Научная статья на тему 'MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH YO'LLARI'

MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH YO'LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
76
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalla / xizmat ko’rsatish / xizmat / kambag’allikni qisqartirish. / neighborhood / service delivery / service / poverty reduction.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdullayeva Marxabo Baxodir Qizi, Mustafayev Golib

Ushbu maqolada mahallalarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish yo'llariga bag’ishlangan mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi kunda mahallalarda xizmat ko’rsatish sohasini takomillashtirish, bu yo’l orqali kambag’allikni qisqartirish yo’llari bo’yicha ilmiy-amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the authors' views on ways to reduce poverty through community service sector development. In addition, today, scientificallypractically based suggestions and recommendations have been developed on ways to improve the service sector in the neighborhoods and reduce poverty in this way.

Текст научной работы на тему «MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH YO'LLARI»

MAHALLALARDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH YO'LLARI

Abdullayeva Marxabo Baxodir qizi

SamISI magistri abdullayevamarhabo3 @gmail .com Mustafayev G'olib SamISI Raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Ushbu maqolada mahallalarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish yo'llariga bag'ishlangan mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi kunda mahallalarda xizmat ko'rsatish sohasini takomillashtirish, bu yo'l orqali kambag'allikni qisqartirish yo'llari bo'yicha ilmiy-amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: mahalla, xizmat ko'rsatish, xizmat, kambag'allikni qisqartirish.

Abstract. This article presents the authors' views on ways to reduce poverty through community service sector development. In addition, today, scientifically-practically based suggestions and recommendations have been developed on ways to improve the service sector in the neighborhoods and reduce poverty in this way.

Key words: neighborhood, service delivery, service, poverty reduction.

Zamon doimo rivojlanishda uning rivojlanishi esa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga bog'liq. Shu sababdan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirish, har soha va tarmoqda ushbu ishlarni amalga oshirish bugungi kundagi barcha hukumat, tashkilotlar va korxonalar oldidagi asosiy va dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, korxonalarning rivoj topishi iste'mol daromadlariga bog'liq. Bu esa aholining ish bilan ta'minlanganligi, aholining daromad sohalari kengayishi bilan bog'liq. Ayniqsa, mahallalarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish orqali kambag'allikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish, aholining iste'mol savatchasi miqdori va sifatini doimo oshirib boorish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 27 yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-104-son Qarori ham xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan vazifa va topshiriqlar keltirib o'tilgan. 2021 - 2023-yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021-yilda xizmatlar ko'rsatish hajmi qariyb 20 foizga o'sishi ham belgilab berilgan. Bu esa ayniqsa, mahallalarda aholini ish bilan ta'minlash, xizmat ko'rsatish sohalarida aholi bandligini oshirish asosida kambag'allikni qisqartirish masalalari belgilab berilgan.

2021-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021 yilda xizmatlar ko'rsatish hajmi qariyb 20 foizga o'sdi.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022 yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qo'shimcha 1,5 million yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari mavjud. Yangi ish o'rinlari yaratish, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirishda xizmat ko'rsatish va servis sohasining alohida o'rni bor. Bu sohada yangi ish o'rinlarini kam xarajat bilan va qisqa muddatda tashkil etish mumkin. Chunki mamlakatimizda bu tarmoqni rivojlantirish imkoni katta bo'lib, u ortiqcha mablag' talab etmaydi.

Hozirgi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlari bo'lib, u O'zbekiston iqtisodiyotini taraqqiyotini belgilovchi yangi yo'nalish sifatida namoyon bo'lmoqda. Xizmatlarning xilma-xil yangi turlari kengayib, xizmatlar bozorida salmoqli o'rinni egallab borayotgan bank-moliya, turizm, sug'urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga yangi ish o'rinlari barpo etilmoqda.

Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishning xududiy dasturlari va ularni amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda esa quyidagilarga alohida ahamiat berilgan:

- xizmat ko'rsatish sohasi tarkibini anada takomillashtirish, aholi o'rtasida talab katta bo'lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to'ldirish;

- shahar va qishlok aholi punktlari xududlarining qurilishini rejalashtirishda, tasdiqlangan me'yorlardan kelib chiqqan holda, mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

- birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat ko'rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko'rsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari hamda ixtisoslashgan kasb-xunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yoshlarni keng jalb etish. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida aholi daromadlarini ko'paytirish va turmush farovonligini axshilashning muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab quvvatlash va rivojlantirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi ko'p jihatdan ushbu muammoni hal etilishiga bog'liqdir. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholini ish bilan ta'minlash va uning farovonligini oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishi sifatida qaralmoqda.

Kambag'allikni qisqartirishning bosh omili sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, o'zini-o'zi band qilish xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'nalishlari, kambag'allikni qisqartirish yo'llari bo'yicha ilmiy tadqiqot olib borilgan.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shartsharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to'sqinlik qilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotida mustahkam o'ringa ega bo'lib bormoqda. Xususan, 2021 yilda YalMning 54,9 foizi, sanoatning 27,0 foizi, qurilishning 72,4 foizi, bandlikda 74,4 foizi, eksportning 22,3 foizi va importning 48,7 foizi kichik biznesga to'g'ri keladi.

Tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiyotda tutgan o'rni, iqtisodiy ko'rsatkichlarni mustahkamlanib borayotganligida ham ko'rish mumkin. Tadbirkorlikni iqtisodiyotda roli va o'rnini iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlar hajmining tahlilidan ham ko'rish mumkin. 2021 yilda savdo xizmatlarining 204787,4 mlrd. so'mi, qolgan xizmatlarning 144812,7 mlrd. so'mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri kelmoqda

Kambag'allik tushunchasi, uning xalqaro mezonlari qay tartibda belgilanishi borasida jahonda umumqabul qilingan hamda yagona kelishuv mavjud emas. Har bir mamlakat o'zi uchun belgilangan kambag'allik mezonidan kelib chiqib tavsiflaydi. Xususan, BMT ta'rifiga ko'ra, kambag'allik insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo'lmasligi, jamiyatda to'laqonli ishtirok etish uchun to'siqlarning mavjudligi, bundan tashqari, oilasini boqishi va kiyintirishi, ta'lim olishi yoki kasalxonada davolanishi, biror sohada faoliyat yuritishi yoki daromad olishga imkon beradigan mehnat bilan ta'minlash imkoniyatlari yetishmasligi kabi cheklovlarda namoyon bo'ladi.

Shuningdek, kambag'allik bu - insonlar, uy xo'jaliklari va jamoalarning ijtimoiy jihatdan chegaralanganligi, xavf-xatarlar oldida chorasizligidir (BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasining "Kambag'allikni o'lchash bo'yicha qo'llanma"sidan, 2017 yil Nyu-York, Jeneva).

Demak, yuqoridagi dalillardan kelib chiqib, aholini mehnat bilan ta'minlash va yetarli daromad manbalarini shakllantirish kambag'allikni qisqartirishning bosh omili bo'lib hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilish esa, aynan aholini mehnat bilan bandligini va yetarli daromad manbasiga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Xulosa va takliflar. Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish masalasi bo'yicha quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1) Mahallalarda aholi tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, "mahallabay" ishlash tizimi orqali oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo'lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o'rganish, band bo'lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotinqizlarning muammolarini o'rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'rgatuvchi kurslarga yo'naltirish va mehnat faoliyati bilan shug'ullanishga amaliy ko'maklashish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g'oyalarini yanada qo'llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;

2) Uy sharoitida xizmat ko'rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan yirik va o'rta miqyosdagi korxonalar o'rtasida sherikchilik mexanizmlarini, jumladan, kasanachilik ishlarini tashkil qilish, autsorsing shartnomalari asosida xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalari bilan sotuvdan keyingi servisni tashkil etish, servis markazlarga mutaxassislarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir;

3) ishsiz yoshlarni IT sohalardagi ko'nikma va malakasini oshirish orqali ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy media marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovar va xizmatlarni siljitish va reklama qilish, onlayn buyurtmalar qabul qilish, tovarlarni yetkazib berish kabilar orqali yoshlarni o'zini o'zi band qilish tizimini yanada rivojlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" PF-29-son farmoni. 03.12.2021 yil. https://lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish hamda kambag'allik bilan kurashish ko'lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6277-son farmoni. 11.08.2021. https://lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-31-son qarori. 03.12.2021 yil. https://lex.uz.

4. О.Х.Махмудов. Оилаларда камбагалликни кискартириш омиллари. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabrdekabr, 2021 yil, 267-276 бетлар.

5. Эрназарова Н.Н. Оилавий тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш оркали камбагалликни кискартириш//"Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil. 253-258 бетлар.

6. Калонов М. "Камбагалликни кискартириш: имконият ва хдракатлар кандай натижа беради?" «Халк сузи» газетасининг 2021 йил 11 февраль 30-сони.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.