EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF SPECIAL UNITS OF ADDRESS USED IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES DIALOGMATIC WRITINGS Mirzamatova Ziyoda Abdullayevna
Fergana city school No. 41 English teacher, Independent researcher https://doi.org/10.5281/zenodo.11650518
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
ABSTRACT
This article describes the features of special reference units used in Uzbek and English diplomatic correspondence. In linguistics, the scientific features of the meaning, history and concept of the word diplomacy, which is often used in our social life, especially in the foreign relations of the state, are being researched.
Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS
Foreign relations,
diplomacy, diplomatic term, ambassador, lexical-
methodical feature,
international cooperation, linguo-cultural studies.
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI DIPLOMATIK YOZISHMALARIDA QO'LLANILADIGAN MAXSUS MUROJAAT BIRLIKLARINING MILLIY-MADANIY
XUSUSIYATLARI
Mirzamatova Ziyoda Abdullayevna
Farg'ona shahar 41-son maktab ingliz tili fani o'qituvchisi, Mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11650518
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024
KEYWORDS Tashqi aloqa, diplomatiya, diplomatik termin, elchi, Leksik-uslubiy xususiyat, xalqaro hamkorlik,
lingvokulturologiya.
Mazkur maqolada O'zbek va Ingliz tillarida diplomatik yozishmalarida qo'llaniladigan maxsus murojaat birliklarning xususiyatlari yoritib berilgan. Tilshunoslikda ijtimoiy hayotimizda, ayniqsa davlatning tashqi aloqalarida ko'p qo'llanuvchi diplomatiya so'zining mazmun-mohiyati, kelib chiqish tarixi va tushunchasining ilmiy xususiyatlari tadqiq qilinmoqda.
Kirish:
Bugungi kundagi globallashuv va mamlakatlararo integratsiyalashuv muhimida jahon terminosistemasida diplomatik terminlarni o'rganishga bo'lgan talab yanada oshib bormoqda, shu boisdan ham terminosistemada ham ularning alohida o'rin tutadi. Zero, jahon miqyosida diplomatik munosabatlar hamda diplomatik muloqotga bo'lgan kuchli ehtiyoji mazkur soha terminologiyasining izchil taraqqiy etishida muhim omil hisoblanadi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
"Diplomat" tushunchasi, S.I.Ojegovning fikricha, diplomatik faoliyat bilan shug'ullanuvchi, tashqi aloqalar sohasida ishlovchi mansabdor shaxs, mutaxassis ma'nosini bildiradi.Majoziy ma'noda, nozik ma'noda bu diplomatik ish yurituvchi shaxsdir.
Terminologik tizimlar orasida o'ziga xoslik kasb etuvchi diplomatiya terminlari va diplomatiyaga oid til birliklari jahon tilshunosligida keng o'rganilgan, diplomatiya tushunchasi turli adabiyotlar, ilmiy manbalar, umumiy yoki maxsus lug'atlarda tavsiflangan. Lekin bugungi dunyoning siyosiy manzaralari diplomatik munosabatlarga oid turli ko'rinishdagi tarixiy va zamonaviy manbalarni lingvistik nuqtai nazardan tilshunoslikdagi eng so'nggi paradigmalar asosida tadqiq qilish, diplomatik munosabatlar va diplomatik muloqotga oid leksik birliklar har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilingan tadqiqot natijalarini xalqaro maydondagi muloqot jarayoniga tatbiq qilish zaruriyatini yuzaga keltirib chiqarmoqda.
Globallashuv asrida xalqaro hamkorlik va xorijiy vakillar bilan turli kasbiy hamda insoniy munosabatlar nihoyatda keng ko'lamda tus olmoqda. Bu sohada xalqaro hamkorlikni rasmiy hamda idoralararo darajada faollashtirish, turli hududlar va mamlakatlar jamoatchiligi o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kengaytirishning bugungi kun tamoyillari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o'z navbatida odatiy bo'lib qolgan rasmiy me'yorlar va odob-axloq qoidalari asosidagi muloqot madaniyati qoidalariga rioya qilishni hamda bilishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida davlatlararo yangi diplomatik munosabatlarning vujudga kelishi, xususan, davlatlarning bir-biri bilan diplomatik munosabati mamlakatimizning tashqi siyosatiga hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Globallashuv davrida xalqaro aloqalarning ahamiyati oshib, mamlakatlarning har jabhada o'zaro samarali munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda davlatlar o'rtasidagi muloqotni samarali tashkillashtirish jarayonlarini takomillashtirishning o'rni ortib borayotganligi sababli diplomatiya terminlarining mohiyatini mukammal anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekistonda diplomatiya sohasi mustaqillikdan so'ng haqiqiy maqomga ega bo'lib, olib borilayotgan oqilona tashqi siyosat natijasida o'zbek tilining o'ziga xos va mos diplomatiya tili shakllandi. Shunga ko'ra diplomatiya terminologiyasini tadqiq qilish fanimizda yangi ufqlarni ochishi tabiiy. Zotan: "Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to'laqonli qo'llash bilan bog'liq" ekan, sohaviy bilimlarni egallashning asosiy manbasi bo'lgan terminografiyaga, xususan, diplomatiya terminlarini tekshirishga oid tadqiqotlarga ehtiyoj ortib boraveradi.
Har bir davlat o'zining boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilishda muhim sanalgan rasmiy so'zlashuv va diplomatik yozishmalar uslubiyatiga ega. Ushbu diplomatik yozishmalarida qo'llanadigan maxsus murojaat birliklari esa har bir mamlakatning milliy-madaniy xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Bu o'z navbatida mamlakatlararo milliy-madaniy qarashlar shakllanishiga sabab bo'ladi.
Dunyodagi deyarli barcha davlarlar o'z tillari hamda madaniyatlari bilan yaqinlashayotgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o'rganish bilan birga, boshqa turli xil
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Albatta, o'ziga xos xalqaro, madaniyatlararo muloqot - diplomatiya tili masalalari barchaning e'tiborini tortishi tabiiy. Diplomatik muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me'yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi muayyan madaniyat vakilining kamsitilishi yoki haqoratlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Bizga ma'lumki, til - har bir millat madaniyatining ko'zgusi hisoblanib, uning xalqaro munosabatlarni shakllantirishdagi muhim jihatlarini o'rganish, jamiyatning sharoitlari anglash, xalqning ijtimoiy holatdan o'zini-o'zi anglashi, uning shaxsiy mentaliteti, hayot tarzi, an'analari, urf-odatlari, axloqi, milliy qadriyatlar yig'indisi hamda dunyoqarashi kabi milliy xarakterini aks etadi.
Til - millliy madaniyatning xazinasi, sandig'i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, og'zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi.
Til - millatning madaniyatini tashuvchisi bo'lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o'zlashtishi tabiiy. Shuningdek, til - madaniyatning quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til "bizning hayot tarzimizni tavsiflovchi ijtimoiy meros qilib olingan malaka va g'oyalar majmuyi sifatida madaniyatdan tashqarida mavjud bo'lolmaydi. Til inson faoliyatlarining biri sifatida madaniyatning tarkibiy qismi hisoblansa-da, tafakkur shakli va muloqot vositasi sifatida madaniyat bilan bir qatorda turadi .
Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, "lingvokulturologiya" (lot. lingua "til"; cultus "hurmat qilish, ta'zim qilish"; yunon. "ilm, fan") termini V.N.Teliya boshchiligidagi Moskva frazeologik maktabi (Y.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobev, V.Shaklein, V.A.Maslova) tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan.
Hozirgi o'zbek tilida sizlab gapirdi degan so'zimiz bor, bu katta yoshlilarga yoki hurmatli kishilarga, o'zgalarga bo'lgan hurmatni anglatadi. Buning teskarisi - senlab gapirdi; kichiklarga murojaatni yoki, o'rni bilan, o'zini ulug' tutish, mensimaslikni anglatadi. Til tarixida bu kategoriya senladi bilan sizladi so'zlarida ifoda etilgan. Birinchisi, o'zidan kichiklarga murojaatni, yaqinlikni yoki tinglovchini o'zidan kichik olishni; ikkinchisi esa tinglovchini hurmatlash, ulug'lashni bildirgan. Ushbu nutqiy kategoriyani Mahmud Qoshg'ariy yaxshi yoritib bergan1. Jumladan, u senlädi fe'lining ma'nosi to'g'risida yozadi: «ol anï senlädi - u uni senladi. Bu (so'z) sen demakdir. Ulug'lash (hurmatlash)ni anglatish uchun sizlädi deyiladi. Bu siz demakdir. Bu xoqonlar bilan so'zlashilganda qo'llaniladigan so'z o'rnida keladi». Umuman, o'tmishda ham hurmatni bildirish uchun ko'plik shaklidan foydalanilgan. Siz deb rasmiy muomalada, Qoshg'ariy ta'kidlaganidek, xon va sultonlarga, hurmatli kishilarga, sen deb esa o'zidan kichiklarga, yaqinlar, tug'ishganlarga, rasmiy murojaatda mansab va lavozimi quyi turuvchilarga aytiladi. O'tmishda hukmdorlar muomalasida o'zgalarga hurmat izga qo'yilgan. Bu narsa badiiy adabiyotda ham ko'zga tashlanadi.
Hozirda ham diplomatik hujjatlar shakl va lisoniy jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni yozishda nimani yozish masalasigagina emas, uni qay yo'sinda yozish masalasi ham
1 "Koshg'ariy". O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2006.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
muhim bo'lib, hattotdan chuqur malaka va katta tajribani talab etadi. Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda to'g'ri tanlash va yozish qonun-qoidalariga to'g'ri amal qilish, hujjat yo'llanayotgan mamlakat an'analarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik hujjat albatta javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo'lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart. Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy xatga shaxsiy xat bilan javob beriladi. Hatto imzo qo'yib yuborilgan shaxsiy xatga faqat ismi-sharifi bilan yozilgan, lekin imzo qo'yilmagan shaxsiy xat bilan javob qaytarish hurmatsizlik hisoblanadi. Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda yuz beradi va eng salbiy ma'noni anglatadi.
Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishi, shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir xatoga yo'l qo'yish mutlaqo mumkin emas. Diplomatik hujjatlar tashqi ko'rinish jihatidan ham benuqson bo'lishi shart. Ular eng avvalo sifatli qog'ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qaysi harf o'chirilmasligi va to'g'rilanmasligi, muhr o'z o'rnida qo'yilishi shart. Chunonchi, 1595 yilda Eron shohi rus elchisi Vasiliy Tyufikin orqali yuborilgan shartnomani nishon (muhr) o'z o'rniga qo'yilmaganligi sababli qaytargan. Xulosa:
Yuqorida aytib o'tganimizdek, diplomatik yozishmalar alohida terminlar tizimiga ega. Ularning asosiy qismi xalqaro miqyosidagi termin bo'lgani uchun tarjimasiz qo'llaniladi. Masalan, agriman-elchilikka taklif etilgan shaxsning kelishiga beriladigan rozillik, konfederatsiya-muayyan maqsadlarda tuziladigan ittifoq, assambleya- xalqaro tashkilotlarning umumiy yig'ilishi, fakt-siyosiy aamiyatga ega bo'lgan xalqaro ahdnoma (shartnoma). Kansler-Avstriya va Olmoniyada hukumat boshligi, viza-ruxsatnoma, bill-qonun loyihasi kabi. Ayni paytda rus tilidan o'tgan va internatsional xarakterga ega bo'lmagan diplomatik atamalarning ko'pchiligi o'zbek tiliga o'girib ishlatilmoqda.
References:
1. Sh.M.Mirzyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni.
2. Babaxanova D.A. "Официально-деловой стиль современного узбекского литературного языка". Avtoreferat diss.na soiskanie uch. st. kand. filol. nauk. -Tashkent, 1987. 67 bet.
3. Balandina L.A., Davidyan G.R. "Учебные и методические материалы по дисциплине русский язык и культура" - M., 2005. - 4 bet.
4. "Koshg'ariy". O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2006.