Научная статья на тему 'QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TURMUSH DARAJASI VA MINTAQANING KOMPLEKS RIVOJLANISHI: ASOSIY KOʻRSATKICHLAR'

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TURMUSH DARAJASI VA MINTAQANING KOMPLEKS RIVOJLANISHI: ASOSIY KOʻRSATKICHLAR Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi turmush darajasi / farovonlik / aholi daromadlari / asosiy koʻrsatkichlar. / standard of living of the population / well-being / income of the population / main indicators

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — A. Palvaniyazov

Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda oʻsib borgani yaqqol namoyon boʻlmoqda. Ushbu maqolada ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi turmush darajasi va mintaqaning kompleks rivojlanishi: asosiy koʻrsatkichlari xususida boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIVING STANDARD OF THE POPULATION OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN AND COMPREHENSIVE DEVELOPMENT OF THE REGION: BASIC INDICATORS

In recent years, as a result of the measures implemented by our government to further increase the incomes and living standards of the population, and to provide social support to citizens, it is clear that per capita incomes, wages and pensions have consistently increased. is appearing. In this article, the standard of living of the people of the Republic of Karakalpakstan and the comprehensive development of the region: the main indicators are discussed

Текст научной работы на тему «QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TURMUSH DARAJASI VA MINTAQANING KOMPLEKS RIVOJLANISHI: ASOSIY KOʻRSATKICHLAR»

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TURMUSH DARAJASI VA MINTAQANING KOMPLEKS RIVOJLANISHI: ASOSIY KO'RSATKICHLAR

A. Palvaniyazov

sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, Nukus shahri, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

So'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fUqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o'sib borgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ushbu maqolada ham Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi turmush darajasi va mintaqaning kompleks rivojlanishi: asosiy ko'rsatkichlari xususida boradi.

Kalit so'zlar: aholi turmush darajasi, farovonlik, aholi daromadlari, asosiy ko'rsatkichlar.

LIVING STANDARD OF THE POPULATION OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN AND COMPREHENSIVE DEVELOPMENT OF THE

REGION: BASIC INDICATORS

A. Palvaniyazov

doctor of Philosophy (PhD) in Sociology

Karakalpak branch of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

Scientific Secretary of the Karakalpak Research Institute of Natural Sciences,

Nukus, Uzbekistan

ABSTRACT

In recent years, as a result of the measures implemented by our government to further increase the incomes and living standards of the population, and to provide social support to citizens, it is clear that per capita incomes, wages and pensions have consistently increased. is appearing. In this article, the standard of living of the people of the Republic of Karakalpakstan and the comprehensive development of the region: the main indicators are discussed.

Keywords: standard of living of the population, well-being, income of the population, main indicators.

443

April 20, 2024

Aholi turmush darajasi va farovonligi aholi daromadlari, sog'liqni saqlash, ta'lim sohasi, mehnat sharoiti, uy-joy, tabiiy gaz, suv bilan ta'minlanganlik darajasi, atrof-muhit kabi bir qator omillarga bog'liq bo'lishi bilan birga, uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. Qoraqalpog'iston Respublikasi mamlakatimiz shimolida joylashgan, yozi jazirama issiq, qishi o'ta sovuq ushbu hudud o'ziga xos iqlim sharoitiga ega. Qolaversa, Orol dengizi qurishi bilan bog'liq ekologik muammolar ko'zga tashlanib turadigan ushbu o'lkada bugun 1 million 923 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi [1]. Qoraqalpog'iston O'zbekiston tomonidan eng ko'p sarmoya, mablag' va e'tibor yo'naltirilayotgan hududlardan biri bo'lib turibdi. Haqiqatdan ham keyingi yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi daromadlarini ko'paytirish, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlarining sifatini oshirish, uy-joy bilan ta'minlash tadbirlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarning natijasi bugungi kunda Qoraqalpog'istonda istiqomat qilayotgan odamlarning hayot darajasi ijobiy tomonga o'zgarishi orqali namoyon bo'lmoqda.

Aholi turmush darajasi deganda, odamlarning zarur moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanganligi, ularning iste'moli va ehtiyojlari qondirilganligi darajasi tushuniladi. Turmush darajasi: - tor ma'noda aholining iste'mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste'molning daromad va harajatlar bilan ta'minlanishini; - keng ma'noda insonni rivojlanishi darajasini (sog'liq, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari) va uning yashash shart-sharoitlarini (atrofmuhit, xavfsizlik maslalari) anglatadi. Aholi turmush darajasi - ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo'lib, u kishilarning moddiy va madaniy-maishiy ehtiyoji qondirilishi va ijtimoiy turmush sharoiti yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi [2].

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 26-avgust kuni Nukus shahrida bo'lib o'tgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasidagi o'z so'zida Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko'p, ya'ni 9 marta Qoraqalpog'istonga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko'p-ko'p muloqot qilganini ta'kidladi [3]. Ushbu davrda Qoraqalpog'istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qilindi [4]. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida uchirayotgan muammolarni hal qilish maqsadida quyidagi farmon va qarorlar qabul qilindi. Shulardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta'minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida «2020 - 2023-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-4889-sonli qarori qabul qilindi [5].

April 20, 2024

444

y

Shuningdek, 2022-yil 7-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 18-mart kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sog'liqni saqlash sohasi vakillari bilan «Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etishni takomillashtirish, aholi orasida kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini yanada oshirish maqsadida «Qoraqalpog'iston Respublikasida 2022-2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to'g'risida»gi PQ-310-son [6], 2022-yil 31-avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qo'shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ko'lamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini ta'minlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida «Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida» gi PF-213-son Farmoni [7] qabul qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida» gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xorijiy turizm bozorlari uchun hududning jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va san'at sohalari infratuzilmasini yaxshilash, yangi turizm xizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko'paytirish, sohada yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida 545-son [8], 2023-yil 2-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Orolbo'yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo'yicha ishlarning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2022-yil 1-noyabrdagi PF-241-son Farmoniga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan o'rganishlar natijasida aniqlangan sharoiti og'ir oilalar va fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ovul va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida «Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida» gi 52-son [9] qarorlari qabul qilindi.

Ushbu farmon va qarorlar asosida Qoraqalpog'iston hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo'yicha

April 20, 2024

amalga oshirilgan chora-tadbirlarga va asosiy o'zgarishlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak:

Birinchidan, 2022-yil holatida kvartira (uy) larning tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasining eng yuqori ko'rsatkichlari Toshkent shahri (95,2 foiz), Toshkent viloyati (86,9 foiz) va Qoraqalpog'istonda (69 foiz) kuzatilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, Qoraqalpog'iston tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasi bo'yicha butun O'zbekistonda poytaxt va Toshkent viloyatidan keyin uchinchi o'rinda turibdi.

Ikkinshidan, Qoraqalpog'istondagi uylarni suv bilan ta'minlash darajasiga e'tibor qaratilsa, 57,5 foiz ko'rsatkichni ko'rish mumkin. Bu Qoraqalpog'iston suv bilan ta'minlanganlik darajasi bo'yicha Buxoro (50,9 foiz), Xorazm (40,6 foiz) va Qashqadaryo (35,8 foiz) dan ham oldinda deganidir.

Uchinchidan, Samarqand, Surxondaryo, Farg'ona, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari bilan birga Qoraqalpog'istonda ham transfertlardan olingan daromadlarning ulushi aholi umumiy daromadlariga nisbatan 30 foizdan yuqori ko'rsatkichni tashkil etdi.

To'ritinchidan, sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi Navoiy viloyati (7012,3 ming so'm), Toshkent shahri (4861,2 ming so'm) Toshkent viloyati (4838,8 ming so'm), Qashqadaryo viloyati (4350,5 ming so'm) hamda Qoraqalpog'iston (4230,1 ming so'm) da kuzatildi. Respublika bu ko'rsatkich bo'yicha beshinchi o'rindaligini ko'rish mumkin.

Beshinchidan, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasining faoliyati turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichiga nazar solinsa, Qoraqalpog'iston poytaxt va Toshkent viloyatidan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda. Shuningdek, oxirgi besh yilda hududning mahalliy byudjetiga qariyb 11 trillion so'm mablag' yo'naltirildi. Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bo'yicha muhim dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, «temir daftar»ga kiritilgan 65 mingga yaqin oilaga, 16 yoshgacha bolalikdan nogiron a'zosi bo'lgan hamda boquvchisini yo'qotgan 17 ming oilaga moddiy yordam ko'rsatildi. Birgina 2020-yil yakuni bo'yicha Qoraqalpog'istonda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi daromad 3 barobarga oshdi. So'nggi besh yilda qurilish ishlari hajmi 3,5 marta o'sdi. O'nlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy agroklasterlar, qo'shma korxonalar ishga tushirildi.

Oltinchidan, Qoraqalpog'istonda har 10 ming nafar o'quvchiga 15 ta maktab to'g'ri keladi. Hudud bu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekistonda uchinchi o'rinda bormoqda. Respublikada minglab yangi obyektlar barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi. Jumladan, ko'plab bolalar bog'chalari, umumta'lim va ixtisoslashgan maktablar, oliygohlar, sog'liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirildi.

446

April 20, 2024

Bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 2017-yildagi 32 foizdan 75 foizga yetdi. Ma'lumotlarga ko'ra, mol-mulkdan olingan daromadlarning yuqori o'sish sur'ati eng ko'p - Qoraqalpog'istonda (169,2 foiz) qayd etildi [10]. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida Qoraqalpog'iston Respublikasining so'nggi 6 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi natijalari keltirilgan (Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari 2017 - 2022-yillarda amalga oshirilgan faol islohotlar jarayonida Qoraqalpog'iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o'zgarishlarni tahlil qildi). Ularga ko'ra, 2017-2022-yillarda Qoraqalpog'iston Republikasining yalpi hududiy mahsulot (YaHM) 10,9 trln so'mdan 29,9 trln so'mga, uning real hajmi esa 37,1%ga oshdi. Aholi jon boshiga YaHM 5,9 mln so'mdan 15,2 mln so'mga ko'payishi ta'minlandi. Mazkur davrda aholi soni 7,3% ga ko'payib, 2 mln kishiga yetdi. Hududda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 trln so'mdan 17,8 trln so'mga oshib, real hajmi 21,3%ga o'sdi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda esa real hajmi 24%ga, 2017-yildagi 5 trln so'mdan 2022-yilda 14,4 trln so'mga oshdi. Ko'rsatilayotgan xizmat turlarining kengayishi va ularga talabning tobora ortishi natijasida bozor xizmatlari hajmi 3,6 trln so'mdan 10,4 trln so'mga yetdi va 2,1 baravar ko'paydi.

Mazkur davrda infratuzilmani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilib, 2017 - 2022-yillarda 2943 km suv ta'minoti tarmoqlari va 90,8 km gaz quvurlari foydalanishga topshirildi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va munosib turmush sharoiti yaratish borasida aholini munosib uy-joy bilan ta'minlash kabi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, o'tgan 6-7 yil mobaynida viloyatda 5308 kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta'lim muassasalarida 19,5 ming, maktablarda 118 ming joy yaratildi. Aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida o'tgan 6 yil mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasida 157 mingga yaqin ish o'rni yaratildi. Hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar umumiy qiymati 4,8 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga imkoniyat berdi. Natijada hududda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2017-yildagi 19,2 mingdan 2022-yilda 30,3 minggacha, ya'ni 58%ga o'sdi [11].

Eng ko'p mablag' ajratiladigan sohalar:

- sog'liqni saqlash sohasi (tashkilot va sohalar uchun taqsimlangan mablag'larning 32,9 foizi);

- kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalarga moddiy yordam pullari (15,4 foiz);

- xalq ta'limi sohasi (14,4 foiz);

- investitsiya harajatlari (8,2 foiz);

- davlat hokimiyati organlari (6,3 foiz);

- obodonlashtirish (5,8 foiz) [12].

447

April 20, 2024

So'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o'sib borgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. O'tgan davrda Qoraqalpog'istonda aholi jon boshiga daromad 2,7 barobarga o'sdi, mamlakatimizda eng oxirgi o'rindan, bugungi kunda 9-o'ringa ko'tarildi. Jami 83 mingta yangi doimiy ish o'rinlari yaratilib, o'rtacha ish haqi 2,8 barobarga oshdi va 2,7 mln so'mga yetdi [13].

O'zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyev Qoraqalpog'iston Respublikasining Kegeyli tumanida 2023-yil 30-mart kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda "Qilayotgan ishlarimiz ko'p va buni xalqimiz ko'rib turibdi. Ularning o'zi bu o'zgarishlarga adolatli bahosini beradi. Biz bitta el va bitta yurtmiz! Hamma viloyatlar Qoraqalpog'istonni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishga bel bog'lagan. Buning natijalari barcha tumanlarda ko'rinyapti va bu ishlar to'xtamaydi", dedi [14]. Qoraqalpog'iston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga 2023-yilning o'zida 670 mlrd so'm va 340 mln dollar mablag'lar ajratilgan;

- tadbirkorlarga jozibador biznes muhitini yaratish maqsadida, foyda, aylanmadan soliq, yer va mol-mulk soliqlarini ikki baravar pasaytirilgan;

- ijtimoiy soliq bir foiz qilib belgilangan;

- faqat ushbu hudud tadbirkorlariga tijorat kreditlarining 75 foiziga Tadbirkorlik jamg'armasi kafilligi berilishi belgilangan;

- har bir tumanga vazirlar, viloyat hokimlari, idora va banklar rahbarlari biriktirilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog'istonda so'nggi yillarda kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va to'qimachilik, farmatsevtika sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish ikki baravardan ziyod o'sib, 61 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Raqamlarda ifodalanadigan bo'lsa, so'nggi 6 yilda Qoraqalpog'istonda:

- 15 trln so'm investitsiya hisobiga 5 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan;

- tadbirkorlar soni ikki baravar ko'payib (11 mingdan 23 mingga), 46 mingta doimiy ish o'rni yaratilgan;

- ilgari sanoati eng past bo'lgan 6 ta tumanda ishlab chiqarish 2-3 baravar oshib, Qoraqalpog'istondagi ulushi 12 foizga yetgan (2016 yilda - 7 foiz) [15].

Umuman olganda, Qoraqalpog'istonga alohida e'tibor berilib, katta kuch va resurslar jalb etilgani o'z natijasini berayotganini yuqoridagi raqamlarda ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaginidek: «Yangi O'zbekiston, Yangi Qoraqalpog'istonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur» [16]. Albatta, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar

April 20, 2024

448

mamlakat qonunchiligi asosida, tegishli shartlar bilan, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida hayotga tatbiq etilsagina o'z iqtisodiy va ijtimoiy samarasini beradi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz va Hukumatimizning Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari va ularda belgilangan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgangan faol islohotlar Qoraqalpog'istonning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratmoqda.

REFERENCES:

1. https://data.egov.uz/uzbKr/data/63774f14206a79bd4ad3a8d6

2. Xusanova X.T. Social protection of the population - as a factor in the development of human capital. Academic research in educational sciences 3 (NUU Conference 2), 969972. https://cyberleninka.ru/article/n/a-olini-izhtimoiy-imoyalash-inson-kapitalini-rivozhlantirish-omili-sifatida

3. https://president.uz/uz/lists/view/5461

4. https://president.uz/uz/lists/view/5461

5. https://lex.uz/docs/5100705

6. https://lex.uz/ru/docs/6100013

7. https://lex.uz/docs/6181114

8. https://lex.uz/docs/6212913

9. https://lex.uz/docs/6376980

10. https://kommers.uz/faktlar-qoraqalpogiston-turmush-darazhasi-keskin-osayotgan-hududlardan-biri

11. https://review.uz/oz/post/infografika-2017-2022-yillarda-qoraqalpogiston-republikasining-ijtimoiy-iqtisodiy-rivojlanishi

12. https://kun.uz/news/2022/01/24/qoraqalpogistonning-2022-yil-uchun-budjeti-salkam-4-trln-som-bolishi-mumkin

13. https://gk-usbekistan.de/uz/2022/07/05/o-no^HTHKe-pyKOBogcTBa-y36eKHCTaHa-n/

14. https://kun.uz/news/2023/03/30/biz-bitta-el-va-bitta-yurtmiz-prezident-qoraqalpogistonliklar-bilan-uchrashdi

15. https://kun.uz/news/2023/03/30/biz-bitta-el-va-bitta-yurtmiz-prezident-qoraqalpogistonliklar-bilan-uchrashdi

16. https://qalampir.uz/news/prezident-mirziyeev-k-orak-alpogiston-khalk-iga-murozhaat-yulladi-64231

449

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.