INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
BYUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT XARIDLARI VA TENDER ASOSIDA TUZILGAN SHARTNOMALAR BO'YICHA AUDIT TEKSHIRUVLARINI O'TKAZISH
Ostonokulov Azamat Abdukarimovich
Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi" kafedrasi dotsenti, DSc, dotsent Maxamadaliyeva Mahliyoxon Maxamadmurod qizi
Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va nazorati" mutaxassisligi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7446675
Annotatsiya. Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirilishining nazariy-uslubiy asoslari, qonunchilik doirasidagi tartib-taomillari o'rganilgan va davlat xaridi asosida tuzilgan tender savdolari shartnomalari bo'yicha ichki audit tekshiruvlariga oid tahliliy ma'lumotlar tadqiq etilgan. Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlanishi yuzasidan amaliy holat davlat tashqi auditi va moliya nazoratining oliy organi bo'lgan O 'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati misolida ko'rib chiqilgan. Shuningdek, davlat xaridi va xaridyuzasidan audit tekshiruvlari bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi, xarid tizimining o'ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil etilib, auditning tahliliy amallari asosida O 'zbekiston Respublikasidagi mavjud davlat xaridi tizimini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: audit tekshiruvi, byudjet tashkiloti, davlat byudjeti, davlat xaridi, tender savdolari, xarid tizimi, shartnoma, shaffoflik.
АУДИТОРСКИЕ ПРОВЕРКИ ГОСЗАКУПОК И ДОГОВОРОВ, ЗАКЛЮЧЕННЫХ НА ОСНОВЕ КОНКУРСА В БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Аннотация. В данной статье исследуется порядок осуществления государственных закупок в бюджетных организациях, его теоретические и методологические основы в рамках законодательства, а также исследуются аналитические данные о проведении внутренних аудиторских проверок договоров о проведении торгов, заключенных на основании государственных закупок. Практический кейс обеспечения прозрачности бюджетного процесса рассмотрен на примере деятельности Счетной палаты Республики Узбекистан, являющейся высшим органом государственного внешнего аудита и финансового контроля. Кроме того, был проведен сравнительный анализ опыта зарубежных стран по государственным закупкам и аудиту закупок, особенностей системы закупок, а также рассмотрены вопросы совершенствования существующей системы государственных закупок в Республике Узбекистан на основе аналитических мероприятий аудиторской проверки.
Ключевые слова: аудиторский контроль, бюджетная организация, государственный бюджет, государственные закупки, контракт, прозрачность, система закупок, тендерные продажи.
AUDITS OF STATE PURCHASES AND CONTRACTS CONCLUDED ON THE BASIS OF COMPETITION IN BUDGETARY ORGANIZATIONS
Abstract. This article examines the procedure for public procurement in budgetary organizations, its theoretical and methodological foundations within the framework of the legislation, and also examines analytical data on internal audits of bidding contracts concluded on the basis of public procurement. A practical case of ensuring the transparency of the budget process is considered on the example of the activities of the Accounts Chamber of the Republic of Uzbekistan, which is the highest body of state external audit and financial control. In addition,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
a comparative analysis of the experience of foreign countries in public procurement and audit of procurement, features of the procurement system was carried out, as well as issues of improving the existing public procurement system in the Republic of Uzbekistan based on analytical audit activities.
Keywords: audit control, budget organization, contract, public procurement, procurement system, state budget, tender sales, transparency.
Kirish
Byudjet tashkilotlarida va ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo'lgan korporativ tashkilotlarning pul mablag'laridan oqilona foydalanish maqsadida ularning ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovar, ish yoki xizmatlarni elektron savdolar orqali amalga oshirilishiga bugungi kunda katta ahamiyat qaratilmoqda. Chunki, samarali davlat xaridi tizimini shakllantirilmasa byudjet mablag'laridan maqsadli va oqilona foydalanishga erishishning imkoni yo'q. Davlat byudjeti mablag'larining asosiy qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag' oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish va xizmatlar bilan ta'minlashga sarflanishini hisobga olgan holda optimal narx va sifatda davlat xaridlarini amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublikasida davlat xaridlari "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonun asosida amalga oshiriladi va qonunda belgilanishicha: "Davlat xaridlari - davlat buyurtmachilarining tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini pullik asosda ta'minlash jarayoni bo'lib, davlat buyurtmachisi va davlat xaridi ijrochisi o'rtasida davlat xaridlari bo'yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilinishi to'g'risidagi kelishuv esa davlat xaridlari to'g'risidagi shartnoma hisoblanadi"1. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari ochiqlik, shaffoflik, raqobat, xolislik va korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik ekanligiga qaramasdan, davlat xarid va buyurtmalarida korrupsion holatlar keng tarqalganligi hech kimga sir emas. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender savdolari asosida tuzilgan shartnomalar bo'yicha audit tekshiruvlarini o'tkazish davlat xaridlari sohasida yuzaga kelayotgan kelishib olingan tenderlar, qonunlardagi bo'shliqlar va ularni aylanib o'tish kabilarning oldini olishga va bartaraf etishga qaratilgan muhim choradir. Bu esa tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Adabiyotlar tahlili
Davlat xaridlari sohasida ko'plab mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan salmoqli ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib, hali hanuz davlat byudjeti maqsadli sarflanishi va iqtisodiy rivojlanishni belgilab beruvchi omillardan biri hisoblangan davlat xaridlari sohasidagi muammolar barcha davlat uchun birdek dolzarb masalaligicha qolmoqda. Jumladan, davlat ehtiyojlari uchun xarid tizimini xorij tajribasi asosida takomillashtirish masalasi yuzasidan Y.Vinokurtseva o'z tadqiqotlari natijasida "..davlat xaridlarining samarali boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish - Rossiyada davlat ehtiyojlari uchun xarid tizimi rivoji bilan bog'liq asosiy vazifa"2 ekanligini ta'kidlab o'tgan. T.Avdyushkinaning fikriga ko'ra: "Davlat xaridi mexanizmida ichki audit yetkazib beruvchini aniqlash va tanlov g'olibi bilan shartnoma
1 O'zbekiston Respublikasining "Davlat хшМап O'RQ-684-son qonuni, 22.04.2021 уД
2 Винокурцева Е.А. Опыт зарубежных стран в осуществлении закупок товаров, работ, услуг: аналитический обзор / Экономика, управление, финансы. Материалы Х Международной научной конференции. ООО «Издательство Молодой ученый», 2019 стр 9-17.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
imzonalishi davrida, shuningdek, bajarilgan ish, xizmat yoki tovar yetkazib berilishi yakunlanganidan so'ng, oxirgi to'lov amalga oshirilishidan avval o'tkazilishi zarur"3.
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari mavzusida Y.Vinokurtseva va T.Avdyushkinalar tomonidan keltirilgan fikrlar o'rinli. Chunki, davlat xaridlarining tartibga solinish tizimi samarali tashkil etilganligi, nazoratning doimiy ravishda olib borilishi va qonun ustuvorligi ta'minlanishi byudjet mablag'larining suistemol qilinishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, davlat xaridi jarayonlarida korrupsion riskni kamaytirishda audit tekshiruvlarini o'tkazilishi muhim, ammo xarid jarayonlarining qaysi bosqichida tekshiruv o'tkazilishi samaraliroq ekanligi tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy iqtisochi olimlardan D.Gofurov tomonidan davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirish bo'yicha "buyurtmachilar tomonidan to'g'ridan -to'g'ri shartnoma tuzish orqali xarid qilinadigan tovarlar ro'yxatini shakllantirish", "auksion va tanlov savdolari o'tkazilishi to'g'risidagi e'lonlarni joylashtirish muddatini auksion bo'yicha 5 kun, tanlov bo'yicha 10 kun etib belgilash orqali ushbu savdolarning muddatlarini muvofiqlashtirish"4 kabi taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Shuningdek, hozirgi kunda davlat xaridlari tizimi amaliyotida mavjud muammolar S.Turabov tomonidan asosiy yo'nalishlarga ajratib chiqilgan va bular: "davlat xaridlarini rejalashtirish jarayonidagi muammolar, davlat organlarining xaridlar jarayonida byudjet mablag'larini samarasiz foydalanishi, davlat xaridlaridagi "vijdonsiz" ishtirokchilar, yagona buyurtmachidan xarid qilish amaliyotining suiste'mol qilinishi hamda davlat xaridlarining subyektlari o'rtasi da til biriktirish holatlari"5dir.
A.To'rayev o'z ilmiy izlanishlarida "ichki audit xizmati natijalaridan tashqi auditorlarning foydalanishi auditorlik tekshiruvi uchun sarflanadigan vaqt sarfini kamaytirish orqali auditorlik tashkilotida mehnat resurslariga bo'lgan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, auditorlik dalillarining yetarliligi tamoyili asosida qo'shimcha dalillar olish imkonini beradi"6 deb ta'kidlagan.
D.Gofurov bildirgan fikrning e'tiborli jihati shundaki, byudjet buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan to'g'ri shartnoma tuzish orqali xarid qilinadigan tovarlar ro'yxatini shakllantirish narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat'iy belgilangan tovar, ish va xizmatlar xaridida samara beradi. Shuningdek, auksion va tanlov savdolari to'g'risidagi e'lonlarni joylashtirish muddatlari muvofiqlashtirilishi yurtimizda davlat xaridi jarayonidagi vaqt omili bilan bog'liq ko'plab muammolarning hal etilishiga yordam berdi. Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini joriy qilish tashkilotdagi kamchiliklarni tugatish zaruratidan kelib chiqadi. Bu borada A.To'rayev tomonidan keltirilgan amaliy ma'lumotlarga ko'ra ichki audit orqali tashqi audit uchun sarflanadigan xarajatlarning 10 foizga kamayishiga erishilgan. Mamlakatimiz rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari bo'yicha
3 Авдюшкина Т.В. Цели и назначение внутренного аудита механизма государственных закупок. Вестник Московского университета имени С.Ю.Витте. Серия 1. Экономика и управление №4 (27)э 2018.
4 Gofurov D.B. O'zbekistonda davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020.
5 Turabov S.A. Byudjet tashkilotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi moliyaviy munosabatlarini takomillashtirish yo'llari. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2021
6 To'rayev A.N. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tuzilgan shartnomalar bo'yicha audit tekshiruvlarining o'tkazilishi bilan bog'liq masalalar chuqur o'rganilmaganligi mazkur tadqiqot mavzusi tanlanishiga asos bo'ldi.
Tadqiqot usullari
Maqolada byudjet tashkilotlarida davlat xaridi va tender savdolari asosida tuzilgan shartnomalar bo'yicha audit tekshiruvlarini o'tkazish masalalarini aniqroq tadqiq qilish uchun guruhlash va saralash, taqqoslash, qiyosiy tahlil va tizimlashtirish usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Davlat ehtiyojlari uchun xaridlar bozorni tartibga solishning asosiy elementlaridan biri, shuningdek, iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi ijtimoiy va iqtisodiy tizim elementidir. Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikni xususiy va davlat sektori talablariga javob beradigan darajada rivojlantirish davr talabiga aylangan, davlat xaridlarining yangi turlarini kiritish, mavjudlarini takomillashtirish zarurati tug'ilgan bir vaziyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentin ing davlat xaridlari rivojlanishining ikkinchi bosqichini ochib bergan "Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va unga kichik biznes sub'ektlarini jalb etishni kengaytirish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi "Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3237-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida o'tkaziladigan elektron auksion savdolari bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron auksion tizimi joriy etildi.
So'nggi yillarda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o'sishning poydevorini yaratishdan iborat. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "Hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda. Kelgusi yilda 24 ta yi rik davlat korxonasiga davlat xaridi bo'yicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion so'mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo'ladi"7.
Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish, tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash bo'yicha izchil va kompleks ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, elektron savdolar joriy qilindi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi maxsus axborot portali yaratildi, tovar, ish va xizmatlar xaridi bo'yicha, shu jumladan, investitsiya loyihalari doirasida ko'p pog'onali idoralararo tender komissiyalari tuzildi. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida davlat xaridlari shaffofligini oshirishga yo'naltirilgan turli o'zgartirish va qo'shimchalar doimiy ravishda kiritilib borishiga qaramasdan, bu sohadagi qonun buzilishi muammolari mavjudligicha qolmoqda. Shu bilan birga, o'tkazilgan tahlil shuni ko'rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarining hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko'rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko'plab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansolarlik holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho'zilishi, narx -navoni manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi ma'lumotlarni buzib ko'rsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar bo'yicha tovarlarni yetkazib bermaslik holatlari ko'plab kuzatilmoqda. O'tkazilgan tenderlar natijalarini tahlil qilish, aniqlangan qoidabuzarliklarning
7 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 29.12.2020
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
sabablarini aniqlash, shu bilan birga uning metodologiyasi va tegishli hujjatlari to'liq ishlab chiqilmaganligi va takomillashtirishni talab etishi xaridlar faoliyatini auditorlik tekshiruviga zaruratni yuzaga keltiradi.
Davlat xaridlari maxsus axborot portalining ishga tushirilishi bizga davlat xaridlarini amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va shu orqali mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlarining oldini olish imkonini berdi. Davlat organlari va tashkilotlari har yili rasmiy veb-saytlarda o'z faoliyati to'g'risidagi batafsil hisobotlarni belgilangan tartibda e'lon qilib, ularning fuqarolik jamiyati ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti to'g'risida hisobot berishlari zarurligi qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2021-yil 1-iyuldan boshlab, har qanday davlat xaridlari, mansabdor shaxslarning xizmat safarlariga sarflanadigan xarajatlar hamda xorijdan kelgan mehmonlarni, yuridik shaxslarning benefitsiarlarini qabul qilish uchun soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek, yillik xarajatlar smetasi va ularni amalga oshirish to'g'risidagi ma'lumotlarni joylashtira boshladilar.
Hozirda O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan amaldagi qonunga ko'ra elektron do'kon va auksionda g'olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron tizim orqali a malga oshiriladi. Maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do'kon orqali xarid qilinadi va "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunga asosan tovar, ish va xizmatlarning to'g'ridan to'g'ri xaridi yuzasidan quyidagi cheklovlar o'rnatilgan.
1-jadval
Tovar, ish va xizmatlarning to'g'ridan to'g'ri xaridi yuzasidan o'rnatilgan
cheklovlar8
Ko'rsatkichlar Byudjet buyurtmachisi uchun Korporativ buyurtmachi uchun
Bir shartnoma bo'yicha 25 baravaridan oshmaydigan summa, ya'ni 7 500 000 so'm 50 baravaridan oshmaydigan summa, ya'ni 15 000 000 so'm
Bir moliya yili davomida 500 baravarigacha, ya'ni 150 000 000 so'm 1 000 baravarigacha, ya'ni 300 000 000 so'm
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari bo'yicha nazorat O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi byudjet tashkiloti bo'lib, davlat xaridlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlardan biridir. Hisob palatasi o'z faoliyati davomida byudjet mablag'lari hisobidan davlat xaridini amalga oshiradi va Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-mayda 3299-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to'g'risida"gi nizomda belgilanganidek moliyaviy ma'lumotlarini shaxsiy ach.gov.uz sahifasida e'lon qilishi yo'lga qo'yildi.
2-jadval
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o'tkazilgan tanlovlar(tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to'g'risidagi ma'lumotlar9
8 O'zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'RQ-684-son qonuni, 22.04.2021 yil, 61-modda
9 O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan ochiq ma'lumotlar (https://ach.gov.uz/uz/lists/pages/about) asosida magistrant tomonidan tahliliy jadval tayyorlandi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ko'rsatkichlar 2021-yil IV chorak 2022-yil I chorak 2022-yil II chorak 2022-yil III chorak
do na ming so'm do na ming so'm do na ming so'm do na ming so'm
Tovar(ish va xizmat)lar xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar 59 1 024 968,2 22 26 385,6 26 61 623,9 19 46 878,9
Shundan, elektron do'kon 55 272 668,7 20 * 24 499,8 20 * 31 263,5 17 43 265,7
to'g'ridan-to'g'ri shartnoma 3 2 299,5 2 1 885,8 6 30 360,5 2 3 613,2
eng yaxshi takliflarni tanlash asosida 1 750 000
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan e'lon qilingan ochiq ma'lumotlarga ko'ra shunday xulosaga kelish mumkinki, o'tkazilgan davlat xaridlari asosan elektron do'kon orqali amalga oshirilgan. Hisob palatasi tomonidan davlat xaridlarining eng yaxshi takliflarni tanlash asosida va to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish kabi usullaridagi xaridlardan ham amalda foydalanilgan bo'lib, veb-saytga joylangan 2022-yil I va II chorak ma'lumotlarida keltirilgan ko'rsatkichlarda biroz nomuvofiqliklar bor, ya'ni dastlab barcha xaridlar elektron do'kon ko'rinishida o'tkazildi deya ma'lumot ko'rsatilib, keyingi davrga kelib ayrim elektron do'konda xarid qilinganligi ko'rsatilgan tovar(ish va xizmat)lar o'z-o'zidan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish ko'rinishida aks etgan.
Yuqoridagi jadvaldagi statistik ma'lumotlarni quyidagi diagramma ko'rinishida oylar kesimidagi xarid turlari bo'yicha o'zgarishini aniqroq ko'rishimiz mumkin.
800000 700000 600000 500000 400000 300000 2 200000 100000 0
750000
272668,66
2299,5 24499,83
1885,750 31263,48 30360,470 432
WM
V6.3,2 0
w
2021-yil IV chorak 2022-yil I chorak 2022-yil II chorak 2022-yil III chorak
1-rasm. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o'tkazilgan tanlovlar(tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to'g'risidagi ma'lumotlar (ming
so'mda)
Davlat nazorati organlaridan biri bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini muntazam o'rganib bormoqda va monitoring natijalarini o'z rasmiy sahifasida e'lon qilib bormoqda. Agentlik tomonidan amalga oshirilgan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
o'rganishlarda ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini tashkil qilinishida bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'yilayotganligi aniqlanib, ularni barataraf etish yuzasidan choralar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 yil 26-yanvarda 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifingda hududlar va sohalarda davlat byudjetidan maqsadli foydalanish, shu jumladan, davlat xaridlarini amalga oshirish yuzasidan o'tkazilgan o'rganishlar natijasiga ham alohida urg'u berilgan. Agentlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga asosan "Korrupsiyasiz soha", "Korrupsiyasiz hudud" loyihalari, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida hududlar va sohalar kesimida 50 dan ortiq o'rganishlar va tekshiruvlar o'tkazildi. Sog'liqni saqlash, oliy va o'rta maxsus ta'lim, xalq ta'limi, ichki ishlar, qurilish sohalarida o'tkazilgan o'rganishlar shular jumlasidandir. Ushbu tadbirlar davomida aniqlangan korrupsiya holatlari yuzasidan to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilinib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan umumiy 49 ta jinoyat ishi va 24 ta ma'muriy ishlar qo'zg'atildi. Shundan, davlat xaridlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosi buzilganligi bilan bog'liq 23 ta jinoyat ishlari qo'zg'atilib, ular bo'yicha 142 mlrd. so'mdan ortiq moddiy zarar aniqlandi.
Shuningdek, byudjet buyurtmachilari tomonidan ob'ektlarni qurish va joriy ta'mirlash bo'yicha "dxarid.uz" va "tender.mc.uz" maxsus axborot portalida joylashtirilgan e'lonlar joylarga chiqqan holda o'rganilganda, jami 134 ta ob'ektda 85,5 mlrd. so'mlik joriy ta'mirlash va qurilish ishlari tanlov g'oliblari aniqlanmasdan boshlab yuborilganligi yoki allaqachon tamomlanganligi ma'lum bo'ldi(3-jadval).
3-jadval
O'zbekistonda byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy ta'mirlash va qurilish ishlari bo'yicha sohalar va hududlar kesimidagi tahlil (2021-yil) 10
№ Sohalar kesimida Ob'ekt soni Ob'ektlarga ajratilgan mablag' miqdori
1 Xalq ta'limi vazirligi 61 ta 50,7 mlrd. so'm
2 Sog'liqni saqlash vazirligi 25 ta 9,7 mlrd. so'm
3 Maktabgacha ta'lim vazirligi 7 ta 1,8 mlrd. so'm
4 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 4 ta 1,3 mlrd. so'm
5 Mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar 37 ta 22,0 mlrd. so'm
№ Hududlar kesimida Ob'ekt soni Ob'ektlarga ajratilgan mablag' miqdori
1 Samarqand viloyati 10 ta 42,2 mlrd. so'm
2 Andijon viloyati 45 ta 14,0 mlrd. so'm
3 Qashqadaryo viloyati 32 ta 10,4 mlrd. so'm
4 Namangan viloyati 27 ta 9,5 mlrd. so'm
5 Jizzax viloyati 7 ta 3,7 mlrd. so'm
6 Toshkent shahri 4 ta 3,7 mlrd. so'm
7 Navoiy viloyati 5 ta 1,8 mlrd. so'm
8 Buxoro viloyati 4 ta 332 mln so'm
10 O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti (anticorruption.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi / https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/01/26/ozbekiston-respublikasi-korruptsiyaga-qarshi-kurashish-agentligi-tomonidan-2021-jil-davomida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-brifing
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Bundan tashqari, davlat xaridlari sohasida o'tkazilgan monitoringda Respublika bo'yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan 458 ta tanlovda "Davlat xaridlari to'g'risida"gi va "Raqobat to'g'risida"gi qonunlarning talablari buzilishiga yo'l qo'yilganligi aniqlanib, korrupsiyaga oid huquqbuzarlarliklarning sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan 446 ta taqdimnoma kiritildi va 141 mlrd. so'mlik mablag'larning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi.
"Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosini o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi hamda hududiy bo'linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyati, xususan, tizimda byudjet mablag'laridan foydalanish va qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo'yicha o'rganishlar o'tkazilib, sohada korrupsiyaviy omil va xavflarni bartaraf etish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Qurilish sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirishda "Shaffof qurilish" Milliy axborot tizimi ishlab chiqilib, respublikaning barcha hududlarida real vaqt rejimida to'liq ishga tushirildi.
Joriy yilning 10 oyida Agentlik tomonidan buyurtmachilarga aniqlangan jami 356,8 mlrd. so'mlik qonunbuzilishlarni bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlarga yo'l qo'ymaslik haqida 121 ta taqdimnomalar kiritilgan. Mazkur 121 ta taqdimnomalardan 77 tasi masofaviy monitoringlar natijalari yuzasidan, 29 tasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'rganish natijalari yuzasidan, 8 tasi ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan materillarni o'rganish natijalari yuzasidan, 7 tasi hududlarda o'tkazilgan o'rganishlar natijalari yuzasidan kiritilgan. Jami ko'rib chiqilgan 116 ta taqdimnomalardan 110 tasi qanoatlantirilib, 314,7 mlrd. so'mlik xarid natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan11.
Davlat xaridi jarayoni o'tkazilishining barcha bosqichlarida nazorat bilan bog'liq ko'plab muammolar mavjud: byudjet tashkiloti tomonidan sotib olinadigan mahsulotga asosli bo'lmagan talablarni belgilash; yetkazib beruvchiga nisbatan asossiz talablar qo'yish, ulardan ortiqcha litsenziya yoki kadrlarining malakasi bo'yicha qat'iy talablarga javob berishini so'rash; narxni noto'g'ri belgilanishi; noto'g'ri lot raqami shakllantirish; ish va xizmatlarni bajarish yuzasidan nomuvofiq muddat belgilash; byudjet tashkilotida mavjud xarid komissiyasining yetkazib beruvchilar malakasini noto'g'ri baholashi va boshqalar.
Davlat xaridi jarayonida inson omili ishtirok etishini imkon darajasida cheklanishi va raqamlashtirilgan tarzda tanlov jarayonlari amalga oshirilsa hamda buning uchun xarid jarayonidagi ishtirokchilar yaratilgan platformaga o'z ma'lumotlarini to'g'ri va aniq kiritishsa mavjud muammolar sezilarli darajada bartaraf etilgan bo'lardi. O'zaro kelishib olingan holda buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan byudjet mablag'larini isrof qilinishi holatlariga esa qonunchilikda qat'iy jazo belgilash, ularning faqat jarima to'lovlari bilan qutulib qolishlari tartibini o'zgartirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, byujdet tashkilotlarida faoliyat davomida bir qancha organlar tomonidan doimiy ravishda tekshiruvlar olib borilishi byudjet tashkiloti faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini inobatga olib, byudjet tashkiloti faoliyati bo'yicha nazorat turlarini kamaytirish va muvofiqlashtirish o'rinli deb hisoblaymiz.
Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag'larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini ushbu
11 https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/11/24/davlat-xaridlarini-amalga-oshirishda-yol-qoyilgan-qonunbuzilishi-holatlari-yuzasidan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko'zlaydi. Davlat va mahalliy organlar xaridining samarasi amaldagi qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi organlar faoliyatining samarasi hamda xaridni amalga oshiruvchi xodimlarning professionallik darajasi kabi omillarga bevosita bog'liq.
Davlat xaridlari va tender shartnomalari bo'yicha audit tekshiruvlarini o'tkazishining xorijiy tajribasi, xususan, AQSH, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o'rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishda qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida bir necha xorijiy mamlakatlarning davlat xaridi jarayonidagi o'ziga xos xususiyatlarni ko'rib chiqamiz.
4-jadval
Xorijiy mamlakatlarda davlat xaridi va xarid yuzasidan audit tekshiruvi o'tkazilishining o'ziga xos xususiyatlari12
Mamlakat nomi Davlat xaridi jarayonidagi o'ziga xosligi Xarid jarayoni Davlat xaridi audit tekshiruvi o'tkazilishining o'ziga xosligi
AQSH Uzoq tarixiy shakllanish bosqichlariga ega va dunyodagi eng samarali Davlat xaridi tizimlaridan biridir 5 boshqichda: rejalashtirish, buyurtma joylashtirish, saralash va shartnomalar tuzish, nazorat, natijalarni baholash Byudjetning har bir darajasida mustaqil davlat xaridi auditi amalga oshirilishi mumkin. Ichki audit butun xarid jarayonida: xarid amalga oshirilishidan avval va keyin amalga oshiriladi.13
Buyuk Britaniya G'aznachilik -xarajatlarni tasdiqlash va xarid j arayonini boshqaruvini amalga oshiruvchi vakolatli organ 3 bosqichda: rejalashtirish, buyurtmalarni joylashtirish hamda ijro Davlat xaridining 90% dan ortiq qismi mudofaa uchun sarflanadi. Shuning uchun Mudofaa vazirligida shartnomalarni tekshirish uchun maxsus audit agentligi tashkil etilgan14
Avstraliya "Samarali mablag'lar sarfi" avstraliyacha metodi ishlab chiqilgan. Ularda shartnomalar ijrosi nazorati zaif Taklif qilingan mahsulot qiymati va yakuniy qiymatni solishtirish yo'li bilan xarid konsepsiyasi tashkil etilgan Davlat xaridlari bo'yicha vakolatlar va j avobgarlik davlat vazirlik va tashkilotlari rahbarlariga yuklatilgan va nazoratni ular amalga oshiradi
Kanada "Optimal qiymat" -narx, texnik foyda va tovar sifati birikuvidan iborat konsepsiya ishlab chiqilgan Mamlakatda ishlab chiqarish va hududlar rivojiga muhim ahamiyat qaratiladi, milliy maqsadlar "Kanada yillik xaridi strategiyasi" orqali Hukumat davlat xaridi nazorati o'tkazilishida muhim organ va u doimiy ravishda audit tekshiruvlarini o'tkazadi
12 "Вестник науки и образование" №16(52). Часть. 1 2018 va internet ma'lumotlari asosida muallif tomonidan qiyosiy jadval tuzildi
13 https://auditfin.com/fin/2016/2/fin 2016 21 rus 08 10.pdf
14 https://www.elibrary.ru/download/elibrary 46319914 44478890.pdf_
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
amalga oshiriladi.
Belgiya Davlat xaridi to'g'risidagi bildirishnoma xarid to'g'risidagi e'lon berilishidan 2-11 oy oldinroq yetkazib beruvchilarga xaridda ishtirok etish uchun axborot sifatida taqdim etilishi joriy etilgan. 5 bosqichda: xarid to'g'risida qaror qabul qilinadi, xarajatlar smetasi hisob-kitobi, tahlil, hujjatlar ko'rib chiqilishi, to'lov nazorati Davlat qonunchiligida xarid faoliyatining barcha bosqichlaridagi xarajatlar nazoratiga alohida e'tibor beriladi
Xorijiy mamlakatlarda byudjet mablag'lari sarflanishining samarali yo'lga qo'yilganligi ularning sezilarli amaliy tajribasi bilan ifodalanadi. Byudjet mablag'larining asosiy xarajatlari turkumida davlat xaridlari o'ziga xos o'ringa ega. Xaridni tashkil etish bo'yicha jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, tovarlar va xizmatlarni yirik hajmda xarid etishning eng samarali shakli bu ochiq tanlovlar (tender) o'tkazishdir. Ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat xaridini tashkil etish asosida tender savdolari turadi.
Xulosa
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender savdolari asosida tuzilgan shartnomalar bo'yicha audit tekshiruvlarini o'tkazishning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini tadqiq etish natijalariga asoslanib qator xulosalar shakllantirildi. Shulardan asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag'larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini ushbu sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko'zlaydi. Davlat xaridlari sohasidagi monitoring davlat xaridlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlat xaridlarining ushbu Qonunda belgilangan maqsadlari, prinsiplari va cheklovlari amalga oshirilishini davlat xaridlarining o'tkazilishi haqidagi axborotni to'plash, umumlashtirish, tizimlashtirish va baholash vositasida doimiy asosda amalga oshiriladigan kuzatish tizimidan iborat bo'ladi.
2. O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini to'liq joriy qilish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart -sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan qator choralar amalga oshirib kelinmoqda. Davlat xaridi bevosita byudjet mablag'lari sarfi bilan amalga oshirilar ekan, uning samaradorligi ta'minlanishiga katta ahamiyat qaratilishi zarur bo'ladi.
3. Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSH, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o'rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimizning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat xaridi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishda qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekistonda davlat xaridlaridagi korrupsiyaga qarshi kurash samarasini oshirish uchun quyidagi takliflar o'rinli deb hisoblaymiz:
1. Barcha davlat xaridlarini o'tkazish uchun data-skrining imkoniyatiga ega bo'lgan yagona portal yaratish va amaliyotda yo'lga qo'yish. Taklif qilinayotdan data-skrining davlat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
dasturida nazarda tutilgan davlat xaridlaridagi manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatl ar, narxlar keskin tushib ketishi, arizalarni rad etish, narxlarni arzimagan 0-1% gacha pasayishi kabi korrupsiyaning yashirin belgilari asosida shubhali tenderlarni tezda aniqlash imkonini beradi.
2. Davlat xaridi jarayonida inson omili ishtirok etishini imkon darajasida cheklanishi va raqamlashtirilgan tarzda tanlov jarayonlari amalga oshirilishi. Xarid komissiyasi tanlov o'tkazilishi jarayonida korrupsion sxemalarni yuzaga keltirayotganligi holatlarini oldini olish uchun tanlov g'olibini aniqlash uchun maxsus tartib yaratib, jarayonni raqamlashtirilishi zarur. Buning uchun xarid jarayonidagi ishtirokchilar yaratilgan platformaga o'z ma'lumotlarini to'g'ri va aniq kiritishsa mavjud muammolar sezilarli darajada bartaraf etilgan bo'lardi.
3. Javobgarlikni kuchaytirish. Davlat xaridlari jarayonida qonunbuzilish holatlari kuzatilsa amaliyotda ko'pincha ma'muriy javobgarlikka tortish chorasi ko'riladi. Agarda davlat xaridlaridagi protsessual qoidalarni qo'pol yoki takroran buzilishi kuzatilsa, jinoiy javobgarl ikka tortish uchun yetarli asos bo'lishi kerak. Bu davlat xaridi ishtirokchilarining mas'uliyatini oshiradi va byudjet mablag'laridan oqilona foydalanilishiga erishiladi.
4. Byujdet tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishning muvofiqlashtirilishi. Byudjet tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan moliyalashtirilganligi tufayli doimiy nazorat obyekti bo'lib hisoblanishi unga ko'plab cheklovlarni o'rnatadi va belgilangan vazifalar to'liq ado etilmaydi. Shu sababdan byudjet tashkilotlarida ichki audit va ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish tashqi nazoratga ehtiyoj qoldirmaydi, shuningdek, bu amaliy chora davlat rivojiga ham o'z hissasini qo'shadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to'g'risida"gi O'RQ-684-son qonuni, 22.04.2021
2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining "Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Adliya vazirligi tomonidan 3299-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan buyrug'i, 07.05.2021
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 29.12.2020
4. O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing, 26.01.2022
5. Davlat xaridlarini amalga oshirishda yo'l qo'yilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan axborot https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/11/24/davlat-xaridlarini-amalga-oshirishda-yol-qoyilgan-qonunbuzilishi-holatlari-yuzasidan
6. Авдюшкина Т.В. Цели и назначение внутренного аудита механизма государственных закупок. Вестник Московского университета имени С.Ю.Витте. Серия 1. Экономика и управление №4 (27)э 2018.
7. Винокурцева Е.А. Опыт зарубежных стран в осуществлении закупок товаров, работ, услуг: аналитический обзор / Экономика, управление, финансы. Материалы Х Международной научной конференции. ООО «Издательство Молодой ученый», 2019 стр 9-17.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
8. Gofurov D.B. O'zbekistonda davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020.
9. To'rayev A.N. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020
10. Turabov S.A. Byudjet tashkilotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi moliyaviy munosabatlarini takomillashtirish yo'llari. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2021
11. "Вестник науки и образование" №16(52). Часть.1 2018
12. https://ach.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi rasmiy veb sahifasi
13. https://anticorruption.uz - O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy veb sahifasi
14. https://xarid.uzex.uz - Davlat xaridlari elektron tizimi rasmiy veb sahifasi