UDK 911.3:33
Nosirov B. G.magistri O'zbekiston milliy universiteti
FARG'ONA VILOYATIGA IQTISODIY TAVSIF VA UNDA TURIZMNING AHAMIYATI
Annotatsiya: ushbu maqolada Farg'ona viloyatining asosiy iqtisodiy tarmoqlari, ularning 2020-yilning dastlabki yarim yilligidagi iqtisodiy faoliyati tahlil qilingan. Shuningdek viloyat iqtisodiyotida turizmning tutgan o 'rni, ahamiyati hamda mavjud imkoniyatlar ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo'jaligi, investitsiya, geografik joylashuv, eksport, import, Hunarmandlar festivali.
Nosirov B.G., Magistr of the National University of Uzbekistan
ECONOMIC CHARACTERISTICS OF FERGANA REGION AND THE IMPORTANCE OF TOURISM IN IT
Annotation: This article analyzes the main economic sectors of Fergana region, their economic activity in the first half of2020. The role, importance and existing opportunities of tourism in the regional economy were also discussed.
Key words: economy, industry, agriculture, investment, geography, export, import, Crafts Festival.
Farg'ona viloyati O'zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo'lib, uzoq tarixga ega qadimiy hududlardan biridir. 1938-yil 15-yanvarda viloyat sifatida tashkil etilgan bo'lib, maydoni 6.8ming km2, aholisi 2020yil 1-oktabr holatiga ko'ra 3million 817ming kishini tashkil etmoqda. Ma'muriy jihatdan tarkibida 15ta tuman, 9ta shahar, 10ta shaharcha va 164dan ortiq qishloq fuqarolar yig'ini mavjud.
Farg'ona respublikamizning yirik sanoat markazlaridan biri hisoblana di. Viloyatda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay geografik joylashuvi, resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi katta ahamiyatga ega. Asosiy sanoat tarmoqlari sifatida yoqilg'i energetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxta tozalash va qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat hamda elektr energiya ishlab chiqarish tarmoqlari salmoqli ahamiyatga ega. Viloyatning eng yirik kimyo sanoati zavodlari Farg'ona va Qo'qon shahrida joylashgan "Azot" ishlab chiqarish birlashmalari, 1956-yilda tashkil etilgan Qo'qon superfosfat zavodi, shuningdek kimyoviy tolalar, furan birirkmalari zavodi shular jumlasidandir. Yoqilg'i energetika sanoatining rivojlanishi esa Farg'ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati bilan bog'liq. Qurilish sanoatida
ham viloyatlar o'rtasida Farg'ona o'z o'rniga ega bo'lib, bunda Quvasoy sement zavodining ahamiyati benihoya katta. Bu zavod respublikada ishlab chiqariladigan sementning to'rtdan bir qismidan ko'prog'ini beradi. Hozirgi kunda shu sement zavodi negizida shifer, g'isht, turli chinni va shisha idish ishlab chiqarish zavodlari ishlab turibdi. Viloyatda 2019-yil yakuni bo'yicha mavjud 418ta qo'shma korxona hamda 29600ta kichik korxonalar faoliyat yuritmoqda.[1]
2020 yil yanvar-iyun oylarida Farg'ona viloyati bo'yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 16 857,3 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2019 yilning tegishli davriga nisbatan 0,5 % ga o'sdi. 2020 yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo'yicha aholi jon boshiga YAHM 4 474,9 ming so'mni tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 % ga kamayganini ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha YAIMni shakllantirishda Farg'ona viloyatining ko'shgan hissasi shu 6 oy hisob kitoblari bo'yicha 6,6 % ni tashkil etmoqda.
2020-yil yanvar-iyun oylari davomida 634,1 mln.dollar tashqi savdo aylanmasi amalga oshirildi. Bundan eksport ulushi 249,2 mln. dollar, import esa 384,9 mln.dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda viloyatda 7 988 ta sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, ularning hududiy tarqalishi bo'yicha dastlabki yetakchi hududlar -1358 tasi Qo'qon shahri, 953 tasi Marg'ilon shahri, 972 tasi Farg'ona shahridir. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 663 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan bo'lib, ulardan 68 tasi Qo'qon shahri, 68 tasi Marg'ilon shahri, 58 tasi Farg'ona shahriga to'g'ri keladi. 2020 yil yanvar-iyun oylari yakunlari bo'yicha viloyat korxonalari tomonidan 9 458,2 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
2020 yil dastlabki 6 oyi davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 4 876,8 mlrd. so'mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 93,2 foizni tashkil qildi. Eng ko'p kichik biznes sub'ektlari savdo tarmog'ida 1 114 ta (jami tashkil etilgan sub'ektlarning 40,9 foizi), sanoat sohasida 661 ta (24,3 foizi), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida 263 ta (9,7 foizi) va qurilishda 221 ta (8,1 foizi) tashkil etilgan.
Umumiy holatda 2020 yilning yanvar-may oylarida viloyatdagi jami iqtisodiyot tarmoqlaridan 345 053,6 mln.so'm miqdorda yakuniy moliyaviy natija olindi. 2019 yilning shu davriga nisbatan solishtirganimizda, foyda hajmi 2019 yil yanvar-may oylarida 494 520,6 mln. so'm foyda bilan yakunlangan, 2020 yil joriy davrda foyda 345 053,6 mln. so'mni tashkil etdi. Albatta viloyatda ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishi, eksport-import salohiyatiga COVID-19 pandemiyasi o'zining juda kata ta'sirini ko'rsatdi. Shu sababdan ba'zi tarmoqlarda pasayish holatlari kuzatildi, lekin qishloq xo'jaligi tarmoqlarida o'sish ko'rsatkichlari saqlanib qoldi.[2]
Farg'ona viloyati iqtisodiyotining rivojlanishi, YalM qiymati, aholini ish bilan ta'minlanishi, infrastrukturani shakllanishida turizm o'ziga xos ahamiyatga ega. 2019-yil yakuni bo'yicha viloyatda tashrif buyuruvchilarga xizmat
ko'rsatuvchi 7ta turistik tashkilot ro'yxatdan o'tkazilgan. 2019-yil davomida ushbu firmalar tomonidan 1557 nafar turistlarga xizmat ko'rsatilib, 170 nafar turistlar qabul qilindi, 893 nafari jo'natildi. Ushbu tashrif buyuruvchilarning 429 nafari 1kunlik tashrif buyuruvchilar bo'lsa, 634 nafari tunab qoluvchilardir.(1 -diagramma) Viloyatda so'nggi yillarda turistik obyektlarga alohida e'tibor ko'rsatilayotgani, Qo'qon shahrida har 2yilda 1marta hunarmandlar festivali, Marg'ilon shahrida 6-11-oktyabr kunlari An'anaviy hunarmandchilik va dizayn bo'yicha treninglar tashkil etilayotgani viloyat hududiga sayyohlarning qiziqishini oshirmoqda. Hozirda 7ta turistik firmada jami 50dan ortiq aholi ish biland band bo'lib, ularning 17nafari oliy ma'lumotli, 33 nafari o'rta malumotlilardir. Jami faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning 14nafarini ayollar tashkil qiladi. Mutaxassislar orasida 8ta menedjer, 2ta gid va 24ta ekskursovodlar mavjud. Viloyat hududida jami 87ta joylashtirish vositalari ya'ni mehmonxonalar ro'yxatga olingan bo'lib, mehmonlarga 594 nafar hodim xizmat ko'rsatmoqda.
1-jadval
Farg'ona viloyatiga tashrif buyuruvchilarning tashrifdan maqsadiga ko'ra tavsiflanishi (2019-yil)
■Tashrif buyuruvchilar soni
12929 n 4707 226 6623 Q 8341 n 1186 756 ? 9633 □ 7717
Ta'til, bo'sh vaqt va dam olish Do'stlar va qarindoshlarni ko'rish Ta'lim va kasbiy tayyorgarlik Davolovchi va sog'lomlashtiruvchi muassasalar Ziyorat qilish Do'konlarga tashrif buyurish Tranzit Boshqa shaxsiy maqsadlar Ish yuzasidan va boshqa maqsadlar
2019-yil davomida 72118ta mehmonlar joylashtirilgan bo'lib, asosan 27717 nafari ish yuzasidan viloyatga tashrif buyuruvchilardan iborat. Tashrif buyuruvchilar orasida 14nafari viloyat hududida 180-365-kun oralig'ida tunab qolgan. Viloyat hududida turizmning rivojlanishiga viloyat hududida mavjud 33ta sanatoriya ham katta ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ularda 1677ta turistlarni joylashtirish imkoniyati mavjud. Viloyat 2019-yil davomida jami 8011ta sayyohlik yo'llanmalari sotilib, undan viloyat iqtisodiyotiga jami 9489 million so'm miqdori daromad keldi. 2018-yilda esa turizmdan tushgan daromad 5109 million so'mni tashkil etgan.[3]
2019-yilda daromadlar 2018-yilga nisbatan 4380million so'mga yoki 85%ga oshganini ko'rishimiz mumkin. 2019-yil oxiri 2020-yil davomida turizmdan olinadigan daromadlar miqdoriga COVID-19 pandemiyasi juda kata
ta'sir o'tkazdi. Turizmdan olinayotgan daromad YaHMning 0.5 foizini tashkil qilsada, kelgusi yillarda turistik infrastrukturaning yanada rivojlanishi, hukumatimiz tomonidan berilayotgan alohida e'tibor sabab bu ko'rsatk ich yanada o'sishiga ishonamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.wikipedia.uz
2. "Farg'ona viloyati statistik axborotnomasi". Farg'ona viloyati statistika boshqarmasi. - Farg'ona. 2020-yil 28-yanvar
3. "Farg'ona viloyati iqtisodiy va turizm bo'yicha statistik ma'lumotlari" -Farg'ona. 2019-yil
Internet resurslari:
https://uzbektourism.uz/ru/docs/-3141186
http://farstat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/4083-iqtisodiy-tahlil
References:
1. wikipedia.uz
2. "Statistical bulletin of Fergana region". Fergana Regional Statistics Department. Fergana. January 28, 2020
3. "Tourism and economic Statistics of the Fergana Regional Prosecutor's Office." Fergana. 2019
Internet resources: https://uzbektourism.uz/ru/docs/-3141186
http://farstat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/4083-iqtisodiy-tahlil