Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA NAMANGAN VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT'

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAMANGAN VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
327
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gullar shahri / “Meros” ilmiy-ma’rifiy markazi / fermer / demo¬gra¬fik muammo / Mulla Qirg‘iz madrasasi / ijtimoiy-iqtisodiy hayoti / “Namanganskaya pravda”. / Flower City / Heritage Research and Enlightenment Center / farmer / demographic problem / Mulla Kyrgyz Madrasah / socio-economic life / Namanganskaya Pravda

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turayeva, Sharipa Egamberdiyevna

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Namangan viloyatidagi ijrimoiy-iqtrisodiy vaziyat tahlil qilingan. Namangan viloyati Farg‘ona vodiysining eng ko‘rkam, so‘lim go‘shalaridan biri ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-ECONOMIC SITUATION IN NAMANGAN REGION DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE

This article analyzes the socio-economic situation in Namangan region during the years of independence. Namangan region is one of the most beautiful and beautiful places in the Fergana Valley.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA NAMANGAN VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAMANGAN VILOYATIDA IJTIMOIY-

IQTISODIY HOLAT

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Namangan viloyatidagi ijrimoiy-iqtrisodiy vaziyat tahlil qilingan. Namangan viloyati Farg'ona vodiysining eng ko 'rkam, so 'lim go 'shalaridan biri ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar: gullar shahri, "Meros " ilmiy-ma 'rifiy markazi, fermer, demografik muammo, Mulla Qirg'iz madrasasi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, "Namanganskaya pravda ".

This article analyzes the socio-economic situation in Namangan region during the years of independence. Namangan region is one of the most beautiful and beautiful places in the Fergana Valley.

Keywords: Flower City, Heritage Research and Enlightenment Center, farmer, demographic problem, Mulla Kyrgyz Madrasah, socio-economic life, Namanganskaya Pravda

Tabiatning fusunkor bu maskanini ko'p shoirlar biri-biridan o'tkazib ta'riflagan. Ammo "Namangan — gullar shahri" degan baho ko'proq ovoza bo'lgan. Darhaqiqat, namanganliklar nafis didli, shoirqalb bo'lgani uchunmi, har holda, shaharlarini azaldan gulu gulzorga aylantirishgan.

Ammo yaqin o'tmishda ular faxrlanib ko'rsatadigan biror bino, ko'cha, san'at yoki sport inshooti yo'q edi.

Usta-hunarmandlar ko'p edi, afsuski, ular to'qigan atlasu do'ppilarini, yasagan ro'zg'or buyumlarini bozorda yurak hovuchlab, yashirincha sotishardi. Bozorda esa qo'lbola savdo rastalari tartibsiz joylashgan, sotuvchi va xaridorlar uchun oddiy sharoit ham yo'q edi. Shahar aylansangiz, ko'rimsiz tor ko'chalar, pastqam uylar, tartibsiz qurilgan oshxonayu choyxonalardan boshqa e'tiborni tortadigan birorta binoni ko'rish amrimahol edi.

Bugun esa shaharning qiyofasi butunlay o'zgacha, Namangan nafaqat gullar shahri, ayni chog'da keng va ravon ko'chalar, go'zal binolar, san'at va sport

Turayeva Sharipa Egamberdiyevna

Namangan davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

koshonalari shahri. Bozori ham zamonaviy, usta-hunarmandlar uchun alohida rastalar ajratilgin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik qo'lga kiritilgach, iqtisodiyotning va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini isloh qilish izchil tarzda amalga oshirila boshlandi. Mulkchilikning yangi shakllari vujudga keldi. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida nodavlat sektorining hissasi oshib bordi.

Viloyat respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muhim va o'ziga xos o'ringa ega. Istiqlolning dastlabki yillarida Namanganda respublika aholisining 7,6 %i istiqomat qildi. Viloyat O'zbekistonda yaratilayotgan milliy daromadning 7 %ini berdi. SHu yillari ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining salkam 8 %i, qishloq xo'jalik mahsulotlarining 7 % i viloyat hissasiga to'g'ri keldi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida O'zbekiston aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Ya'ni, 1 km2 ga 51,4 kishi to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich, Farg'ona vodiysi, xususan Namangan viloyatida butun dunyodagi eng yuqori darajalardan birini tashkil etib, 2007 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, 1 km2 ga 287 kishidan to'g'ri keldi.

Mustabid tuzumdan meros sifatida qolgan va yillar davomida to'plangan hamda o'z echimini topa olmagan ijtimoiy muammolar Namangan viloyati hududida mustaqillikning qo'lga kiritilishi va mustahkamlanishida o'ziga xos ko'rinishlarda namoyon bo'ldi. Bu birinchi navbatda, demografik muammolar, ishsizlikning yuqori darajadaligi, mavjud ish o'rinlarining etishmasligi, aholi salmog'ida yoshlarning katta nufusga egaligi kabi jihatlari bilan izohlanadi. SHu bois, mustaqillikning dastlabki kezlarida viloyat rahbariyati oldida ushbu muammolar kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalar sifatida turar edi. Masalaning bu jihatlari ham tadqiqotda o'z ifodasini topgan.

Viloyat aholisining tabiiy o'sishi yuqoriligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, 1926 yilda hozirgi viloyat hududida 397,8 ming kishi istiqomat qilgan bo'lsa, 2007 yilga kelib viloyat aholisi 2139,7 ming kishiga etdi.

1979 yildan 1992 yilgacha qishloq aholisi Namangan viloyatida 722 mingdan 963 ming kishiga ko'paydi. Bu holat o'z navbatida mehnat resurslarining qishloqda to'planishiga va ishsizlik sonining ortishiga olib keldi. SHu bois, mustaqillikning dastlabki kezlarida qishloq aholisini ish bilan ta'minlash, ayniqsa ishsizlarni ishga jalb etish ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilish dolzarb muammoga aylandi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Masalan, aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish borasida birgina CHust shahar hokimiyati 1993 yilda kam ta'minlangan oilalar va etim bolalar uchun 3 ta nikoh va 2 ta sunnat to'yi o'tkazib berdi.

1994 yilning IV choragida Namangan shahri hududidagi 64 ta mahallaning jamg'arma bankida ochilgan maxsus hisob raqamlariga jami 4293,2 ming so'm ajratib tushirildi. O'tgan 3 oy mobaynida mahallalarning muhtoj aholisidan moddiy yordam so'rab 3569 dan ortiq kishi murojat qildi. Ulardan 3425 nafariga moddiy yordam ko'rsatildi.

Mustaqillika qadar bir hovlida ikki-uch xo'jalikning birga yashashi odatiy bir hol edi. Tomorqalar ajratib berish borasidagi ko'rilgan chora-tadbirlar aholining turar joylarga bo'lgan ehtiyojini qondira olmas edi. 1992-2000 yillar ichida viloyat aholisiga 136126 ta er uchastkasi berilib, 90465 oila hovli to'yi o'tkazildi.

Mustaqillik yillarida sog'liqni saqlash borasida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Masalan, agar 1970 yilda Namangan viloyatida 98 ta shifoxona mavjud bo'lgan bo'lsa, 1991 yilda viloyatda 120 ta kasalxona faoliyat ko'rsatdi. Namangan viloyatida aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta'minlashni yanada yaxshilash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. 1990 yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 km. gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-1995 yillar davomida 2025 km gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

Jumladan, viloyatda 1965 yili 69 km toza ichimlik suvi tarmog'i mavjud bo'lgan bo'lsa, birgina 1991-1999 yillarning o'zida 1572 kilometrdan iborat yangi suv o'tkazish tarmog'i foydalanishga topshirildi. 1999 yil oxirigacha qariyb 100 ming oilaga shaxsiy tomorqa uchun er berildi.

Istiqlol yillariga kelib, Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy aloqalar mintaqaviy boshqarmasi tashkil etilgach, iqtisodiy aloqalar yanada kengaydi. Masalan, 1978 yilda viloyat sanoati 20 dan ortiq asosiy tarmoqqa ega bo'lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 25 turga yaqinini chet mamlakatlarga eksport qila olar edi, xolos. Mustaqillik qo'lga kiritilgach esa, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, firmalar va assotsiatsiyalarning jahon bozoriga o'zi mustaqil ravishda chiqish doirasi kengayib bordi. Ayniqsa, "Namangan tashqisavdo" iqtisodiy aloqalar firmasi viloyatdagi tashkilotlarga xorijiy firmalar bilan aloqalar olib borishda amaliy yordam berdi. Ushbu firma ko'magida 26 ta chet el firmalari bilan aloqa o'rnatildi va viloyatdagi 43 ta korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullana boshladi.

Xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida qo'shma korxonalar muhim o'rin tutmoqda. 1993 yilda Namangan hududida 25 dan ziyod

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'shma korxona va 20 ta tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo'lgan yirik korxonalar faoliyat yuritdi.

Mustaqillik yillarida qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2004 yil 17 sentyabrda bo'lib o'tgan xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida ro'y-rost ko'rsatib bergan edi: "Chunonchi, 1996-2003 yillarga rejalashtirilgan 209 ta qishloq vrachlik punktidan 32 tasi ishga tushirilmagan. Viloyatdagi 673 ta umumta'lim maktabida o'quvchilarning qariyb 30 foizi ikki smenada o'qimoqda. SHunga qaramay, 11 ming 300 o'rinli 24 ta maktab qurilishi oxiriga etkazilmasdan to'xtatib qo'yilgan".

Mulkchilikning turli shakllarini rivojlanishi kichik va o'rta biznesning taraqqiy etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Buning natijasida esa, 1996 yil viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 94% dan ko'prog'i nodavlat sektor hissasiga to'g'ri keldi.

Qishloq xo'jaligi borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, dehqon va fermer xo'jaliklarini tashkil etilishida yaqqol namoyon bo'ldi. Namangan viloyatida 1995 yil dehqon (fermer) xo'jaliklari soni 1882 taga etdi.

Ushbu yillarda aholining milliy va diniy qadriyatlarini tiklash ishlariga ham katta e'tibor qaratildi. Jumladan, birgina 1996 yilda Namangan viloyatining o'zidan 700 nafardan ziyod fuqaro haj marosimlarini ado etdi. 1993 yil 23 may kuni Namangan viloyat hokimining Farmoyishi bilan xalqimizning ma'naviy merosini o'rganish, uni to'plash, kelgusi avlodga etkazish maqsadida "Meros" ilmiy-ma'rifiy markazi ochildi. Istiqlol sharofati bilan viloyat yoshlarining diniy bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. 1991 yil 21 sentyabrda Mulla Qirg'iz madrasasi tantanali ravishda ochildi.

1977 yilda viloyatda 523 ta umumiy ta'lim maktablari bo'lib, unda 290 mingdan ziyod yosh avlod ta'lim oldi. SHu davrda 2 ta oliy o'quv yurti, 12 ta o'rta maxsus, 24 ta kasb-hunar ta'limi bilim yurtlari faoliyat yuritgan bo'lsa[68], faqatgina 2000-2001 o'quv yilida viloyatda 671 umumiy ta'lim maktabi, barcha qulayliklarga ega bo'lgan 19 ta litsey, 6 maxsus maktab-internat, 2 ta akademik litsey, 43 kasb-xunar kolleji faoliyat ko'rsatdi. Viloyatdagi 3 ta oliy o'quv yurtlarida 2001 yilda 11 mingdan ziyod talaba ta'lim oldi. Ular zamonaviy o'quv qurollari v a texnika bilan jihozlandi.

Milliy o'zlikni anglash, qadriyatlarni tiklashda madaniy-oqartuv muassasalarining jamiyatdagi o'rnini inobatga olgan holda, respublika va viloyat rahbariyati bu masalaga jiddiy e'tibor qaratdi. Masalan, viloyat tashkil topgan davrda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

salkam 100 ta kutubxona mavjud bo'lgan bo'lsa, 2001 yilga kelib ularning soni 434 taga etdi.

XX asrning 70-yillarida viloyat miqyosidagi "Namangan haqiqati" va "Namanganskaya pravda" hamda 10 ta tuman gazetalari nashr etib turilgan bo'lsa, bugungi kunda 50 dan ortiq gazeta va jurnallar nashr etilmoqda.

Mustaqillik sharoitida respublika rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sportga alohida e'tibor qaratilmoqda. Namangan viloyatida hokim o'rinbosarlari, viloyatdagi yirik korxona va tashkilot rahbarlarining sport turlari bo'yicha federatsiya prezidentlari etib tasdiqlanganligi o'zining samarasini berib, viloyatda sport inshootlarining ko'payishi etuk sportchilar etishib chiqishiga turtki bo'ldi.

Birgina 2006 yil davomida viloyat sportchilari mavjud sport turlari bo'yicha 35 dan ortiq xalqaro turnirlarda 80 dan ortiq respublika miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, 200 ta oltin, 262 ta kumush, 335 ta bronza medallarni qo'lga kiritishib, 11 nafar jahon chempioni, 4 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 13 nafar sport ustasi, 220 ta sport ustaligiga nomzod tayyorlashga erishildi. Bu tadbirlar sportchilarning viloyat sport sharafini respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib himoya qilib kelishlariga zamin yaratdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Xaydarov Z.U., Jo'raeva N., Dadamirzaeva G. Jamoalashtirish siyosati tarixidan (CHust tumani misolida) // Tarix va taqdir: Farg'ona vodiysi tarixini tadqiq etish muammolari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. -Namangan: 2000.-B.

2. Xaydarov Z.U. 30-50 yillardagi qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari (Namangan viloyati misolida) // O'zbekistonda ijtimoiy fanlar.-Toshkent, 2001.-№ 6.-B. 57-

3. Xaydarov Z.U. Istiqlol yo'lidagi harakatlar // Jamiyat va boshqaruv.-Toshkent, 2006.-№ 4.-B. 92-93.

4. O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: SHarq, 2000.-B. 24-26.

5. O'zR MDA, R-40-fond, 1-ro'yxat, 190-ish, 1416-varaqning orqa tomoni.

6. O'zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi.-T.: SHarq, 2000.-B. 362.

XULOSA

84-85.

60.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Hayrullo o'g'li M. R. HINDISTONDA INGLIZ MUSTAMLAKACHILIK TIZIMINING YEMIRILISHI, DEMOKRATIK TAMOYILLARNING QAROR TOPISHI. - 2022.

8. Sulaymonov H. Demografik jarayon va ijtimoiy siyosat // Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy fanlar mavzuidagi ilmiy anjuman materiallari.-Namangan.-1996.-B. 44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.