Научная статья на тему 'Davlat xaridlariga oid nazariy qarashlar'

Davlat xaridlariga oid nazariy qarashlar Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
120
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
davlat ehtiyojlari / davlat buyurtmasi / davlat xaridi / xarid buyurtmachisi / xarid mexanizmi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Alisher Ismailov

Mazkur maqolada davlat xaridlariga oid xorijiy va mahalliy olimlarning nazariy qarashlari tadqiq va tahlili qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat xaridlariga oid nazariy qarashlar»

Davlat xaridlariga oid nazariy qarashlar

Alisher Ismailov

O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada davlat xaridlariga oid xorijiy va mahalliy olimlarning nazariy qarashlari tadqiq va tahlili qilingan.

Kalit so'zlar: davlat ehtiyojlari, davlat buyurtmasi, davlat xaridi, xarid buyurtmachisi, xarid mexanizmi

Theoretical considerations of public procurement

Alisher Ismailov Banking and Finance Academy of Uzbekistan

Abstract: This article researches and analyzes the theoretical views of foreign and domestic scientists on public procurement.

Keywords: state needs, state order, state procurement, procurement orderer, procurement mechanism

Mamlakatimizda davlat xaridlarini samarali amalga oshirish masalasi har jihatdan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat buyurtmachilarining xaridlar hajmi kengayib, bu bevosita byudjet mablag'lari va davlat ulushi bor korporativ tuzilmalarning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish mas'uliyatini yuzaga keltirmoqda.

Deyarli barcha mamlakatlarda davlat xaridlari uchun davlat budjetidan qiladigan xarajatlar salmoqli bo'lib, bu davlat xaridlarini boshqarish tizimini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, budjet mablag'laridan samarali foydalanish, buyurtmalarni joylashtirishning oshkoraligi va shaffofligini ta'minlash, adolatli raqobat rivojlanishi va buyurtmalarni joylashtirishda korrupsiyani oldini olish maqsadida davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

Avvalo, aytib o'tish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda davlat ehtiyojlarini qondirish sifatini oshirish va optimallashtirish maqsadida "davlat buyurtmasi" ga yaxlit va aniq ta'rif yoki tayanch tushuncha mavjud emas. Bu bo'yicha L.M.Davletshina, V.S.Gladkov va boshqa bir qancha yosh olimlarning fikrlariga ko'ra, davlat buyurtmasining mavjud talqini uning asl mohiyatini aks ettirmay, "davlat buyurtmasi"

va "davlat xaridi" tushunchalarini aralashtirib yubormoqda va bu bilan amaliyot tartibotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda1.

L.V.Andreyeva davlat xaridlarining huquqiy masalalarini o'rganishda "davlat ehtiyojlari" ni mustaqil ma'noga ega bo'lgan huquqiy tushuncha sifatida alohida ajratib ko'rsatdi. Bunda davlat va davlat buyurtmachilarining funksiya va vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan davlat ehtiyojlarining tarkibiga tovar, ish va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlar kiradi.2

Qonunchilikka ko'ra tovarlarni yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmat ko'rsatish bo'yicha buyurtmalar joylashtirish deganda, qonunga belgilangan tartibda, buyurtmachilar, vakolatli davlat organlarining mol yetkazib beruvchilar (ijrochilar, pudratchilar) ni tanlash bo'yicha va davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ular tomonidan tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha davlat shartnomalarini tuzish harakatlari tushuniladi.

"Davlat ehtiyojlari" va "Davlat ehtiyojlari uchun buyurtma joylashtirish" tushunchalarining mohiyatini ko'rib chiqar ekanmiz, bunda "davlat ehtiyojlari" tushunchasi "davlat buyurtmasi" tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega degan xulosa kelamiz, chunki davlat buyurtmasi davlat ehtiyojlarining umumlashgan va rasmiylashtirilgan ko'rinishi hisoblanadi. Bunda shuni ta'kidlab o'tish kerakki, bu terminlarning ham mazmuni, ham tarkibi jihatdan amaliyotda ishlatilishi bir xil.

Sobiq Sovet qonunchiligida davlat buyurtmasi individual rejaviy hujjat sifatida qaralib, u korxona rejasi tarkibida bo'lgan va iste'molchilarning buyurtmasiga asoslangan umumiy ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda uning mustaqilligini kafolatlagan.

Rossiya qonunchiligining nazariyasida davlat buyurtmasi deganda davlat organlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish uchun qilinadigan va davlat budjetidan moliyalashtiriladigan buyurtmasi tushuniladi. Bunday buyurtmani nafaqat davlat korxonalari, balki boshqa korxonalar ham amalga oshirishlari mumkin. Buyurtma, odatda, tanlov asosida beriladi. Davlat buyurtmasi xo'jalik yurituvchi munosabatlarini bevosita tartibga solishning usuli hisoblanadi. Bunday ta'rifni A.A.Xramkin boshligidagi avtorlik kengash ham qo'llab-quvvatlamoqda3.

Keng ma'noda, davlat buyurtmasi deganda, davlat boshqaruv organlarining tovar, ish, xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlari tushunilib, bu ehtiyojlar budjet va nobudjet fondlarining mablag'lari hisobidan, ya'ni budjet va nobudjet fondlariga jamg'arilgan

1 Давлетшина Л.М. Государственный заказ как инструмент проведения промышленной политики (на примере Республики Татарстан): Дисс. ... канд. экон. наук. Казань, 2007. С. 47; Гладков В.С. Государственный заказ в сфере государственного управления экономикой: Дисс. ... канд. юрид. наук. Ростов-на-Дону, 2008. С. 14.

2 Андреева Л.В. Закупки товаров для федеральных государственных нужд: правовое регулирование. М.: Волтерс Клувер, 2009. С. 24.

3 Настольная книга госзаказчика / Под ред. А.А. Храмкина. 4-е издание, доп. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 187.

soliq to'lovchilarning mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu fikrni I.I.Smotritskaya ham ilgari suradi va qo'shimcha ravishda bu ehtiyojlarning nimaga asoslanganligini va uni to'gri rasmiylashtirish kabi aspektlarga oydinlik kiritadi4.

Tor ma'noda, davlat buyurtmasi- bu aniq bir davlat organining ma'lum bir tovar, ish va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarining ro'yxatidir.

V.Ye.Belov davlat xaridiga iqtisodiy kategoriya sifatida qarar ekan, unga davlatning u yoki bu tovarga bo'lgan konkretlashgan (miqdoriy va sifat ko'rsatkichlarni belgilagan holdagi) ehtiyoji, deb ta'rif beradi5.

Ba'zi iqtisodchi-olimlar "davlat buyurtmasi" ning mohiyatini ochishda, jahon iqtisodiy nazariyasi va makroiqtisodiyotga tayanadi. Misol uchun, T.V.Fraybergning fikricha, "davlat buyurtmasi" - bu budjetdan moliyalashtirishni tashkil etishning bir shakli bo'lib, o'ziga xos belgilari (qaytarishlilik va qaytarib berilmaslik), prinsiplari, tasnifi va rivojlanish bosqichlariga ega. A.F.Nozdrachevning ta'kidlashicha, davlat buyurtmasi davlatning bozor sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy instrumentlardan biri, shuningdek, u huquqni tartibga soladigan bozor instrumenti ham hisoblanadi6. L.M.Davletshina qarama-qarshi fikrga ega bo'lib, uning fikricha, davlat buyurtmasi bu davlatning o'z funksiyalari va xalqaro majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni turli xil korxonalarga yuklatilishi, davlat xaridi esa bu raqobatbardosh bozorda davlat boshqaruv organlari tomonidan bevosita shu buyurtmani amalga oshirish jarayonidir. Bizning fikrga ko'ra bu ta'rif noto'g'ri hisoblanadi, chunki bu "davlat buyurtmasi" kabi keng mazmunli tushunchaning faqatgina iqtisodiy tomonini yoritib bermoqda, ammo uni rejalashtirish va joylashtirish kabi muhim tomonlari hisobga olinmadi.

V.I.Kuznetsovning fikriga ko'ra, davlat buyurtmasi - davlatining Konstitutsiyasi, qonunlari va funksiyalarini amalga oshirishning ommaviy-huquqiy institutidir. Bu institut davlat va xususiy subyektlar o'rtasidagi ma'muriy tartibdagi ko'rinishga ega bo'lib, o'z tarkibiga konstitutsion, ma'muriy, budjet va fuqarolik huquqlarning moddiy va protsessual me'yorlarni oladi hamda Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan ommaviy ehtiyojning ommaviy-huquqiy institutini shakllantirish jarayonini va uning huquqiy maqomini o'rnatish xususiyatiga ega7.

Bu borada R.A.Nabiyev va R.K.Ariqbayevning fikrlari alohida e'tiborga loyiq. Ular "davlat buyurtmasi" tushunchasidan davlat mudofaasi va xavfsizligini

4 Смотрицкая И.И. Развитие рынка государственных заказов: институты и механизмы (научный доклад). М., 2007. С. 7; Смотрицкая И.И. Экономика государственных закупок. М.: Книжный дом «ЛИБЕРКОМ», 2009. С. 22.

5 Белов В.Е. Правовое регулирование размещения государственного заказа // Право и экономика. 2005. № 2.

6 Ноздрачев А.Ф. Государство как заказчик продукции // Государство и право. 1994. № 7.

7 Кузнецов В.И. Правовое регулирование институту государственного заказа: Дисс. ... канд. юрид. наук. Москва, 2005. С. 86.

ta'minlashda paydo bo'ladigan ehtiyojlarni, "davlat xaridi" dan esa davlatning boshqa ehtiyojlarni tushuntirishda foydalanishgan8.

1996 yilda T.F.Ryabova boshchiligidagi mualliflik kollektivining nashriga ko'ra, davlat buyurtmasi bu davlatning ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan davlat iste'moliningbir shaklidir. Bunda "davlat xaridi" tushunchasi ham alohida ajratib ko'rsatilgan va unga mehnat predmetlari va vositalarini xarid qilish, fuqarolik qurilish dasturlarini realizatsiya qilish hamd davlat korxonalariga kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish bilan bog'liq bo'lgan davlat ehtiyojlarining bir shakli, deb ta'rif berilgan9.

L.P.Kurakov va V.L.Kurakov davlatning tovar va xizmatlar xaridi tarkibiga federal, respublika va mahalliy hukumat organlarining korxonalarning tayyor mahsulotiga va barcha resurslar, ayniqsa ishchi kuchi resursiga qiladigan xarajatlarini kiritadi. Bunda ular tarkibiga transfert to'lovlar kiritilmaydi10.

A.B.Barixin fikriga ko'ra, xarid - bu mamlakat tashqarisi yoki ichkarisidan tovarlarni yirik hajmda sotib olishdir, davlat organlari tomonidan qilinadigan xarid esa "davlat xaridi" hisoblanadi11.

"Davlat xaridi" terminini ishlatishda A.V.Pikulik uning mazmunini kengaytirdi va tarkibiga davlat ehtiyojlari uchun davlat mablag'lari hisobidan tovar, ish va xizmatlarni xarid qilish jarayonini ham kiritdi12.

N.V.Nesterovich va V.I.Smirnov xarid tushunchasiga davlat buyurtmachisi tomonidan tovar, ish va xizmatlarni tegishli budjet va fond mablag'lari hisobidan sotib olish, deb ta'rif berishgan13.

A.A.Demin "xarid" tushunchasini o'rganishda makroiqtisodiy nazariyaga yondoshib, bu shaxsiy yoki vazirliklar huzuridagi tashkilotlarning joriy ehtiyojini qondirish yoxud investitsion maqsadlar uchun tovar, ish, xizmatlarni muntazam ravishda va yirik hajmda, yirik summada sotib olishga yo'naltirilgan maqsadli faoliyat, deb tushuntiradi14.

Ko'pgina olimlarning fikricha,"davlat xaridi" mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmlatlarning bir qismi bo'lib, ular hukumat, davlat organlari tomonidan o'z va aholi iste'molini ta'minlash va saqlash maqsadida davlat budjeti mablag'lari

8 Набиев Р.А., Арыкбаев Р.К. Повышение эффективности бюджетных расходов системы государственных заказов и закупок // Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организatsiях. 2008. № 15.

9 Большой коммерческий словарь / Под ред. Т.Ф. Рябовой. М.: Война и мир, 1996. С. 88, 91.

10 Кураков Л.П., Кураков В.Л. Большой словарь экономических и юридических терминов. М.: Вуз и школа, 2001. С. 138.

11 Барихин А.Б. Большой юридический энциклопедический словарь. 2-е издание, перераб. и доп. М.: Книжный мир, 2008. С. 208.

12 Пикулик А.В. Управление государственными закупками: Монография. М.: Издательский дом «Финансовый контроль», 2006. С. 23.

13 Нестерович Н.В., Смирнов В.И. Конкурсные торги на закупку продукции для государственных нужд / Под ред. А.Г. Свинаренко. М.: ИНФРА-М, 2000. С. 124.

14 Демин А.А. Государственный заказ как фактор развития государственного сектора трансформatsiонной экономики: теоретико-экономические аспекты: Дисс. ... канд. экон. наук. Челябинск, 2007. С. 63, 65.

hisobidan xarid qilinadi. Ammo, bizning fikrimizcha, bu fikr haqiqatga mos kelmay o'z mohiyatini yo'qotdi, chunki buyurtmani joylashtirish nafaqat budjet mablag'lari hisobiga, balki moliyalashtirishning nobudjet manbalari hisobiga ham amalga oshiriladi hamda buyurtmani joylashtirishda davlat buyurtmachilari tarkibiga yuqoridagilar bilan birga barcha davlat tashkilotlari va boshqa budjet mablag'larini oluvchi va moliyalashtirishning nobudjet manbalari mablag'larini oluvchi tashkilotlar ham kiradi.

"Xarid" atamasi turli davlat organlari tomonidan xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishni tartibga soladigan xalqaro me'yoriy-huquqiy normalarda hamda tijorat sohasida buyurtmachining shartnoma asosida mahsulotni sotib olishi tushunchasi sifatida keng tarqalgan. Bunda RF Fuqarolik Kodeksiga binoan shartnoma deganda ikki yoki undan ortiq tomonlarning o'zaro kelishuvi (bu hujjat "shartnoma" deb rasmiylashtirilgani yoki yo'qligidan qat'iy nazar) tushuniladi.

G.I.Martinenko savdo va tariflar bo'yicha Umumiy kelishuvga asoslanib shuni ta'kidlab o'tadiki, bu hujjatning 8 betidagi "a" bandida davlat xaridi davlatning ehtiyojlari uchun, keyinchalik tijoratda qayta sotish yoki tijorat faoliyatini yuritish uchun shu mahsulotlardan ishlab chiqarishda foydalanishni ko'zda tutmaganholda, mahsulotlarni davlat agentliklari tomonidansotib olinishi sifatida talqin etilgan15.

I.I.Smotritskaya, O.A.Skutelnik va V.V.Ilyuxin kabi olimlar "davlat xaridi" va "davlat buyurtmasi" tushunchalarini birlashtirib, davlat xaridi - davlat ehtiyojlari uchun tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishning,ya'ni davlat buyurtmasini amalga oshirishning so'nggi yakunlovchi bosqichi, degan fikrni ilgari suradilar16.

Yuqoridagi atamalarning har tomonlama tahlilidan kelib chiqib, biz "davlat buyurtmasi" va "davlat xaridi" tushunchalari bir-biriga o'xshash degan fikrga keldik. Bu sohaning qonunchilikda ma'muriy va fuqarolik me'yorlar bilan taribga solinishini hisobga olib hamda "davlat xaridi" tushunchasi ancha oldin shakllanganligi va hozirgi kunda iqtisodchi, moliyachi va tahlilchilar tomonidan davlat ehtiyojlari uchun buyurtmalarni joylashtirishni tartibga solish sohasida tushuncha va terminlarni o'xshash talqin etish maqsadida foydalanayotganliklarini inobatga olib, "davlat buyurtmasi" tushunchasini qonun jihatdan mustahkamlab qo'yishni taklif etamiz. Fikrimizcha, davlat buyurtmasi o'z ichiga davlat ehtiyojlarini qondiradigan, budjet va nobudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan hamda davlat buyurtmachisi tomonidan xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlarning asoslangan hajmi va shakllantirilgan ro'xatini olishi kerak.

15 Мартыненко Г.И. Размещение заказов на поставки товаров, выполнение работ, оказание услуг для государственных и муниципальных нужд, антимонопольный контроль // Право и экономика. 2006. № 10.

16 Смотрицкая И.И. Указ. соч. С. 7; Скутельник О.А. Государственные закупки в системе обеспечения нatsiональной безопасности: понятие и принципы. Доклад по проблемам правового регулирования размещения заказов на поставки товаров для государственных нужд // www.rea.ru - официальный сайт РЭА им. Г.В. Плеханова; Ильюхин В.В.

Shunday qilib, fikrimizcha, davlat buyurtmasi - bu davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladigan murakkab va davomiy jarayon bo'lib, prognozlashtirish, rejalashtirish va shakllantirish, joylashtirish, amalga oshirish va nazorat kabi bosqichlardan iborat.

Prognozlashtirish - bu baholash jarayoni bo'lib, bunda "davlat ehtiyojlari" tushunchasi ostida bo'lgan davlatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish muhimliligi, davlat buyurtmasining istiqboli va unga qilinadigan xarajatlar baholanadi. Baholash jarayoni ma'lum davrdagi bozor sharoitlarining o'zgarishi va bozor konyukturasini tahlil qilish hamda marketing tadqiqotlariga asoslanadi. Prognozlashtirish natijalari davlat buyurtmasini rejalashtirish va shakllantirish davomida hisobga olinadi.

Davlat buyurtmasini rejalashtirish va shakllantirish - ma'lum davr mobaynidagi davlat buyurtmachisining tovar, ish, xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidir.

Davlat buyurtmasini joylashtirish - buyurtmachining tovar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish uchun kontragentlarni tanlash va ular bilan shartnoma tuzishni tartibga soluvchi qonunchilikka asoslangan harakatlaridan iborat.

Davlat buyurtmasini amalga oshirish va uning nazorati o'z ichiga quyidagilarni oladi: davlat buyurtmasi sohasining subyektlari tomonidan RF ning amaldagi qonunchiligiga, shu jumladan, shu sohani tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar va shartnoma majburiyatlariga qat'iy amal qilishlari; davlat buyurtmasi subyektlari harakatlari ustidan doimiy va har tomonlama nazoratni o'rnatish; davlat buyurtmasini joylashtirishda vujudga keladigan muammoli vaziyatlarni suddan tashqari, ma'muriy tartibda hal etish kabilar.

M.N.Kozin fikricha, davlat buyurtmasi nafaqat davlat ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida, balki iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish uchun inqiroz holatdagi tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash instrumenti sifatida ham namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, davlat buyurtmasi mamlakatning inqirozga qarshi siyosatining muhim elementi bo'lib ham xizmat qilishi mumkin17.

Shuni ta'kidlab o'tish zarurki, davlat buyurtmasining aniq maqsadini belgilash o'ta muhim hisoblanadi, chunki bu bilan nafaqat qonun chiqarish jarayoni, balki huquqiy normalarni to'gri talqin etish va ulardan foydalanish uzviy bog'liq hisoblanadi. Federal qonunni tahlil qilganda, unda davlat buyurtmasining bir necha maqsadlari keltirib o'tilgani aniqlandi. Ammo, fikrimizcha,Federal qonunda davlat buyurtmasining yagona, umumiy maqsadi bo'lishi kerak. Lekin shunga qaramay ko'pgina mualliflar maqsadlarning turli xilligini qo'llab-quvvatlamoqdalar.

V.I.Smirnovning fikricha,xaridlar to'g'risidagi qonunchiligda maqsad va vositalarning o'rni almashgan: vositalar - "mustaqil" maqsadlar sifatida talqin etiladi,

17 Козин М.Н. Государственный оборонный заказ: теория и практика управления рисками: Монография. Вольск: ВВВУТ (ВИ), 2007. С. 15, 16.

haqiqiy maqsad esa mavhumlikka yoyilgan. Natijada noto'g'ri belgilangan maqsadlar ko'rsatkichlari kiritilgan yutuqlardan dalolat beradi, aslini olganda esa ehtiyojlarni qondirishning real holati yomonlashib bormoqda. Ijtimoiy xaridlar va qonunchilikning bu sohadagi maqsadi - belgilab qo'yilgan mablag'lar doirasida davlat va munitsipal ehtiyojlarni qondirish samaradorligini oshirish hisoblanadi18.

Mazkur fikrga qo'shilgan holda, o'ylaymizki, maqsad tushunchasi mavhumlashtirilgan, "mustaqil maqsadlar" deb yozilgan tushuncha esa shunchaki asosiy maqsadga erishish usullari hisoblanadi. Bu taxmin A.A.Xramkin boshchiligidagi mualliflar kollektivining nazariy va metodologik izlanishlariga asoslangan bo'lib, Federal qonunda sanab o'tilgan maqsadlar davlat (ijtimoiy) xaridlarning asosiy va qo'shimcha tamoyillari sifatida talqin qilingan.

Shunday qilib, "davlat xaridi" va "davlat buyurtmasi" tushunchalarining xilma xil ta'riflari oqibatida bu sohada qonunchilikni ishlab chiqish va davlat buyurtmasini takomillashtirish borasida takliflar kiritish qiyinlashib qoldi.

Qonunchilikda qat'iy belgilangan tushunchalarning yo'qligi oqibatida davlat buyurtmasi sohasida huquqiy muzokaralarga olib kelib, qo'yilgan vazifalarga va savdo natijalariga erishilmay qolmoqda.

Fikrimizcha, davlat buyurtmasi - bu davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladigan murakkab va davomiy jarayon bo'lib, prognozlashtirish, rejalashtirish va shakllantirish, joylashtirish, amalga oshirish va nazorat kabi bosqichlardan iborat va davlatning inqirozga qarshi siyosatining muhim elementi bo'lib hisoblanadi.

Mahalliy olimlarimizning davlat xaridlari bo'yicha nazariy qarashlari deyarli yakdil. Masalan, U.Burxonov "Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to'liq davlat mablag'lari evaziga sotib olishdir" 19-deb ta'riflasa, J.Umarovning fikricha, davlat xapidlapi tizimi milliy iqticodiyotni taptibga colishining muhim inctitutlapidan bipi hicoblanib, apalash iqticodiyot shapoitida davlat talabni bip qatop tapmoqlap mahculotining icte'molchici, uning miqdopi va tapkibiga ta'cip ko'pcatadigan iqticodiyotni taptibga colishning kuchli vocitacidir20.

U.O'roqov esa davlat xaridlarining vazifalari davlat boshqaruvi faoliyati uchun zarur tovar, xizmat va ishlar bilan o'z vaqtida, kerakli miqdorda va turda, cifatda va narxda ta'minlashdan tashqari raqobatni rivojlantirish uchun davlat xaridlariga ko'proq tadbirkorlik cub'ektlarini jalb qilish, ishlab chiqarilayotgan mahculot cifatini yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro andozalarga moc cifatli mahculot

18 Смирнов В.И. Ошибочные цели - ложный результат // Государственные и муниципальные закупки - 2008. Сборник докладов III Всероссийской практической конференции-семинара. М.: ИД «Юриспруденция», 2008. С. 133, 142.

19 У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.pdf

20 Umapov J. Davlat xapidlapi tizimini takomillashtipishning metodologik jihatlapi. 08.00.07 - Moliya, pul muomalaci va kpedit. Iqticodiyot fanlapi bo'yicha falcafa doktopi (PhD) dicceptasiyaci avtopefepati. Toshkent - 2021.

ishlab chiqarishga undashdan iboratligini ta'kidlaydi21.

"Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'zbekiston respubliksi Qonunida esa davlat xaridiga quyidagicha ta'rif berilgan: "Davlat xaridlari - davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo'lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta'minlash jarayoni"dir22.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda davlat xapidlapi tizimida zamonaviy shakl va taptib-taomillapni ishlab chiqish hayotiy zapupatga aylanmoqda. Davlat xapidlapining takomillashtipilishi ushbu cohaning nazariy asoslarini chuqur tadqiq etish, mukammal qonunchilik bazacini yapatish va uni xalqapo tajpibaga moc pavishda pivojlantipish bilan ham uzviy bog'liqdip. Pirovardida, davlat xapidlapi iqticodiyotni pivojlantipishga, tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida sog'lom raqobat va sifatli mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'RQ-684-son Qonuni

2. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog'liq tartib-taomillarini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizom

3. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 21 mayda 3015 raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o'tkazish borasidagi faoliyati to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Nizom.

4. Андреева Л.В. Закупки товаров для федеральных государственных нужд: правовое регулирование. М.: Волтерс Клувер, 2009

5. Барихин А.Б. Большой юридический энциклопедический словарь. 2-е издание, перераб. и доп. М.: Книжный мир, 2008

6. Белов В.Е. Правовое регулирование размещения государственного заказа // Право и экономика. 2005. № 2.

7. Большой коммерческий словарь / Под ред. Т.Ф. Рябовой. М.: Война и мир,

1996

8. Давлетшина Л.М. Государственный заказ как инструмент проведения промышленной политики (на примере Республики Татарстан): Дисс. ... канд. экон. наук. Казань, 2007.

9. Гладков В.С. Государственный заказ в сфере государственного управления экономикой: Дисс. ... канд. юрид. наук. Ростов-на-Дону, 2008

21 O'roqov U.Yu. Davlat xaridi. O'quv qo'llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b.

22 "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'RQ-684-son Qonunning 3-moddasi

10. Демин А.А. Государственный заказ как фактор развития государственного сектора трансформatsiонной экономики: теоретико-экономические аспекты: Дисс. ... канд. экон. наук. Челябинск, 2007

11. Козин М.Н. Государственный оборонный заказ: теория и практика управления рисками: Монография. Вольск: ВВВУТ (ВИ), 2007

12. Кузнецов В.И. Правовое регулирование институту государственного заказа: Дисс. ... канд. юрид. наук. Москва, 2005

13. Кураков Л.П., Кураков В.Л. Большой словарь экономических и юридических терминов. М.: Вуз и школа, 2001

14. Мартыненко Г.И. Размещение заказов на поставки товаров, выполнение работ, оказание услуг для государственных и муниципальных нужд, антимонопольный контроль // Право и экономика. 2006

15. Набиев Р.А., Арыкбаев Р.К. Повышение эффективности бюджетных расходов системы государственных заказов и закупок // Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организatsiях. 2008

16. Настольная книга госзаказчика / Под ред. А.А. Храмкина. 4-е издание, доп. М.: ИД «Юриспруденция», 2008

17. Нестерович Н.В., Смирнов В.И. Конкурсные торги на закупку продукции для государственных нужд / Под ред. А.Г. Свинаренко. М.: ИНФРА -М, 2000

18. Ноздрачев А.Ф. Государство как заказчик продукции // Государство и право. 1994. № 7.

19. Пикулик А.В. Управление государственными закупками: Монография. М.: Издательский дом «Финансовый контроль», 2006

20. Смирнов В.И. Ошибочные цели - ложный результат // Государственные и муниципальные закупки - 2008.

21. Сборник докладов III Всероссийской практической конференции-семинара. М.: ИД «Юриспруденция», 2008

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Смотрицкая И.И. Развитие рынка государственных заказов: институты и механизмы (научный доклад). М., 2007

23. Смотрицкая И.И. Экономика государственных закупок. М.: Книжный дом «ЛИБЕРКОМ», 2009

24. Скутельник О.А. Государственные закупки в системе обеспечения национальной безопасности: понятие и принципы. Доклад по проблемам правового регулирования размещения заказов на поставки товаров для государственных нужд // www.rea.ru - официальный сайт РЭА им. Г.В. Плеханова

25. T.Malikov, N.Haydarov. Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. 2007

26. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

27. У.Бурханов. Государственные закупки. http://el.tfi.uz/pdf/gos_zakup_ru.

28. Umapov J. Davlat xapidlari tizimini takomillashtirishning metodologik jihatlapi. 08.00.07 - "Moliya, pul muomalasi va kpedit" ixtisosligi bo'yicha iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) disseptasiyasi avtoreferati. T. 2021

29. O'roqov U.Yu. Davlat xaridi. O'quv qo'llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b.

30. U.O'roqov, E.Shodmonov, D.Bobobekova. Davlat xaridlarini boshqarish. T.-2022 y.

31. U. O'roqov. Davlat xaridlari tizimi: kecha va bugun. «Bozor, pul va kredit» jurnali, 8-son, 2018 y.

32. Uchqun Yunusovich O'roqov, Odiljon Sheraliyevich Olimboyev. O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 2022

33. U.O'roqov. Davlat xaridlari tizimida elektron xaridlar hajmini oshirish masalalari. "Zamonaviy moliyaning milliy va xalqaro dolzarb masalalari". Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. TMI, 2021 yil 20 may

34. O'roqov U.Yu. Chinqulov Q.R. O'zbekistonda davlat xaridlarining takomillashuvining huquqiy asoslari. «Xalqaro moliya va hisob» jurnali, 2017 yil 8-son.

35. U.O'roqov. O'zbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari. "O'zbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari" mavzusidagi oliy o'quv yurtlararo ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. TMI, 2014 yil 13 dekabr

36. U.O'roqov. G'aznachilik tizimida byudjet mablag'laridan samarali foydalanish masalalari. "Hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirishda xizmat ko'rsatish sohasining ahamiyati" mavzucidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami.TMI, 2017 yil

37. U.O'roqov. Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishni ta'minlash yo'llari. "Hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirishda xizmat ko'rsatish sohasining ahamiyati" mavzucidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami.TMI, 2017 yil 12 aprel

38. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022. № 12

39. U.Yu.Urokov. Uzbekistonda davlat xaridlarining takomillashuvining xukukiy asoslari.«Xalkaro moliya va xisob» jurnali. 2017

40. U.Urokov. Byudjet mablaFlaridan samarali foydalanishni ta'minlash yullari.2017

41. Uchqun O'roqov, Ulugbek Sharipjon O'g'li. Hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi. Science and Education, 2023

42. Haydarov N.X. Moliya: umumdavlat moliyasi. T.: Iqtisod-moliya, 2009

43. N Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O 'quv qo 'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007

44. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

45. TS Malikov, NX Xaydarov. Moliya: umumdavlat moliyasi. Toshkent:«IQTISOD-MOLIYA, 2009

46. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

47. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022

48. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021

49. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.