Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK SUVEREN XALQARO OBLIGATSIYALARINI JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG’LARINING QAYTA TAQSIMLANISHI VA ULAR SAMARADORLIGI TAHLILI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK SUVEREN XALQARO OBLIGATSIYALARINI JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG’LARINING QAYTA TAQSIMLANISHI VA ULAR SAMARADORLIGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
114
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat qarzi / tashqi qarz / ichki qarz / davlat maqsadli jamg'armasi / kafolat / xalqaro moliya tashkilotlari / banklar / xalqaro institutlar / kafil / taqdirlash puli / marja / foiz to'lovlari. / public debt / foreign debt / domestic debt / government trust fund / guarantee / international financial organizations / banks / international institutions / guarantor / award money / margin / interest payments.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. G’Afurov, B. Ibrohimov

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasining asosiy vazifasi, jamg'arma mablag'larini shakllantirish manbalari, xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag’larining qayta taqsimlanishi, foydalanish yo'nalishlari hamda boshqarish amaliyoti yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE REDISTRIBUTION OF FUNDS FROM THE PLACEMENT OF THE FIRST SOVEREIGN INTERNATIONAL BONDS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THEIR EFFECTIVENESS

In this article, the main task of the State Debt Service Guarantee Fund under the Treasury of the Ministry of Finance of the Republic of Uzbekistan, the sources of fund formation, the redistribution and use of funds from the placement of international bonds. Problems and management practices are highlighted.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK SUVEREN XALQARO OBLIGATSIYALARINI JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG’LARINING QAYTA TAQSIMLANISHI VA ULAR SAMARADORLIGI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK SUVEREN XALQARO

OBLIGATSIYALARINI JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG'LARINING QAYTA TAQSIMLANISHI VA ULAR SAMARADORLIGI TAHLILI G'afurov Olimjon G'olib og'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univeristeti Iqtisodiyot fakulteti Moliya kredit

kafedrasi o'qituvchisi Ibrohimov Boburmirzo Shokirjon o'g'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univeristeti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7390717 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasining asosiy vazifasi, jamg'arma mablag'larini shakllantirish manbalari, xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'larining qayta taqsimlanishi, foydalanish yo'nalishlari hamda boshqarish amaliyoti yoritilgan.

Kalit so'zlar: davlat qarzi, tashqi qarz, ichki qarz, davlat maqsadli jamg'armasi, kafolat, xalqaro moliya tashkilotlari, banklar, xalqaro institutlar, kafil, taqdirlash puli, marja, foiz to'lovlari.

АНАЛИЗ ПЕРЕРАСПРЕДЕЛЕНИЯ СРЕДСТВ ОТ РАЗМЕЩЕНИЯ ПЕРВЫХ СУВЕРЕННЫХ МЕЖОБЛИГАЦИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ИХ

ЭФФЕКТИВНОСТЬ Аннотация. В данной статье основные задачи Фонда гарантирования обслуживания государственного долга при Казначействе Министерства финансов Республики Узбекистан, источники формирования фонда, перераспределение и использование средств от размещения международных облигаций, проблемы и управление практики выделяются.

Ключевые слова: государственный долг, внешний долг, внутренний долг, государственный целевой фонд, гарантия, международные финансовые организации, банки, международные институты, гарант, призовые деньги, маржа, процентные платежи.

ANALYSIS OF THE REDISTRIBUTION OF FUNDS FROM THE PLACEMENT OF THE FIRST SOVEREIGN INTERNATIONAL BONDS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THEIR EFFECTIVENESS Abstract. In this article, the main task of the State Debt Service Guarantee Fund under the Treasury of the Ministry of Finance of the Republic of Uzbekistan, the sources of fund formation, the redistribution and use of funds from the placement of international bonds. Problems and management practices are highlighted.

Keywords: public debt, foreign debt, domestic debt, government trust fund, guarantee, international financial organizations, banks, international institutions, guarantor, award money, margin, interest payments.

Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o'zgarishlar ro'y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo'jaligi eksportga yo'naltirilgan davlatga aylandi. O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo'shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun O'zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo'yildi.

Hozirgi kunda O'zbekistonda davlat tashqi qarzlaridan keng foydalanilayotgan davrda, deyarli barcha mamlakat aholisida uning foydalanilishiga, kelajakda qanday yo'l bilan qaytarilishiga, umuman olganda uni boshqarilishiga doir ko'plab savollar tug'ilmoqda. Hatto, aholining ba'zi qismida kelajakda davlat qarzini qaytarish borasida havotirli qarashlar ham mavjud ekanligini kuzatmoqdamiz. Lekin davlat qarzi orqali iqtisodiyotida yuqorilagan, undan foydalanish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganar ekanmiz, uning bugungi kunda zarur ekanligini anglaymiz. Bunda esa davlat qarzini samarali boshqarish, uni to'g'ri tashkil etish talab etiladi.

Shu maqsadda mamlakatimizda so'nggi yillarda turli dasturlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Davlat qarzi to'g'risida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasida esa bir necha yo'nalishlar belgilab berildi:

•Davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish bo'yicha mehanizmlar;

•Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsplari, maqsadlari hamda davlat qarzini boshqarish bo'yicha vakolatli organ;

•Davlat qarzi hamda davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar auditi va natijadorligi bo'yicha ma'lumotlarning ochiqligi. Bugungi kunda qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida birinchi o'qishda tasdiqlandi.

Yana shunday zarur bo'lgan islohotlardan biri bu 2020-yilda O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G'aznachiligi huzuridagi davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasi( keying o'rinlarda kafolat jamg'armasi deb yuritiladi) faoliyati yo'lga qo'yilganligi desak also mubolag'a bo'lmaydi.

Yuqoridagi chizmadan ko'rishimiz mumkinki, O'zbekistonda jalb etilgan davlat qarzi tarkibida tashqi qarz sur'atlari ichki qarzga nisbatan ancha yuqori. Bunda kreditorlardan eng yuqori ulushni Osiyo taraqqiyot banki (5,2 mlrd AQSh dollari), Jahon banki (4,3), Xitoy davlat Taraqqiyot banki (2,2) hamda xalqaro investorlar (2,6 mlrd AQSh dollari) tashkil etmoqda.

Shuningdek, davlat qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan ma'lum dastur hamda loyihalar soni ortdi, bu esa o'z-o'zidan qarzdor tashkilotlar va banklar uchun davlat kafilligining soni ham ko'payganidan dalolat beradi. Jalb etilgan qarzlarni maqsadli yo'naltirish, ularni kelajakda o'z vaqtida qaytarish zarurati oqilona ishlangan islohot, dasturlar hamda samarali boshqaruvni talab etadi. Ushbu amalga oshirilgan hamda oshirilayotgan dasturlar jumlasiga O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G'aznachiligi huzurida tashkil etilgan davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining faoliyati tashkil etilganligini kiritishimiz mumkin. Xalqaro rivojlangan mamlakatlar ilg'or amaliyoti shuni ko'rsatdiki, mamlakat davlat qarzidan foydalanar ekan, unga xizmat ko'rsatuvchi jamg'arma faoliyatini tashkil etish oqilona yo'l hisoblanadi. Ushbu jamg'armasi o'z faoliyatini 2020-yil 20-sentabrda boshladi hamda uning asosiy maqsadi etib davlat qarziga kafolatli, to'liq xizmat ko'rsatilishi belgilab qo'yildi. Kafolat jamg'armasining Moliya Vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyati orqali davlat qarzini davlat kafolati ostida jalb etgan tashkilot hamda korxonalar ushbu qarzni asosiy qismi va yuzaga kelgan foiz to'lovlari qismi qaytarish jarayoni doimiy tarzda o'rganib turiladi. Agar biroz muddatga qarz qaytarilish muddati surilishi yuz bersa, jamg'arma mablag'lari hisobidan ushbu mablag' ma'lum

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muddatga qaytarilish sharti bilan to'lab berib turilishi mumkin. Kafolat jamg'armasi mablag'lari yetmaslik holati kuzatilsa, davlat byudjeti hisobidan ham to'lanishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G'aznachiligi huzurida davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi Qarorda belgilab qo'yilgan. Davlat qarzini jalb etgan tashkilot hamda korxonalar o'zlarining qarz faoliyatiga doir hisobotlarini belgilangan mudatlarda jamg'armaga taqdim etib borishlari shart hisoblanadi. Demak, Kafolat jamg'armasining davlat qarziga xizmat ko'rsatishi orqali ma'lum bir darajada uning samarali boshqarilishiga erishiladi.

Quyida biz "2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasi byudjet parametrlari to'g'risida"gi Qonunda Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasining 2022-yil uchun daromadlar hamda xarajatlar prognozi, ularning tarkibi keltirib o'tilganini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF2564 raqamli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 4 martdagi "Bank tizimini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 104-raqamli qaroriga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalar ko'lami o'sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil sub'ektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo'ldi. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bog'liq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Moliya vaziri Timur Ishmetov London fond birjasida O'zbekiston tomonidan milliy valyutada 2 trln so'm hajmidagi suveren obligatsiyalar joylashtirilganligini e 'lon qildi. Vazirlikning tushuntirishiga ko'ra, xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishi, hamda kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan davlat g'aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.

Investorlar takliflariga binoan 750 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalarni 2 transhda — 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan o'zbek so'mida — chiqarish va London fond birjasida joylashtirish bo'yicha boshlang'ich foiz stavkalar, mos ravishda, 4.25% atrofida va 15.25% atrofida belgilandi.

Moliya vazirligining xabar berishicha, buyurtmalar joylashtirilgandan keyin, ularning hajmi ikki soat ichida dollar va so'mdagi obligatsiyalar uchun mos ravishda, 1,6 mlrd dollar va 1,9 trln so'mni tashkil etdi. Shakllangan buyurtmalar hajmi va moliyaviy konsultant-anderrayterlarning tahlillaridan kelib chiqib, London vaqti bilan soat 13:00da dollar va so'mdagi obligatsiyalar uchun foiz stavkalari, mos ravishda, 3,875% va 14,75% ga tushirildi.

AQSH bozorlari ochilgach, buyurtmalar hajmi oshishda davom etib, mos ravishda, 3,8 mlrd dollar va 5 trln so'm maksimal qiymatga yetib bordi hamda foiz stavkalarini yana tushirish uchun imkoniyat yaratdi. Savdo yakunlari bo'yicha, xalqar o obligatsiyalarning hajmi va foiz stavkalari quyidagicha belgilandi:

• 10 yillik AQSH dollari transhi: 555 mln dollar 3,70% kupon bilan (dastlabki foiz stavkadan 0,55%past);

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• 3 yillik o'zbek so'mi transhi: 2 trln so'm 14,50% kupon bilan (dastlabki foiz stavkadan 0,75%past).

O'zbekiston Respublikasi prezidenti "O'zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'lardan samarali foydalanish to'g'risida"gi qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, 2019 yil fevral oyida O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son "Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq ilk marotaba jahon moliya bozorlarida O'zbekiston Respublikasining umumiy hajmi 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirildi.

Qaror bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O'zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'larni quyidagi yo'nalish va maqsadlarga yo'naltirish to'g'risidagi takliflari ma'qullandi:

- 889,2 million AQSh dollarini auksion savdolari o'tkazish orqali tijorat banklari depozitlariga tegishli shartlarga muvofiq joylashtirish.

20 million AQSh dollarini "Agrobank" ATBga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish;

89,9 million AQSh dollarini "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasiga, istisno tariqasida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli shartlarga muvofiq xorijiy valutada budjet ssudasi sifatida ajratish. Tijorat banklarining subordinar qarz sifatida tan olinadigan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari tasdiqlandi.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son "Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag'lar O'zbekiston Respublikasi prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yo'naltiriladi".

Obligatsiya - bu hukumat yoki kompaniya tomonidan chiqariladigan qarz qimmatli qog'ozi hisoblanadi. Obligatsiya egasiga, ya'ni uni sotib olgan investorga obligatsiyani chiqargan emitent (obligatsiya chiqaruvchi) tomonidan belgilangan vaqt davomida belgilangan miqdorda o'zgarmas foiz to'lovi amalga oshirib boriladi va muddati tugashi bilan asosiy qarz ham obligatsiya egasiga qaytariladi.

Oddiy tilda tushuntirsam, bunday qimmatli qog'ozning xaridori qimmatli qog'oz chiqaruvchining kreditoriga aylanadi, ya'ni qarz beruvchisiga. Huddi bank krediti kabi, kreditorga ma'lum miqdorda yillik foiz to'lovi to'lab boriladi. Kreditdan farqli jihati shundaki, asosiy qarz obligatsiya muddati tugaganida xaridorga qaytarib beriladi.

Yevro obligatsiyalar yoki yevrobondlar deb emitent uchun xorijiy bo'lgan valutada chiqariladigan obligatsiyalarga aytiladi. Misol uchun, O'zbekistonning AQSh dollarida xalqaro moliya bozorlariga joylashtirgan obligatsiyalari yevroobligatsiyalar deb ataladi. Milliy valutada xalqaro moliya bozorlariga joylashtirgan obligatsiyalarimiz esa suveren xalqaro obligatsiyalari hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston obligatsiya chiqardi va xalqaro moliya bozoriga joylashtirdi degani oddiy qilib aytganda bu - O'zbekiston investorlardan ma'lum yillik foiz to'lovini to'lab borish va asosiy qarzni belgilangan muddat oxirida qaytarish sharti bilan qarz mablag'ini jalb qildi degani.

Bizning misolimizda, 2021 yilda 2,5 trln so'm miqdorida 3 yil muddatga yillik 14,0 foiz bilan obligatsiya chiqardik, ya'ni xalqaro investorlardan 3 yil davomida har yili faqatgina 350 mlrd so'm miqdorida foiz to'lovini to'lab borish, 2,5 trln so'm miqdoridagi asosiy qarzni esa 3 yil o'tgach qaytarib to'lab berish sharti bilan qarz oldik.

Albatta, xalqaro investorlar oldida ushbu qarz mablag'larini faqatgina belgilangan maqsadlar uchun sarflash majburiyatini ham o'z zimmamizga olganmiz. BRM obligatsiyalariga to'xtalsak, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish bo'yicha kun tartibiga 17ta maqsad kiritilgan bo'lib, ular asosan aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajasini oshirishga qaratilgan.

Misol uchun, qashshoqlikni kamaytirish, turmush darajasini oshirish, sog'lom turmush tarzini ta'minlash, ta'lim sifatini oshirish, gender tengligini qo'llab -quvvatlash, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, munosib ish o'rinlarini yaratish, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va infratuzilma barqarorligini oshirish.

O'zbekiston ham BMTning maqsadlariga mos keladigan 16ta milliy BRMni o'z ichiga oluvchi Barqarorlik modelini ishlab chiqdi. Bu - O'zbekiston hukumati BRMga erishishga qat'iy intilayotganidan dalolat beradi. Biroq, bu maqsadlarga erishish nafaqat qat'iylik va kuchli irodani talab qiladi, balki katta miqdordagi investitsiya mablag'lari ham zarurdir. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan o'tkazilgan baholash natijalariga ko'ra, mamlakatning milliy BRMga erishishi uchun yiliga 4,6-6 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiyalar zarur.

Shu sababli, zarur bo'lgan mablag'larni jalb qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan xalqaro investorlarni jalb qilish va milliy BRMga erishish imkonini beruvchi tematik obligatsiyalar chiqarish amaliyotlari yo'lga qo'yildi.

Natijada, 2021 yilda O'zbekistonning BRM Obligatsiyalari dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo'lib, BRM obligatsiyalaridan kelib tushgan mablag'larning taqsimlanishi, sarflanishi va ular hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning monitoring qilish mexanizmlarini belgilab beradi.

BRM obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'lar O'zbekistonning BRM Obligatsiyalari dasturiga muvofiq milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha respublika budjeti xarajatlarini qoplashga sarflandi.Loyihalar sog'liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti va irrigatsiya hamda jamoat transporti kabi yo'nalishlarni qamrab oladi.

Obligatsiyalardan tushgan mablag'larning bir qismi Toshkent shahridagi yangi yerusti aylana metrosini va yerosti - Sergeli va Yunusobod liniyalarida yangi bekatlarni qurish bo'yicha respublika budjeti xarajatlarini qoplashga yo'naltirilgan.

Jumladan, qiymati salkam 4 trln so'm bo'lgan Toshkent shahridagi yangi yerusti aylana metrosini qurilishi uchun respublika budjetidan ajratilgan xarajatlarning 922 mlrd so'm miqdori 2,5 trln so'mlik obligatsiyalarimiz hisobidan qoplab berildi.

2022 yilda yuzaga kelgan geosiyosiy holat tufayli xalqaro moliya bozorlaridagi barqarorlik buzilishi natijasida foiz stavkalari ko'tarilib ketdi. Masalan, bizning AQSh dollarida joylashtirgan suveren obligatsiyalarimizning daromadliligi ikkilamchi bozorda 9,5% foizgacha ko'tarilib ketdi. Bu bizning oldingi yillarda joylashtirib bo'lgan obligatsiyalarimizning foiz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

to'lovlariga ta'sir qilmaydi, chunki ular o'zgarmas (fixed), ammo 2022 yilgi bozor holatida yangi obligatsiyalarni 9,5% atrofida joylashtirgan bo'lar edik. Solishtirish uchun, 2021 yilda chiqarilgan suveren obligatsiyalarimizning foiz stavkalari esa yillik 3,7-3,9 foizni tashkil etadi.

Biz obligatsiyalarni asosan respublika budjeti taqchilligini qoplash uchun chiqaramiz va 2022 yilda ham yilning 2 choragida chiqarish rejalashtirilgan edi. Ammo, biz bunday bozor holatida suveren obligatsiyalarni chiqarmaslikka qaror qildik va uning o'rniga ichki bozor uchun obligatsiyalarimizni, ya'ni davlat g'aznachilik obligatsiyalarimiz hajmini 2 barobarga oshirish hamda xalqaro moliya tashkilotlaridan imtiyozli kreditlar olish orqali budjet taqchilligini qoplash bo'yicha yil boshida rejalashtirilgan mablag'larni jalb qilishga erishdik.Obligatsiya chiqarish bo'yicha kelasi yilgi rejalar haqida gapiradigan bo'lsak, Moliya vazirligi kelajakdagi barcha obligatsiyalarni BRM yoki yashil obligatsiyalar tamoyillariga bog'langan holda chiqarishni oldiga maqsad qilib olgan.

Keyingi savolga ya'ni "Kafolat jamg'armasi mablag'lari shakllanish manbaalari qanday?" degan savolga javob quyidagicha:

Kafolat jamg'armasi mablag'larining shakllanish manbalaridan eng yuqori ulushni jalb etiladigan kreditlar (qarzlar) bo'yicha O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilganligi uchun undiriladigan taqdirlash puli tashkil etadi. Undan so'ng esa:

• O'zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilinadigan va shu valyutada qayta kreditlanadigan bitimlardagi kredit (qarz) bo'yicha qarzdorlik to'liq to'langan taqdirda, kredit (qarz) bo'yicha O'zbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasiga teng miqdorda O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan o'tkaziladigan mablag'lar, yoki aksincha to'lov muddatlarining talablari to'liq bajarilmaganda muddati o'tgan qarzdorliklar (asosiy qarz, foiz, marja va boshqa to'lovlar) yuzasidan hisoblangan va to'langan (undirilgan) penyalar (shu bilan birgalikda jarimalar);

• O'zbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz to'lovlari o'rtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;

• Moliya vazirligida vaqtincha bo'sh turgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan qarzlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

• O'zbekiston Respublikasi nomidan xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular vakolat bergan organ tomonidan chet el valyutasida jalb qilinadigan yoki milliy valyutada qayta kreditlanadigan bitimlarda kreditlarning foiz to'lovlari o'rtasidagi ijobiy farqdan tushadigan tushumlar;

• Kafolat jamg'armasining vaqtincha bo'sh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablag'larini O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadlar;

• O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga tushadigan yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar;

• davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender g'olibidan yoki to'g'ridan to'g'ri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik to'lovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar.

Yuqorida qayd etilgan manbalar orqali Kafolat jamg'armasining mablag'lari shakllantiriladi va xarajat yo'nalishlariga ko'ra taqsimlanadi:

• qarzdor tashkilotlar davlat qarzi bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirmagan holatlarda qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta qoplash sharti bilan qarz to'lovlarini amalga oshirish;

• O'zbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida jalb qilingan davlat tashqi qarz mablag'larini milliy valyuta hamda chet el valyutasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish natijasida yuzaga keladigan valyuta kursi xatarlarining oldini olish uchun. Bunda chet el valyutasida jalb qilingan va milliy valyuta hamda chet el valyutasida berilgan kreditlarning foiz to'lovlari o'rtasidagi ijobiy farq Kafolat jamg'armasida jamlanadi va valyuta kursi o'zgarishi ta'sirida yuzaga keladigan tafovutlar ushbu mablag'lar hisobiga qoplanadi;

• chet el valyutasini sotish va sotib olish;

• davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo'yicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash;

• O'zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'larni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va budjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz to'lovi o'rtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash;

• qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar to'liq amalga oshirilgandan so'ng davlat qarzi to'lovlarining yetishmagan qismini to'lash. Shuningdek, davlat qarzi bilan bog'liq yuzaga kelishi mumkin bo'lgan boshqa turli to'lovlar ham jamg'arma mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Yuqorida qayd etilgan Kafolat jamg'armasi mablag'lari bilan bog'liq bo'lgan barcha operatsiyalar hamda jarayonlar Moliya Vazirligi G'aznachiligi hisobidan yuritiladi va unda doir choraklik, yarim yillik hamda bir yillik hisobotlar shakllantiriladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, Kafolat jamg'armasining faoliyati tashkil etilishi orqali davlat qarzini jalb etishga doir masalalar yuzasidan yana ham puxta ishlangan dasturlar hamda loyihalar ishlab chiqilishiga erishish mumkin hisoblanadi. Bugungi kun davlat qarzi keng jalb etilayotgan sharoitda uni samarali boshqarishda aynan shu Kafolat jamg'armasi faoliyatining yuritilishi maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to'g'risida» gi Qonuni, (1998. 24 dekabr). Xalq so'zi, 1999. 12 yanvar. 7-son.

2. O'zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi Qonuni, (1998. 30 aprel). Xalq so'zi, 1999 y. 12 yanvar. 7-son.

3. O'zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni ximoya qilish choralari to'g'risida»gi Qonun. (1998. 30 aprel). Soliq va bojxona xabarlari, 1998 y. 22-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni, (1997. 31 yanvar). Soliq va bojxona xabarlari, 1997 y. 6-12 yanvar. 7-son.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni, Xalq so'zi. 2000 y. 21 mart.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi qarori. Toshkent oqshomi. 2001 y. 24 avgust. 99-son.

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklarini mablag' bilan ta'minlash, moddiy-texnik ta'minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori. (2001. 10 sentyabr). Mulkdor, 2001 y. 14 -20 sentyabr. 37-son.

8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirishni uchun xorijiy kreditlar berishni tashkil etish masalalari to'g'risida»gi qarori, (1997. 7 fevral), Soliq va bojxona xabarlari, 1997 y. 6-12 yanvar. 7-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.