Научная статья на тему 'TENDER KO’RNISHIDAGI DAVLAT XARIDI O’TKAZISHNING O‘ZIGA HOS JIHATLARI'

TENDER KO’RNISHIDAGI DAVLAT XARIDI O’TKAZISHNING O‘ZIGA HOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
65
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tender / Davlat xaridi / xarid komissiyasi / davlat buyurtmachisi / ishtirokchi / raqobat / korrupsiya / monopoliya / yagona yetkazib beruvchi. / Тендер / государственные закупки / закупочная комиссия / госзаказчик / участник / конкуренция / коррупция / монополия / единственный поставщик.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduxalilov, Shahboz Zafar o‘g‘li

Ushbu maqolada Tender ko’rnishidagi davlat xaridi o’tkazishning asoslari, tartibi, bu borada xalqaro tajriba bayon qilingan. Bildirilgan fikrlar asosan kuzatuv natijasidagi xulosaga asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ЗАКУПОК В ТЕНДЕРНОМ РАССМОТРЕНИИ

В данной статье описаны принципы и процедуры государственных закупок в форме тендера, а также международный опыт в этом отношении. Высказанные мнения в основном основаны на выводах наблюдений.

Текст научной работы на тему «TENDER KO’RNISHIDAGI DAVLAT XARIDI O’TKAZISHNING O‘ZIGA HOS JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

TENDER KO'RNISHIDAGI DAVLAT XARIDI O'TKAZISHNING O'ZIGA

HOS JIHATLARI

Abduxalilov Shahboz Zafar o'g'li

TDYU, Biznes huquqi yo'nalishi magistranti shoh0098james@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Tender ko'rnishidagi davlat xaridi o'tkazishning asoslari, tartibi, bu borada xalqaro tajriba bayon qilingan. Bildirilgan fikrlar asosan kuzatuv natijasidagi xulosaga asoslangan.

Kalit so'zlar: Tender, Davlat xaridi, xarid komissiyasi, davlat buyurtmachisi, ishtirokchi, raqobat, korrupsiya, monopoliya, yagona yetkazib beruvchi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны принципы и процедуры государственных закупок в форме тендера, а также международный опыт в этом отношении. Высказанные мнения в основном основаны на выводах наблюдений.

Ключевые слова: Тендер, государственные закупки, закупочная комиссия, госзаказчик, участник, конкуренция, коррупция, монополия, единственный поставщик.

KIRISH

Bugungi kunda Respublikamizda budjet mablag'laridan oqilona foydalanish masalasiga har qachongidan ham ko'proq e'tibor bo'lmoqda. Mazkur tartibga solinadigan faoliyatlardan biri bu budjet tashkilotlarining xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida amalga oshirgan xaridlari ya'ni davlat xaridlaridir. Respublika budjetining asosiy qismi fuqarolar hamda yuridik shaxslar to'laydigan soliqdan yig'ilishini hisobga olganda, ularning soliq uchun to'laydigan puli turli xil talon-tarojlardan hamda korrupsion xavflardan himoya qilish muhim. Buning asosiy yechimi esa albatta xaridni o'tkazish davomida shaffoflik hamda erkin raqobat muhitini shakllantirish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida ushbu masalani tartibga solishga qaratilgan "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonun qabul qilingan. Qonunning qabul qilinishi bilan davlat xaridlarini tartibga solish bilan bog'liq masalalar hamda savolli holatlar barchasi alohida tizimga solindi. Qonun bilan davlat xaridini amalga oshirishning bir qancha turlarini keltirib o'tadi. Ulardan biri bu tender ko'rinishidagi davlat xarididir. Tenderga qonunning o'zida berilgan ta'rifga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

asoslanadiga bo'lsak, raqobatli davlat xarididan biri sifatida shartnomani bajarish eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi bilan shartnoma tuzilishini nazarda tutadi1

Tenderga boshqa turli xil ta'riflar ham mavjud xususan, tender - bu savdo tashkilotchisi (kelajakdagi shartnoma kontragentlaridan biri) tomonidan shartnomada ishtirok etishi tashkilotchining manfaatlariga eng mos keladigan boshqa kontragentni tanlash jarayonidir deyiladi adabiyotlarda2.

Tender ishtirokchilari mijoz(davlat buyurtmachisi), yetkazib beruvchi(ishtirokchi yoki tender natijalari bo'yicha go'lib) va elektron savdo maydonchasi (maxsus axborot platformasi) hisoblanadi.

Elektron savdo maydonchasi - bu boshqa tomonlarning savdolarni o'tkazish va shartnomalar tuzish maqsadida o'zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini ta'minlaydigan resurs. Tender ko'rinishidagi davlat xaridi ham buyurtmachi tomonidan elektron savdo maydonchasida o'tkaziladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tender o'tkazish ta'riflarda ham berib o'tilganidek, eng yaxshi shartlar taklif qilinganda shartnoma imzolanadi. Bu shartlar nafaqat pul bilan bog'liq balki, miqdoriy hamda sifat bilan bog'liq baholanishni ham o'z ichiga oladi. Shartlar kim tomonidan yoki qanday tartibda belgilanishi masalasini ko'rib chiqamiz. Qoidada aytib o'tilganidek, davlat xaridida tender raqobatli savdo qilish usuli hisoblanadi. Bunda inson omili aralashuvini kamaytirish maqsadida qonunchilikda majburiy tartibda uning elektron tartibda o'tkazilishi belgilangan. Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim holatlarda buni chetlab o'tish mumkin.

Savdo ishtirokchilarining har biri o'ziga xos bo'lgan huquqiy maqomga ega hisoblanib, boshqa tomonning vakolatlarini amalga oshirish huquqiga ega emas, aks holda xaridlar paytida manipulyatsiya xavfi keskin oshadi, natijada g'olibni tanlash tartibi buziladi. Ya'ni bunda har kim o'zi uchun belgilangan aniq faoliyat bilan shug'ullanadi. Undan ortig'iga harakat qilish yoki to'liq bajarmaslik savdo o'tkazilishi yoki uning natijasini xavf ostida qoldirishi mumkin.3

Elektron raqamli imzo elektron tarzdagi davlat xaridi uchun muhim element hisoblanadi. Uning mavjud bo'lishi tender tashkil etish hamda unda ishtirok etishni kafolatlaydi.

O'zbekiston Respublikasida mavjud qonunchilikka ko'ra davlat xaridi sifatida tenderni o'tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

1 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.04.2021-y., 03/21/684/0367-son

2 Белов В.А. Гражданское право: Общая часть: учебник. М.: АО «Центр ЮрИнфоР», 2004. С.267.

3 Service specification in pre-tender phase of public procurement - A triadic model of meaningful involvement - Anne Maria Holma , Jukka Vesalainen b, Anne Söderman , Joha na Sammalmaa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

1. Xarid komissiyasini tuzish. Qonunda belgilab o'tilganidek bu yetti nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Ushbu komissiyani tuzish uchun davlat buyurtmachisi ma'sul hisoblanadi. Bunda xarid komissiyasiga alohida rais tayinlanadi hamda toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Ular xarid qilishni tashkil etish hamda takliflarni baholash jarayoni uchun ma'sul hisoblanadilar. Xarid komissiyasining majlislari faqatgina a'zolarning uchdan ikki qismi mavjud bo'lgandagina vakolatli hisoblanadi. Tender o'tkazish jarayonida bu biroz mujmalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Sababi 7 kishidan iborat tarkibda a'zolarning bunday foizlarda hisoblanishi 7 kishidan to'rt nafari qatnashganda vakolatli hisoblanmaydi ammo besh kishi qatnashganda vakolatli hisoblanishi matematik usulda hisoblanishini keltirib chiqaradi. Buning o'rniga aniq a'zolar soni ko'rsatilishi maqsadga muvofiq bo'lardi degan xulosa ham kelib chiqadi.

Ikkinchi bosqich bu tender bo'yicha e'ion berish bo'ladi. Bunda davlat buyurtmachisi elektron tarzda e'lon berishning bir qancha yo'llaridan foydalanishi mumkin. Xususan: axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga ko'ra uning veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida tender o'tkazilishi to'g'risidagi e'lonni va tender bo'yicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yo'li bilan ma'lum qilinadi.

Bunda ushbu turdagi qoidalarning bir qancha turlari kiritilishidan maqsad ishitirok etish istagida bo'lgan hech kim bexabar qolib ketmasligini ta'minlashdir. Bunda hujjatlarni jamlash hamda topshirish uchun ham maqbul muddat belgilangan bo'lib, u kamida 10 kun ko'pi bilan 30 kundan iborat bo'lishi kerak. Tender to'g'risida e'lon qilish bilan bir paytda uning uning xarid qilish hujjatlari ham platformaga joylashtiriladi. Mazkur hujjatlarning ro'yxati alohida komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlarga qo'shimcha tariqasida shartnoma loyihasi ham ilova qilinadi. Unda ishtirok etuvchi shaxslar hujjatlar topshirish bilan bog'liq tushunmovchiliklar bo'yicha davlat buyurtmachisidan rasmiy tushuntirish olish huquqiga ega hisoblanadi.

Keyingisi bu - takliflar berish bilan bo'gliq qismi. Bunda belgilangan muddat ichida zarur deb topilgan hujjatlarni tender tashkilotchisining manziliga muhrlangan holda yuboradi. To'plangan hujjatlarning to'g'ri ekanligi uchun aynan ishtirokchining o'zi javobgar hisoblanadi.

Oxirgi eng muhim bosqich bu takliflarni ko'rib chiqish hamda baholash. Ushbu bosqichda xarid komissiyasi tominidan 45 kundan kechikmagan muddat ichida hujjatlar ko'rib chiqiladi hamda baholanadi. Bunda kamida 2ta ishtirokchidan hujjatlar kelib tushgan bo'lishi lozim. Baholash davomida komissiya a'zolarining

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

aryim huquqlari mavjud. Bunda komissiya a'zolari rozilik berishi yoki qarshi ovoz berishi yoki umuman ovoz berishdan bosh tortish huquqiga ega. Ovizlar soni teng kelib qolgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi bo'lib hisoblanadi.

Bunda raqobatli usul bo'lishi uchun maksimal darajada harakat qilingan. Ya'ni hamma hujjati to'liq bo'lgan hamda ikki bosqichdan ham o'tgan kamida ikkita ishtirokchi bo'lmagan holda tender o'tkazilmagan deb hisoblanadi. Ushbu qoidaning kiritilishi bir kishi nomidan ko'z bo'yamachilikka tenderda ishtirok etishlarning oldini oladi.

Shartnoma tuzish bosqichi. Bunda g'olib deb topilgan ishtirokchi bilan xarid hujjatalri hamda go'lib tomonidan taklif qilingan shartlar asosidagi qoidalar bo'yicha shartnoma tuziladi. Bunda go'lib shartnoma tuzishdan bosh tortgan holda zaklat summasi qaytarib berilmadi. Ushbu holatda savolli vaziyat kelib chiqadi. Qanday holatda g'olib deb topilgan ishtirokchi shartnomadan bosh tortishi mumkin. Ushbu tenderga qattiq tayyorlangan hujjatlarni to'liq qilgan holda qanday sababga ko'ra bosh tortishi biroz tushunarsiz. Bunda qonun chiqaruvchi kamchiliklar aniqlangan holda shartnoma tuzilishining bekor bo'lish holatlari nazarda tutilishi maqsadga muvofiq bo'lardi.

Elektron tender o'tkazishning bir qancha asosiy afzalliklari mavjud.

Birinchidan, bunda onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud, shaxsiy ishtirok etish shart emas ya'ni siz boshqa shaharda bo'lib turgan holingizda ham tenderda qatnashishingiz mumkin. Bu ofisingizda kompyuterda o'tirish imkoniyatini

beradi hamda transport xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchidan, protsedurani tashkil etish va o'tkazish uchun byudjet mablag'laridan tejamkor hamda oqilona usulda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ananaviy turdagi tender uchun ma'lum vaqtni belgilashni talab qiladi. Bunda ayrimlar kela olamasligi bilan bog'liq yoki boshqa sabab bilan keyinga qolib ketishi mumkin. Uchinchidan, elektron tenderlar nafaqat yirik, balki o'rta va kichik korxonalarning davlat buyurtmalariga kirish imkonini beradi, ikkalasi uchun ham savdo bozorlari kengaytiriladi. Ular o'z xizmatlarini raqobatli usulda taqdim eta olishadi. Shuningdek, kim oshdi savdosi ishtirokchilari o'rtasida halol raqobat, savdo jarayonining shaffofligi va ochiqligini ta'minlaydi. Qiziqish bildirgan ishtirokchilar tender bo'yicha ma'lumotlarni tezkor izlash hamda uning ma'lumotlarini olish kabi afzalliklar mavjud. Shuncha afzalliklarga qaramasdan uning bir qancha kamchiliklar ham mavjud.

Birinchidan, tender jarayonini buzishi mumkin bo''lgan texnik nosozliklar xavfi mavjud va bu eng hal qiluvchi pallada sodir bo'lishi mumkin. Texnik nosozlik bu insonga umuman olganda subyektiv bo'lmagan sabab hisoblanadi. Qanchalik yaxshi ishalashini xohlasakda u bizga bo'ysunmay qolishi mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Ikkinchidan, kiber hujumlari amalga oshirilishi mumkin. Bugungi kunning eng muhim muammolaridan biri. Hech bir tizim kiber hujumdan to'liq himoyalanmagan.

Bir qancha ijobiy hamda salbiy tomonlari bo'lishiga qaramasdan, tender ko'rinishidagi davlat xaridi an'anaviy turidan ancha ustun hisoblanadi.

Tender boshqa turdagi davlat xaridlaridan raqobat muhitining ancha obyektiv tarzda yo'lga qo'yilganligi hamda korrupsiyaviy omillarni chetlab o'tishi bilan qolganlaridan ko'ra ancha ishonchli. Biroq bunda ham ayrim holatlar mavjud buni inkor etib bo'lmaydi albatta. Bu o'zaro kelishuv asosida raqobat muhitini buzishga qaratilgan takliflarning komissiya tomonidan tanlanishi. Bunda boshqalar qatnashgan taqdirda ham g'olib bo'lish imkoniyati cheklanadi. Keyingisi, bu tadbirkorlar o'rtasida hali hamon o'zari kelishuv asosida bir tender uchun boshqasini qurbon qilish holatlari ko'zga tashlanib turadi. Bunda raqobatchi sifatida aynan so'nggi bosqichda mag'lub bo'lish uchun o'zaro solishtirilgan holda tender uchun hujjatalr topshiriladi. Bir qaraganda raqobat muhiti mavjud. Ikkita qatnashuvchi bor hamda hujjatlar to'liq. Ayana so'nggi qismda bittasining ustunligi qayd etilgan bo'ladi. Boshqa davlatlarda tender bilan bog'liq ajoyib tajribalar mavjud. Xususan, Buyuk Britaniyada tenderdan keyingi muzokaralar bosqichidan foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda ishtirokchi tomonidan narxni tushirish bilan bog'liq muzokalar olib borilishi mumkin. Biroq ularda ham ayrim shunday tushunmovchilik holatlari mavjud. Masalan, Sog'liq saqlash qo'mitasi narx bilan bog'liq muzokara o'tkazish jarayoniga ta'qiq qo'ygan. Bu ta'qiq qonuniy asos ega hisoblanadi.

Bundan tashqari Buyuk Britaniyada xaridlar siyosatining eng muhim talabi shundan iboratki, barcha davlat xaridlari "sotib olingan tovar yoki xizmatlardan foydalanish davrida eng kam xarajat evaziga sifat va samaradorlikning eng yaxshi aralashmasi" sifatida belgilangan pul qiymatiga asoslanishi kerak. Ya'ni bunda sifatdan oldinda pul turadi. Ular ham agar qandaydir jiddiy sabablar bo'lmasa, raqobat orqali erishish kerak deb hisoblashadi. Ularda tender jarayonida Davlat shartnomalari to'g'risidagi Nizomga (yoki Mudofaa va xavfsizlik davlat shartnomalari to'g'risidagi Nizomga) bo'ysunmasa, shartnomaning taxminiy qiymati tegishli chegaradan past bo'lsa, siz kamsitmaslik, tenglik, oshkoralik tamoyillarini qo'llashni davom ettirishingiz kerak deb hisoblashadi. Ya'ni bunda narx taqdim etuvchilar belgilangan talablarni bajargan holda ular bir xil - teng sharoitlarda raqobat muhiti yaratib berish lozimligini nazarda tutadi4.

Respublikamizda davlat xaridi jarayonida raqobat muhitini vujudga keltirishning asosiy qadamlaridan biri bo'lgan maxsus tartibga soluvchi qonun qabul qilingan

4 https://www.gov.uk/guidance/public-sector-procurement-policy#tenders-not-covered-by-the-public-contracts-regulations-2015

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bo'lsada, hamon ayrim muammolar mavjudki, bu muammolar tashkiliy holat bilan bog'liq emas. Davlat xaridi bilan hamon to'liq qamrab olinmagan xarid turlari mavjud. So'nggi statistic ma'lumotlarga ko'ra amalga oshirilayotgan savdolarning 30 foizi davlat xaridi qoidalari bo'yicha o'tkazilmoqda. Qolgan 70 foizi hamon yagona yetkazib beruvchilar bilan tuzilayotgan to'g'ridan to'g'ri shartnomalarga to'g'ri keladi. Garchi O'zbekiston Respublikasi Raqobatnirivojlantirish qo'mitasi tomonidan ularning soni kamaytirilishga harakat qilinayotgan bo'lsada, amalda ularning soni hamon ko'p. Yagona yetkazib beruvchilar reysteri ko'rib chiqilsa, ularning aksarining faoliyati tabiiy monopoliyaga tortmasligiga guvoh bo'linadi. Bunda raqobat muhitiga tabiiy bo'lmagan to'siqlar yuzaga keltirilgan. Agar davlat budjeti mablag'lari qonunda belgilanganidek raqobat muhitida shaffof foydalanilsa, barcha birdek manfaat ko'rishiga sabab bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi "Davlat xaridi to'g'risida"gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.04.2021-y., 03/21/684/0367-son

2. Белов В.А. Гражданское право: Общая часть: учебник. М.: АО «Центр ЮрИнфоР», 2004. С.267.

3. Service specification in pre-tender phase of public procurement - A triadic model of meaningful involvement Maria Holma, Jukka Vesalainen, Anne Soderman, Joha na Sammalmaa.

4. ЭЛЕКТРОННЫЕ АУКЦИОНЫ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ М.П. Селезнёва,Самарский государственный экономический университет (Россия, г. Самара)

5. Imomniyozov, D. (2023). THE SYSTEM OF CONTRACTS: ASSESSING THE VALIDITY OF PRIVATIZATION OF STATE PROPERTY. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(7), 13-17.

6. Пашков П.А., Горлов В.В., Муза Ю.А., & Родин Н.М. (2023). ГОСУДАРСТВЕННЫЕ ЗЕЛЕНЫЕ ЗАКУПКИ. Экономические системы, 16 (1), 159-166.

7. Ерёмина К.О., & Татеосян Т.М. (2020). УПРАВЛЕНИЕ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ЗАКУПКАМИ. Форум молодых ученых, (1 (41)), 182-184.

8. ПРОВЕДЕНИЕ ЭЛЕКТРОННЫХ АУКЦИОНОВ В РАМКАХ КОНТРАКТНОЙ СИСТЕМЫ Ерофеев Филипп Станиславович, аспирант. Место учёбы: Российский экономический университет имени Г.В. Плеханова.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Подразделение: кафедра гражданского права и процесса. E-mail: mos-ssp@mail.ru

9. Doniyorbek, I. (2022). MAJBURIYATNI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNI QO'LLASH MUAMMOLARI.

10. https://www.oecd.org/gov/ethics/

11. https://www.gov.uk/guidance/public-sector-procurement-policy#tenders-not-covered-by-the-public-contracts-regulations-2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.