Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI SAMARALI OLIB BORISH YO’LLARI'

O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI SAMARALI OLIB BORISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
391
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanoat / investisiya faoliyati / investisiya fondi / loyiha / subyekt / mexanizm / mahalliy va xorijiy investisiya / investisiyaviy faollik / investment activity / investment fund / project / subject / mechanism / local and foreign investment / investment activity

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Komilova M.Sh., Mirzaxadjayeva Sh.Sh.

Maqolada mamlakatimiz sanoatida investisiyaning o’rni va faoliyatini amalga oshirishning hududiy xususiyatlariga oid masalalar yoritilgan. Respublikada amalga oshiriladigan investisiya faoliyatini samarali olib borishda investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirib borish, investitsiya kiritish istagida bo’lgan tadbirkorlik subyektlari uchun istiqbolli loyiha takliflarini taqdim etish, sifatli loyihalarni ishlab chiqish va ijrosini tizimli ta’minlash, xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilish, investorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratib berish, investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF EFFECTIVELY CONDUCTING INVESTMENT ACTIVITIES IN UZBEKISTAN

The article highlights the issues related to the regional specifics of investment activities. Formation and improvement of investment attraction mechanisms for the effective conduct of investment activities in the region, presentation of promising project proposals for a business wishing to invest, development and systematic implementation of high-quality projects, mutually beneficial cooperation with foreign partners, scientifically based proposals and recommendations. to create favorable conditions for the activities of investors, to attract investments.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI SAMARALI OLIB BORISH YO’LLARI»

UDK: 69:330.122.

Komilova M.Sh.

Mirzaxadjayeva Sh.Sh. Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti

O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI SAMARALI OLIB

BORISH YO'LLARI

Annotasiya. Maqolada mamlakatimiz sanoatida investisiyaning o'rni va faoliyatini amalga oshirishning hududiy xususiyatlariga oid masalalaryoritilgan. Respublikada amalga oshiriladigan investisiya faoliyatini samarali olib borishda investisiyalarni jalb etish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirib borish, investitsiya kiritish istagida bo'lgan tadbirkorlik subyektlari uchun istiqbolli loyiha takliflarini taqdim etish, sifatli loyihalarni ishlab chiqish va ijrosini tizimli ta 'minlash, xorijiy sheriklar bilan o 'zaro manfaatli hamkorlik qilish, investorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratib berish, investitsiyalarni jalb qilish bo 'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: sanoat, investisiya faoliyati, investisiya fondi, loyiha, subyekt, mexanizm, mahalliy va xorijiy investisiya, investisiyaviy faollik.

Komilova M.Sh.

Mirzakhadjayeva Sh.Sh.

Samarkand state university architecture and construction

WAYS OF EFFECTIVELY CONDUCTING INVESTMENT ACTIVITIES

IN UZBEKISTAN

Annotation. The article highlights the issues related to the regional specifics of investment activities. Formation and improvement of investment attraction mechanisms for the effective conduct of investment activities in the region, presentation of promising project proposals for a business wishing to invest, development and systematic implementation of high-quality projects, mutually beneficial cooperation with foreign partners, scientifically based proposals and recommendations. to create favorable conditions for the activities of investors, to attract investments.

Key words: investment activity, investment fund, project, subject, mechanism, local andforeign investment, investment activity.

Kirish

Investisiyalar iqtisodiyotni modernizasiyalash, texnik va texnologik yangilashda, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishda, yuqori barqaror va mutanosib iqtisodiy o'sishni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning 2022 yil 28 dekabrdagi

"O'zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459-son qaroriga ko'ra, 2023-2025 yillar uchun quyidagilar tasdiqlandi:

• Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o'zlashtirishning yig'ma maqsadli ko'rsatkichlari;

• tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni o'zlashtirishning maqsadli ko'rsatkichlari.

Respublikamiz va uning alohida hududlari iqtisodiyoti barqarorligi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi investitsiya siyosati bilan uzviy bog'langan. Mamlakatimiz hududlari o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy farqlanishlar va nomuvofiqliklarni kamaytirishda investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish hududlarda mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanishni amalga oshirish hamda mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan takomillashtirishga zamin yaratadi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, xorijiy investisiyalar mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlashning asosiy mexanizmlaridan biridir. Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalarni, xususan, xorijiy investisiyalarni jalb etish masalasini iqtisodiy o'sishning muhim omili sifatida ko'rib chiqish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "20222026 - yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi farmonining 26-maqsadida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko'rish vazifasi belgilanganligi ham investitsiyaning rivojlanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqsadga erishishda qurilish sohasi ham salmoqli o'rinni egallaydi. Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o'sishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi Statistik ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida, O'zbekiston Respublikasida jami 130 767,1 mlrd. so'mlik qurilish ishlari bajarilib, o'sish sur'ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ko'rsatkichlari shuni ko'rsatdiki: binolar va inshootlar qurilish yo'nalishi (89 379,6 mlrd. so'm) 68,4 foiz ulushni tashkil etib, o'sish sur'ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,4 foizga oshgan; fuqarolik obyektlarini qurish yo'nalishi (28 139,0 mlrd. so'm) 21,5 foiz ulushni tashkil etib, o'sish sur'ati 102,7 foizga yetdi; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo'nalishi (13 248,5 mlrd. so'm) 10,1 foiz ulushni va 138,2 foiz o'sish sur'atini tashkil etdi.

Qurilish faoliyati bu - o'z kuchi bilan amalga oshirilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta'mirlash hajmlari va boshqalar natijasidir.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda "Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yurutgan bo'lsa, o'z iqt isodiyotining

barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda iqtisodiyotning yuragi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi"

Biz faqat investisiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to'planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart. Xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to'la namoyon etish choralarini ko'rishimiz kundalik hayotimizdan joy olgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lmog'i lozim" [1], deb ta'kidlab, xorijiy investisiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi g'oyat muhim ahamiyatini va uni jalb qilishning dolzarbligini e'tirof etadi.

Yurtimizda ham xalqaro talablarga javob beradigan investitsion muhit yaratilgan. Xususan, 2019-yil 25-dekabrdagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-598-son qonunning qabul qilinishi, O'zbekistonning investitsiya salohiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu qonunda Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator imtiyoz hamda preferensiyalar berilgan.

Hukumat tomonidan investorlar uchun barcha qulayliklar yaratib berilgan, iqtisodiyot tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va yuqori texnologiyalarni keng jalb qilish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta'minlash, shu asosda yuqori daromadli ish o'rinlarini yaratish hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshirishda tanlangan mavzuni dolzarbligini belgilaydi Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Investisiyalar, ularni faol jalb qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish shu jumladan, to'g'ridan to'g'ri, xorijiy investisiyalar va ular ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, investisiyalarni hududlardagi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati haqida ko'plab milliy va xorijiy olimlarning ishlanmalari mavjud:

Masalan, xorijlik iqtisodchi olimlardan K.Eklundning fikricha, investisiyalar - bu kelajakda ko'proq iste'mol qilish sharoitiga ega bo'lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste'mol buyumlari bo'lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo'naltirilgan resurslardir.[3]

E.D.Dolan va D.S. Lindseylarning fikrlaricha investisiyaning mazmuni "shakllanaytgan iqtisodiy tizimda kapital hajmining o'sishi, odamlar amal qiladigan ishlab chiqarish resurslari taklifini yuksalishida" dir.[4]

U.Sharpning aytishicha, investitsiya - istiqbolda yanada ko'proq miqdordagi mablag'olish uchun ma'lum miqdordagi pul bilan bugun ajralishdir.[5]

L.Gitman, M.Djonklarning fikrlaricha investitsiya - bu kapitalni shunday joylashtirishki, bunda uning qiymati saqlanib qolishi, o'sib borishi va ijobiy miqdordagi daromadni keltirishi lozim.[15]

K.Makkonell, S.Bryularning fikrlaricha investitsiya - bu modddiy zaxiralarning ko'payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg'arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlardir.[15]

R.Samuelson, V.Nordxauslarning fikrlaricha investitsiya iqtisodiy holat bo'lib, kelajakda ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida bugungin iste'mol xarajatlaridan voz kechish demakdir. Unda vositalar moddiy yoki nomoddiy kapitaliga yo'naltiriladi. Moliyachilar fikriga ko'ra, investitsiya qimmatli qog'ozlarni xarid qilishni anglatadi.[15]

Shuningdek, investitsiya turlari va ularni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarning tasnifi va rivojlanishining ilmiy-amaliy asoslari, investitsiya faoliyati va investitsiya yo'nalishlarda respublikamizning yetakchi olimlari D.G'ozibekov, B.A.Abdukarimov, A.N. Jabriyev, M.K. Pardayev, D. Tojiboyeva, va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar va o'zlarining fikrlarini bergan.

D.G'ozibekov fikriga ko'ra, investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag' olish, ularni asosli holda safarbar qilish, risklar darajasini hisobga olgan holda capital qiymatini saqlash va ko'zlangan samarani olishdan iborat bo'ladi.[15]

B.A.Abdukarimov, A.N. Jabriyev, M.K. Pardayevlarning fikrlaricha "investisiya - bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag' qo'yish. U pul mab-lag'lari, kredit, qimmatbaho qog'oz shaklida olib boriladi va ko'chma, ko'chma bo'lmagan mol-mulkka, intellektual mulkka, ne'matlarga bo'lgan huquqqa va boshqa qiymatliklarga qo'yiladi, ya'ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi.[10]

D. Tojiboyevaning fikricha investisiya deganda kelajakdagi natija uchun: ishlab chiqarishni kengaytirish yoki qayta ta'mirlash, mahsulot va xizmatlarning sifatini yaxshilash, malakali mutaxassislar tayorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga mo'ljallangan moliyaviy resurslar tushuniladi.[11]

Yuqorida keltirilgan, xorijiy va mamlakatimiz olimlarining nazariy izlanish natijalaridan kelib chiqqan holda investisiya mohiyatini yoritib berish bo'yicha quyidagi xulosaga keldik: investisiya mohiyatining ilmiy asosi resursli va xarajatli yondashuvlar ularning dastlabki tashkil etilishi mablag'lardan foydalanishni talab etadi, foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlardir.

Bizning fikrimizcha, investitsiyalar - bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapital. Ozining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida xo'jalik faoliyatiga qo'yilgan aktivlar hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi. Izlanishlarimiz jarayonida O'zbekiston Respublikasi hududlari bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini

ma'lumotlarni guruhlash yo'li bilan statistik qayta ishlash usuli, tahlil qilish, ekspert baholash, tizimli yondashuv, taqqoslash, qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,6 % i yoki 89 695,5 mlrd. so'm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yirik qurilish tashkilotlari bo'yicha yangi qurilish hisobidan 29 215,4 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 32,6 % ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investisiyalarning

59.1 % i yoki 159,6 trln. so'mi jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 40,9 % yoki 110,3 trln. so'm moliyalashtirildi. 2022 yil yanvar-dekabr oylarida O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan

15.2 trln. so'm investisiyalar o'zlashtirilib, 2021 yilga nisbatan 74,9 % ni tashkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi esa 2,0 % punktga kamayib, 5,6 % darajasida qayd etildi.

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan investisiyalar hajmi 2021 yilga nisbatan 84,4 % ni yoki 20,9 trln, so'mni tashkil etdi. Shuningdek, suv ta'minoti va kanalizasiya tizimini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan investisiyalar 2021 yilga nisbatan 92,0 % ni, 2,9 trln. so'mni tashkil etdi.

Ularning jami investisiyalardagi ulushi, mos ravishda 0,1 % punktga kamayib, 1,1 % ni tashkil etdi. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan investisiyalar hajmi 2021 yilga nisbatan 84,4 % ni yoki 20,9 trln, so'mni tashkil etdi. Shuningdek, suv ta'minoti va kanalizasiya tizimini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan investisiyalar 2021 yilga nisbatan 92,0 % ni, 2,9 trln. so'mni tashkil etdi. Ularning jami investisiyalardagi ulushi, mos ravishda 0,1 % punktga kamayib, 1,1 % ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investisiyalarning statistik hisobi, qo'shimcha qiymat solig'ini qo'shgan holda, hisobot davrida amaldagi narxlarda, to'lov amalga oshirilgan paytdan qat'iy nazar, haqiqatda o'zlashtirilgan hajm miqdorida amalga oshiriladi.

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investisiyalarni moliyalashtirish manbalari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar va o'sish sur'atlari korxona va tashkilotlarning

o'z mablag'lari hisobiga to'g'ri kelib, 2021 yilga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi. Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investisiya va kreditlar hisobidan 60,0 trln. so'm investisiyalar o'zlashtirilib, jami asosiy kapitalga investisiyalar hajmidagi ulushi 22,3 % ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investisiyalar - 84,5 trln. so'm yoki jami asosiy kapitalga investisiyalarning 31,3 % ini tashkil etdi. Bevosita to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar hisobidan moliyalastirilgan investisiyalardan O'zbekiston Respublikasi bo'yicha 37,0 trln. so'm, yoki 2021 yilga nisbatan 1,2 % punktga ko'paygan holda jami ulushi 13,7 % ga teng investisiyalar o'zlashtirildi.

Asosiy kapitalga investisiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish (Oniks, Treker), sement ishlab chiqarishni kengaytirish (3-bosqich), texnik gaz ishlab chiqarishni tashkil etish, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish, paxta-to'qimachilik va agroklaster tashkil etish kabi yirik investisiya loyihalari natijasida ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 76,4 trln. so'm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 28,3 % i o'zlashtirildi.

Hududlarni innovatsion salohiyatini baholashda esa hududni innovatsion salohiyati bilan birga uning iqtisodiy o'sishi, davlatning hududni rivojlantirishda olib borayotgan siyosatini va hududda investisiyani jalb etishning muhim yo'llarini belgilab beruvchi ko'rsatkichlaridan foydalaniladi

O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (1-jadval), viloyatlar kesimida asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (2-jadval), viloyatlar kesimida asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (o'sish surati, % da) (3-jadval), aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (4-jadval) quyidagi ko'rsatkichlarni ko'rsatmoqda.

Moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan

investitsiyalar, (mlrd.so'm)

№ Ko'rsatkichlar 2018 2019 2020 2021 2022

1 Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investisiyalar 107333,0 189924,3 202000,0 244 962,6 269857,5

shu jumladan:

2 Markazlashgan 34448,4 50686,8 39310,2 93500,5 41436,4

3 Markazlashmagan 72884,6 7752,4 162689,9 151500,5 228421,1

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, hisobidan 2018 yilda 107333,02 mlrd.so'mni, 2019 yilda 189924,3 mlrd.so'mni, 2020 yilda 202000,0 mlrd.so'mni 2021-yilda 244962,6 mlrd. so'm tashkil qilgan bo'lsa, 2022-yilnda O'zbekistonda iqtisodiy

va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 269857,5 mlrd.so'm o'zlashtirildi.

2023 - yilning yanvar-mart oylarida jami 56,6 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 61,9 % yoki 35,0 trln. so'm investitsiyalar jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 38,1 % yoki 21,6 trln. so'm moliyalashtirildi. Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 5,9 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50,7 trln. so'm investitsiyalar o'zlashtirildi.

(2-jadval)

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar, (mlrd.so'm)

№ Hududlar 2017 2018 2019 2020 2021 2022

1 O'zbekiston Respublikasi 72155,2 124231,3 195927,3 210195,1 244962,6 269857,5

2 Qoraqalpogiston Respublikasi 2822,0 6757,8 8750,6 7089,8 7879,1 10099,8

viloyatlar:

3 Andijon 2986,0 4711,9 7452,1 9622,6 12143,7 14758,6

4 Buxoro 11613,4 9610,9 10366,6 12183,9 18995,6 21138.0

5 Jizzax 1788,2 3606,3 7900,9 12545,4 13224,4 10763,1

6 Qashqadaryo 11175,3 16518,5 24462,5 20557,6 16225,1 16181,5

7 Navoiy 3977,9 10579,5 17646,3 15688,4 16309,1 19396,1

в Namangan 3586,7 8158,1 12084,9 12007,2 13302,4 14348,2

9 Samarqand 4384,2 7061,4 10266,7 14656,4 17722,8 21955,2

10 Surxondaryo 3551,0 7240,6 11835,1 10068,2 11326,5 11507,3

11 Sirdaryo 1628,0 2699,3 5869,1 7191,9 8708,0 12574,7

12 Toshkent 5938,4 11226,9 20353,9 21148,6 27822,4 34954,7

13 Fargona 2954,5 5539,1 8685,4 11040,0 12920,6 15396,7

14 Xorazm 2175,9 3013,8 5032,0 5391,8 8580,3 8806,6

15 Toshkent sh. 13573,7 26435,7 42458,1 50371,3 57611,3 56725,8

(3-jadval)

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (o'sish sur'ati, % da )

№ Hududlar 2018 2019 2020 2021 2022

1 O'zbekiston Respublikasi 129,9 138,1 95,6 105,2 100,9

2 Qoraqalpogiston Respublikasi 169,9 100,3 69,9 102,1 113,2

viloyatlar:

3 Andijon 113,7 129,0 110,6 115,3 119,9

4 Buxoro 60,6 95,9 104,7 136,4 92,0

5 Jizzax 158,1 194,9 147,4 104,0 108,6

6 Qashqadaryo 112,4 131,2 76,5 72,7 80.8

7 Navoiy 188,0 144,3 77,1 93,4 118,2

8 Namangan 178,1 131,1 88,0 102,9 101,2

9 Samarqand 131,4 134,5 128,8 112,0 129,5

10 Surxondaryo 164,2 144,0 77,4 103,2 87,1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11 Sirdaryo 131,0 186,0 111,2 116,4 137,6

12 Toshkent 139,9 158,5 92,2 119,1 108,2

13 Fargona 145,9 132,0 113,5 108,2 112,3

14 Xorazm 111,7 150,7 92,7 144,2 94,5

15 Toshkent sh. 138,2 145,8 108,6 104,0 87,0

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, hududlar kesimida asosiy kapitalga investisiyalar o'zlashtirilishi bo'yicha 2021 yilga nisbatan eng yuqori o'sish sur'ati 137,6 % ga o'sib, Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Ushbu natijani 1500 MVt quvvatga ega yangi elektr stansiyasi va 220 MVt quvvatga ega gaz pistonli elektr stansiyasini qurish kabi yirik loyihalarga investisiyalarni o'zlashtirish bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, Samarqand viloyatida ham yuqori o'sish sur'ati kuzatilib, 2021 yilga nisbatan 129,5 % ni tashkil qildi. Bu hududda turistik markaz qurilishi, quvvati 100 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi, Samarqand kimyo majmuasi qurilishi kabi yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasida asosiy kapitalga investisiyalar hajmining 2021 yilga nisbatan 113,2 % ni tashkil etishi, avvalambor 2017-2021 yillarda uglevodorod ishlab chiqarishni ko'paytirish dasturi doirasida investisiyalarning o'zlashtirilishi bilan bog'liq. Investision faollikning eng past o'sish sur'atlari Qashqadaryo viloyatida - 80,8 % (investisiya hajmi 16181,5 mlrd. so'm) va Toshkent shahrida - 87,0 % (56725,8 mlrd. so'm) qayd etildi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida jami asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investisiyalarning asosiy qismi, respublikaning to'rt hududida, jumladan, Toshkent shahrida - 21 %, Toshkent viloyati - 13 %, Buxoro va Samarqand viloyatlarida - 8 % investisiyalar o'zlashtirildi

(4-jadval)

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar

Hududlar 2018 2019 2020 2021 2022

Ozbekiston Respublikasi 3769,6 5834,6 6140,3 7015,9 7570,0

Qoraqalpog'iston Respublikasi 3641,1 4644,4 3710,0 4069,6 5 146,6

viloyatlar:

Andijon 1550,3 2406,0 3047,2 3770,4 4 488,5

Buxoro 5112,4 5429,3 6295,0 9681,7 10 604,5

Jizzax 2693,9 5778,9 8984,7 9267,9 7 374,5

Qashqadaryo 5193,4 7534,6 6214,7 4811,9 4 696,4

Navoiy 10892,1 17855,2 15604,2 15931,5 18 566,2

Namangan 2992,5 4344,1 4229,2 4588,1 4 840,3

Samarqand 1878,3 2674,9 3746,0 4442,4 5 387,9

Surxondaryo 2848,3 4552,8 3792,2 4176,4 4 146,8

Sirdaryo 3280,2 7002,9 8425,4 10011,5 14 167,1

Toshkent 3898,4 6970,0 7169,0 9538,7 11 784,3

Fargona 1516,8 2336,2 2916,0 3348,9 3 911,4

Xorazm 1655,6 2718,4 2868,2 4495,4 4 536,7

Toshkent sh. 10627,8 16710,5 19065,6 20433,9 19 500,1

Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turibdiki, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investisiyalar hajmi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar Toshkent shahrida - 19500,1 ming so'm (yoki 2021 yilga nisbatan taqqoslaganda - 84,4 %), Navoiy viloyatida - 18556,2 ming so'm (yoki 115,8 %) va Sirdaryo viloyatida - 14167,1 ming so'm (yoki 134,8 %) miqdorida qayd etildi.

Ammo qolgan hududlarda bu ko'rsatkichlar deyarli o'rtacha past ko'rsatkichda turibdi. Bu aynan shu hududlarda ham asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar miqdorini oshirish kerakligidan dalolat beradi.

Xulosa va takliflar

Bizning fikrimizcha, bugungi kunda respublikada investisiyalarni jalb qilish bo'yicha quyidagi ishlarni amalga oshirishni lozim deb hisoblaymiz:

Birinchidan, bank-kredit tizimini takomillashtirish;

Ikkinchidan, investisiya kiritayotgan investorlarning huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish;

Uchinchidan, byurokratik to'siqlarni olib tashlash.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida investitsiya salohiyatini oshirish uchun viloyat hududlarining har biriga investisiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish istagida bo'lgan tadbirkorlik subyektlari uchun istiqbolli loyiha takliflarini taqdim etish, sifatli loyihalarni ishlab chiqish va ijrosini tizimli ta'minlash, xorijiy sheriklar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik qilish, investorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratib berish, investitsiyalarni jalb qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo'ladi.

Yildan-yilga yurtimizdagi investitsion muhitning yaxshilanayotganligi hamda aholining daromadlari oshgayotganligini yuqoridagi raqamlardan ham ko'rishimiz mumkin.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya jarayonlarini tartibga solish yo'nalishi va taqsimlanishini to'g'ri aniqlashning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon yaratuvchi

shart-sharoitni ta'minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo'lib, iqtisodiy o'sishga aynan shu yo'l bilan erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 - yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "Xalq so'zi" gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (72297230) soni.

3. Klas Eklund. Effektivnaya ekonomika: Shvedskaya model. M. "Ekonomika" 1991, 96b.

4. Dolan E.Dj., Lindsey D.Ye. Mikroekonomika. -Spb.,1994.-448 s.

5. Komilova Mukammal Shavkatovna Abdixoliqov Jamshid Abdixalilovich. "USE OF MARKETING STRATEGY AS A FACTOR OF INCREASING THE COMPETITIVENESS OF CONSTRUCTION ENTERPRISES." International journal of advanced research in education, technology and management 2.3 (2023).

6. Komilova, M. Sh. "O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA SALOHIYATINI OSHIRISH YO'LLARI." Евразийский журнал академических исследований 2.3 (2022): 575-584.

7. Sh, Komilova M. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING TIZIMLI RIVOJLANISHIDA BOSHQARUV USLUBLARINING O'RNI." Journal of marketing, business and management 1.5 (2022): 53-57.

8. Жуманов, Ш. Н., М. Ш. Комилова, and А. Х. Ташимов. "МАРКЕТИНГ" ФАНИНИ У^ИТИШДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР ВА ИЛТОР ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ A^M^m" Экономика и социум 4-1 (107) (2023): 586-589.

9. Komilova, Mukammal Shavkatovna, and Jamshid Abdikhalilovich Abdikholikov. "THE ROLE OF EMPLOYEES IN ENSURING THE LABOR POTENTIAL OF ENTERPRISES." Academic research in educational sciences 3.11 (2022): 481-484.

10. Shavkatovna, Komilova Mukammal, and Shernazarov Temurbek Tulkinovich. "IMPROVEMENT OF ACTIVITIES OF HOUSING AND UTILITIES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." World Bulletin of Management and Law 22 (2023): 25-27.

11. Shavkatovna, Komilova Mukammal, and Abdixoliqov Jamshid Abdixalilovich. "THE ROLE OF EMPLOYEES IN ENSURING THE LABOR POTENTIAL OF ENTERPRISES." IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYNILMIY JURNALI 2.12 (2022): 135-137.

12. Musakulovna, Rakhmonova Feruza, Komilova Mukammal Shavkatovna, and Shernazarov Temurbek Tulkinovich. "USE OF MARKETING CONCEPTS IN THE ACTIVITY OF ORGANIZATIONS IN THE CONDITIONS OF

FORMING AN INNOVATIVE ECONOMY." World Economics and Finance Bulletin 17 (2022): 55-56.

13. Tojiboyev D. Iqtisodiy nazariya (ikkinchi kitob). - T.: Sharq, 2003-79b.

14. https://lex.uz/ru/docs/-29905

15. https://lex.uz/docs/-4664142

16. https://uz.wikipedia. org/wiki/Investitsiya

17. Arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.