashurov.N.O. Abdullayeva.F.S. Ingliz va o'zbek tillarida biznes va turizm terminlarini ishlatish metodikasi. Science and Education. Scientific Journal. 2022. P.605-610
4. https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6199