Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDAN O`ZBEK TILIGA O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING UMUMIY VA SOHAVIY LUG`ATLARDA BERILISH MUAMMOLARI'

INGLIZ TILIDAN O`ZBEK TILIGA O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING UMUMIY VA SOHAVIY LUG`ATLARDA BERILISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tеrminosistеmа / tеrminogrаfiya / neologizm / so'z o'zlashtirish / mahsulot ayirboshlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bekberganova Munira Shokir Qizi, Bekberganova Munira

ushbu maqolada iqtisod sababli til o'rganishga bo'lgan ehtiyojning yangi terminlarning paydo bo'lishiga ehtiyoj yaratayotgani, yangi iqtisodiy tеrminlаrni shаkllаnish mаnbаlаrini, umumtildа qo`llаnish doirаsini, lugatga yangi terminlar kiritish qoidalari, mаzkur tizimdа ro`y bеrаyotgаn kаmchiliklаrni vа ulаrni bаrtаrаf еtish yo`llаrini аniqlаsh kаbi qаtor mаsаlаlаrni o`rgаnish zаrurаti pаydo bo`layotgani haqida ma'lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDAN O`ZBEK TILIGA O`ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING UMUMIY VA SOHAVIY LUG`ATLARDA BERILISH MUAMMOLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

INGLIZ TILIDAN O ZBEK TILIGA O ZLASHGAN IQTISODIY TERMINLARNING UMUMIY VA SOHAVIY LUGATLARDA BERILISH MUAMMOLARI

Bekberganova Munira Shokir qizi

TATU, O'zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Bekberganova Munira TUIT, teacher of the Uzbek language and social sciences department https://doi.org/10.5281/zenodo.11532594

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 04- June 2024 yil Nashr qilindi: 08- June 2024 yil

KEY WORDS

Term in osistema, term inografiya, neologizm, so'z o'zlashtirish, mahsulot ayirboshlash..

ushbu maqolada iqtisod sababli til o'rganishga bo'lgan ehtiyojning yangi terminlarning paydo bo'lishiga ehtiyoj yaratayotgani, yangi iqtisodiy terminlarni shakllanish manbalarini, umumtilda qollanish doirasini, lugatga yangi terminlar kiritish qoidalari, mazkur tizimda ro^y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yollarini aniqlash kabi qator masalalarni oYganish zarurati paydo bolayotgani haqida ma'lumot berilgan.

Bugungi kungacha o'zbek tilining katta hajmda so'z boyligini, tilning adabiy til me'yorlarini, o'zbek tilining qo'llanish holatini (qisman) ko'rsatib beruvchi izohli lug'atlar ikki marta yaratilgan. 1981 yilda yaratilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" ikki tomdan iborat. Ushbu lug'atdan farqli ravishda ancha to'ldirilgan va tahrir qilingan holda nashr etilgan 5 jildli O'TIL ham keng foydalanuvchilar auditoriyasi uchun o'zbek tili bo'yicha bebaho manba ekani, shubhasiz. Ushbu lug'atlar nafaqat tildan foydalanuvchilar, balki tilshunoslik sohasi uchun ham qimmatli material. CHunki o'zbek lug'atchiligida bu kabi yirik leksikografik manbaning yaratilishi lug'atshunoslikda o'ziga xos yutuq bo'lib, sohada yangi bosqichni boshlab berdi deb aytsa bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, mazkur (2 tomli va 5 jildli) lug'atlarda ular yaratilgan o'sha davrdagi o'zbek tilining ulkan qismi aks ettirilgan. So'z birikmalari, iboralar bilan birgalikda hayotning turli sohalariga tegishli terminlar ham lug'atdan o'rin olgan.

O'zbekistonda amaliy leksikografiya sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar ikki tilli lug'atlarning muayyan leksikografik masalalarni hal etishda orttirgan boy tajribasini va kamchiliklarini yoritishga bag'ishlangan bir qator ilmiy ishlarni yuzaga keltirdi. Ular o'zbek tilining izohli lug'atlari uchun ham, shubhasiz, katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Turli sohalar kabi iqtisodiyot ham inson hayotida muhim ahamiyatga ega sohalardan biridir. Davr o'tishi bilan yuzaga kelayotgan turli o'zgarishlar, albatta iqtisodiyotda ham o'z aksini topadi. Bu o'zgarishlarning turli sohaga oid hamda umumiy izohli lug'atlarda ifodalanishi jamiyat rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.

XIX asr boshlanish davridan o'zbek tili asta sekin o'z o'rnini rus tiliga bo'shatib bera boshladi. Barcha hujjatlar rus tilida yuritilib, muomalaga kirayotgan yangi terminlar o'z xolicha qabul qilindi. Bunday holat borgan sari o'zbek ilmiy tilini zaiflashtirib, keyinchalik iqtisodiyotning ko'plab sohalaridan o'zbek tilidagi terminlarni batamom muomaladan chiqib

ketishiga olib keldi. Bugungi kunda kuplab

fanlar qatori iqtisodiyotda ham o"zbek tilidagi terminlarni boyitish talab etilmoqda. Shu bois, barcha jahon tillari qatori, o"zbek tilidagi terminlarni, atamalarni jonlantirish, yuqoridagi va boshqa shunga o"xshash muammolarni hal qilish, lozim. Shu bilan birga, iqtisodiyotning etakchi yo"nalishlari: buxgalteriya-moliya, ekonometrika, menejment, marketing, logistika va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo"nalishlari bo"yicha qulay va avvalgi izohli lug"atlardan farqi, eski o"zbek tilida mavjud bo"lgan terminlarni muomalaga kiritish, o"zbek tili asoschilari bo"lmish Alisher Navoiy, Maxmud Qashg"ariy va x.k.lar asarlaridan iqtisodiyotga oid atamalar sinonimlarga boyligini inobatga olib, terminlarni jonlantirish xisobiga O"zbekistonda iqtisodiyot ilm-fanini rivojiga xizmat qiladigan, har bir iqtisodchining javonidan maxsus o"rin egallaydigan izohli lug"at ishlab chiqish zarurati mavjud.

Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o"zgarishlar davrida noyob tushunchalar yuzaga kelmokda. Ya"ni, yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chikarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi predmetlar va tushunchalar paydo bo"la boshladi. Jumladan, o"zbek tilidagi iqtisodiy lug"atlarda ham yangi atamalar (terminlar) paydo bo"lmoqda. Qayd etish lozimki, ingliz, rus tillaridan kirib kelayotgan iqtisodiy terminlarga kam e"tibor qaratilganligi sababli mazkur terminologik tizim o'zining to"liq ifodasini topa olgani yo"q.

Hozirgi sharoitda ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida yangicha fikr yuritilmoqda. Jumladan, bunday yondashuv ijtimoiy fanlarni to"la qamrab oldi, chunki uning oqibati jamiyatda inson hayotiga, kelajak taraqqiyotiga, uni qamrab olgan olamga tegishlidir. Shuning uchun ham kishilar, millatlar va davlatlar o"rtasidagi munosabatlarda birinchi o"rinda ijtimoiy aloqalar ilgari surilmokda. Respublikamizda ham bu soxadagi holat butunlay o"zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko"p mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarga keng yo"l ochildi. Bu omillar o"zbek tilida yangi iqtisodiy terminlarni paydo bo"lishiga sabab bo"ldi. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni iqtisodiy nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yangi iqtisodiy terminlarni shakllanish manbalarini, umumtilda qo"llanish doirasini, mazkur tizimda ro"y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo"llarini aniqlash kabi qator masalalarni o"rganish zarurati paydo bo"lmoqda. Bundan tashqari hozirgi o"zbek tilida qo"llanilib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to"plash va sistemalashtirishni ham o"z ichiga oladi.

Haqiqatdan ham so"nggi yillarda miqdoran ortib borayotgan yangi iqtisodiy terminlar mazmunini to"laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo"llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Ta"kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug"ullangan deyarli barcha olimlar ularning ta"rifini berishga urinib ko"rishgan. Chunki har bir soha va tarmoqning termini borki, u o"sha soxa, tarmoq doirasida qo"llanadi, yana ham aniqroq qilib aytganda, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka era bo"lgan kishilar ko"pincha u yoki bu sohaning o"ziga xos terminlari bilan ish ko"radi. Bu esa kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o"zaro nutq madaniyati va muomala uchun shart-sharoit yaratadi. Misol uchun, iqtisodchilarning yozma yoki og"zaki nutqida mahsulot ayirboshlash (tovar oboroti), mayda mulkchilik, mablag" ajratish, renta kabi tor doiradagina qo"llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O"z-o"zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. SHu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida teng barobar ishlatilaveradi.

Masalan, bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar kabilar shular jumlasidandir.

Shuni ham aytish kerakki, tilda an'anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelinayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iktisodiy terminlar o'rtasida juda katta farq bor. Qadimgi iqtisod atamalarining miqdori ancha cheklangan bo'lsa, hozirgi yangi davr, ya'ni bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiyot sohasiga oid terminlar beqiyos boyib bormoqda.

Iqtisodga oid terminlar inson insonligini tanib, birinchi navbatda "iqtisod" tushunchasiga duch kelgan. Aniqroq qilib aytganda, turmushning ertasini o'ylagan har bir kishi birinchi galda nimanidir topishni va uni g'amlashni, undan qay yo'sinda foydalanishni, tejab - tergashni o'ylagan va shu asosda ish yuritgan. Haqiqatdan ham iqtisodiyotning asosini ayni shu masalani hal qilish tashkil etishi hammaga ma'lum. SHunday oddiy bir haqiqatni olib ko'raylik. Inson birinchi navbatda, o'z turmushining farovon kechishini o'ylashdan ko'ra, tinib-tinchimay mehnat bilan shug'ullanadi, kelajakni, farzandlarining paydo bo'lishi, ularni tarbiyalab uy-joyli qilish haqida qayg'uradi, nihoyat, o'zining mehnat natijalarini bozor-o'char bilan bog'laydi va h.k. Mana shu asnoda kishilar ongida "iqtisod", "iqtisodiyot" kabi tushunchalar shakllana boshlagan ediki, bularning barchasi hozirgi kunda fan sifatida tarkib topgan "iqtisodiyot"ning dastlabki kurtaklari edi.

Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagan sari, boshqa sohalarda bo'lgani kabi, iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi. Iqtisodiyotni o'rgana boshlashga yo'l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda hayotimizning asosini tashkil etgan tom ma'nodagi iqtisodiyot ro'yobga chiqdi.

Bunday omillar iqtisodiyotning o'ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo'ldi. Demak, iqtisodiyot terminologiyasi hozirgi holatiga etib kelgunga kadar bir necha boskichlarni bosib o'tgan. Iqtisodiyot terminologiyasi bir-biridan sifat jihatidan farq qiluvchi uchta tarixiy bosqichni boshidan kechirgan.

Aslida iqtisodiyot ham sport, san'at singari ulkan sohalardek katta bo'lganligi sababli, umumiy lug'atlarda shundan kelib chiqib umumiy sohani aks ettiruvchi pometalar bilan ifodalash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. So'zlarning termin sifatidagi ma'nosini berishda ham bir xillik mavjud emas. Masalan, iqtisodiy terminlikni ifodalovchi iqt.pometa birinchi o'rindan to'rtinchi o'ringacha berilgan. SHuningdek, ml. va buxg. shartli qisqartmalar ham turli tartibda berilgan bo'lib, bu o'rindagi buxg. pometasi - "buxgalteriyaga, hisob-kitobga oid deb" o'zbek tilida hisob-kitob muqobili bo'lgani holda rus tilidagi so'zning qisqartmasi sifatida berib kelinmoqda.

Bundan tashqari izohli lug'at iqtisodiy termini sifatida faol bo"lsa-da, akt, g^aznachilik, likvidlik, makroiqtisodiyot, mikoiqtisodiyot, qom bozor, qo^shma korxona, subsidiya, kriptovalyuta kabi terminlar unda mavjud emas.

Shuningdek, umumiy izohli lug'atda, yuqorida ta'kidlaganimizdek, iqtisodiyot sohasida termin ma'nosiga ega so'zlarning terminlik izohlari keltirilmagan.

Tarjima masalasida esa, ribo, penya va muzoraba kabi iqtisodiy terminlarni tarjimon dasturlari orqali avtomatik tarjima qilishda muammolar mavjud.

Iqtisodiyot sohasiga oid terminlarning izohlarini ularni ifodalashga xizmat qiladigan shartli belgilarning berilishini, o'zbek tiliga xosligini, izohlarini bugungi kunning talabi va ehtiyojidan kelib chiqib takomillashtirishda ingliz tili bilan qiyoslash ko'plab nazariy va amaliy natijalar

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

beradi deb hisoblaymiz. Xususan, iqtisodiyot muhim soha ekanligini inobatga olib, ingliz va o'zbek tilidagi iqtisodiy terminlarning tarjimasi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish borasida qimmatli tadqiqotlarga zaruriyat tobora ortib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Григоров В.Б. "KaK pa6oTaTb с нaучной CTaTbe^'. MocKBa, "Выcшaя шкoлa", 1991. 186 с.

2. Дeмидовa А.К., Смирнов Э.А. "Русскaя коммeрчeскaя корреспонденция". MocKBa, "Русский язык", 1993.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

4. Блумфилд Л. Язык. - M.: Прогресс, 1968. - 608 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.