Научная статья на тему 'AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH'

AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
559
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi / xizmat / xizmat ko’rsatish / qishloq xo’jaligi / population / service / service delivery / agriculture

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmanov A.S.

Mazkur maqolada xizmat ko’rsatish sohasida xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan qarashlar ko’rib chiqilgan, hamda bugungi kunda qishloq joylarda xizmat ko’rsatishni rivojlantirish muammolari atroflicha ochib berilgan. Bundan tashqari aholi turmush darajasini yuksaltirish bo’yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, views aimed at improving the quality and efficiency of services in the service sector are considered, and the problems of the development of services in rural areas today are detailed. In addition, there are suggestions and recommendations for raising the standard of living of the population.

Текст научной работы на тему «AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH»

AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA XIZMATLAR SOHASINI

RIVOJLANTIRISH

Abduraxmanov A.S.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Bank ishi" kafedrasi stajyor-assistenti https : //t.me/Alimardon_94

Annotatsiya: Mazkur maqolada xizmat ko'rsatish sohasida xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan qarashlar ko'rib chiqilgan, hamda bugungi kunda qishloq joylarda xizmat ko'rsatishni rivojlantirish muammolari atroflicha ochib berilgan. Bundan tashqari aholi turmush darajasini yuksaltirish bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: aholi, xizmat, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi.

Abstract: In this article, views aimed at improving the quality and efficiency of services in the service sector are considered, and the problems of the development of services in rural areas today are detailed. In addition, there are suggestions and recommendations for raising the standard of living of the population.

Key words: population, service, service delivery, agriculture.

Kirish. Barchamizga ma'lumki hozirgi rivojlangan zamonda, dunyoning eng qudratli mamlakatlari iqtisodiyotida xizmatlar sohasining o'rni yuqori ko'rsatkichlarga ega hisoblanadi. Ushbu sohani rivojlantirish barcha davlatlar oldidagi asosiy maqsadga aylanib qolmoqda. Bunga sabab xizmatlar sohasining rivojlanishi bevosita mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan parallel holatda aholining turmush darajasi va yashash sharoiti ham yuksalib boradi. Yurtimizda aholi sonining oshib borishi bilan birgalikda, yangi xizmat turlariga bo'lgan extiyoji ham ortib borishi hozirgi davr talablaridan biri hisoblanadi. Bularning barchasi aholining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish hamda mamlakatimiz aholisining turmush darajasini oshirishning omili sifatida qarashimizga sabab bo'lmoqda. Bundan ko'rinadiki, xizmatlar sohasi aholi turmush darajasi va sifatini baholash ko'rsatkichlarini aniqlash hamda ularni boshqarish bo'yicha turli xil yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqazo etadi. Bundan tashqari davlatimiz rahbarining 2021-yil 3-dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"[1]gi Farmoni ham ushbu masalaga jiddiyroq yondashishimizga turtki bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar tahlili. Har bir mamlakatning aholisini yashash sharoitini yaxshilashda xizmat ko'rsatish sohasining o'rni beqiyosdir. Mamlakatda xizmatlar sohasining ortib borishi aholining yashash sharoitining yaxshilanishiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etadi. Xizmat deganda biz avvalo insonning mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo'lib, insonlarning aniq talabini qondirish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xizmatni

insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyat turi desak bo'ladi. Amerikalik iqtisodchi olim K.R.Makkonnell, xizmatga quyidagicha ta'rif berib o'tgan: "Xizmat - bu sezib bo'lmaydigan (ko'zga ko'rinmaydigan) va uning o'rniga qiymatga ega bo'lgan qandaydir narsani iste'molchi, firma yoki hukumat tomonidan taqdim etilishidir"[2] deya takidlab o'tgan. Bundan ko'rinadiki xizmatlar keng qamrovli jarayon hisoblanib, aholining yashash tarzini ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Misol tariqasida birgina aksiyadorlik tijorat banklarining bank xizmatlari markazini oladigan bo'lsak, aholiga bank xizmatlarini ko'rsatishda hattoki chekka hududlardagi aholilarning viloyat markazlariga kelib ketishlaridagi vaqt va yo'l bilan bog'liq bo'lgan muammolarini bartaraf etishga xizmat qilish bilan bir qatorda bosh bankning deyarli barcha bank xizmatlarini aholiga ko'rsata olishi bilan ham samaraliroqdir. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor J.Qurbonov xizmatlarga quyidagicha ta'ris beradi: "Xizmat inson(lar)ning inson(lar)ga yaxshilik, ezgulik, manfaat keltirish yo'lidagi xarakatidir"[3], deya takidlab o'tgan. Ushbu iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarini o'rganib tahlil qilganizmizda, xizmatlar sohasining asosiy maqsadi bu aholining turmush darajasini yaxshilash, insonlarning og'irini yengil qilish hamda turmush sifatini yaxshilashdan iborat.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida, hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi hamda "2017-2019 yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari qabul qilindi. Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora - tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o'sdi. Ushbu ko'rsatkich 2020 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilning yanvar -iyun oylarida mazkur ko'rsatkich 43,1 % ni tashkil etgan. Sohada band bo'lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig'ini tashkil qiladi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 80,4 mingtasini yoki 81 %i aynan xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Respublika bo'yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda. Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan. Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog'liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi. Alohida shuni ta'kidlab o'tish lozim, soha o'sishiga ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan biri - bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag'lari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" davlat dasturida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining ko'tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy

infratuzilmani yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o'rinlarini barpo etish, xizmat ko'rsatish va seгvis sohasini, ta'lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirishga yo'l ochib beгmoqda.

Infratuzilmani yanada rivojlantirish natijasida qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalarini yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, tibbiy xizmatlar ko'гsatish, ta'lim-taгbiya xizmatlaгi, ayniqsa borish qiyin bo'lgan olis qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi bilan qamrash ishlari rivojlanib bormoqda. Qishloq joylarda xizmatlar sohasini va servisni гivojlantiгish bo'yicha qabul qilingan qator qaгoгlaгda (2019-yil 20-yanvaгdagi №PQ-1041-sonli, 26-yanvardagi №PQ-1046 - sonli, 28-yanvaгdagi №PQ-1050- sonli, 17 martdagi №PQ-1073 - sonli) belgilangan topshiгiqlaгning bajaгilishini ta'minlash maqsadida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qoгaqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2021-yilga mo'ljallangan xizmat ko'rsatish va seгvis sohasini гivojlantiгish hududiy dasturiga o'zgaгtiгishlaг kiгitildi, qishloq joylarda xizmatlarni гivojlantiгish bo'yicha qo'shimcha vazifalar qabul qilindi, qishloqlardagi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shahar bilan qishloq o'rtasidagi tafovutlarni qisqaгtiгish choгa-tadbirlari ishlab chiqildi. Qishloqlarda infratuzilmalarning tashkil etilishi natijasida qishloq aholisiga zamonaviy va sifatli xizmatlar ko'rsatilmoqda hamda joriy yilning oxiriga qadar faqat shu sohaning o'zida 140 mingdan ortiq ish o'rinlari tashkil etilishi mo'ljallangan. Dasturda belgilangan qo'shimcha choгalaгning bajarilishi umumiy xizmatlaг hajmining 2020 yilga nisbatan o'sish surati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-640-sonli qaгoгida belgilangan 118,9% o'miga 123,4%ga o'sish imkoniyatini beradi. Olib borilayotgan monitoringni kuchaytirish hisobiga bu sohada qishloq aholisiga ko'rsatiladigan xizmatlaг hajmining ulushini 26,8%dan 30 %gacha ko'taгish ko'zda tutilgan. Amalga oshirilayotgan ishlaг natijasida joriy yilning yanvaT-aprel oylaгida dastuгda 4 oyga belgilangan 116,2% prognoz ko'rsatkichi 116,3%ga bajaгildi, qishloqlaгda ko'гsatilgan xizmatlar гespublika umumiy hajmining 23,5%ni tashkil etdi. Respublikaning qishloq xududlarida infratuzilmalarni rivojlantirishga katta ahamiyat beгilmoqda. Yilning o'tgan davrida qishloq joylarda prognoz bo'yicha 752 ta xizmat ko'rsatish shaxobchalari tashkil etilishi belgilangan bo'lib, amalda 1561 ta shaxobchalar tashkil etildi. Qishloqlarda ko'гsatilayotgan xizmatlarning sifati oshganligi, tuгlaгining ko'payganligi hisobiga aholining xizmatlardan foydalanish daгajasi o'sib bormoqda. Respublikada chakana savdo va umumiy ovqatlanish tizimlarida ko'гsatilayotgan xizmatlaг yuqori ko'гsatkichlaгda гivojlanmoqda. Jami tovar aylanma hajmi 2021 yilning yanvar-aprel oylarida avvalgi yilning shu davriga nisbatan 17,7% ga o'sib, umumiy tovaraylanma hajmining 36% qishloq joylarga to'g'ri keladi. Yildan-yilga statsionaг do'konlarning ko'payishi natijasida ular oгqali eгishilgan chakana tovaraylanma hajmi 38,4%ga o'sgan. Qishloq joylarida joгiy yilning 1 may holatiga xizmat ko'rsatayotgan statsionaг do'konlar soni 20 mingdan oгtiq bo'lib, ulaming 40%i oziq-ovqat mahsulotlari, 32%i nooziq-ovqat tovarlari va 28%i aralash mollar chakana savdo do'konlaгidiг. Qishloqlarda yanvaг - aprel oylaгida aholi jon boshiga sotilgan jami tovarlar hajmi 94 ming so'mni tashkil etgan.

Qishloq joylarda aloqa va axborotlashtirish, moliya va bank xizmatlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Joriy yilning 1 may holatiga respublikada jami 367 ta, shu jumladan 87 ta qishloq joylarda axborot texnologiyalari orqali pochta xizmatlarini ko'rsatuvchi pochta bo'limlari tashkil etilgan. Kompyuter klublarining soni ortib bormoqda. Elektron pul o'tkazish uslublari rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" davlat dasturida 2019-2020 yillar davomida ijtimoiy ahamiyatga ega ob'yektlarni telefonlashtirish, masalan 3363 ta maktab, 2388 ta maktabgacha muassasalar, 1249 ta qishloq vrachlik puntlari, 93 ta kollej va 70 ta kasalxona telefonlashtiriladi. Joriy yilda ushbu vazifalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida aloqa va axborotlashtirish xizmati PQ-640 qarorida belgilangan 130% o'rniga 131,3%ga o'sadi.

Statistika ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak 2021 - yilning yanvar - iyun oylarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 318.5 trl so'mni tashkil etgan bo'lib, o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o'sganini ko'rishimiz mumkin [4].

Yalpi ichki mahsulotning o'sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi -qishloq, o'rmon xo'jaligida 1,8%, sanoatda 8,5%, qurilishda 0,1% va xizmatlar sohasida 8,0 % darajasida qayd etilgan va ijobiy o'sish suratiga ega bo'lindi.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, hududlar kesimida yuqori o'sish sur'atlari Toshkent sh. 14,0%, Sirdaryo 12,3%, Toshkent 7,8% va Qashqadaryo 7,7 % viloyatlarida qayd etilgan [7].

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha

davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PF-29 son. Toshkent sh. 03.12.2021 y.

2. Макконнелл К.Р, Брю С.Л. «Экономикс: принципы , проблемы и политика». Т.:Пер. С. Анг. Т. 2. - Таллин, 1993 й.

3. J.Qurbonov "Xizmat, xizmat ko'rsatish. Servis". C.: "Servis" ilmiy - ommabop jurnal. 2009 y. 1 - son.

4. Davlat Statistika Qo'mitasining ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.