Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7197
637
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tijorat bank / debit / kredit / kredit hisobvarag‘i / Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS) / kapital / zaxira fondi / hisob varaq / Kredit operatsiyalari / shartnoma / balans. / Commercial bank / debit / credit / credit account / International Accounting Standards (IAS) / capital / reserve fund / account / Credit operations / contract / balance sheet.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yangiboyev, Fayziddin Bozarovich

Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o‘z hizmat turlarini ko‘paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o‘z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda. Kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha to‘lash va ehtimoliy yo‘qotishlar zahiralarini jarayolari hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING ACCOUNT ACCOUNTING IN COMMERCIAL BANKS

Lending by commercial banks is expanding. They need to increase and develop their services in order to keep pace with the times and to withstand competition. This, in turn, requires scientific and practical research to bring private capital of commercial banks closer to national and international standards. The emergence of problem loans in the conduct of credit operations makes it necessary to regulate their accounting in accordance with the requirements of international standards. Given this need, one of the most pressing issues is to improve the accounting of loan repayment and potential loss reserves in commercial banks.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT OPERATSIYALARI HISOBINI

TAKOMILLASHTIRISH

Yangiboyev Fayziddin Bozarovich

Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Magistratura bo'limi "Buxgalteriya hisobi" yo'nalishi 2-kurs magistranti

Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o Z hizmat turlarini ko 'paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o 'z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo 'yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda. Kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo 'ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat banklarida kreditlar bo'yicha to'lash va ehtimoliy yo'qotishlar zahiralarini jarayolari hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Kalit sozlar: Tijorat bank,debit,kredit, kredit hisobvarag'i,Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS), kapital,zaxira fondi,hisob varaq, Kredit operatsiyalari, shartnoma, balans.

Lending by commercial banks is expanding. They need to increase and develop their services in order to keep pace with the times and to withstand competition. This, in turn, requires scientific and practical research to bring private capital of commercial banks closer to national and international standards. The emergence of problem loans in the conduct of credit operations makes it necessary to regulate their accounting in accordance with the requirements of international standards. Given this need, one of the most pressing issues is to improve the accounting of loan repayment and potential loss reserves in commercial banks.

Keywords: Commercial bank, debit, credit, credit account, International Accounting Standards (IAS), capital, reserve fund, account, Credit operations, contract, balance sheet.

Расширяется кредитование коммерческих банков. Им необходимо увеличивать и развивать свои услуги, чтобы идти в ногу со временем и

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

выдерживать конкуренцию. Это, в свою очередь, требует научно-практических исследований по приближению частного капитала коммерческих банков к национальным и международным стандартам. Возникновение проблемных кредитов при проведении кредитных операций вызывает необходимость регулирования их учета в соответствии с требованиями международных стандартов. Учитывая эту потребность, одним из наиболее актуальных вопросов является совершенствование учета погашения кредитов и резервов на возможные потери в коммерческих банках.

Ключевые слова: Коммерческий банк, дебет, кредит, кредит, счет, Международные стандарты финансовой отчетности (МСФО), капитал, резервный фонд, счет, Кредитные операции, договор, баланс.

Bugungi kunda Respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirilgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo'yicha hisoblangan foizlarni undirib olishni ta'minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy nazorat qilib borish asosiy ishi deb talab qilinmoqda.

O'zbekiston RespublikasiPrezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli "O'zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, farmoni bank tizimining boshqarish mexanizmlarining xar bir elementini o'zaro bog'liq xolda o'rganish va tahlil etish orqali mavjud muammolarni echimini topish va ularni o'z vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi.

Hozirgi kunda bank aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi 80 foizga, kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli kreditlarning ulushi 95 foizga, xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 55 foizga yaqin bo'lishi kredit riskining darajasi yuqoriligidan hamda u to'g'risida ma'lumotlar tez va sifatli shakllanish zarurligidan dalolat beradi.

Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o'z hizmat turlarini ko'paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o'z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo'yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, tijorat banklari nafaqat sub'ektlarni kreditlash balki, ushbu resurslardan kutiladigan natijani buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilishni taqozo etadi. Shuningdek, kredit operatsiyalarini amalga oshirishda muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, ularning buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari talablari asosida tartibga solishni zaruriyat qilib qo'ymoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, tijorat banklarida kreditlar bo'yicha to'lash va ehtimoliy yo'qotishlar zahiralarini jarayolari hisobini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda xar bir tijorat banki o'zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar Markaziy bank esa kreditlash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar beradi. Shu o'rinda kredit liniyalari haqida to'xtalib o'tsak. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma'lum. Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda induvidual tartibda ko'rib chiqilishidadir. Kredit ma'lum maqsaddagi mablag' ehtiyojini qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga kredit ajratishda qo'llaniladi.

Ikkinchi usulda kredit bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab qo'yilgan kredit limiti bo'yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga qo'yilgan to'lov hujjatini o'z vaqtida to'lash majburiyatini oladi.

Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan kredit liniyasi kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank va mijoz o'ptasidagi shartnomaga asosan to'lash 1 yilga ochiladi, ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo'shimcha kelishuvni istagan vaqtida kredit olishi mumkin. Ammo bank qarz oluvchining moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit chegarasida kredit berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy barqaror va e'tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

Kredit liniyasi - bank yoki boshqa kredit tashkilotining qarz oluvchiga ma'lum davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyatidir. Kredit liniyasining ochilishi kreditor va qarzdorning uzoq muddat davomidagi xamkorligini anglatadi.

Shu o'rinda xalqaro kredit liniyasiga ta'rif berib o'tsak: xalqaro kredit liniyasi bu xalqaro miqiyosda qarz oluvchiga ma'lum davr mobaynida kelishilgan limit doirasida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan kredit berish majburiyatidir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kredit liniyasi bir yildan oshmagan xar qanday muddatga to'lov hujjatlarini to'lash uchun beriladi, u qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan bo'lishi mumkin. Bunda limit tugagandan so'ng bank va qarzdor o'rtasidagi munosabat o'z payoniga etadi. Ushbu berilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki kredit liniyasida qarz berish muddatlari turlicha T.Kosterinaning fikricha kredit liniyasi qisqa muddatga ochiladi, O.Lavrushinning fikricha muddat ahamiyatga ega emas bo'lib, asosiy e'tibor kreditning maqsimal miqdoriga karatiladi.

Bulardan xulosa qilgan holda xalqaro kredit liniyasiga quyidagicha ta'rif bersak maqsadga muvofiq bo'ladi: xalqaro kredit liniyasi xalqaro moliya institutlari tomonidan qarz oluvchilarga ma'lum bir muddatga kredit limiti doirasida kredit berish majburiyatini anglatadi.

Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o'zaro farqlanadi. Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o'rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar, bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma'lum tovarlarga bir shartnoma bo'yicha bir yil ichida pul to'lash uchun ochilgan bo'lsa, kredit liniyasi maqsadli bo'ladi.

Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan kredit hisobvarag'ini shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun ssuda schyotlarini ochadilar. Bank tomonidan beriladigan kreditlar muddatiga ko'ra qisqa va uzoq muddatli bo'lishi mumkin.

Qisqa muddatli kreditlar 1 yil muddatga, uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq muddatga beriladi.

Qisqa muddatli kreditlarning ham xar xil turlari mavjud, ular bir biridan kredit berish shartlari, ta'minlash tarzi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi.

Hozirgi kunda qisqa muddatli kreditlar hisobi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 dekabrda № 1435 son bilan ro'yxatga olingan, Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 27 noyabrdagi 25/9-sonli Qarori bilan tasdiqlangan № 594 sonli "Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to'g'risida"gi Nizom va boshqa Markaziy bankning me'yoriy hujjatlariga asosan tashkil etilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Узбекистан Ресиубликаси Адлия вазнрлшн томонндан 2004 шш 17 декабрда.'Чо 1435-сон билан руйхагга олинган "Тшкораг банкларпда крешггларшгаг бухгалтерия хрообини юрнтшп тартиби тутрисида"ги Низом.

Башааршгаг активлари булгаи кредшлар Тижораг банкпарн томонтиан ахпгвлар снфатшиг тасннфпаш, улар бутгча эхттшотии йтеотшшарга карши захиралар ташкил килиш ва уларни ишлатши тартиби тутрнсида Низом {руйхяг раками 2696- 2015 шш 14 июль) талабларита мувофик таснисЫтаиади.

Тнжораг банкларпда

кредит оиерациялар

хдеобинн юритшп учун асос булгаи

меъёрий хужжатар

Фоизларни устирмаслик макоьш берилган кредитарнинг бухгалтерия хнсобн Фоизларни устирмаслик тутрнсида Низом (руйхат раками 1304. 2004 йшг 24 январь)га мувофик, амалга опшрилади.

Фоизларни хлсоблаш. кредшлар буйичаундирилмаган фоизларни бекор кишпи хам ннобатга олинтан холда "Тижорат банкларпда фоизларни хнсоблаш ту1рисида"ги Низом (руйхат раками В06, 2004 тип 30 январь)та мувофик аматга оширнлади.

Узбекистан Ресиубликаси тнжораг банкларпда бухгалтерия хисоби хисобвараклари режаси 773-17

В а бошка меъёрий хужжатар

1.1-rasm. Tijorat banklarida kredit operatsiyalar hisobini yuritish uchun asos bo'lgan me'yoriy hujjatlar.

Banklarda kreditlar hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umumqabul qilingan tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli yuritish; uzluksizlik; xo'jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko'ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi.

Bunda bir martalik va kredit liniyasidan foydalanilgan holda kredit operatsiyalari hisobga olinadi.

Kredit olish uchun bankda xar bir kredit bo'yicha alohida kredit hisobvarag'i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko'ra kredit berish lozim deb topilsa bank va kredit oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tartibi, kredit uchun to'lovlar, tomonlaming majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko'rsatiladi.

Kredit bo'limining farmoyishiga ko'ra, hisob operatsion bo'limida kredit oluvchi korxonaga kredit hisob varag'i ochiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mulkchilik shakliga qarab, tegishli balans hisobvarag'i bo'yicha kredit hisobvarag'i ochiladi. Masalan: fermer xo'jaliklariga kredit berish uchun 13101 balans hisobvarag'i bo'yicha kredit hisobvarag'i ochiladi. Kredit hisobvarag'i ham 20 ta razryaddan iborat bo'lib, uning ichida kredit olmokchi bo'lgan fermer xo'jaligining xos raqami (unikal kodi) bo'lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal kod 04952452 bo'lsa AQSH dollarida berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi fermer xo'jaligi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi. 13101840K04952452001

Bu hisobvaraqda bank tomonidan fermer xo'jaliklariga berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisobraqamning debetida xususiy korxonalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Hisobraqamning kreditida esa qarzdorlar tomonidan qaytarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo'yicha analitik hisob xar bir qarzdor va kreditlarning turlari bo'yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Tijorat banklarida kreditlarni hisobga olish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgust 773-17-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi № 578 qarori bilan tasdiqlangan va 17-30-son o'zgartirish va qo'shimchalar bilan birga «O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi»da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo'yicha chiqarilgan me'yoriy hujjatlar asosida olib boriladi.

Xorijiy valyutada berilgan kreditlarni hisobga olish uchun quyidagi balans hisobvaraqlaridan foydalaniladi:

1) qisqa muddatli kreditlar uchun:

11900 - Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar

12100 - Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

12300 - Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar

12400 - Byudjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar

12500 - Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

12600 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12700 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar

12900 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

13000 - Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar

13100 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

13200 - Bank bo'lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

2) uzoq muddatli kreditlar uchun:

14500 - Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14700 - Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14800 - Byudjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14900 - Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15000 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15100 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar

15200 - Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15300 - CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar

15400 - Bank bo'lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar

15500 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar Ushbu hisobvaraqlarning debet tomonida qoldiq va ko'payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiradi.

Qisqa muddatli kreditlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar 01, 05, 09 va 99 raqami bilan tugagan ikkinchi tartibli hisobvaraqlarni o'z ichiga oladi. Masalan:

13101 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

13105 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o'tgan kreditlar

13109 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar

13199 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga uchun berilgan qisqa muddatli kreditlarbo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zahirasi (kontr-aktiv)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xuddi shunday tartibda uzoq muddtli kreditlar xam 01, 05 va 99 raqami bilan tugagan ikkinchi tartibli hisobvaraqlarni o'z ichiga oladi. Masalan:

15501 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar

15505 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar

15599 - Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash zahirasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqlarda bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va u qarzdorga berilgan pul mablag'lari summasini ifodalaydi.

Kredit operatsiyalarini hisobga olishda balansdan tashqari hisobvaraqlardan xam foydalaniladi.

Tijorat banklari tomonidan berilayotgan va olinayotgan kreditlar bo'yicha majburiyatlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi 91800 - Bankning kredit va lizing majburiyatlari 91809 - Bankning kredit va lizing berish majburiyati 91816 - Bankning kredit va lizing olish majburiyati 96351 - Bankning kredit berish majburiyati bo'yicha kontr-hisobvaraq Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar bo'yicha garov sifatida olingan qimmatli qog'ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi

94500 - Garov sifatidagi qimmatli qog'ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar

94501 - Garov sifatida olingan qimmatli qog'ozlar

94502 - Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar

94503 - Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar

94504 - Olingan kreditlar va lizinglar bo'yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog'ozlar

96381 - Garov sifatida olingan qimmatli qog'ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo'yicha kontr-hisobvaraq

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar bo'yicha garov sifatida olingan qimmatli qog'ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo'yicha hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi

93600 - Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar 93609 - Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

96379 - Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo'yicha kontr-hisobvaraq

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi

91900 - Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari

91901 - Qarzdorlarning qisqa mudatli kreditlar bo'yicha majburiyatlari

91905 - Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo'yicha majburiyatlari

91907 - Qarzdorlarning Hukumatdan olingan uzoq muddatli kreditlari va lizinglar bo'yicha majburiyatlari

96345 - Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo'yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag'i

96349 - Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo'yicha maj buriyatlari kontr-hisobvarag' i

Tijorat banklarida berilgan kreditlar buxgalteriya hisobining maqsadi hisob tizimi va foydalanuvchilar uchun bankning kredit faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni tan olish, o'lchash, ularni jamlash va ularni aniq etkazib berishdir.

Xalqaro kredit liniyalar bo'yicha mijozlarni kreditlash uchun jalb qilingan kreditlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi: 10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari - Nostro; 17101 - Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari; 21600 - Olingan qisqa muddatli kreditlar 22000 - Olingan uzoq muddatli kreditlar 22410- Olingan kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar;

22476 - SHartnomaga ko'ra to'lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to'lanmagan foizlar;

29801- Mijozlar bilan hisob-kitoblar; 29806- To'lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar; 53100 - Qisqa muddatli kreditlar bo'yicha foizli xarajatlar 54100 - Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha foizli xarajatlar 55134 - Kreditlar bo'yicha vositachilik xarajatlari 55138 - Kredit majburiyatlari bo'yicha xarajatlari 91816 - Bankning kredit va lizing olish majburiyati;

96358 - Bankning kredit va lizing olish majburiyati bo'yicha kontr-hisobvaraq;

19925- Oldindan to'langan xarajatlar;

19929 - Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Buxgalteriya hisobi vazifalarini tizimlashgan holda banklarda kreditlar hisobi vazifalari ham alohida guruhlandi:

• bankning kredit faoliyati asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha rejaning bajarilishini nazorat qilish;

• bankning kredit operatsiyalarini amalga oshirishni o'z vaqtida va to'g'ri belgilash;

• bank kreditlarini tan olish va ularni hisobda aks ettirish to'g'riligini ta'minlash;

• bank kreditlari hisobini to'g'ri yuritish va moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun ma'lumot bilan ta'minlash;

• zamonaviy takomillashgan hisob tizimini tadbiq qilish, bank kreditlari ko'rsatkichlari uslubiyoti va moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirish;

• bank faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun o'tkazilgan tahlil va tezkor nazoratga zarur ishonchli va aniq ma'lumotlarni shakllantirish.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bank kreditlari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aniq hamda to'g'ri aks ettirish davrida aks ettiriladi.Kredit ajratilgandan so'ng kredit monitoringi o'tkazilishi ustidan nazoratni kuchaytirish. Berilgan kreditlarni monitoring qilish orqali kreditdan qanday maqsadda foydalanilayotganligi va qay darajada samaradorlikka erishilayotganligini aniqlash mumkin. Banklarda kreditni berish va undirish jarayoni yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni ommaga yetkazish. Yana shu yo'l bilan shubhali va umidsiz ssudalarning tasniflangan kredit hajmidagi salmog'ini qisqartirish. Banklarda yuqori likvidlikka ega bo'lgan garov obyektlaridan foydalanishni kuchaytirish. Kreditlarni undirishni kuchaytirish maqsadida bank xodimlari va mijoz o'rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirish va mijoz o'rtasida doimiy ravishda ma'lumot olib turishni tashkil etish. Muxtasar qilib aytadigan bo'lsak, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmi yil o'sib bormoqda va bu mamlakatimiz iqtisodiyotini o'sishiga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda banklar o'zlariga katta xatarni ham olishmoqda. O'ylaymizki, bildirilgan takliflarimizni amaliyotga tadbiq etilishi, tom ma'noda tijorat banklarining kredit riski va bu orqali bankning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sirini kamaytiradi.

REFERENCES

1. Абдикаримова Д.Р. Банк кредитлари гаров таъминотини бахдлаш. Монография. - Т.: «Идтисод-Молия», 2016. - 168 б.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. AögHKapHMOBa ^.P. EaHKnap rapoB TatMHHoTHHH öaxpnam 3apypnnrH Ba acocnfi TaMOHHnnapn.// «Monna» ^ypHann. - TomKeHT, 2015. - №4. - E. 58-63. (08.00.00; №12)

3. AögHKapHMOBa ^.P. Y3ÖeKHCTOHga öaxonam HHCTHTyTHHHHr maKmaHnm Ba pHBO^naHHm öocKn^napn.// «Monna» ^ypHann. - TomKeHT, 2016. - №1. - E. 9398. (08.00.00; №12).

4. AögHKapHMOBa ^.P. Xopn^ aManneTHga öaHK Kpegnraapn öyfiHHa rapoBHH öaxonamHHHr acocnfi TaMofinnnapH Ba TatMHHOT Typnapn.//«Biznes- экспepт» ^ypHann. - TomKeHT, 2016. - №3. - E. 29-33. (08.00.00; №3)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.