Научная статья на тему 'OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI '

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
681
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
“Har bir oila – tadbirkor”Davlat dasturi / tadbirkorlik / oilaviy tadbirkorlik / oila xo‘jaligi / innovatsiyalar / moliyaviy qo‘llab-quvvatlash / iqtisodiy o‘sish / ishlab chiqarish / boshqarish. / В статье представлена информация о реформах / проводимых государством в сфере развития предпринимательства / реализации принятых программ и созданных возможностях.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xasanov I.M.

Maqolada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan olib borilayotgan islohatlar, qabul qilingan dasturlarning bajarilishi va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

В статье представлена информация о реформах, проводимых государством в сфере развития предпринимательства, реализации принятых программ и созданных возможностях.

Текст научной работы на тему «OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI »

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Xasanov I.M.

iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7188894

Annotatsiya: Maqolada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda davlat tomonidan olib borilayotgan islohatlar, qabul qilingan dasturlarning bajarilishi va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: "Har bir oila - tadbirkor"Davlat dasturi, tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, oila xo'jaligi, innovatsiyalar, moliyaviy qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy o'sish, ishlab chiqarish, boshqarish.

ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

Аннотация: В статье представлена информация о реформах, проводимых государством в сфере развития предпринимательства, реализации принятых программ и созданных возможностях.

Ключевые слова: Государственная программа «Каждая семья -предприниматель», предпринимательство, семейный бизнес, семейное хозяйство, инновации, финансовая поддержка, экономический рост, производство, управление.

PROBLEMS OF DEVELOPMENT OF FAMILY ENTREPRENEURSHIP

Annotation: The article provides information on the reforms being carried out by the state in the development of entrepreneurship, the implementation of adopted programs and created opportunities.

Keywords: "Every family is an entrepreneur" State program, entrepreneurship, family business, family householding, innovation, financial support, economic growth, production, management.

KIRISH

Mustaqillik yillaridagi rivojlanish davomida barcha sohalarda bo'lgani kabi oilaviy biznes sohasida ham katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sharti ko'p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlari vujudga kelishidan iboratligi uchun ushbu davrda xususiylashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda bozor muhitini yuzaga keltirishning asosiy omillaridan biri kichik biznesni rivojlantirish bo'ldi. Uning turli yo'nalishlaridan biri bo'lgan oilaviy biznesga ham katta e'tibor berilmoqda. Har bir oila o'zi yuqori darajada foyda olish bilan birga, u jamiyat uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va xizmat turlarini yaratadi, mamlakat uchun yangi bo'lgan bozorlarni yaratadi, aholini ish bilan band qilishda hissa qo'shadi, boshqa tashkilot va oilalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va yaratilgan xizmatlarni iste'molchisi sifatida yuzaga chiqadi, ma'lum turdagi soliqlarni to'lab mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Ushbu vazifalarni bajarish davomida o'tgan yillarda mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tarmoq ko'lami hamda hajmi salmoqli darajada o'sdi. Oilaviy biznes bilan shug'ullanayotgan oilalar soni va shunga mos ravishda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortib bormoqda.[2]

"Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq oilaviy tadbirkorlik oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati bo'lib, o'z ishtirokchilarining

ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. ASOSIY QISM

Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun ixtiyoriy asosda, ishtirokchilarning ulushli yoki umumiy mol-mulk, shuningdek ishtirokchilardan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, boshqa mol-mulk, jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o'zga shaxsga o'tkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona ta'sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o'zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.

Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o'n baravari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak.

Oilaviy korxonaning mol-mulki oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan, qarz mablag'lari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan, tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar ko'rsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yo'naltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lardan tarkib topadi.

Oilaviy tadbirkorlik sohasida o'tkazilgan tahlillar mamlakatimiz va uning hududlarida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yangi ish o'rinlarini yaratish, bandlikni ta'minlash, o'zini-o'zi band qilishga harakat qilayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish kabi yo'nalishlarda hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatdi. Shu kamchilikni to'g'rilash va foydalanilmayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadida mamlakatimizda "Har bir oila - tadbirkor" Dasturi qabul qilindi.[1]

"Har bir oila - tadbirkor" Dasturining asosiy yo'nalishlari qatorida quyidagilar belgilandi:

1. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishni ixtiyor etgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish. Ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida amaliy yordam ko'rsatilishini ta'minlash. Bunday amaliy yordam barcha mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

2. Aholiga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish va faoliyat turini tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatish.

3. Tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo'shimcha ish o'rinlari yaratish.

4. Mikrofirmalarni, kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlar va kasanachilik bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy yordam berish. Aholiga qo'shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish.

5. Mahallalarda mini-klasterlar tashkil etish. Bunda tadbirkorlik sohasida ijobiy natijalarga erishgan tajribali tadbirkorlarga bunday faoliyatni yangidan boshlayotgan tajribasi kamroq bo'lgan oilalarni biriktirish.

6. Oilaviy tadbirkorlarga ko'rsatiladigan xizmatlar ko'lamini kengaytirish. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni savdosini tashkil etuvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko'rsatish va savdo shoxobchalarini barpo etish.

7. Bo'sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga berish. Aholi uchun qo'shimcha ish o'rinlari va daromad manbalarini yaratish.

8. Davlat ro'yhatidan o'tmasdan faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirishda yordam ko'rsatish.

Tadbirkorlik bilan shug'ullanishni ixtiyor etgan aholiga imtiyozli kreditlar ajratish quyidagi miqdorlarda va quyidagi mas'ul tashkilotlar tomonidan olib boriladi:

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektor rahbarlari va mahalla fuqarolar yig'inlari tavsiyanomalari asosida eng kam ish haqining 150 baravari miqdorida imtiyozli kreditlar berilishi yo'lga qo'yiladi.

Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tib, faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektlariga sug'urta polislari, uchinchi shaxs kafilligi, kredit hisobiga sotib olinayotgan molmulklar garovi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining kafilligi bo'yicha EKIHning 1000 baravari miqdorida imiyozli kredit ajratish mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta'minot turlariga asosan EKIHning 1000 baravaridan ham ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.[3]

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratadi.

Oilaviy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug'urtalanganda sug'urta to'lovi 1,5 foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda belgilanadi va sug'urtalash shartlari yengillashtiriladi.

XULOSA

Oilaviy biznes faoliyatiga alohida e'tibor berilishiga qaramasdan, ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada jadal sur'atlarda rivojlanishi uchun ulardagi boshqaruv faoliyatini hozirgi davr darajasiga chiqarish talab etilmoqda. Zamonaviy boshqaruv usullari va tamoyillaridan foydalanish sohasida, iqtisodiy resurslardan foydalanish tartibi sohasida, mehnat resurslarini boshqarish faoliyati sohasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar mavjud.[2,4]

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-son "Har bir oila -tadbirkor" Dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi Qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018 y., 07/08/377/1325-son.

2. I.M.Xasanov. "Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oilaviy tadbirkorlik salohiyatining iqtisodiy natijadorligini oshirish (Farg'ona viloyati misolida)". I.f.f.d.(PhD) diss..Namangan-2021 y.139 bet.

3. Xasanov I.M. Iqtisodiy taraqqiyot va oilaviy tadbirkorlik. // «O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali, 2021 yil, №2-son. 68-69-b.

4. Xasanov I.M. Essence, Mission And Value of Enterpreneurship Activity. //The American journal of Management and Economics Innovations (IMPACT FACTOR:5,3; https://usaiournalshub.com/index.php/tajmei/issue/view/199) 28 fevral, 2021 yil. 38-45-b.

5. Khasanov I.M. Prospects for the development of family entrepreneurship in the regions in the conditions of economic modernization. // Vol. 1 No. 1.1 Economical sciences (2021): Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. URL: https://berlinstudies.de/index.php/berlinstudies/article/view/170

6. КАРИМОВ, У. ЕНГИЛ САНОАТ КОРХОНАЛАРИ РАКОБАТБАРДОШЛИГИНИ ОШИРИШ БУЙИЧА МАРКЕТИНГ СТРАТЕГИЯЛАРИ. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"Интернаука", 78-80.

7. Рахимов, Д. Ш. (2021). САНОАТ ЩТИСОДИЁТИДА МАХДЛЛИЙЛАШТИРИЛАЁТГАН МА^СУЛОТЛАРНИ ДИВЕРСИКАЦИЯЛАШ ОМИЛИ СИФАТИДА. Scientific progress, 1(6), 505-511.

8. Raximov, D. S. (2021). DIVERSIFIKATSIYA HUDUDLAR SANOATNI MUVOZANATLI STRATEGIK RIVOJLANTIRISh YO'NALIShLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 199-207.

9. Ahmadjanovich, U. A. (2021). The Main Ways To Improve The Efficiency Of Investment Activity For The Development Of Socio-Economic Processes. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 24(2), 197-205.

10. Urinov, A. G. A. (2003). ECONOMIC REFORMS IN UZBEKISTAN: SPECIFIC FEATURES, RESULTS AND PROBLEMS. Eurasian Vision: Felicitation Volume on the 70th Birthday of Prof. Devendra Kaushik, 187.

11. Турсунов, О. Б. (2022). Транспорт Инфратузилмасининг Назарий Асослари.

12. Турсунов, О. Б. (2022). ТРАНСПОРТ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИНГ МАЗМУНИ, ТАРКИБИ ВА МИНТАКА ЩТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШИГА ТАЪСИРИ. SO NGI

ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(2), 190-196.

13. Хамидидов, Б. С., & Уринов, А. А. (2020). Механизм государственно-частного партнерства и привлечение инвестиций. In Эффективность сферы товарного обращения и труда (pp. 140-144).

14. Хабибиддинов, Х. И., & Уринов, А. А. (2020). Зарубежный опыт механизма государственно-частного партнерства для привлечения инвестиций. In Эффективность сферы товарного обращения и труда (pp. 126-129).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.