Научная статья на тему 'XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI'

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
860
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oilaviy tadbirkorlik / oila xo‘jaligi biznesi / davlat tomonidan tartibga solish / qo‘llab-quvvatlash / xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik. / Family business / family business in the field of state regulation / support / services.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — G. Shadiyeva, Z. Rustamova

Maqola mualliflari maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, oilaviy tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bayon qilishgan, mavzu yuzasidan statistikalarga ham to‘xtalishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO DEVELOP FAMILY ENTREPRENEURSHIP AND INCREASE EFFICIENCY IN SERVICES

The authors of the article expressed their views on the socio-economic significance of the development of family business in the service sector, the role and importance of family business in the national economy, as well as ways to develop and increase the efficiency of family business.

Текст научной работы на тему «XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI Shadiyeva Gulnora Mardiyeana

SamlSI "Real iqtisodiyoti" kafedrasi professori, i.f.d. Rustamova Zarina Rustamovna

SamISI Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar) yo'nalishi II kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7196600

Annotatsiya. Maqola mualliflari maqolada xizmat ko 'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, oilaviy tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyati, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo'llari haqida o'z fikrlarini bayon qilishgan, mavzu yuzasidan statistikalarga ham to'xtalishgan.

Kalit so'zlar: Oilaviy tadbirkorlik, oila xo'jaligi biznesi, davlat tomonidan tartibga solish, qo'llab-quvvatlash, xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlik.

ПУТИ РАЗВИТИЯ СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И ПОВЫШЕНИЯ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБСЛУЖИВАНИЯ

Аннотация. Авторы статьи высказали свои взгляды на социально-экономическую значимость развития семейного бизнеса в сфере услуг, роль и значение семейного бизнеса в народном хозяйстве, а также пути развития и повышения эффективности семейного бизнеса.

Ключевые слова: Семейный бизнес, семейный бизнес в сфере государственного регулирования, поддержка, семейный бизнес в сфере услуг.

WAYS TO DEVELOP FAMILY ENTREPRENEURSHIP AND INCREASE

EFFICIENCY IN SERVICES

Annotation. The authors of the article expressed their views on the socio-economic significance of the development of family business in the service sector, the role and importance of family business in the national economy, as well as ways to develop and increase the efficiency of family business.

Keywords: Family business, family business in the field of state regulation, support, services.

KIRISH

Jahonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta'minlashga qaratilgan. Bugungi kunda oilaviy korxonalar ko'pgina Yevropa mamlakatlari, AQSH va Lotin Amerikasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biriga aylangan. Jumladan, "Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida oilaviy kompaniyalarning ulushi 50 %dan ortiqroqni, Lotin Amerikasida 65-90 %ni, AQShda 95 %ni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Yevropa mamlakatlari YaIMning 45-50 %ni, Lotin Amerikasi mamlakatlarining 70%ni, Osiyo mamlakatlarining 65-82%gacha YalMni oilaviy korxonalar tomonidan yaratilmoqda"[1]. Shu bois, ushbu sohani rivojlantirish, oilalarga munosib turmush sharoitini yaratib berish dunyo hamjamiyatining doimiy diqqat markazidadir.

Mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi[2].

Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning uchinchi ustuvor yo'nalishi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlashning 29-maqsadi "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish" etib belgilagan. Bu vazifalarni hal etish xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo'yicha tizimli tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

TADQIQOT MATERILLARI VA METODOLOGIYASI

Ushbu maqolani yoritish jarayonida O'zbekiston Pespublikasining tadbirkorlikka oid qonunlari, O'zbekiston Pecpublikasi Prezidentining farmoni, O'zbekiston Pespublikasi Prezidenti asarlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarining mazmun, mohiyati o'rganilib, oilaviy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishning mavjud iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil etildi.

Jahonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qancha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati, mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni, oila xo'jaligida tadbirkorlikning asosiy turlari va yo'nalishlari, oila daromadlarining manbalari, xarajatlarni kamaytirish yo'llari kabi masalalar shular jumlasidandir. Ko'pgina mamlakatlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish, aholini ish bilan ta'minlash, ularning farovonligini oshirish kabi yo'nalishlar bo'yicha ham kompleks tadqiqotlar olib borilmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotdagi ahamiyati ko'plab xorijlik olimlar tomonidan o'rganilgan, jumladan, A.V.Chayanov, G.S.Bekker, R.Basso, R.S.Anderson, D.M.Ryeb, D.Prayogo, N.M.Barxatova, G.A.Tanevski, A.Volkov, A.M.S.Valleyo, S.O.Kalendjyan, Ye.V.Korchagina, V.A.Korolev va A.Chernitskiy[3] kabi olimlar tadqiqotlarida ilmiy-amaliy jihatdan o'rganilgan. Respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari M.K. Pardayev, A.O'lmasov, H.P.Abulqosimov, U.D. Axmedov, B.Berkinov, O.M. Pardayeva, I.L. Pugach, G.M.Shadiyeva, D.T.Yuldashev[4] va boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilingan.

Mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, aholini ish bilan ta'minlash, ularning farovonligini oshirish, yashash darajasi va sifatini ko'tarish dolzarb masalaga aylanmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Mamlakatimiz Prezidentining "Har bir oila- tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi qarorida "Mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an'analari, ishbilarmonlik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish"[5] zarurligi ta'kidlangan. Ko'rinib turibdiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning juda ko'plab yo'nalishlaridan biri xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bilan bog'liq muammolardir. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta'minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob'ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ta'minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining o'rni beqiyosdir. Oilaviy biznes imkoniyatlaridan foydalanish (kasanachilik, hunarmandchilik, nonvoylik, uy bog'cha va yaslilari ochish, qo'shimcha dars o'tish va h.k.) ichki imkoniyatlardan foydalanishning munosib yo'llaridan biridir. Oilaviy biznesning iqtisodiyotga samarali ta'sirini hisobga olgan holda O'zbekistonda ham 2012 yil 26 aprelda O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 35 moddadan iborat bo'lib, uning asosiy maqsadi oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Milan ta'kidlashicha "Oilaviy biznes iqtisodiyot tanasining muhim hujayralaridan biridir hamda o'tish davri iqtisodiyoti rivoji uchun zarur vosita hisoblanadi"[6].

"Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonunda keltirilgan ta'rifga asosan, "Oilaviy biznes" atamasi O'zbekistonda "Oilaviy tadbirkorlik" deb yuritiladi va "Oilaviy tadbirkorlik oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir".

O'zbekistonda boshqa turdagi korxonalar bilan solishtirganimizda oilaviy korxonalar uchun quyidagi imtiyozlarlar yaratildi.

Birinchidan, oilaviy korxona oila yashab turgan turar joyda faoliyat yuritishi va o'zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyning o'zida sotishi mumkin. Oilaviy korxonaga berilgan bunday imkoniyat oilaviy tadbirkorlikni boshlash va uni samarali davom ettirishishini ancha osonlashtiradi. Shuningdek, bu ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va ko'rsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytiradi.

Ikkinchidan, oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo'ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Uchinchidan, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o'zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektrenergiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti) haqini to'lash aholi uchun belgilangan tariflar bo'yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi. Xususan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilgan bu imkoniyatlar ularning raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA

Bugun respublikamizda oilaviy korxonalar soni oshmoqda. Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni bo'yicha 3 -o'rinni

oilaviy korxonalar egallagan bo'lib, ular 2021-yil I-avgust holatiga ko'ra jami tadbirkorlik sub'ektlarining 10,9 foiz ulushini tashkil etgan.

I-diagramma

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE б UIF-2G22: 8.2 I ISSN: 2Ш-ЗЗЗ7

2G2I yil I avgust Oilaviy korxonalar soni*

49919

50000 36902

40000 22635

30000

3°oo° 11036 13911

10000

0

2017 2018 2019 2020 2021

yilda yilda yilda yiida yilda

* Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo 'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki respublikamizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 2GI7 yilda !ЮЗб tani tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilda oilaviy korxonalar soni 4 baravarga oshib 49919 tani tashkil etgan.

2-diagramma

Faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalar 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra*

52495

43122

50000 40000 30000 20000 10000 0

27512 г

15507

11679

n (111 -

2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 139,90/ 132,80/0 177,40/ 156,70/ 121,70/

* Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo 'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

2GI6-2G22 yillar davomida oilaviy tadbirkorlikning barcha iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha rivojlanish tendensiyasi kuzatilgan. Sanoat sohasida ularning soni 2016 yilda 3188 tani, 2G2I yilda esa 15889 tani tashkil etgan. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida shunga mos ravishda ПЗ7 va 6340 ta, savdoda DII va I669I, tashish va saqlash 99 va 4^, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 619 va 8502 tani tashkil etgan (3-diagramma). O'zbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha oilaviy tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari. Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan va faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari soni 2022-yil I-yanvar holatiga ko'ra 9373 taga ko'paydi. 2021-yilga nisbatan quyidagi tarmoqlarda korxonalar sonining sezilarli darajada oshishi: savdoda I2 312 tadan 16 691 taga (o'sish 4379 taga), sanoatda 13 667 tadan 15 899 taga (o'sish 2232 taga), yashash va ovqatlanish xizmatida 7295 tadan 8501 taga (o'sish 1206 taga) kuzatildi.

З-diagramma

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Iqtisodiy faoliyat turlariga ko 'ra* 3332

6340

416

■ qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 14,1%

■ sanoat 16,3%

■ qurilish 14,5%

■ savdo 35,6%

15899 ■ tashish va saqlash 14,3%

■ yashash va ovqatlanish 16,5%

■ axborot va aloqa 8,9%

■ sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish 35,3% boshqa sohalarda 17,8%

* Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo 'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ixtisoslashuv darajasiga ko'ra, ularning 16,3 %i sanoat, 16,5 %i yashash va ovqatlanish xizmatlari, 35,6 %i savdo, 14,1 %i qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, 8,9 %i axborot va aloqa, 14,5 %i qurilish, 14,4 %i tashish va saqlash hamda 17,8 %i boshqa faoliyat turlariga to'g'ri keladi.

4-diagramma

Hududlar kesimida tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni*

Sirdaryo Namangan Jizzax

Qoraqalpog'iston Res.

Andijon Buxoro Toshkent.sh. Navoiy Qashqadaryo Toshkent Xorazm Surxondaryo Farg'ona Samarqand

354 1165 16

61 1932

2919 - 3320 = 3458

4010

4235 4540 4

682

5400

5778

9041

0

1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 8000 9000 10000

* Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo 'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlarining hududlar kesimidagi ulushi bo'yicha notekis tendensiyani kuzatish mumkin. 2021 yil 1 yanvar

holatiga ko'ra, ularning soni bo'yicha Samarqand 9041 ta, Farg'ona 5778 ta, Surxondaryo 5400

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ta, Sirdaryo 354 ta, Namangan 1165, Jizzax 1661 tasi viloyatlari hissasiga to'g'ri keladi. Bunday tendensiyani hududlar rivojlanishining boshqa ko'rsatkichlarida ham kuzatish mumkin. Buning turli sabablari bo'lib, ular hududlarning qulay geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va iqlim sharoiti, infratuzilma ob'ektlarining rivojlanganlik darajasi va boshqa omillar ta'siri bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Albatta, bunday omillar oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishiga ham ta'sir etgan. XULOSA

Birinchidan, Yangi O'zbekiston iqtisodiyotini barpo etish sharoitida tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, davlat tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqdir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ikkinchidan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatida iste'molchilarni muammolarini yechish vositalari bilan chiqish lozim.

Uchinchidan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish

To'rtinchidan, har bir oiladan bitta tadbirkor bo'lishiga erishish uchun, aholi o'rtasida tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida muntazam ravishda tashviqot ishlarini olib borish, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash.

Beshinchidan, o'rganilgan tadqiqotlarda hududlar rivojlanishida oilaviy tadbirkorlikning samaradorligini baholashda oilaviy tadbirkorlikning xizmat ko'rsatish sohasidagi quyidagi faoliyat turlari bo'yicha yanada rivojlantirish tavsiya etiladi:

- savdo va umumiy ovqatlanish (chakana savdo, milliy oshxona va restoranlar) xizmatlari;

- milliy hunarmandchilik, ta'mirlash xizmatlari va kasanachilik;

- kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari xizmatlari (internet kafe, kichik bosmaxona, uyali aloqaga ulanish va "paynet" kabi xizmat turlari);

- transport xizmatlari;

- foto va go'zallik salonlari (kelinlik liboslari va to'y uskunalarini ijaraga berish va b).

2018-2021 yillar mobaynida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish,

hunarmandchilik, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatining boshqa sohalarida bandligini ta'minlash orqali ularning qo'shimcha va barqaror daromad manbalari shakllanishiga shart-sharoitlar yaratish borasida dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining, ayniqsa, chekka hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ma'lum bir miqdorda iqtisodiy holati yaxshilanishiga ko'mak bo'ldi.

Shu bilan birga, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslari bo'yicha dasturlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash va bank xizmatlarining ommabopligini oshirish orqali aholining keng qatlamlari, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari bilan to'laqonli sherikchilik munosabatlarini o'rnatish talab etiladi.

REFERENCES

1. Pardayeva O.M. Xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo'llari. Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand, 2020 y, 60-b.;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni.

3. А.В.Чаянов о размере семьи и крестьянского домохозяйства. // Вестник статистики. 1991, № 7, с 47.; Г.С.Беккер Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды по экономической теории / Г. С. Беккер : пер. с англ. / Сост., науч. ред. послесл. Р. И. Капелюшников; предисл. М. И. Левин. - М.: ГУ ВШЭ, 2003. - 672 с.; R.Basco, Family business and regional development—A theoretical model of regional familiness. Journal of Family Business Strategy (2015), http://dx.doi.org/10.1016/jjfbs.2015.04.004; R.C.Anderson and D.M.Reeb (2003). Founding-family ownership and firm performance: Evidence from the S&P 500 // Journal of Finance, no. 58, pp. 1301-1328.; G.A.Tanewski, D.Prajogo and A.Sohal (2003). Strategic orientation and innovation performance between family and non-family firms. Presented at the World Conference of the International Council of Small Business. Monash University.; G.A.Tanewski, K.X.Smyrnios Capital structure decision making: A model for family business //Journal of business venturing. - 2001. - Т. 16. - №. 3. - С. 285-310.; Н.М.Бархатова (1999). Семейный бизнес и семьи в бизнесе // ЭКО, № 2. (http://ecotrends.ru/subscribe/1841-2014-03-06-10-13-03 - Дата обращения: 25.10.2015).; Волков Д. А. (2011). Стадии и жизненные циклы развития семейного бизнеса // Российское предпринимательство, Вып. 2, с. 11-16..; Календжян С. О. и Волков Д. А. (2011). Развитие семейного предпринимательства в России // Экономическая политика, № 5, с. 148-154.; Корчагина Е.В. Исследования семейного бизнеса в россии: подходы к определению и концептуальные особенности. Journal of Economic Regulation (Вопросы регулирования экономики) Том 6, №4. 2015 . с. 37-45.; Королев В. А. (2007). Российский собственник на 20 летнем горизонте: структура собственности, роль семьи и корпоративное управление // Российский журнал менеджмента, № 5 (3), с. 145-174.; Черницкий А. (2008). Семья и бизнес: у «них» и у «нас» // Справочник по управлению персоналом, № 1. (http://www.pro-personal.ru/journal/268/7535/?print=Y&sphrase_ id=871548

4. А.O'lmasov Oila iqtisodi. Tashkent - '^h^t" - 1998. 48-b; М.К Pardayev Oila xo'jaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqnd 2001 y. 54-b; Shodieva, G. M. (2008). Problems of organizational and economic factors and service development in the improvement of family welfare (Doctoral dissertation, Dissertation for the degree of Doctor of Economics. Samarkand).С., 2008 y.pp -62; H.PAbulqosimov, А.А.Qulmatov. O'zbekistonda kichik biznes sohasida oilaviy tadbirkorlikning o'rni va uni rivojlantirish yo'llari /Моnografiya.-T.: "Universiteti", 2015.; U.H.Ахмеdov Qishloq joylarida uy xo'jaliklarining rivojlanish istiqbollari. (Моnografiya). -Т.: «Fan va texnologiya», 2014, 152 b.; B.B.Berkinov Uy xo'jaligi iqtisodiyoti. (O'quv qo'llanma).- Т.: "Fan va texnologiya", 2014, 132- bet.; Муртазина Р.Б. О развитии семейного бизнеса в Узбекистане (По материалам социологического исследования).//Общественные науки в Узбекистане. №2, 2012г.; Pardayeva O.M. Xizmat ko'rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo'llari. Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand, 2020 y, 32-b.; Юлдашев Д.Т. Совершенствование экономического механизма развития семейного предпринимательства. Автореферат

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

диссертации доктора философии (PhD) по экономическим наукам. Ташкент, 2019 й, 54-с;

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7 iyundagi "Har bir oila - tadbirkor dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi qarori.// "ХаЦ so'zi" gazetasi. 2018 yil 8 iyun. I-2 betlar.

6. www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042815031894 Milan Hn6tek. (2GI5) Entrepreneurial thinking asa key factor of family business success, Procedia - Social and Behavioral Sciences, I8I, 342 - 348,

7. O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni, 2GI2-yil 26-aprel.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017-yil 7-fevraldagi PF 4947-sonli Farmoni.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil I2-sentyabrdagi PQ-3268-sonli qarori.

IG. SH.M.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 48 b.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 7-iyundagi "Har bir oila -tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi qarori. // "Xalq so'zi" gazetasi. 2018 yil 8 iyun.

12. www.lex.uz- O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami

13. www.stat.uz. - O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasining rasmiy sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.