Научная статья на тему 'TENDENCIES OF SUSTAINABLE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF NAVOY REGION'

TENDENCIES OF SUSTAINABLE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF NAVOY REGION Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
273
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sustainable narration / strategic planning / economic / social and environmental situation / sustainable narration / strategic planning / economic / social and environmental situation

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Sodiqov Avazbek, Nazarov Nazirjon

The article analyzes the stable socio-economic development of Navoi region from economic, social and ecological points of view. According to the results of the analysis, it is based on the fact that the economic situation in the region is good, but the ecological situation is in danger. Accordingly, in order to achieve the sustainable development of the region's economy, the growth of the gross domestic product, the increase in industrial production, the dynamic growth of the production of agriculture, transport and other sectors of the economy, the significant increase in household incomes, the rational use of natural resources It is presented in the article that it is possible to achieve social sphere development and ecological stability while fulfilling the tasks of use. In addition, industrial potential; Agricultural potential, investment potential, export potential, mineral resources potential, and labor resources were also analyzed. In the program of measures developed to deepen economic reforms in the region, various districts were also analyzed. Also, in the city of Navoi, as well as in Khatirchi, Kiziltepa, Karmana and Nurota districts, the programs are reflected in the methodology based on the goals of sustainable development. Taking into account the fact that there are no production of import-substituting food products and enterprises producing these types of products in the region, it is necessary to consider the issue of preferential loans to entrepreneurs in order to establish enterprises producing such products. At the same time, sustainable development

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TENDENCIES OF SUSTAINABLE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF NAVOY REGION

The article analyzes the stable socio-economic development of Navoi region from economic, social and ecological points of view. According to the results of the analysis, it is based on the fact that the economic situation in the region is good, but the ecological situation is in danger. Accordingly, in order to achieve the sustainable development of the region's economy, the growth of the gross domestic product, the increase in industrial production, the dynamic growth of the production of agriculture, transport and other sectors of the economy, the significant increase in household incomes, the rational use of natural resources It is presented in the article that it is possible to achieve social sphere development and ecological stability while fulfilling the tasks of use. In addition, industrial potential; Agricultural potential, investment potential, export potential, mineral resources potential, and labor resources were also analyzed. In the program of measures developed to deepen economic reforms in the region, various districts were also analyzed. Also, in the city of Navoi, as well as in Khatirchi, Kiziltepa, Karmana and Nurota districts, the programs are reflected in the methodology based on the goals of sustainable development. Taking into account the fact that there are no production of import-substituting food products and enterprises producing these types of products in the region, it is necessary to consider the issue of preferential loans to entrepreneurs in order to establish enterprises producing such products. At the same time, sustainable development

Текст научной работы на тему «TENDENCIES OF SUSTAINABLE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF NAVOY REGION»

NAVOIY VILOYATINING BARQAROR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI

Iqtisod fanlari doktori, professor Sodiqov Avazbek Madaminovich O'zbekiston Milliy universiteti ORCID:0000-0002-9120-2656 Nazarov Nazirjon Narzilloevich O'zbekiston Milliy universiteti, tayanch doktoranti

ORCID:0000-0002-9100-5645

Annotatsiya

Maqolada Navoiy viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko'ra viloyatda iqtisodiy ahvol yaxshi bo'lgani bilan ekologik vaziyatningxavf ostida ekanligi asoslangan. Bunga ko'ra, hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulotning o'sishida sanoatda ishlab chiqarishini oshirish, qishloq xo'jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishlab chiqarishining dinamik o'sishi, uy xo'jaliklari daromadlarini sezilarli darajada oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish vazifalarini bajarish bilan bir vaqtda ijtimoiy soha rivojlanishi va ekologik barqarorlikni ta'minlangan holda erishish mumkinligi maqolada keltirilgan. Bundan tashqari sanoat salohiyati; qishloq xo'jaligi salohiyati, investitsiya salohiyati, eksport salohiyati, mineral resurslar salohiyati, mehnat resurslari kabi salohiyatlar ham tahlil qilingan. Viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida turli tumanlar ham tahlil qilingan. Shuningdek, Navoiy shahrida, hamda Xatirchi, Qiziltepa, Karmana va Nurota tumanlarida dasturlar barqaror rivojlanish maqsadlariga mos asosda metodologiyada o'z aksini topgan. Viloyatda import o'rnini bosuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ushbu mahsulot turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar viloyatda yo'qligini inobatga olib, bunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil qilish maqsadida tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish masalasini ko'rib chiqish lozim. Shu bilan birga barqaror rivojlanishni strategik rejalashtirish hamda bu borada turli taklif va tavsiyalar maqolada o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: barqaror rivolanish, strategik rejalashtirish, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyat.

Annotation

The article analyzes the stable socio-economic development of Navoi region from economic, social and ecological points of view. According to the results of the analysis, it is based on the fact that the economic situation in the region is good, but the ecological situation is in danger. Accordingly, in order to achieve the sustainable development of the region's economy, the growth of the gross domestic product, the increase in industrial production, the dynamic growth of the production of agriculture, transport and other sectors of the economy, the significant increase in household incomes, the rational use of natural resources It is presented in the article that it is possible to achieve social sphere development and ecological stability while fulfilling the tasks of use. In addition, industrial potential; Agricultural potential, investment potential, export potential, mineral resources potential, and labor resources were also analyzed. In the program of measures developed to deepen economic reforms in the region, various districts were also analyzed. Also, in the city of Navoi, as well as in Khatirchi, Kiziltepa, Karmana and Nurota districts, the programs are reflected in the methodology based on the goals of sustainable development. Taking into account the fact that there are no production of import-substituting food products and enterprises producing these types of products in the region, it is necessary to consider the issue of preferential loans to entrepreneurs in order to establish enterprises producing such products. At the same time, sustainable development.

Keywords: sustainable narration, strategic planning, economic, social and environmental situation.

Kirish

Mintaqada iqtisodiy o'sish sur'atlari, uning asosiy omillari, iqtisodiyot tarkibini shakllanishida tarmoqlarning o'rnini chuqur tahlil qilish, mamlakat iqtisodiyotidagi o'rnini aniqlash va barqaror rivojlanish sharoitlarini belgilab olish muhimdir.

Eng avvalo barqaror rivojlanishga ta'rif beradigan bo'lsak, "Barqaror rivojlanish" - rivojlanishning tiklanadigan tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat omillari bilan ta'minlangan YAlMning miqdoriy va sifat jihatdan o'sishidir. Bunda rivojlanishning barqarorligini vaqt davrlarida - rivojlanishning joriy, o'rta va uzoq muddatli davrlarida ko'rib chiqish lozim. Joriy davrda iqtisodiyotning o'sishi vazifalaridan kelib chiqib, YAIM o'sishining yuqori sur'atlariga erishish mumkin. Biroq iqtisodiyot rivojlanishining, uning barqaror rivojlanishini ta'minlashning o'rta va uzoq muddatli istiqbollarini hisobga oigan holda rivojlanish, YAlMning o'sish sur'atlari, asosan iqtisodiyotni jadal rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqib, ya'ni ko'proq rivojlanishning intensiv omillari hisobidan yuzaga kelishi kerak (Usmanov A., 2017:14).

Barqaror rivojlanish iqtisodiyotni rivojlantirishda iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik normalarga tayanishni nazarda tutadi. Ular ichida Brundtland komissiyasi ma'ruzasida keltirilgan ta'rif, atama mohiyatini to'liqroq ochib beradi. "Barqaror rivojlanish- bu shunday rivojlanishki, bugungi kun ehtiyojlarini qondirish hisobiga, kelajak avlodning o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini tahdid ostiga qo'ymaslikni nazarda tutadi" (Mo/ioHHMKOBa H.P., 2002:200).

Adabiyotlar sharhi

O'zbekistondagi BMT taraqqiyot dasturi doirasida olib borilgan ilmiy ishlarda, xususan, E.F.Gadoev ta'rifiga binoan, Barqaror rivojlanish - jamiyat taraqqiyotining eng muhim zamonaviy tamoyillaridan hisoblanib, unga binoan jamiyatning eng muhim maqsadi - rivojlanishning uzluksizligi, uning barqaror xarakterini ta'minlashdir. Barqaror rivojlanish o'z ichiga iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, demografik va boshqa komponentlarni qamrab oladi va nafaqat hozirgi kunda yashovchilar, balki kelajak avlodlarning munosib turmush darajasini ta'minlashni ko'zda tutadi (O'zbekiston: Amaliy qo'llanma 2011).

2015 yilda O'zbekiston hukumati 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida global kun tartibini amalga oshirish bo'yicha vazifalarni qabul qildi. 2018 yilning oktyabr oyida barqaror rivojlanish sohasida 16 ta Milliy maqsad va 125 ta vazifa qabul qilindi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlami tashkil etish maqsadlarini belgilashda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 83-sonli qaror qabul qilindi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi № 841).

Metodologiya

Bunga ko'ra, barcha hududlarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy maqsadlariga erishishda vazifalar belgilanib olindi.

Shu jihatdan, Navoiy viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlash, ishlab chiqarish salohiyatini baholash, iqtisodiy taraqqiyot yo'nalishlarini ishlab chiqish va mamlakat miqiyosidagi o'rni va jihatlari bilan bog'liq tadqiqotlarni olib borish dolzarb hisoblanadi.

Yalpi hududiy maxsuloti. Navoiy viloyatini barqaror rivojlanish nuqtai nazardan tadqiqot davri sifatida 2010-2022 yillarda YAHMning o'sish sur'atlarini tahlil jarayoni shuni ko'rsatdiki, dastlabki besh yilda (103,8 foiz) YAHMning o'sish sur'atlarida katta o'zgarishlar ro'y bermagan. Buning asosiy sababi, viloyatda YAHM ishlab chiqarish tarkibida og'ir sanoatning ulushi yuqoriligi hamda yangi ochilgan korxonalarning ulushi pastligi bilan asoslanadi. Shunga qaramay, tadqiqot davrining keyingi yetti yilida viloyatning o'sish sur'atlaridagi o'zgarishlar kuzatildi. Viloyatda YAHMning o'sish sur'ati ushbu davrga kelib (105,5 foizga) oshgan va respublika YAlMning o'sish sur'atlari (105,7 foiz)ga deyarli tenglashgan.

Demak, oxirgi yetti yil davomida viloyatda iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha bir nechta yirik loyihalar tizimli ravishda amalga oshirilganligi tufayli YAHM o'sish sur'atlarida sezilarli darajada ta'sir ko'rsatgan. Shunga ko'ra, Navoiy viloyati 2022 yilda YAHM hajmi jihatdan respublikada 3-o'rinni egallagan. Aholi jon boshiga YAHM hajmi bo'yicha respublika mintaqalari ichida yetakchilik qiladi. Buning asosiy sababi viloyatda aholi soni (1033,9 ming kishi) respublika hududlari aholi soniga nisbatan past bo'lib, 13-o'rinni egallaydi.

Mintaqada iqtisodiy barqarorlik ta'minlanishi bilan bir qatorda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ¡slohotlar keng miqyosda amalga oshirildi. Shunga asosan iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan ustuvoryo'nalishlar natijasida mintaqada 2010-2022 yillaroralig'ida YAHM indeksi 1,854 dan 2,561 ga, ya'ni 0,707 ga ko'tarildi (1-jadval).

1-jad val

O'zbekiston Respublikasi va Navoiy viloyatining yalpi ichki (hududiy) mahsuloti ko'rsatkichlari d namikasi (5)

Yillar O'zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati

Mlrd.so'm O'sish sur'ati foizda Aholi jon boshiga, ming so'm Mlrd.so'm O'sish sur'ati foizda Aholi jon boshiga, ming so'm YAHM indeksi

2010 78,936.6 107.1 2,763.7 4,325.6 103.9 5,016.3 1,815

2011 103,232.6 107.5 3,518.6 5,285.4 107.0 6,026.1 1,712

2012 127,590.2 107.1 4,285.2 6,528.8 104.7 7,378.8 1,721

2013 153,311.3 107.3 5,069.3 7,708.5 104.4 8,614.8 1,699

2014 186,829.5 106.9 6,074.2 9,181.7 105.5 10,120.9 1,666

2015 221,350.9 107.2 7,072.2 10,545.2 103.8 11,454.7 1,619

2016 317,476.4 105.9 8,020.1 11,959.3 103.7 12,786.6 1,594

2017 738,425.2 104.4 9,802.1 14,681.5 101.5 15,447.7 1,575

2018 255,421.9 105.5 12,945.7 22,573.3 104.8 23,240.3 1,795

2019 426,641.0 106.0 15,863.8 36,224.3 105.2 36,653.1 2,310

2020 532,712.5 102.0 17,688.5 49,780.4 106.6 49,513.0 2,799

2021 605,514.9 107.4 21,149.2 58,730.3 107.3 57,370.6 2,712

2022 888,341.7 105.7 24,919.7 66,685.4 105.5 63,832.1 2,561

Shu jumladan, tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati (105,5 foiz) (respublika 106,2 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar (106,2 foiz) (respublika 99,2 foiz), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (104,0 foizga) (respublika 103,6 foiz), sanoat (105,7 foiz) (respublika 105,2 foiz) hamda xizmatlar (105,2 foiz) (respublika 108,5 foiz) o'sganligini ko'rish mumkin. Demak Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulotning o'sish sur'atlari respublika yalpi ichki mahsulotining o'tgan yilga nisbatan o'rtacha o'sish sur'atlariga qaraganda faqatgina qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligiga o'sish kuzatilgan. Eng katta foizda o'sish sur'ati mahsulotlarga sof soliqlarda kuzatildi. Soliqlami oshishi barqaror rivojlanishga albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Navoiy viloyatining YAHM tarmoq tarkibi ya'ni qishloq (o'rmon va baliq) xo'jaligi, sanoat, qurilish hamda xizmat ko'rsatish tarmoqlari (2010-2022 yillar) davomida sifat jihatdan ijobiy siljishlar kuzatildi. Xususan, Navoiy viloyati YAHM tarmoq tarkibida sanoat ulushining yuqoriligini ko'rsatmoqda (2-jadval).

2-jadval.

Navoiy viloyatida YAHM tarmoq tarkibining o'zgarishi (foizda) (6).

Yíllar Qíshloq, o'rmon va baliq xo'jaligi Sanoat Qurilish Xizmatlar

2010 15 51 6,2 27,8

2011 15,5 50,8 6 27,7

2012 15,9 49,7 6,8 27,6

2013 15,5 51.5 7 26

2014 16,7 50 5,7 27,6

2015 16,8 51,8 6,1 25,3

2016 16,2 52,1 5,7 26,0

2017 18,5 53,4 5,3 22,8

2018 23,6 55,8 4,6 16,0

2019 16,5 66,5 4,2 12,8

2020 13,8 71,1 3,4 11,7

2021 15 69 3,7 12,3

2022 13,9 69,3 4,0 12,8

Sanoat salohiyati. Navoiy viloyati sanoat salohiyatining asosiy o'zagini tog'-kon sanoati tashkil etadi, u umumiy sanoat mahsulotining 56,5 foizdan ortig'ini tashkil etadi. Iqtisodiyotning asosini xomashyo va kapital ko'p talab qiluvchi tarmoqlar- rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish matenallari ishlab chiqarish va elektr-energetika tashkil etadi, bu esa asosiy va strategik ahamiyatga ega ob'ektlarning xomashyo yaqinida joylashganligi bilan bog'liq. Bunday mahsulotlar o'z navbatida, jahon bozorida yuqori baho va talabga ega. Asosiy sanoat ob'ektlari qatoriga Navoiy IES (viloyat umumiy sanoat mahsulotining 8,9 foizi), Navoiy kon-metallurgiya kombinati (60 foizga yaqin), "Navoiyazot" AJ (7,5 foiz), "Qizilqumtsement" AJ (11,2 foiz) kiradi. Viloyat sanoat mahsulotlarining 85% dan ortig'i yirik korxonalar hisobiga to'g'ri keladi. Ushbu strategik ahamiyatga ega korxonalarning rivojlanish dinamikasi nafaqat viloyat, balki butun mamlakatimiz iqtisodiy o'sish sur'atlariga ko'p jihatdan ta'sir ko'rsatmoqda.

YAHM ishlab chiqarish tarkibida sanoatning ulushi 45,0% ni tashkil etadi. Viloyat ammiakli selitra (umumiy respublika ishlab chiqarishining 42,4 foizi), azotli o'g'itlar (77,3 foiz), suvli eritmadagi ammiak (100 foiz), sirka kislotasi (100 foiz), formaldegid (100 foiz) ishlab chiqarish bo'yicha respublikada yetakchi o'rinni egallaydi. 100%, Portlend sement (42,6%), sement klinkerlari (45,4) (3-jadval).

3-jadval

Navoiy viloyatining ulushi O'zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy _rivojlanishida (%) (7)_

Ko'rsatkichlar nomi 2022 yil

Hudud 24.7

Aholi 2.9

Iqtisodiyotda band bo'lganlar soni 3.2

Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) 5.3

Sanoat mahsulotlari 9.6

Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 4.5

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari 5.0

Asosiy kapitalga investitsiyalar 5.7

Chakana savdo aylanmasi 4.2

Xizmatlar 3.0

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy turlari:

suvli eritmada ammiak 100

sirka kislotasi 100

metanol 100

ammoniy nitrat 42.4

azotli o'g'itlar 77.3

Portlend sement 42.6

sement klinkerlari 45.4

Navoiy viloyatlning respublika iqtisodiyotidagi ya'ni YAIM, sanoat, iste'mol tovarlari, qishloq xo'jaligi, investitsiya, chakana savdo, xizmatlar, eksport va importdagi ulushini hisoblaganda hamda uning o'zgarib borishini foizda ko'rganimizda quyidagicha o'zgarishlarga ega bo'lganini ko'rishimiz mumkin (3-jadval). 2022 yilda Navoiy viloyatiga mamlakat YAIMning 7,5 foiziga to'g'ri keldi. Respublika YAIMdagi ulushining tushishiga sabablardan biri Toshkent shahri va Toshkent viloyati YAIMdagi ulushi yuqori darajada o'sganligida bo'ldi.

Navoiy viloyatining respublikadagi sanoat ulushini tahlil qiladigan bo'lsak, bu sohada ham o'zgarishlar kuzatilganini ko'rishimiz mumkin. Ta'kidlash lozimki, pandemiya holatida ham tadqiqot olib borilayotgan mintaqaning deyarli barcha sohalarida jadal rivojlanish jarayoni davom etgan, biroq investitsiya, import va chakana savdo tovar aylanmasi bilan bog'liq ko'rsatkichlarda biroz pasayishlar kuzatilgan. Shuni inobatga oigan holda viloyatda qolgan sohalarni ham rivojlantirish uchun ko'proq e'tibor qaratish lozim. (4-jadval).

4-jadval

Navoiy viloyatining respublika iqtisodiyotidagi ulushi va uning o'zgarib borishi, foizda (8)

Yillar YAIM Sanoat Iste'mol tovarlari Qishloq xo'jaligi Investitsiya Chakana savdo Xizmatlar Export Import

2000 4,5 11,2 2,0 3,5 6,2 2,4 2,2 6,8 2,6

2005 5,7 15,0 2,2 4,0 5,5 3,0 2,9 7,8 2,5

2010 5,6 10,6 3,3 4,4 10,6 3,9 2,4 4,2 4,0

2015 4,9 9,5 4,2 4,2 4,0 4,2 2,6 4,1 2,9

2017 4,7 8,8 3,7 4,4 5,5 4,1 2,6 2,2 3,3

2018 5,4 9,7 3,0 4,5 8,5 4,1 2,6 2,1 6,6

2019 7,2 13,8 2,9 4,4 9,0 4,1 2,6 2,0 6,1

2020 8,4 17,7 3,2 4,6 7,9 4,0 2,6 2,8 4,2

2021 8,4 17,7 3,1 4,5 7,8 4,1 2,6 3,1 4,5

2022 7,5 16,1 3,3 4,4 7,3 3,8 2,6 3,6 2,5

Viloyat iqtisodiyoti asosan sanoat sohasiga ixtisoslashgan bo'lib, bu tarmoq viloyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini hamda mamlakatdagi o'rnini belgilashda muhim o'rin tutadi. Navoiy viloyati respublika hududlari bo'yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari tadqiqot davri (2010-2022 yillar) mobaynida o'sish kuzatilgan bo'lib, 2022 yilda (84144.6 mlrd.so'm)ga yetdi, respublikada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari o'rtacha ko'rsatkichi esa (551050,9 mlrd.so'm)ga yetgan. Viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 80546,7 ming so'mni tashkil etib, respublikada yetakchilik qildi. Viloyatning ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari o'sish sur'atlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2022 yilda (105,7 foiz)ni tashkil etgan.

Navoiy viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy tarkibi bir-biridan keskin farq qiladi. Viloyat jami sanoat mahsulotining 84,5 foizni Navoiy shahrida ishlab chiqariladi. Viloyatning aholi jon boshiga iste'mol mollari ishlab chiqarish ko'rsatkichi respublika o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori. Viloyatning ichki hududlari orasida Navoiy shahri hamda Karmana tumanidan tashqari barcha hududlarda aholi jon boshiga iste'mol mollari ishlab chiqarish viloyat o'rtacha ko'rsatkichidan past. Navoiy shahrida ushbu soha indeksi 2,057 ga teng, ya'ni viloyatda ishlab chiqarilayotgan xalq iste'mol mollarining 29,8 foizi Navoiy shahriga to'g'ri keladi. Tumanlar orasida nisbatan yuqoriroq ko'rsatkichni Karmana (17,8 %), Xatirchi (14,2 %) hamda Qiziltepa (12,4 %) tumanlari tashkil etadi. Qolgan hududlarning, ayniqsa, Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining ushbu sohadagi ulushi past. Nisbatan Karmana (10,7%), Qiziltepa (1,7%) va Xatirchi (0,9%) tumanlarida rivojlangan.

Navoiy viloyati iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlari dinamikasini tadqiqot davrida respublika hududlari ko'rsatkichlari bilan solishtirganda 12 yil davomida iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi bo'yicha o'sishga erishgan bo'lib 2022 yilda 4 676,5 mlrd.so'mni tashkil qildi va respublikada 9- o'rinnni egalladi. Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari bo'yicha Navoiy viloyatida oxirgi yil larda pasayish tendensiyasi kuzatilib 104,2 foizni tashkil qilmoqda. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste'mol mollari 12 yil vaqt mobaynida 3947,9 ming so'mga ko'payib 2022 yilda kelib 4 476,5 ming so'mni tashkil qilgan.

Qjshloq xo'jaligi salohiyati. Navoiy viloyatida qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining barqaror o'sishi chorva mollari sonini ko'paytirish va mahsuldorligini oshirish asosida chorvachilikni jadal rivojlantirish hisobidan ta'minlanmoqda.

Navoiy viloyatida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining respublika tarkibidagi ulushi qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmining 5 foizini tashkil etadi. Viloyat respublika yalpi ekin maydonining 3 foizini egallaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Viloyat qishloq xo'jaligi salohiyati asosan qorako'l qo'y va echki boqish hisobiga rivojlangan chorvachilik (viloyat qishloq xo'jaligi umumiy hajmining 52,4%) bilan ajralib turadi. Shunday qilib, qo'y va echkilar soni bo'yicha viloyat respublikada 6-o'rinda (10%), go'sht yetishtirish bo'yicha 7-o'rinda (6,5%). Ayni paytda o'simlikchilik, jumladan, meva-sabzavotchilik, polizchilik, uzumchilik rivojlanmoqda. Viloyatda kartoshka yetishtirish yalpi respublika hajmining 2,5 foizini, sabzavot yetishtirishning 2,3 foizini, meva yetishtirishning 3,8 foizini va uzumning 5 foizini tashkil etadi.

Navoiy viloyatini qishloq xo'jaligi mahsulotini tumanlar kesimida tahlil qilganda viloyatda yetakchilikni Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor hamda Karmana tumanlari egallaydi. Eng past ko'rsatkich (shaharlardan tashqari) Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlari ulushiga teng.

Investitsion salohiyat. Mintaqaning investitsiya salohiyati boy mineral-xom ashyo bazasi, rivojlangan sanoat salohiyati, strategik ahamiyatga ega ishlab chiqarish quvvatlarining joylashuvi mavjudligi bilan belgilanadi. Oxirgi 5-6 yilda Navoiy viloyatida infratuzilmani shakllantirish tufayli katta loyihalarni amalga oshirishda imkoniyat yaratildi. Jumladan "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi, shuningdek,

rivojlangan ternir yo'l, avtomobil yo'llari tarmog'i va mintaqada xalqaro intermodal logistika markazining mavjudligini aytish mumkin. Hududiy tuzilmada 2022-yilda Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo'naltirilgan asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar ulushi 5,7 foizni, 2010-2022-yillarda esa umumiy hajmida o'rtacha 6,6 foizni (respublika bo'yicha 6-o'rin) tashkil etdi. 2010-2015 yillarga qaramay, viloyatga yo'naltirilgan investitsiyalar o'sish sur'ati mos ravishda 96,9,87,2 va 96,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilga kelib, bu ko'rsatkich keskin o'sib, 118,2 foizga yetdi. Natijada 2022-yilda aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi 18,5 million so'mdan ortiqni tashkil etdi (respublikada Toshkent shahri va Buxoro viloyatidan keyin 3-o'rin). 2010-2022 yillarda Navoiy viloyati iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar ulushi o'rtacha 28,5%ni (2022-yilda 26,9%) tashkil etdi, bu respublika darajasidan (24%) yuqori. Viloyatda katta zahira va ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo'lsa-da, 2021-2022 yillarga xorijiy sarmoya va kreditlar ulushi. (2,9% va 4,8% mos ravishda) milliy darajadan ancha past bo'lib qoldi (2022 yilda 21,9%).

Ayni paytda viloyatda 17 sanoat korxonasida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "Navoiyazot", "Qizilqumsement", "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi", Navoiy "Elektrokimyo zavodi" korxonalari shular jumlasidandir. Navoiy viloyatida ham qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Masalan, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "Navoiyazot" AJ va qishloq xo'jaligidagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash imkoniyatini yaratuvchi quwati 450 MVt bo'lgan ikkinchi bug'-gaz qurilmasi qurildi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki krediti hisobidan Navoiy shahridagi "Baxt tekstil" mas'uliyati cheklangan jamiyati, Navoiy shahridagi "Baxt Navoiy" mas'uliyati cheklangan jamiyati, Qiziltepa tumanida "Toshrabot tekstil" va Navbahor tumanida "Navbahor tekstil" korxonalari ishga tushirildi. Zamonaviy va energiya tejovchi texnologik uskunada yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarish yo'lga qo'yilib, qariyb 70 million dollarlik ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ham jalb etildi.

Natijalar

Eksport salohiyati. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida hududlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish asosiy vazifa etib belgilangan. 2022 yilda viloyatda eksport hajmi 595,4 mln. AQSH dollariga teng bo'lib, u 2021 yilga nisbatan oshdi.

Viloyatning mamlakat eksport salohiyatidagi ulushi 2022 yilda 2,8 foizni tashkil etdi. Vaholanki, ushbu ko'rsatkich 2010 yilda 6,8 foizga, 2015 yilda 6,3 foizga teng bo'lgan. Tahlillarga ko'ra, 2010-2015 yillar orasida viloyatda aholi jon boshiga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish 2,2 martaga oshdi. Biroq, 2010-2022 yillarda bu ko'rsatkich, aksincha, birmuncha kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Bu holatni jahon bozorida mahsulotlarga bo'lgan talab va taklifning keskin o'zgarishi, narxlarning tushib ketishi hamda oxirgi yildagi pandemiya oqibatlari bilan izohlash mumkin. Xulosa qilib aytganda, Navoiy viloyati aholi jon boshiga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan keyingi o'rinni egallaydi.

Navoiy viloyatining eksport tovar tarkibi o'ziga xosdir. Ushbu o'ziga xoslik shundan iboratki, uning jami eksportining yarmini kimyo mahsulotlari tashkil qiladi. Undan keyingi o'rinda paxta tolasi, hamda xizmatlar turadi. Mintaqada eksport mahsulotlari va xizmatlarining 74,7 foizi Navoiy shahriga hamda 8,2 foizi Karmana tumaniga to'g'ri keldi. Qolgan barcha hududlarning eksportdagi ulushi deyarli sezilmaydi.

Viloyatning eksport salohiyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar muhim rol o'ynaydi. Masalan, 2022 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 238 tani tashkil etdi. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha 145 tasi sanoat, 27 tasi savdo, 29 tasi qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida, 3 tasi tashish va saqlash, 13 tasi qurilishda, 3 tasi yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda, 1 tasi axborot va aloqa, 2 tasi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, 15 tasi boshqa faoliyat turlari hissalariga to'g'ri keladi. Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalardan 148 tasi qo'shma korxonalar, 90 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanib, ular tomonidan 104,2 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan hamda xizmatlar ko'rsatilgan, shu jumladan 33,8 mln. AQSH dollari qiymatida mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan.

Viloyatda 2022 yil mobaynida 180 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 559 turdagi tovar va mahsulotlarni 38 ta mamlakatga eksport qilindi. Eng ko'p Kanada, Fransiya, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Qozog'iston, Singapur, Litva, Afjg'oniston, Ukraina, Tojikiston, BAA, Ozarbayjon, Polsha, Belarus, Buyuk Britaniya, Pokiston, Gongong va boshqa mamlakatlar hissasiga to'g'ri keldi.

Viloyatning eksport salohiyatini oshirishda Navoiy erkin iqtisodiy zonasi alohida o'rin tutadi. Hozirgi vaqtda Navoiy erkin iqtisodiy zonasi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur va Rossiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Umumiy investitsiya miqdori 124 million dollar bo'lib, korxonalarda 100 dan ortiq turdagi eksport mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Mineral resurs salohiyati. Ma'lumki, Navoiy viloyati respublikada mineral xomashyo resurslari bilan yaxshi ta'minlangan mintaqalardan biri sanaladi. Shu bois sanoatning shakllanishi va rivojlanishida tabiiy resurslar alohida o'rin egallaydi. Chunki, tabiiy resurslar, bir tomondan, sanoat ishlab chiqarishi uchun xomashyo vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarishi uchun sharoit bo'lib xizmat qiladi.

Mineral xomashyo resurslari mintaqa sanoati qudratining asosiy o'lchovlaridan biri hisoblanadi. Mineral xomashyo zahiralarining ayrim turlari bo'yicha viloyatning ulushi juda yuqori. Navoiy viloyati mineral xomashyo resurslari qiymati bo'yicha respublikada o'ziga xos o'ringa ega.

Navoiy viloyati mintaqalar orasida xomashyo zahiralari bo'yicha respublikada beshinchi o'rinni egallaydi. Viloyatda rangli, noyob, qimmatbaho metallarni zahiralari mavjud bo'lib, bu borada u mintaqalar orasida Toshkent viloyatidan keyingi o'rinda turadi.

Biroq, oltin zahiralarining yirik konlari esa, aynan ushbu mintaqada tarkib topgan. Shuningdek, viloyatda tog'-texnika xomashyosi zaxirasining 16 foizi, qurilish materiallari zaxiralarining esa, 15,7 foizi joylashgan.

Viloyatda yuqorida qayd etilgan xomashyo resurslarining sezilarli zahiralari mavjudligi, bu mintaqada rangli metallurgiya, kimyo va qurilish sanoatlarining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Vioyatda oltin konlarining yirik zahiralari mavjud bo'lib, ular asosan Tomdi tumanida joylashgan Muruntov, Omontoytov va Dogustov konlari, shuningdek, Uchquduq tumanida joylashgan Ko'kpatos konlaridan iboratdir.

Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqalardan biri bo'lmish Qizilqumda Ajibugut, Balpantov, Aristontov, To'rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o'rganilmoqda, Bu konlardan qazib olinayotgan oltin sifati jihatidan dunyoda oldingi o'rinda turadi. Viloyat hududida 100 dan ortiq foydali qazilma konlari joylashgan bo'lib, ayniqsa oltin, kumush, polimetal, uran, fosfat, kaolin, bentonit, marmar, granit, dolomit, keramzit, bazalt, kvars qumi, gips, ohaktosh, yarim qimmatbaho toshlar (feruza, kaxolong, opal) va boshqa xomashyolar. Foydali qazilma konlarining mintaqa iqtisodiyotidagi jalb etilishi 50 foizdan kam emas. Shu bilan birga, Navoiy viloyati boy xomashyolardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega.

Ta'kidlash joizki, Navoiy viloyati mamlakatimiz uchun eng muhim va noyob "strategik" ahamiyatga ega bo'lgan sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Viloyatda jami 3273 ta sanoat korxonalari mavjud bo'lib, shundan 28 tasi yirik, qolganlari esa kichik sanoat korxonalari tarkibiga kiradi. Keyingi yillarda viloyatda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi o'ziga xos tarzda kechmoqda. Iqtisodiyotning asosini jahon bozorida qimmatli hisoblangan rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallari va energetika sanoati uchun xomashyo yetkazib beruvchi unduruvchi sanoat tarmoqlari tashkil etadi.

Viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida turli quvvat bilan ishlaydigan 7 ta, jumladan, Navoiy shahrida 3ta, Karmana, Tomdi, Uchquduq va Qiziltepa tumanlarida 1 tadan yangidan go'sht maxsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash korxonalari tashkil etildi. Shuningdek, Navoiy shahrida, hamda Xatirchi, Qiziltepa, Karmana va Nurota tumanlarida 6 ta sutni qayta ishlash sanoat obyektlari faoliyat olib bormoqda. Viloyatda import o'rnini bosuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ushbu mahsulot turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar viloyatda yo'qligini inobatga olib, bunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil qilish maqsadida tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish masalasini ko'rib chiqish lozim.

Ma'lumki, sanoatni maqsadga muvofiq joylashtirish mintaqaning boy tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Mintaqada kimyo sanoatining istiqbollari keng. Jumladan, Navoiydagi

fosforit konlari negizida fosforit o'g'itlari ishlab chiqaradigan, Navoiy TKKni qayta ishlash majmuasi asosida esa, kimyo sanoatining yangi tarmoqlarini rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Keyingi yi I larda viloyatda to'qimachilik sanoatiga katta e'tibor berilmoqda. 2006 yil viloyat markazida "Baxt-tekstil" qo'shma korxonasi o'z faoliyatini boshladi. Korxonaning to'liq quvvati yiliga 7500 tonna paxta tolasini qayta ishlashga va har xil turdagi to'qimachilik mahsulotlari tayyorlashga mo'ljallangan. Eng muhimi, hozirgi kunda bu korxonada jami 700 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan yangi loyiha poligarskit oqartiruvchi gil mahsulotini chetdan olib kelinishini (import) kamaytirish maqsadida import qilinayotgan mahsulotlardan sifati bilan tenglashadigan, hamda arzon bo'lgan poligarskit oqartiruvchi gilini ishlab chiqarayotgan "Bentonit" QKga respublikadagi korxonalar bilan (yog'-moy ishlab chiqarish korxonalari va h.k.) shartnomalar tuzish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, sifati yuqori bo'lgan bazalt tolasini ishlab chiqarayotgan "Tizol-N" MCHJ bilan respublikadagi korxonalarni (masalan NKMK, "Navoiy IES" AJ, "O'zbekenergo" DAK, "O'zbekkimyosanoat" DAK, "O'zavtosanoat" va h.k.) mahsulotni xarid qilishini ta'minlash bazalt tolasini chetdan olib kelinishini (import) kamaytirishga xizmat qiladi.

Sanoatning rivojlanishini unda mavjud jami resurslar majmuasi va qulay sharoitlardan to'liq foydalangan holda amalga oshiriladi. Sanoatni maqsadga muvofiq joylashtirish mintaqaning tabiiy resurslaridan oqilona va to'la foydalanishga imkon beradi. Viloyatda hududlararo sanoat rivojlanishidagi tafovutlarni qisqartirish izchil chora-tadbirlar olib borishni talab etadi.

Mintaqaning tabiiy, mehnat hamda moliyaviy resurslarining bugungi kundagi holati viloyat sanoati rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlari"ga bag'ishlangan murojaatnomasida mamlakatimizda qisqa mudadatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirilganini qayd etdi. Masalan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug'-gaz qurilmasi, Qizilqum bag'ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo'yicha ishlar davom etmoqda.

Bizning fikrimizcha, viloyat sanoat ishlab chiqarishning respublikadagi mavqeini yanada oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

-mineral xomashyo resurslarining yangi zahiralarini izlab topish, hamda ishlab chiqarishga jalb qilish; -mintaqada sanoat ishlab chiqarishiga xorijiy kapital kirib kelishini yanada rag'batlantirish; - sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida mehnat-talab, resurs-talab va ilm-talab ishlab chiqarish turlarining oqilona nisbatiga erishish;

-qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini xomashyoga yaqin bo'lgan qishloq joylarida barpo etish;

-tog'-kon va qishloq xo'jaligi resurslarining cheklanganligini nazarda tutib, ularni chuqur qayta ishlash darajasini oshirish maqsadga muvofiq.

Umuman olganda, mamlakatning barqaror rivojlanishida mintaqa sanoati va mineral-xomashyo salohiyatining o'rni sezilarli. So'ngi yillarda uning respublika YAlMdagi sanoat mahsulotlari ulushining o'sib borayotganligi ham sir emas. Chunonchi, 2022 yilda mazkur ko'rsatkichning 17,7 foizni tashkil etganligi bunda yaqqol misoldir. Shu bilan birga yangi izlab topilgan konlarni ishga tushirilishi, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi mintaqa iqtisodiyotini yanada samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mehnat resurslari. Navoiy viloyatini 2022 yil davomida aholi bandligini ta'minlash bo'yicha (1-rasm) mehnat resurslar balansiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unda quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Jumladan, 2022 yil yanvar-dekabr oylarining mehnat resurslari balansiga ko'ra Navoiy viloyatida o'rtacha doimiy aholi 1044 668 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 570 239 nafar, iqtisodiy faol aholi 450 315 nafar, band bo'lgan aholi 414 067 nafar (shundan, rasmiy sektorda bandlar 289 825 nafar, norasmiy sektorda bandlar 97 291 nafar va chetga ketganlar 26 951 nafar)ni tashkil etdi. Bundan kelib chiqib, ishga joylashtirishga muhtoj bo'lgan ishsizlar 36 248 nafarni va ishsizlik darajasi 8,0%ni tashkil etdi.

1044,7 Навоий вилоятида мех,нат ресурслари баланси (минг киши/нафар) 570,2

36,2

А^оли сони Ме^нат ресурси Ицтисодий фаол Банд булган ах,оли Ишсизлар сони сони а^оли сони сони

1-rasm. Navoiy viloyatida mehnat resurslari balansi (11)

Ishsizlik darajasi hududlar kesimida qaralganda, Xatirchi tumanida bu ko'rsatkich 9,3%, Nurota t. -9,3%, Tomdi t. - 9,1%, Navbahor t. - 8,9%, Qiziltepa t. - 8,8%, Konimex t. - 8,7%, Karmana t. - 8,5% va Uchquduq t. - 8,2%ni tashkîl etib, viloyat ko'rsatkichidan yuqori hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytish lozimki, ishsizlik darajasi foizda barcha tumanlarda deyarli katta farq qilmasada aholi ko'p yashaydigan tumanlari Xatirchi, Qiziltepa va Karmana tumanlarida ish bilan bandlikni ta'minlashga e'tibor qaratish kerak.

Xulosa

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakkî, Navoiy viloyati respublikada dirayver hududlardan bo'lsada, viloyatdayetarlicha muammolar bor. Bu muammolarni bartaraf etish, aholini farovonyashash sharoitini ta'minlash uchun har tomonlama puxta ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish strategîyasîni îshlab chiqish zarur.

Tadqiqot davri (2010-2022 yillar) shuni ko'rsatmoqdaki, viloyatda nomutanosib rivojlanish mavjud ya'ni viloyat sanoatlashgan, chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan tumanlardan iborat. Buning asosiy sababi hududdagi geografik joylashuv bo'lib, sanoatlashgan joylar birinchi navbatda resurslarga va aholi yashash joylariga yaqin joylarda joylashganligi, chorvachilikda esa viloyatda 50 minggektardan ortiq yaylovlar mavjudligi uchun ham cho'l hududlarida bu soha rivojlangan. Dehqonchilik sug'oriladigan hududlarda rivojlangan bo'lib asosan Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor hamda Karmana tumanlarini aytish mumkin.

Barqaror rivojlanishning yuqori darajasiga chiqishda hudud oldida turgan ko'p muammolarga yechim topishga to'g'ri keladi. Bunga ko'ra, hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulotning o'sishida sanoatda ishlab chiqarishini oshirish, qishloq xo'jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishlab chiqarishining dinamik o'sishi, uy xo'jaliklari daromadlarini sezilarli darajada oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish vazifalarini bajarish bilan bir vaqtda ijtimoiy soha rivojlanishi va ekologik barqarorlikni ta'minlangan holda erishish mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati:

Usmanov A. Ichkî zaxira va imkoniyatlarni safarbar qilish strategiyasining konseptual asoslari. Monografiya. B.14. -T., 2017.

Современная экономика: Российская модель: Под.ред. Н.Р.Молочникова, М.: Московский психолого-социальный институт: Изд. "Модэк" - 2002, - с.200

O'zbekiston: Amaliy qo'llanma. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti prinsiplarini amalga oshirishning parlament tomonidan ta'minlanishi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi. Toshkent-2011.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 841-sonli qarori, https://lex.uz/docs/4013356. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida hisoblangan. Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvorchora-tadbirlarto'g'risida"gi PQ-3182-sonli Qarori

Qayumov A.A. Zarafshon mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi va urbanistik salohiyati/'lqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №5, sentyabr-oktyabr, 2015 yiI.http://iqtisodivot.tsue.uz/sites/files/maqolalar/19 A A Qayumov.pdf.

https://review.uz/oz/post/navoiv-vilovatida-2022-yil-vakunlari-hamda-2023-vilga-aholi-bandligini-taminlash-bovicha-belgilangan-vazifalar-iirosi

TRENDS IN SUSTAINABLE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF NAVOI REGION Extended abstract

The article is analyzed from an economic, social and environmental point of view in the sustainable socio-economic development of Navoi region. The main IISM of the article cites theoretical concepts of bariaror development and the opinions of scientists in this regard as references. Sustainable development implies a reliance on economic, social and environmental norms in the development of the economy. Within them, the definition given in the Brundtland Commission report, the term i.e. sustainable development is more fully revealed at the expense of meeting the needs of today, the essence of not threatening the potential of the future generation to meet their needs.

According to the results of the analysis, the economic and social trends of the Navoi region are presented in the tables and are taken as the main indicator in ensuring the sustainable development of the industrialized area. At the same time, special attention is paid to the following potential of the region in ensuring the sustainable development of Navoi region: industrial potential; agricultural potential; investision potential; export potential; mineral resource potential; labor resources.

The study of the potential of each network in the region was based on 12 years of data as a research period, and the role and share of each economic and social potential in the Republic was also analyzed. In addition, in the process of in-depth analysis of the pace of economic growth of the region, its main factors, the place of sectors in the formation of the structure of the economy, opinions on determining its place in the country's economy and determining the conditions of sustainable development are reflected in the article.

The relevance of the article was increased by the fact that in 2015 the Government of Uzbekistan adopted tasks for the implementation of the global agenda in the field of sustainable development in the period up to 2030, and in October 2018,16 national goals and 125 tasks were adopted in the field of sustainable development.

In the Navoi region, over the years, the focus on economic development has become wider, and to this day, Natural Resources and environmental problems, which are becoming a threat to sustainable development, are becoming the main problem for people to live comfortably.

Navoi region is considered as the main strategic industrialized territory not only at the regional level, but also at the Republican level. At the same time, strategic planning of sustainable development as well as various proposals and recommendations on this are reflected in the article.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.