Научная статья на тему 'MAISHIY XIZMATLAR TARKIBIGA KIRUVCHI FAOLIYAT TURLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH'

MAISHIY XIZMATLAR TARKIBIGA KIRUVCHI FAOLIYAT TURLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1445
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maishiy xizmatlar / o’zini o’zi band qilish / xizmat ko’rsatish / maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari / kungil ochar xizmatlar. / услуги по домохозяйствам / самозанятость / услуги / типы деятельности / часть услуг / обновления услуг.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nomozov I.X., Xolmamatov D.H.

Mazkur maqolada aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishda maishiy xizmatlarning o’rni, maishiy xizmatlarning o’ziga xosligi, maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari, o’zini o’zi band qilishda maishiy xizmatlarni roli kabilar yoritilgan. Shuningdek, Aholi turmush darajasining oshib borayotganligidan kelib chiqib quyidagi maishiy xizmatlar tarkibiga kiradigan faoliyat turlarini rivojlantirish bo’yicha xulosa bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Типы деятельности, часть услуг домохозяйства и их развитие

В этой статье в этой статье в этой статье описывается роль государственных услуг, уникальность услуг домохозяйства, типы деятельности, часть услуг домохозяйства, типы деятельности, часть услуг домохозяйства и роль услуг домохозяйства. Из -за растущих стандартов жизни вывод подчеркивается развитием деятельности, которые являются частью следующих услуг домохозяйства.

Текст научной работы на тему «MAISHIY XIZMATLAR TARKIBIGA KIRUVCHI FAOLIYAT TURLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH»

MAISHIY XIZMATLAR TARKIBIGA KIRUVCHI FAOLIYAT TURLARI

VA ULARNI RIVOJLANTIRISH

Nomozov I.X.

SamISI magistri Xolmamatov D.H.

SamISI dotsenti, PhD e-mail: xolmamatov_d@mail .ru

Annotasiya: Mazkur maqolada aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishda maishiy xizmatlarning o'rni, maishiy xizmatlarning o'ziga xosligi, maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari, o'zini o'zi band qilishda maishiy xizmatlarni roli kabilar yoritilgan. Shuningdek, Aholi turmush darajasining oshib borayotganligidan kelib chiqib quyidagi maishiy xizmatlar tarkibiga kiradigan faoliyat turlarini rivojlantirish bo'yicha xulosa bayon qilingan.

Kalit so'zlar: maishiy xizmatlar, o'zini o'zi band qilish, xizmat ko'rsatish, maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari, kungil ochar xizmatlar.

Аннотация: В этой статье в этой статье в этой статье описывается роль государственных услуг, уникальность услуг домохозяйства, типы деятельности, часть услуг домохозяйства, типы деятельности, часть услуг домохозяйства и роль услуг домохозяйства. Из -за растущих стандартов жизни вывод подчеркивается развитием деятельности, которые являются частью следующих услуг домохозяйства.

Ключевые слова: услуги по домохозяйствам, самозанятость, услуги, типы деятельности, часть услуг, обновления услуг.

Abstract: In this article, in this article, this article describes the role of public services, the uniqueness of household services, types of activities part of household services, types of activities part of household services, and role of household services. Due to the growing living standards, the conclusion is highlighted on the development of activities that are part of the following household services.

Keywords: Household services, self-employment, service, types of activities part of the services, update services.

Kirish

Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, aholining ish bilan bandligi, qo'shimcha daromad manbalarini shakllantirish, o'zini o'zi ish bilan bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholining o'zini o'zi band qilish, turmush farovonligini oshirishda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-104-sonli qarori, 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini-o'zi band

qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4742-son qarorlari qabul qilindi. Qolaversa, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasining 34-maqsadiga ko'ra, hududlarning muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko'rsatish va servis sohalarini rivojlantirish belgilangan. Mazkur maqsad bo'yicha shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo'lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta'mirlash, keytering kabi xizmatlarni ko'rsatish punktlarini rivojlantirish vazifasini qo'yilishi dolzarb hisoblanadi.

Aholi turmush hayotida, farovonligi va o'zini o'zi band qilishda maishiy xizmatlar asosiy o'rinda turadi. Chunki, maishiy xizmatlar aholining kundalik turmush hayotida bevosita zarur bo'lgan, turmush darajasiga ta'sir qiladigan xizmatlar majmuidan iborat.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Xorijiy va mahalliy olimlarimiz tomonidan bugungi kunda maishiy xizmatlarni tashkil etish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo'yicha bir qator izlanishlar olib borilgan. B.C.Maksyutov maishiy xizmatlar ko'rsatish jarayoni yaratilgan qiymatlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettirgan holda, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan alohida ajralib turishini o'z tadqiqotlarida ta'kidlab o'tgan [5]. Bundan tashqarish Maksyutov B.C. o'z tadqiqotlarida maishiy xizmat ko'rsatish sohasidagi iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, sohada ijtimoiyiqtisodiy samaradorlikni oshirish, iste'molchilarning talablariga muvofiq ularga ko'rsatilayotgan maishiy xizmatlar sifatini oshirish, mehnat samaradorligiga erishish yo'nalishlarini tadqiq etgan [5].

Zvorikina T.I., Platonova N.A. tadqiqot ishida iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonida maishiy xizmat ko'rsatish sohasining xizmat ko'rsatish tizimidagi o'rni va iqtisodiyotning rivojlanishdagi roli, maishiy xizmat ko'rsatish sohasida mehnatning xarakteri va uning samaradorligini baholashning nazariy masalalari, sohada mehnatni tashkil qilishga ilmiy yondashuv, xizmat bahosini va qo'l mehnatini kamaytirish masalalari, maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarida mehnatni tashkil qilishni takomillashtirishning asosiy konseptual yo'nalishlari yoritib berilgan [4].

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida maishiy xizmatlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishda dialektik va tizimli yondashuv, monografik kuzatuv, maishiy xizmatlarni boshqa xizmatlardan farqli jihatlari bo'yicha qiyosiy tahlil, ayrim maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarini o'rganish hamda tahlil qilishda statistik va dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish O'zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, aholini o'zini o'zi band qilish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirishning asosiy yo'nalishlari sifatida qaralmoqda. Davlat tomonidan xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlanishi va rag'batlantirilishi hisobidan ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Demak, iqtisodiyotning ushbu sohasi iqtisodiy o'sish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash, ichki iste'mol bozoridagi talab va taklifni muvozanatlash va hayot sifatini yaxshilashning muhim omillaridan biri bo'lishi bilan birga, kambag'allikni qisqartirish, aholining o'zini o'zi band qilishni rivojlantirishning muhim vositasi bo'lmoqda.

Aholining kundalik hayoti bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlardan biri maishiy xizmatlar hisoblanadi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasining izohli lug'atiga ko'ra "maishiy xizmat - bu aholiga noishlab chiqarish va ishlab chiqarish xizmati ko'rsatish sohasining bir qismi bo'lib, kishilarning kasbiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bog'liq bo'lmagan moddiy hamda ma'naviy ehtiyojlarini bevosita qondirish bo'yicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-tashkiliy usullar va shakllar" deb tavsiflangan.

Maishiy xizmatlar ko'rsatish sohasi - mamlakat milliy iqtisodiyoti tuzilmasidagi ko'p funksiyali soha bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning alohida ijtimoiy-madaniy va moddiy ehtiyojlarini qondirish asosida bo'sh vaqtidan oqilona foydalanishini tashkil etishga qaratilgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteridagi maishiy xizmatlarning yaratilish va ko'rsatilishini amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlaridir.

Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish ko'p funksiyali soha bo'lib, qulay yashash sharoitlarini yaratadi, fuqarolarning o'z-o'zini tarbiyalashi, dam olish va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtini tejashga ham yordam beradi. Soha rivoji aholi farovonligini yuksaltirish, hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham, aholiga maishiy xizmatlar butun mintaqa, ayniqsa mahalliy moliya va ijtimoiy sohaning juda istiqbolli yo'nalishidir.

Xorijiy manbalarga ko'ra, maishiy xizmatlarning 63 foizi bolalarni parvarish qilish, qaram yoki nogironlarga qarash, ijtimoiy-tibbiy xizmatlar va 37 foiz ovqat tayyorlash, bog'dorchilik, ko'kalamlashtirish, obodonlashtirish, uylarni ta'mirlash bilan bog'liq xizmatlar kirishi ta'kidlab o'tiladi1.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi ularoq o'zini o'zi band qilish, o'zini o'zi band qiladigan faoliyat turlari tasdiqlandi. Aynan maishiy xizmatlar o'zini o'zi band qiladigan muhim yo'nalishdagi faoliyat turlari hisoblanadi. Ayrim maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarini ko'rib chiqamiz (1-jadval).

1 https://ec.europa.eu/social/main.jsp?catId=1427&langId=en

1-jadval

Ayrim maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari

№ Maishiy xizmatlar Xizmatlarning mazmuni

1. Poyabzal ta'mirlash, bo'yash va tikish Buyurtmachining (iste'molchining) poyabzalini ta'mirlash va qayta tiklash, shu jumladan sanitar-gigiyena talablariga muvofiq qayta ishlash, shuningdek buyurtmachi talablariga muvofiq yangi poyabzal tayyorlash bo'yicha kompleks amallar

2. Tikuv, mo'yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to'qimachilik galantereyasi buyumlarini ta'mirlash va tikish Buyurtmachilar talablariga muvofiq turli materiallardan yangi buyumlar tikish hamda ilgari foydalanishda bo'lgan buyumlarni ta'mirlash bo'yicha kompleks amallar

3. Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalarni ta'mirlash Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalarni ishlash qobiliyatini tiklash bo'yicha kompleks amallar

4. Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalardan maqsadli foydalanish uchun ularni tegishli texnik holatda saqlash bo'yicha kompleks amallar

5. Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalarni o'rnatish Radioelektron apparatlar hamda elektr mashina va uskunalarni ekspluatatsiyaga tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan kompleks chora-tadbirlar va amallar

6. Uskunaning ishga yaroqliligini texnik ekspertizadan o'tkazish Uskunaning kelgusida ta'mirlashga hamda undan foydalanishga yaroqliligini va/yoki uning ishlamasligi, to'xtab qolishi, nuqsonlar va shikastlanishlarni yuzaga kelishi sabablarini aniqlash maqsadida uskunaning texnik holatini baholash

7. Metall buyumlarni (metall konstruksiyalarni) remont qilish va tayyorlash bo'yicha xizmatlar Ijrochilarning metall buyumlar nosozliklarini bartaraf etish va ishlash qobiliyatini tiklash yoki metalldan buyum tayyorlashga yo'naltirilgan faoliyati natijalari

8.

Zargarlik buyumlarini ta'mirlash va tayyorlash

Zargarlik buyumlari tayyorlash va ta'mirlash hamda zebu-ziynat tayyorlanadigan toshlar va ularni qotiruvchilarini qayta ishlashni o'z ichiga oladigan kompleks amallar_

Xuddi shunday yana 18 ta maishiy xizmatlar tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari mavjud. Bular:

1. Mebel tayyorlash, restavratsiya qilish va ta'mirlash;

2. Kimyoviy tozalash va bo'yash;

3. Kirlarni yuvish xizmati;

4. Uy-joy va boshqa binolarni ta'mirlash va qurish;

5. Transport vositalari, mashina va uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish;

6. Rasmxona, rasm chiqarish laboratoriyasi (fotoxizmat) xizmatlari;

7. Kino xizmatlari;

8. Hammom-sog'lomlashtirish majmualari xizmati;

9. Sartarosh xizmati;

10. Yuz va tana terisini parvarishlash xizmati (kosmetika xizmati);

11. Qo'l va oyoq tirnoqlari va terisini parvarishlash xizmati;

12. Postijyerlik xizmati;

13. SPA xizmati;

14. Kosmetik tatuaj;

15. Prokat;

16. Diniy marosim xizmatlari;

17. Tozalash bo'yicha xizmatlar;

18. Uy xo'jaligini yuritish bo'yicha xizmatlar.

Maishiy xizmat ko'rsatish sohasi aholi turmush darajasi, farovonligi, o'zini o'zi bandligi bo'yicha quyidagilarga yo'naltirilgan:

• aholining uy xo'jaligi, yashash tarzi, daromadlaridan kelib chiqib, turli maishiy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini maksimal qondirish;

• aholining oila va uy xo'jaligida qo'l mehnati sarfini kamaytirish;

• o'zini o'zi bandligini ta'minlash;

• zamonaviy kasblar, IT bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallash;

• sotuvdan keyingi servisni rivojlantirish;

• turmush sharoiti va hayot faoliyatini yaxshilash imkonini beradi;

• predmet va buyumlarning iste'mol qiymatini yanada oshirish hamda ularni tiklashga imkon beradi;

• ishchi kuchini takror kengaytirilgan ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Xulosa va takliflar

Respublika hududlarining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib, maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilash maqsadga muvofiq. Aholi turmush darajasining oshib borayotganligidan kelib chiqib quyidagi maishiy xizmatlar tarkibiga kiradigan faoliyat turlarini rivojlantirish lozim: S shaxsiy kompyuter, mobil aloqa vositalari, telefonlarni ta'mirlash;

S shaxsiy tomorqalarga agro va veterinariya xizmatlari ko'rsatish;

S multimedia, dizayn va san'at materiallarini yaratish va ishlov berish;

S transport vositalarini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish;

S ko'ngilochar maskanlarda xizmatlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-104-sonli Qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi "20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot Strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ 60-son Qarori

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini-o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4742-son qaror

4. Зворыкина Т.И., Платонова Н.А. Техническое регулирование: сфера услуг: учеб. пособие. - М.: Альфа-М: ИНФРА-М, 2011.

5. Максютов B.C. Бытовые услуги: реалии и тенденции развития: Монография. - Уфа: РИО РУНМЦ МО РБ, 2007.

6. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Promote Upgrade After-Sales Service Strategic Skills. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

7. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Development of Customer Service Delivery System in Wholesale Trade. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

8. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Ways to use marketing logistics in Sales Organization. ResearchJet Journal of analysis and inventions, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.