Научная статья на тему 'BYUDJET TASHKILOTLARI ICHKI AUDITORLARINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA BURCHLARI'

BYUDJET TASHKILOTLARI ICHKI AUDITORLARINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA BURCHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
623
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
byudjet tashkiloti / davlat byudjeti / ichki audit / ichki audit xizmati / ichki auditorni sertifikatlash / ichki auditning xalqaro standartlari. / budget organization / internal audit / internal auditor certification / internal audit service / international standards of internal audit / state budget.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Kasimova, D. Xaydarova

Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki auditorning huquqlari, majburiyatlari va burchlari bo’yicha nazariy-uslubiy masalalar bayon qilingan. Ichki auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va burchlari tartibiga rioya qilish bilan bog’liq ichki audit jarayonida o’rganilishi lozim bo’lgan jihatlar keltirilgan. Byudjet tashkilotlarida ichki auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va burchlarini o’rni va rolini kuchaytirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RIGHTS AND OBLIGATIONS OF INTERNAL AUDITORS OF BUDGET ORGANIZATIONS

This article describes the rights, obligations and duties of the internal auditor in budget organizations in the form of theoretical and methodological issues. Aspects that should be studied during the internal audit process related to compliance with the procedure of rights, obligations and duties of internal auditors are given. Issues of strengthening the role and rights of internal auditors in budget organizations are covered.

Текст научной работы на тему «BYUDJET TASHKILOTLARI ICHKI AUDITORLARINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA BURCHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BYUDJET TASHKILOTLARI ICHKI AUDITORLARINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA BURCHLARI Kasimova Gulyar Axmatovna,

Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik" kafedrasi, professori, iqtisod fanlar

nomzodi

Xaydarova Durdona Shuxratjon qizi

Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va nazorati" yo'nalishi magistratura bosqichi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7446614

Annotatsiya. Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki auditorning huquqlari, majburiyatlari va burchlari bo'yicha nazariy-uslubiy masalalar bayon qilingan. Ichki auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va burchlari tartibiga rioya qilish bilan bog'liq ichki audit jarayonida o'rganilishi lozim bo'lgan jihatlar keltirilgan. Byudjet tashkilotlarida ichki auditorlarning huquqlari, majburiyatlari va burchlarini o'rni va rolini kuchaytirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: byudjet tashkiloti, davlat byudjeti, ichki audit, ichki audit xizmati, ichki auditorni sertifikatlash, ichki auditning xalqaro standartlari.

ПРАВА И ОБЯЗАННОСТИ ВНУТРЕННИХ АУДИТОРОВ БЮДЖЕТНЫХ

ОРГАНИЗАЦИЙ

Аннотация. В данной статье описаны права, обязанности и обязанности внутреннего аудитора в бюджетных организациях в виде теоретических и методологических вопросов. Приведены аспекты, которые следует изучить в процессе внутреннего аудита, связанные с соблюдением порядка соблюдения прав, обязанностей и обязанностей внутренних аудиторов. Освещены вопросы усиления роли и прав внутренних аудиторов в бюджетных организациях.

Ключевые слова: бюджетная организация, внутренний аудит, государственный бюджет, международные стандарты внутреннего аудита, сертификация внутренних аудиторов, служба внутреннего аудита.

RIGHTS AND OBLIGATIONS OF INTERNAL AUDITORS OF BUDGET

ORGANIZATIONS

Abstract. This article describes the rights, obligations and duties of the internal auditor in budget organizations in the form of theoretical and methodological issues. Aspects that should be studied during the internal audit process related to compliance with the procedure of rights, obligations and duties of internal auditors are given. Issues of strengthening the role and rights of internal auditors in budget organizations are covered.

Keywords: budget organization, internal audit, internal auditor certification, internal audit service, international standards of internal audit, state budget.

Kirish.

Iqtisodiyotning rivojlanishi va aholi farovonligini ta'minlashda faqat xususiy sektorni emas, balki byudjet tashkilotlari ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, mamlakat iqtisodiyotini muhim qismini tashkil etadigan byudjet mablag'larining oqilona va rejali sarflanishi yuzasidan byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil qilish nomuvofiqliklarni va maqsadsiz xarajatlarni qisqartirishiga yordam beradi. Byudjet tashkilotlarida ichki audit to'g'risida so'z yuritishdan oldin «audit»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

so'zining lug'aviy ma'nosini keltirib o'tsak. Umuman olganda, audit atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma'noni anglatadi.

Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati - tashkilotning faoliyatini me'yoriy hujjatlar asosida ichki hujjatlami to'liqligi, qonunga muvofiqligi, tuzilgan hisobotlarning ishonchliligini nazorat qiluvchi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, byudjet mablag'larini samarali ishlatilishini baholash va uni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beruvchi hamda byudjet jarayonini shaffofligini yanada oshirishni ta'minlovchi faoliyatdir.

Xalqaro amaliyotda ichki auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish uslubiyotini va ichki auditning xalqaro standartlarini takomillashtirish hamda rivojlantirish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ichki audit xizmati faoliyatida ichki auditning xalqaro standartlaridan foydalanish xususiyatlari, belgilangan talablarga rioya qilish hamda respublikamizda amaliyotga joriy etishning afzalliklari o'rganilgan. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasi va sohadagi ilmiy yutuqlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda ichki audit faoliyatini muvofiqlashtiruvchi me'yoriy hujjatlarni xalqaro talablarga uyg'unlashtirish, ichki audit institutining faoliyat samaradorligini oshirish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va investorlarni jalb etishda ichki audit xizmatining biznes risklarini pasaytirishga qaratilgan mavqeini oshirish muhim omil hisoblanadi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar ichki auditning nazariy va huquqiy asoslari, ichki audit xizmatini tashkil etish mexanizmlarini xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirish hamda ichki audit samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida «xalqaro tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish» muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishini ta'minlash ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy tizimni xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida ichki auditni tashkil etish va uni takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.

Adabiyotlar tahlili

Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish bo'yicha hozirgi kunda ko'plab izlanishlar olib borilmoqda, ammo hali bu izlanish oxiriga yetmaganligi hamda bizning mamlakatimiz O'zbekiston Respublikasida bu tizim yangi bo'lganligi tufayli hali qaror va qonunlar to'liqligicha joriy etilmagan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarorida ichki auditning asosiy prinsiplari, vazifalari, sertifikatlash tizimi va boshqalar ko'rib chiqilgan.

Mahalliy iqtisodchi olimlardan A.To'rayev o'z ilmiy izlanishlarida "ichki audit xizmati natijalaridan tashqi auditorlarning foydalanishi auditorlik tekshiruvi uchun sarflanadigan vaqt sarfini kamaytirish orqali auditorlik tashkilotida mehnat resurslariga bo'lgan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, auditorlik dalillarining yetarliligi tamoyili asosida qo'shimcha dalillar olish imkonini beradi" deb ta'kidlagan.

Tadqiqot usullari

Maqolada byudjet tashkilotlari ichki auditorlarining huquqlari, majburiyatlari va burchlari bo'yicha aniqroq tahlil olib borilgan. Byudjet tashkilotlarida joriy qarorlar o'rganib chiqilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tahlil va natijalar

Jahon amaliyotida ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ichki auditorlar Instituti (The Institute of Internal Auditors, IIA) tomonidan amalga oshiriladi hamda ushbu xalqaro tashkilot «170 dan ortiq davlatlarning 185 mingdan ortiq a'zolarini o'z ichiga birlashtiradi». Iqtisodiyotning chuqur integratsiyalashuvi va globallashuvi xalqaro amaliyotda ichki auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni talab etmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ichki auditning korporativ boshqaruvdagi rolining ortib borishi natijasida alohida tuzilma sifatida shakllanishi jahon amaliyotida ichki audit biznesni himoya qilish, risklarni minimallashtirish va komplaens nazoratni amalga oshirishning muhim vositasi sifatida qo'llanilmoqda.

Ichki audit xizmati xodimlarining huquqlari:

• tashkilotlar, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari rahbarlaridan ichki audit ob'ektlari ro'yxatini shakllantirish bilan bog'liq masalalar bo'yicha hujjatlar (oldingi o'tkazilgan tekshirish yoki o'rganish materiallari), ma'lumotlar, shu jumladan elektron shaklda, og'zaki va yozma tushuntirishlar so'rash va olish;

• ichki audit ob'ektlarining elektron ma'lumotlar bazasi va axborot resurslaridan o'zgartirish kiritish huquqisiz foydalanish;

• o'z vakolati doirasida ichki audit ob'ektining mansabdor va mas'ul shaxslaridan ichki audit tekshiruvini o'tkazishda yuzaga kelayotgan savollar bo'yicha tushuntirish olish hamda tekshiruv natijalari bo'yicha hujjatlarni imzolashni so'rash va olish;

• vazirlik va idoralar rahbarlari ruxsati bilan davlat moliyaviy nazorat organlari bilan ma'lumot almashish;

• ichki audit tekshiruvini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni ko'rib chiqish uchun davlat va xo'jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;

• tashkilotlarda xarajatlarini rejalashtirish, mablag'lardan samarali foydalanish, byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda ularni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim qilish.

Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari:

• ichki audit tekshiruvini qonun hujjatlariga hamda talablariga mos ravishda o'tkazish;

• doimiy o'z malakasini oshirib borish;

• vakolatli organning tavsiyalari bajarilishini tizimli ravishda monitoringini amalga oshirish;

• o'ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli bajarish;

• ichki audit tekshiruvi natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to'liqligini ta'minlash;

• davlat sirlarining hamda ichki audit ob'ektlarining qonun bilan muhofazalanadigan manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash;

• ichki auditorlik tekshiruvlari natijasida nazorat ob'ekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda vazirlik va idora rahbarini xabardor qilish;

• ichki audit tekshiruvini o'tkazish vaqtida so'ralgan hujjat va mat eriallarni ichki audit ob'ekti mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik holatlari bo'yicha ma'lumotnomalar tuzish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• ichki audit ob'ekti mansabdor va mas'ul shaxslarining tushuntirishlar berish va ichki audit natijalari bo'yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari to'g'risida ma'lumotnomani tuzish;

• ichki audit tekshiruvi bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarga asoslangan holda o'tkazilgan monitoring, tahlil va ichki audit tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish;

• taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ularga ma'lum bo'lgan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;

• olingan hujjatlarning but saqlanishi va qaytarilishini ta'minlash;

• aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan maqsadsiz

• va noqonuniy xarajatlarni, pul mablag'lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, ichki audit ob'ekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan ichki audit ob'ekti rahbariyatiga tegishli tavsiyalar kiritish.

Ushbu huquqlardan foydalanish uchun ichki auditor «ichki auditor sertifikati»ga ega bo'lishi lozim. Ichki auditorlarni ish sifatini oshirishda ichki auditorlarini malakasini oshirish va sertifikatlashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. "Byudjet tashkilotlarida ichki auditni sertifikatlash to'g'risida"gi Nizom ichki auditorni sertifikatlashtirish tizimini tartibga soladi.

Respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit xizmatining xodimlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyruqlari bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Respublika darajasidagi ichki audit xizmati boshlig'i ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat ko'rsatish shart-sharoitlari bo'yicha vazirlikning boshqarma boshliqlariga, hududlar da rajasidagi ichki audit xizmati boshliqlari esa hududiy boshqarma bo'lim boshliqlariga tenglashtiriladi.

Respublika va hududlar darajasidagi ichki audit xizmati hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik ta'minoti vazirlik yoki idora tomonidan amalga oshiriladi.

Respublika darajasidagi ichki audit xizmati boshlig'i ichki audit xizmatiga yuklatilgan funksiya va vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi. Respublika va hududlar darajasidagi ichki audit xizmatlari o'z ishlarini tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja asosida amalga oshiradi. Respublika va hududlar darajasidagi ichki audit xizmatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda rejadan tashqari ichki audit tekshiruvini amalga oshirishi mumkin.

Xulosa.

Mamlakatimizda byudjet muassasalarining ichki auditiga yetarlicha e'tibor berilmayapti. Biroq, ichki audit asta-sekin rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda ichki audit sohasida ilmiy va amaliy yutuqlar yetarli emas.

Qonunchilik tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi paytda ichki audit va moliyaviy nazoratni shakllantirishning normativ-huquqiy muammolari to'liqligicha o'rganilmagan, shuningdek ichki boshqaruvni shakllantirish muammolarini yechimini topish va tadbirlar va amaliyotlarning ro'yxatini aniqlab olish lozim.

Jumladan, birinchi navbatda budjet jarayonining ichki va tashqi moliyaviy nazoratning funksiya va vazifalarining aniq farqlarini belgilab beruvchi «Moliyaviy nazorat to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish kerak. Bundan tashqari, davlat moliyaviy nazorati va ichki audit funksiyalari o'rtasidagi farqlarni aniq belgilab olish uchun O'zbekiston

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Respublikasi «Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati to'g'risida»gi qonunini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining moliyaviy nazorat va byudjet qonunchiligining tegishli moddalariga ichki audit xizmati faoliyati bilan bog'liq o'zgartirishlarni kiritish zarur.

Ichki audit xizmati faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini tashkil qilish bilan bog'liq muammolari chuqur izlanishlar va xalqaro tajriba asosida bartaraf etilishi kerak. Ichki audit xizmati faoliyatining normativ-huquqiy muammolaridan tashqari uning faoliyatini tashkil etish va o'tkazish borasida ham juda ko'p muammolarga duch kelamiz. Jumladan, bugungi kunda ichki auditorlar mustaqilligini ta'minlanmaganligi va ular ish sifatini oshiruvchi yetarli darajadagi muhit yaratib berilmaganligi dolzarb muammolardan biridir. Davlat tashkilotlari faoliyatini xususiy korxonalardan kam bo'lmagan holda muvofiqlashtirilishi va qonun hujjatlariga rioya etilishini doimiy nazorat qilinishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sonli «20192021 yillarda O'zbekiston Respublikakini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoniga 1-ilova. (QHMMB, 22.09.2018 y., 06/18/5544/1951-son; 08.03.2019 y., 06/19/5687/2723-son).

2. To'rayev A.N. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020

3. https://na.theiia.org/membership/Pages/Membership.aspx

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 280-son qarori 05.05.2021.

5. "Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi" kafedrasi "Byudjet tashkilotlarida ichki audit" UMK toshkent - 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.