Научная статья на тему 'BANKLAR RESURS BAZASINING FAOLLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILLARI'

BANKLAR RESURS BAZASINING FAOLLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
499
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taraqqiyot / iqtisodiy islohot / modernizatsiya / tijorat banklari / omonat / pul o’tkazmalari / kredit / lizing operatsiyalari.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Dilshod Ismailov, Oybek Utbasarov, Parvina Gaybnazarova

Ushbu maqolada tijorat banklarining resurs bazalarini rivojlantirish, yuksaltirish-investitsion faollikni shakllantirishning muhim omilligi ta’kidlanadi va ushbu sohani barqarorlashtirish bo’yicha takliflar, muammolar va ularga yechimlar keltirilib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BANKLAR RESURS BAZASINING FAOLLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILLARI»

BANKLAR RESURS BAZASINING FAOLLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILLARI

Dilshod Ismailov Oybek Utbasarov Parvina Gaybnazarova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tijorat banklarining resurs bazalarini rivojlantirish, yuksaltirish-investitsion faollikni shakllantirishning muhim omilligi ta'kidlanadi va ushbu sohani barqarorlashtirish bo'yicha takliflar, muammolar va ularga yechimlar keltirilib o'tiladi.

Kalit so'zlar: taraqqiyot, iqtisodiy islohot, modernizatsiya, tijorat banklari, omonat, pul o'tkazmalari, kredit, lizing operatsiyalari.

Yurtimizda barqaror va farovon hayot sari tashlangan ildam qadam, ya'ni pulga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida bank tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida banklar resurs bazasining faolligini yanada rivojlantirish masalalari banklarning kundalik faoliyatiga aylanib bormoqda. Shu bilan bir qatorda yurtimizda bank sohasini barqarorlashtirish bo'yicha turli xil qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 2018-yil 23-martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3620-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga asosan masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha zamonaviy va ilg'or bank xizmatlari turlarini amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida joriy etish maqsadida ilg'or chet el bank faoliyatini o'rganish vazifalari belgilandi[1].

Yangi bank xizmatlari orqali aholining bo'sh pul mablag'larini banklarga jalb etish orqali ularning kapitalini oshirish muhim hisoblanadi.

Mamlakatimizda tijorat banklari ish-faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan taqdim etiladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

Avvalo, tijorat banklari sizning mablag'ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to'lash orqali mablag'laringizni ko'paytirib beradi.

Ikkinchidan, sizga mablag' kerak bo'lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg'armalaringiz yetarli bo'lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o'qish to'lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin bo'ladi.

Uchinchidan, tijorat banklarining kassalari, mobil ilovalari yordamida sotib olingan mahsulotlarning xaridi, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to'lovlarni amalga oshirish oson.

To'rtinchidan, naqd pulsiz mablag'lar bilan to'lash uchun banklarda hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do'konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to'lov yo'li hisoblanadi. Bank hisobvarag'iga mablag'ingizni qo'yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz[2,3].

Shu bilan bir qatorda, tijorat banklari chet el valyutasini naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatadi.

Shu bilan birga tijorat banklariga moliyaviy amaliyotlar bilan bog'liq bo'lmagan ishlab chiqarish, savdo, sug'urta va boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanish taqiqlanadi.

1-jadval.

Tijorat banklarining xizmat turlari

Jismoniy shaxslarga Yuridik shaxslarga

• Pul o'tkazmalar • Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada

• Omonatlar • Lizing

• Bank kartalari • Faktoring

• Kredit mahsulotlari • Konversion amaliyotlari

• Konversion amaliyotlari • Internet-banking

• Mobil banking • Individual seyf va yacheykalar

• Individual seyf va yacheykalar • Hisob-kitob va kassa xizmatlari

• Hisob-kitob va kassa xizmatlari • Xorijiy kredit liniyalari

• To'lovlarni qabul qilish • Loyihalarni moliyalashtirish

• Kommunal to'lovlarni amalga oshirish • Sug'urta tashkilotlari nomidan sug'urta shartnomasini tuzish

• Jamg'arma sertifikatlari • Omonat sertifikatlari

Yuqorida ta'kidlanganidek, tijorat banklarining asosiy maqsadi foyda olishdir. Banklar qanday qilib foyda olishini ko'rib chiqaylik[4].

2-jadval.

Tijorat banklari daromadlari

Foizlar evaziga daromadlar; Foizsiz daromadlar;

• Kreditlar • boshqa tijorat banklariga berilgan qarzlar • investitsiyalar • qimmatli qog'ozlarni qayta sotib olish kelishuvlari • Markaziy bankdagi hisoblar • qarz majburiyatlariga investitsiyalar • lizing operatsiyalar va hokazolar • mijozlar uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari • bank kafolatlarini taqdim etish • mijozlarning valyuta shartnomalari bo'yicha xizmat ko'rsatish • konversiya amaliyotlari • brokerlik va depozitar xizmatlari • plastik kartalar bilan amaliyotlar • ishonchli boshqarish amaliyotlari • faktoring xizmatlari • deposit saqlash va boshqalar

Albatta, daromad bilan birga tijorat banklarining yetarli xarajatlari ham mavjud. Ya'ni:

• foizlar bo'yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo'lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to'lovlar, to'lanadigan kreditlar bo'yicha;

• foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o'tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o'zgarishlaridan yo'qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;

• operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug'urta, soliqlar va boshqalar;

• birlashmalarga a'zolik badallari uchun to'lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag'lar to'lovlari.

Ta'kidlab o'tilgan xarajat va daromadlarning orasidagi farqi tijorat banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o'z navbatida, omonatlar va kreditlar bo'yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini tushuntiradi [4-18].

O'zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog'liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo'jalik yurituvchi sub'ekt anglab etganligini nazarda tutsak, xozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, kengroq jalb etish, ularning mamlakatimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy ilohotlarning samarali ijrosini ta'minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog'liqligini tushunib olish qiyin emas. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish - tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarini shakllantirish va kredit muassasalarining barqarorligi hamda investitsion faolligini yanada oshirishni talab etadi [19-30].

Mustaqil mamlakatimiz tomonidan omonatlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirish, banklarda barqaror resurs bazasini

shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo'sh pul mablag'larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag'batlantirish va kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan choralar natijasida banklardagi jami depozitlarning hajmi 2,6 barobarga, shu jumladan aholi omonatlari 2,4 barobarga oshdi. Ushbu ko'rsatkichlar respublikamiz aholisining bank tizimiga bo'lgan ishonchi yanada ortib borayotganidan dalolat bermoqda[4].

Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, tijorat banklarining kapitali hamda jalb qilingan depozitlar hajmining muttasil o'sib borayotganligi, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga hamda banklarning aktiv operatsiyalar hajmi, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarining oshishiga zamin yaratmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e'tibor ichki imkoniyatlarga, ya'ni aholi va xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning bo'sh pul mablag'larini bank aktivlari va uzoq muddatli depozitlariga jalb qilishga qaratildi.

Davlatimizda bank tizimini yanada isloh qilishda banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash va investitsiya faolligini oshirish ustuvor vazifalaridan bo'lib qoladi. Jumladan:

- bank tizimi nazoratini Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish;

- qo'shimcha aktsiyalarni chiqarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish orqali banklarning jami kapitalini kamida 20 foizga o'sishini ta'minlash;

-tijorat banklari umumiy kapitali hajmini sifat jihatidan oshirish va bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish;

- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini kuchaytirish, hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash va moderni-zatsiya qilish bo'yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini yanada oshirish;

- kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb qilish orqali tijorat banklari resurs bazasini yanada oshirish va diversifikatsiyalash;

- tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirish;

- aholi va xo'jalik sub'yektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, shu jumladan, uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish, subordinar qarzlarni yanada faol jalb qilish. Bunda aholi va xo'jalik sub'yektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish;

- ko'rsatilayotgan bank xizmatlari ko'lamini kengaytirish va sifatini yanada oshirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang'ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;

- bank mijozlarini bank xizmatlari bilan tanishtirish, ularning huquqiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kredit portfeli hajmining oshishiga erishiladi va ular tomonidan yanada ko'proq investitsiya loyihalarini moliyalash imkoniyati yuzaga keladi[6,7,8]

Tijorat banklarining resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning mablag'larini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilish borasida quyidagilarga e'tibor qaratishimiz lozim:

- chaqirib olinmaydigan depozit sertifikatlari muomalasini yo'lga qo'yishni tashkillashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash;

- shakillanib borayotgan qimmatli qog'ozlar bozorini ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishning ishonchli vositasiga aylantirish, bunda:

- qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorini faollashtirish, subordinar qarzning hajmlarini kengaytirish;

- progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov qimmatli qog'ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko'lamini kengaytirish;

- eng ishonchli emitentlar, yirik institutsional investorlar va ishonchli investitsion vositachilar sifatidagi tijorat banlari faoliyati uchun sezilarli rag'batlar tizimini yaratish;

- banklarning uzoq muddatli resurslarini ko'paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini joriy etish va amaldagi turlarini ularning muddatlari, summasi, valyuta turlari va to'lash usullari bo'yicha yanada takomillashtirish.[9]

O'ylaymizki, ushbu takliflar mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, bank biznesini yanada kengaytirish, jahon tajribasidan kelib chiqqan xolda bank tizimi barqarorligini ta'minlash, tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash, va buning natijasida tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda respublikamiz bank-moliya tizimini jahon andozalari darajasiga ko'tarishga imkon yaratadi.

REFERENCES

[1] Gluxov, V.V. Iqtisodiy-matematik metodlari va menejment modeli. 2-e izd. / V.V.Gluxov. M.D.Mednikov, S.B.Korobko // 2005.-528 c.

[2] Markaziy bank faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar to'g'risidagi hujjatlar. 2021.06.11

[3] O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Bosh direktori S.P. Abdullaevning «Bank-moliya sohasining barqaror rivojlanishi O'zbekiston iqtisodiy siyosatining muhim ustuvorligi sifatida» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasidagi ma'ruzasidan.

[4] Лебединский, А. К., & Мирсагдиев, О. А. (2012). Оценка качества передачи речи в сети ОТС. Автоматика, связь, информатика, (7), 5-9.

[5] Лебединский, А. К., & Мирсагдиев, О. А. (2012). Модели обслуживания вызовов в сетях оперативно-технологической и общетехнологической связи РЖД. Бюллетень результатов научных исследований, (3 (2)).

[6] Лебединский, А. К., & Мирсагдиев, О. А. (2014). Модели обслуживания вызовов в интегральной сети ОТС И ОБТС. Автоматика, связь, информатика, (2), 9-12.

[7] Рахмангулов, А. Н., & Мирсагдиев, О. А. (2015). Имитационная модель оценки качества передачи речи в сетях оперативно-технологической связи на железнодорожном транспорте. Вестник Магнитогорского государственного технического университета им. ГИ Носова, (2 (50)).

[8] Рахмангулов, А. Н., & Мирсагдиев, О. А. (2015). Показатели оценки качества связи в пакетной сети на железнодорожном транспорте. Современные проблемы транспортного комплекса России, 5(1 (6)).

[9] Bedritskiy, I. M., & Jurayeva, K. K. (2020, May). Estimation of Errors in Calculations of Coils with Ferromagnetic Core. In 2020 International Conference on Industrial Engineering, Applications and Manufacturing (ICIEAM) (pp. 1-6). IEEE.

[10] Fayzullayev, J. S., & Jurayeva, K. K. (2020). The transfer function of a traction asynchronous motor controlled by a four-square converter. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 734, No. 1, p. 012195). IOP Publishing.

[11] Amirov, S., & Jurayeva, K. (2019). Research of the basic characteristics of the new magnetic elastic force sensors. In E3S Web of Conferences (Vol. 139, p. 01084). EDP Sciences.

[12] Bedritskiy, I. M. L., Jurayeva, K. K., Bazarov, L. K., & Saidvaliyev, S. S. (2020). Using of the parametric nonlinear LC-circuits in stabilized converters of the number of phases. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 98107.

[13] Жураева, К. К., & Рустемова, А. Р. (2019). Устройство для выявления неравномерности токовой нагрузки систем электроснабжения нетяговых потребителей. Транспорт России: Проблемы и перспективы, 2, 225.

[14] Bedritsky, I., Jurayeva, K., Nazirova, Z., & Bazarov, L. (2021). Amplitude and phase relations in a two-circuit parametric circuit of ferroresonance nature. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 04030). EDP Sciences.

[15] Komilovna, J. K., & Rustemovna, R. A. (2020). The role of vacuum circuit breakers in traction substations. International Journal on Orange Technologies, 2(5), 12.

[16] Bedritsky, I. M., Jurayeva, K. K., & Bozorov, L. K. (2020). USING OF PARAMETRIC NONLINEAR LC-CIRCUITS IN STABILIZED TRANSDUCERS OF THE NUMBER OF PHASES. Chemical Technology, Control and Management, 2020(2), 42-48.

[17] ЖуСафаров, А. М., Жураева, К. К., & Рустемова, А. Р. (2020). ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЭНЕРГОРЕСУРСОВ.

In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 20-23).

[18] Artikova, R. M., Zakirova, M. R., & Yusupova, N. F. (2021). Molecular-genetic identification and taxonomic relationships of fungi belonging to fungi imperfecti. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 591-596.

[19] Муродов, М. М., Юсупова, Н. Ф., Сидиков, А. С., Турабджанова, С. И., Турдибаева, Н., & Сиддиков, М. А. OBTAINING A PAC FROM THE CELLULOSE OF PLANTS OF SUNFLOWER, SAFFLOWER AND WASTE FROM THE TEXTILE INDUSTRY.

[20] Турсунов, Н. К., & Тоиров, О. Т. (2021). Снижение дефектности рам по трещинам за счёт применения конструкции литниковой системы.

[21] Тоиров, О. Т., Турсунов, Н. К., Кучкоров, Л. А., & Рахимов, У. Т. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРИЧИН ОБРАЗОВАНИЯ ТРЕЩИНЫ В ОДНОЙ ИЗ ПОЛОВИН СТЕКЛОФОРМЫ ПОСЛЕ ЕЁ ОКОНЧАТЕЛЬНОГО ИЗГОТОВЛЕНИЯ. Scientific progress, 2(2), 1485-1487.

[22] Тен, Э. Б., & Тоиров, О. Т. (2021). Оптимизация литниковой системы для отливки. Литейное производство, (10), 17-19.

[23] Кучкоров, Л. А. У., Турсунов, Н. К., & Тоиров, О. Т. У. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ СТЕРЖНЕВЫХ СМЕСЕЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ГАЗОПРОНИЦАЕМОСТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 831-836.

[24] Тоиров, О. Т., Кучкоров, Л. А., & Валиева, Д. Ш. (2021). ВЛИЯНИЕ РЕЖИМА ТЕРМИЧЕСКОЙ ОБРАБОТКИ НА МИКРОСТРУКТУРУ СТАЛИ ГАДФИЛЬДА. Scientific progress, 2(2), 1202-1205.

[25] Турсунов, Н. К., Тоиров, О. Т., Железняков, А. А., & Комиссаров, В. В. (2021). Снижение дефектности крупных литых деталей подвижного состава железнодорожного транспорта за счет выполнения мощных упрочняющих рёбер.

[26] Чориев, Д. (2021). Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xajm va sifat ko'rsatkichlari dinamikasini tahlili. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.

[27] Чориев, Д. (2021). Планирование подготовки футболистов и организация тренировочной работы. Общество и инновации, 2(6/S), 126-131.

[28] Чориев, Д. И. (2021). Анализ динамики объема и качества технико-тактических действий юных футболистов. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.

[29] Elmanova, M. (2017). PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF RW EMERSON'S" NATURE" AND" SELF-RELIANCE. Интернаука, 7(11 Часть 3), 9.

[30] Mastura, E. (2017). DEPICTION OF THE NATURALISM PRESENTED IN THE CALL OF THE WILD. Интернаука, (7-3), 6-9.

31. https://tsue.uz/ sayti

32. https://uba.uz/uz/press center/publications/3052/38251/ rasmiy veb-sayti ochiq ma'lumotlari. 2021.05.12

33. https://finlit.uz/uz/articles/financial-market/commercial-banks/ rasmiy sayti. 2021.06.11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.