Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI STATISTIK TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
80
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi turmush darajasi / ijtimoiy himoya / iste’mol / aholi daromadlari / pul tushumlari / mulkdan foiz / dividend . / standard of living of the population / social protection / consumption / income of the population / income / interest on property / dividends.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akbarova, Barno Shuxratovna

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholi turmush darajasini statistik jihatdan bir necha omillarning ta’sir doirasida o‘rganilgan. Aholi turmush darajasini ifodalavchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi o‘rganilgan va prognoz qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE LIVING STANDARD OF THE POPULATION OF UZBEKISTAN

This article statistically studies the standard of living of the population of the Republic of Uzbekistan under the influence of several factors. A system of statistical indicators reflecting the standard of living of the population has been studied and predicted.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI STATISTIK TAHLILI»

O'ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/ zenodo.10532705

Akbarova Barno Shuxratovna

TDIU Statistika kafedrasi dotsenti e-mail: b .akbarova@tsue. uz

Annotasiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi aholi turmush darajasini statistik jihatdan bir necha omillarning ta 'sir doirasida o 'rganilgan. Aholi turmush darajasini ifodalavchi statistik ko 'rsatkichlar tizimi o'rganilgan va prognoz qilingan.

Kalit so'zlar: aholi turmush darajasi, ijtimoiy himoya, iste'mol, aholi daromadlari, pul tushumlari, mulkdan foiz, dividend.

СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ

УЗБЕКИСТАНА

Акбарова Барно Шухратовна

Доцент кафедры статистики ТДИУ электронная почта: [email protected]

Аннотaция: В данной стате статистически изучается уровен жизни населения Республики Узбекистан в рамках влияния несколких факторов. Изучена и прогнозирована система статистических показателей, отражающих уровен жизни населения.

Ключевые слова: уровен жизни населения, социалная защита, потребление, доходы населения, доходы, проценты от собственности, дивиденды.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE LIVING STANDARD OF THE POPULATION OF UZBEKISTAN

Akbarova Barno Shukhratovna

Associate Professor, Department of Statistics, TDIU email: [email protected]

Abstract: This article statistically studies the standard of living of the population of the Republic of Uzbekistan under the influence of several factors. A system of statistical indicators reflecting the standard of living of the population has been studied and predicted.

Key words: standard of living of the population, social protection, consumption, income of the population, income, interest on property, dividends.

Kirish

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi ishlab chiqildi va u doimiy ravishda yo'l xapitalari ishlab chiqish, strategiyalar qo'llanilishi bilan takomillashtipib borilmoqda. Lekin shunday bo'lishiga qapamay, hozirgi kundagi mavjud vaziyat respublikada aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va kambag'allik darajasini qisqartipish dasturlari samaradorligini oshirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Biz bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste'mol xarajatlaridan kam bo'lmagan darajaga olib chiqdik. Mamlakatimizda pandemiyadan oldingi davrda ishsizlar soni 1 mln. 350 mingga yaqin bo'lgan bo'lsa, pandemiya sharoitida ushbu ko'rsatkich qariyb 2 mln. kishiga etdi.1 Shu bois, mamlakatimiz byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur'atlaridan yuqori miqdorda oshirish, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to'liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish ishlari2 olib borilayotganligi innovasion taraqqiyot jadallashayotgan paytda aholi daromadlarini oshirish masalasidan samarali foydalanish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ijtimoiy-iqtisodiy muammo hisoblanadi.

Ushbu maqola mamlakatimiz Prezidenti tomonlaridan 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi, 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-son «O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi farmonlari, 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-son «Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan fikr va mulohazalardan iborat.

Adabiyotlar sharhi

1 https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/08/jobless/

2O'zbekiston Respublikasi P rezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmoni.

Aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini aniqlash metodologiyasi, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatl ar ko'rsatish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining amal qilish mexanizmiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar G. Bacco, M. Dolls, C. Bexpendt, J. Bepg, P. Mepkl, B. Babajanyan, P. Bettie kabi chet el olimlarining ilmiy ishlarida tahlil etilgan.

G'apb iqtisodchilari daromadni mehnat va kapitalni samarali ishlatish natijasi deb hisobladilar. U.Petti daromadni o'zgalar mehnati mahsuli deb izohlagan bo'lsa, Fpansiyada fiziokratlar daromadga yerni unumli ishlatishdan tushadigan mahsulot sifatida qaraydilar. A.Smit daromadni tovarda gavdalangan mehnatdan, unga to'lanadigan ish haqidan va foydadan tashkil topishini aytib o'tadi. Keyinchalik har qanday tovar o'zida mehnat orqali hosil bo'ladigan qiymat, buning zaminida renta va foyda mujassam bo'lishini ta'kidlab, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning 3 ta dastlabki manbai bo'lib qolishini aytib o'tadi.3

K.Mapks fikricha, ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a'zolari tabiat ne'matlarini inson ehtiyojlariga muvofiq moslashtiradi (yaratadi, o'zgartiradi), yaratilgan mahsulotdan olinadigan daromad bo'yicha taqsimot shunday nisbatda o'rnatiladiki, bunda har bir individuum ma'lum ulushga ega bo'ladi. Taqsimot munosabatlarida bilvocita individuumlarga qancha miqdopda ulush tegishli ekanini aniqlaydi. Subyektning ishlab chiqarishdagi ishtiroki taqsimotning alohida usulining amal qilishini va daromadning tupli shaklda yuzaga chiqishini anglatadi.

Zamonaviy iqtisodiyotda aholi daromadlari ma'lum vaqt opalig'ida ular tomonidan olingan pul va natupal shakldagi tushumlarning miqdopini anglatadi4 deb olingan. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlar, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni5 o'z ichiga oladi.

Aholi daromadlari nafaqat moddiy ahvolni belgilaydi, balki iqtisodiyot samaradorligini va jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni ham aks ettiradi. Daromadlar darajasi, tarkibi, dinamikasini aholi xarajatlari bilan taqqoslash orqali jamiyatning turli guruhlari va tabaqalari o'rtasidagi tabaqalanish tavsiflanadi. Demak, daromad bevosita aholi turmush darajasi bilan bog'liq.

3 Смит A. Исследование o природе и причинах богатства народов». - М - Л, 1935, - c. 98

4 Шодмонов Ш., Faфуpoв У. И^тисодиёт назарияси. Дарслик. - Т.: «Фан ва технология», 2005. - 662 б.

5 N.A. Safarova <^тоту shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati» «Xalqaro moliya va hisob» ilmiy elektron jurnali. №2, aprel, 2017 yil.

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekistonda aholi daromadlari va turmush darajasi mexanizmi jarayonida tizimli tahlil, induksiya va deduksiya, mantiqiy va iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash, statistik ma'lumotlarni guruhlash, ekonometrik tahlil va prognozlashtirish usullari qo'llanilgan.

Tahlil va natijalar

Aholi turmush darajasi va sifati iqtisodiy-ijtimoiy siyosatning, aholi daromadlari va xarajatlarini tartibga solish bo'yicha siyosatning natijasi ko'rsatkichidir. Turmush darajasini aniqlashda «Iste'mol savati»dan, ya'ni muayyan iste'mol darajasini ta'minlovchi tovarlar va xizmatlar majmuidan foydalaniladi. Iste'molning minimal darajasi «qashshoqlik chegarasi»ni belgilaydi. «Qashshoqlik chegarasi»dan pastda yashovchi aholi ulushi mamlakatda turmush darajasini tavsiflovchi eng muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichning qisqarishi hamda qashshoqlikka qarshi kurash - ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Byudjet orqali daromadni shakllantipish, ijtimoiy to'lovlar va imtiyozlar bo'yicha daromadlarni qayta taqsimlashni tashkil etish orqali hukumat kambag'allarning daromadlarini oshirish muammosini hal qiladi hamda ijtimoiy keskinlikni yumshatishga ko'maklashadi. Tovarlarni soliqqa tortish iste'mol talabini tartibga soladi, jismoniy shaxslarning imtiyozlarini shakllantiradi, zararli tovarlar iste'molini kamaytiradi va sog'lom turmush tarzi uchun zarur bo'lgan tovarlar iste'molini rag'batlantiradi, inson resurslari va ishlab chiqarish kuchlarini yuqori sifatli qayta ishlab chiqaradi.

Aholining turmush darajasi ko'p qamrovli va keng tavsifli tushuncha bo'lganligi sababli, amalda turmush daraja aholi jon boshiga real daromadlar yoki jon boshiga iste'mol darajasi ko'rinishida ifodalanadi. Aholi jon boshiga real daromadlar yoki iste'molning o'sishi esa ayni paytda bir qator omillarga, avvalambop, ishchi kuchi unumdorligining o'zgarishiga va unga ta'sir etuvchi bir qator omillarga bog'liq.

1-jadval

Aholi daromadlari va unga ta'sir etuvchi omillar6

Yillar Aholi jon boshiga real daromad o'sishi Aholi jon boshiga daromadlar (o'zgarmas narxlarda) Iste'mol Kapital fondi Kapitalni mehnatga nisbati darajasi Real YalM

2005 117,4 1559,6 55320,5 322038,0 31717,6 148688,2

6O'zbekiston uchun muallif tomonidan hisoblab chiqilgan

2006 121,0 1887,1 60403,0 339186,4 32412,8 159752,7

2007 121,1 2285,3 64936,0 362127,0 33576,3 174894,0

2008 124,6 2847,5 65899,8 393991,8 35337,9 190634,4

2009 123,0 3502,4 68726,1 435503,9 37814,9 206075,8

2010 120,1 4206,4 68336,2 480170,2 40351,1 223592,3

2011 119,9 5043,5 77682,6 524143,5 42687,3 240998,5

2012 113,3 5714,3 84650,7 572742,4 45175,5 258773,7

2013 113,9 6508,6 93315,4 627086,4 47947,0 278400,6

2014 107,1 6970,7 103194,6 686608,5 50929,1 298388,1

2015 104,3 7270,4 114995,6 751525,8 54332,8 320611,1

2016 108,5 7888,4 125493,2 817318,6 57612,4 340149,8

2017 107,2 8456,4 130131,8 899096,4 61899,0 355325,6

2018 107,1 9056,8 137675,9 1011318,1 70438,6 374678,3

2019 105,0 9509,6 146892,7 1168222,6 79881,0 395524,3

2020 109.9 8652,9 161435,1 1283876,6 87789,2 434681,2

2021 112.1 9699,9 180968,7 1439225,7 78313,3 487277,6

2022 103.7 10058,8 187664,6 1492477,1 81210,9 505306,9

Keltirib o'tilgan omillarning o'zaro bog'liqligini aniqlash maqsadida korrelyatsion tahlildan foydalanildi, ammo umumiy omil unumdorligi ko'rsatkichidan boshqa barcha omillarda ularga ta'sir etuvchi umumiy tendensiyalar va nostasionarlik kuzatilganligi tufayli tahlildan avval ularning birinchi farqi hisoblab chiqildi. Ularning koppelyatsion koeffitsientlari Pipcon (Pearson) metodi yordamida tahlil qilindi. Tahlil natijalari kutilgan natijalar bilan birga, ayrim kutilmagan natijalarni ko'rsatmoqda. Masalan, aholi daromadlari o'zgarishining YalM real hajmi va ishchi kuchi unumdorligi o'zgarishlari bilan o'zaro bog'liqligi kuchli bo'lsa, uning iqtisodiyotdagi umumiy va har bir ishchiga to'g'ri keladigan kapital hajmi bilan bog'liqligi o'rtacha. Lekin uning aholi ta'lim darajasi indeksi va umumiy omil unumdorligi ko'rsatkichlari bilan korrelyatsion koeffitsientlari manfiy ko'rsatkichga ega. Ammo bu omillarni boshqa omillar nazorat qilingan holda qisman korrelyatsion tahlil qilganimizda ularning koeffitsientlari musbat natija bermoqda.

2-jadval.

O'zgapuvchilar o'zapo bog'liqligining koppelyatsion koeffitsientlari7 (Pearson's

correlation coefficients)

DIFF (Aholijonbosh igadaromadla r2Q1 9narxlard

DIFF

DIFF (LaborQualityi (RDGPna,1) ndex.1)

DIFF

DIFF (Laborproduct (HDIIndex,1) lvlty,1 )

DIFF

DIFF (Capltallaborr fTFPgrowth.1) atiornna,1) TFR growth

DIFF (Cunsumperc aplta,1)

DIFF

(AhoNjonboshigadarorr dlar2Q19narxlarda,1)

Pearson Corre Slg. (2-tailed)

DIFF(Consumptlonen,1)

Pearson Corre Sig. (2-tailed)

DIF F(E d u c atio nln dex, 1 )

Pearson Corre Sig. (2-1ailed)

DIFF(RDGPna,1)

Pearson Corre Slg. (2-talled)

DIF F(La bo rQu alityin d ex,

Pearson Corre Sig. (2-tailed)

DIFF(HDIindex,1)

Pearson Corre Sig. (2-tailed)

DIF F(La bo rp rod uctivity,1 )

Pearson Corre Sig. (2-tailed)

DIF F(TF P g ro wth, 1 )

Pearson Corre Sig. (2-tailed)

Pearson Corre

Correlations

Control Variables DIFF (Aholijonbosh igadaromadla r201 Elnarxlard a,1) DIFF (Educatlonlnd ex,1)

TFP growth & DIFF (Capitallabnrratiornna,1) DIFF (Aholijonboshigadaroma dial 2019narxlarda,1) Correlation Significance (2-tailed) df 1.000 0 .200 .441 15

DIFF(Educatlonlndex,1) Correlation Significance (2-tailed) .200 .441 1.000

df 15 0

Correlations

Control Variables DIFF (Aholijonbosh igadaromadla r201 Snarxlard a,13 TFP growth

DIFF (CapitallabDrratiornna,1) DIFF (Aholijonboshigadaroma dlar2019narxlarda,1) Correlation Significance (2-tailed) df 1.000 0 .365 .137 16

TFP growth Correlation Significance (2-tailed) .365 .137 1.000

df 16 0

Aholi daromadlariga ta'sir etuvchi omillarning ta'sir darajasini o'rganish va uning kelajak prognozlarini aniqlash maqsadida ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modelidan foydalandik. Modelimizda, aholi daromadlarini qaram (mustaqil bo'lmagan) o'zgaruvchi sifatida va unga ta'sir etuvchi uchta omil - har bir ishchiga to'g'ri keladigan kapital miqdori, ta'lim darajasi (indeksi) va umumiy omil unumdorlik omillarini tanlab oldik. Bunda omillarning model bilan mosligi ko'rsatkichlaridan ham foydalandik, ya'ni R-kvadrat va stasionar R-kvadrat ko'rsatkichlarining eng katta ko'rsatkichi va normallashgan BIC ko'rsatkichining minimal ko'rsatkichlariga asoslangan holda tanlandi.

Model Statistics

Model Fit statistics Ljung-Box Q(18)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Model Number of Predictors Station a iv R-squared R-squared Normalized BIC Statistics DF Slg. Number of Outliers

Aholi jon boshlga daromadlar (2019 narxlarda)-Model_1 3 .513 .998 10.701 13.830 17 .379 0

Modelimizning R-kvadrat va uning nostasionarlikdan holi ko'rsatkichlari mos ravishda 0.998 va 0.613 tashkil etyardi va tanlangan omillarning qaram o'zgaruvchining o'zgarishlaridagi katta ahamiyatini ko'rsatmoqda. Quyidagi

jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, olingan uch omilning ikkitasida P-ko'rsatkich koeffitsientlar aniqliligini ko'rsatib bermoqda.

AR1MA Model Parameters

Estimate SE t Sig.

Aholi jon boshiga daromadlar (2019 narxlarda)-Model_1 Aholi jon boshiga daromadlar (2019 narxlarda) No Transformation Difference WIA Lag 1 1 -.985 2.264 -.435 .670

Capital labor ratio rnna No Transformation Numerator Difference Lag 0 .084 1 .018 4.533 .000

TFP growth No Transformation Numerator Lag 0 75.228 20.973 3.587 .003

Education Index No Transformation Numerator Difference Lag 0 2744.407 1 41 04.596 .669 .514

Modelimizda faqatgina ta'lim darajasi koeffitsienti aniq emasligi ehtimoli katta. Bu esa ta'lim darajasi (indeksi)ning aholi daromadlariga ta'siri statistik raqamlarda hali aniq aks etmayotganidan dalolat berishi mumkin. Modelimiz har bir ishchiga to'g'ri keladigan kapital miqdori va umumiy omil unumdorlik kabi omillarining aholi daromadlarining o'zgarishida ijobiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmoqda.

Forecast

Model 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028 2029 2030

Aholi jon boshlga Forecast daromadlar (2019 yQ^ narxlarda)-Model 1 LCL 10,059.7 10,389.0 9,730.5 10,633.4 11,355.0 9,911.8 11,230.3 12,196.7 10,263.9 11,851.6 13,012.6 10,690.6 12,498.8 13,826.4 11,171.3 13,173.4 14,649.0 11,697.8 13,876.8 15,487.0 12,266.6 14,610.8 16,345.3 12,876.2 15,377.0 17,227.5 13,526.4 16,177.3 18,137.1 14,217.5 17,013.6 19,076.9 14,950.3

For each model, forecasts start after the last non-missing in the range of the requested estimation period, and end at the last period for which non-missing values of all the predictors are available or at the end date of the requested forecast period, whichever Is earlier.

Olingan natijalar asosida aholi daromadlari darajasining 2030 yilgacha o'zgarishini prognoz qilib ko'rdik. Bunda, uch omil - har bir ishchiga to'g'ri keladigan kapital miqdori, ta'lim darajasi (indeksi) va umumiy omil unumdorligi -omillarining prognoz qilinayotgan davrda yillik o'zgarishi ularning ko'rib chiqilgan 20 yillik davrdagi o'rtacha yillik o'sishiga, ya'ni mos ravishda 5,7, 1 va 2 foizga teng deb qabul qildik. ARIMA modeli prognoz natijalarining ko'rsatishicha, aholi daromadlari 2019 yilgi 9,5 mln. so'mdan 2030 yilda solishtirma (2019 yilgi) narxlarda 17 mln. so'mdan o'shishi mumkin. Bunda 95% ishonchlilik darajasining

minimal va maksimal chegaralari (LCL va UCL) mos ravishda 14,95 mln. so'm va 19,08 mln. so'mni tashkil etmoqda8.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatda amal qilayotgan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash amaliyotini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash mamlakatda amal qilayotgan va ijtimoiy dasturlarga ta'sir etuvchi quyidagi omillarning o'zgarishini baholash imkoniyatini beradi:

- aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi qamrab olgan aholining ijtimoiy guruhlari va ularning oila a'zolari daromadlarining ortishi (yoki xarajatlarning qisqarishi);

- ijtimoiy himoya dasturlarining amalga oshirilishi jarayonida jamiyatning manzilli ijtimoiy himoya dasturlari qamrab olmaydigan ijtimoiy guruhlarning daromadlari va xarajatlarini o'zgarishi;

- jamiyatning ayrim toifadagi ijtimoiy guruhlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi oqibatida ijtimoiy resurslardan foydalanish samaradorligi;

- aktiv ijtimoiy himoya dasturlarining amalga oshipilishi japayonida aholiga munosib mehnat sharoitlarining yaratilishi va aholi bandligining ortishi natijasida aholi daromadlarini ortishi.

Taklif etilayotgan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash amaliyoti aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining ijtimoiy natijasi va ularning ijtimoiy samaradorligi tushunchalariga aniqlik kiritib o'tishni taqozo etadi.

XULOSA VA NATIJALAR

1. Yuqorida qayd etilgan holatlarni inobatga olgan holatda mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligi va qamrovi darajasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va erishilgan yutuqlarni tavsiflashda xatoliklarni qisqartiradi.

2. So'nggi yillarda jami xarajatlar tarkibida iste'mol xarajatlarining ulushi ortib, aksincha iste'moldan tashqari xarajatlarning ulushi kamayib bopmoqda. Ushbu holat oilalarning iste'mol xarajatlari makro tarkibi ham optimallashib borayotganidan dalolat bermoqda: oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi barqarorlashib, xizmatlar uchun xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Bunday holat iqtisodiy rivojlanib borayotgan davlatlar uchun xosdir.

3. Turmush darajasi aholi turmushining moddiy tomonlarini ifodalasa, turmush sifati aholi turmushining madaniy va maishiy jihatlarini bildiradi va turmush sifati

8 Muallif tomonidan hisoblab chiqilgan

insonlar hayotining rivojlanganlik darajasini ko'rsatadi.

4. Aholi ijtimoiy himoyasi dasturlarining ijtimoiy samarasi (impacts) - bu aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari qamroviga kirmagan aholining ijtimoiy guruhlarining turmush farovonligi ko'rsatkichining ortishi bilan tavsiflanadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy himoya dasturlarining ayrim aholi ijtimoiy guruhlariga bilvosita ta'sirini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi.

5. Mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligi va qamrovi darajasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va erishilgan yutuqlarni tavsiflashda xatoliklarni qisqartiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 dekabrda "O'zbekitson Respublikasining 2023-2025 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459- soni qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// "Xalq so'zi" gazetasi, 2022 yil 28 dekabr, № 258 (6952)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 oktyabrdagi "20192021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to'g'risida"gi PQ-2639 sonli Qarori // "Xalq so'zi", 2018 yil 25 oktyabr.

4. Tursunov Q.B., Rajabov N.R. Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyatini barqarorlik ko'rsatkichlari orqali boshqarish yo'llari // «O'zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami - T.: TDIU, 2020 yil 11-12 dekabr. 348-357 betlar.

5. Tursunov Q.B., Rajabov N.R., Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish, «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Toshkent -2021//6-9 bet.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti. https://stat.uz.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent viloyat boshqamasi rasmiy sayti. https://toshvilstat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.