Научная статья на тему 'BANK KAFOLATI MAJBURIYATLARNI TAʼMINLASHNING MOLIYAVIY HUQUQIY VOSITASI'

BANK KAFOLATI MAJBURIYATLARNI TAʼMINLASHNING MOLIYAVIY HUQUQIY VOSITASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
213
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank / kafolat / prinsipial / benefitsiar / kafil / majburiyat / vosita / texnologiya. / bank / guarantee / principal / beneficiary / guarantor / obligation / tool / technology.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Aliyev, Zuxriddin Soyibnazarovich

Mamlakatimizda shakllanayotgan bozor munosabatlari tobora kengayib borayotgan paytda, ularning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samarali va moslashuvchan tizimini yaratish zarurati yuzaga keldi. Ana shunday chora-tadbirlardan biri bank kafolati institutini yaratish va yanada rivojlantirish hisoblanadi. Bank kafolati tushunchasi va uni amaliyotga joriy qilishning zaruriyati, tarixi va majburiyatlarni taʼminlashning moliyaviy huquqiy vositasi sifatida baʼzi maʼlumotlar quyida koʻrib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BANK GUARANTEE A FINANCIAL LEGAL INSTRUMENT OF SECURING OBLIGATIONS

At the time when the market relations that are being formed in our country are expanding more and more, taking into account their uniqueness, it is necessary to create an effective and flexible system of implemented in accordance with the legislation. One of such measures is the creation and further development of the Bank Guarantee Institute. The concept of bank guarantee and the need for its implementation, history and some information as a financial legal instrument to secure obligations are discussed below.

Текст научной работы на тему «BANK KAFOLATI MAJBURIYATLARNI TAʼMINLASHNING MOLIYAVIY HUQUQIY VOSITASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

BANK KAFOLATI - MAJBURIYATLARNI TA'MINLASHNING

MOLIYAVIY HUQUQIY VOSITASI

Zuxriddin Aliyev Soyibnazarovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti,

"Hamkorbank" ATB Kreditlash va anderrayting departamenti

direktori o'rinbosari; z.aliyev@hamkorbank.uz

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda shakllanayotgan bozor munosabatlari tobora kengayib borayotgan paytda, ularning o'ziga xosligini hisobga olgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samarali va moslashuvchan tizimini yaratish zarurati yuzaga keldi. Ana shunday chora-tadbirlardan biri bank kafolati institutini yaratish va yanada rivojlantirish hisoblanadi. Bank kafolati tushunchasi va uni amaliyotga joriy qilishning zaruriyati, tarixi va majburiyatlarni ta'minlashning moliyaviy huquqiy vositasi sifatida ba'zi ma'lumotlar quyida ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: bank, kafolat, prinsipial, benefitsiar, kafil, majburiyat, vosita, texnologiya.

В то время, когда формирующиеся в нашей стране рыночные отношения все больше расширяются, учитывая их уникалность, необходимо создать эффективную и гибкую систему мер, реализуемых в соответствии с законодательством. Одной из таких мер является создание и дальнейшее развитие института банковской гарантии и необходимость ее реализации, история и некоторые сведения как финансово-правового инструмента обеспечения обязательстврасматриваются ниже.

Ключевые слова: банк, гарантия, принципиал, бенефициар, гарант, обязательство, инструмент, технология.

At the time when the market relations that are being formed in our country are expanding more and more, taking into account their uniqueness, it is necessary to create an effective and flexible system of implemented in accordance with the legislation. One of such measures is the creation and further development of the Bank Guarantee Institute. The concept of bank guarantee and the need for its implementation, history and some information as a financial legal instrument to secure obligations are discussed below.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Keywords: bank, guarantee, principal, beneficiary, guarantor, obligation, tool, technology.

Jahon amaliyotida bank kafolati majburiyatning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida juda keng tushuncha bo'lib, nafaqat bank tomonidan berilishi mumkin. U qonunimizdagi bank kafolatiga xos xususiyatlarni ham, kreditorlar talablarining bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini ham birlashtirishi mumkin.

Bank kafolati-bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko'ra kafil o'z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to'lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to'lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat hisoblanadi.

prinsipal - bankka o'zining uchinchi shaxs (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida kafolat berish to'g'risida ariza bilan murojaat qilgan shaxs;

benefitsiar - prinsipalning majburiyati bo'yicha kafolatni qabul qiluvchi kreditor;

kafolat beruvchi (kafil) Bank - o'z mijozi (prinsipal)ning yozma arizasiga ko'ra, prinsipal benefitsiar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafolatga muvofiq ushbu majburiyatlarning bajarilishini o'z zimmasiga oluvchi bank.

Kafolat prinsipal (mijoz)ning benefitsiar oldidagi o'z majburiyatini (asosiy majburiyatini) lozim darajada bajarilishini ta'minlaydi. Kafolat mijozning yozma (yoki elektron) arizasiga asosan, uning moliyaviy holati tahlilidan kelib chiqqan holda, bankning Kredit siyosatiga muvofiq, belgilangan ta'minot asosida benefitsiar foydasiga yozma tarzda beriladi. Bank kafolati subyekti faqat bank, boshqa kredit muassasasi va sug'urta tashkiloti bo'lishi mumkin. Bank kafolatida benefitsiarni ko'rsatish majburiy emas. Bunday ko'rsatma mavjud bo'lmagan taqdirda, kafolat bo'yicha majburiyat dastlabki bank kafolatini taqdim etgan kreditor (benefitsiar) foydasiga bajarilishi kerak. Majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida bank kafolatiga bo'lgan talab yil sayin ortib bormoqda va bu tasodif emas, chunki bank kafolati to'g'ri qo'llanilganda ham prinsipial, ham benefitsiarning manfaatlarini himoya qila oladigan vositadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Rossiyalik olim Vladimir Aleksandrovich Klimenteevning "Bank kafolati tarixining ba'zi savollari" ilmiy ishidagi ma'lumotlardan foydalangan xolda, keling, bank kafolatining vujudga kelish tarixi va zaruriyatiga murojaat qilaylik. Yevropa yuridik amaliyotida, ayniqsa, ingliz huquq tizimi mamlakatlarida, kafolatni asosiy

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

majburiyat deb hisoblagan holda, "kafolat" va "kafolat xati" tushunchalarini farqlaydi. Kafolat bu asosiy shartnomaning bajarilishini ta'minlash uchun ma'lum miqdorda pul to'lash va o'z o'rnida kafolat xati - ikkinchi darajali majburiyat sifatida namoyon

Kafolat dastlab xalqaro huquqiy institut sifatida shakllangan. U birinchi marta aynan xalqaro moliya-kredit munosabatlari sohasida qo'llanila boshlangan. Bu nisbatan yangi huquqiy hujjatdir. Xalqaro sudlar amaliyoti shuni ko'rsatadiki, uning paydo bo'lishi XX asrning 60 yillariga to'g'ri keladi. XX asrning 60-70 yillari xalqaro savdoning jadal rivojlanishi bilan bog'liq. Xalqaro savdolarda qatnashish ishtirokchilar uchun mahalliy savdolarga nisbatan ancha xavfliroq hisoblanadi. Ishbilarmonlar notanish va ba'zan tushunarsiz huquqiy tizimlar, xalqaro va milliy qonunlarni qo'llashda qiyinchiliklar, oldindan aytib bo'lmaydigan siyosiy vaziyatlar va nihoyat, hududiy tarqoqlikka duch kelishadi. Majburiyatlarni bajarmaslik xavfi keskin ortadi. Savdoda barter operatsiyalari hajmining ortishi, bitimlar qiymatini oshishi, pul aylanmasi tezligini tobora aniq bo'lgan samaradorlik manbaiga aylantirishning umumiy tendensiyasi bitimlarning bajarilishini kechiktirish yoki bajarmaslik oqibatlarini keltirib chiqaradi. Moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarish uchun maxsus o'ta ishonchli kafolatlarning yo'qligi ishlab chiqarish va savdoni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi.

Yevropada bank kafolati instrument sifatida aynan ikkinchi jahon urushidan keyin majburiyatlarni ta'minlashning amaldagi odatiy usullari moliya va kredit bozori manfaatlariga xizmat qila olmaganligi sababli vujudga keldi. Huquqiy ta'sir va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar nuqtai nazaridan Yevropa huquqshunoslari bank kafolatining kafillik shartnomasi va qisman sug'urta shartnomasi bilan o'xshashligini bir necha bor ta'kidlab o'tishgan. Agar biz tafsilotlarni e'tiborsiz qoldirsak, akkreditiv bilan xam o'xshashlikni ko'rishimiz mumkin. Ko'pgina mualliflar ushbu huquqiy munosabatlarni o'rganib shunday xulosaga kelishgan. Bunday o'xshashlik tasodifiy emas.

Bank kafolati tijorat amaliyotida nisbatan yaqinda foydalana boshlangan. Yuqorida ta'kidlanganidek, birinchi marta bank kafolati 1960 yillarning o'rtalarida AQSHda tijorat muomalasida paydo bo'ldi. XX asr, undan keyin 70 yillarning boshidan bankirlar uni xalqaro munosabatlarning kengayishi va xalqaro to'lovlar soni va miqdorining ko'payishi munosabati bilan tezda biznes muomalasiga kiritdilar. Bank kafolatini amaliyotga joriy qilishning yana bir zaruriyatining paydo bo'lishiga, o'sha yillardagi "neft inqirozi" turtki bo'ldi. Buning natijasida Yaqin Sharqning neft qazib oluvchi davlatlari infratuzilmani (yo'llar, dengiz portlari, aeroportlar) rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, jamoat qurilishlarini (uylar, shifoxonalar, aloqa)

bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

amalga oshirish uchun davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida G'arb firmalari bilan yirik shartnomalar tuza boshladilar.

Mustaqil yuridik institut sifatida kafolat 2009 yilda yangi tahrirdagi "Talablar bo'yicha kafolatlarning yagona qoidalari" (Uniform Rules for Demand Guarantees, keyingi o'rinlarda — URDG 758) qabul qilinishi bilan yanada rivojlantirildi. Qoidalarni qayta ko'rib chiqishdan ko'zlangan asosiy maqsad xalqaro amaliyotda bank ishi sohasida ro'y bergan o'zgarishlarni aks ettirishdan iborat edi. "Talablar bo'yicha kafolatlarning yagona qoidalari" (URDG 758) 2010 yil 1 iyulda kuchga kirdi. Yangi qoidalarni ishlab chiquvchilar ularning vazifasi nafaqat allaqachon o'rnatilgan amaliyotni tartiblashtirish, balki eng yaxshi deb atalmish amaliyotni targ'ib qilishdan iborat deb hisoblashgan. Xalqaro Savdo Palatasining Bosh kotibi J. Rozvadovskiyning fikricha: «... URDG 758 yangi qoidalari talab bo'yicha kafolatlar uchun jahon standarti bo'lishga mo'ljallangan. Darhaqiqat, yangi qoidalar, ehtimol, evolyutsion emas, balki inqilobiydir».

Hozirgi vaqtda bank kafolati hamma joyda keng tarqalgan, jadal rivojlanayotgan moliyaviy-huquqiy vositadir. Jahon amaliyotida bank kafolati majburiyatning bajarilishini ta'minlash usuli sifatida juda keng tushuncha bo'lib, kreditorlar talablarining bajarilishini ta'minlashning usullarini birlashtirishi mumkin. Bugungi kunda bank kafolati shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishning jahon miqyosida tan olingan mexanizmlaridan biridir. Bunday mexanizm, ayniqsa, iqtisodiy faoliyatning kapital va resurslarni ko'p talab qiladigan segmentlarida talabga ega. Kreditor nuqtai nazaridan bank kafolati, nafaqat uning manfaatlarini hisobga olishga, balki rejalashtirilmagan yo'qotishlar ehtimolini istisno qilishga va da'vo bo'yicha murojaat qilmasdan deyarli darhol o'z zimmasiga olgan majburiyatlar buzilgan taqdirda kontragentga qo'yiladigan talablarni qondirishga imkon beradi. Darhaqiqat, hozirgi vaqtda bank kafolatlarini berish (kafolat operatsiyalarini amalga oshirish) kredit tashkilotlari faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu operatsiyalar bir xillik va ommaviy xarakterga ega ekanligini, ularning mavhumligining yuqori darajasini hisobga olgan holda ularni huquqiy tartibga solishni global birlashtirish zarurligi to'g'risidagi xulosa o'zini oqlaydi.

NATIJALAR

Keling bank kafolati yuzasidan bir qator yondoshuvlarni ko'rib chiqaylik.

Ilmiy adabiyotlarda bank kafolati va sug'urta o'rtasidagi munosabat kamroq, lekin bank kafolati va kredit o'rtasidagi munosabatlar keng ko'lamda o'rganilgan. Bank kafolatlari va sug'urtalashning qiyosiy tahliliga e'tiborning kuchayishi ushbu xizmatlar turlarining amalda ko'pincha bir-biri bilan raqobatlashishi bilan bog'liq. Bundan tashqari, ushbu raqobat ko'pincha qonunchilik darajasida mustahkamlangan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Bank kafolati va kreditni taqqoslash, qoida tariqasida, banklarda kredit va kafolat olish uchun arizalarni ko'rib chiqishning amaldagi tartibini tavsiflashga to'g'ri keladi.

Kuban davlat Universiteti huquq fakulteti o'qituvchisi D.A.Palin yuqoridagi mahsulotlarning nisbatlarini batafsilroq ko'rib chiqqan.

Professor P.Gudning fikricha, huquqiy nuqtai nazardan zaxira akkreditiv talab bo'yicha kafolat berishdan boshqa narsa emas, faqat boshqa nomga ega. Shu bilan birga, kafolatning amal qilish muddati prinsipal va kafil o'rtasidagi kelishuvga bog'liq emasligi haqida fikrlar bildirilgan. Bu qarash tarafdorlari, xususan, B. M. Gongalo va A. M. Erdelevskiylardir. "Prinsipial va kafil o'rtasida yozma kelishuvning yo'qligi kafilning benefitsiar oldidagi kafolat majburiyatlarini bekor qilmaydi".

Olimlar tomonidan himoyalangan yondashuv asosli va qonunga mos deb tan olinishi dargumon. Shuningdek, unda bank kafolatini berish to'g'risida yozma kelishuvning yo'qligi bank kafolatining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Ba'zi olimlar bank kafolatining asosiy belgisi sifatida mustaqillik tamoyilining ustuvorligini ta'kidlaydilar. Shunday qilib, yuridik fanlar doktori, professor V. V. Vitryanskiyning fikriga ko'ra, "...kafilning benefitsiar oldidagi bank kafolatida nazarda tutilgan majburiyati (va ular o'rtasidagi munosabatlarda) asosiy majburiyatga bog'liq emas.

Boshqa olimlar esa o'z qarashlarida kafolatning xavfsizlik xususiyatini hisobga olishni zarur deb hisoblaydilar. Shunday qilib, "...kafilning majburiyati asosiy majburiyatdan mutlaqo mustaqil bo'lishi mumkin emas...", degan fikr bildirilgan. Chunki kafolat bo'yicha pul miqdorini to'lash talabida benefitsiar asosiy majburiyatning nima uchun bajarilmaganligini ko'rsatishi kerak. Bu esa asosiy majburiyatdan iborat va shuning uchun kafil faqat asosiy majburiyatni bajarmagan taqdirdagina kafolat bo'yicha to'lovni amalga oshiradi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Sharbat Abdullaeva o'zining "Bank ishi" nomli kitobida "Bank kafolati va uning kreditlashdagi o'rni" ga aloxida urg'u berib, "Bankkreditor, qarz oluvchi va garant o'rtasidagi munosabatlarda eng muhim jihat - bu bank kafolatining kuchga kirish vaqtini aniqlash hisoblanadi. Odatda, bank kafolati berilganiga qarz oluvchi garantga bank xizmati to'laydi. Bu omil amaliyotda kafolatning kuchga kirishida ro'l o'ynashi mumkin.

Yana bir muxim jixat, banklar biznes jarayonlarini innovatsiya qilish va yaxshilash uchun blokcheyn texnologiyasi kabi ilg'or texnologiyalarni jalb qilmoqdalar. Bundan tashqari, yirik korxonalar banklar va boshqa moliya institutlarining ushbu ilg'or yechimlarini ishlab chiqishga e'tibor qaratmoqda. Kafolatlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish, ko'plab

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kompaniyalarning savdoni moliyalashtirish jarayonlarini muhim jihati bo'lib qoladi va kafolatlarni boshqarishni optimallashtiradigan yechimlarni izlash biz uchun qiziqarli bo'lishi mumkin.

Bir tomondan, yangi ilg'or texnologiyalar normalarini qo'llash, unga xos bo'lgan salohiyatni to'liq anglash va undan foydalanish uchun muxim hisoblanadi. Boshqa tomondan, tegishli huquqiy me'yorlarni qo'llash bo'yicha amaldagi amaliyotning dastlabki natijalarini umumlashtirish, bank kafolatlari muammolarini ilmiy ishlab chiqish, holatini baholash, bank kafolatlarini yanada rivojlantirish yo'llarini belgilash imkonini beradi.

Xalqaro huquqda moliyaviy va tijorat faoliyatini amalga oshirishda har doim tomonlardan biri ikkinchi tomon oldidagi majburiyatlarini bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish xavfi mavjud bo'ladi. Ushbu xavflar xalqaro darajada ham, milliy darajada ham mavjud. Barcha mamlakatlarda moliyaviy yo'qotishlardan himoya qilish uchun tegishli himoya sifatida bank maxsulotlaridan biri bank kafolati qo'llaniladi. Bunday kafolat kopxonalarning kredit layoqatini taxlil qilish usuli bo'lib, bitimga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga bu jarayonni va keng miqyosda savdoni sezilarli darajada rag'batlantiradi va natijada milliy bozorda va xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatini pivojlantiradi. Bank kafolatlarini tartibga soluvchi qoidalarni amalga oshirish ko'plab ijobiy natijalarga ega.

Bularga quyidagilarni misol qilish mumkin:

•joriy va potensial yetkazib beruvchilarga ularning moliyaviy majburiyatlarini bajara olishlari uchun kafolatlar berish imkonini beradi;

•banklar yirik moliya institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlanib, moliyaviy barqarorlikni shakllantiradi;

•xalqaro miqyosda foydalanish mumkin bo'ladi;

•korxonalarning moliyaviy barqarorligi va kreditga layoqatliligini baholashning ishonchli vositasi sifatida ishlaydi;

•bitim o'z vaqtida va kelishilgan narxda bajarilishini ta'minlash orqali har ikki tomon uchun xavfni kamaytiradi.

Bank kafolati mahalliy amaliyotda nisbatan yaqinda mavjud bo'lganligi sababli, hozirgi vaqtda u ichki iqtisodiy muomalada to'g'ri taqsimlanmagan. Biroq, ushbu iqtisodiy va huquqiy vositaga bo'lgan ehtiyoj ob'ektiv ravishda mavjud bo'lib, u mamlakatda asta-sekin iqtisodiy o'sish bilan bog'liq rivojlanishi kerak.

MUHOKAMA

Keling bank kafolatini moliyaviy vosita sifatida va turlarga bo'lib ko'rib chiqamiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Kafolat milliy va xorijiy valyutada berilishi mumkin. Kafolat beruvchi (Bank) tomonidan prinsipal (mijoz)ga berilgan kafolat bo'yicha benefitsiar foydasiga kafolat summasi yoki uning ma'lum bir qismi to'lab berilgan hollarda, prinsipal (mijoz) tomonidan kafolat beruvchi (Bank)ga kafolatga asosan to'lab berilgan mablag' miqdorini qaytarilishi mablag' to'lab berilgan valyutada amalga oshiriladi. Kafolat bo'yicha benefitsiarga tegishli bo'lgan bankka talab qo'yish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, boshqa shaxsga o'tkazilishi mumkin emas. Bank tomonidan quyidagi shakllarda kafolatlar beriladi;

a) bo'nak to'lovini qaytarilishi kafolati - Prinsipal (mijoz) tomonidan benefitsiar bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida, benefitsiar tomonidan prinsipalga bo'nak sifatida o'tkazib berilgan mablag'larni bank tomonidan qaytarib to'lab berish majburiyati;

b) to'lovni amalga oshirilishi kafolati. Prinsipal (mijoz) va benefitsiar o'rtasida imzolangan shartnomaga asosan olingan mahsulot yoki xizmatlar uchun shartnomada belgilangan muddat va miqdorlarda to'lov amalga oshirilmagan hollarda, benefitsiar tomonidan berilgan to'lov talabnomasi va unga qo'shib shartnomaga asosan ilova qilinadigan hujjatlar (mahsulot yetkazib berilganligini yoki xizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar) taqdim qilingan taqdirda, ushbu to'lovlarni bank tomonidan to'lab berish majburiyati.

c) tender savdolari kafolati. Prinsipal (tender savdolari ishtirokchisi) tomonidan tender qoidalariga asosan belgilangan majburiyatlarini bajarmaslik oqibatida, kafolatda ko'rsatib o'tilgan mablag' miqdorini Bank tomonidan benefitsiar (buyurtmachi) foydasiga to'lab berish majburiyatidir.

Kafolatning muhim shartlari uning berilgan muddati va kafilning javobgarligi cheklangan pul miqdoridir. Kafolatda ushbu shartlarning yo'qligi kafolatning haqiqiy emasligiga olib keladi. Bank kafolati qaytariladigan asosda beriladi.

Ushbu jadvalda bank kafolati ishlash mexanizmi va ishtirokchi tomonlar o'rtasidagi munosabatlar keltirilgan.

shartnoma

Benefitsiar m

Ppinsipial

M

bank kafolati

Kafolat s hartnomasi

Kafil-bank

Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan berilgan bank kafolatlari dinamikasini xam ko'rib chiqamiz (1-jadval).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Ma'lumotdan ko'rinib turibdiki, 2023 yil 1 yanvar xolatiga jami tijorat banklari bank kafolati portfeli 10,3 trln.so'mni tashkil qilib, o'tgan yilga nisbatan 21,5% ga o'sgan. Pandemiya davrida barcha soxalarda bo'lgani kabi, bu ko'rsatkich xam o'tgan yillarga nisbatan kamaygan. 01.01.2022 yil xolatiga bank kafolati portfeli qoldig'i 8,5 trl.so'm bo'lib, 01.01.2021 yilga nisbatan 1,8 trln.so'mga kamaygan. Oxirgi besh yilda bank kafolati portfeli 60% ga ortgan. Bu bank tizimida yangi xizmat turlarini ko'payishi, tijorat banklari tomonidan bozorga, mijozga mos va jozibador bank maxsulotlarini taklif qilayotganidan dalolat desa, mubolag'a bo'lmaydi. Keling, bu o'zgarishlarni quyidagi dinamikadan bilib olaylik.

1.jadval

Mavjud raqobatdosh ustunliklarga qaramay, bank kafolati bir qator tarkibiy va funksional kamchiliklarga ega bo'lib, undan xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanishni sezilarli darajada murakkablashtiradi:

•bozorda paydo bo'lgan paytdan boshlab davlat tomonidan tartibga solishga sezilarli darajada bog'liqlik;

•potensial iste'molchilarni (prinsipiallarni) mahsulot haqida yetarli darajada xabardor emasligi;

•banklar - kafillar tomonidan prinsipiallarga nisbatan yuqori talablar; •kafolat bo'yicha davriy to'lovlarning yo'qligi, bu esa prinsipalni takroriy bir hil majburiyatlarni ta'minlash uchun qayta-qayta yangi kafolat olishga majbur qiladi;

XULOSA

Tijorat banklarida bank kafolati berish operatsiyasini rivojlantirishdagi bir qator muammolar mavjudligidan kelib chiqib, uni takomillashtirish bo'yicha bir nechta tavsiyalar beriladi.

Keling, ularni ayrimlarini sanab o'tamiz.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Bir tomondan, bank tizimi iqtisodiy tizimning bir qismi va moliya bozorining elementi bo'lib, bozor qonunlariga bo'ysunadi. Boshqa tomondan, uning faoliyati davlat tomonidan tartibga solishga yuqori darajada bog'liqligi bilan tavsiflanadi. Bozorga o'z mahsulotlari bilan kirish uchun potensial bank regulyator tomonidan belgilangan talablarga javob berishi kerak. Bundan tashqari, so'nggi yillardagi umumiy tendensiya - bu talablarning tobora kuchayib borayotgani. Bu omillarning barchasi bank kafolati tadqiqotchisidan iqtisodiy kategoriya sifatida bilishning umumiy ilmiy usullarini, iqtisodiy va turdosh fanlar metodlarini kompleks qo'llashni taqozo etadi.

Birinchidan, bunday sharoitda mustaqil kredit vositasi sifatida bank kafolatini har tomonlama nazariy tadqiq qilish ayniqsa dolzarb bo'lib ko'rinadi. Banklarning an'anaviy tarzda egallab turgan tarmoqlarida raqobatbardosh pozitsiyalarini mustahkamlash uchun istiqbolli raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion mahsulot va xizmatlar, shakl va usullarni izlash zarur. Jahon moliya bozorlarining globallashuvi sharoitida bank tizimi global moliya tizimining bir qismiga aylandi. Ushbu hodisaning yaqqol ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, bank tizimi o'zi tayyor bo'lmagan ancha katta miqdordagi risklarga duchor bo'la boshladi. Hozirgi sharoitda bank tizimini mustahkamlash, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish va bank xavfsizligini ta'minlash uchun nafaqat bank risklarini (shu jumladan, huquqiy tavakkalchilikni) huquqiy taptibga solishni kuchaytirish kerak, balki bank tavakkalchiligini ham ko'rib chiqish kerak. Ularni tahlil qilish va baholashga xalqaro huquqiy normalar asosida yondashuv talab etiladi. Bunda eng muhim rol kredit tashkilotlarining o'zlariga, ularning ichki hujjatlari va ular tomonidan ishlab chiqilgan tartiblarga yuklanadi. Xozirda banklar tomonidan o'z kredit siyosatlari talablaridan kelib chiqib, bank kafolati taqdim qilish bo'yicha o'z ichki meyoriy xujjatlarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq xisoblanadi.

Ikkinchidan, bank kafolatining mustaqil kompleks kredit vositasi sifatidagi ta'rifiga aniqlik kiritish, bu mahsulot miqdori va sifatini oshirish maqsadida iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida bank kafolatidan samarali kredit vositasi sifatida foydalanishni asoslash kerak bo'ladi. Buning uchun:

• bank mutaxassislarining umumiy iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirish;

• ommaviy axborot manbalarida, birinchi navbatda, banklar va boshqa kredit tashkilotlarining veb-saytlarida mahsulot haqidagi ma'lumotlarning miqdori va sifatini oshirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• huquqiy risklarni oldini olish uchun amaldagi qonunchilikni o'zgartirish kerak. Bank kafolatlari shakllarini umumiylashtirish, elektronlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash kerak.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

• Bundan tashqari xar bir tijorat banki bank kafolati bo'yicha o'z ichki me'yoriy xujjatlarini, na'munaviy bank kafolat shartnomalarini ishlab chiqishi va xizmat turini jozibadorligini oshirish uchun zamonaviy yondoshuvlarni joriy qilish kerak bo'ladi. Qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan kichik va o'rta biznes iqtisodiyotning real sektori korxonalariga o'z rivojlanishini davom ettirishga yordam beradigan imkoniyatlarni kafolat mexanizmini (korxonalarni aylanma mablag'ga bo'lgan extiyojni qondirish sxemasi) qo'llash orqali amalga oshirish mumkin bo'ladi.

• Bozorda bank mijozi bilan o'zaro munosabatlarni soddalashtirish imkonini beruvchi yetuk avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish va boshqalar.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, banklarning raqobatbardoshligi darajasini oshirish hamda banklarni ilg'or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish, bank-moliya xizmat ko'rsatish sohasida aholining moliyaviy savodxonligi hamda huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish natijasida bankning oqilona daromadliligini hisobga olgan holda, bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida yangi bank maxsulotlarini takomillashtirish bank tizimini rivojlantirishning asoslaridan xisoblanadi.

Uchinchidan, bank kafolatining boshqa funksional, moliyaviy va kredit vositalariga nisbatan raqobatdosh ustunliklari aniqlangan va shakllantirilgan. Bu bizga xo'jalik yurituvchi subyektlarga joriy faoliyatni moliyalashtirish, shu jumladan kreditlar uchun resurslar jalb qilish bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun kengroq vositalarni taklif qilish imkonini beradi. Banklar tomonidan moliyaviy instrument sifatida ko'proq foydalanilishi, potensial iste'molchilarni (prinsipiallarni) bank kafolati mahsuloti haqida yetarli darajada xabardor qilish kerak. Bundan tashqari banklar bu maxsulotni rivojlantirishiga marketing bo'yicha soxalarni rivojtirishi xam muxim omil hisoblanadi. Bank kafolati bank tizimida nisbatan kam foydalanilishi sababli, unga bo'lgan talabni ko'paytirish uchun, bank kafolatini instrument sifatida jozibadorligi, turlari, yangi shakllarini ishlab chiqish kerak bo'ladi. Bu, o'z navbatida, ijtimoiy mahsulot hajmi va sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Banklar o'z mijozlariga bank kafolatlaridan foydalanishning iqtisodiy jihatdan asosli variantlarini taklif qilishi mumkin. Bunday holda, bank kafolati bankka "virtual" pulni sotish yo'li bilan pul ishlash imkonini beradi, shu bilan birga prinsipialga bitim bo'yicha benefitsiardan iqtisodiy foyda olish imkonini beradi, pul mablag'larining minimal miqdorini sarflashga yo'naltiradi. Banklar biznes jarayonlarini innovatsiya qilish va yaxshilash uchun ilg'or texnologiyalarni birlashtirmoqda. Bundan tashqari, kompaniyalar banklar va boshqa moliya institutlarining ushbu ilg'or yechimlarini ishlab chiqishga e'tibor qaratmoqda. Masalan, Primechain Technology PVT. Ltd banklarni bank kafolatlarini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

avtomatlashtirish tizimlarida joriy qilingan blokcheyn texnologiyasi bilan ta'minlash uchun blok zanjir tizimini ishlab chiqdi.

Raqobat ustunliklarini qo'lga kiritish uchun ko'plab banklar tezkor bank kafolatlarini taklif qilmoqdalar. Bu talab qilingan tomonlarga qisqa vaqt ichida bank kafolatidan foydalanishga yordam beradi. Misol uchun, ICICI Bank innovatsion emissiya usulini taqdim etadi, bunda bank kafolati faqat 3 soat ichida taqdim etilishi mumkin, shu jumladan bank kafolati uchun raqamli ro'yxatdan o'tish imkoniyati. Ushbu raqamli platforma orqali mijoz uni yig'ish uchun faqat filialga tashrif buyurishi kerak. Xuddi shunday, Avstraliyadan kelib chiqqan Musquaro bank investitsiya banki ham bunday tezkor bank kafolatlarini taqdim etadi. Kelgusi yillarda ko'proq banklar ushbu xizmatlarni taqdim etishi kutilmoqda.

Shunday qilib, banklar an'anaviy tarzda egallab turgan tarmoqlarida raqobatbardosh pozitsiyalarini mustahkamlash uchun istiqbolli raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion mahsulot va xizmatlar, shakl va usullarni izlashlari zarur. Bunday texnologiyalar raqamli texnologiyalar hisoblanadi. An'anaviy bank kafolati vositalarini innovatsiya qilish ijobiy bozor imkoniyatlari va istiqbollarini ochib beradi. Kelajakda bank kafolatlarining ilg'or texnologiyalar formatiga o'tkazilishi mijozlar uchun bank kafolati mavjudligining oshishiga, uning narxining pasayishiga, shuningdek, banklar uchun asosiy raqobatdosh ustunlik bo'lgan rasmiylashtirish muddatining qisqarishiga olib keladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Rossiya Federatsiyasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor O. I. Lavrushin tahriri ostidagi "Банковское дело" kitobi, Moskva 2012-

2. Soboleva N.V. "Банковская гарантия как способ обеспечения исполнения объязательств" dissertatsiyasi, Tomsk 2012- yil.

3. Kuban davlat universiteti huquq fakulteti o'qituvchisi Palin D.A. ning "Банковская гарантия как финансовый продукт: сравнительный анализ" maqolasi, 2012 - yil.

4. 1995-yil 11-dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Mustaqil kafolatlar va zaxira akkreditivlar to'g'risida"gi konvensiyasi.

5. Iqtisod fanlari doktori, professor Sharbat Abdullaevaning "Bank ishi" nomli kitobi.

6. Vladimir Aleksandrovich Klimentevning ilmiy ishi — "Некоторые вопросы истории банковской гарантии" 2011- yil.

7. Reint Gropp, Kristian Gruendl va Andre Guetler, "THE IMPACT OF PUBLIC GUARANTEES ON BANK RISK TAKING" kitobi, 2010- yil.

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.