Научная статья на тему 'HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI AMALGA OSHIRISHDA TUMANLARNING O‘RNI (NORIN TUMANI MISOLIDA)'

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI AMALGA OSHIRISHDA TUMANLARNING O‘RNI (NORIN TUMANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
308
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kapitalizm / xalqaro tashkilotlar / AJ / korxona / mikrofirma / xorijiy kapital / investitsiya / shirkat xo‘jaliklari. / Capitalism / international organizations / joint-stock companies / enterprises / micro-firms / foreign capital / investments / companies.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ismoilova, Sarvinoz Qahramon Qizi

Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda tumanlarning o‘rni haqida gap boradi. Bunda Namangan viloyatining Norin tumani misol qilib olingan. Maqolani tayyorlash jarayonida iqtisodiy ko‘rsatkichlar 2019-yil 1-iyun holatiga ko‘ra olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DISTRICTS IN THE IMPLEMENTATION OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT PROGRAMS OF TERRITORIES (IN THE EXAMPLE OF NORIN DISTRICT)

This article discusses the role of districts in the implementation of socio-economic development programs. An example is the Naryn district of the Namangan region. At the time of writing, economic figures are as of June 1, 2019.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI AMALGA OSHIRISHDA TUMANLARNING O‘RNI (NORIN TUMANI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI AMALGA OSHIRISHDA TUMANLARNING O'RNI

(NORIN TUMANI MISOLIDA)

Ismoilova Sarvinoz Qahramon qizi

Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo'nalishi

1-bosqich magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda tumanlarning o'rni haqida gap boradi. Bunda Namangan viloyatining Norin tumani misol qilib olingan. Maqolani tayyorlash jarayonida iqtisodiy ko 'rsatkichlar 2019-yil 1-iyun holatiga ko'ra olingan.

Kalit so'zlar: Kapitalizm, xalqaro tashkilotlar, AJ, korxona, mikrofirma, xorijiy kapital, investitsiya, shirkat xojaliklari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается роль районов в реализации программ социально-экономического развития. Примером может служить Нарынский район Наманганской области. На момент написания экономические показатели приведены по состоянию на 1 июня 2019 года.

Ключевые слова: Капитализм, международные организации, АО, предприятия, микрофирмы, иностранный капитал, инвестиции, компании.

ABSTRACT

This article discusses the role of districts in the implementation of socioeconomic development programs. An example is the Naryn district of the Namangan region. At the time of writing, economic figures are as of June 1, 2019.

Keywords: Capitalism, international organizations, joint-stock companies, enterprises, micro-firms, foreign capital, investments, companies.

KIRISH

"Marksizmning kapitalizm oldida yengilishining eng katta sababi - kapitalizmga katta baho berganida edi. Chunki katta baho berilgan hamma narsa, o'ziga berilgan katta baho bilan yanada kuchli bo'lib ketadi. Kuchli bo'lgan narsani yiqitish esa, juda mushkul ishdir. Kapitalizmni kapitalga katta baho bermagan insonlargina yiqita oladi. Chunki, kapitalizmga katta baho bermagan insonlarga kapitalizm ta'sir qilmaydi va kapitalizm ularga hech narsa qildira olmaydi. Shu bilan birga, xalqaro shirkatlarga

bog'liq bo'lgan kapitalizmni tahlil qilib chiqsangiz, ikki oyoq ustida tik turishga

309

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

majbur bo'lgan ushbu hayvonning bir oyog'i ishlab chiqarishning ustida, ikkinchi oyog'i esa, iste'mol qilishning ustida ekanligini ko'rasiz. Insonlarni ochiqchasiga qonini so'rayotgan bu kapitalizmga qarshi kurashmoqchi bo'lgan inson, avvalo, ikki oyoqdan qaysi biri bilan, qanday kurashishini oldindan belgilab olishi kerak. Bugungi kundagi bilim va texnologiyalar kimlarga xizmat qilayotganini e'tiborga olsak, kapitalizmga qarshi ishlab chiqarish sohasida kurashga va raqobatga kirishish, uni zaiflashtirmaydi, aksincha, yanada kuchayishiga sabab bo'ladi. Chunki ishlab chiqarishning umumiy nazorati xalqaro shirkatlarning qo'lida. Ishlab chiqarish sohasini bir piramida deb, tasavvur qiladigan bo'lsak, bu piramid aning eng pastidagi ishlab chiqaruvchi o'n lira topsa, undan tepadagisi yigirma, undan ham tepadagisi esa qirq lira foyda topadi. Biz pastki pog'onada o'n lira foyda topsak, biz qilgan ishdan yuz lira foyda topadiganlarni zaiflashtirishimiz va ularning zulmiga to'sqinlik qila olishimiz juda mushkul. Yana ham ochiqroq aytadigan bo'lsak, bu dunyodagi bechora insonlar ishlab chiqarish sohasida kapitalizm bilan bellasha oladigan ahvolda emas. Lekin bu hayvonning ikkinchi oyog'i bo'lmish iste'mol qilish sohasi esa, unday emas. Iste'mol qilish sohasining asl egalari dunyodagi bechoralardir. Ular iste'mol qilish kuchi o'z qo'llarida bo'lishiga qaramay, kapitalizm sohiblari ularni media va reklama orqali o'zlarining xohlagan ko'chasiga yetaklab kirmoqda. Vaholanki, xalqaro kapitalizmga qarshi tura oladigan va uni yo'q qila oladigan yagina soha -iste'moldir. Barcha insonlar bir yoqadan bosh chiqarib, bor kuchlari bilan harakat qilsalar, kapitalizmning yer bilan yakson bo'lishiga erishadilar...

Masalan, Coca-Cola ichimligini olaylik. Dunyodagi bechora insonlar ishlab chiqarish va marketing sohasida Coca-Cola bilan ellik yil kurashsalar ham, hech narsaga erisha olmaydilar. Lekin bu kurashni ishlab chiqarishdan iste'mol qilish sohasiga o'zgartirsalar va ellik kun Coca-Cola ichmay qo'ysalar, bu ulkan xalqaro shirkatning ayyuhannoslarini o'z quloqlari bilan eshita boshlaydilar. Chunki iste'mol qilinmagan mahsulotni ishlab chiqarishdan hech qanday ma'no yo'q".

Bu Mahmud Olaqoshning "Hayotimni o'zgartirgan olov" nomli asaridan iqtibos edi. Mazkur fikrlar muallifning o'ziga tekishli. Olaqoshning mulohazalari qanchalik to'g'ri?! Menimcha ham u haq. Katta gegemon korxonani misol qilib keltirilishi ham hayotga yaqin. Sababi, barchamiz shu ichimlikdan iste'mol qilamiz. Bayramlarimizda, albatta, Coca-Cola ichimligi dasturxonga tortilishi shart. Vaholanki, o'zimizda ham o'zimizning mahalliy ichimliklarimiz yo'q emas.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizda dunyo standartlariga javob bera oladigan va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni eksport qilish va bu orqali iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar ko'zni quvontiradi, albatta. Jumladan, Namangan viloyatining Norin tumanida ham shu kabi chora-tadbirlar o'tkazilmoqda. Raqamlarga murojaat etishdan oldin, tuman haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.

Norin tumani Namangan viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan tumandir. Mazkur tuman aholisi 2019-yil yakunlariga ko'ra 158,3 ming kishini tashkil etadi. Ma'muriy markazi Haqullobod shaharchasi hisoblanadi. Tumanga 1926-yilda asos solingan. Tuman xo'jaligi, asosan, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Bu yerda sanoat, transport, aloqa va non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Shirkat xo'jaliklari paxtachilik, g'allachilik, bog'dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shug'ullanadi.

Tumanda "UzTex Norin" aksiyadorlik jamiyati, "Norintex" AJ, "Norin paxta tozalash" AJ va boshqa korxonalar mavjud. Qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i -paxtachilik. Shuningdek, tumanda to'qimachilikka ixtisoslashgan O'zbekiston - Litva "Klayna-Tekstil", "Haqullobod-PIK" (2009), "Norin Mechanical Plant" qo'shma korxonalari ishlab turibdi.

Raqamlarga nazar soladigan bo'lsak, Norin tumani viloyatdagi yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. 2019-yil ko'rsatkichlari bilan qisqacha tanishib chiqsak. Tumanda ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlarning soni 1064 tani tashkil etmoqda. Fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari tumanda faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1051 tani tashkil etadi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar esa 197 ta.

Namangan viloyatida 2019-yil 1-iyun holatiga faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 173 tani tashkil etdi. Bu davlatlar: Rossiya, Koreya, Turkiya, Xitoy, Qozog'iston va boshqalar. Hudular kesimida esa Norin tumanida 7 ta korxona faoliyat olib bormoqda.

Kichik korxona va mikrofirmalar(fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari)ning salmog'i tumanda pastroq. Viloyat bo'yicha tumanning ulushi 4,0% ga teng. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni esa 191 tani tashkil etadi.

Faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalar esa 18 ta.

Tumanda iqtisodiyitimizning rivojiga katta e'tibor qaratiladi. Jumladan, kuni kecha xitoylik investor faoliyati qo'llab-quvvatlandi. Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirokida tumanda yangi tashkil etilgan "SHAANXI COAL-CHEMICAL NAMANGAN CONSTRUCTION CO" MChJ shaklidagi xorijiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korxona rahbari janob Mu Anin va uning Norm tumanidagi vakili Li Jianjun hamda tuman hokimi Dilmurod Kadirov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda xorijiy korxona rahbari tomonidan Norin tumanida qurilish sohasining ko'p qavatli uylar, ko'priklar, yo'l qurilishi, kanalizatsiya tarmoqlarini tortish sohalarida zamonaviy Xitoy texnologiyalarini joriy etgan holda yangi loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi.

Muzokaralar davomida viloyat hokimi xorijiy korxona vakiliga ushbu loyihalarni amalga oshirish va kelgusida viloyat miqyosida amalga oshiriladigan yirik qurilish loyihalari jumladan, "NAMANGAN CITY" kabi yirik loyihalarda ishtirok etishiga taklif etdi va kelgusida korxonaning faoliyatini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Tumanning ajoyib geografik joylashuvi mavjud. Tumanning g'arbiy chegaralari bo'ylab Qoradaryo oqib o'tadi. Relefi past-baland tekkisliklardan iborat. Tuman hududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib o'tadi. Tumanning janubiy g'arbiy tomonidan Qoradaryoning eski o'zanidan o'tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yig'ib Qoradaryoga quyiladi. Shu va shunga o'xshash tumanning geografik afzalliklarini hisobga olgan va suv rezervlaridan oqilona foydalangan holda yana yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish mumkin. Qo'shni davlatlar bilan ham hamkorlikni yanada mustahkamlash bu yo'lda nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

REFERENCES

1. Mahmud Olaqosh. "Hayotimni o'zgartirgan olov".

2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Norin_tumani_(O%CA%BBzbekiston).

3. https://namstat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.