Научная статья на тему 'RAQAMLI TAʼLIM MUHITIDA TALABALARNING IQTISODIY TARBIYALASH JARAYONLARINI PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISHDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING HAMKORLIGI'

RAQAMLI TAʼLIM MUHITIDA TALABALARNING IQTISODIY TARBIYALASH JARAYONLARINI PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISHDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
67
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamli taʼlim muhiti / hamkorlik / autsorsing / PPP (public-private partnerships davlat-xususiy sheriklik) / Digital economy / digital educational environment / cooperation / outsourcing / PPP (public-private partnerships)

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qoʻchqorov, B. M.

Ushbu maqolada raqamli taʼlim muhitida talabalarning iqtisodiy tarbiyalash jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishda oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligida autsorsing, davlat-xususiy sheriklik va amalga oshirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COOPERATION OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS AND MANUFACTURING ENTERPRISES IN THE PEDAGOGICAL DESIGN OF STUDENTS' ECONOMIC EDUCATION PROCESSES IN A DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT

In this article, the issues of outsourcing, public-private partnership, design and implementation of vouchers in the cooperation of higher education institutions and production enterprises in the pedagogical design of the processes of economic education of students in the digital educational environment are covered.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TAʼLIM MUHITIDA TALABALARNING IQTISODIY TARBIYALASH JARAYONLARINI PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISHDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING HAMKORLIGI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA TALABALARNING IQTISODIY TARBIYALASH JARAYONLARINI PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISHDA OLIY TA'LIM MUASSASALARI VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING HAMKORLIGI

B.M.Qo'chqorov

Toshkent shahridagi Adju universiteti

Ushbu maqolada raqamli ta'lim muhitida talabalarning iqtisodiy tarbiyalash jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishda oliy ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligida autsorsing, davlat-xususiy sheriklik va amalga oshirish masalalari yoritilgan.

Kalit soizlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli ta'lim muhiti, hamkorlik, autsorsing, PPP (public-private partnerships - davlat-xususiy sheriklik)

В данной статье освещены вопросы аутсорсинга, государственно-частного партнерства и реализации в кооперации вузов и производственных предприятий при педагогическом проектировании процессов экономического образования студентов в цифровой образовательной среде.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровая образовательная среда, кооперация, аутсорсинг, ГЧП (государственно-частное партнерство).

In this article, the issues of outsourcing, public-private partnership, design and implementation of vouchers in the cooperation of higher education institutions and production enterprises in the pedagogical design of the processes of economic education of students in the digital educational environment are covered.

Keywords: Digital economy, digital educational environment, cooperation, outsourcing, PPP (public-private partnerships)

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida1 "... ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo'yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan: raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog

1 https://lex.uz/docs/4545884

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish; yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish".

Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish yo'nalishi so'nggi bir necha yil ichida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning global tendensiyasiga aylandi. Raqamli iqtisodiyotning salohiyati ko'p jihatdan axborotli jamiyatini yaratish va rivojlantirish natijalari bilan bog'liq. Axborot jamiyati sohasida davlat siyosatini qabul qilish muddatidan qat'i nazar, raqamli iqtisodiyotning istiqbollari mavjud infratuzilma, jumladan, uning hisoblash quvvati, aloqa liniyalari va mazmunidan foydalanish orqali yangi iqtisodiy samaralarga erishish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020-yil 27-oktyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli, 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarorlari, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ustuvor vazifalar belgilangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur yo'nalish doirasida, asosan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish talablariga javob beradigan va raqamli kompetensiyalarga yega bo'lgan kadrlarni tayyorlash bo'yicha vazifalar belgilandi.

Albatta, raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash tizimi uni rivojlantirishning asosiy manbai, ya'ni iqtisodiyotning turli tarmoqlarida raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini yaratuvchi va qo'llaydigan, yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlar yaratuvchi, innovatsiyalarni joriy yetuvchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Rivojlangan oliy va kasb-hunar ta'limi tizimi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

mavjudligiga qaramay, raqamli iqtisodiyot maqsadlariga erishish uchun yangi ta'lim loyihalari yaratildi. Yaratilgan ta'lim va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari boshqaruv va ta'lim dasturlari jihatidan davlat universitetlaridan tubdan farq qiladi.

Oliy ta'limning roli raqamli iqtisodiyotni tegishli ta'lim va tadqiqot dasturlari va kadrlar bilan ta'minlashdan iborat. Aks holda, raqamli iqtisodiyotning ta'lim va tadqiqot vazifalari xususiy sektorga, eng yaxshi holatda nodavlat tashkilotlariga, yoki raqamli ta'lim platformalariga o'tadi.

Ta'limning raqamli iqtisodiyotga tayyorligini baholash quyidagi ko'rsatkichlar guruhlari bo'yicha amalga oshiriladi:

— ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llash;

— ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha pedagog kadrlarni tayyorlash;

— ta'lim boshqaruvini axborotlashtirish;

— ta'lim faoliyatining axborot infratuzilmasi;

— ta'limni raqamlashtirishni me'yoriy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash.

Tadqiqot rasmiy statistika, ekspert baholari va professional hamjamiyat

ma'lumotlari asosida Jahon banki tomonidan taklif etilgan mezonlarni hisobga olgan holda o'tkaziladi.

Raqamli ta'limning zarur raqamli kompetensiyalarni o'rganish, raqamli iqtisodiyot uchun inson kapitalini tayyorlash jarayoni sifatida umumiy talqini ushbu konsepsiyani mavzu sohasiga - raqamli texnologiyalarga qisqartiradi. Hozirgi vaqtda axborot va raqamli texnologiyalar o'rtasida aniq chegarani aniqlash qiyin, chunki AT rivojida yangi bosqich paydo bo'lmoqda va shakllanmoqda. Ko'pincha, raqamli texnologiyalar deganda AT ning ba'zi bir to'plami tushuniladi, masalan, raqamli platforma yoki AT, ular uchun yangi qo'llash sohalari topilgan, masalan, sun'iy intellekt yoki qo'shimcha texnologiyalar. Jamiyatda yaratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari, hisoblash quvvati, kontent hajmidan iborat axborot infratuzilmasi AT dan keng foydalanish uchun zamin yaratadi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot va ta'limda AT dan foydalanishning yangi darajasini tavsiflaydi. 1990-yillardan boshlab jamiyatni axborotlashtirishning faol bosqichining boshida "elektron biznes" tushunchasi paydo bo'ldi, ya'ni biznes aloqalarini Internet tarmog'iga o'tkazish. Shundan so'ng "elektron tijorat", "elektron ta'lim", "elektron hukumat" va hokazo tushunchalar paydo bo'ldi. Elektron biznes va individual veb vositalari uzoq vaqt davomida global innovatsiya sifatida qaralmagan. Haqiqatan ham, elektron aloqa xizmatlari axborot-iqtisodiy faoliyatda standartga aylandi, jumladan, ta'lim ham.

Axborotlashtirishning keyingi rivojlanishi AT bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda ulardan foydalanishning yangi usullari bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bog'liq. Ushbu yangi usullar jamiyat tomonidan to'plangan axborot texnologiyalari miqdorini qabul qilinadigan qarorlar, ko'rsatiladigan xizmatlar, resurslarni boshqarish va boshqalarning yangi sifatiga o'tkazishni ta'minlashi kerak. Bir qator olimlar axborotlashtirish rivojining yangi bosqichini "aqlli" deb belgilab, "aqlli shaharlar" misolida fuqarolar uchun xavfsizlik va qulaylikning yangi darajasini ta'minlashda AT yutuqlariga ishora qilmoqdalar.

Jamiyatda zamonaviy AT dan foydalanishda uchta asosiy bosqichni ajratish mumkin: avtomatlashtirish, axborotlashtirish va raqamlashtirish AT rivojlanishi va ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga kirib borishi bilan avval individual funksiyalar va operatsiyalar, keyin esa korxonalar o'zgartirildi.

Oliy ta'limning AT infratuzilmasi qanday bo'lishi lozim. Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta'lim sohasiga iqtisodiyotning tarmoq sifatida qaralishi kerak, unda raqamlashtirishning afzalliklari ham mavjud bo'lishi kerak. So'nggi o'n yilliklarda davlat organlari ta'lim tizimini axborotlashtirish siyosatini olib bordi. Ayni paytda " O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo'yicha "... raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish; ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlarini tashkil etish; ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o'zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi "E-MINBAR" platformasini amaliyotga joriy etish, ta'lim jarayonlarida "bulutli texnologiyalar"dan foydalanish; masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta'lim muassasasida o'qishni tamomlaganlaridan so'ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo'lga qo'yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish;

Hozirgi kunda har bir bitiruvchi o'zi tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasini tugatar ekan uning oldiga katta muammo bo'lib ish topish va yaxshi maoshli joyga ishga joylashish turadi. Shunday muammolarga duch kelmaslik aksincha bitiruvchilarga ishlab chiqarish korxonalarini o'zidan yuqori maoshli yaxshi lavozim taklifi bo'lishi uchun ham hozirgi kunda raqobatbardosh ayni vaqtda ham o'qib tahsil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

oladigan hamda fanlarga tegishli amaliy mashg'ulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazish bilan birga o'zlariga mos ish o'rinlari bilan ta'minlan ishi har bir talaba uchun foydadan holi emas desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yana shuni aytish mumkinki talaba bilimi, malakasi va ko'nikmasidan kelib chiqqan holda bu bilimlarini ko'rsata olsa nafaqat amaliy mashg'ulotlarni ishlab chiqarish korxonasida o'tashi yoki oliy ta'lim muassasasini bitkazganidan keyin shu ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashishi balki tahsil olish davrida ham o'qib ham shu korxonalarda ishlab o'zini va oilasiga iqtisodiy tomondan ko'makchi bo'lishi ham ehtimoldan holi emas2.

Blondalning hisoboti Parijda joylashgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OEOECD) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, asosiy e'tibor davlat xizmatlarini ko'rsatishda qo'llaniladigan bozor tipidagi uchta asosiy mexanizm masalalariga qaratilgan. Bular quyidagilar:

1) autsorsing;

2) davlat-xususiy sheriklik;

3) vaucherlarni loyihalash va amalga oshirish.

Autsorsing - ishni shartnoma asosida mutaxassis tashkilotga berish.

Blondalning so'zlariga ko'ra, autsorsing davlat xizmatlarining keng doirasiga taalluqli ekanligi ko'rsatilgan, davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish darajasi kamroq va vaucher miqdoridan foydalanish vaucherlar qanday aniqlanganiga bog'liq. U bozor iqtisodiyotining keskin sur'atlarda rivojlanishida mexanizmlardan foydalanishda hukumatlar oldida turgan muhim boshqaruv muammolarini, ta'limda autsorsing davlat-xususiy sheriklik mexanizmini belgilaydi.

Ushbu hisobotlardan bozor tipidagi mexanizmlar bilan bog'liq samaradorlik sezilarli darajada oshishi mumkin. Bu xarajatlarni kamaytirish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash yoki iqtisodiyot bo'ylab resurslarni taqsimlashni yaxshilash shaklida bo'lishi mumkin. Hisobotda, shuningdek, hukumatlar yaxshi siyosat yuritish va tarqoq muhitda xizmatlar ko'rsatish imkoniyatlarini tanlash va o'zgartirish, shuningdek, raqobatbardosh kadrlar yetkazib beruvchi oliy ta'lim tizimlarini faol ravishda ilgari surish uchun operatsion bilimlarga ega bo'lishlarini ta'minlash zarurligiga ham ishora qiladi3.

Autsorsing davlat xizmatlarining keng doirasiga taalluqli ekanligi isbotlangan. Shaxsiy manfaatlarning buzilishi yoki hukumatning tanish profilining o'zgarishi bilan bog'liq o'tish davri tashvishlaridan tashqari, xizmat ko'rsatishning uzoq masofalarda

2 Harper, M. (2000). Public Services through Private Enterprise: Micro-Privatisation for Improved Delivery. Intermediate Technology Publications.

3 Furubotn, E. G. & Richter, R. (2003). Institutions and Economic Theory: The Contributions of the New Institutional Economics. The University of Michigan Press.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

kuzatilishi mumkin bo'lgan darajaga, hozirda hukumatning asosiy salohiyatini saqlab qolish zarurligiga bog'liq va kelajak uchun va boshqa asosiy boshqaruv tamoyillarini himoya qiladi. Samaradorlikni oshirish nuqtayi nazaridan autsorsingning afzalliklari sezilarli bo'lishi mumkin va autsorsingdan olingan xizmatlar kamdan-kam hollarda davlat ta'minotiga qaytadi. Kelgusi yillarda autsorsing davlat-xususiy sheriklik mexanizmi sezilarli darajada oshishini kutish mumkin.

Qanday qilib autsorsing, davlat-xususiy sheriklik va vaucherlar bozorga asoslangan vositalarning keng doirasiga mos keladi. Jon Kamenskiy tomonidan bozor iqtisodiyotining keskin rivojlanishida oliy ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligiga asoslangan vositalar davlat xizmatlarini ko'rsatishning kengayib borayotgan alternatividir deyish mumkin. Ushbu vositalar xizmatlar narxini yoki istalgan samaradorlik darajasini belgilash uchun qoidalar emas, balki rag'batlardan foydalangan holda xususiy sektor bozorida yaratilgan dinamikani tadqiq qilishga harakat qiladi. Ushbu vositalardan foydalanish mamlakatga va siyosat sohalariga, masalan, atrof-muhit yoki ijtimoiy xizmatlarga qarab farq qiladi. Quyidagi jadvalda olimlar tomonidan ko'rib chiqiladigan strategik yondashuvlarning xilma-xilligi va ular uchta yondashuvning har birida foydalanishi mumkin bo'lgan bozorga asoslangan vositalarning kengroq konteksti berilgan.

Strategik yondashuv Maxsus vositalarga misollar

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda bozorga asoslangan yondashuvlar Raqobatli manbalar Davlat-xususiy sheriklik Vaucherlar Autsorsing Birgalikda manbalar Shartnoma tuzish Xususiylashtirish Ajralish yoki aktivlarni sotish

Ichki davlat xizmatlarini taqdim etishda bozorga asoslangan yondashuvlar Hukumat tomonidan boshqariladigan franchayzing yoki aylanma fondlar (masalan, umumiy xizmatlar) Samaradorlikka asoslangan tashkilotlar Ishlash uchun to'lov Raqobatli grantlar, kreditlar, kredit kafolatlari

Sozlashda bozorga asoslangan yondashuvlar, tartibga soluvchi standartlar yoki narxlar Savdo uchun ruxsatnomalar Auksionlar Taklif Foydalanuvchi to'lovlari Ayirboshlash Xavfga asoslangan huquqni muhofaza qilish Depozit to'lovlarini qaytarish tizimlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Soliq imtiyozlari

Subsidiyalar

Soliqlar

Hukumatlar uchun bozor tipidagi mexanizm modeliga o'tishda, ayniqsa, davlatning xizmatlarni xaridor (Ishlab chiqarish korxonalari) va yetkazib beruvchi (oliy ta'lim muassasalari) rolini ajratishda muhim boshqaruv muammolari mavjud4.

Autsorsing — bu hukumatlar tomonidan qo'llaniladigan bozor tipidagi eng keng tarqalgan mexanizm. Turli mamlakatlarda turli atamalardan foydalaniladi, jumladan, raqobatbardosh tender, kontrakt va shartnoma tuzish.

Autsorsing — bu hukumatlarning davlat vazirliklari va idoralariga yoki bevosita fuqarolarga xizmat ko'rsatish uchun xususiy sektor provayderlari (bu yerda provayderlash ishlab chiqarish korxonalari sifatida ko'zda tutiladi) bilan shartnoma tuzish amaliyotidir.

Autsorsingni rag'batlantirish yoki hukumatning o'z xizmat ko'rsatuvchi provayderlariga raqobatbardosh bosim o'tkazish uchun ba'zi hukumatlar bozorni sinovdan o'tkazish yoki raqobatbardosh manbalardan foydalanishning majburiy siyosatini o'rnatdilar.

Autsorsingning asosiy maqsadi xizmatlar ko'rsatishda raqobat muhitini joriy etish orqali OTM va ishlab chiqarish korxonasi o'rtasidagi ta'lim samaradorligini oshirishdan iborat. Autsorsing uchun maxsus "biznes holatlari" odatda quyidagi fikrlardan birini yoki bir nechtasini keltirib chiqaradi5:

• Xarajatlarni kamaytirish uchun.

•Bir martalik ehtiyojlarni qondirish uchun o'zida mavjud bo'lmagan ekspertizadan foydalanish.

• Vaqt o'tishi bilan uning miqdorini o'zgartirish va aralashtirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun uzoq muddatli asosda ekspertizadan foydalanish.

• Ta'minlash qoniqarsiz bo'lgan ekstremal holatlarda joriy hukumat operatsiyalarini almashtirish, masalan oliy ta'limdagi o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazish.

Axborot texnologiyalari va boshqa back-ofis funksiyalari. Bu o'tgan yillardagi asosiy tendensiya bo'lib, xususiy provayderlar davlat vazirliklari va idoralarida axborot texnologiyalari infratuzilmasining tobora kengayib borayotgan qismlarini o'z zimmalariga olishmoqda. Bu ko'pincha tegishli back-ofis operatsiyalarini autsorsing

4 Easton, P. (2004). Enhancing the Contributions of Adult and Non-formal Education to Achievement of Education for All and Millennium Development Goals: Volume I Finding Improved Means of Service Provision in Adult and Nonformal Education.World Bank report.

5 Abadzi, H. (2003). Improving adult literacy outcomes: lessons from cognitive research for developing countries. Washington, D.C.: World Bank.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qilishni talab qiladi. Boshqa keng tarqalgan misollar orasida yuridik, inson resurslarini boshqarish, bank va moliyaviy xizmatlarning autsorsingi kiradi. Bular odatda agentlikning asosiy missiyasiga yordamchi bo'lgan, lekin shunga qaramay uning faoliyati uchun muhim bo'lgan yuqori qiymatli xizmatlard ir. Ushbu guruhning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, autsorsingga topshiriladigan funksiyalar ko'pincha murakkab xususiyatga ega va ularning operatsion muhitida tez o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.

Autsorsing bilan bog'liq asosiy muammolar:

• Hisobdorlik bilan bog'liq boshqaruv;

• Hukumatning vaqt o'tishi bilan samarali autsorsing qilish imkoniyatlari haqida xavotirlar

• Shartnomaning o'ziga xoslik darajasi

• Pudratchiga moslashuvchanlik (ixtiyoriylik) va muntazamlik tushunchasi (teng muomala) o'rtasidagi kelishuv

• Muvaffaqiyatli autsorsing uchun zarur bo'lgan raqobatbardosh yetkazib beruvchilar bozorining mavjudligi

• Tegishli ko'rsatkichlar bilan bir qatorda ko'rsatiladigan xizmatlarning spetsifikatsiyasi bo'yicha shaffoflik zarurati

• Fuqarolarni qoplash vositalariga ehtiyoj.

Bu muammolarga innovatsion yechim oliy ta'lim muassasalarining ikki bosqichli tender jarayoniga kirishishidir. Birinchidan, oliy ta'lim muassasasi rasmiy ravishda OTM va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik taklifini chiqaradi, lekin uning ehtiyojlarini faqat umumiy ma'noda belgilaydi. Talabalar ushbu ehtiyojlarni qondirishda ijodiy bo'lishga taklif qilinadi. Ushbu birinchi bosqichda to'plangan ma'lumotlarga asoslanib, OTM ikkinchi bosqichda batafsilroq taklifini taqdim etadi. Bu bilan OTM lar samaradorlik (moslashuvchanlik) va o'ziga xoslik o'rtasidagi muvozanatga erishishga intiladi.

Umuman olganda, talabalarning moslashuvchanligi (ixtiyoriyligi) davlat sektorining o'ziga xos belgisi bo'lgan muntazamlik tushunchasi — teng munosabatda bo'lishi kerak. Talabalarning moslashuvchanligi (ixtiyoriyligi) xizmat ko'rsatuvchi provayderga ma'lum xizmatlarga muvofiqlik darajasini aniqlashda "davlat vakolati" berilganda muammoga aylanishi mumkin (masalan, ijtimoiy xizmatlarda ishlarni boshqarish).

OTM lar tomonidan raqobatbardosh kadrlarni yetkazib beruvchi bozorlari muvaffaqiyatli autsorsing uchun zaruriy shartdir. Hukumat bunday bozorlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashda aniq rol o'ynashi kerak. Hukumat autsorsing qilayotgan xizmatga qarab — natijaga o'xshash xizmatlar va yuqori ixtisoslashgan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3(6), June, 2023

xizmatlar — hukumat autsorsingga kirishganda, bunday bozorlar mavjud bo'lmasligi mumkin. Hukumat o'ziga tegishli hajmni sotib olish orqali bunday bozorlarni yaratishi mumkin. Natijada, autsorsing orqali erishilgan to'liq samaradorlik vaqt o'tishi bilan amalga oshishi mumkin. Hukumat, shuningdek, autsorsing siyosati yagona yetkazib beruvchiga haddan tashqari qaram bo'lishdan qochib, barqaror raqobatbardosh bozorlarni qo'llab-quvvatlashini ta'minlashi kerak. Xuddi shunday, individual shartnomalarning uzunligi va hajmi potensial yetkazib beruvchilar soniga ta'sir qilishi mumkin. Muxtasar qilib aytganda, hukumat alohida autsorsing qarorlarining yetkazib beruvchilar bozoriga ta'siriga e'tibor qaratishi kerak6.

Bundan tashqari, bunday usullar ijtimoiy xizmatlar mas'uliyatini kambag'allarga topshirishga urinish va shu bilan kambag'allik aybini ham kambag'allarga o'tkazishga qaratilganligi ta'kidlanadi. Tanqidiy nazariyotchining ta'kidlashicha, PPP (public-private partnerships - davlat-xususiy sheriklik) natijalari ko'p hollarda kambag'al odamlarga yomon xizmatlarni taklif qilishdir. Sifat yetishmasligi ba'zi hollarda quyidagi choralar orqali hal qilinishi mumkin:

1. O'quvchilarga kasbga o'rgatish xizmatlarini yetkazib beruvchilarni almashtirish imkoniyatini yaratish.

2. Bu provayderlarning tegishli jamoalarda monopolistik tarzda harakat qilishiga to'sqinlik qiladi.

3. Provayderlar orasida obro'-e'tiborni oshirish. Misol uchun, agar tanlov qisman o'tmishdagi yutuqlarga asoslangan bo'lsa, provayderlar yaxshi natijalarga erishishga va yuqori sifatli xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida obro'sini oshirishga intiladi.

4. Notijorat tashkilotlaridan provayder sifatida foydalanish. Odatda, notijorat tashkilotlar o'zlarining ortiqcha mablag'larini tashkilot xodimlarining hayotini yaxshilash uchun, ba'zan esa tashkilot ijtimoiy motivatsiya bo'lganda, hatto kasbga o'rgatish kurslari sifatini oshirish uchun foydalanadilar (Schleifer,, 1998)7.

Davlat-xususiy sheriklik modelining afzalliklari va kamchiliklari.

1. Ruxsat etilgan tranzaksiya xarajatlari past, lekin qisman yuqori o'zgaruvchan tranzaksiya xarajatlari bilan qoplanadi;

2. Provayderlarni tanlash va amalga oshirishda assimetrik ma'lumotlar osongina ma'naviy xavfga olib kelishi mumkin;

3. Davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish kasbga o'rgatish sifatini pasaytirishi va kapitalning zaruriy me'yorlarini buzishi mumkin;

6 Easton, P. (2004). Enhancing the Contributions of Adult and Non-Formal Education to Achievement of Education for All and Millennium Development Goals: Volume I Finding Improved Means of Service Provision in Adult and NonFormal Education.World Bank report.

7 IMF/Fiscal Affairs Dept. (2004). Public-Private Partnerships.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

4. Kasbga o'rgatishning bozor tamoyillari asosida ta'minlanishi fuqarolik jamiyatining tabiatini o'zgartirishi va adolatli jamiyatni shakllantirishda uning samaradorligini pasaytirishi mumkin8.

Tadqiqotlar tahlili natijalari shuni ko'rsatadiki, hamkorlikdan foydalanadigan loyihalarda daromad keltiradigan faoliyat darslari kasbga o'rgatish qaraganda yaxshiroq natijalarga erishgan. Aksariyat hollarda provayderlar asosiy ko'nikmalar va daromad keltiruvchi kurslarni mahalliy vaziyatga moslashtira oldi, bu hukumat uchun qiyin bo'lishi mumkin edi.

Bunday notijorat uyushmasi ba'zan kasbga o'rgatish kursi davomida o'rganilgan jamoaviy daromad keltiruvchi faoliyatni davom ettiradi va shuning uchun jamiyatlarda kasbga o'rgatish va daromad keltiruvchi faoliyatni qo'llab-quvvatlash vositasi hisoblanadi. Ushbu notijorat uyushmalarining ba'zilari o'z-o'zidan kasbga o'rgatuvchilariga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Y3EEKHCTOH PEOTYE.HHKACH nPE3H^EHTHHHHr OAPMOHH Y3EEKHCTOH PECTYE.HHKACH O.HHH TAL-HHM TH3HMHHH 2030 HHnrA^A PHBO^AHTHPHm KOHЦEПЦH£CHHH TAC^HK^Affl TYFPHCH^A. https://lex.uz/docs/4545884.

2. Harper, M. (2000). Public Services through Private Enterprise: MicroPrivatisation for Improved Delivery. Intermediate Technology Publications.

3. Furubotn, E. G. & Richter, R. (2003). Institutions and Economic Theory: The Contributions of the New Institutional Economics. The University of Michigan Press.

4. Easton, P. (2004). Enhancing the Contributions of Adult and Non-formal Education to Achievement of Education for All and Millennium Development Goals: Volume I Finding Improved Means of Service Provision in Adult and Non-formal Education.World Bank report.

5. Abadzi, H. (2003). Improving adult literacy outcomes: lessons from cognitive research for developing countries. Washington, D.C.: World Bank.

XULOSA

8 Kasper, W. & Streit, M.E. (1998). Institutional economics: social order and public policy. Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edward Elgar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.