Научная статья на тему 'Davlat xaridlarini tartibga solishning huquqiy asoslari'

Davlat xaridlarini tartibga solishning huquqiy asoslari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1257
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
“Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonun / xarid qilish tartibtaomillari / xarid qilish tamoyillari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shahlo Muhamedova

Maqolada O’zbekistonda davlat xaridlarini rivojlanish bosqichlari va uni tartibga solishning huquqiy asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat xaridlarini tartibga solishning huquqiy asoslari»

Davlat xaridlarini tartibga solishning huquqiy asoslari

Shahlo Muhamedova TMI

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda davlat xaridlarini rivojlanish bosqichlari va uni tartibga solishning huquqiy asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonun, xarid qilish tartib-taomillari, xarid qilish tamoyillari

Legal basis of regulation of public procurement

Shahlo Muhamedova TIF

Abstract: The article describes the stages of development of public procurement in Uzbekistan and the legal basis of its regulation.

Keywords: Law "On State Procurement", procurement procedures, procurement principles

Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini rivojlanishini shartli ravishda to'rt bosqichga bo'lish mumkin1.

Birinchi bosqich (2011 yilgacha bo'lgan davr)da davlat xaridlari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonuni, shuningdek, "Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida shakllandi va rivojlandi. Ushbu hujjatlar asosida ayrim murakkab va o'ziga xos ma'no kasb etadigan masalalarni yoritish maqsadida bir qator qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi.

Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar etkazib berish bo'yicha davlat kontrakti va kontraktatsiya shartnomasining mohiyati, ularni tuzish va bajarish tartibi, tomonlarning majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida o'z aksini topdi.

O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonuni xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, hamda ushbu munosabatlarda

1 O'roqov U.Yu. Davlat xaridi. O'quv qo'llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b.

xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.

Davlat xaridlarini tashkil etish, tizimni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini tanqidiy o'rganish natijalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi Qarori2 hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan "Xom - ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo'yicha tender savdolari o'tkazish to'g'risida Nizom"da o'z aksini topdi. Ushbu Qarorda tender savdolari 100 ming AQSh dollaridan yuqori summadagi savdolar uchun amalga oshirilishi, g'olib tender komissiyasi qarori bilan aniqlanishi, 1 mln. AQSh dollaridan yuqori summada savdo amalga oshirilganda tender komissiyasi tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilishi belgilandi.

Davlat xaridi tizimining rivojlanishining ikkinchi bosqichi (2011 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davr) xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda xaridlar tizimini ochiq-oshkoraligini ta'minlash, ushbu tizimga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish orqali raqobatni ta'minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bu vaqtga kelib, davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikni xususiy va davlat sektori talablariga javob beradigan darajada rivojlantirish davr talabiga aylandi. Qolaversa, davlat xaridlarining yangi turlarini kiritish, mavjudlarini takomillashtirish zarurati tug'ildi.

Ana shunday vaziyatda "Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va unga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xaridlari rivojlanishining ikkinchi bosqichini ochib bergan Qarori3 qabul qilindi.

Ushbu Qarorga asosan bir qator yangiliklar amaliyotga tatbiq etildi, jumladan, bir shartnoma summasi 300 AQSh dollaridan oshmaydigan tovar(ish, xizmat)lar to'g'ridan- to'g'ri sotib olinishi, 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo'lgan tovar(ish, xizmat)lar elektron auksionlar o'tkazish va tanlov savdolari orqali xarid qilinishi, 100 ming AQSh dollaridan 1 mln. AQSh dollarigacha bo'lgan tovar(ish, xizmat)lar tenderlar orqali amalga oshirilishi belgilandi. Davlat xaridlari tizimini tartibga solish va bu yo'nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish uchun mas'ullik yuklatilgan Hukumat komissiyasi tuzildi.

Yangi tartibga binoan, davlat xaridlari bo'yicha Hukumat komissiyasi tomonidan bir shartnoma summasi 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo'lgan alohida tovar(ish, xizmat)lar ro'yhati tasdiqlanib, bu ro'yxatdagi 13 guruhdagi tovar(ish, xizmat)lar O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan

2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli "Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475- sonli "Davlat xaridlari tizimini makbullashtirish va unga kichik biznes sub'ektlarini jalb etishni kengaytirish to'g'risida"gi Qarori

tashkil etiladigan elektron auksion savdolar orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Bu savdolarda kichik biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida xaridlar bo'yicha ro'yhatdagi tovar(ish, xizmat)larning har bir guruhiga kichik biznes subyektlaridan sotib olish bo'yicha eng kam ulushlar (kvota) miqdori o'rnatildi.

Bu bilan davlat xaridining yanada mukammal, ochiq va shaffof, o'zida tadbirkorlik subyektlariga rag'batlantirish imkoniyatini beradigan yangi mexanizm yo'lga qo'yildi. Ushbu choralar iqtisodiyotning mana shu sektorida tovar (ish, xizmat)larni etkazib beruvchilar umumiy sonida kichik biznes subyektlarining ulushi ortdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3237 sonli qaroriga muvofiq, 2017 yilning 23 avgustidan bitta kontrakt bo'yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha ekvivalentdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkillashtiriladigan elektron savdolar orqali amalga oshirishga oid talab bekor qilinishi munosabati bilan 2017 yilda elektron auksion savdolar bo'yicha amalga oshirilgan bitimlar soni va summasini o'tgan yillarga nisbatan past ko'rsatkichni tashkil etgan.

Davlat xaridlari tizimining rivojlanishining uchinchi bosqichi 2018 yil 9 apreldan 2021 yil 21 aprelgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, mamlakatimizda yaqin kungacha davlat xaridlari sohasi 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinardi, bunda yaxlit tizim mavjud emas edi. Buning oqibatida esa ba'zan huquqiy jihatdan bir-birini rad etuvchi holatlar ham vujudga kelgan. Ayrim holatlarda esa takrorlovchi tartib-taomillar korrupsiyaga sharoit yaratgan va ko'p vaqt yo'qotishga sabab bo'lgan. Bu kabi muammolarning oldini olish, davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani shakllantirish hamda uni bir xilda qo'llash maqsadida 2018 yil 9 aprelda "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 12 bob, 79 moddadan iborat Qonun davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta'minlaydi, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo'lgan korxonalar mablag'laridan samarali foydalanishga imkon yaratdi.

Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda xalqaro tajribani, jumladan, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo'yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalarini, Evropa Ittifoqi, AQSh, Rossiya, Belarus, Qozog'iston va boshqa davlatlar qonunchiligini hisobga olgan. Qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar, ekspert va biznes-hamjamiyati, vazirlik va idoralar vakillari bilan muhokamalardan o'tkazilgan.

2018 yil 9 aprelda qabul qilingan "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonun bilan amaliyotga kiritilgan asosiy yangiliklar:

1. Qonun xaridlarning besh tartib-taomili(turi)ni belgiladi, ya'ni elektron do'kon, boshlang'ich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auksion, tanlov, tender, yagona etkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari. Bulardan ikkitasi (elektron do'kon, boshlang'ich narxni pasaytirish uchun o'tkaziladigan auksion) davlat xaridi bo'yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etardi. Qolgan xarid tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo'li bilan ta'minlandi.

2. Qonun bilan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda birinchi bor yagona etkazib beruvchidan xaridni amalga oshirish tartib-taomili turi, davlat xaridlarini o'tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilish va davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinishi kabi normalar xarid amaliyotiga kiritildi.

3. Xarid tizimida davlat buyurtmachisining ikkita kategoriyalari birlashtirildi. Bular - byudjet buyurtmachilari (davlat organlari; byudjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan byudjet mablag'larini oluvchilar; davlat maqsadli jamg'armalari) hamda korporativ buyurtmachilar (davlat korxonalari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar; ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslar).

4. Davlat xaridlari tizimida vakolatli organ sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi belgilandi (hozirgi kunda Moliya vazirligi). Ilgari davlat xaridlari sohasida vakolatli organ mavjud emas edi. Faqat elektron auksion savdolar bo'yicha Hukumat Komissiyasi faoliyat yuritardi, xolos.

5. Davlat xaridlari jarayoni barcha bosqichlarining yaxlitligi va o'zaro aloqadorligini ta'minlash hamda davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari va usullarini birxillashtirish maqsadida davlat xaridlari tizimida ilk bora davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati; asoslanganlik; moliyaviy mablag'lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi; ochiqlik va shaffoflik; tortishuv va xolislik; mutanosiblik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik kabi davlat xaridlarining asosiy printsiplar kiritildi.

6. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan doimiy monitoring va qat'iy nazorat yo'lga qo'yildi. Ahamiyatlisi shundan iboratki, davlat nazorati bilan birgalikda davlat xaridlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko'maklashish, davlat xaridlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlash hamda davlat buyurtmachilarini, vakolatli davlat organlarini aniqlangan

qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish maqsadida xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati normasi kiritildi. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik printsiplarini ro'yobga chiqarish vositasida amalga oshirilishi belgilandi. Davlat xaridlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari mumkinligi belgilandi.

7. Ilgari davlat xaridlarining barcha tartib-taomili(turi) uchun shartnoma summalari ma'lum bir ekvivalentdagi AQSh dollari bilan mezonlangan bo'lsa, endi ular quyidagicha joriy vaqtdagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan hisoblanadigan bo'ldi.

8. Qonun bilan kiritilgan yana bir yangilik bu davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiyani shakllantirilganligidir. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko'rib chiqish bo'yicha tuzilgan Komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tadbiq etildi. Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo va kelishmovchiliklar faqat elektron savdolar bo'yicha maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqilgan. Endilikda shikoyatlarni ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiyaga shikoyatni qisqa davr mobaynida davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ishtirokida ko'rib chiqish, hamda shikoyat olinganidan keyin etti ish kuni ichida qaror chiqarishi va axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirish vazifasi yuklatildi.

Davlat xaridlari tizimining rivojlanishining to'rtinchi bosqichi 2021 yil 22 apreldan keyingi davrni qamrab oladi. Aynan shu sanada "Davlat xaridlari to'grisida"gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunni tayyorlashda BMT xalqaro savdo huquqi bo'yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) ommaviy xaridlar bo'yicha namunaviy qonuni asosiy qoidalari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tavsiyalari hamda qator xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanilgan. Qonun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringi, Davlat moliyasini boshqarish samaradorligini xalqaro baholash (PEFA) kabi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o'rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangi tahrirdagi Qonun bilan amaliyotga qator yangilik va o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan:

1. Korporativ buyurtmachi va strategik ahamiyatga ega xojalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan xaridlarni amalga oshirish tizimi takomillashtirildi. Ustavida davlat ulushi 50 foizdan ko'p bo'lgan hamda davlat korxonalari va davlat ulushi 50 foizdan ko'p bo'lgan korxonalar ulushining yig'indisi 50 foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar korporativ buyurtmachilar ro'yxatiga kiritildi. Davlat aktivlarini boshqarish

agentligi bilan hamkorlikda korporativ buyurtmachilar ro'yxatini maxsus axborot portalida yuritilishi belgilandi.

2. Davlat buyurtmachilari va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida xarid qilish tartib-taomillari soddalashtirildi. Davlat buyurtmachilariga xarid qilish tartib-taomillari turlarini mustaqil tanlash imkoniyati yaratildi. Bunda, davlat buyurtmachisining xohishiga ko'ra davlat xaridlari byudjet buyurtmachilari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha (elektron do'konda ikki ming besh yuz baravarigacha) va korporativ buyurtmachilari tomonidan esa bir shartnoma bo'yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha elektron do'kon, auktsion yoki tanlash orqali amalga oshirilishi mumkin.

Xaridlarni soddalashtirilgan tartibda xarid komissiyasi ishtirokisiz to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda, bir shartnoma summasi byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan (bir moliya yili davomida 500 baravaridanj;korporativ buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (bir moliya yili davomida 1 000 baravaridanj oshmasligi lozim.

Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda e'lonlarni joylashtirishni eng kam muddatlari qisqartirildi. Bunda tanlash usulida xaridni amalga oshirishda 5 ish kuniga (+ 2 ish kuniga muhokamaga); tender usulida xaridni amalga oshirishda 12 ish kuniga.

3. Davlat buyurtmachisi va boshqa ishtirokchilarning mas 'uliyatini oshirish maqsadida davlat xaridlari komissiyasining tarkibiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "O'zinjmirmg" institutining vakillari majburiy tartibda kiritish talabi bekor qilinib, buyurtmachining vakillaridan tashkil topishi belgilandi.

4. Korruptsiyaning oldini olish va oshkoralikni ta'minlash bo'yicha choralar belgilandi.

- Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlari ustidan nazorat qiluvchi organlar ro'yxatiga kiritildi;

- Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi va uning affillangan shaxsi bir savdoda ishtirok etishi, xarid komissiyasi a'zosining ishtirokchilar bilan affillanganlik holatida ovoz berishi cheklandi;

- Hisob palatasi davlat xaridlarini auditdan o'tkazishi va natijalarini har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishi hamda ochiq axborot manbalarida e'lon qilib borishi belgilandi;

- Moliya vazirligi va boshqa ishtirokchilarga savdo natijalari, qonun buzilish holatlari va tahliliy ma'lumotlarni ochiq axborot manbalarida e'lon qilib borish vazifasi yuklatildi;

- Maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish, davlat xaridlari monitoringini olib borish va nazorat qilish jarayonlari tizimlashtirildi

- Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan sub'ektlarning davlat xaridlarida ishtirok etishini cheklash muddati uch yildan ikki yilgacha qisqartirildi;

- Davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish, sohaga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb qilish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan boshqa ko'plab o'zgarishlar nazarda tutildi.

5. Xarid qilish tartib-taomillariga qator o'zgartirishlar kiritildi:

1-jadval

2021 yil 22 apreldan davlat xaridlari tartib-taomillari4

Xarid turi Byudjet buyurtmachilari uchun Korporativ buyurtmachilar uchun Muddati

To'g'ridan-to'g'ri (soddalashtirilgan tanlash) Tovar Ish, xizmat 0-25 BHM* 0-50 BHM -

Bir moliya yilida 0-500 BHM 0-1000 BHM

Elektron do'kon Tovar 0-2500 BHM (bir moliya yilida ayni bir turdagi tovar 10 ming baravargacha) 0-25000 BHM 48 soat

Ish, xizmat 0-50 BHM 0-12 250 000 so'm (bir moliya yilida ayni bir turdagi ish, xizmatlar 500 baravargacha) 0-100 BHM (bir moliya yilida ayni bir turdagi ish, xizmatlar 1000 baravargacha)

Auksion Tovar 0-6000 BHM 0-25000 BHM 5 ish kuni

Ish, xizmat - -

Eng yaxshi takliflarni tanlash Tovar 0-6000 BHM 0-25000 BHM 5 ish kuni (2 ish kuni muhokama)

Ish, xizmat 0-6000 BHM 0-25000 BHM

Tender Tovar, ish, xizmat 6000 BHM - ... 25000 BHM - ... 12-30 ish kuni

* BHM - bazaviy hisoblash miqdori

5. Davlat xaridlarini rejalashtirish davri qat'iy belgilandi. Bunda, davlat xaridlarining yillik reja-jadvali byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25 martiga qadar, korporativ buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25 dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi. Davlat xaridlarining kelgusi chorak uchun choraklik reja-jadvallari davlat buyurtmachilari tomonidan joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.

6. Xarid qilish tartib-taomillarining eng yaxshi takliflarni tanlash va tender turlarini majburiy tartibda elektron shaklda o'tkazish talabi 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritildi.

4 O'roqov U.Yu. Davlat xaridi. O'quv qo'llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'RQ-684-son Qonuni

2. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog'liq tartib-taomillarini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizom

3. O'roqov U.Yu. Davlat xaridi. O'quv qo'llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200

b.

4. У.Уроков, Э.Шодмонов, Д.Бобобекова. Давлат харидларини бошкариш. Т.-2022 й.

5. У. Уроков. Давлат харидлари тизими: кеча ва бугун. «Бозор, пул ва кредит» журнали, 8-сон, 2018 й.

6. У.Уроков. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар хажмини ошириш масалалари. "Замонавий молиянинг миллий ва халкаро долзарб масалалари". Халкаро илмий-амалий конференция материаллари туплами. ТМИ, 2021 йил 20 май

7. Уроков У.Ю. Чинкулов К,.Р. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. «Халкаро молия ва хисоб» журнали, 2017 йил 8-сон.

8. У.Уроков. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари. "Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари" мавзусидаги олий укув юртлараро илмий-амалий конференция материаллари туплами. ТМИ, 2014 йил 13декабрь

9. У.Уроков. Газначилик тизимида бюджет маблаFларидан самарали фойдаланиш масалалари. "Худудлар молиявий салохиятини юксалтиришда хизмат курсатиш сохасининг ахамияти" мавзусидаги республика илмий-амалий конференция материаллари туплами.ТМИ, 2017 йил 12 апрель

10. У.Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. "Худудлар молиявий салохиятини юксалтиришда хизмат курсатиш сохасининг ахамияти" мавзусидаги республика илмий-амалий конференция материаллари туплами.ТМИ, 2017 йил 12 апрель

11. N Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O 'quv qo 'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007

12. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA, 2009

13. A.V. Vaxabov, Sh. A. Tashmatov, N.X. Xaydarov, A.V.Vaxabov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma/-Toshkent- 2013

14. Гайдаров Н., Т. Маликов - Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. Укув кулланма, 2007

15. Т.С. Маликов, Н.Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

16. Н. Хайдаров. Давлат молиясини бошкариш. Т.:«Академия, 2005

17. Н.Хайдаров. Сравнительный анализ основных макроэкономических показателей Республики Узбекистан. Международная научно - практическая конференция «Процессы цифровой трансформации в экономике, финансах и управлении в условиях пандемии». Казань - Ташкент, 4 мая 2022 г.

18. N. Xaydarov. Issues of enhancing the quality of doctoral education at higher education institutions: European Experience and practices of joint project in higher education reform process in Uzbekistan. Vita Color Т.: 2014

19. U.Y.O'roqov, M.B.Moyliyev. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari. Science and Education, 2022

20. Uchqun Yunusovich Urokov, Zulayho Abdujobir Qizi Tursunova. Actual issues in the management of external debt. Science and Education, 2022. № 12

21. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022. № 12

22. У.Ю.Уроков. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари.«Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017

23. У.Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари.2017

24. У.Ю. Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим, 2015

25. У.Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. Узбекистонннинг халкаро молия тизимига интеграциялашувни кучайтириш йуллари" мавзусидаги республика илмий-амалий конференция. ТМИ. 2020

26. У.Уроков. Махаллий бюджетлар молиявий баркарорлигини белгиловчи курсаткичлар. 2020.

27. У.Ю Уроков, К.Р. Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. «Халкаро молия ва хисоб» журнали, 2017

28. У.Уроков. Мах,аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022. № 6

29. У.Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.