Научная статья на тему 'Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llari'

Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
971
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
davlat maqsadli jamg‘armalari / tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi / konsolidatsiyalashgan byudjet / iqtisodiy fondlar / ijtimoiy fondlar / fondlarning moliyaviy barqarorligi / davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bobur Ruxiddin O’g’li Amirqulov, Barno Ismailovna Nurmuxamedova

Maqolada davlat maqsadli fondlarining iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdagi ahamiyati o‘rganilgan, konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida tutgan o‘rni va уларнинг barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan, davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llari»

Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali

foydalanish yo'llari

Bobur Ruxiddin o'g'li Amirqulov Barno Ismailovna Nurmuxamedova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada davlat maqsadli fondlarining iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdagi ahamiyati o'rganilgan, konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida tutgan o'rni va y^apHHHr barqarorlik ko'rsatkichlari tahlil qilingan, davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: davlat maqsadli jamg'armalari, tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, konsolidatsiyalashgan byudjet, iqtisodiy fondlar, ijtimoiy fondlar, fondlarning moliyaviy barqarorligi, davlat maqsadli jamg'armalari taqchilligi

Ways for effective use of financial resources of state trust

funds

Babur Ruhiddin oglu Amirkulov Barno Ismailovna Nurmukhamedova Tashkent Financial Institute

Abstract: The article discusses the importance of state trust funds in the development of the economy and the social sphere, analyzes their place and importance in the consolidated budget and indicators of their sustainability, develops recommendations aimed at the effective use of financial resources of state trust funds.

Keywords: state trust funds, Fund for Reconstruction and Development, consolidated budget, funds for economic purposes, social funds, financial stability of funds, deficit of state trust funds

Kirish

Davlatning iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarga ta'sir etish qurollaridan biri davlat maqsadli fondlaridir. Davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlar orqali jamiyat talablariga mos ravishda pul mablag'larini ijtimoiy va iqtisodiy sohalar o'rtasida qayta taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining rivojlanishini rag'batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ijtimoiy barqarorlikka ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, davlat maqsadli

jamg'armalari iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishda muhim vosita - dastak bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasida "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta'lim sifatini ilg'or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o'sishga erishish hamda kambag'allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqishda"1 davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo'lgan davlat maqsadli fondlari ham davlat byudjeti bilan birgalikda alohida o'rin egallaydi. Davlat maqsadli fondlari davlatning alohid ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat byudjet tizimi bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.

Tadqiqot usullari

Mazkur tadqiqot ishida ilmiy bilish va tadqiqot olib borish metodologiyasining bir nechta usullaridan foydalanildi: davlat maqsadli fondlarining mohiyati, zarurligi va ahamiyati - ilmiy adabiyotlarni o'rganish usulidan, ularning tarkibi va tuzilishi - ilmiy bilishning analiz va sintez usulidan, davlat maqsadli fondlarining zarurligi va ahamiyati - konkretlashtirish usulidan, davlat maqsadli fondlari byudjet ko'rsatkichlarining o'zgarish dinamikasi - solishtirish usulidan, fiskal risklar tahlili natijalari - umumlashtirish usulidan foydalanilgan holda amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar

Bugungi kunda Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg'armalarining soni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning aniq vaqtdagi ustuvorliklaridan kelib chiqib o'zgarib bormoqda. Xususan, ularning soni 2018-yilgacha bo'lgan davrda 6 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2020-2021 -yillarda 18 ta, 2022-yilda 23 ta, 2023-yilga kelib esa 24 tani tashkil qildi.

2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida, keyinchalik esa Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining daromadlari va xarajatlari ko'zda tutila boshlandi. Mazkur jamg'arma eng avvalo, "ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi "2022 — 2026-yillarga m o'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi PF-27-son Farmoni

amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish"2 uchun zarur bo'lgan mablag'larni jamlash maqsadida tuzilgan.

23 24

18 i9

r-l Ь7

_

2019 2020 2021 2022 2023 (prognoz)

1-rasm. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida davlat maqsadli jamg'armalari

sonining o'zgarishi3

1-jadval

Konsolidatsiyalashgan byudjetning ijrosi tahlili4

trln.so'm

№ Ko'rsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil (prognoz)

Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 160,4 204,5 268,4 310,7

Davlat byudjeti va maqsadli jamg'armalari o'rtasidagi transfertlar - 12,7 25,9 29,9

Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 177,6 245,2 302,9 343,2

Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar 8,9 7,6 6,9 7,8

Konsolidatsiyalashgan byudjet saldosi (taqchilligi/profitsiti) -26,1 -40,8 -34,5 -32,5

Davlat qarzlarini so'ndirish - 7,8 10,2 19,2

2020-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi (tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar bilan birga) 26,1 trln.so'mni tashkil qilgan (1-jadval).

2021-yilda byudjet taqchilligi 40,8 trln.so'm yoki yalpi ichki mahsulotning 5,6 foizini tashkil etib, 2020-yil oxirida tasdiqlangan ko'rsatkichga nisbatan 0,2 foiz bandga oshgan (aniqlashtirilgan ko'rsatkichga nisbatan 0,9 foiz bandga past).

Bunda konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 245,2 trln. so'mni va daromadlari 204,5 trln. so'mni tashkil etib, tasdiqlangan prognozlarga nisbatan mos ravishda qo'shimcha 28,9 trln. so'm va 25,7 trln. so'mga bajarildi.

2 O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 47-modda.

3 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Fuqarolar uchun byudjet" nomli axborot nashrlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

4 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Fiskal strategiya-2023-2025 ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Manba: openbudget.uz.

2021-yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga ajratiladigan xarajatlar xalqaro tajribadan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiya-lashgan byudjeti tarkibida aks ettirildi.

"2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida"gi qonun bilan 2022-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilangan. Lekin tashqi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat va uning respublika iqtisodiyotiga salbiy ta'siridan kelib chiqib, shuningdek 2022-yilning o'tgan davrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish lozimligi tufayli 2022-yilgi tasdiqlangan prognozlar, shu jumaladan byudjet ko'rsatkichlari qayta ko'rib chiqildi.

Yalpi ichki mahsulotning yil boshidagi prognoz qilingan o'sish ko'rsatkichi 6,0 foizdan 4,0-5,0 foizgacha pasayishi baholanmoqda hamda ushbu holat tufayli davlat byudjeti daromadlari qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, jahon bozorida oziq-ovqat va yonilg'i mahsulotlari narxlarida kuzatilayotgan tebranishlar natijasida O'zbekistonda 2022-yilda inflyatsiya darajasi 12 foiz atrofida bo'lishi kutilmoqda. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlari hisoblanadigan oltin, mis va tabiiy gaz narxlarining dunyo bozorida oshishi natijasida byudjet daromadlari prognozining 11,8 foizga ortig'i bilan bajarilishi kutilmoqda. Shuning bilan birga, global iqtisodiy noaniqliklar oqibatida O'zbekistonning tashqi savdo operatsiyalaridagi uzilishlar, asosiy iste'mol tovarlarining narxlari oshishi bilan mamlakat ichida yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda aholi to'lov qobiliyati barqarorligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Buning natijasida 2022-yil oxirigacha davlat byudjeti xarajatlari 12 foizga oshishi kuzatildi.

Ko'rsatib o'tilgan tashqi siyosiy va iqtisodiy vaziyat ta'sirini yumshatish uchun hukumat tomonidan ko'rilgan choralar natijasida konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining 2022-yil uchun tasdiqlangan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdori qayta ko'rib chiqilib, qo'shimcha 1 foiz bandga oshishi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligi 2022-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4,0 foiz miqdorida bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining 2022-yilgi kutilayotgan konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligi - umumiy fiskal taqchillik yalpi ichki mahsulotning 4,0 foizi atrofida bo'lishi baholanmoqda. Jahon iqtisodiyotidagi salbiy o'zgarishlar, shu jumladan Rossiya davlatiga nisbatan kundan-kunga kuchayib borayotgan sanksiyalar oqibatlarining, jahon bozoridagi neft, gaz, mineral o'g'itlar hamda oziq-ovqat narxlari inflyatsiyasining, ya'ni bug'doy, shakar, o'simlik yog'i kabi muhim xomashyo tovarlari narxlari oshishining ichki bozordagi narxlarga ta'siri davlat byudjetiga yangi vazifalarni qo'ymoqda.

2-jadval

Konsolidatsiyalashgan byudjetning taqchillik holati tahlili5

Ko'rsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil (prognoz)

trln. so'm YaIM ga nisb.% trln. so'm YaIM ga nisb.% trln. so'm YaIM ga nisb.% trln. so'm YaIM ga nisb.%

Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi -26,1 4,5 -40,8 5,6 -34,5 4,0 -32,5 3,0

Davlat byudjeti va DMJlar taqchilligi -13,4 2,3 -19,2 2,7 -27,5 3,1 -24,7 2,0

Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi taqchilligi -3,8 0,7 -14,0 1,9 -0,1 0,1 - -

Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar -8,9 1,5 -7,6 1,0 -6,9 0,8 -7,8 1,0

2020-yilda davlat maqsadli jamg'armalarining tarkibida Inqirozga qarshi kurash jamg'armasining mablag'lari mavjud bo'lgani hamda uning shakllanishi uchun byudjet parametrlarida daromadlar ko'zda tutilmaganligi bois ushbu yilda taqchillik darajasi birmuncha yuqori bo'lgan.

2021-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy faollikning pasayishi, tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlarining taqdim etilishi sababli davlat byudjeti yo'qotishlari, ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlariga qo'shimcha mablag'lar ajratish hamda iqtisodiyotning ko'plab sohalarida tuzilmaviy o'zgarishlar sababli xarajatlarning oshishi hisobiga kelib chiqqan.

Bundan tashqari, yillar davomida yig'ilib kelgan investitsion yetishmovchiliklar sababli ayrim infratuzilma loyihalari hamda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari oxirgi yillarda faol moliyalashtirildi. Bu loyihalarni davlat byudjetining joriy daromadlari hisobidan ta'minlash imkoni bo'lmaganligi sababli taqchillikni oshirish hisobiga amalga oshirildi.

2022-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjetning taqchilligi tasdiqlangan parametrga nisbatan oshishi asosan tashqi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirish tadbirlarini, 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida, xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni, mahallalarda

5 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Fuqarolar uchun byudjet" axborot nashrlari, Fiskal strategiya-2023-2025 ma'lumotlari hamda O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O'RQ-813-son Qonunining "2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025 yillarga byudjet mo'ljallari" deb nomlangan 1-ilovasi asosida muallif tomonidan tuzildi. Manba: openbudget.uz.

yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun qo'shimcha mablag'lar ajratilishi bilan izohlanadi.

Shu bilan birga, oziq-ovqat narxlarining inflyatsiyasi, bug'doy bozorining to'la-to'kis liberalizatsiya qilinishi tufayli 2022-yil 1-iyundan mahalliy un va qolipli non narxining erkinlashtirilishi, shuningdek 1 -iyuldan tabaqalashtirilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining o'rnatilishi byudjet tashkilotlarining ushbu tovar va xizmatlar uchun xarajatlari oshishiga olib keldi.

Ma'lumki, davlatning markazlashgan pul fondi bo'lmish davlat byudjetiga turli manbalardan va turli vositalar (soliqlar, yig'imlar, bojlar, majburiy to'lovlar) orqali mablag' to'planadi, o'z navbatida, bu mablag'lar turli maqsadlarda va yo'nalishlarda sarflanadi (masalan, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va sh.k.). Bunda aniq bir daromad turi ma'lum bir xarajat turini qoplash uchun biriktirilmaydi. Shu jihatdan davlat byudjeti universal pul fondi hisoblanadi. Lekin amaldagi byudjet qonunchiligi mablag'larning aniq yo'nalishlar, xarajat guruhlari va moddalari bo'yicha sarf etilishini talab etadi. Bunday sharoitda alohida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni aniq manbalar hisobidan mablag' bilan barqaror ta'minlab borish zarurati tug'iladi, chunki iqtisodiyotdagi keskinlik, nobarqarorlik va ularning natijasi o'laroq, byudjetdagi yetishmovchiliklar davrida aynan ushbu maqsadlar uchun mo'ljallangan xarajatlarni kamaytirish xavfi yuzaga keladi. Shuning uchun ham jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yo'nalishlarini aniqlab olish va mablag'larning maqsadli ishlatilishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu holatlar bir qator umumdavlat vazifalarini moliyalashtirish uchun tegishli byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarni tashkil etish uchun jiddiy asos bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli fondlari, davlat byudjeti kabi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan "O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida"gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tuziladi va amal qiladi.

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, DMJlar soni ortib bormoqda, shunga mos ravishda ular uchun davlat byudjetidan maqsadli transfertlarning ham miqdor jihatdan ortib borayotganligini ko'rishimiz mumkin. Byudjetdan ajratilayotgan transfertlar 2020-yilda DMJlar jami xarajatlarining 30,1 foizini, 2021-yilda 30,7 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 2022-yilning prognoz ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, transfertlar DMJlar xarajatlarining eng yuqori ko'rsatkich bo'lgan 43,4 foizini, 2023-yil prognozlari bo'yicha esa 42,5 foizini tashkil qilmoqda. Bu holat DMJlar davlat byudjetiga ayniqsa bog'liq ekanligini, ular xarajatlarining qariyb 1/3 qismi byudjet

mablag'lari hisobidan maqsadli transfert shaklida qoplanayotganligini, bu borada DMJlarining barqarorligi masalasi jiddiy tadqiq qilinishi lozimligini anglatadi.

Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli fondlarining tahlil qilinayotgan yillardagi ijrosi holati quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi (3-jadval):

3-jadval

O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibidagi davlat maqsadli jamg'armalarining daromad va xarajatlari ijrosi tahlili6

mlrd.so'm

Hisobot davri DMJlar soni Daromadlar shundan, byudjetdan transfertlar xarajatlar transfertlarning xarajatlardagi ulushi, foiz

2019-yil 3 25272 27073

2020-yil 18 34302 10992 36498 30,1

2021-yil 19 45551 12671 41339 30,7

2022-yil 23 31700 25400 58500 43,4

2023-yil (prognoz) 24 41250,7 29867,6 70212,9 42,5

Darhaqiqat, davlat maqsadli jamg'armalarining 2022-yilgi jami daromadlari (transfertlarni hisobga olmagan holda) 31,7 trln. so'm, xarajatlari esa 58,5 trln. so'm miqdorida prognoz qilingan. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillikka yo'l qo'ymasdan ishlab chiqish maqsadida davlat maqsadli jamg'armalarining 2022-yil boshidagi kutilayotgan 6,1 trln. so'mlik qoldiq mablag'lari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg'armalariga o'zlariga yuklatilgan davlat funksiyalarini to'liq amalga oshirishlari uchun 25,4 trln. so'mlik maqsadli transfertlar ajratilishi ko'zda tutilgan7.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo'jalik subyektlari va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining ko'payishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning ko'ptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yo'q, aksincha, davlat byudjeti hisobidan mablaq' bilan ta'minlanishi obyektiv zaruriyat bo'lgan, mohiyat jihatidan yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yo'nalishlar paydo bo'ldi. Ularni to'liq hajmda moliyalashtirish yanada ko'proq mablag'larni jalb qilishni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi hamda soliq to'lovchilarning iqtisodiy imkoniyatlari bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy subyektlarning xo'jalik faoliyatiga

6 https://openbudget.uz/static/davlat-masadli-zhamarmalari Internet manzilidagi axborot portali ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

7 O'zbekiston Respublikasining "2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risida"gi Qonuni loyihasi va 2022-yil uchun Byudjetnoma bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Xulosasi.

jiddiy putur yetkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqishlarini so'ndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan balanslangan bo'lishiga har doim ham erishib bo'lmaydi. Natijada davlatning oldida boshqa muhim makroiqtisodiy masala - byudjet taqchilligini iqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish masalasi ko'ndalang bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2020-2024-yillarda O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/506/1210-son.

2. O'zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 2013-y., 26-dekabr.

3. Samandarova G. Davlat byudjetining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va o'ziga xosliklari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021.

4. Sherov A.U. O'zbekistonda byudjet siyosati: amaliy va strategik yo'nalishlari // "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy elektron jurnali. № 1, fevral, 2019-yil.

5. Бюджетно-налоговая политика Узбекистана: основные результаты и приоритеты. БИ Нурмухамедова, НМ Юлдашева - Science and Education, 2022

6. Fond bozori rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o'sish bilan bog'liqligi AAOGL Nurmuxamedov, BI Nurmuxamedova Science and Education 4 (3), 836-847

7. Analysis of the financial statements of enterprises as a task for independent work of students B Nurmukhamedova, Y Akhunova ISJ Theoretical & Applied Science, 06 (110), 282-285.

8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 83-sonli Qarori.

9. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Fiskal strategiya-2023-2025. Manba: openbudget.uz.

10. O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O'RQ-813-son Qonunining "2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025 yillarga byudjet mo'ljallari" deb nomlangan 1-ilovasi. Manba: openbudget.uz.

11. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116.

12. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of

Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

14. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

15. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

16. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

17. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.-Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229).

18. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund's financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386.

19. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.