Научная статья на тему 'IQTISODIYOT SOHASIGA OID TERMINOLOGIK MAYDON TUSHUNCHALARINING SHAKLLANISHI VA TAVSIFI'

IQTISODIYOT SOHASIGA OID TERMINOLOGIK MAYDON TUSHUNCHALARINING SHAKLLANISHI VA TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Termin / terminologik maydon / terminosfera / iqtisodiy terminlar / dominantlik. / Term / terminological field / terminosphere / economic terms / dominance.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bekberganova Munira Shokir Qizi

Mazkur maqola o‘zbek va ingliz tillarida iqtisodiyot sohasiga oid terminlarni chog‘ishtirma tadqiqiga bag’ishlangan bo‘lib, unda iqtisodiyot sohasi leksik birliklarining lingvistik, leksikografik xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION AND DESCRIPTION OF TERMINOLOGICAL FIELD CONCEPTS RELATED TO THE FIELD OF ECONOMY

This article is devoted to the comparative study of economic terms in Uzbek and English, and the linguistic and lexicographic features of economic lexical units are highlighted.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOT SOHASIGA OID TERMINOLOGIK MAYDON TUSHUNCHALARINING SHAKLLANISHI VA TAVSIFI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Щ /

i V

Уг\гл

Я-,. ' I г [■■

I " Ï yj

ч i 'JmH

LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

à^A «..l в®.!»»»»""

ARTICLE INFO

FORMATION AND DESCRIPTION OF TERMINOLOGICAL FIELD CONCEPTS RELATED TO THE FIELD OF ECONOMY

Bekberganova Munira

TUIT, teacher of the Uzbek language and social sciences department https://doi.org/10.5281/zenodo.11500407

ABSTRACT

Received: 28th May 2024 Accepted: 05th June 2024 Online: 06th June 2024 KEYWORDS

Term, terminological field, terminosphere, economic terms, dominance.

This article is devoted to the comparative study of economic terms in Uzbek and English, and the linguistic and lexicographic features of economic lexical units are highlighted.

ФОРМИРОВАНИЕ И ОПИСАНИЕ ТЕРМИНОЛОГИЧЕСКИХ КОНЦЕПЦИИ, ОТНОСЯЩИХСЯ К СФЕРЕ ЭКОНОМИКИ

Бекберганова Мунира

ТУИТ, преподаватель кафедры узбекского языка и обществознания https://doi.org/10.5281/zenodo.11500407

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28th May 2024 Accepted: 05th June 2024 Online: 06th June 2024 KEYWORDS

Термин,

терминологическое поле, терминосфера, экономические термины,

Данная статья посвящена сравнительному изучению экономических терминов на узбекском и английском языках, а также выделены лингво-лексикографические особенности экономических лексических единиц.

доминирование.

IQTISODIYOT SOHASIGA OID TERMINOLOGIK MAYDON TUSHUNCHALARINING SHAKLLANISHI VA TAVSIFI

Bekberganova Munira Shokir qizi

TATU, O'zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11500407

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28th May 2024 Accepted: 05th June 2024 Online: 06th June 2024 KEYWORDS

Mazkur maqola o'zbek va ingliz tillarida iqtisodiyot sohasiga oid terminlarni chog'ishtirma tadqiqiga bag'ishlangan bo'lib, unda iqtisodiyot sohasi leksik

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Termin, terminologik birliklarining lingvistik, leksikografik xususiyatlari

maydon, terminosfera, yoritilgan. iqtisodiy terminlar, dominantlik.

Terminlarni o'rganishning zamonaviy bosqichida terminlar u yoki bu sohada birlamchi o'rinni egallashi yoxud semantic dominantlik kasb etishi e'tirof qilinmoqda. Zamonaviy terminshunoslikda rasman qabul qilingan va lug'atlarda qayd qilingan "terminologiya", "terminosistema", "terminologik maydon" singari terminlar bilan bir qatorda "terminosfera" tushunchasidan foydalanish keng tarqalgan. A.A.Proshina o'zining rus va nemis tillarida "Iqtisod" terminosferasi va tushunchalar sferasining shakllanishiga bag'ishlangan ishida T.R.Kiyak tomonidan taklif qilingan izohga tayanadi, unga ko'ra: "Muayyan bilim sohasiga oid terminlar yig'indisi terminosfera deb ataladi.

XX asrning oxiriga kelib iqtisodiyot sohasi bilan bog'liq lingvistik tadqiqotlar soni ortishi kuzatildi. Masalan, O.L.Shaxbazyan bozor iqtisodiyotini terminologik kontinium sifatida, iqtisodiy terminlarni o'zlashtirish va derivatsion jarayonlarini atroflicha o'rgangan. V.V.Kasyanov esa moliya sohasi terminologiyasini ingliz va rus tillarida qiyosiy tahlil qilgan bo'lsa, O.S.Ahmedov o'zining doktorlik ishida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili, tarjima muammolarini ingliz va o'zbek tillari asosida tadqiq etgan. L.M.Mitireva iqtisodiy terminlar materiali asosida neologizmlarning psixolingvistik tahlilini, E.V.Kinchina iqtisodiyot terminologiyasining asosiy shakllanish yo'llari va manbalarini aniqlashga qaratilgan ishlarini alohida ta'kidlash lozim.

Moliya-iqtisod terminlarini tilshunoslik ob'ekti sifatida o'rganishning dolzarbligi ushbu sohalarning jadal rivojlanishi bilan belgilanadi. Moliya-iqtisod terminologiyasi bilan bo'g'liq qiyosiy-tipologik plandagi tadqiqotlar soni yil sayin ortib bormoqda. Ta'kidlash kerakki, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganidan keying o'n besh yilliklarda xalqaro munosabatlarning kengayib borishi, jahon iqtisodiyotidagi uzluksiz integratsiya jarayonlari, o'zbek tili lug'at tarkibining boyib borishiga xizmat qildi. Davlat xizmat ko'rsatish va servis sohalari spektrining kengayishiga bo'g'liq ravishda moliya-iqtisod yo'nalishida diskursiv faollashish jarayoni yuz beradi. Biroq, mamlakatimizda moliya-iqtisod terminologiyasi yoki uning tarkibiy qismlarini lingvistik tadqiq qilishga intilishlar nisbatan kam bo'ladi. Chorak asrdan ortiq vaqt mobaynida rivojlanib kelayotgan moliya tizimi zamonaviy jamiyatning barcha qatlamlari bilan o'zaro hamlorlik qilmoqda; ayni vaqtda terminologik birliklarning qo'llanilish darajasi ham rivojlanmoqda. "XX asr oxirlarida Rossiya iqtisodiyotida kuzatilgan jadal bozor islohotlari rus marketing terminologiyasining shakllanish va rivojlanish jarayonlariga turtki bo'ldi. U dastlab o'zlashma terminlar va kalkalash yo'li bilan olingan maxsus nominative birliklar hisobiga boyib bordi, keyinchalik esa rus tilining derevatsion qonunlariga bo'ysungan holda termin yasash jarayonlari ham kuzatiladi".

"Iqtisod-Bozor-Huquq" terminlar sohasining rus tilida yuzaga kelishi va shakllanish tadqiqi T.S.Kondratevaning ishida o'z ifodasini batafsil topgan. Olimaning xulosalariga ko'ra, "Iqtisod-Bozor-Huquq" termin makoni (terminosfera, terminlar sohasi) o'zaro aloqador derevatsion-metatil birliklar tizimi-terminologik so'z birikmalari, soda termin-derivatlar,

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

moliya-bozor nazariyalari, ta'limotlarining umumiy tushunchalari yaxlit holda ifodalanadi. Shu bilan bir qatorda, xususiy-bilimlar, kasbiy faoliyatning moliya-bozor, huquq va marketing kabi sohalariga oid maxsus hamda tor mutaxasislik tushunchalarini ifodalaydigan abbreviaturalar hisobiga shakllanmoqda. Terminosferaning boyish va rivojlanishi retsipient tilde muqobili mavjud bo'lmagan inglizcha iqtisodiy terminlarni o'zlashtirish hisobiga ro'y bermoqda.

L.G.Aksyutenkovaning ishlari ham "bozor tili"ni o'rganish bilan bog'liq bo'lib, rus tilida mazkur terminologiyaning shakllanish jarayonlari tadqiqiga bag'ishlangan. Ishda muallif ingliz va rus tillaridagi o'xshash terminosistemalarning umumiyligini ko'radi. Shu bilan birga, terminologik tizimlarning rivojlanish darajasi va derivatsion xususiyatlarida ko'zga tashlanadigan tafovutlarini ko'rsatib o'tadi.

"Terminosistema" va "terminosfera" tushunchalarining murakkabligi shundaki, ular orasida farqli jihatlar juda kam. V.P.Danilenkoning: terminning sifati, xususiyatlari, uning funksional muhitida, ya'ni maxsus matn, kasbiy muloqotda qo'llanilishi yuzaga chiqadi.

"Sfera" tushunchasi ilm yoki faoliyatning muayyan sohasida amal qiladigan, terminlarni faol yoxud nofaol qo'llanishi bilan chambarchas bog'liq. Masalan, iqtisodiyot tarmog'ining shakllanish va rivojlanish darajasiga muvofiq, uning funksional sferalari, tarmoqlari, tarkibiy tizimlari muttasil shakllanadi hamda rivojlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot statistikasi, tarmoqlararo iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, moliyaviy iqtisodiyot, g'aznachilik, bank ishi, marketing, soliq boshqaruvi shular jumlasidan.

Terminosferaning strukturasi va semantic evolyutsiyasidagi o'ziga xosliklarni tahlil qilishda nafaqat lisoniy, balki nolisoniy (ekstralingvistik) omillarni o'rganishda turli yondashuvlarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.

Tilshunoslar terminlar masalasida semantic-sintaktik, so'z o'zlashtirishning bir necha usullarini ajratib ko'rsatadilar. Kelib chiqishi lotincha, grekcha, fransuzcha va inglzicha bo'lgan o'zlashmalar terminosistemalarning asosiy manbalari sifatida tilga olinadi. Vaholanki, bunday o'zlashma terminlar, terminologik birliklar muayyan kasbiy nutq va umumadabiy tilde real muloqot ehtiyojlariga moslashish jarayonlarini bosib o'tishiga to'g'ri keladi.

Umuman, iqtisod tizimi ikki til materiali asosida chog'ishtirib tadqiq qilish har bir tilning ahamiyatliligi va terminologik birliklarning ma'no jihatdan o'ziga xosliklarini tavsiflovchi nyuanslarini, chog'ishtirilayotgan tillarning xususiyatlarini aniqlanadi va ilmiy tahlil qilinadi.

Iqtisodiyot sohasida qo'llanadigan terminlarini ingliz va o'zbek tillari materiali misolida chog'ishtirma o'rganish nafaqat o'rganilayotgan tillar leksikasidagi o'ziga xos va tizimli munosabatlarni, balki soha terminlarini qiyosiy-tipologik tadqiq qilish iqtisod sohasiga oid terminlarning bosma va electron lug'atlarni tuzish uchun muhim sanalgan funksional-strukturaviy, leksik-semantik hodisalardagi tafovutlar aniqlandi.

References:

1. Кутарева Л.В. Лексико-семантический способ образования научно-технических терминов // Вопросы общего и славянского языкознания. - Днепропетровск, 1976.-С.124-129.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

2. Сербиновская Н.В. Формирование и развитие терминологического поля "маркетинг" в русском языке: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук.-Ростов-на-Дону, 2008.-25с.

3. Narbaevna, S. D. (2022). Scientific medical text in the medical paradigm linguistics.

4. Sapaeva, D., Babajanov, K., Shomuratova, B., Sadullaeva, N., & Sayfullaeva, R. (2020). Features of abbreviations used in medical terminology. Journal of critical reviews, 7(5), 808811.

5. Freedman Roy S., Introduction to Financial Technology, Burlington, Elsevier, 2006.

6. Gilsdorf Jeanette, "Standard Englishes and World Englishes: Living with a Polymorph Business Language", Journal of Business Communication, vol. 39, 2002: 364 - 378.DOI : 10.1177/002194360203900305

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.