Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO’RSATKICHLARI TAHLILI'

QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO’RSATKICHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
85
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / sanoat uzeli / mehnat resurslari / migratsiya / aholi bandligi / infratuzilma / ijtimoiy soha / diversifikasiya / sanoat ishlab chiqarish / xizmat doirasi. / Economy / industrial hub / labor resources / migration / employment / infrastructure / social sphere / diversification / industrial production / service sector.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Navotova D.I., Toshtemirova R.N.

Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida Qashqadaryo viloyati xo’jaligi tarmoqlari, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi murakkab yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda berilgan ma‘lumotlarga ko’ra, Qashqadaryo o’tmishda mamlakatdagi aholi xo’jalik faoliyati g’oyat qizg’in kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning g’arb bilan sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay bo’lgan geografik o’rni, sahiy tabiati, boy va rang-barang tabiat resurslari, mehnat va mardona xalqi umumbashariy taraqqiyotga munosib hissa qo’shaolgan hudud hisoblanadi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF ECONOMIC INDICATORS OF KASHKADARYA REGION

At different stages of the historical development of the economic sector of the Kashkadarya region, its level of economic development has passed a difficult path. According to information given in historical sources, Kashkadarya was one of the oldest regions of the country, where in the past the economic activity of the population was very intense. Our country's favorable geographical position for economic development between the West and the East, its generous nature, rich and varied natural resources, hardworking and courageous people are considered a region that has made a worthy contribution to world development. This article provides information about the economy of the Kashkadarya region.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO’RSATKICHLARI TAHLILI»

Navotova D.I. o'qituvchi Qarshi davlat universiteti Toshtemirova R.N.

2-kurs, talaba Qarshi davlat universiteti

QASHQADARYO VILOYATI IQTISODIY KO'RSATKICHLARI

TAHLILI

Annotatsiya. Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida Qashqadaryo viloyati xo'jaligi tarmoqlari, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi murakkab yo 'lni bosib o 'tgan. Tarixiy manbalarda berilgan ma'lumotlarga ko 'ra, Qashqadaryo o'tmishda mamlakatdagi aholi xo'jalik faoliyati g'oyat qizg'in kechgan eng qadimiy o'lkalardan biri bo'lgan. Mamlakatimizning g'arb bilan sharq o'rtasidagi iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay bo'lgan geografik o'rni, sahiy tabiati, boy va rang-barang tabiat resurslari, mehnat va mardona xalqi umumbashariy taraqqiyotga munosib hissa qo'shaolgan hudud hisoblanadi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so 'zlar: Iqtisodiyot, sanoat uzeli, mehnat resurslari, migratsiya, aholi bandligi, infratuzilma, ijtimoiy soha, diversifikasiya, sanoat ishlab chiqarish, xizmat doirasi.

Navotova D.I. teacher

Karshi State University Toshtemirova R.N.

2nd year student Karshi State University

ANALYSIS OF ECONOMIC INDICATORS OF KASHKADARYA

REGION

Abstract. At different stages of the historical development of the economic sector of the Kashkadarya region, its level of economic development has passed a difficult path. According to information given in historical sources, Kashkadarya was one of the oldest regions of the country, where in the past the economic activity of the population was very intense. Our country's favorable geographical position for economic development between the West and the East, its generous nature, rich and varied natural resources, hardworking and courageous people are considered a region that has made a worthy contribution to world development. This article provides information about the economy of the Kashkadarya region.

Key words: Economy, industrial hub, labor resources, migration, employment, infrastructure, social sphere, diversification, industrial production, service sector.

Qashqadaryo - mamlakat neft va gaz sanoatining tayanchi hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida 150 ga yaqin sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi neft va gaz, paxta tozalash, binokorlik, yengil hamda oziq -ovqat sanoatiga ixtisoslashgan.

Eng yirik korxonalari: «Muborakneftgaz» unitar korxonasi, Sho'rtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho'rtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yog' ekstraksiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qo'shma korxona faoliyat ko'rsatadi, shulardan: O'zbekiston - Turkiya «Kashteks» to'qimachilik, «Oqsaroy to'qimachilik LTD» qo'shma korxonalari ishlamoqda.

Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi — O'zbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar sho'ba korxona. Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanidagi Sho'rtan shaharchasida joylashgan bo'lib, 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi.

Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilg'i gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plyonkalar ishlab chiqaradi. Qarshi cho'lining janubi g'arbiy qismida vodorod sulfatidan gaz ajratib oladigan ulkan gaz sanoati markazi joylashgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali tomonidan viloyatning 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,6 % bo'lgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg'ona, Andijon viloyatlaridan keyingi 7-o'rinni egallagan. YaHM da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 69,9%ni tashkil qilgan.

Viloyatda 22 814,7 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 10,5 foiz (o'sish ko 'rsatkichi bo 'yicha Respublika hududlari orasida 3-o 'rin) ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foizni va hududlar orasida 8-o'rinni egallangan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog'-kon sanoatining ulushi - 7,5 %, ishlab chiqariladigan sanoat - 68,2%, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash sanoati - 23,8 %, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish sanoati - 0,5 %ni tashkil qilgan. Jon boshiga to'g'ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 1 376,7 ming so'm (Respublika hududlari orasida 12-o 'rin) bo'lgan holda o'tgan yilning mos davriga nisbatan 102,5 foizga oshgan.

Viloyatda 4 763,1 mkd so'mlik (2021 yilning mos davriga nisbatan 9,0%) iste'mol tovariari ishlab chiqaгilgan bo'lib, гespublikadagi ulushi 2,4 foizni tashkil qilgan holda hududlar orasida 11-o'rinni egallagan. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat tovaгlari hajmi 2878,6 mlгd so'm (o'sish ko'rsatkichi 108,3%), nooziq-ovqat tovariari 1884,5 mkd so'mni (110,2 %) tashkil qilgan.

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida 33 384,6 mkd so'mlik mahsulotlari ishlab chiqaгilgan bo'lib, o'tgan yilning mos davгiga nisbatan 103,7 % ga oshgan. Respublika qishloq xo'jaligida viloyatning ulushi 9,2 % bo'lgan holda, hududlar orasida 5-o'rinni egallagan. Jon boshiga to'g'ri keluvchi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi 9 689,4 ming so'mni tashkil qilgan.

Xizmat ko'rsatish sohasida ko'reatilgan bozoг xizmatlari hajmi 15 945,8 mkd so'm bo'lgan holda, 114,1 % ga oshgan. Xizmat^ hajmining гespublika ko'гsatkichidagi ulushi 4,5 % bo'lib, hududto oгasida 7-o'гinni egallagan. Jon boshiga to'g'ri keladigan xizmat^ hajmi esa 4 628 ming so'mni tashkil qilgan.

Chakana savdo hajmi 20 504,8 mhd. so'm (112,5%), respublikadagi ulushi 6,4 % ni bo'lgan holda, hudud^ orasida 6-o'rinni egallagan. Jon boshiga to'g'ri keluvchi chakana savda hajmi 5 951,2 ming so'm (hududlar orasida 12-o 'rin) ni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 foizga oshgan.

Qurilish ishlari hajmi 7 831,1 mhd. so'mni (o'tgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 %), respublikadagi ulushi 6,0%ni tashkil etib, hududlar orasida 6-o'rinni egallagan.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalai hajmi 16 181,5 mkd so'mni (o'tgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 %), respublikadagi ulushi 6,1% (hududlar orasida 6-o 'rin)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to'g'ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan invest^^ato hajmi 4 696,4 ming so'mni tashkil qilgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 547,5 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda, o'tgan yilga nisbatan 96,8 foizni tashkil etgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,1% bo'lib, hududlar orasida 13-o'rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi ta^ibida eksport - 303,4 mln AQSh dollari (112,3% o 'sish) ni, import - 244,1 mln AQSh dollari (82,6%) ga teng bo'lgan. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda 8 551 ta (o 'tgan yilga nisbatan 90,4%) yangi kichik biznes sub'yektlari tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 852 ta yangi koroma^ (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turiari bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:

S savdo sohasida - 276 ta

S qishloq, o'rnon va baliqchilik xo'jaligi sohasida - 175 ta

S sanoat sohasida - 125 ta

S yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmat^ sohasida - 64 ta

S qurilish sohasida - 38 ta

S axborot va aloqa sohasida - 31 ta

S tashish va saqlash sohasida - 22 ta

■ sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida - 14 ta

■ boshqa sohalarda - 107 tani tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining ma'muriy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi Qarshi shahri hisoblanadi. Qarshi Janubiy O'zbekistonning yirik shahri bo'lib, 1926 yilda tashkil topgan. Shahar maydoni 75,51 km2 ni tashkil qiladi. Aholisi 295,6 ming kishi, aholining soni jihatidan respublika shaharlari orasida 8-o'rindadir. Shaharning iqtisodiy geografik o'rni juda qulay. Qarshi shahri viloyatning va o'zlashtirilgan Qarshi dashtining deyarli markazida asosiy temir va avtomobil yo'llari kesishgan yerda, qadimdan dehqonchilik intensiv rivojlangan voha bilan keng yaylovlar Qarshi-Zarafshon, Surxon-Sherobod vodiysi oralig'ida va qulay sanoat uzelida joylashgan. Ayni vaqtda respublika miqyosidagi ishlab chiqarish kuchlari tez rivojlanayotgan hududda o'rnashgan. Bugungi Qarshi ko'p funksiyali shahar hisoblanadi. Shahardagi sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati yetakchi o'rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog'-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallarga ishlov beruvchi kombinatlar viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo'shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Qarshi shahrida 20 dan ortiq qo'shma korxona faoliyat ko'rsatadi. «Mevalar kamalagi» O'zbekiston-Britaniya, «Qarshiyog'« O'zbekiston-Singapur qo'shma korxonalari mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo'li bilan mahsulot ishlab chiqaradi.Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog' zavodlari, metal ishlash korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoat tuguniga aylandi. Cho'lni o'zlashtirishda Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo'l va avtomobil yo'llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon, Koson kabi shahar va shaharchalarning ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali va boshqa ta'lim muassasalari bor.

Qashqadaryo viloyati ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish uchun katta moddiy texnika baza, mineral, yer hamda mehnat resurslariga ega. Shu boisdan, Qashqadaryo viloyati O'zbekiston xalq xo'jaligi majmuasi tarkibida muhim iqtisodiy mavqega ega. Mavjud imkoniyatlardan foydalanish kelgusida bu yerda respublika ahamiyatiga ega bo'lgan yirik dehqonchilik sanoati majmuasini vujudga keltirish imkonini beradi. Viloyatning ishlab chiqarish sohasidagi ixtisoslashuvini belgilovchi uch tarmoq majmuasi, paxta-g'allachilik, meva-sabzavotchilik va neft-gaz sanoati rivojlantiriladi. Kelajakda viloyatdagi tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlar hisobga olingan holda sanoat ancha rivojlantiriladi, sanoat korxonalarini oqilona joylashtirish, mehnat resurslaridan to'laroq foydalanish, xalq xo'jaligini malakali kadrlar bilan ta'minlash kabi vazifalar hal etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Навотова Д.И. Ер ресурсларидан кишлок хужалигида фойдаланишни тадкик килишнинг назарий-услубий жихдтлари// Central Asian Research

Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS). Volume 2 | issue 1 | Tashkent/Uzbekistan. 2022. - P. 321-327

2. Навотова Д. И., Хайдарова Ф. Географические особенности использования зарубежного опыта использования земельных ресурсов в хозяйственных хозяйствах //Экономика и социум. - 2022. - №. 4-3 (95). - С. 198-202.

3. Навотова Д. И. ^ашкадарё вилояти кишло; хужалиги географияси ва уни карталаштиришнинг баъзи масалалари //Экономика и социум. - 2022. - №. 3-2 (94). - С. 721-725.

4. Murodova D.S. Economic geographical factors affecting the formation of city addresses. - Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. November, 2022. - P. 29-34.

5. Navotova D.I. Internal differences in the use of land resources in the agriculture of Kashkadarya region// Eurasian Journal of History, Geography and Economics. Volume 12. Belgiya. 2023. - P.100-104

6. Qarshi shahar pasporti. Qarshi, 2022.

7. Qurbonov P.R. Janubiy O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari. Monografiya. Toshkent «Mumtoz so'z», 2019.

8. https: //review.uz/uz/post/qashqadaryo-viloyatining-2022-yil-yanvar-dekabr-oylaridagi-asosiy-makroiqtisodiy-ko'rsatkichlari

9. Sultonov Shuxrat Adxamovich, Sultonov Nekro'z Aliqulzoda. Meteoritlar hosil qilgan kraterlar va ular natijasida foydali qazilmalarni hosil bo'lishiga doir mulohazalar. Лучшие интеллектуальные исследования: Vol. 16 No. 1 (2024). 113-123-betlar.

10. Sultonov Shuxrat Adxamovich. Neft - gaz hosil bo'lishidagi cho'kindi jinslar klassifikatsiyasi xossalarini o'rganish va tahlil qilish. Лучшие интеллектуальные исследования. Vol. 16 No. 1 (2024). 124-130-betlar.

11. Султанов.Ш.А. (2020). Петрохимические и геохимические особенности дайковых серии северной части Чакылкалянского мегаблока (южный Узбекистан). ТЕСНика, (3), C 24-33.

12. Sultonov Shuxrat Adxamovich, Sultonov Nekro'z Aliqulzoda, Yer tarixida kechgan metallogenik bosqich va davrlar haqida ayrim mulohazalar. Лучшие интеллектуальные исследования: Vol. 16 No. 1 (2024). 105-112-betlar.

13. https: //qashstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo'mita-yangiliklar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.